index page

Hamdam Zakirov's Literature Archive (in russian)


FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   


ãëàâíàÿ
íà ñàéòå

TOIR MA'DIY:
Haiy-ibn-Yakzon
(Frantsuzchadan Hamid Ismoil tarjimasi)

Vaqoei sanai als arba’ mia ixtaashr

 SHayh aytibduRkim: “Ich va tashingni tozalagach, soliklaR maqomi zuhddiR”. Al­Junayddan: “Zuhd neduR?” ­ deb so’Rashganida aytibduR: “Qo’llaRni mulkdan, ko’ngillaRni hasaddan asRash”. SaRi as­Sakotiy: “Qo’l nedin chekinsa, yuRakni ham andin tiyish” ­ debtuR. XoslaRning maqomi bundan ham yuksakdiR. Ruvaym bin Ahmad zuhd haqida aytibduR: “Bu dunyoda nafsingga neki lazzat baxsh ıtsa andin voz kechishdiR”. BiRoq axosul xavvos maqomi bundan­da yuksakdiR. Ash­SHibliyni zuhd haqida so’Rashganida: “Zuhd bu g’aflatdiR, chunki bu dunyodagi hayotimiz ­ hech, hechda tiyilish ısa g’aflat”, ­ degan ıkan. Zuhddan zohid o’lish alaRning maqomi.

…ARining jismi pog’onama­pog’ona yuksaluvchi vujuddiR. Sin kuniga o’z bo’g’zidagi shinni ila minglab boR polaponchalaRni boqaR ıkan, ­ “Qo’li ochiqning qo’li aRimas” qabilida jig’ildon bezlaRi kuchaydi, mustahkamlandi, bulaRning ta’siRi nafaqat tashqaRiga, balki Sinning ich­ichiga ham yetdi: badanidagi mum bezlaRi shishdi, ulaRdan quyosh nuRidek yoRqin mum ajRadi. Bundan Sin o’zini quRuvchi tuydi.
Rost, boshqa xayollaRda u o’z o’zgaRishini injuRoq yo’lda yo’yaRdi: ichki pokizalikdan boshqalaRga mehR tug’ilishi tabiiy, bu mehR ısa o’z­o’zini xavfdan saqlovchi, himoya ıta biluvchi haRakatga muhtoj ımasmi.
Ana, qoRako’z bolalaRga boqing: mishig’ini qoqa bilsayoq, ukasini yelkasiga opichtiRadi. Ukasi singlini aRavachaga solgachoq, o’zi loy pishiRib guvala quyadi, pildiRab ­ o’zidan og’iR loy to’la paqiRlaRni tashiydi, uy bo’lmasa ham o’choq boshi devoRini ko’taRadi…
Sin ham katak ketidan katak, hujRa ketidan hujRa ko’taRdi. Oddiy ishlaRga chalg’ish oson, oddiy ishlaRga chalg’ish maRoqli. Ammo haR biR ishning ham o’ziga yaRasha maqomlaRi boR. Avvaliga Sin devoRlaR uchun mum qoRishda qatnashdi. Uyadagi teshiklaRga mum bosdi. Ko’zi pishgachu, qo’li kelishgach biR devoRni qaRiRoq aRi nazoRati ostida ko’taRdi. Keyin ikki devoR oRasidagi buRchakni suvab­siypadi. BiRinchi kun oxiRiga boRib oltibuRchak hujRalaRni o’zi tiklay boshladi, so’ngRoq bulaRdan aRklaR yasay boshladi. KimdiR ish qizitish asnosida Bibi­xonim va me’moR haqidagi sho’R Rivoyatni aytib beRganida ana o’sha me’moR o’Rnida o’zini tuydi. YanoqlaRi o’pichdan yondi. Xullasi tinimsiz ishladi yosh va navqiRon Sin.

Yana qaytsak maqsudimizg’a. Abu Ali ila Abu Sahl o’n besh faRsangliq yo’lni qat’i manozil aylagach, biyobon o’Rtasida Abu Ali san’atin­sinoat, ya’ni ilmi nujumg’a sa’y aylab tole’i oyandai saRhisob ıtdi. Makoni ijtimo’u hayloj, sahm as­sa’dau tasiyRlaR aniqlang’ach, yo’lning yaxshilikka o’lmag’oni ayon o’ldi. Abu Sahl ham ufqi havodisni o’lchadi, tasiyR boRib Jadiyi judo buRjig’a tushdi. “Alloh buyukdiR, andin umid ham xotiRni Ravshan aylag’ay. RuhlaRimiz biR o’lsa bas”, ­ dedi Abu Sahl. AlaR yo’lda davom ıtdilaR.
To’Rtinchi kuni gaRmsel ko’taRildi. Va samovotu aRz qaRong’u o’ldikim, ta’Rifu tasviRdin tashqoRi. RohbaRning o’zi yo’ldin adoshdi, binobaRin cho’l odami ıRdi. AlaRni qum bosdi, g’izou meshoblaRi Regi Ravonu talmasa ostida qoldi. Oncha javRu mashaqqat ichinda Abu Sahl mijozig’a za’f yuguRub, kun botish chog’ida tengRi Rahmatig’a boRdi. Aning jismin ko’z yoshi ila yuvub, qumdin madfan quRdilaRkim, qozg’onlaRig’a qum to’ldi, uyumlag’onlaRidin to’kuldi. AxiR DastoRig’a o’Ralg’on Masihiyni shamolg’a o’tRu qumtepa ayog’iga qo’yushg’on ıdi, ustiga qum toRtildi va ko’mdi. Ul qum madfaning tepasida Abu Ali xatm qoidasini bajo keltuRdi. Va bu ish vuqu’idin so’ng nadim o’lub paRishonxotiR qabR yonida tun tunadi va bomdoddin so’ngRa qulovuz biR taRaf, Abu Ali biR taRaf boz yo’lg’a chiqishti, toki ikkisi choshgoh payti Hodiyi Xudo yo’lida yagona quduq ustida yona uchRashti. Bu holdin so’ngRa yona sekkiz kun sekson sekkiz ming mashaqqat ila alaR BavaRd otliq qishloqqa yetishti va andin Rahnamo kaRvong’a qo’shulub o’z ıli tomon qaytti, Abu Ali ısa Tusu NishopuR tomon azmi Roh ayladi…
SHayh aytibduRkim: “XataRdin umid soRi yo’l taRozuning biR pallasidin teng ikkinchisig’a o’tishduR”. 

Keyin bilsa shu taRiqa o’zini zohiRona quRayotgan ıkan Sin.
Ana, RisolalaRga ishonch tuymasangiz, YUng kabi RuhshunoslaRni oling: tushingizda muhtasham saRoylaRmi, o’Rtaqo’l uylaR va yo hattoki kulbayu chaylalaRni ko’Rganingiz uning ta’biRida o’z ongostingizga, bizningcha ısa aql ımas ­ vahmiyatingizga, fahmiyatingizga kiRib boRganingizni anglatishdiR. Bilib quRganingiz tashqaRida, xufiyona, botinona, pinhonan quRilgani ich­ichingizda… Mana men ham tushlaRimda nimani ko’p ko’Raman ­ huddi shunday tosh qasRlaRniyu, ulaRning osmon qadaR shiplaRi tomon ketgan zinalaRni. Rost, doimo bu zinalaR biR nuqtada uziladi­qo’yadi ­ o’zing quRmagansan­da ulaRni. Bu yog’iga yo yo’lingda davom ıtib uchasan, yo tushingdan o’ngingga qulab tushasan ­ lekin ikkisi ham paRvoz. BiRi ­ umidu shavqqa to’la, ikkinchisi ­ qutquyu tushkunlikka… Ikki palla oRasidagi posangi ısa ­ osmon saRi uzilgan mustaqim yo’ling…

* *

*

…Bambergni boshqa joyda bir yo’la aytib berayinu, bu yerda Bambergdan 19.. yilning o’ktabrida ketib Balrexten degan qishloqqa, do’stimizning dugonasi - Arleta-xonimnikiga yetib borganimdan boshlay. Qizim bilan rafiqam u yerga avvalroq yetib borishgan, men ham keldim, besh-olti kun turdim-da, ora-chura Frayburg shahriga tushib chiqib, keyin esa rivoyatnamo Qora O’rmonlar degan tog’ bag’rilariga saylga chiqib, u yerdagi ko’llarda kema minib, so’ngida bu oliyjanob, lekin nemis hayotiga kirishib ketgan frantsuz ayolinikidan Frantsiyaga ketadigan bo’ldik. Nemis bo’lib ketgan deganim - deylik issiq suv ochganida - qo’qqisdan issiq suv chiqmaydi-ku, sovug’ini ham tog’orachaga quyib oladi-da, isrof bo’lmasin, bunga ham pul to’laymanu, - deya, gullarini bu suv bilan sug’oradi. Demak, Frantsiyaga ketadigan bo’ldik-u, odatdagidek - sho’raviylar emasmizmi, bir to’ppimiz kam, qizimizga Frantsiyaga kirishga viza yo’q.
 Mayli-da, konteynerchalik keladigan chamadonimizni Arlettaning mitti moshinasining tomiga mindirdik, moshina ham - teshilgan koptokdek xomushlikka cho’kdi, ichiga o’zimiz o’tirdik-da - chegara tomon yo’l oldik. O’zi Arlettanikiga kelishimizda ham ayni shu hiyla bor edi: aytishlaricha vokzalu aeroportlarda qattiq qulflangan chegara - mayda-chuyda yo’llarda bemalolroq emish. Ana shunday yo’lchaga soldi moshinasini Arletta.
 Olmoniya yo’llari... Katta shohyo’llarni eslaymi, yo yo’lakchalarni? Bir tushib qolgan yo’lingdan boshqa shaharga qadar chiqa olmay yuradigan tezharakat shosselaru, tog’ yonbag’rlarida o’sib yotgan uzumning novdalari kabi yengilgina egilib - tog’ burilgan yerga buriladigan qishloq yo’llarinimi eslay? ¨ o’rmonlar oralab ketgan bir moshina sig’imli qop-qora yo’laklarnimi? Olmoniya yo’llari...
 SHu taxlitda Olmoniya bilan Frantsiya chegarasiga ham yetib keldik. Qizimizni eru-xotin oramizga oldik-da, hech narsa ko’rmagandek, baralla frantsuzlarning madhiyasi bo’lgan Marsel’ezani kuylay boshladik. Mashinaning nomeri Olmoniyaniki emasmi, oldinda o’tirgan ham o’zi farangi bo’lgan olmoniyalik sariq ayol, xullasi chegarachilar ham ko’z qirini moshina ichiga tashlab qo’yishdi-da, boyagi chamadonimizga qarab, hoynahoy bunda hamma narsa tashida bo’lsa kerago’v, - degan xayolda ko’pam tig’izlik qilishmadi. O’tkazib yuboraverishdi.
 Ana endi biz Frantsiyadamiz. Ana endi ona yurtimizga yetishgandek. Nemis yo’llarini eslagan edim. Frantsiya yo’llari esa - o’zimiznikidan - g’adir-budur, o’nqir-cho’nqir, o’tgan yildan beri terilmagan hazon bosib yotibdimi-ey, bu yilgisimi ustma-ust - bir so’z - vatan tuyg’usi! ×egaraga eng yaqin bo’lgan frantsuz shaharchasi Melyuzga ham yetib keldik. Shu yerga yetdigu, men chegaraga bog’lik, lekin kelajakda yuz beradigan bir hodisani eslay.

 Bundan ikki yarim yil keyin, 19.. yilning bahorida Essenda ishlab yurgan chog’imning bosh pallasida Olmoniyada turish izni olish uchun bu mamlakatga yana bir bor kirib borishimga to’g’ri kelib qoldi. Bu degani, qoida bo’yicha Olmoniyada turish muddatimni yana bir bor cho’zishga haqqim yo’q, shuning uchun xayrixoh olmonlar: qaerdan bo’lsa-da, mamlakatimizga qayta kirib keling, ana o’shanda bir yilgami, ko’proqmi turish iznini bemalol beraveramiz, - deb qolishdi. Uyga borsam u yerdan qaytib kelmasligim tayin. O’ylab-o’ylab - Frantsiyaga borib keladigan bo’ldim. Unday desam, Frantsiyaning o’ziga kirishga vizam yo’q. Tavakkal! - deya yo’lga chiqdim. Yana bir bor uydagi barcha pulni sidirdim-da, oila uchun kerak ekan degan bahonada tezyurar poezdda ketyapman.
 Ustimga poson kiyimlardan birini kiyib olganman, bo’ynimda bo’yinbog’, qo’limda kitob - bari o’ta jiddiy. Bir-ikki bor - qimmat ko’rsam-da qahva olib qo’ydim, idishlari hali ham o’ngimda turibdi. Ish bilan band bir odam.
 Mana chegaraga ham yaqinlashdik, mana olmon chegarachilari ham to’xtamay yurib ketayotgan poezdda birma-bir yuzlarimizga qarab o’tib ketishdi. Uf tortib, jiddiyligimda davom etmoqdaman. Mana eshiklar yana bir bor ochilib, endi frantsuz chegarachilari vagonga kirib kelishdi. Zo’r berib ishga yopishdim! - ¨ ayuho, vagonda hech kim ishlamayotganligidanmi - bular to’g’rima-to’g’ri men tomon yo’l olishsa bo’ladimi! “Votre passeporte?” - deb olishdi bu xunasalar. ¨nlarimni kovlab-kovlab oldim boyagi yuzimdek qip-qizil, shuvut pasportimni. Ular ham kovlashib-kovlashib, “Frantsiyaga vizangiz qani?” - deya, mulozamat ko’rsata boshlashdi. “Yo’q ekanmi?” - deb so’radim men. “Men hujjatlarimni to’g’irlagani ketyapman, mening hujjatlarim dans la stade de regularisation”, - deb tepadan tushdim men. “¨zuvchiman, - dedim, ­ kitobxonlar bilan uchrashuvim qolib ketyapti, ularning g’azabiga javobni sizlar berasizlar”, - deb qo’rqitib ham boqdim. Qani endi! Hammani oldida bir ipirisqi arab bilan xaltalarimni ko’tartirganicha olib tushib ketishdi poezddan. ×egaradan avvalgi so’ngi olmon bekati ekan bu bekat.
 ×egarachilarningmi yo politsiyaning xonasida o’tiribmiz. ×egarani buzib o’tishga urinish xususida protokol tuzmoqda o’ngimizdagi xodim. Shaxsiy tintuvimizni boshlaganda boyagi arabning cho’ntagidan qumaloqqa o’xshagan narsa topilsa bo’ladimi - bular narkotik tashuvchilar ekandan boshladi boyagi farangi! O’lding, Oltoer! Bir yetmagani endi musulmon birodaring bilan qamoqda qumaloqdan qolgan ushoqlarni chaynab o’tirish edi! - deb o’ylayman.
 Ana o’sha yerda ham Hamid Ismoil yordam berdi. Taniqli insonning sadaqasi ketsang arziydi-da! ×o’ntaklarimdan hatto qumaloqning ushog’i ham topilmagach, xaltalarimni tintuv qila boshlaganida, ulardan Navoiy bilan Mashrabning frantsuzchaga tarjima kitoblari chiqib qolsa bo’ladimi! Rostini aytganda, do’stim xafa bo’lmasinu, u menga hadya qilib yuborgan bu kitoblarni yo’l xarajatini bir qadar ko’tarish uchun sotgani olib ketayotgan edim. “Bu nima?” - deb qoldi chegara politsiyachisi. “Kitob”, - deb javob berdim men. “Kimniki?” - deb kitobni varaqlay boshlagan edi u, ko’zi SHoh Mashrab qissasidagi fira’vn najosatiga tushdimi, menga qarab iljaya boshladi. “Meniki”, - deb qo’ya qoldim. “Sen yozganmisan?” - deb, boyagi yozuvchilik da’vom tushdi chamasi uning esiga. “Ha”, - deb xafa ham bo’lgandek cho’rt uzdim men. “Nega oting boshqa”, - deya, Mashrab bilan Navoiyga barmog’ini niqtagan edi, - “Taxalluslarim”, - deb qo’ya qoldim. “Musodara qilaman bu kitoblarni”, - deb o’z qiziqishini yashira boshladi bu zerikarli yerning zerikmas kitobxoni. “Pasportga tamg’a urmasang bo’ldi, bilganingni qil”, - deb tushundim o’yinni men. “Bu senga kim?” - deb ko’rsatdi u boyagi arabga. “SHogirdim”, - dedim illo-billo yolg’on musulmonchilikdan. Xullasi, Mashrabu Navoiyning shogirdi sifatida u ham qutuldi. Rost, uning pasportiga tamg’a bosildi.
 Imrulqaysga o’xshab jazavaliroq arab ekan shekilli, yur, piyoda o’tamiz bu chegarani! - deya, boshboshdoqlikka unday boshladi meni u. “Yo’q, - dedim, ­ birodar, men shaharga qaytay-da, kerakli do’stlarimga sim qoqay, kimdir kelib olib ketar, yo chegaraga tayinlar”. Ajraldik boyagi dindoshim bilan. Men chegarachilarning poezdida Saarbryuken degan muhtasham shaharga, u esa kastimining astaridan yana bir qumaloq chiqarib, uni tishlaganicha botqoqlar oralab Frantsiya chegarasi tomon yo’l oldi.

 Saarbryukenga ham shom kirib kelganda kirib bordim. Lov-lov maqtama chiroqlaru undovchi peshtaxtalar. Shahar aylandim. Aslini olganingizda, tarix istisno, olmon shaharlarining bari bir tur: ayniqsa markazlari. Aytib qo’yayki, markaz deganda biz eski payt masjid yo bozorni nazarda tutgan bo’lsak, sho’ro davrida esa raykom va yo gorkom, va yoxud obkom joylashgan maydon esa, olmon shaharlarining markazi temir yo’l bekatidan - vokzaldan boshlanadi. Markazning bir nuqtasi vokzal bo’lsa - ikkinchisi - bozor maydoni. Orasi esa odatda - piyoda yurish uchun ajratilgan yo’l bo’yidagi ming xil do’konu rastalar. Rost, onda-sonda, boya aytganimdek, do’konlardan teparoq qarasang - tarixiy cherkovmi yo ibodatxona osmonga niqtaladiyu, yana o’sha-o’sha rastalaru toqlar. Saarbryuken ham ayni o’shanday ekan.
 Soat oltida barcha do’konlar nemis qoidasiga binoan yopilgan, ochiq qolgan narsalar esa besh-oltita Sex-shopu, bir-ikkita kinoteatr. Kinoga kirishga pul yo’q, qayoqqa urasan o’zingni - albatta o’sha sharmandayu-sharmisor hirsdo’konga. Tuzuklarida - tepada televizor osib qo’yib, do’konchilarning o’zi bekorchilikdan jinsiy aloqalarning minglab turlarini poylab turishadi, beriroqlarida - faqat jurnallar. Biri - og’zida, biri - ketida, go’shtu chandir bazmi. Hoynahoy u-bu kamyob kitobni so’rab boqasan - “Lazzatul-nisa”nimi, va yo “SHaftoli butasi”ni. “Yo’q, - deyishadi ular hayron bo’lib. Sening bu do’zahga kirganing ham oqlangandek bo’ladi: biron narsaga qo’l tekkizmay yana chiqib ketaverasan. Ming marta ko’rgan narsalaringu - baribir tortaverar ekan. Mayli-da, hali qiziqrog’ini aytib beraman.
 Barlar ham ochiq bo’ladi. Lekin unga ham pul yo’q. Qisqasi ikki-uch soatcha vaqtni shundayin o’ldirib - chegaraning narigi tomonidagi frantsuz do’sting uyga qaytish soatini chamalaysan-da, unga sim qoqasan. Ha-da, aksiga olib - u Parijga ketgan bo’ladi.
 Mana shunday bir holatda: nash urdi seni, boyagi besharm do’konga kirmasang edi-ya, deb o’z-o’zimga tanbeh berib o’zim bilmayman qaysi tomonga ketayotganimda, yonimga bexosdan qo’shilib olib ketayotgan bir kishini sezib qoldim. Kel, - dedim, senday so’ray, arzon mehmonxona bu yerda qaysi biri ekan? Nemischamni rostlab so’radim. U ham tayyor ekanmi suhbatga, siniq-buzuq bir olmonchada: “Bu shaharda musofirmisan?” - deb so’rab qoldi. Qarasam, turqi olmonga tortgani bilan, nazdimda o’zi qip-qizil turk. “Turkmisiniz?”-dan oldim. Rishot ismli pensiyaga tayyorgarlik ko’rayotgan bir ishchi ekan - olmon jazmanining oldiga ketayotganida yo’liqishibmiz: “YUr, birga boraylik, jazmanim - kommunist, rosa suyinadi seni ko’rsa”, - deb qoldi orqadosh. “Biram pirojkilar pishiradi-ey, naqd bilyashlar”, - kommunistik tildan boxabarligini bildirib tashladi bu qari Rishot.
 Bordik haligi joyga. Bir xonali uy ekan, shinamgina va bebezak. Nuqul o’zimiz o’qigan tanish kitoblarni ko’rib yozuvchiligimni bildirgan edim - ana ko’mildik bahsga. Yarim kecha deganda qaytdik maqsudimizga. Frantsiyaga o’tmoqchiman, - dedim men komunistona shahd bilan. O’tmasdan qo’ymaysan, - dedi bor chegaralarga proletar nafrat tuyib Gerdta. Kommunizm bizga o’xshagan turku-purkka bulardan tarqagan emasmi, tashkiliy tomonni o’z qo’liga oldi tashabbuskor ayol. “Sen, - dedi u Rishotga, ­ Mehmetga telefon qil, ertalabga moshinasini tayyorlab tursin. Men uchchalamizga o’rin solay-da, so’ng xaritalarni o’rganib chiqaman, ertalab soat oltida uyg’onish!” 

Kommunistik adolat yuzasidan uchchalamizga uchta joyga o’rin tushadi bu jikkak ayol. Bechora Rishot-abiyning jazmanchiligi ham qolib ketdi bu fitnada. Qasdiga biram hurrak otdi-ey bu qari turk - xuddi uyida xurrak otishi ta’qiqlangandek!
 Ertasiga kallai sahardan turib, boyagi Mehmetnikiga yo’l oldik. Buning bahonasida Olmoniyadagi turk ishchi sinfi bilan tanishishga ham muyassar bo’ldik. Bechoralar - nuqul olmon kommunistkalariga uylanib olishgan, bir chekadan olmon burjuaziya va kapitalistlari bularni ezishsa, ikkinchi yondan bular olmon ayolotini ezib yotishar ekan. Yaxshi ma’noda-da! Mehmetniki ham shunaqa ekan, rost, bir-ikkita olmon turkvoylaridan orttirib olganidan keyin ajrashib ketishgan ekan, ovrupachasiga qilib - sobiq xotintaloqini rasm qilib uyining to’riga - chinni idish-tovoq orasiga osib qo’yibdi. Xotirlayman, - deydi, g’ayridinni.
 SHu xotiralarda moshinasiga boshqa bir ishchining yondosh moshinasidan benzin quydik-da, yo’lga chiqdik. Oftoban boshlangan sahar qovog’ sola boshlagan edi, chegara degan joyga kelganimizda esa, umuman, jala quyib bersa bo’ladimi! ×egarachi qoladimi bunaqa payt! SHunday deymanu, rosa qaltirab o’tirdim orqa o’tirg’ichda, rost-da, ikkinchi bor qo’lga tushsam - na Navoiy, na Mashrab yordam bera oladi, darhaqiqat Rishot bilan Mehmet: “Qo’rqma, biror bir narsa bo’lsa - atroflarni ko’rsatgani olib chiqqan edik, adashib Frantsiyaga tushib qolibmiz”, - deb aytamiz deyishadi. Koshki bularning proletar merovligiga kimdir ishonsa!
 Yo’q, cho’choqni usta kesgandek - cho’rt etib chegarani ham kesib o’tdik. Endi bu yog’i - yo quvlash, yo zippillab, moshinada qochish. Boyagi yomg’irni aytmaysizmi - ho’l yo’llar bo’ylab zuvvillab ketyapmiz - yarim soat deganda chinakamiga adashib - yana boyagi joyga - chegaraning o’zginasiga kelib qolsak bo’ladimi! Ana holatimni ko’ring! ¨mg’irda bo’kkan mushukdan badtar! Rost, yana orqaga burdik shalabbo yomg’irdan foydalanib. “Bu safar adashmayman”, - deb va’da berdi Mehmet-orqadosh. Va’dasiga vafo qildi o’shanda bu tushmagur! Allaqaysi farangi qishlog’iga olib bordi-da samosval yukini ag’darganidek, meni apil-tapil o’sha yerda qoldirishdi-da, orqaga qochishdi bu turklarim.
 Yana kelib tushgan joyim roppa-rosa politsiya, to’g’rirog’i jandarmeriya idorasining ro’pparasiga tushsa bo’ladimi deng! Yana yomg’ir bahona - boshimga paranjisimon yomg’irpo’shimni qoplaganimcha - nomahramdan berkinganimdek ulardan berkinganimcha juftakni urdim boshim oqqan tomonga. Bora-bora birovlarni gumonsiratmasdan hisobimning to’rt tangasi bor Credit Lyonaise bonkiga kirdimda - g’imirlab, bir narsalarni unutganmi, topgan kishi bo’lib, chiqaverishda avtobus bekati qaerda edi, - deb bir kampirdan so’rab qoldim. Qo’rqqanga qo’sh ko’rinadi emasmi, kampir ham: “Bu qishloqda g’aribmisiz?” - deb so’rab qolsa bo’ladimi. Birinchi bor o’shanda frantsuz mulozamatlaridan kechdim chamasi, “Men avtobus bekatini so’rayapman”, - deb vishshiladim. Kampir ham bu belutfu-karamlikdan shoshganicha yo’l ko’rsata ketdi. Quyuq rahmatimni aytib, topdim axir bu bekatni. Avtobusga ham chiqdim tuganmas yarim soat ichida. Mets degan shaharga ham yetdim-da, ana u yerda nihoyat uf tortdim. Endi men qaytimsiz Frantsiyada edim!

 O’sha safar Melyuz shaharchasida ham xuddi shu his meni chulg’agan edi. Ana endi biz qaytimsiz Frantsiyadamiz! Frantsiya ham jazman sifat bo’lib qolgan o’xshaydi, yuz yolg’onlar bilan qo’yniga kirib olasan-da, bu erishishdagi yolg’onlaru mushkulotlar, bosilgan yo’lu mashaqqatlar qo’yindagi o’sha onda shuv etib yuvilib ketadi-qo’yadi! 

 O’sha safar kelganimizdagi hodisotlarni aytib beray. Keliningiz san’atshunosmasmi, o’sha safar bekordan xudo bezor deya, Navoiy yubileylarini Frantsiya bo’ylab o’tkazadigan bo’ldi. Men esa bunga ilovan boyagi Hamid Ismoilning endigina Parijda chop etilgan Navoiy g’azallari tarjimasi kitobini qo’lga olib - bir bor tahallusim dedimmi - endi Alisher G’iyosiddinovichni bu farangi eliga taqdim etishga shay bo’lib turdim.
Ikki og’iz shu yerda Alisher-aka haqida emas, bunga hojat bo’lmasa ham kerak, lekin Hamid Ismoil haqida gapirsam. O’sha yili bu kishi Muhammad Solih bilan birgalikda dunyo shoirlarining bienalle - ya’ni har ikki yillik mavridiga taklif etilgan bo’lsa-da, na unisi, na bunisi unga kela olmagan, lekin buni qarangki, o’zi bora olmasa-da - ikkalasining o’rniga bitta bo’lsa ham, lekin biz - nosirni tiqishtirib qo’yibdi. Juda bo’lmasa bizlarning she’rlarimizni o’qib berar, - degan ekan do’stim bu marosimni uyushtirayotganlarga.
 Xullasi, qarabsizki - Alisher Navoiy - tahallusimiz, Muhammad Solih bilan Hamid Ismoildan vakolatlar olingan - kirib bordik o’sha jahon shoirlarining orasiga shumg’iyadak bo’lib! Munojot-xon bilan SHovkat-okamizni esa keliningiz - ijro etiluvchi she’riyat sifatida namoyish etmoqda. Bir qo’lga boyagi g’azal kitobchasini tutib olganmiz - bizam u yerda bosh-qosh! Lekin biroz shoshildim, sal orqaroqqa qaytsam.

 San’atkorlarimiz o’sha yili Amerikada Prezident Reyganga kontsert berishayotgan vaqti ekanmi-ey, shuning uchun Parijga biroz kechikib kelishadigan bo’lgan. Unday desak - butun Frantsiya bo’ylab keliningiz kontsertlarni pishitib qo’ygan. Ana endi oyog’i kuygan tovuqdek yuguradi deng, bechora, Olmoniyada topgan-tutgan pullarimizning bari - Parij-Vashington telefon suhbatlariga chiqib ketmoqda. Axir Parijga yetib kelishga ko’ndirdi ularni. Aftoda Prezidentni tashlab yetib ham kelishdi san’atkorlar. O’zim Ruassi aeroportida kutib oldim ularni. Ana endi mehmonxonaga olib borishim kerak - mehmonxona ham shahar markazidan ajratilgan - mana nomi ham qo’limda - Grand Otel Besanson. Besansonning Buyuk Oteli. Bir narsani esimga solgandek bo’ldi bu nom. Balki tarixiy muhtashamliknimi. Mayli-da, artistlar yashab qolishsin ekan!
 Lekin taksimiz adresi ko’rsatilgan ko’chaga yaqinlashib borar ekan, allaqanday tanish gumon ko’nglimni qoplay boshladi, va nihoyat, g’iyq etib bu moshina otel o’ngida to’xtaganida ne ko’z bilan ko’rayki, Sobitxon-akam bilan bir paytlar turib ketgan Hasanali oteli! Obbo, xudo urdi-yu, - dedim-da ichimda, lekin sir boy bermadim. Taksichiga davlat pullarida to’lab, artistlar cholg’usini ko’targanicha, ularga bosh bo’lib o’sha-o’sha usti yaltiroq, ichi qaltiroq Besansonning Buyuk Oteliga chiqib bordim. Ichi qaltirog’ligi hecham majoziy emas-da - to’g’rima-to’g’ri ko’rinib turibdi, chiqib boryapmiz - oyoqlarimiz ostida zinalar qaltiraydi - xudo ko’rsatmasin, bir zinaga ikki oyoq turib qolsa bormi - Parij yerto’lalariga qulab ketgungdek! ×iqib borsak - Hasanali o’sha-o’sha Hasan, rost, biroz semirgan, surunkasiga solingan birinchi qorinu ikkinchi baqbaqa alomatlari paydo bo’lgan.
 Esladi darrov. “E, sen yozuvchi eding, shekilli, endi artistlikka o’tib ketdingmi?”-dan boshladi shu zahotiyoq. “Yo’q, - dedim, ­ mana mutassaddi do’stimiz sening mehmonxonangni artistlarimizga buyurtirib qo’ygan ekan, kirib kelyapmiz. Tuzukroq joydan ajratib berasan endi bularga”. ­ “Ba jonu dil”, - dedi-yu, tuzukroq joyga boshladi bizni. Endi ne so’z bilan aytay-ki, o’sha uch yil avval Sobitxon-akam bilan turgan xonamizga boshlasa bo’ladimi. O’sha paytlari bu eng arzon bo’lgan otel yana uch yilga qarigan, oynalari qiyshayib - romlariga sig’may qolgan, boz ustiga hojatxonaga ketgan eshigi oshiq-moshig’idan olingan-da, shundoqqina kiraverishga tiraltirib qo’yilgan. Aytdim-a, artistlar Amerikadan u yerning Prezidentini tashlab kelgan paytlari-ya!
 Bu xonada o’tiribmiz - artistlar ko’pni ko’rgan artistlar emasmi, To’ytepa yo To’rtko’llarda mehmonxonalar shunaqa bo’lgich edi, mayli, bir gap bo’lar - deb meni ovutishga harakat qilishadi, o’zlari esa bilishadiki, bugun kechqurun soat yettida Parijning she’riyat uyida birinchi kontsertlari bor. Birinchi bor-a! Men esa bu mehmonxonani buyurgan va aksiga olib bugun Lyuksemburgga ketib yuborgan Jan-P’erni ­ bir romiga sig’magan oynani chekaga olib qo’yib, bir ko’chaga chiqib kutaman. Qani endi kela qolsa bu professor! Yana mehmonxonaga qaytaman. Hasanali iltifotlarni ulug’ini qilib xonaga choy yubortiribdi, yo’qsa musiqachilar repetitsiyaga qo’llari bormay, dildirab qolishgan ekan. Keliningiz-ku - ayon, barcha narsani menga to’nkab - hech kim bilan gaplashmaslikka o’tib olgan. Qaysi biriga xunob bo’lay?! - Yana, bo’lmaganidan ko’chaga chiqaman...
 Axir, soat besh yarimdan oltiga ketayotganida Jan-P’er ham kirib keldi. “Birodar, - dedim, namuncha past otel buyurgan ekansan, bular AQSH Prezidentiga qanoatlanmasdan kelishyapti-ku!” ­ “Telefon kitobidan nomiga uchgan edim-da, - deb tushuntiradi, yurib ketayotib do’stim. - ×indan ham shunchalik yomon ekanmi?” - Savoliga javob ham berganim yo’q - mehmonxonaga kirib borgan edik-da! Kelib-kelib do’stim Jan-P’er nima qilarini bilmasdan, o’dag’aylagnicha do’stim Hasanaliga tashlandi. “Mis’e, - dedi u, nega meni bunchalik aldadingiz?! Xonalarimiz shinamgina degan edingiz-ku!”
 Lekin Hasanali ham bo’sh kelmadi. “Mis’e, - dedi u, ­ siz to’lagan pulga yarasha xonalar-da!”
 Qisqasi, yarash-yarash qilmoqchi bo’lib men artistlarni Jan-P’erga tanishtirib ketdim. “Mana, - dedim, ­ AQSH Prezidentiga sizni xush ko’rgan artistlar shular bo’ladi”, - dedim. Prezidentni tilga olishim bilanoq Jan-P’erning jo’mardligi tutib ketdi-da: “Hozirning o’zida narsalaringizni moshinamga yuklanglar, besh yulduzli otelga ko’chasiz”, - deb qolsa bo’ladimi. Hasanali esa garovga to’lanib bo’lingan pulning dardida. “Yo’q, - deydi, ­ siz mening ishimni buzdingiz. Endi men sizga ajratgan joyimni kim bilan to’ldiraman? Buyurtma pulini qaytarmayman!” Oraga tushib: “Hay, musulmon, insofdan emas, mayli, unga qaytarmasang ham bizning haqqi-hurmatimiz, juda bo’lmaganda yarmini ber”, - deb shivirlasam ham ko’nmaydi bu kapitalizmning najosatini yeb boqqan jazoirlik arab. Qisqasi, do’stlikdan uni oq qilib chiqib ketdik bu islovotxonadan.
 Frantsuzlarning yaxshi bir odati bor. Achchig’i chiqqanda ular buni ovqatu sharob bilan bosishadi. Bu safar ham Jan-P’erning rosa achchig’i chiqqan ekan, restoranga olib kirib biram boqdi-ey hammamizni, biram ichirdi-ey, kontsertga kirib borganimizda rubob raqsga tushib ketsa bo’ladimi SHovkat-akamning boyagina muzlab yotgan qo’llarida. Rubob o’z yo’liga, Munojot o’z yo’liga - ana qiy-chuv bo’ldi bu kontsert, ana qiyomat bo’ldi u!

 Undan keyin esa boya aytgan bienalle boshlanib ketdi. Biz ham bir to’da bo’lib dunyoning sara-sara shoirlari ichiga to’rttalamiz Navoiyning nomi ostida kirib bordik. O’zi shunday-da - har bir sara shoirning to’rttasi keladi Navoiy! Bu yurishlarning gashtiyu, bu kontsertlarning nash’asini aytmaysizmi. Xursandchilik tashkil etishni frantsuzlarga qo’yib bergan ekan-da! Asriy qasrlarda daryo bo’lib oqqan sharoblar, anvoi nozu-ne’matlar, olqishlar...
 O’rislardan Sosnora, Rubinshteyn va chinakamiga o’ris - Jdanov degan shoirlar borgan, barchasi Muhammad Solihning do’stlari bo’lib chiqishdi, ana ichdik shoirimiz nomiga! Sosnora degani qiziq bo’lar ekan. Sinov tariqasida o’n uch marotaba oq bezgak - yoki tiriklayin, ko’z yummasdan alaxsirash darajasigacha yetib borgan ekan. Alkogolizmning piri ekan bu dayus. So’fiylarning bir turi. ×in-da, so’fiylar chillaga kirgani kabi bu ham qirq kun davomida faqat toza aroq ichar ekan-da, biron bir marta gazagiga bir narsa yemas ekan. Ana o’shandan keyin nihoyatda go’zal boyagi ajinalar emas, hurliqolar paydo bo’lar ekan. Agarchi biror bir yerda gazagiga biror bir narsa yeb yuborgan bo’lsang - o’lding - ajinalar paydo bo’lib dodingni berishar ekan.
 “Faqat bir inson bunda mendan oshib tushgan, - deydi kamtar Sosnora. - U ham bo’lsa - Venechka yerofeev”. Bunisi tomog’idan saraton kasalligiga chalingan chog’ida, shundoq bo’g’izidan darcha ochilgan payt ham ana shu darchadan ichiga aroq quyib yotar ekan. “Insoni komil edi”, - deydi ayanch bilan ­ ovoziniyu qulog’larini yo’qotib bo’lgan Sosnora.
 Yana bir narsaga usta ekan Sosnora. Bizning sharob ichishimizga qarab o’tirib u bizni maishiy piyonistalarga chiqarib qo’ygan, o’zlari esa bu kabi o’yinlarni o’ynamaydi. Boyagi chillalar faqat. Ana shu kundalik piyonchilikka berilib o’tirgan xushchaqchaq paytimiz u qo’lga qarab fol ochadi. Shunday qo’lingni uzatasanu u kaftingga qarab: “Do’stim, yana bir yil umringiz qolibdi”, - deb sizni kayfi taraqligdan taraqlikning o’ziga uloqtiradi. Keyin diqqatliroq qarab turib: “Ie, birodar, qaysi qo’lingni uzatding. ×ap qo’lingni uzatmaysanmi, xumpar”, - deya, uzoq umru tan-sihatlik haqida, qo’sh-qo’sh bolalar haqida sizga kayfnamo ertaklar o’qiydi.

 Frantsiyaning shimolidagi Bretan sohillaridan to janubidagi Monpel’eyu O’rtaer Dengizi qadar yurdik o’sha kunlari avtobuslaru poezdlarda. Noyob qasrlarda she’rlar o’qib, ashulalar aytdik. O’rtaer dengizida noyabr oyining qoq o’rtasida cho’milib turgan paytimizda bizlarga Toshkentdan yuborilgan yana bir musiqachi qo’shildi. Uni ham jamoaga olib Avin’on shahriga yo’l oldik.
 Dunyoda ko’p shaharlarni ko’rish nasib etdi, lekin bu qadar muhtashamlari kam bo’lsa kerak. Buxoroning Arkida huddi shunday tuyg’u tuyasan kishi. Ayniqsa kun botayotgan bo’lsa, ayniqsa yozdan kuzga ketar palla bo’lsa. ×o’lponning ham bir she’ri bor emasmi bu tuyg’u haqida. Ana Avin’onda ham shu tuyg’u oshno bo’lar ekan kishiga. Rost, Ark hayyomiy tuproqdan qurilgan bo’lsa, Avin’onning qasrlari balandlikda asriy toshlardan qad ko’targan. Toshdan qurilgan shaharlar ham ko’p, lekin bizning shaharlar yanglig’ Avin’onda allanechuk yahlitlik bor. Xuddi bitta toshni olganu Buyuk Me’mor, shuning o’zidanoq bir boshli shaharni yo’ngan-qo’ygan.
 Bu yahlitlikni men O’rta Asrlar ruhiyatiga yo’yaman. O’shanda, meningcha Inson va Bashariyat orasida soz mutanosiblik, mutanosib sozlik tuzilgan edi. Keyin esa tarozining toshi undan avvalgisiga o’xshab buzilib ketgan. Bu ham bir gap-da.

 Lekin Avin’ondan gapiray. Bu yerda bizlarni boyagi bienalledan ayirishib xos bir yo’lda o’zimizdan Xamsa tuzishdiyu, SHoirlar Bog’i degan bir joyda Navoiyga bag’ishlab kontsert berdiradigan bo’lishdi. Ana kontsertga tayyorgarchilik ham boshlab yuborildi. Tayyorgarchilik deganimda - musiqachilar bir-ikkita xonish qilib boqdilar, biz esa qasrlaru muzeylar bo’ylab yurib - go’zallikni o’zimizga shimdirish bilan ovora. Muzeylarda o’rta asrlarda Papa davrlarini eslaymiz, hech narsa o’zgarmagan emasmi - sal sayoqmi, sayyohmi odam kamnamoroq bo’lib qolsa, chamangda hozirning o’zidayoq bu muyulishdan Papa yo kardinal taqir-tuqur etiklarining nag’allari bilan tosh yerga urib chiqib keladigandek. Botichellining rasmlarini ko’ramiz, ayni payt muzeyning derazasidan ko’chada oqayotgan azim daryoga nazar tashlaysanu - nazdingda suv emas, vaqt oqib borayotgandek bo’ladi. Har kuni shu.
 Boyagi yangi qo’shilgan musiqachi esa - repetitsiya bitdimi - anunaqa joyni ko’rsating!-ga tushadi. Bu yerda anunaqa joy yo’q, Parijga borsak, ana unda Sen-Deni degan ko’cha bor, nuqul anunaqasi o’sha yerda desam ham ko’nmaydi. Xullasi, bir kun muzeydan chiqib uning ham ehtiyojini o’yladim-da - qarasam o’zimizning SHoirlar Bog’ining o’ng muyulishida anunaqa joy - Sex-shop eshigiga: Xush kelibsiz! - deb yozib qo’yibdi. Ana ertaga anunaqa joyni ko’ra olasiz, - deb do’stimizni qanoatlantirdim-da, o’zim uysizlikdan mana shu SHoirlar Bog’ida tunab yurgan Bashir degan arab yigit bilan Navoiyning, Belgining ba’zi she’rlarini kelajak kecha uchun frantsuzchaga tarjima qilishga yordam berib turdim. Tarjimayam qiyin ish bo’lar ekan - erinmagan Hamid Ismoilga o’sha yerda tasannolar aytib turdim. Rost-da - boyagi kitoblarini olaman-da, u yerdan ul sarvi gulro’ kabi iboralarning frantsuzchada qanday bo’lishini ko’chirib turdim-da!
 Qisqasi, ertaga ayni shu payt SHoirlar Bog’iga navbatdagi muzeydan qaytsam keliningizning joni halak. “Ha, tinchlikmi”, - desam, - “Boyagi sozandamiz chiqib ketganicha hali ham yo’q”, - deydi. “Qayoqqa chiqib ketgan edi?” - deb so’rasam, - “Kuni bo’yi xatti-harakatlari qiziq bo’ldi bu kishining, - deydi. Tushlikdan qaytib kelayotsak, SHoirlar Bog’iga yetay deganimizda to’rt tarafga alanglab qoldi. Kechirasiz, bir narsa qidiryapsizmi? - deb so’rasam, - ishingiz bo’lmasin, ketaveringlar! - deydi. Hayron bo’ldim. Balki hojatxona qidirayotgandir deb, SHovkat-akaga sekin aytsam, uni ham jerkib, yo’q, ketaveringlar dedim-ku! - deydi. yelkamizni qisgancha ketaverdik. Shu bo’yicha yo’q”.
 Keliningizning bu hikoyasini eshitib kulishimni ham bilmayman, yig’lashimni ham. Ko’chaga chiqdim. Yo’lni to’g’ri boyagi anunaqa do’konga soldim. Kira borsam - do’stimiz o’sha yerda. Terlab-pishib ketgan, hansiraydi deng, qo’lida esa anunaqa jurnalning biri. Bizni ko’rmaydi ham. Ko’rishga vaqti yo’q. Berilib ketgan. Sekin yoniga borib tirsagidan ushlagan edim - seskanib tushdi. Keyin esa - o’zbek emasmi, jirkanch bilan sharmisor jurnalni peshtaxtasiga uloqtirgandek bo’ldi-da: “Dahshat ekan-a!” - deb uf tortdi. Men ham bilmaganlikka olib: “Do’kon yopilishi kerak ekan, ketdik nonushtaga”, - dedim. ×iqib ketayotsak - do’konchi jon holatda frantsuzchasiga olib: “SHuncha ko’rgandan keyin ikki tiyinlik narsa olmasdan ketyapsanmi, nomard!” - degan qabilda baqirib qolsa bo’ladimi. Yaxshi, do’stimiz frantsuzchani tushunmaydi. “Men uni yo’qolmasin deb bu yerda qoldirib ketgan edim”, - deb orqamga tashladimu, do’stimizga: “Yana kelib turinglar, jurnallarning yangilarini tayyorlab qo’yaman, deyapti bu xumpar”, - dedim. “Dahshat ekan-a!” - dedi sozanda do’stimiz va biz Avin’onning o’rta asrlardek qop-qora tuniga chiqdik.

 10/01/39

Mana bu yerga kelganimizga ham o’n yil bo’libdur. Bugun Maryamdan maktub olg’on edim, o’qub ko’nglim buzulub ketdi. Ishlarni tashlab tashqarig’a chiqdim. ¨mg’ur aralash qor yog’ayotur. Verke kanalidan kechib Sent­Mikaelga chiqdim. Bog’ oralab yurdim. Loy bo’lsa­da ajib bir yetim manzara. Olmalar shoxlarda bujmayib qolub ketg’on. Vodilni esladim. Dom maydoni bo’m­bo’sh. Ratxauz oldida askarlar to’plang’on. Bozordagi karnay fyurerning kechagi chiqishini eshittirayotur. Universitetg’a ketayoturg’ong’a solib o’zumni panag’a oldim. Endi qaytdim. Xelga hanuzg’achan kelmag’on.


14/03/39

 Urush bo’lsa kerak.

15/03/39

Stadtarchivda bir hujjat topdim. Unda aytilishig’a qarag’onda 17 asrning boshlarinda Koburgg’a Usmonli imperatorluk tarafindan bir sovchiliq (missiya) kelg’on. Bu missiyaning tarkibinda bir musulmon musofirning turk makoni deyilmish yerdan kelg’onlig’i bayon etilmakdadur. Bul musofir sovchiliqdan ajralub bu yerlikning (Land) bir rohibgohig’a kelg’on. Erta uchun yana ko’prak hujjatlar buyurdum. Arxivariusning aytg’on so’zlarig’a qarag’onda shahar kutubxonasindan ham hujjatlar boqmak lozimdur. 19­nchi asrning so’ngida mojor Vamberi (Vambery) Ovrupag’a bir musulmonni olib kelg’onini o’qub edim. Go’yoki SHarq insoni G’arb madaniyatig’a muyassar bo’la olg’aymu deya. Bizning talabalarg’a­da munosabat shundaydur. Ajabki irqchiliq avj olaturg’on bir paytda turkistonliklarg’a nisbatan qizg’onch yo’qdur, modomiki bizni na slavyan o’ruslar, na yahudiylar qadar ham qo’yushmaydur va bizni ularning qo’lindan o’zunung suyukluq hayvonini qurtarmoq istag’ondek qurtarishmoqchilardur… Xelganing ham menga bo’lg’on munosabati shundaydur. Protestant (evangelische) bir yigitg’a turmushqa chiqmak ruxsatini bermag’on uning otasi, Xelga meni o’z uyig’a olub kelg’oninda biron­bir qattiy so’z birlan aytg’oni­da yo’q. Faqat Vamberiyu, ko’prak Radlov (Radloff) ismlarini tilg’a olaturub, bular bizlar haqimizdami yo tung’uzlar haqindami ko’prak yozushg’on deb so’radi. Unga javoban Abu Aliyu Hidoya, Ulug’beku Abulg’ozilar haqinda so’zlab berdim. Hech narsa javob berg’oni yo’q. Bu hodisag’a ham to’rt yil bo’lubtur.

 Stadtarchivdan daryo yoqasig’a tushdum. Bir­ikki tup majnuntol bo’rta boshlag’on bo’lub, kurtak chiqarayotur. Anhorimizni eslab yurdum. Teparakdagi uylarda daryo bo’ylab yuvilg’on kirlarni osub qo’yubturlar. Shamolda hilpirab turodur. Undan tor ko’chalar bo’ylab Dom maydonig’a chiqdum. Shahar kutubxonasig’a kirub boyag’i hujjatlarni ayirtirmoqchi edim, biroq afsus, yopuq ekan. Xodimlarni harbiy mashqlarg’a chiqaribdurlar. Ushmundoq musulmon musofirining taxayyul (voobrajenie) etdim. U ham munda nachuk yuraturg’on ekan?!
Uyg’a qaytaturub Tohir ×ag’atoyg’a yozg’on maktubimni pochtag’a tashlab keldum. Bugun O’qtoyg’a ham xat yozmog’um kerakdur…

17/03/39

Kecha kun bo’yi hamda kechg’acha Stadtarchivda vaqt kechirdim. Bir hujjatda aytiladurki boyagi musofir musulmon ikki isaviy (iezuit) birlan tanishqonidin so’ngra ular ila dinlar xususinda munozara bog’lamish. Bul haqda o’sha isaviylar o’z markazig’a yozg’on maktubinda aytadurlar. Ammo isaviylarning o’zlari Bambergda mahfiy bir topshuruq ila yurub turg’on bir paytda ushbu shahardagi katolik inkvizisa (inquizition)dan qo’rqodurlar hamda bu musulmonni ham ehtiyotkorliqqa chaqiradurlar va o’z taraflaring’a og’dirishg’a urunadurlar. Bu hujjatning inventar numarasi XZ 703 dur. Yana bir hujjat (buning numarasi F 103-21) Avliyo Mikoil (St.Michael) rohibgohig’a oid bo’lub, bu ikki isaviyning ismi katoliklar sifatinda rohiblar orasinda paydo bo’ladur. Ular rohibgohda paydo bo’lg’on vaqtlarinda xo’jalik ishlari uchun bir gungu­lol bog’bon ham ishqa oling’on, u haqinda hech bir ayri hujjat kecha­da, bugun­da topa bilmadim, ammo nechukdur uni boyagi musulmon deya tahmin qilayoturman. Bugun shahar kutubxonasig’a ham o’tub, u yerda Avliyo Mikoil rohibgohig’a oid kitobu hujjatlarni titkiladim, lokin 19 asrda yozulg’on bir kitobdan bo’lak tuzukrak narsa­da topa bilmadim.
Bilmas ekanman, ajablanturg’on narsa ­ rohiblarning kun tartibidur. Quyosh turmasindan ilgarirak soat tungi 3­da uyg’onushub ibodatlar keltirishar, soat 9­da bir soat mizg’ishdan so’ngra yana ibodatu mashaqqatlar, uch mahal yemakdan tashqari bari toat­ibodatu, qolg’oni ro’zg’or yumushlari, va yana kun botg’onidan so’ngra kechki va tungi ibodatlar. Tunning yarminda uyqug’a ketish va 3­4 soatdan so’ngra yanagi kun… Bundan ajib bir ishtiyoq tuydumki, endi men ham mumkun qadar kamrak uxlay. Berlinda ekanman ushmundoq edi. Beshda bo’lmasa­da oltida uyg’onub olmon tilindan mashqlar, Kantu SHelling falsafasi, so’ngroq biologiyada mashg’ulotlar, kichik nonushtadan keyin institutg’a borish, kunni lektsiyayu seminarlarda so’ngra kutubxonada o’tkazish, ikki mahal yemakdan tashqari o’qush, o’qush, o’qush… Ne qadar baxtlik, quvonchliq vaqtlar edi o’sha vaqtlar…
Keyin Majidovich kelib do’stlar Toshkentg’a qaytishdi. Avvalig’a biz yozaturg’on maktublarimizg’a javob bo’lmadi, so’ngroq Turkiyag’a kelg’on vatandoshlar orqaluq ularning qamalg’oni ma’lum bo’ldi. O’qtoy ikkimiz ham qaytish arafasinda edik, biroq bizning­da qamalishimiz tayindek edi. Ana o’shanda Vali Qayumxon vositachilig’inda Parijdan bir maktub olduk. Uni o’qub avvalig’a qo’rqdum, undagi so’zlar bu qadar millatchiliq ruhig’a yo’g’rilg’on ediki, maktubning o’qush vatan xoinlig’iga teng bo’lur edi. Va lekin maktubdag’i so’zlarning birontasig’a qarshi javob topush mushkul edi. O’sha kecha men­da, O’qtoy­da, bizg’a qo’shulg’on Tohir ×ag’atoy­da tun uxlamasdan qizg’in, isitmali bahsda o’tkazduk. Men yalpi o’qumushluk (vseobùee obrazovanie)ni aytsam, Tohir ×o’lponu Fitrat kabi shoirlarimizning zavol bo’layoturg’on umrlarini keltirar, O’qtoy ­ bid’atu xurofotdan ochilg’on ayollarimizni desa, Tohir yana o’tmishimizdan uzg’on yangi alifboni pesh qo’yar edi. Sahar esa­da bironta to’xtamg’a kelmaduk.
Eng so’nginda xonamizg’a Vali Qayumxon kirib keldi­da qo’lidagi telegromni bizg’a uzotdi. Telegromda aytilishicha bolshavoylar Munavvar­qorini otub o’ldurubdurlar. Demakki endi vatang’a yo’l qirqilg’on edi. ×unki bizni Olmoniyag’a yuborishda ayni shu zot eng faol ro’l o’ynayturg’on edi.


Biroq biroz chalg’idim. Shahar kutubxonasining xodimasi bugun meni Dom kutubxonasig’a tavsiya etdi va peshindan so’ngroq u yerg’a o’tub bir hujjatg’a yo’luqdimkim, hozirdayoq bir maqola yozaturub “¨sh Turkuston”g’a yuborsammi ekan degan xayolg’a borayoturman.
Bu qadimg’i hujjatda aytilishicha Dom ehromindan to Mishelbergga dovur bo’lg’on yo’l yetti to’xtamg’a (Statzion) bo’lung’on va men bu to’xtamlarni tasavvuf (sufizm) ning maqomlaring’a o’xshatdum. Boyagi yetti to’xtam Iso­payg’ambarning Xoch Yo’lundag’i to’xtamlarni anglataturg’on bo’lub, bunlar: Sandstrasse (Qumko’cha) dagi Pilat­poshsho uyi ­ bu yerdan Quddusi SHarifda Iso­payg’ambar o’z Xoch Yo’luni boshlag’on deyiladur. Aufsesstrasseda ikkinchi to’xtam bo’lub, bunda Iso go’yoki o’z onasi ­ Bibi Maryam bilan uchrashg’ondur. Uchunchi maqomda ul zot Kironlik Sumondan madad olub, to’rtunchi to’xtamda yig’layotg’on xotunlar birlan uchrashodur. Shu ko’chaning so’nguda Veronika Iso­payg’ambarg’a o’z ro’molini bog’laydur. Bu beshinchi maqomdur. Oltunchi maqomda Isonung xoch ila yiqilishidur. Bunisi Mauer ko’chasindadur. Va nihoyat bu yo’lnung eng yuqori nuqtasi hamda avji ­ St.Getreu Kirche o’ngudag’i Ilohiy Tobutdur.
Bugun birma­bir yurub bularning barini ko’rub chiqdim. 1500­nchi yillarda noma’lum qolg’on haykaltarosh tarafindan yasalg’on bu yetti sahna devorlarg’a o’yub ishlang’on. Toshning nursizlig’idanmu, bari ajib hayotiylik kasb etadur, ularg’a tushqon hali qishqi nur allanechuk kasalbandliq ila xira soyalar tashlaydur. Shunda o’zunung xochi taginda qolub ketg’on Iso qimirlag’ondek bo’ladur.
Bu maqomlarning ketida turg’on hissiyotlar tasavvufdag’i maqom holatlari birlan qiyoslamalidur. Pog’onama­pog’ona ko’tarulub, nafasim bo’g’zumg’a tiqilib, yuqoruda, Mishelbergning gulbog’inda biram erkin his etdimki o’zumni, go’yoki yerdan uzulub men ham osmong’a ko’tarulayoturg’ondek edim. Isonung nafasi deg’onda shuni aytsa keraklar…
Lekin


03/08/39


Ko’ngulg’a g’ulg’ula solg’uchi xabarlar kelayotir. Polshag’a olmon askari kiribtur. ×inakam urush boshlandimikan? Jo’natg’on maqolamg’a Tohirdan bugun javob oldim. “Hozir bu topinishlar emas, siyosiy problemalar berish kerak” ­ deb yozubtur u. Hujjatlarg’a ko’mulub qolaturg’ong’a o’xshayman. Izlanishim natijasi shundoq bo’layotur. Hujjatlarg’a qarag’onda 1610 yilning 27 aprelinda Mishelbergga o’t tushub, u deyarliq butunlay yonub ketg’on. Bul rohibgohning birinchi abbati (Abt) Avliyo Ottoning tobuti mustasno ­ yonmag’on ashyo qolmaydur. Ul zamonning Abbati Ioxan Myuller myunxenlik me’mor Georg Nidermayerni ishg’a solub, rohibgohning ehromini qayta qurduradi. Ana o’shanda italiyaliq Lazaro Agostino boshchilig’i ostinda to’rt noma’lum deyilg’an musavvir hozirg’a qadar mashhur bo’lub qolayoturg’on “Osmon bog’ini” (Himmelgarten) ehromning shipig’a chizishqon. Mening topilmalarimg’a qarag’onda naqqoshlardan ikkisi isaviylar (Jesuiten) tariqatindan, biri esa o’zuning nomini hech yerda qoldurmag’on musofir musulmon bo’lg’on.
 Boyagi isaviylarning hech kimga ko’rsataturmaydurg’on bir qancha xati bordurkim, men ularni pinhonan o’qudum. Bu maktublarda yozulushicha ularning davrindan besh yuz yil muqaddam 12­nchi asrning boshinda Ottoning Abbatlig’i vaqtinda Sen­Mikael rohibgohindan Tiemo va Burxardt, Sen­Yakobdan Xeymo, hamda Dom ehromindan Tuto kabi allomalar qatori Sen­Mikael rohibgohinda qora o’latdan panoh topqon andalusiyaliq Ibni Barat ­ bularning orasinda Bernard ismi ila tanilg’on bo’lub, ilohiyot xususindag’i munozaralarda qotilg’on. U nasroniylarg’a yunon falsafasiyu, ilmi nujum, ilmi tibbiyotu fiqxdan xabarlar yetquzg’on.
SHuning uchun­da 17 asrdag’i ispaniyaliq ikki isaviy islom dunyosining bo’lak chekasindan kelg’on musulmon musofir ila ayni o’shal tarixiy munozaralar ketinda bitilg’on va Dom ehrominda saqlanayoturg’on “Jahon Solnomasi”ni (Weltchronik) muhokamayu mubohasa qilishg’on. 1610 yildag’i yong’undan so’ngroq qurulush qayta boshlanib ketg’onidan keyin bular italiyaliq mashhur rassom Lazaro Agostino qo’li ostinda ilohiy sahnalar o’rnunda ilk bor ehrom shipini o’sumliklar, nabotot naqshi ila bezashqon. Isaviylarning yozushlaricha musofir musulmon bularni sanamu butlar emas, giyohlar tasvirlashqa inontirg’on. Vajh uchun esa bular Abbat Ioxan Myullerning botanikag’a bo’lg’on mehrini qo’llashg’on. Shu yo’sunluq anvoi gullar va turluk qushlarning tasvirlari naqsh etilg’on va biroz diqqat qilg’on odam “Alloh” kalimasini bu naqshlar orasinda o’quy biladur. Boshqa yerda esa bir abbatning libosig’a xoch yurushlarindan zafar etilg’on deya shahadaliq bir parcha mato tikilg’onki, biron bir nasroniy hanuz bunda “Allohdan o’zga xudo yo’qtur” degan so’zlar bitilg’onini bilmaydur va yo bildirmaydur.
SHahar kutubxonasindag’i bir kitobda 17 asr boshinda Bambergda chizilg’on rasmlarni ko’rdum. Qayta tiklang’on Mishelberg tomon ketayoturg’on birgina ko’cha bordur. Ana shul ko’cha bo’ylab xoch yurushlari tashkil topub oqu­qaro kiyg’on rohiblaru shahar rayiyati yuqorig’a qarab borayotur. Bir rasmda esa Avliyo Ottoning Mishelbergdagi dahmasini ziyorat qilg’uchilarning bir chekasinda qo’llarini duo uchun ochqon bir kimsa ko’rundikim, ko’nglum “jiz” etub, hoynahoy shul yurtdoshim bo’lmasun deg’on xayolg’a bordum… Qani endi unung hayotuni bilsam…

……………………………..

23/08/41


Urush SHo’rolar Ittifoqig’a ham kirib bordi. Bir­ikki oy ichinda Maskav ham olmon askarining qo’lig’a tushajak deyilayotir. Vatandoshlarimiz faollasha boshlayotir. Mustafo­beyning o’lumindan so’ng “¨sh Turkiston” ham to’xtab qoldi. Mening unga yuborg’an maqolalarim ham yer yuzini ko’rmaydurg’on bo’ldi. Vali Qayumxon “Milliy Turkiston” uchun yurt qayg’usi haqinda yoz, hozirda Turkiston Legioni tuzulayotir deya maktub yozmish, ammo unga javob yozaturg’on mayl o’zumda ko’rmadim. Birisi kuni temir yo’lda bir eshelo’n asirlarni olib ketayoturg’onini ko’rdim, oralarida bir vatandoshdek yuz ham menga boqqandek bo’ldi. Negadir o’zumni va ko’zumni olib qochibman. Qayta boqsam eshelo’n SHvaynfurt tomon kechib bo’lg’on…


9/09/41


Kecha Xelganing tug’ulg’on kuni edi. Olmonlar yig’ildi. Men osh damladim. Maqtab­maqtab yeyishdi. Yaqinda Turkistonni ozod etamiz, ­ deyishdi. Oz qoldi, ana o’shanda yurtingda ham palov (Ploff) yeymiz, ­ deyishdi. YUrting muhtor bo’ladi. O’ruslarni qul qilamiz, ­ deyishdi. Biroq asosan o’zaro gaplashishdi. Men oshxonaga qamalib o’turdim. Sharaqlab kulishdi. Tango tushushdi. Kechasi Xelga ikkimiz ularni kuzatib bo’lg’och Regnits yoqalab allamahalg’acha sayr qildik. Men o’z o’ylarimni o’yladim, u ­ o’z…
Bugun yana Stadtarchivda o’tkazdim. 1628­nchi yilga taaluqli bir rasmni topdim. Unda Sen­Mikael rohibgohining yemakxonasi (Perfektorium) ko’rsatilib, rohiblarning yemak yeyishdan oldin ibodat keltiruviyu, va’z eshituvi, xizmat qilg’uchi dastarxonchilar orasinda esa Avliyo Ottoning ham borlig’i chizilg’on. Har bir rohib oldida ro’molcha ustida yog’och qoshuq, sanchqi va mis tovoq bordur. Xonaning to’rida uch zot o’lturub, ularning o’ng qo’lida birodarlardan biri duo o’qush bilan band. Ro’monimning qahramoni ham go’yoki shunlar orasinda o’turg’ondek… Hozir benedektian rohiblarning yemak yeyuvi haqidagi sahnani bu kartinaga asoslanib yozdim.


12/01/42


Meni bir fikr anchadan beri qiynab kelmoqda. Qishlog’imizda men haqda qanday gaplar tarqag’on ekan?! Ilgari ­ mayli, ko’rushgondir, bilishgondir. Olmoniyadan qaytqonlarning bari qamaldi, otildi, biroq endi qishloqdagilar, yurtdagilar urushda bir taraf, men esa bo’lak taraf bo’lsam…
Tohirga ham bu haqda yozg’on edim, yurtimiz rus bolshavoylaridan qurtulg’och insonlarimiz ham qadrimizg’a yetishadi deya javob yozibtur. Ajabo, bunday bo’larmi ekan?! ¨­da Tohirning “g’aflatdagi bechoralar” degani bizni o’z o’rnida “xoin”g’a chiqarib qo’yarmikan?
Kuniga radio orqali butun Bambergga Maskavu Stalingradni gapirishgani gapirishgan. Kugel villasiga chiqib bordim. Pastdan butun Bambergdan izg’irin kelayoturg’on edi. Shahar qish zulmatig’a cho’mub, jinchiroqlar yona boshladiyu, ortiq chiday olmadim. Qaerga ketsak tinchir ekanman?


7/09/42


Menga maroqli bir ish topildi. Turk tillaridan turlukcha hikoya, cho’pchak, masallarni olmon tilig’a cheviruv. Bunlarni asrg’a tushqon yurtdoshlarimiz: tataru chuvosh, oltoyu qirqiz, qazog’u o’zbeklardan yozib olishg’on ekan. Endi men bunlarning folklorini kitob holatig’a kelturmagim darkordir. Ro’monim ham deyarliq bitib qolg’onida ayni muddao bir ish bo’ldi. Buni Xelganing otasi gestapodagi o’rtoqlari orqaliq topqon emish. Qilg’onim ­ bunlarni tinglov va qiyoslashtiruv. ×uvashlarda “s”ni “x” der ekan.


………………………….


12/10/43


Yana kuz. Altenberg o’rmonlari yoqalab bu istehkomga borib keldim. O’rmonda bir o’zum yurdim. Hech kimsa yo’qtur. Ajib bir holatlar tuydum. So’ngra Altenbergga yetgach, u yerdagi lavhalarga boqib yana bir narsa esimga tushdi: Albrext Dyurer bu qasrg’a o’z davrinda kelg’oni va bunda yashag’oni. Bundan bir fikr chalindi miyamga ­ musofirimni u bilan uchrashtirsammi bu yerda? Bir­ikki qo’shumcha bob yozsammi ekan? Uyga qaytqach bu ishtiyoqda zo’r edim, biroq tugagan narsani qayta tiriltirishdan qiyinroq ish bo’lmaydur. Hozirg’a qadar hech yeriga gajjak kabi yopishmayotir. O’zumcha o’ylayman, axir bu ro’mon bir musofirning begona yurtg’a tushub qolishi haqinda emasmi, biroq bu begona yurtqa ham tomir otmoqchi bo’lar ekanmi kishi, kimlarg’adir uni bog’lamoq istagim keladur. ¨ to’qushimning hojati yo’qmi ekan? SHuncha hujjat asosinda yozulg’on narsani bir to’quma ila buzub yubormasmi ekanman? SHularni o’ylab o’tiribman.

3/02/44

SHunday zoe’ davrlarda nima madadu malham berar ekan odam ruhiga? Ma’nolarning puchakka chiqqanida, hayotda tugul, tilda “ma’no” so’zi qolmaganida… Derazayu, unga qadalgan, tamg’a etib bosilg’on abadiy, turg’un manzara… Hech narsa bo’lmadi bu hayot, bo’lg’oni ham bu turg’unliq o’ngida noqodir, negadir qaerdadir qandaydir aytilg’on so’zlar, bir zumliq iliq ilinj va doimiy sovuq bu dunyo. Insonlardan tarasha qilib xumdonlarda yoqsang ham ularni ­ isita olmaysan. Soat 4­dan 5­ga o’tarida. Ichim sovuq. Ichim bo’sh. Ruhim sovuq. Bema’nilig’ini bilsam­da, bu bema’niliqda davom etaman. Go’yoki kattarak bema’niliq ila bu hayot umidsizlig’ini qoplagum. Biri oq, biri qora bino. Ikkisi ham birdek zerikarliq. Bo’lg’on ­ bo’layotur ­ bo’lajak. Mehrsiz, muz qotg’an dunyo. Uzuq­yuluq, istagini anglay olmas dunyo. Kunduz bo’lub yorushmas, qorong’u tushub qorishmas dunyo…
Nima qilib yuribman bu yerda, nima qilib yuribman bu dunyoda? Bugun bor, ertaga yo’q. ¨ hatto bugun bor, bugun yo’q… Qaysi haqiqatlar isbotlandiyu, qaysi yolg’onlar fosh bo’ldi? Ro’monim ham birdek erish. Bir narsa oqlasa uni ­ hayotning undan ortuq emasligi, balki tubanlig’i. Biroq bu ham odam ko’taradirg’on oqlovmi?

……………………………….

3/04/..

Men o’ladigan kun. To’lin oy kechasi shu kuni. Bugun Langestrassedagi sartaroshg’a borg’on edim. Sochimni olaturayotib: “Sen qaerliksan?” ­ deb so’rdi. “Turkistonliqman”, ­ desam: ­ “Bu ham cho’chqayurt Ruslandmi?” ­ deya ularnimi, menimi so’kub ketdi. Sochim yarim oling’onicha ­ qo’liga ustarasini olib, shunday bir jazavaga tushub ketdiki, qani endi bu sharmandachiliqdan ko’ra bo’g’uzumg’a shu ustarani shart! ­ tekkuzsa… Odamlar to’plandi. Ular ham qo’shuldi. Hammangni qirishimiz kerak edi, ­ deyishdi. Gaz pechkalarga solishimiz kerak, ­ deyishdi. Men ne qilay? Urushay desam nima uchun? Bolshavoylarning SHo’ro mamlakati uchunmi? O’zum bu ruslarga nafrat tuysam… ¨ o’zumning tahqirlang’an o’zlugum uchunmi? “Sochimni ol!” ­ deya hayqirdim. U esa tutqanoqda talpinib, to’xtamas edi. Og’izlardan ko’pugi kelib, o’zi qulab tushdi. Hamma unga tashlandi. Urushqa ham kimsa qolmadi. Sochimning yarmi sovun ­ sochiqqa artgancha sharmandayu sharmisor bo’lub o’rnumdan turdum. Bu kung’a tushquncha o’sha pechkasida yonmaymanmi?! O’zumnikig’a begona, begonalarg’a yot, kimg’a men o’zi kim… Yarim sochi oling’on boshimni nima qilarg’a bilmay hovuchlab o’turubman.

 SHu kecha tush ko’rg’on edim. Tushumda mashinamizni yoshliq o’rtoqlarimdan kimdir minib bolamni unga o’tqizar emishu, mana shu muyulishqa qadar borib kelay, ­ deya ko’zdan g’oyib bo’lar emish. Men xavoturda ularning ketidan chiqsam, ular qayilg’on yerda bolalarning ko’lankalari olomon ketida ko’runar­ko’runmas, yaqinroq boruv uchun esa kimningdur velosipedini olib yursam, negadur u ko’chag’a emas, aeropo’rtg’a chiqadurg’on ko’chag’a tushub qolarmishman. Bu aerodro’mda velosiped haydash ta’qiqdur deya chekag’a buruldimu, saraylar orqasida raqsg’a tushub shamchiroqdek turg’on ko’zoynak ilong’a urulay dermishman. YUrg’on yo’lumda ilonlar g’uj­g’uj uzalib tushqon, oyoqlarimning yerg’a tegmagonidan suyunaman, biroq yo’l bitib chimzorg’a kirib borg’onimda velosipedning g’ildiraklari ham botub, oyoqlarim ham loyg’a qorilib har lahzada ana shu ilonlardan qo’rqar emishman. Axir bir chiroqlug’ uyg’a yo’luqub unga kirdimu ­ birin­ketin kirib kelg’on ­ nuroniy emasu, qari va ko’pni ko’rg’on chollar bilan ko’rushub, ular o’turg’onidan so’ngra bu oilaning yoshlariyu, nomahramlari qatori boyagi chollar yonig’a cho’kkalab o’zbeklar orasinda noqis o’zbeklig’imni tuyar emishman…
SHundami bu kung’a uyondum?!..


Vaqoei sanai als arba’ mia saniashr

×et ellar haqida gapirmoqchi bo’laman-u, nuqul o’zimizga qaytaman. Bu nimasi ekan o’zi? Mana, deyarli butunlayin tarki vatan qilishga to’g’ri kelganligini eslayman-u, yana o’sha-o’sha …­nchi yillarning boshidagi Toshkentga qaytaman. Keling, Toshkentga tegmay-da, bir kuni qizimizni qaynotayu qaynonanikida qoldirib, bir kechaning o’zida ko’chu-kuyimizni ko’tarib Moskvaga ketishga majbur bo’lganimizdan boshlay. Moskvaga kelib esa, yangangizning domlasi - musiqashunoslik do’ktiri - Valentina Nikolaevnaning bo’sh uyiga qo’nganimizni aytay. Valentina Nikolaevna Xitoyda dars berish bilan mashg’ul, biz esa uning ikki xonalik katalak uyida Moskvaning izg’irinlasha boshlagan kech kuzini o’tkazmoqdamiz.
Moskvada aka-singil tutingan bir o’zbek (to’g’rirog’i - o’zbechka) qizimiz bor edi, mana shunday havotirli kunlarning birida biz eru-xotinni o’z uyiga chaqirib, menga o’lim hukmi chiqarilganini aytdi. Kimdan, nima uchun?! - Qiz yig’laydiyu, aytmaydi. Aytganim yo’q-u, o’sha yili uyimizga uchta qurolli tajovuzkor bostirib kelgan edi. Bularning ham kim bo’lganligi hozirgacha noayon. Ana endi yangangizning holini ko’ring! Ana endi mening holimni ko’ring! Qizimiz Toshkentda qolgan, unga kuyikaylikmi, yangangizgami, yo o’lim hukmini qo’limga olgan o’zimgami?! Ana boshlandi Salmon Rushdiyning kunlari. Bechoraga rahmim kelib ketdi o’shanda! Lekin u-ku dunyoning nazari ostida, biz o’lib ketsak, bizni kim so’rab kelar ekan?
Kechalari shaharning allaqaysi chekasidagi kvartirada qulflanganu-zanjirlangan eshiklarning ortiga valasapitlarni qo’yib yotamiz. Ko’chada bir narsa shig’ etdimi - uyqu o’chib ter bosadi. Moshina o’tadimi, mushuk tomdan sakrab tushadimi - jon shirin ekan - yurak ketidan gumbirlaydi. Kunduzlari esa bir yoqqa ketar ekanman, yangangizga har yarim soatda telefon qoqib turaman - uning tinchligini so’raymanmi, yo o’zimning omonligimni bildiramanmi...
Xullasi, bir yarim oy mana shu it yotish, mirza turish. Yo’q, oraliqda - ana o’shanda tushundim nima uchun turklar dekabrni oraliq deb atashar ekan, ana o’sha izg’irin, muz oraliqda yoru-birodarlarga vido’ xatimni tashlab chiqdim, oraliqda yana o’sha Jan-P’er og’aynilik qilib, zudlik bilan Frantsiyaning Monpel’e shahridan uch oylik stipendiya oldirib berdi-yu, hujjatlarni rostlab - yangangiz ikkimiz yana Parij tomon yo’l oldik.
Ayni bir yerga inson hech qachon bir kayfiyat bilan qaytmas ekan. Qani so’nggi kelishlarimning nash’asiyu-gashti... Dunyoda hech kimga kerakmas narsadek kirib keldik bu safar. Bir dunyo uzoqdagi qizimiz - topgan pulimizni telefonga sarflaymiz - har qadamini kuzatib turamiz. Dadajon, meni olib ketmoqchi bo’lsangiz bu yerga kelmang, prokuraturadan har kuni sizni so’rab yurishipti, deydi bechora qizim.
Kayfiyat ham atrofga taralmaydimi, Jan-P’erlar ham bizlardan ancha zerikishgan yo to’yishgan o’xshaydi, bu safar mana senga topgan puling, endi uch oylik ijaraga uy qidir, deb qoldi. Lekin bu Frantsiya deganida uch oyga ijara topish o’limdan ham qiyin ekan - eng kami olti oyga ko’nishadi!



O’sha kunlari - frantsuzlarning hayoti odatdagidek mehmondorchilik emasmi - kechasi bir notanish insonnikiga mehmonga borgan edik - u yerda frantsuzchani ham ting’-ping’lab gapiradigan bir xitoy chiqib qoldi. Ana shu xitoy - o’zining boshidan ham o’tgan chamasi - qisiq ko’zini qisib qo’ydi-da, men yashab yurgan uyda yana xonalar bor, kampirim bilan gaplashib ko’ray deb qoldi. Ikki kundan keyin esa bir davrlar frantsuz qirollari hayot kechirgan Fontenblo saroyining qoq ro’pparasidagi uy tutgan kampirnikiga ko’chib o’tdik. Ko’chib o’tdik deb og’zimdan chiqib ketdi-yu, bir chekadan gapiray.
Bu kampir ham anoyi emas ekan - Mademuazel de Syuz. Birinchi - tanishuv kechasi - uyning zamin yoki past qavatidagi katta tolorida o’tirar ekanmiz, kampir bizlarga o’z urug’-ajdodi haqida ikki og’iz so’zlab berdi. Ma’lum bo’lishicha - de Syuzlar oilasi hamisha qirollarga yaqin bo’lib, mademuazelning amaki-buvalari Misrdan Parijning qoq o’rtasiga qo’nqaytirib qo’yilgan Konkordmi yo Vandom ustunini kemalarda olib kelgan zot bo’lar ekan. Darvoqe, asosan kampir haqida - asl zot emasmi - uning o’zi emas, har bir ijara xonadan yig’ilgan xitoyu ispan, ora-churada so’qqabosh bir frantsuzlar aytib berib turishdi. Kampir e’tiroz bildirmaslik sifatida faqat bosh liqqillatardi xolos.
 Bu uyda tarix tilga kirib biyron-biyron so’zlar ekan, biz ham ulug’ hodisalarning bir parchasi singari boshimizni quyi solib salimgina o’tirar edik-da, bir narsa biroz g’ashimni keltirar edi. ×ang bosgan bu tolordan ufuruvchi it hidi. Birozdan keyin kaminda - devorga yasalgan bizning tanchamiz-da! - g’o’lalar so’nib bo’lgach, shishalardagi sharoblar bitib bo’lgach - o’zlari kirib keldilar-da! Boyagi itni aytaman. Itmisan it ekan o’zi. Hid emas, asrlardan qolgan naslu-nasab ufurar ekan undan. Bu ham bo’lsa Lyudovik 18-nchining itidan tarqagan bir qanjiq bo’lsa kerago’v! Zinhor kamsitish yo haqorat qilish ma’nosida emas - hayrat ma’nosida aytyapman-a! Oti ham otmisan ekan. Lyutsiyami yo Lyusi!
Avvaliga kampirni buvimga o’xshatdim. Buvim ham xo’jalardan bo’lmaganmilar - ravshan ko’z, beajin yuz, baqbaqalarning duxoba pardalar singari xos osilib turishi. Mehr tuydim bu kampirga. Oyiga bir yarim ming frank pul to’laysizlar, - deb aytganlarida ko’zlarimdan yoshlarim tirqirab ketgundek bo’ldi. Nimaga deysizmi? ×unki boshqalar telefonda uch mingdan kamini tilga ham olishmagan edi-da! Buvim bo’lasiz!- deb ko’ynimga tugib qo’ydim bexosdan. Lekin avvaliga badal sifatida ham bir mingni to’laysizlar. Ketayotganingizda uni qaytarib olasiz. Ha mayli, rasm-rusm shunday bo’lsa - deb bunisiga ham ko’nib qo’ya qoldik. Endi esa tepaga chiqaylik, - deb taklif etdi Mademuazel de Syuz. Quloq bering-a, bu so’zlarda qanday nash’a bor: endi esa tepaga chiqaylik. Xuddi - endi choyni boloxonada ichaylik, sal bohavoroq, - deganidek-da! YUraklarimiz shirin-shirin hapriqib-hovliqib, zinaga qadam bosdik.
 Yangalar mahmadonaroq bo’lmaydimi - yangangiz ham kampir bilan chug’urlashib zina ba zina ketayotgan edi - bechora boyagi Lyusining dum-dumaloq qilib qo’qqaytirgan najosotiga - bu aslzoda itning bo’qi haqida boshqa so’z bilan aytib ham bo’lmaydi - ko’r oyog’ini botirib olsa bo’ladimi! Ana benavot biz-da! Kampir ko’rmaganga olib tepa sari yo’lida davom etaverdi. Hamma yoqdagi yunglar mayli ediku-ya, najosoti alam qilar ekan-ey!
Tamanno aylamish xonamizga ham chiqib bordik. Kampir eshikni g’ichirlatib ochdi-yu - ochmasaydi koshki - chindan ham otalarining zamonidan cho’riyu kanizlar uchun qolib ketgan xona namoyon bo’ldi ko’zlarimizga. Shipga yap-yalang’och suqtirilgan chirog’u xona o’rtasida qishloqlarda bolaligimizda uchratgan cho’yan o’choq. O’tin tekin - pastda yorib olaverasiz - dedi Mademuazel. Frantsiyaning markazida-ya, yigirmanchi asrning so’ngiga muyilishida-ya! Boshqa hech bir vaqo yo’q! Bu yerdan ham ufurgan - qochib-qutulmas itning hidini demasa.
Hamid Ismoilov degan yozuvchi bo’lar edi. Ana shu kishining “Ijaraga xona olaman” degan qissasini o’qigan edim. Moskvada oilasi bilan uydan uyga elanib yurgani haqidagi bir qissa. Ana shu qissani esladim, to’g’rirog’i shu qissadagi bechora yig’lagan xotiniga qarata yozuvchi naqoratdek:  Esingdami, turmush sevgilim, - deb qaytarganini. ×unki qarab tursam mening ham xotinim ho’ng-ho’ng, sim-sim yig’lar edi-da...


Ana endi Jan-P’erlarnikidan chamadonlarni ko’targancha shig’-shig’ yomg’irda frantsuz qirollarining bitmas-tuganmas dala kabi bog’ini bir chekasidan ikkinchi chekasiga kesib o’tishimnimi aytay?

  Aql yor o’lsaydi tarki ishqi yor etmasmidim?
  Ixtiyor o’lsaydi rohat ixtiyor etmasmidim? -

deb o’lganimning kunidan xirgoyi qilib boryapman, yomg’ir esa sim-sim badanlarimdan, badan ham gapmi - ruhlarimdan o’tib ketyapti...
Boshga tushganni ko’z ko’rar ekan, frantsuz aslzodalarining uyida xosroq yashay boshladik. Shukurki, qishloqda o’sganim - ertalablari kampirning umridek chayir to’nkalarni ponasiz - boltaning o’zida yoraman, boyagi burjuyka o’choqqa o’t qalayman, qizigan o’choqda jiz-biz qilib turaman. Xotin esa yig’laydi: “SHungamidi Frantsiyaga kelganimiz?!” Uni ham tushunaman, - qizchamiz uzoqda - topgan pulimizni, aytganimdek telefonlarga sarflaymiz. Atir-upaga emas-ku!
Onda-sonda xonamizga boyagi xitoyni chaqirib turamiz. “SHoshma, ­ deyman, ­ Movziddin paytida sen ham xunveybin bo’lgandirsan?” ­ “Ha”, - deydi sodda xitoy. “Xo’sh, ayt-chi, Movziddinning kitoblarini yod olgandirsan?” ­ “Ha-da”, - deydi bu go’l. “Ana unda ovqat haqida Movziddin nima degan?” - deb mot qilmoqchi bo’laman men uni. O’zbekchilikdan bexabar bu tiluqmas xitoy nima deydi deng: “Inqilob tushlik emaski, yesang-u chichib tashlasang...” ­ “E qoyil-e Movziddiningayam!” - deyman men. “Bu Mademuazel de Syuzning iti Movziddinni bilmas ekan-da!” ­ “Ha, meni hamisha tishlamoqchi bo’ladi”, - deydi umumiy frantsuz tilimizda bu sofko’ngil galvars.
Bu bechorani Mademuazelning o’zi ham bir tiyinga ilmaydi. Pastda - bizlar qo’ng’iroq qilmasligimiz uchun raqamtergichiga qulfcha osiltirilgan telefon jiringlab qolar ekan, avvaliga itning o’lardek hurishi, so’ng esa kampirning: “SHinua­a­a, ­ bu degani “xitoy”, ­ telefon!” - degan hayqirig’i yangraydi. Shinuadan ortiqcha so’z ishlatmaydi bu kampir. Meni esa do’stlarim tavsiya qilmaganmi - “Mos’e ekriven “- ya’ni yozuvchi janoblari deb chaqiradi Mademuazel. Boshqa payt g’ajib tashlaydigan iti ham noiloj sassiq dum yordamida mulozamatlarini bildiradi.
Alamlarimdan xitoyning jig’iga tegib yuraman, do’kondan keltirilgan-u isitilgan tushlikka chaqirib olib, ora-chura suhbatimizga atayin u bilmaydigan frantsuzcha so’zlardan qo’shib qo’yaman. Ana o’shanda bechora xitoyni ko’rsangiz. “Pardon?” - deydi, pardoni esa ping-pong degandek chiqadi-da, qisiq ko’zlari moshdek ochilib qoshlarining tagiga uchadi. Yana qaytaraman bu so’zni: bularning turgan-bitgani gaspillage deyman. Nochor yana: “Ping-pong?” - deydi. “Qo’y, - deyman, ­ birodar, bularning tilini tashla, yaxshisi xitoycha bitta she’r o’qib bermaysanmi!” U ham - dardi ichida emasmi - “ting’-ping’ ping’-ting’” ­ deya barmoqlarini sanab ketadi. Ular she’r o’qishsa barmoq sanar ekanlar. Men esa Navoiydan olaman. Keyin u menga tasalli bera boshlaydi. “Bu yerda, - deydi u,- sen bir organizm top! Organizm topmaguningcha ishing voy! - deydi u. ­ Mana men uch yildan beri shu yerdaman, yana cho’zmoqchiman”, - deydi dunyoning eng katta xalqi. “E, bit bo’lib ket-a organizming bilan, - deyman men. Qaerdan topay bu organizmingni?!” ­ “Xuvyu! Xuvyularni o’qi”, - deb maslahat beradi u. Xuvyu degani nima ekan desam, u bir kun gazetani ko’tarib kelib, “Mana senga xuvyu” - deydi. ­ “Ha, revu, ya’ni revyu demaysanmi!”


Qo’shnilarimizdan yana birini aytay. Bunisi tuzukkina frantsuz, ellik besh yoshlar chamasi, kuniga oltmishtacha xat oladi. Tagida moshinasi bor, moshina ham - moshinamisan - moshina. Kechalari Parijdan so’nggi poezd bilan qaytar ekanmiz - vokzal tomonidan g’uv etib chiqadiyu, kechasi soat birlardami, ikkilarda - bitta ham avtobus qolmaganida - signalini dudutlatib, bizni uyga eltib qo’yadi. Bilsak - binoyidek - qurilish shirkatining boshlig’i ekan. Mademuazelning sassiq uyiga kuniga bir farrosh kelsa-da - faqat shu Ms’ening xonasini tozalaydi. O’zimizcha o’ylaymiz, biz-ku - tushunarli, o’lganimizning kunidan bu yerda qolib ketdik, Ms’ega bu yerda nima bor ekan o’zi?! O’ylaymiz-u, hech javob topa olmaymiz. Turgan bitgani - sir. Mademuazelning jazmanimi, deb o’ylasak - bir­birini sizsirashadi, Mademuazel ham unga hurmat-ehtiromini bajo keltirib qo’yadi, bir so’z bilan aytganda - mulozamat. Hech tushunib bo’lmaydi.


Kunlarimiz haqida. ¨zuvchilik qilib kelmaganmanmi bu yerga, kasbimni-yu, olgan pulimni oqlash kerak - darvoqe’, pul kundan kunga kamayib bormoqda, kunlari bir narsalarni tarjima qilaman, kunora yangangiz bilan Parijga qatnayman - ish qidirish. Bularning Sariq Betlar degan kitoblari bo’ladi - telefonlarning ma’lumotnomasi - til o’qitadigan kurslarning bariga telefon qoqib: “Sizlarga o’zbek tili o’qituvchisi kerak emasmi?” - deb yalinaman. ­ “Bu qanaqa til o’zi?” - deb so’rashadi ular, eng rahmdillari esa: “Ha, mayli, umrnomangizni jo’natib yuboring”, - deyishadi-yu - jo’nataman-da - umrguzaronnomam ham ular bilan birgalikda gum bo’lib ketadi. Umr esa o’taveradi.
Rost, ora-chura Parijda ham kimlargadir kerak bo’lib turamiz. Bir INALKO degan sharqshunoslik institutlari bor - ana o’shanda Turklarning Do’stlari degan tashkilot yangangiz ikkimizni taklif qiladi-da - frantsuz sharobidan ichib olib - o’zbek xalqining birinchi tirik namoyandasi bo’lib yuramiz. O’zbek ko’rmagan xalq-da. “SHe’rlaringiz qanaqa bo’ladi?” - deb so’rashadi. Tomog’ni vaxshiylarcha qirib baxshiyonadan olamiz. Bular lol! Yana sharoblaridan ichirishadi. “Ashulayam aytasizmi?” - deb so’rashadi. Tekin sharob-u, turklarning paxlavasiga ha aytmas ekansiz-a ashulani! Ma’murjon Uzoqov bo’lib sayravoramiz. Paqqos paxlavadan bo’shagan talinkalar jaranglab ketadi-ya! Bular jim!


Qarabsizki, shu zaylda Yangi Yil ham kelib qoldi. Yangi yilga esa Olmoniyadan turk do’stlarimiz, boyagi Semih-beylar-da - bir oila bo’lib kelishadigan bo’lishdi. Men ham mard bo’lib - kelaveringlar, mana biz-da kutib oladigan, deyishga dedim-u, o’zbekchilik emasmi, do’ppini yerga qo’ysam - na kutishga pulimiz bor, na joyimiz. Joy-ku, mayli-ya, o’zimiz do’stlarimiznikiga borib turishimiz mumkin, - deylik Parijda kechalari qolib ketganimizda Gare de Lyon dan soat ikki-uchlarda qo’lga ro’yxat olvolib birma-bir telefon qoqar edik-ku! - do’stlar bu zavolli sovetlarga ko’nikib qolishgan, lekin pul-chi, pul?! Mayli, bir chekadan boshlaylik: avvaliga mumkin qadar bu yerlik do’stlarimizga u yerlik, ya’ni olmoniyalik do’stlarimizning bozorini qilaylik. Bu deganim, bilganlarimizning quloqlariga rosa tepdik. Bu, dedik, buyuk olim, tilshunos, butun turkiy tillar bo’yicha butun Olmoniyada butun eng kuchli mutaxassis, dedik. Frantsuzlar astaridan avrasini yaxshiroq ko’rishadi-da, ko’rinish bo’lsa - bo’ldi. Ichi to’qmi, po’kmi - faqat tashqi bo’lsa bo’lgani. Ishonganliklarini ko’rsatishdi. Tashqi-da, tashqi!
Mening bu haqda hattoki bir nazariyam ham bor. Mana qarang - roman tillarida ital’yanlar ham gapirishadi-ku, ispanlar bilan rumin-u moldavanlarni, bu yoqda esa portugallarni olmaganda. Tilmisan - til, - oddiy, jaydari - A-ni A, U-ni U deyishadi. Frantsuzlar-chi, frantsuzlar?! - Og’izlarini qiyshaytirib - tabiatda bo’lmagan, faqat tannozlar noz qilib lab bujmaytirganda chiqadigan unlarni topishganini aytmaysizmi. Qaysi boshqa xalq UYYUU deydi, UY¨O deydi?! Frantsuzlar-da, frantsuzlar. Ya’ni, demoqchi bo’lganim - jaydari lotin tilini faqat o’ziga zeb bergan, o’zini o’zi yalagan xalq shu qadar o’zgartirib yuborishi mumkin-da!
Pulim yo’qligidan biroz achchig’im chiqdi o’xshaydi! Mayli-da, unday desam o’zimiz ham og’izlarni qiyshaytirib, burunlarga ping’illab oralarida yuribmiz-ku! Harqalay besh-oltita tushlikni aytib qo’ydik - besh-oltita do’stlarimiz kutib olishadigan bo’lishdi. Ikkinchi tomondan Parijning turklariga-yu, Turklarning Do’stlariga ham xabarini yetkazdik. G’aflatda qolib yurmanglar dedik.

 Yangi Yil arafasida Semih-bey va uning bolalari “Audi” moshinasida Fontenblo shahriga kirib kelishdi. Moshinalari katta bo’lganidanmi, oilalari unga mosligidanmi - tor ko’cha-yu uylarga sig’masliklarini sezishdi chog’i - yo’lni biz bilan birgalikda to’g’ri bu yerdagi mehmonxonaga olishdi. Ha mayli, tinch qo’ya qolsang bo’lmaydimi - o’zbekligim tutib qolganiga nima deysiz: “Biznikida qolmoqchi edingiz-ku”, - desam bo’ladimi! “Mayliga, katta qizim bilan egizaklardan biri qolaqolsin! Frantsuzchaga ham uncha-muncha bor. Qarabsizki, frantsuz aristokratiyasi lahjasidan ham bahramand bo’lishar”, - deb ko’ndi Semih-bey. “Arava va’da bergan ­ ot bo’lib tortadi ham” - degan maqol ham to’qivordim o’sha zahoti. ×unki Mademuazelning har bir xonasi biz uchun dunyo-dunyo pul-da. Bu yerda gapning indallosini aytmayapman: ehtiyot shart kampir bilan avvaldan kelishib qo’ygan edim-da - shinuaning yonginasidagi katalak xonani to’rt kunga buyurib qo’ygan edim. Endi kapitalizm dunyosi ham ichidan pishib ketgan ekan emasmi: “Ko’tarasiga olsang arzonga beraman, to’rt kunga esa qimmat”, - deb turib olsa bo’ladimi bu hil-hil dunyoning zotli namoyandasi! Xullasi o’mardi qolgan-qutgan pulimni, o’mardi, kampir!
Ne esa! Birinchi kechasi o’z hisobimizdan kampirning tolorida turk do’stlarimiz sharafiga bazm berdik. Kampir ham chala tushungan o’xshaydi: Semih-beyning ulug’ligini oshirib yuborib, eski-tuski do’stu-dugonasidan Napoleon jazmani bo’lmish Jozefinaning qiz nabirasini chaqirganmi-ey, bir so’z bilan aytganda ­ ziyofatmisan, ziyofat-da! Bu kichik Jozefina ham kampirning tengqurlaridan, rost, ruschaga ustasi farang ekan. Ovrupaning yetakchi tilchisi degan Semih-abiymiz faqat shu tildan bebahra esa bo’ladimi! Kalvak-maxzum aytmish: bu tilni o’rganmak ham shartmi, - mahallamizdagi piyonistaga ergashsang - u ham lisoni rusiyning balog’atida... Jozefina ham zamonasozliqqa berilib ketgan o’xshaydi - Brejnevu ×ernenkolar bilan uchrashganliklari haqida betinim chug’urlaydi. Qanday bo’lmasin, Semih-beyning qizlari biroz frantsuzchadan ta’lim-tarbiya olishdi-ku! Bunisi ham koni foyda ekan, chunki boshqa tomondan, Mademuazelning isitilmas xonalarining birida tunab chiqib bu bechoralar ertalabdanoq Uhu-uhuga yo’liqishsa bo’ladimi! Ana frantsuz aristokratiyasi uylarining karomati!
Semih-beyning ham zodagonlardan ko’ngli sovidi shekilli, o’rta tabaqa do’stlarimizga qiziqish ko’rsata boshladi. Rost-da, kelasiz, gap sotasiz, ovqatini yeysiz, ketasiz. Ortiqcha mulozamatu-tirjayishga ham hojat yo’q. Ana Yangi Yil arafasi kuni ham bir anglo-avstriyalik bir oilaga borib qoldik. Bular, Linda bilan Mikael esingizda bo’lsa - ana shu Lindaning opasi va uning eriyu bola-chaqasi-da!
Bir chekadan boshlasam. Oilaning otasi Djonatan degan ingliz. O’zbekcha talaffuzda aslida Jo’natan bo’ladi-yu, bunday talaffuzda miya biroz chalg’iydi. Shuning uchun Djonatan bo’lib qolaversin. Xo’sh, Djonatanning kasbi-kori - siyosiy jug’rofiya bo’lib INSEAD degan bir mashhur institutda ishlar edi. Bu institut haqida so’lagimni oqizib aytishimning ham boisi bor. O’sha kunlari nima arzon ekan Fontenbloda - sun’iy hovuzda cho’milish. Bir tiyinga qimmat narsaning narxi ham bir tiyin edi. Ana shu hovuzga haftada ikki marta cho’milgani borib yurar edik. Buni hisoblamaganda yana har tushlikka pivo ichishim - G’arbda yashayotganimizdan dalolat berib turuvchi illat edi. Xo’sh, ana o’sha hovuzning narigi yoqasida - aslida hovuz ham uning bir qismi edi-da - Ovrupada ishbilarmonlikni butun dunyoga o’rgatadigan institut- huddi o’sha INSEAD bor edi. ×o’milishga borib yurar ekanman, o’zbek emasmanmi, bir kuni bu chiroyli bino nima ekan o’zi? - deb kirib borsam - boyagi narsa. E-ha, O’zbekiston yo’q ekan-ku bu yerda, deb darhol sobiq Sovet Ittifoqi bo’limiga kirdim, bir frantsuz armanisi boshlig’ ekan, toza o’zimni bozorga qo’ydim: O’zbekiston paxtasidan tortib o’zimning tahsilimgacha gapirib yotibman-u, armani nuqul Mademuazel de Syuzning 18 asrdan qolib ketgan tabarruk ilma-teshik sochig’iga qaragani qaragan. Ko’zini niqtab oldi-ya, ko’zing oqmagur. “Mayli, ­ dedi, ­ bir o’ylashib ko’raylik. Adresingizni qoldiring”,- dedi, - yozib yuborarmiz. Boyagi til kurslari kabi bu ham gum bo’ldi. Har cho’milganimda - ko’z yoshlarimda cho’milgandek bo’laman.

 Ana endi yana Djonatanga qaytaylik. Endi Djonatanning INSEADda ishlashini bilganimdan keyin uni ne qadar intiqib kutganimni tasavvur qila olsangiz kerak. Semih-abiyga ham aytdim: qo’llaysiz, - dedim. Endi bu Djonatan siyosiy jug’rof emasmi - butun umri kitob yozish bilan o’tar ekan. Birini endigina tugatib bo’lsa - dunyo siyosatimi, jahon jug’rofiyasimi, yo birvarakayiga siyosiy jug’rofiyaning ikkisimi o’zgarar ekan-da, uni yangi kitob yozishga mahkum etar ekan. Shu zayl, u na mehmon keldi deb chiqar ekan, na Yangi Yil kirdi deb. Bularning ziyofatxonasida o’tiribmiz: Djonatan ana tushadi, mana tushadi deb, butun oila halaksiragan-alaksiragan, qani endi Djonatan yangi kitobining yangi bobini tugatsa!
Oralig’da uning oilasi haqida aytib bera qolay. Xaydi - Lindaning opasi. U ham haykaltarosh. U ham shu qadar odamshinavandaki, shaharlik frantsuzlarga o’xshab bitta-ikkita emas-da - boqish ketida kitob ustiga kitob yozib yotgan Djonataniga to’rtta! bola tug’ib bergan! Biri biridan chiroyli, biri biridan baquvvat uch yigit-u, operaga ko’ngil qo’ygan bir qiz. Ana o’shalar bilan gaplashib o’tiribmiz. Ya’ni navbatma-navbat, chunki yigitlar birdaniga pastki xonaga tushib gij-badabanglab shaytonlagan rok-musiqalarini chala boshlaydi, goho qiz pianino yoniga o’tirib operalardan ariyalar kuylay boshlaydi. Xaydi oshxonada loyu ovqat pishirish bilan ovora  ekan, tepsa-tebranmas Djonatan oilani boqish bilan mashg’ul: navbatdagi kitobini yozadi.
Yo’q, axir tushdi u. Uni ko’radigan kunu-soatimiz ham bor ekan! Toshkentda bir lo’lisifat yozuvchi bo’lar edi. Ana shuning o’zginasi ekan bu Djonatan: besaranjom mo’ylov-u jovdiragan ko’z. Harqalay! Ikki buyuk olim orasida bir piyola choy ichdik-da, xamir-u loyini pishirib bo’lgan Xaydi bugungi Yangi Yil kechasini millioner do’stlarinikida kutib olishni taklif qildi. Buni ham sabr-qanoat bilan kutib oldik. Millioner degani odatda san’atga shaydo bo’lar ekan,  - o’zi eplay olmaydi yo vaqti bo’lmaydi-da - millioner ham uchib ketayotgan samolyot kabi bir narsa: to’xtadi - qulaydi, shaydo bo’lishdan, san’at ahli bilan do’st tutinishdan boshqa iloji qolmaydi. Xo’p dedik. Lekin bir shart bor, deb aytdi Xaydi. Har kim o’zini antiqa ravishda yasantirib-tusantirishi kerak. Unga ham xo’p dedik. 


Semih-bey o’zining muhtasham ko’cha-sig’mas Audi mashinasida kelmaganmi, mindik-da, g’izzillab bizlarnikiga o’tib, salla-choponu, do’ppi-mahsilarni teng bo’lishib oldik. Kimga chopon tekkan bo’lsa u salla o’ramaydi, do’ppi kiygan esa mahsiga oyoq urmaydi. Oxiriyn, kech kirishi bilan boyagi millionerlarnikiga kirib bordik. ×og’imda millioner degani ham frantsuz ma’nosida ekanmi, ya’ni frantsuz franklariga millioner ekan shekilli bu kishi, uyi Jan-P’erlarnikidan biroz tuzukroq, o’zi esa alvasti kiyimlarga burkanib olgani uchun na kastimini ko’rdik, na shimini. Harqalay millionerligiga ishondik-qo’ydik!
Ana endi u yerda yig’ilganlarni aytay. O’zimizdan tashqari Linda bilan Mikael ham u yerda ekan - sevinch ustiga sevinch! Boshqalardan emchaklari tizzasiga tushadigan bir arvoh ayol - bilsak amerikalik ekan, undan bo’lak butun kecha tursikchan raqsga tushib hammani ko’nglini choq qilgan bir mo’ylov - ayni shu amerikalikning o’rtog’i bo’lib chiqdi, bir yapon rassomi, aniqrog’i - rassomkasi - ana shuning oldiga mo’ylov tushib olib karate qabilida biram o’yinga tushsa bo’ladimi - ichaglarimizni uzdi-ya xumpar! O’y egasi - bir zovut mudiri ekan, uning rassom ukasi. Ikki aka-ukaning xotinlari, bola-chaqa... Endi g’arb raqslaridagi shaytonlashni o’zingiz bilasiz-ku: ayollarning og’zidan ichimlikning olovdek ufurishi, anqigan ter hidi, o’rin-beo’rin qiqir-qiqiru, qaxqaxa... Ovqatlar kelib yotibdi, ichimliklar - daryo, ye, ich, erkak, ayol! Davraga tush mardu-xalaj! Tinimsiz zehniy mashqlar, tugamsiz askiya, musiqa, raqs, musiqa...
Mikaelni aytmaysizmi, Mikaelni. Galife shimini baland poshna-baland qo’nj etigiga kiritib olib, boyagi Merilin Monro atrofida girdi-kapalak tansaga tushib ketsa bo’ladimi! Ana uning mo’ylov eri ham ip esholmay qoldi! Kuni boyagi yopunga qolib ketdi! Mikael esa u yog’idan oladi, bu yog’idan, xo’roz bo’lib tetalab ketadimi-ey, o’rdak bo’lib bilqillaydimi, qaldirg’ochdek dumini ikki qilib sapchiydimi yo! Qisqasi - bechora Linda: Semih-bey bilan nemischa so’zlashib o’tirishdan ortiq ishi qolmadi o’sha kecha!


Muncha yopishmasam o’sha soatlarga, o’sha kunlarga, o’sha oylarga! - deb o’ylayman o’zimdan o’zim. Huddi o’sha vaqtning har bir daqiqasiyu soniyasi allaqanday mazmunga, ma’noga egadek. To’rt satr she’r bilan aytiladigan hayot. Lekin yana va yana o’sha davrga qaytaman, bema’ni hodisalar orasiga chulg’ayman o’zimni, allaqanday ma’nolar qidiraman ulardan. O’sha payt yupanchsizliginiyu yetimligini berkitmoqchi bo’lgandekman biri biridan betayin voqealarga... Ne esa!

 Semih-beylar ham ketti uch-to’rt kun turib. Ulardan qolgani - Parijda yurganlarimiz-u, Parijdan moshinalarida chiqa olmaganimiz qoldi. Yo’l bilmaslik, ayniqsa katta shaharda ancha katta balo bo’lar ekan, soatlab ko’chama-ko’cha aylanamiz: E, bu yerdan o’tgan edik-ku, deb qolamiz-da, xuddi bizni kalaka qilayotgandek Eyfel minorasi qoqilgan qoziqimizdek bir bir biqindan, bir boshqa yondan qaqqayib turaveradi. Axir o’z yo’limizga chiqib olamiz. Lekin bu yerning yo’llari ham - Olmoniya yo’llarining bir turi emasmi - tezyurar yo’llar: bir tushib qoldingmi - undan o’nlab kilometr yonga chiqa olmaysan. Mabodo bormi - o’z muyulishingni o’tkazib yuborsang - ana undan keyin qarab turibsanki - mo’ljallagan manzilingdan qirq-ellik kilometr naridan chiqasan.  Semih-bey odatda so’z tarixini o’ylab ketadi: har inkishofida bir gaz berib qo’yadi. Miyasi qota boshlaganda moshina tezligi ham piyodaga tushib ketadi. Qisqasi: bir gaz, bir to’xtam, bir gaz, bir to’xtam. Shturmanlik yo sarbonlikni bu payt Nuron-xonim bajarib boradi. “Semih, - deydi u beqiyos turkiy nozu-tarovat bilan, - ajaba burasi deyilmi?” Semih-bey bir gaz berib qo’yadi-da, bu dunyoga qaytib kelgunicha muhtasham moshinasi ko’rib turibsizki - besh kilometr yo’l bosib o’tgan. Bu narsadan hayiqqan Nuron-xonim vaqti-bevaqt: “Burasi deyilmi?” - deb ehtiyot shart surishtiraveradi. Qaysidir birida Semih-bey moshinani muyulishga urib yuboradi-da, odatda bu muyulish yanglish bo’lib chiqadi. Ana unda ko’ring turk iltifotu-mulozamatini. “Janim, - deydi Semih-bey, - ban sana demish edim dikkat o’l deya”. Nuron-xonim ham boyagi beqiyos talaffuzda: “Efendim, bir sura demishtim...” - deb yana xaritasiga boqadi. “Nuranjiim, go’zlaringdan o’perim, nichin bakmiyorsan-ya...” ­ “Semihjiim, imkansiz, burada go’starmish... Ama ne esa!” - deydi so’ngida Semih-bey - yana qirq kilometrlik fikrga cho’mish imkonida. Yana boyagi poyga: deylik “jo’r” so’zi mug’ulchadan qirg’izchaga o’tganmi, yo qalmoqlardan qarluqlarga kelib, o’zbeklardan uyg’urlarga yuqqanmi? Moshina ham bu fikrlarining aksidek bir erkin shamoldek cho’lga intiladi, bir yumronqoziqdek qumga botadi.

Mana bular ham ketishdi. Yana yetimlik, yana beyupanchlik.
 Parijga bormagan kunlarimiz bog’ aylanamiz. Kunlar ham onda-sonda isiy boshlagan, ming yerdan insonlar bu yerga dam olgani kelishadi, bola-chaqa qiy-chuv, bizga esa bu qishki quyoshu, bu gavjumlasha boshlagan bog’ yuqmaydi: qizimizni eslaganimiz eslagan... Ariqlarda suv oqa boshlaydi, kurtaklar shishadi, go’zalligu kenglik - naqadar bahavo, lekin bu kengligu bu havo faqat g’ussamizni chog’lagandek, faqat qayg’umizni o’lchagandek... Qizimizni eslaymiz. Yana boyagi sovuq va ship-shiydam xonamizga qaytib kelamiz, o’choqqa o’tin qalaymiz, derazalarga uzoq termulib o’tiramiz... Yanvaru fevral...
Boya aytganimdek, pul ham tugab qolgan, kimgadir Hamid Ismoilning mashhur qo’lyozma kitoblaridan birini olib boraman, mayli, deydi u, ustiga u haqda yana bir maqola yozib ber, buning kim ­ tarix uchun tushintir deydi, shu maqolani yozib yuraman. Ish kutaman, yoru-birodarlarga sim qoqaman - hamma yoq taqa-taq. Ana shunday kunlarning birida kimdir Mademuazelga Parijdan qo’ng’iroq chalib meni so’rab qolibdi, aytibdiki Ma’diyning ismini biz Tashqi Ishlar vazirligidan Frantsiyadagi yagona o’zbek sifatida topdik, qani o’sha o’zbek deb so’rashibdi. Kampir ham yuragini hovuchlaganicha - Tashqi Ishlar Vazirligi emasmi? - bog’dan kela solishim bilan yangangizga yuzlanib: “Mademuazel, rafiqingizni Tashqi Ishlar Vazirligidan surishtirishdi”, - deb qolsa bo’ladimi! Farosat bor-da bu zodagonlarda, - chappilatib yuzga aytish yo’q-da!
Buni eshitgan mening holimni ko’ring! YUrak - po’k-po’k: qo’rqishimini ham bilmayman, sevinishimni ham. Aytmagan edimmi - Prezident Mitteranga yozuvchi sifatida xat yozgan edim: “Bir-ikki yil tabarruk mamlakatingizga mehmon bo’lib ketsak”, ­ degan yo’sinda, shunga javob keldimi deb o’ylayman bir. Boshqa tomondan esa shayton xayolni chalg’itadi: “O’l-a, endi chiqarib yuborishadi mamlakatdan”, - deya. O’zi o’n besh kuncha muddatimiz qolib edi-ya bu yerda turishga. Xullasi, taqdirga tan berib kuta boshladik.
Uch kun deganda bir yoqimtoy ovoz chaqirdi meni telefonga. Aslida, odatdagidek - pastda kampir inqillab-sinqillab oldi-da dastakni, “Mos’e Ekriven - ya’ni ¨zg’uchi Janoblari!” - deya shang’illab chaqirib qoldi. Halloslab zinama-zina sakrab tushganimdan keyin boshlandi boyagi yoqimtoy ovoz. “Men, - dedi u, - T’eri bir baloman: frantsuz otlarini eslashdan qiyini yo’q emasmi, qisqasi men T’eriman”, ­ dedi u. “Siz o’zbekchaga qalaysiz?” - deb davom etdi u. “¨zg’uchiman”, - dedim men ham kampirning talaffuzini eslab. Ta’sir etdi chog’i, bir ish bor dedi. “Nima ekan?” - deb so’rashga ham ulgurmagan edim - gapning indallosini o’zi aytib qo’ya qoldi. “Tour de France degan valasapid poygasi haqida eshitgansiz-a?” ­ “Ha-da!” ­ “Ana o’sha poyga arafasida Arte telekanali eng yaxshi poygachilarning yigirmatasi haqida besh-olti daqiqali fil’m yaratmoqchi. Poyganing har kuni bittadan valasapidchining surati. Mana men Jamoliddin Abdujapporov haqida kino qilishim kerak.” ­ “Xo’sh?” ­ “Siz menga tarjimon sifatida keraksiz”. Mana shu gap.


Ertasigayoq Parijning Maison Blanshe metrosining yonida T’erining uyida uchrashdik. Mening ¨z’yovonlik Matrasul degan ikki dunyolik bir og’aynim bor - huddi shuning o’zginasi ekan bu T’eri. O’zi dunyo kezib men bir narsani sezdim. Olloh ancha tejamkormi-ey, yo qandaydir belgilarni bizga uqtirmoqchi bo’ladimi - besh-olti turdagi inson, shulardan ba’zilarini esa egizakdan ham yaqin-u, lekin bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikda yasab qo’yadi. Endi bu T’erining Matrasulligini aytmaysizmi! 

 Uning aytishicha Jamoliddin Abdujapporov dunyoning eng kuchli sprinterlaridan ekan, bu degani poyganing so’ngida tezlikni mislsiz darajaga ko’tara oladigan poygachi degani. Yanada aniqroq bo’lishi uchun so’ngida uloqni olib ketuvchi kabi bir narsa. Poygachilar odatda bosqich ketidan bosqich bosishmaydimi. Shu yigirma-o’ttiz bosqichga bir yo’sinda kuchini tejab yuradigan poygachilar bor ekan-da, Jamoliddinga o’xshagan - shu o’ttizta bosqichdan uch-to’rttasida lop etib yonib hammani dog’da qoldiruvchilari bo’lar ekan. Bularni barini tushuntirdi menga T’eri Matrasulovich. Jamoliddin, - dedi u, ­ Sovetlar komandasida yurganida unga sen churkasan deb, musulmonga chiqarib qo’yishar ekan, mana endi Italiyaning Lampra jamoasida eng kuchli sprinter bo’lib yurgan emish. O’tgan yili esa Parijda Champs­Eliseeda birinchi bo’lib poyganing so’nggi yuz metriga chiqqan chog’i Pepsi-kolaning temir idishiga qoqilib ag’anagan emishda - yelkayu qo’llarini sindirgan ham uning o’zi emish. Shunday pishirdi-ki valasapid sportida meni T’eri, huddi Matrasul ¨z’yovondagi payvak yo uloq haqida so’zlaganidek.

GuRgonda o’shal payt Qobus podshoh ıRdi. Aning ilkinda ham Abu Alining tasviRi bo’lub, ani ayg’oqchilaRi qidiRmak payomida ıRdi. Abu Ali kelib kaRRvonsaRoyg’a tushti. Tabobat ilmida mohiR ıRdi, andin niyozmandlaRni muolaja ıtti, toki shuhRati atRofqa taRqaldi. Qobusning o’n sekkiz yoshluq inisi o’shal fuRsat maRazi mubhamg’a yo’luqqan ıRkon, neki doRu­daRmon qilildi, shifo beRmadi. Fo’lon kaRvonsaRoyg’a fo’lon tabib kelibtuR, aning fusuli attibo qoshida bag’oyat mo’’tabaRduR deyilg’och, Qobus anga qovg’ich yiboRdi. Abu Ali saRoyg’a keltiRildi va ul yigit tomiRin tutti. Andin so’ngRa dedi: “SHahaRni duRust bilg’on odame keltiRilsun!” KeltiRildi. “SHahaR RabotlaRin so’yla!” ­ buyuRdi Abu Ali va yigit tomiRin ushladi. Rabotu mahallalaR aytilg’och, tabib bulaRdan biRini bilg’uchi odam keltiRilmagini faRmoyish ıtti. KeltiRildi. “Ushmundoq mavze’ ko’chau­ko’ylaRini so’yla!” ­ deyildi, so’yladi. Abu Ali tomiR tutti. So’ngRa xonadonlaRni bilg’on aytildi, ne xonadonda ne kas tuRuR nom­banom so’yladi. TomiR tutuldi. “Fo’lon mahallaning fo’lon ko’chasidagi fo’lon xonadondan fo’lon otluq qiz keltiRilsun!” ­ dedi tabib va ul qiz ismini ıshitgachoq xasta shahzoda sekRab o’Rnidin qalqti.
Abu Ali muhabbat nomliq bu kasallikning davosi topilg’onini Qobus­podshohga so’ylabtuR. Qobus­podshoh ham zukkoliqda tabibdin qolishmay aning Abu Ali ıRkonlig’ini aytibtuR va Mahmud Yaminud­Davla yiboRg’an Rasmni anga tutqazibtuR…
Ul Rasmu ziyod ino’omlaR ila Abu Ali Ray soRi yuzlanibtuR.

O’z faqiR uyasini ıslaydi Sin. Qop­qoRong’u, dim chillaxona kabi uya. yetti mum imoRat va bulaRning baRida ­ bahoR kelgach yuqoRidan pastga qaRab g’uvvillovchi, g’imiRlovchi, tinim bilmas haRakat. HoziRgi kunda Qum masjidlaRiyu ziyoRatgohlaRida ko’Rasan bu kabi junbushni: kimdiR namoz o’qigan, kimdiR qiRoat o’Rganayotgan, yana biRi masoil yechish bilan mashg’ul, boshqasi Ibn­Sinoning “Risolai tayR”ini mutolaa qilayotgan, uchinchisi ma’sumaning qabRgohini o’pib­silaydi.
Sin uyasida ham haR kim o’z ishi bilan band. Betinim mehnatu Riyozatdan Sin ındi nafaqat ichki bezlaRi, balki tashqi qanotlaRi ham kuchga kiRayotganini sezdi. BiR­ikki qoqib ham boqqan ıdi, atRofidagi tuRg’un havo ham haRakatga keldi. Bu haRakatni sezgan ishboshilaRdan biRi Sinni uyaning pastRoqdagi chekasiga boshladi va boyagida quRilgan oltibuRchak hujRalaRga bol bosishni buyuRdi. HaR to’yu­tugunda bekoRchi to’yboshi haR kimga ish taqsimlaganidek, bu biR qo’l, biR oyog’idan ajRagan mayibdan ınsasi qotdi Sinning, chunonchi quRilishni topshiRib bo’lgach o’zi quRgan hujRalaRni o’zi ishga solishni chamalab tuRgan ıdi­da Sin.
BiR tomondan ta’vaxonaga jo’natilgan xotindek tuydi o’zini Sin. BiR dastaRxonchi yo tugunchidek. Zuv­zuv uchib kelayotgan va giRdi RaqslaRni boshqalaR uchun ijRo ıtuvchiyu, sen bilan qo’l uchidayoq ko’Rishib: “Mana bunisini oling, ıgachi”, ­ deya shaRbatmi, gulg’uboR uzatuvchi aRilaRni kutib olishu, ulaRning qo’llaRini bo’shatishga ma’sul biR xotindek. Bu bo’g’chayu, tugunchalaRni qabul qilib olib, ulaR ustida Rosa qanot qoqasan, bol suvlaRini bug’lantiRasan, bunisini bu yoqqa, boshqasini ­ boshqa yoqqa tiqishtiRasan. Kuni bo’yi shu ish. To’y nash’asini suRganlaR boshqa, hisob­kitobdan chalg’imagan sen.
Lekin bom­boshqa sezgi ham kechdi Sinning hali qotmagan jismidan.
BolakaylaRning yoz o’Rtasida temiRyo’l aRobalaRiga taRvuz uRishlaRiga o’xshash biR tuyg’u. Qop­qoRong’u yuk vagonga hech kim ko’Rmasligi uchun yollangan chuRvaqalaR biR­ikki katta yoshdagilaR bilan mashinalaRda kelayotgan to’pdek­to’pdek taRvuzlaRni qo’lma­qo’l qilishadiyu, vagonning ıng qoRong’u chekasida qolib ketgan, qo’lu­yuzlaRi taRvuz shiRasiga bulangan biR bolakay unga otilgan ola­chipoR taRvuzlaRni qabul qilib olaRkan, oRasida biR qoRa taRvuz kelib qoladiyu, qoRong’uda shaRaqlatib uning buRnini yoRadi. ¨Rilgan taRvuzning lovvullagan ichimi, qonagan buRunning lo’qillagan og’Rig’imi ­ baRi qoRong’uda qo’shilib­qoRishib ketadi. ORadagi tanaffusda taRvuz shiRasiga g’uvvillab aRilaR yig’ilishadi, kimdiR muzdek taRvuz go’shtini bolaning buRniga bosadi, uning og’zi­buRni biR bo’lib yoz shiRasiga to’ladi…
Aql tuggan bol ­ xotiRa…

Ba’zi debtuRlaRkim, FaxR ad­Daula favtidin so’ng Rayda xotuni Sayida aning taxtini ıgallabtuR va saltanatdin faRzandi Majid­ad­Daulani navmid qilibtuR. Sultonis­salotin Mahmud G’aznaviyg’a ul Sayida maktub yiboRdikim: magaR xotung’a qaRshi cheRik bostuRuRmisan deb, andin Majid ad­Daulaning vahmi g’olib o’lub savdodin o’zin o’kuz bildi va: o’lduR meni, bismil ayla, deya o’kuRdi.
Bu holdin oz vaqt o’tkach Abu Ali Sayida qoshig’a kiRib keldi va ani bag’oyat malul topti. Tabib aytti: “Podshoh g’am yemasunkim, andoq o’g’li boRkim, aning davosini topsa imkon bo’lg’ay”. Sayida hayRat qilib, kayfiyatini yaxshi ma’lum qildi va Abu Alini o’g’li yonig’a yiboRdi.
“Men o’kuzman, o’lduR meni, bismil ayla!” ­ dedi podshohzoda. Abu Ali anda: “AytinglaR qassob keldi deb”, ­ dedi va pichoq qayRab Majid ud­Daula soRi kiRdi. “Bog’lang savRni, men bo’g’izlayin!” ­ deya hayqiRdi Abu Ali va so’ngRa aning badanin qo’lidin biR­biR o’tkoRib sonig’a yetkoch: “HaRgiz oRuq ıRkon, so’qimg’a boqalim yona!” ­ dedi va ul xonadin chiqib ketdi. BiR oy podshohzodani og’ilda doRu­daRmon ila boqtilaR va u tuzoldi. Sayida tabibqa ko’p oRtuq inoyatlaR qildi, o’g’li ısa valiahd o’ldi…

Elpidi, yelpidi, yelpidi qanotlaRini bol ustida Sin. Qo’liniyu, ıtagini qoqqandek bo’ldi bu olamdan. Uning bosgan, g’aRamlagan boli o’zi uchun ımas, o’zi bolning hidiga ham to’yib bo’ldi. Kelasi qishda uyada qoladigan aRilaR pastdan tepaga qaRab kuniga biR qadam tashlaR ıkan, tepadan pastga tushib kelayotgan og’iR havo ıvaziga ıRib boRayotgan bu asalni chillalaRi davomida yeb boRishadi ulaR. BulaRning og’izlaRi ham shu yo’sin ko’katga yetishsa bas, uya yana asalga to’lib, hayot unda yana g’uvvillay, o’Rmalay, yo’Rg’alay boshlaydi. Ilmu­bilim ham shu boldan ımasmi.
  Bugungi faqR ıRtaning umidi, deydi SHayx.

 Ertasiga Italiyaning Laco di Garda shaharchasiga sim qoqadigan bo’ldik. Avvalambor T’erining xabarlariga ko’ra Jamoliddin o’zbekchaga uncha yo’q emish, shuni tekshiradigan bo’ldik. Ertasiga yana Parijga yetib bordim. So’nggi tiyinlarni sarflar ekanman, baribir endi bularni umumiy xarajatga kiritib yuboraman-ku degan fikr ko’nglimni ilitar edi. Italiyaga sim qoqdik. Qaysidir restoranmi, barga. Restoran egasi dastakni oldi-da, T’erining chalakam-chatti italyanchasidan keyin uno momento deya, Jamolidinni chaqirgani ketdi. Bilmadim, nimadan ko’proq hayajonlanar edim men - o’zbek sport yulduzi bilan so’zlashishimdanmi, yo pul ishlay olish-olmasligim dardidami?! Xalqaro “Alyo” - dan keyin gardkam! deya “Assalomu alaykum!” - deb xitob qildim. “Aleykum salam”, - deb eshitildi simning narigi chekasida. Ehtiyot shart ruschaga o’tib qo’ya qoldim. Ruschada yigit ustasi farang ekan, - qoqilib-suqulib fil’m g’oyasini tushuntirdim, asta-sekin o’zbekcha so’zlarni kiritib bordim, dedimki: “Bilasizmi, Jamoliddin, siz o’zbeksiz, shuning uchun ham fil’mda o’zbekcha gapirishingiz kerak emish, o’rislar o’rischa, frantsuzlar frantsuzcha, Induren esa ispancha gapirar emish”. ­ “Mayli, ­ dedi Jamoliddin, ­ priezjayte, gapiraylik”.
 T’erining qulog’i ding: “Qalay, ­ deydi, dastakni qo’yganimdan keyin, ­ gapirar ekanmi?” Unga nima-nima - boyagi ezilgan va mustaqil bo’lgan musulmon obrazini yaratish kerak-da! “Ha, ­ deyman, ­ sal beriroq-u, lekin gapirar ekan”. ­ “¨ ruscha qilib qo’ya qolaylikmi, unda seni qidirganim zoe ketadi - chunki rus tarjimoni studiyada tayyor-da”. ­ “Illo-billo, yo’q - deyman, ­ o’zbekchasi ruschadan qolishmas ekan, undan keyin, undan keyin, ­ deyman, ­ u ruschada ancha sovuq, o’zbekcha gapirganida biram iliqlashdiki!” Xudo tepamda - yolg’on gapirganim yo’q, chindan ham - bolaligini esladimi Jamoliddin, yo musofirchilikda eshitgan birinchi o’zbegi bo’ldimmi men - “atta-bo’tta” o’zbekchasidan dilkusholik ufurib turdi o’shanda!
 T’eri ishonib-inonib bo’lsa-da, yana yarim soatmi, bir soatmi qulog’iga tepdim uning: “Xato qilmasang o’zbekcha gapirtirasan, ­ dedim, ­ Jamolidinni. Ana o’shanda fil’ming fil’m bo’ladi. Men senga shunday obrazlarni had’ya qilayki, fil’ming eng yaxshi fil’m bo’lsin. Uloq degan narsani bilasanmi, ey frantsuzlarning Matrasuli, T’eri? Ana menga tushuntirganlaring bari o’sha uloqdir! ×avandozlardan boshlanadi asaring-e, ikki dunyolik oshna, men senga Abdulla Qodiriyni o’qiy, Tog’ay Murodni o’qiy, fil’mingni birga olaylik, jo’ra!” O’zbek emas, lo’li bo’lib ketdim-a o’shanda!
 Ko’ndi Matrasul. “Usiz ham o’rislar haqida to’rtta fil’m bo’ladi, ­ dedi. ­ Bo’lmasa, ­ dedi, ­ ertaga telestudiyaga kel, hujjatlaringni to’g’irlaylik, bitim tuzaylik, Italiyaga boraylik”. Xudo beraman desa, shunday-da - bir yo’la barini berib qo’ya qoladi: turish iznini uzaytirish ham, orada Italiyaga borish ham, keyin esa tekinga emas, ertasiga ayon bo’lishicha 5 ming frantsuz franki ishlab olish ham hal bo’ladigan bo’ldi! Uni oldida kuniga Parijga qatnashim ham gapmi. Ustiga ustak: “Bu chiptalaringni yig’ib yur, barini yo’l xarajatlariga kiritib yuboramiz”, ­ dedi T’eri. Aytmaganmidim - Matrasulning o’zginasi deya!
 Jamoliddinga shukur - o’z paytida Parijda yiqilib qo’ygan ekan, bu bahona uni bilgan ham bilar ekan, bilmagan ham. Shahar politsiyasiga kelganimiz vaqt, ellik yoshlardagi ayol: “Ha-da, SHonzelizeda yiqilgan Abdu-da”, ­ desa bo’ladimi! Izn ham Italiyaga borib kelguncha uzayadigan bo’ldi. Aslida Jamoliddindan foydalanib uzoqroq vaqtga cho’zmoqchi bo’lgan edim: “Sabr qil, ­ dedi T’eri, ­ qaytib kelaylik, bir gap bo’lar!” SHu zayl Italiyaga ketadigan kun ham yetib keldi. Odatda bir yoqqa ketayotganimda g’ing’shiyveradigan xotin ham, boyagi imtiyozlar orqasida oq yo’l tilab fotiha o’qib qoldi.
 Ana endi yana Ovrupa hayotiga qaytdik. Pisib-biqsib, yerga kirib ketgudek darajadagi kalamushlar ham erkin qushlarga aylandi, osmonga uchdi. France Air uchog’ida. Alp tog’larini - darvoqe’ bizning ajdodlarimiz ularni Alp deb atashmaganmi ekan? - pastda qoldirib olamshumul Milanga qo’ndik... Ana endi Italiya!
U hech qachon Florentsiyada bo’lmagan edi. Bir kun emas bir kun u albatta… juda bo’lmaganida bir kun emas bir kun bu muhtasham va unutilgan shaharga tushib qolsa ajab emas. Lekin bu shaharni u g’aybona taniydi. Bir paytlar yoshligida ko’chama­ko’cha bu shahar xaritasini ham o’nlab kitoblardan ko’chirib olgan edi u.
Mana hozir ham sarg’ayib ketgan bu qog’ozga qarab u Sin’oriya olonidan Merkato Nuova, undan esa Jome’ Maydoni tomon fikrona sayr etar ekan, yo’l­yo’lakay ­ uning tili uchun begona, lekin dilni elituvchi nomlar: Pizaliklar Bo’g’otiyu, Palatstso Vekkiya, San­Karlo ehromiyu, San­Mikel’, Pallatso Arte dey Lane, undan keyin esa Mizerikardiya oratoriyasiyu Lodjiya dey Pichchalo ­ xullasi, allaqanday ­ kaliti yo’qolgan, biroq sehrli tilda bitilmish she’rning qofiyalaridek nomlar ­ birma­bir tilda erir edi…
Kitoblardan o’qib olgan hikoyalar hayotga aylanadimi, yo hayotmi ­ bu kitoblarni varaqlar bilan to’ldiradigan?

U to’xtagan xonaning ikki devorida ikki rasm osig’liq turar edi. Birida ­ medal ushlab turgan qizil libosli bir yigit, ikkinchisida esa ­ Mo’’tabar Go’dak o’rnida og’ushiga yastanmish oqsuvsar tutgan tannozning suvrati… Bu suratlar hattoki qarama­qarshi devorlarda emas, balki oqsuvsarli oyimcha to’rdagi devorda, qubba yuzli yigit esa o’ng qo’ldagi toqlarning birida joylashib, ularning ikkisi­da bir­birining qotib qolgan nazaridan abadul mahrum edi. Kun botish chog’lari tuynuksimon derazadan daydi nurlarning biri ro’paradagi Laurentsiata kutubxonasining ulkan oynalaridan aks etib xonaga tushar ekan, bu ikki yoshning ikki yot nigohi bir zumga uning ko’zlarida qovushar va allanechuk iliq oqim bu ko’zlarni bir zumga yoshlantirar edi.

Ilk bor u ­ shaharda Buyuk O’latlardan biri hukm surayotganda bu yerga kirib kelgan edi. Katta yo’llarda tekshiruv nuqtalari o’rnatilgan esa­da, o’latdan majolsizlangan, siyraklashib borayotgan nazoratchilarning o’zlari osmondan kelmagan najotni hech bo’lmaganida boshqa yurtlardan kutar, ittifoqo, o’lat qaqshatib bexosdan tashlab ketgan shaharlar haqidagi mish­mishlar bularning qulog’iga malham kabi chalinar va o’zini tabib deb bildirgan har kelgindi, toki qirilganlarning moliga ko’z olaytirgan daydiga mengzamas ekan, “Xudo asrasin seni!” deya, qirg’in hukm surayotgan shaharga qo’yib yuborilaverar edi.
O’lat kelgan shahardan mudhishroq ko’rgu yo’q dunyoda. Boyagi kuni o’lim nafasiga chalingan bir yosh juvonning go’dagini saqlab qolish uchun ko’chada sang’ib yurgan itlarga yolvorib uzatayotganimi, va yo ulkan kalamushlarning har bir kavakdan chiqib olib, sohibsiz do’konlarda tishga to’g’ri kelgan nonu­molni kemirishi emas, qamshashimi… Bir telba shoir yalang boshiga allaqaerdan yulib olingan marmar chambarni taqib, sevgilisining ko’lkasi ketidan tantanavor she’rlar aytib yurar, uning ustida uchib borayotgan quzg’un esa, shoir o’laksasini poylab, yeru dunyoga bu she’rning najotsiz qofiyasini taratar edi…
Derazalarga taxta qoqilgan uylar, yupanchsiz ko’chalar, bo’m­bo’sh ehromlar… Faqat mayxonalar allaqanday jazavali insonlarga to’la, o’lat davri bazmlari O’lim oldidagi bolalarcha qo’rquvni behuda yashirar, kunlab bu yerda qolib ketgan venetsiyalik tujjorlaru padualik qandolatchilar, mahalliy sudxo’rlaru genuyalik darg’alar ­ xullasi, turfa hayot ahli tashqariga bosh suqmay, kirib kelgan har bir yangi insonni o’lat yuborgan elchi kabi qarshilar, biroq sharobning achib­bijib ketgan bug’larimi yo Xudoning bularga atagan mudhishroq ko’rguligimi bois, baloyu ofat bu jazavadan hazar qilgandek, bu yerga qadam bosmas edi.
O’lat bosgan shahardan mash’umroq manzara bo’lmasa kerak dunyoda. U ­ shahar chekasidagi Avliyo Appoloniy rohibgohining oshxonasida to’rt atrofdan terilgan bemorlarga sharobu siym suvi tarqatar, holsizlangan bular esa rohiblarning duoi ijobatlariga orziqar, u tarqatgan suvga jazirama lablari ila tegar­tegmas, so’ngsiz iltijolarda davom etishardi.
SHu yo’sin so’ngsiz kunlar ham o’tib borar, qodir Xudoning sinovi esa bitmas, va nihoyat bir telba ayol bu yemakxonada ko’z yordiyu, uning qaysarlarcha kesilgan qornidan alvon qon oqa, rohibgoh toshlariga to’kilgan ham ediki, mo’’jiza yuz berdimi, yo tug’ilgan go’dakning chinqirgan ovozi bu shahar uza o’z tumorlarini yozdimi ­ qora kiygan ovsar ayol O’latning so’nggi qurboni ham emas, O’latning o’zi kabi jon berdiyu, osmon ochildi…
O’sha kuni qo’llarida qotgan kindik qonini u mayxonada qizil sharob ila yuvdi. Biroq ayni o’sha kuni g’arnotalik Ibni­Tufayl ismli bir hakim ham bu mayxonaning o’zida doya qo’llarini sharobga botirmoqda edi. Uning arabcha so’zlari emasa, bu ko’rgulikni kelgindi sarxushlikka yo’ygan bulur edi, ammo trabluslik enagaga topshirilgan qizcha o’gay bu ayolning besut emchaklariga yopishib, uyqu aralash chinqirib qo’yar, sut topmagan bu xotin esa bu atrofda topilgan bo’zasimon achitqidan go’dak labiga surkar edi…
Xullasi, Fabritsio va ×echiliya deb atalgan bu ikki yetim yangi hayot belgisi bo’lib qoldi bu shahar uchun.

Fabritsio ­ Avliyo Appoloniy rohibgohida ulg’ayar, ×echiliya esa g’arnotalik hakimu trabluslik enaga  qo’lida qolib ketganligi tufayli bundan to’rt ko’cha narida Innochenti va yo Ma’sumlar go’dakxonasida manzil topgan edi. Bir­ikki yil ichida O’lat chandiqlari tortilgunga qadar chor atrofdan bularni ziyorat qilgani turfa insonlar kelishar, biroq asta­asta kundalik turmush mushkilotlariyu, ularning ketidagi tashvishlar bu yo’lni ham chandiq kabi tortib qo’ydiyu, tilga kirib bo’lgan ikki go’dak o’z yo’llariga qoldi.
…O’latdanmi, ofatdanmi, urushdanmi keyin allaqanday bosafo hayot bonglari uradi emasmi, Florentsiya ham qishdan chiqqan yengiltak qizlardek bahorning lola orzulariga urdi o’zini. Har narsa yengil kechar, o’nlab binolarning birdaniga qad ko’tarishimi, va yo bu yangi palatstsolardagi so’ngsiz ziyofatlaru, bu so’ngsiz ziyofatlardagi rassomlarning haykaltarosh, haykaltaroshlarning me’mor, me’morlarning shoirlaru, ­ bularning bari esa tujjorlaru sayyohlar, darg’alaru shahzodalar bilan bahslarimi, va yo suhbatlarni bir zumda yelib­elib ketuvchi raqslarmiyu, bu raqslarda Florentsiyaning o’zidek yengiltagu parivash qizlari ­ guldan gulga qo’ngan kapalaklardekmi, yo ulardan ham yengil ­ shaffof ninachilardek yelishar­uchishar, hayotning bu yangi zavqiyu safohatida ×echiliya bilan Fabritsio ham barchaning bevazn xotirasidan osongina ko’tarildi.

O’n besh yillarcha urdi qandini bu abadiy bo’lib ko’ringan davr. Biroq birovlarning xotiridan ko’tarilish ­ bu hayotning og’ushidan ko’tarilish emaski, va binobarin bu yillar ichida ulg’ayotgan Fabritsioning boshidan kechganlarni so’ylaylik. O’sha yillarda Florentsiyaning Allesandro da Marianno di Vanni ismli, Botichelli laqabli, g’olibo, eng mashhur rassomi yashar ediki, ana shu rassomga shogird bo’lib tushgan edi o’spirin Fabritsio. Buyukning shogirdi bo’lish naqadar orzumand bo’lsa, shu qadar mushkuldir. Nafaqat buyuklar kayfiyatining tutimsizligidan, yo’q, buyuklikning o’zi g’arib bir narsa ekanligidan. Allesandro di Vannining ishlari olchi kelib, u Rimda Abo Siks tolorini shipga qadar bezar ekan, bo’yoqlaru mo’yqalamlarini tutib turgan Fabritsioga: “×iziqqa boq, chiziqqa! Holatni rang emas, chiziq beradi. Kaft chiziqlari hayotni qanday belgilasa, rasm chiziqlari ham uning musiqasiyu qismatidir. Taqdirni sozlash ­ bu chiziqlarni uyg’unlashtirish demakdir. Inson ajri ham bir ip emasmi, uni qo’lga tutqizgan Xudoga yo bu ip bo’ylab yetasan, yo chigallashtirib, tugunlariga qoqilib­bo’g’ilib, ravon yo’lingdan adashasan…” ­ deya tinimsiz uqtirar edi.
Lekin ish bitib, Abo Sikst duosi ijobatlar ila marhamat etgan in’omu­ehsonlari bir hafta ichida Abadiy SHaharning xarobotlarida ochilib­sochilib ko’kka sovurilgach, xumorini yoza olishga qurbi yetmagan ustoz allaqaysi bo’m­bo’sh ma’volarda boshiga bosgan nam po’kakni bo’yoqlarga botiraru, jon­jahdi bilan uni bayoz toshdevorga uloqtirar­da,: “Bu johillar manzara chizar emish… Ana senga manzara!” ­ deya, barmog’ini oq devorda turfa rang oqizayotgan yo kokil yozayotgan alg’ov qorishmaga niqtar edi…

“O’rganib qol!” ­ deya hayqirar edi u Fabritsioga, yigit esa po’kakni ko’targanicha, xijolatomuz, bir ­ ustozning yuziga, bir ­ devordagi rang­barang dog’ga boqar edi. Bu dog’ ta’sirchan shogirdning yuragida tarqalmasdan yana otlarga minilar­da, yana Florentsiyaga qaytilar, u yerda esa o’zining asriy hokimiyatini o’rnatgan va endigina yana allaqanday fitnani barbod etgan Medichilardan birining surati chizilar, bu asnoda esa ishdan chalg’imaslik vajhi ila ustozning mayli tushgan nozaninlar birma­bir saroydagi ustaxonaga yetkazilar, yana mastona ish aro kayfi­safo, zavqu­jafo… Ha­da, Medichilarning eng muhtashami ­ Muhtasham Lorentso aytmish:

  Naqadar yoshlik go’zaldir,
  lek u o’tkinch, o’yna, kul!
  Baxt istasang baxt azaldir,
  ertang ­ sovurilgan kul…

Ana shu ­ kul bo’lib sovurilgan ertasiga ishonmasdan hayot bor hissasini bugunning o’zidan chiqarish ishtiyoqida chopar edi.

O’sha damlarda Florentsiyada Vinchalik Leonardo degan yosh daho paydo bo’lgan, u haqda eshita solgach Medichilar davrasida u chizgan rasmlarni ko’rib chiqqan Fabritsioning ustozi boshqalarga nisbatan qizishganidek qizishmay, bir haftalik og’ir sukunatga cho’mdi­da, eng so’ngida Avliyo Sebast’yan rasmiga qo’l ura boshlar ekan: “Bu inson Xudoni ham, shaytonni ham o’z ichidan topgan chamasi”, ­ deya qo’ydiyu, yana bir haftadan so’ng yosh dahoning Florentsiyadan Milanga, Sfortsalar saroyiga pinhonan hijrat etgani ayon bo’ldi. Kim bilsin, balki Fabritsio uning g’oyib bo’lishiga ustozning yuragidan bir dog’ ko’tarilishidek munosabatda bo’larmidi, ammo ustozga aloqasi bo’lmasa­da, Fabritsio ko’nglini kuydirgan boshqa bir hodisa tushgan edi oraga. Florentsiyadan keta turib Leonardo o’zi bilan g’arnotalik hakimni, bu degani esa ­ uning qo’lida asralib ulg’aygan ×echiliyani ham muholif Milanga olib ketgan edi­da! Ana shu narsa dog’lar edi yosh Fabritsio qalbini…

Biroq entikkan, hapriqqan, betartib hayot davom etar, kunlar tunlarga, tunlar kunlarga ulanib ketar, yana mayxonadanmi yo ziyofatdan qorong’uda qaytib kelayotgan  Fabritsio, o’tgan kunning ne qadar behudaligidan o’zini koyib, ertasiga yana ustozi bilan navbatdagi ziyofatga borishdan bunga ortiq chora topmas, va yana xumor tutgan boshu, o’ksuk xayollar va yana behudalik ketidan quvish, va yana bir kun, yana bir tun, yana va yana… To’xta! ­ desangki bu hayotga, ­ to’xtasa. Ertalabdan ustoz bilan bajarilgan ish deyilmasa, bu madhush hayotga oqlov yo’q, go’yoki mana ertadan chinakam ishu, chinakam kasb, chinakam turmushu, chinakam ishonch ochiladigan edi, biroq erta ham bugundek, bugun esa kechadek kechaverardi.
Ammo abadiy bo’lib ko’ringan narsalardan o’tkinchirog’i yo’q ekan bu dunyoda. Bu safo hayot ham safoldek yo Medichi jovonlaridagi nozik chinnidek sindi­qoldi bir kuni.

Ana o’sha madxush Medichilarning munofiq tazarrulari uchun qurgan San­Marko rohibgohida Djirolamo ismli bir rohib paydo bo’ldiyu, o’latdan badtarroq xatar tarqaldi bu o’lkaga, bu hukmdorlarga, bu hayotga. Durust, dastlab Medichilar murosasiz Djirolamoni mazah qilishdi, uning tuturuqsiz ilk va’zini kulguyu istehzoga yem aylashdi: Eshitdingizmi, nima emish, emishki hamma teng tug’ulib teng o’lar emish, demakki hayotda ham hamma teng bo’lishi lozimmish. ×o’loq nozima Francheskaning telba o’g’li Paoloyu Muhtasham Lorentso… Rost, yotoqda ikkisi teng bo’lsa ajab emas, xa­xa­xa!”
Biroq “jinnini jinni desang bir qilig’i ortar” emasmi, qancha avramasin uni Lorentsoning o’zi, qancha teng tutmasin o’ziga (“tenglik degan eding ­ yashab qol mendek, birodarim!”), qancha odamlar qo’ymasin oraga (Mirandolalik Pikoning o’zi bir kishi emas, butun boshli bashariyatni boshqaradigan yigit emasmidi?!), nihoyat, qancha solmasin qo’ltig’iga paxtani (San­Marko rohibgohini berib qo’ymadimi bu “birodarning” qo’liga?!) ­ bularning bari biror naf’ bergani yo’q, bil’aks, bu avrashlaru­aldashlarning barini Lorentsoning o’ziga qarshi ishlatdi bu nonko’r!

“Fisqu­fasodga botib ketdi Florentsiya! ­ deb aytdi u o’z va’zlarida. ­ Fitnalarning onasiga aylandi u, yolg’onning beshigiga, munofiqlikning enagasiga. Erkak yo’qki ­ chirkinlik urug’larini tag­tomiri bilan payhon etsa, bu mo’’tabar yerga sochilgan ajdarho tishlarini reshi bilan sug’urib tashlasa! O’lat sizlarga ogoh bo’lmadi, qirg’in sizlarni seskantirgani yo’q, g’aflatdan sizlarni nima uyg’otadi o’zi?! Daraxtlar mevadan qolsinmi?! Yo’llarni sel bossinmi?! Dengiz tog’larga qadar pishqirsinmi?! Nahotki xudo yo’llagan so’zga qulog’ingiz garang, ko’zingiz ko’r, yuragingiz teshik bo’lsa?!”
Ne ko’z bilan ko’rsinki Muhtasham Lorentso, uning arzanda san’atkorlariyu rassomlari, shoirlariyu haykaltaroshlari uchdi bu so’zlarga. Kuni kecha ilohiy kuchlarga bas kelib, intilishlarda tenglarcha kurashib yurgan Buanarottilar ham sindi­qoldi.
“Butlaru­sanamlar og’ushida qoldingiz, o’z najosatlarini yeb yurgan mahluqdan farqingiz nimada?! Najosatni ­ san’at, o’zingizni ­ san’atkor deb ataganingizdami atigi?! ­ deb gumburlar edi qaqshatqich va shafqatsiz bu ovoz San­Marko gumbazlari ostidan.

Bundan keyin shahar markazida kitoblar yondirildi, rassomlar yillarcha chizgan matolarini shir­shir kesishdi, haykaltaroshlar sanamlarini talqon etishdi, Fabritsioning ustozi  Allesandro ham o’z homiysidan yuz o’girib bularga qo’shildi.
Biroq bunisi ham kunlarning eng yomoni emas ekan. “Qiziq, Xudoning qahrini anglatuvchi o’lat ne qadar mudhishligini eshitgan bo’lsa navqiron Fabritsio, Xudoning rahmatiga undovchi davrlar ham shu kabi qo’rqinchu qutquga to’la bo’lar ekan. Ko’chalarda sayru­gashtaklarning bitishi, ziyofatu majlislarning avvaliga panaga ko’chib, so’ng esa tugab borishi, bahslarning uzilishiyu, ashulalarning va’zlarga almashishi ­ tashqaridan boqqanda yana o’lat o’z shum qadamlarini tashlay boshlaganini eslatardi. Holbuki, buning tersi emasmidi bu junbush?!”
Bu gumonlari uchun yosh Fabritsio ustozi o’ngidan haydaldi, endi u kun bo’yi bir Kal’dayolli, bir Ufitstsi, bir Rikosolli ko’chalari bo’ylab sang’ir, biroq kuni kecha baqqolu ko’nchi, bazzozu etikdo’z, sayyohu folbinlardan arining uyasidek g’uvvillab turgan bu o’ramlar endilikda huvvillab qolgan, ulardan onda­sonda o’tib qolgan rohibmi­rohiba esa gumbazlarga qadalgan bu yo’l istiqbollarida qora hil’atlari bilan qorishib ketgan ko’lkasini ko’targanicha, bu sayoqdan cho’chir edi­da, o’zini panaga urgach, allanarsalarni g’udrardi…

Bu ­ yosh Fabritsio. Ammo Lorentsolarning Muhtashami ham  ruhiy o’latdan ilojsiz xastalikka chalingan edi. Bu dunyoda u ko’rmagan lazzat, demakki botmagan gunohi yo’q edi. Shundan ham inson tabiatining churukligini o’ziga shioru e’tiqod qilib olgan hukmdor uchun o’zini masih qilib ko’rsatgan bu telba ­ qo’tirdan ijirg’anishdek bir gap edi. Ammo qo’tir ham shishmaga aylandimi, uning oxirat kunlari yaqinligi haqidagi vasvasalariga kimlar uchmadi deysiz: shuaroyu fuzalo, ulamoyu urfono. Kim bilsin, chindan ham Medichilar qurdirgan bu saroylaru cherkovlar, ko’chalaru maydonlar toshu marmar bo’lsa­da, o’tkinchimi ekan, ­ dunyoda bahoga ega esa tutqich bermas bir ruhiy tebranishmi o’zi, rostdan ham asr bitib umr ham odosh bo’lib boryaptimi, Xudoning qahri esa ­ qamchi emas, o’lat emas, biroq bularning bariga qarshi turib bergan hayotga ishonchning so’nishimi? SHunday fikrlarda tuta boshladi o’zini Muhtasham Lorentso…

Bu telbaga tengqur bo’lgan bir kishi bas kela olardi, ammo u ham endi uzoq. Sfortsalarning saroyida, Milanda, uchar zambaraklaru g’aybdan portlovchi to’plarni ixtiro qilayotgan emish… Bumikan Djirolamo va’da berayotgan dasti qazo?! ¨ bular ham ko’krakda  joylashgan bir parcha etning bir junbushiga arzimas narsalarmi? Ana o’shanda bir narsa “jiz” etdi hukmdor yuragida… U Sfortsalar tomon mahramlaridan eng yaqinini hozirlay boshladi.
Elchi ketdiyu, u bilan so’nggi maylga orziqqan jon qushi ham ergashdimi, Florentsiya o’zining eng shukuhli qaylig’laridan ajraldi o’sha kun. Lekin azani ham e’zozlamadi bu jazavali Djirolamo, Xudoni o’rtaga solib, intiqom haqida gapirdi o’z va’zida, oxirzamonning eng yaqqol alomati deb atadi bu hayotniyu, bu o’limni…

O’sha kuni yosh Fabritsio bu va’z davomida o’z ustoziga yo’liqib qoldi. Mirandolalik Piko, Birodar Bartolomeo va yana bir qancha shoiru san’atkor va’zdan xomushlayin tarqalishar ekan, ularni San­Djovanni chorrahasida rahmatli Lorentsoning o’g’li P’ero yuborgan bir xizmatkor qarshilab oldi­da, shahar sin’oriyasining yangi hokimi ularni Palatststso Vekkiaga taklif qilayotganini yetkazdi. ×orraha emasmi, kimdir josusona nazarlardan qo’rqib, yo’lini shu zahotiyoq teskari burdi, kimdir o’zi josuslik ila Avliyo Djirolamoning taboriku ballisi ilinjida ishlarini peshrav qildi, biroq Ustoz Allesandro boshchiligidagi aksariyat o’zining sobiq homiysi bilan vidolashish qarorini oldi.
Hazin bo’ldi o’sha kecha. Muhtasham Lorentsoning ruhi go’yoki rihlat tomon qanot qoqishdan avval so’nggi bor o’zining suyukli do’stlari orasida so’nggi bazmu, so’nggi ziyofat, so’nggi chaqchaqlashishu, so’nggi bahs mayli ila orziqar, tun allaqachon qorong’u bo’lsa­da, bularni tark etishga ko’zi qiymas, bular ham eski gashtlar og’ushida sharobu hurliqolar sarhushligiga berilishar, biroq allanarsa ko’tarilgandek oradan ­ butun boshli bir davrmi yo bu davrni tebratib turgan foniy Lorentsoning boqiy hashamatimi, va yo bulardan ham buyukroq sirlarning nozu­istig’nolarimi ­ bu gashtu bu sarhushlikda ilgarigi gard yuqmas safo tugul, balki og’ir xumorning bo’zrang sahari chayqalar edi…

Piko, senmiding yoshlik zavqida bu so’zlarni Xudo nomidan aytgan? Eslaysanmi: “Men sizlarni na samoviy, na zaminiy qilib yaratdim, na foniy, na boqiy. ×unki ozodu hur o’laroq, o’zingiz saylagan shaklda o’zlaringizni yasamog’u mujassamlantirmog’ingiz vojib…” Qaysi kul bo’lib ketgan kitoblarda qolib ketdi bu so’zlaring?!
Sen­chi, Allesandro? Tilsim Zuhralarni suv ko’piklaridan yaratgan emasmiding? Endigi tashlandiq ayoling jannatingdagi oqava yo mag’zava ko’pigimi?!
Nikolo, “o’tmishdan ­ saboq, zamondan ­ tajriba” degan kim edi?! Nega tosh qotgan haykaldek indamaysan?!

Bu tinmas ruh mehmonlarini har burchakdan so’roqlar, qiynar, azoblar edi… Hazin bo’ldi o’sha kecha…

Kecha so’ngida esa yetim o’g’il P’ero o’z otasining bularga bo’lgan vasiyatini o’qidi­da, jamoaning ko’z o’ngida shaharga vose’ etilgan rasm peshidan qora niqobni yuldi!
Ne ko’z bilan ko’rsinki O’lat O’g’loni Fabritsio, rasmda O’lat unga unashtirib ketgan ×echiliya ­ Mar’yam­Bibi qiyofasida o’tirib, qo’lida ilohiy go’dak o’rniga badburush oqsuvsarni tutmoqda emish… Bir zumdayoq ahli nuktadon olomonga aylandi­qo’ydi. G’ala­g’ovurda, zehnu vahm sarosimasida kimdir cho’qina boshladi, kimdir tiz cho’kdi, kimdir yondoshining qulog’iga engashib bir narsalarni tez­tez shivirlay boshladi. Faqat karaxt bo’lgan Fabritsioning ustozi Alessandro Botichelli bu rasmga tik boqar va uning bo’zargan lablari: “Aytmabmidim?!” ­ degan bittayu­bitta so’zni takror­takror qaytarar edi.

… O’sha tuni San­Marko rohibgohining  tosh hujrasida alag’da uyquga ketgan Djirolamo tush ko’rdi.. Tushida u kemaga tushib dengiz safariga chiqqan emish­da, dengizda to’fon ko’tarilib, hamma yoqni kalamushlar bosib ketar emish. Kalamushlarni o’zidan itqitib, qamchilab yotgan Djirolamo bir payt boqsa, ularning kemasi bosurmon turklar tomonidan qurshab olingan emish. Bular Djirolamoni yoqalab, sharif Konstantinopolisga olib kelishar emish. Ayya­Sofiyaning uzoqdan ko’ra solib, ko’zlariga yosh olgan Djirolamo birdaniga mo’’tabar ehromdan taralgan ovozni tuyar emish­da, bu ovoz: “Samo qamchisi savashga hozir!” der emish. Va shu zahotiyoq bu qizilbosh bosurmonlar emas, biroq boya kalamushlar panayu teshiklardan chiqib kelganidek, bu ehromdan Muhtasham nomini olgan bedin Lorentso xoxolab chiqib kelarmish­da, qo’l­oyog’i bog’liq Djirolamoni zardast qamchi ila burun­quloq qilib savalab ketarmish, savalarmish­savalarmish…
Tinimsiz bu savashdan Djirolamo kichrayib, boyagi kalamushsimon bir mahluqqa aylanarmish­da, qahqaha urgan Lorentso esa uni dumidan ushlab, kelgan kemasiga uloqtirganida, tirqishga intilganidayoq… uyg’onib ketdi…
Haligi samoviy ovoz hanuz uning qalbini allaqanday iftixorga to’ldirar, biroq bundan so’nggi tahqir halqumga tiqilib, qasos talab etar edi… Lekin ne tur qasos, Lorentso kuni kecha e’tiqodsiz itdek o’lib turgan bo’lsa, kimdan olsin o’z intiqomini bechora Djirolamo?!

Ammo tahqirlarning ulug’rog’i kutar edi uni o’sha kuni. Boyagi mash’um rasm xabari yetib keldi unga beta’m nonushtadan keyin. Hatto uning payg’ambarlikka bo’lgan da’vosini o’rtaga qo’shmaganida ham chaqimchilar, hatto uni kunimizning masihi deyishmaganida edi ular, hatto rasmni o’zlaricha unga bog’lashmaganlarida­da, volidai ilohiyaning tabarruk qo’llarida Mo’’tabar Go’dak emas, bu davrning qizi panjasida oqsuvsarning siyratiyoq yetarli edi Djirolamoning oltingugurtdek portlashi uchun. Atrofdagi gumashtalar esa buni o’z yo’llarida yo’ydilar, fitnaning oldini olgan misol, tutaqqan pirlarining bezgagi, so’zsizligi ostida taslim turar edilar ular…
Ikki kun emas, ikki haftayu ikki oy tugul, ikki yil saqladi o’z sukutli kinini avliyo Djirolamo va nihoyat oxirzamon qamchisi dengizdagi turklar emas, tog’ ortidagi faranglar podshohi SHarl’ turqida yorib kirgan edi bu o’lkalarga, o’sha kuni yana gapga kirdi uning sukut saqlagan tili. Endilikda bu so’zlar ­ gunoh emasaydi ­ vojib ta’bir: yillarcha emon xumlarda saqlangan sharob kabi ta’sirchan bo’lib, o’z quvvatini sog’ onglarni ham mast etishda isbotlar edi. “O’n besh asrlik muddatning ham soati bitmoqda. Samovot o’g’loni ne undovlaru, ne namuna ila sizlarga vase’ etgan edi bu muddatniyu ­ xo’sh, ne hosil bilan yuzlandingiz oxir zamonga?! Isrofilning karnayi yangrab bo’ldi, qay biringiz tuydingiz bu sasni?! Parvardigor qamchisi yuksaldi ustingizda. Bo’yin sunishga vaqt yetdi! Bu dunyoda besh­olti yilimiz qolganmi­yo’qmi, egamiz buyurgan davlatni yer yuzida barpo etish bizlarga qarzu farz! Florentsiyadan boshlanadigan bu davlat mana shu arkonlarga qurilmas ekan, men unga o’zimni mas’ulu ma’mur deb bilolmayman!”

Yo’q ­ Milanda Qora Sfortsa ­ Lyudoviko samovat qamchisi SHarl’ bilan topishganidek, Florentsiyaga bir kunda mas’ulu ma’mur bo’ldi birodar Djirolamo. Soqol qo’yganlaru, qor hil’at kiyganlar bir kunda ko’tarilgach, bari hal bo’ldi. Biroq ofatlarning ham karomati bor emasmi, yosh Fabritsioning baxtiga xoch mujohidi SHarl’danu, uning sherigiga aylangan Qora Lyudovikodan qochib, Medichilar ham hokimiyatdan quladi­ku degan ilinjda shaharga bir tun g’arnotalik hakim Ibni­Tufayl ila uning asrandi qizi ×echiliya kirib kelishdi.

O’sha qish ayniqsa ko’rimsiz bo’ldi. Nafaqat insonlar taqvodor hokimiyat iskanjalaridan qo’rqib ko’chada qorasini ko’rsatmas, balki Florentsiyaning yashnab yotadigan tabiati ham inson ko’zidan ajralib, barg tashlagan daraxtdek so’qqalanib qolgan edi. Barg tashlagan daraxt ham gapmi, abadul­abad yashil sarvlaru shamshodlar qurib qolgan, kuni kecha quyoshu hiloldan yaraqlab turgan binolarning marmaru xorolarini zax bosgan, qish toji ­ qor ham o’z­o’zini bu yerdan qizg’angandek, qadam qo’ymas va faqat beyurtu bemavsum shamol bu bo’m­bo’sh shaharda izg’ib yurardi.
Florentsiya Isoning milodiga hozirlik ko’rar, lekin o’tmish yillari bu bayram shovqin­suronu, saylu­tomoshalarda o’tgan esa­da, bu yili qutlug’ ayyom allanechuk beqarorlikka yuzlangandek edi. Odamlar ne tarzda unga hozirlik ko’rishni ham bilmay gangib qolishgandi. Ehromlarga archa shoxlariyu alvon tasmalar gulchambarlar kabi osilmas, uylarda bekalar milod taomlariga qo’l urishdan hayiqar, hayiqmaganlar­da ularni qo’ni­qo’shniyu, tanish­bilishga ulashishmas edi.
Ammo Fabritsioning ko’nglida bayram bitmas, chunki kunduzlari u endigina qurilgan San­Paolo ayvonida qadim kitoblarni ko’chirish bilan band bo’lsa, kechalari harfu­so’zlar chiroyidan toliqqan ko’zlari uni ­ egizagi kabi ­ go’yo hech qachon sevishdan tinmagan ×echiliyaga tushar va uzoq qish kechalari ular boshlaridan kechganlarini so’zlashib o’tirishar edi. Bu hikoyalar bir qadar g’amgin, lekin umuman olganda yoshlik zavqiga to’la bo’lib, onda­sonda bularga ko’zi tushibmi, qulog’i osilib qolgan hakim­otayoq ma’nodoru mayin kulib qo’yar edi.
O’z sevgilisini tushlarda emas, aslan ko’rgan Fabritsio, bu maftunlikda hattoki anavi uch­to’rt yil avvalgi janjalbaxsh rasm haqida eslagani ham yo’q, qaydan bilsin u o’sha rasmning hayotlariga qaytib kelishini, yana ne qadar mudhish tarzda qayta kirib kelishini?!

Milod kunidan ikki kun avval butun shahar bo’ylab e’lon tarqatildi: bu yil odatdagi karnaval emas, balki zoe’ligu behudalikka qarshi xoch yurishi buyuriladi. Jarchilarning aytishicha kimda­kim uyida Isoyu Bibi Maryamdan o’zga rasm saqlasa, Xudo nomini tilga olmagan kitobga ega bo’lsa, oxirat obodligidan chalg’ituvchi butu­sanamni berkitsa, haloyiq  o’ngida bu zamonning o’tiga tashlanadi, gulxan esa  Santa Mariya del’ Fiore ehromining ro’parasidagi maydonda ayni o’sha tark etilgan zoe’likdanu, behudalikdan qalanajak!
Ana boshlandi uylardanu chordoqlardan inju san’at tashish. Tog’ bo’lib ko’tarildi sonsiz kitoblaru zarbof liboslar, rasmlaru haykalchalar. Fabritsio o’sha payt g’arnotalik hakim yordamida yunon falsafasidan arab tili orqali tarjima etilgan qo’lyozmalar to’plamini endigina bitirgan edi. Mana shu kitoblarni nima qilishini bilmas edi u. O’sha kuni Fabritsio ustozi desa ­ unutilganu unutgan, begona desa ­ allapayt ustozi bo’lgan Allessandro Botichellining oldiga bordi. Alessandro uyida bir o’zi bir necha haftadan beri hech qaerga chiqmay uyga qamalib bir rasmni chizar, ammo chizgani ruhiga sabt etilgan imoga uyg’unlashmaganidan xunobi chiqib, bir qancha matoni parcha­parcha tilib tashlagan bir holatda, burchakdan burchakka yurar edi. “Kelganim yuqarmikan unga?” ­ deb gumonsiragan Fabritsio ustozni limmo­lim to’ldirgan g’azabning so’nggi tomchisini keltirgan ekanmi, bir zumda Allesandro toshib bo’shagan kosadek xolilanib, holsizlanib: ”Bilasanmi, gulxanga tutantiriqni nimadan qilishmoqchi?!” ­ deb so’radi. So’nggi bir yilu olti oy yozayotgan kitoblari jiz etib uchgan edi xayolidan Fabritsioning, ammo Alessandro shogirdining fikrlarini o’qigandek: “Yo’q, kitoblaringdan emas, oqsuvsarning rasmidan!” ­ desa bo’ladimi! “Yo’q!” ­ deb qichqirib yubordi Fabritsio. Alessandro boshini tasdiqlayin chayqaganicha yana burchakma­burchak yura boshladi.
“Bilasanmi, ­ dedi u vahimalarga bedaxl ovozda, ­ men seni katta nishona ushlab turganingni chizar edim. Shahar senga bu nishonani bersa­da, u yuzingdek sofu, ko’zni qamashtiruvchi bo’lsa. Boshingda qizil qalpoq, mana buni kiyib boq­chi…”. U o’zining eski qalpoqlaridan birini irg’itdi. Ammo Fabritsio behol bu qalpoqni boshiga qo’ndirgan bo’lsa­da, ko’ngli mutlaqo boshqa narsalarga bog’liq edi.
­ Nahotki sen bunga ko’nsang? ­ dedi u ustozining ko’ziga tik boqib.
­ Nimaga?
Lekin Fabritsio javob o’rniga yana ichida kalavlanib yotgan savollardan birini o’rtaga uloqtirdi:
­ Nahotki rasmdan keyin uning o’zi ham yondirilishiga ko’zing yetmaydi?
­ Kimning o’zi? ­ deb yana savolga savol bilan javob berdi Alessandro. U yo chindan ham o’z xayollari og’ushidan chiqa olmay, gap nima haqda ketayotganini ilg’amasdi, yo­da o’zini bu javobsizlik oldida nogirona go’llikka solmoqda edi.
­ Sen ×echiliyani gulxan ustida ko’rmoqchimisan?! ­ deya eng so’nggi vahimasidan ajraldi bir zumda Fabritsio.
­ Yo’q, yo’q, men rasm haqida gapir…
­ Sen­a, sen, rasmning ilohiy qudratini hammadan ortiq bilgan inson­a! ­ deb gapini bo’ldi tutaqqan Lorentso. ­ Esingdami, nima der eding menga: “Xudo olamni yaratganda rassomning holini qisman anglagan bo’lsa bordir” ­ deya, endi esa bir insonni anglashga qurbing qolmadimi?!

­ U mening chorbog’imda berkinishi mumkin, ­ dedi birdaniga horg’inlashgan ovoz ila ustoz. ­ Hech kim uni u yerdan qidirmaydi…
­ Rasm­chi?
­ Rasm rasm­da, ­ deb yelkasini qisib qo’ydi Alessandro va munkayganicha, yuk ko’tarishdan bo’shagan hammoldek, qo’shni xonaga chiqib ketdi. Qabul bitgan edi. Fabritsio nima qilishinni bilmay, ustaxonaga alangladi­da, bir burchakda Avliyo Sebastiyannning avval ko’rmagan rasmiga ko’zi tushdiyu, miyasidan “shig’!” etib bir qaroqchi fikr kechdi.
­ Alessandro! ­ deb chaqirdi u. Javob kelmadi. U yana bir bor qichqirdi. Javob bo’lmadi. Shunda u boyagi rasmni ko’tardiyu,  shahar hokimiyati ­ Palatstso Vekkia tomon yo’l oldi. Qosh qorayib qolgan, ko’chalarda izg’ib yurgan izg’irindan boshqa kimsa uchramas, Florentsiya ersiz qolgan bevadek bayram oldidan karaxt edi.

Arno daryosi, nega jimjit oqyapsan sen?! Toskana osmoni, nechun sukut qopladi seni?! Uffitsi ko’chasi ­ berkitdimi sening boshingni ham ehromlar?! Florentsiyam, quvg’indi Dantemi bashorat qildi senga bu kunlarni?!
Fabritsio Palatstso Vekkia yo Eski Saroyga yetib borganida u yerda chiptaqalpoq yopingan ruhoniylar allanechuk junbushda xonadan xonaga yurishar, bir nav’ boshboshdoqlikdan foydalangan Fabritsio eshik og’asiga: “Bu rasmni tuhfalar xonasiga yetkazish buyurildi!” ­ deya o’sha sarosimayu g’ala­g’ovurga o’zini pinhon etdi.
Medichilar Florentsiyasidan qolgan mash’um rasm osilgan tolorni u bilar, biroq tolorga  yaqinlashgani sayin yuragi hapriqib, qinidan chiqib ketayozgudek edi: “Bormikan hali bu rasm, yo allaqachon uni San­Marko rohibgohining yerto’lalariga ­ yondirishdan avval chormixlab qo’yishdimi?!” Ammo uzoqdan rasmni ko’ra solib u badtar hayajonga tushdi. Uning qo’llari qaltirar, tizzalari esa madorsizlanib, oyoqlari ilgari bosishga noqobildek edi. Xayriyatki, tolordan bir ruhoniy chiqib ketdiyu, Fabritsio allaqanday madhushlikmi, bezgakda tolor eshiklarini tamg’aladi­da, yugurganicha rasmni devordan yulib, o’rniga o’zi keltirgan Avliyo Sebastiyanni osdi. So’ng qo’njidan pichoqni sug’ira, yulib olgan rasmining romi bo’ylab matoni tildiyu, so’nggi bor oqsuvsar ushlagan sevgilisiga boqib, matoni o’qlovsimon o’radi­da, qo’yniga soldi. Romni to’rtga bo’lib devor o’choqlaridan biriga uloqtirganiniyu, tolorma­tolor, zinama­zina yugurib, saroydan chiqib ketganini va yo bo’sh ko’chalarda yolg’iz shamolga qoqilib­suqulib yurganini eslab qolmadi Fabritsio…

Lekin baribir, ertasi sahardayoq uni qo’lga olishdi. ×unki shaharda O’latdan so’nggi Yangi Hayot ramzi bo’lgan bu o’g’lonni bilmagan kimsa tugul, itam yo’q edi­da. Shaharga, hokimiyatga, dinga xoinlikda ayblab, uni o’sha kuni o’t qo’yilgan kitoblaru rasmlar gulxaniga uloqtirishdi, biroq hatto shunda ham u na shakkok rasmning, na rasmdagi ×echiliyaning qaerda ekanligini aytmadi.
¨sh yigit xaloyiq o’ngida nobud bo’ldi. Ammo Isoning o’limi yangi dinga asos qurganidek, bu o’lim ham endilikda xaloyiq emas, balki xalqni larzaga keltirdi. Ko’tarilgan shamolu, qish o’rtasida qop­qora osmonni bo’laklarga yorgan chaqmoq insonlar qalbini titratdimi, olomon ichida: “Qotil!”, “Qallob!” va hattoki: “Oqsuvsar!” degan hayqiriqlar yangradi o’sha kecha. Shahar darz ketgan edi.

Ertasiga har ehromning devorlarini oqsuvsarlarning ko’mir ila chizilgan rasmlari qopladi. Go’yoki o’latning bir turi ulkan kalamushlarni oshkora etgandek edi panalardan ko’chalarga. Qancha urinishmasin a’yonlar, bu o’latga bas kelish imkonsiz bo’lib chiqdi. So’nggi O’lat qo’rquvi qopladi butun shaharni va shunda talmovsirab qolgan Djirolamo yana bir tush ko’rdi. Tushida boyagi yosh yigit uni gulxan ichidan mayin ovoz­la chaqirar emish­da, abadiy hayot va’da qilar emish. Hayiqishu, allanechuk qaytimsizlik ila Djirolamo xaloyiq oldida gulxan tomon chiqib borar ekan, yurakdan boshqa yeri kuymas, faqat yuragi jiz­jiz sel to’kib achishar, va nihoyat yigit unga birodarona qo’lini uzatganida, bu qo’lni tutgach, birdaniga qo’l onanamo ayol qo’liga aylanarmish­da, o’z og’ushiga tortar ekan u, Djirolamo dahshat bilan kichrayib chaqaloqlashayotganini sezganida, xaloyiq bir ovozdan: “Oqsuvsar! Oqsuvsar!” ­ deya hayqirarmish­da, shu yerda go’dakona g’ujanak bo’lib yotgan Djirolamo qora terga botib uyg’onib ketdi…

U ko’p o’yladi bu tushini. Ilgarigi tushidan ham mo’lroq. ×unki qandaydir adolatsiz og’riq sezar edi u o’z yuragida. Nahotki yovuz niyatlar bilan kelgan edi u mana shu dunyoga?! Tenglikni istamadimi u, pokizalikniyu, taqvodorlikni?! Unutilgan Xudo yo’liga boshlamadimi bu gumroh xaloyiqni? Nimadan Xudo uni urdi, nimadan bu ketmas og’riq, qaysi bilmas gunohlari uchun?! ¨ bu dunyoda ezgulik tomon bosilgan har bir qadam, qilingan har bir harakat o’z ketidan yovuzlikni erchitadimiyu, yomonlikka yo’liqadimi?! Ichingdagi bu o’rtanish oldida gulxanda kuyish nima bo’libdi, teng keladimi ichkiyu tashqi bu o’t?! Teng kelganida ham, boyagi yigitchaning tushda aytganidek ­ kuyadimi axir ikki o’t orasidagi odam bolasi?!
Mana shu shubhayu­gumonlarda, mana shu bitimsiz o’rtanishlarda yolg’izlangan Djirolamo bir qarorga keldi. “Gulxanga chiqaman!” ­ dedi u. “O’tda kuymayman! ­ deb da’vo etdi. “E’tiqodning kuchini ko’rsataman senlarga!“­ dedi u allaqanday achchiq jazavada. Kunduzning tunga teng kuniga, bu kunning choshgohiga belgilandi bu gulxan. Endigi safar zoe’likdanu, behudalikdan emas, balki sanobar g’o’lalaridanu, sarv butoqlaridan tuziladigan bo’ldi o’sha gulxan. Faqat tutantiriq uchun avliyo Djirolamo anavi yigitning devor o’chog’iga tashlab qochgan rom tarashalarini keltirmakni buyurdi.

Belgilangan kun ham kutilganidan tezroq yetib keldi. Shahar xalqi maydonga ertalabdanoq yig’ila boshladi. Ehrom o’ngidagi tavof qudug’i qator­qator halqalar bilan o’raldi. Maydonga chiquvchi ko’chalarning bari suvi ko’tarilgan daryolardek to’ldi. ×oshgoh soati ham yaqinlashar edi. Bu soat yaqinlashgani sayin Djirolamoning ko’ngli bo’shashib, shashti negadir susayib borar edi. Mahramini chaqiray desa, Xudodan boshqa mahram ham orttirmagan ekan bu rohib, biroq Xudo ham g’azab tuydimi unga ­ yuzini o’girdi undan. ¨ nahotki chindan ham shayton urgan ekanmi uni yo’ldan, shaytonu unga shogird tushganlarning vasvasasidami berib yuboribdi u o’z rizoligini anavi ma’sum yigitning yoqilishiga?! ¨ chindan ham Xudo belgilagan kunlar bitdimi, oxirat paymonasi to’ldimi va bu qiyomat oldida ilohiy go’dagu oqsuvsar birmi?!
Bu o’ylarda Djirolamo yana bir bor ­ xu­uv anavi uzoq yildagidek ­ dunyoning munofiqligini tuydi, lekin bu bor shu dunyo unga yot, kurashtalab dunyo emas, balki oyog’i ostidagi, undan ham ortiq ­ ich­ichlariga kirib ketgan, o’zining dunyosi edi. Mana shu fikrning achchiqligida u yana bir narsani aniq angladi: o’tda kuymasa­da, kuysa­da  bu dunyoga u hech narsani isbotlayolmaydi… Fikrning ta’mi achchiq bo’lsa­da, u allaqanday yengillik baxsh etdi Djirolamoga. Bu salimlikda esa u o’z hujrasidan chiqib qo’shni hujraga kirdi. Munofiqlarning bari allaqachon xaloyiqdan oldin tomoshaga chopib ketgandi. U mo’’tabar kitoblar turgan jovon ketiga qo’lini solgan edi ham­ki, o’z karomatidan kulib ham yubordi: albatta­da, xumchada yarimtalangan sharob tayyor edi. Negadir Isoning Gefsiman bog’ida tanholikda o’z­o’ziga aytgan so’zlari kechdi uning xayolidan: “Bu chog’ir menga tegmay o’tsin…” SHu so’zlar ila u sharobni miriqib simirdi­da, bo’yra ostiga to’rt qavat qilib berkitilgan g’ozpati ko’rpalarga pichoq sanchib, so’ng mayin va oppoq olovdek to’zigan parga tashladi o’zini…

×oshgohda boyagi romlarni gulxan tutantirig’iga ishlatgan xaloyiq, va ayniqsa Djirolamoga mahram tutinib yurgan rohiblar toqatsizlana boshladi. Gulxan avj olib, qasir­qusur yonayotganda, uning harorati ba’zi yuraklarga ham urdi chog’i, olomon oralab shov­shuv kechdi. Buni ko’rgan rohiblar ehtiyoti shart o’zlarini ana shu xaloyiq tomon olgan bo’ldilar, kengash qurib bir qanchasini San­Marko rohibgohiga zudlik bilan yo’llatishadigan bo’lishdi, ammo tog’dan bir toshning qulashi gumbur­gumbir ko’chmaga olib kelishidek, bu to’rtta mas’ulning ketidan sakkizta sayoq, sakkiz sayoqning ketidan o’n olti muttaham, bu muttahamlarning ketidan esa qasoskorlar guruhi, ulardan keyin esa ushlabu belgilab bo’lmas olomon yurdi San­Marko tomon. Oqim kuchidan boyagi to’rtta ham xolis qiziqish emas, vojib tergov jazavasiga tushib, Avliyo Djirolamoning tosh hujrasiga kira solib: “Qochibdi, ablah!” ­ degan qiy­chuv tarqatishdi. Bu larzoniy xabarni ilon etidek tuygan olomon to’lg’ana boshladi. Rost, rohiblardan allaqaysisi o’z hujrasiga betayin maqsadda kirib: “Mana, Iblis, badmast to’ng’izdek yotibdi! O’z yotog’ini ham topaolmay qolibdi­ku!” ­ deya yangi larzona hayqiriqni yo’lladi to’la ko’chaga.
Bechora Djirolamoni uyqu aralash bog’lashdi kemaviy arqonlar bilan va ilon yutgan sichqonchadek qo’lma­qo’l qilib yuborishdi ko’chalar bo’ylab to so’nib borayotgan gulxan qadar. Yo’q, so’nmadi o’shanda sarvlaru sanobarlardan yig’ilgan gulxan, insonlar endi uylariga chopishib Djirolamo davridan qolgan ilohiy kitoblaru diniy rasmlarni olib chiqishdi, xochlaru rohib hil’atlarini uloqtirishdi kechagi bu avliyoyu bugungi shayton ostida­atrofida­ustida yonayotgan olovga. Yo’q, mo’’jiza ham yuz bermadi o’sha kuni. Kimdir: sanobaru sarvlarga boyagi narsalar qo’shilganidan deb aytdi keyinroq, kimdir: avliyoning mastligiga yo’ydi buni, kimdir: olomonni tutgan vasvasasiyu, arqon ila bog’langan ixtiyorga to’nkadi…

Birgina Allesandro o’sha kuni yetishdi o’z istagiga. O’sha kuni u xayolu yuraklarini tilka­pora qilib yuborgan suvratni ich­ichidan ajratib rasmga ag’dardi. “Tashlandiq ayol” deb nomladi u rasmni. Kimdir keyin bu rasmni ­ Allesandroning yetim ruhi deb atadi, kimdir ­ yosh Fabritsio o’limidan so’ng yakka o’zi qolgan ×echiliyani esga oldi, kimdir ­ bundan ham yiroqroq qadam bosib, oqsuvsarini yo’qotgan Mo’’tabarni tilga olsa, kimdir ­ buni Dante so’zlari bilan ­ Florentsiya deb atadi…

Mehmon esa o’shanda ham, endi ham uning tosh hujrasidagi devorlarga qadalgan matolarga qarar ekan, bir zumga ularni ulovchi quyosh nurida bularning barini qayta ko’rgandek bo’lar va bu shaharga yetisha olmaganidan allaqanday shirinu achchiq armon tuyar edi…

ñëåäóþùåå  |  ïðåäûäóþùåå  |  íàâåðõ  



SpyLOG

FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   

© HZ/ DZ, 2000-2001