index page

Hamdam Zakirov's Literature Archive (in russian)


FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   


ãëàâíàÿ
íà ñàéòå

TOIR MA'DIY:
Haiy-ibn-Yakzon
(Frantsuzchadan Hamid Ismoil tarjimasi)
Vaqoei sanai als arba’ mia salas ashr

 Ovrupalik hayot boshlandi, deganim rost edi. Milanga kelishimiz bilanoq, birimiz yengil moshinalarni ijaraga olish idorasiga borib o’zimizga yoqqan moshinani tanladik, boshqamiz ungacha yo’l-yo’lakay tanavvul qilib ketish uchun u-bu shirinliklar oldik, uchinchimiz - men esam, bulardan lazzatlanib bularni kuzatar edim. Milandan Lako di Gardaga ketyapmiz. Italiyani kuzatib boryapman. Yo’l bo’yidagi har bir tsement ishlab chiqarish korxonasiyu, oyna tozalovchi shirkat ko’zimga muzey bo’lib ko’rinadi. So’z bir - Italiya-da! Yo’l-yo’lakay bir restoranda ital’yan ovqatidan ham tatib boqdik. Toshkentda moshinaga o’tirib olib Anhor bo’ylariga lag’monlarga borib yurar edik - xuddi shundan ekan - atrofida moshina mindi-mindi. O’zimizning xamir ovqatlardan ekan, undan ham lazzatlandik.
 Xullasi kalom, kunning yarmida adashib-sudashib bir eski shaharchaga kirib bordik. Esimda, u yerdan telefon qilmoqchi bo’lamiz, Jamoliddinni faqat boyagi restorandan topish mumkin ekan - restoranchi og’aynisi ekanmi, yo valasapidchilar bo’sh vaqtlarini faqat o’sha yerda o’tkizar ekanlarmi - shu deng sim qoqamiz - hech kim javob bermaydi. Odamlardan surishtirsak allaqanday bayram ekan o’sha kuni. Oh, bo’sh ital’yan shaharchalari-ya! Asrlar, asrlar bu tor ko’chalar atrofida mahliyo bo’lib qotib qolgandek. Onda-sonda chinakamiga poygachi kiyimini kiygan valasapidchi paydo bo’ladi-yu yuraklarimiz shig’ etib - yana yo’limizni davom etamiz.
Axir topdik - o’sha Lako di Garda shaharchasini. Ko’l bo’yida, tog’ yoqasida bir jannat ekan bu shahar. Restoranni ham topdik. Bo’m-bo’sh. Ital’yanlarning hayiti emasmi! Lekin ko’chada kimdan so’ramaylik - Abduni har biri otning qashqasidek bilar ekan, shundan tinchlanib, mayli, dedik, avvaliga mehmonxonaga joylashib olaylik.
Tekin hayot - tekin hayot-da! Bu deganim - davlat hisobidan yurishimiz. Sho’rolar davrida ana shuni sevar edim: asl boqibeg’amlik - yozuvchilar guruhlarida Pushkin kunlariga borasanmi, o’zbek yo rus adabiyoti dekadasigami - o’yna-kul, erkak-ayol, davlat hammasini o’ylab qo’yibdi: qaerda yotishingni-yu qaerda ovqat yeyishingni! Ana shu hayotga yetishdim serquyosh Italiyada! Hayotga sevinaman: oyna tagida zaytunlar o’sib yotibdi, men esam ularni faqat Lorka she’rlarining marhum SHavkat Rahmon ijrosidagi tarjimalarida uchratganman - mana endi boq, chindan ham zaytunlar qushning dumidek tipirchilaydimi kechki shamoldan! yegan ovqatingni yeysan, T’eri pul ayamasdan ital’yan sharoblaridan quyib beradi, e yasha-e, Jamoliddin, mana ketingda hayo-xuy qilib yuribmiz-ku, ota o’g’il!
 Kechqurunga o’zi ham topildi Jamoliddinning! Uyiga kirib bordik. Singli o’tirgan ekan bu muhtasham uyda. Toshkentdan endigina kelgan singli. “Akam trenirovkada - valasapitini g’ildiratib yuribdi, ­ dedi qiz. ­ Kutib o’tirsayla - kelib qoladi”. Biram shirali gapiradiki o’zbekchani bu qiz - fil’mni shundan boshlay qolsak-a deb o’ylayman men. Ana, yarim soatlardan keyin Jamoliddin ham kirib keldi. Qovoqlaridan jamol emas - qor yog’ib. Rostini aytsam, ilgarilari Jamoliddin Abdujapporov degan ismni eshitib yurganimda chayir, qozoq bashara bir qashqadaryolikmi, boyovutlik yigitchani tasavvur etar edim, yo’q, bunisi qirra burun, burgut ko’z, mustahkam bir yigit bo’lib chiqdi. Haqiqiy o’zbek ekan bu yigit: uyimda mensiz pishirib qo’yibdimi - deb o’ylagan-da! U deb, bu deb biroz uni kayfiyatga keltirib oldik, rayini to’g’irladik. Ertadan boshlab seni kinoga olaylik, dedik. Sal yorishdi.
 “Aslida ertadan emas, bugunning o’zidan olaqolsak bo’lmaydimi, - deb qoldi T’eri. Sen kaptar uchirishni yaxshi ko’rar ekansan, shu ishqibozligingni ko’rsat bizga. Aytgancha, Toshkentdan bu yerga kaptar olib kelganing rostmi?” ­ “Ha, ­ dedi, ko’zlari chaqnay boshlagan Jamoliddin, ­ ko’rsataymi?” Jihozlarni oldik. “Sizlar shunday-shunday yerga borib turaveringlar, men ham borib qolaman”, ­ deb jo’natdi u bizni. Moshinamizga mindik-da, u aytgan joyga ketdik.
 Yarim soatlardan keyin o’zining sportiv - “Ferrari” moshinasida Jamoliddin ham g’uv etib kirib keldi. Kaptarxonasini ochdi, kaptarlarni osmonga quvladi, uni suratga tushirdik, suhbat o’tkazdik, yigit o’zini kaptarga emas, burgutga solishtirdi - barini yozib oldik. Ha, o’ris emas, meni olishgani ancha qo’l kelib qoldi, ba’zi narsalarni Jamoliddin mendan ruscha so’rab oladi-da, o’girib berganimdan keyin - kameraga o’zbekcha qilib aytadi. Shu zayl kech ham kirib qoldi. Poygachi ko’pam iltifot ko’rsatmasdanoq - “Mayli, meni hali trenirovkam, ya’ni mashqlarim bor, yaxshi dam olinglar”, ­ dedi-da ketdi. Biz ham o’z mehmonxonamizga qaytdik. Restoranga kirib yedik, ichdik, bugungi kun g’iybatini qildik.

SHu yerda bir xotir kechdi ko’nglimdan. ×et ellik kinochilar bilan birinchi bor yurishim emas bu. Undan bir yil avval deyarli ayni shu vaqt Londondan bir pokistonlik ayol kelib O’zbekiston haqida bir fil’m olib ketgan edi. Ana shu esimga tushib ketdi. Ikki og’iz shuni aytib beray.
 Men qaysidir ishlar bilan Moskvada bo’lib qolgan edim, u yerda ¨zuvchilar Ittifoqida asli samarqandlik SHavkat Niyoziy degan oliyjanob bir yozuvchi bor, shu menga aytib qoldi: “Toirjon, angliyaliklar O’zbekiston haqida kino olishmoqchi - shunga tarjimon qidirib yurishibdi, seni tavsiya qilaymi?” ­ “Ha, mayli, ­ dedim.
Pulini to’lashsa bo’lgani”. ­ “Pulini o’zim gaplashib beraman”, ­ dedi SHavkat-aka. Yaxshi bo’lar edi, chunki Sovetlarda o’sgan-ulg’aygan emasmizmi: pul deganda bir narsalardan uyalib-netib, axir tekinga ishlab yuraveramiz. Pul to’lang deyishga til bormaydi! ×et elliklar ham buni bilib olishgan - eshshakdek ishlatishadi-da: “Sen zo’rsan, sensiz bu ish ro’yobga chiqmas edi, nomingni fil’mning boshiga kiritib qo’yaman, vatanimga yetib borganimdan keyin esa senga taklifnoma yuboraman, mehmonim bo’lasan!” ­ deydi-da - hayo-huy! Nomam yo’q, nomayam, nishonam!
 O’zimni o’shanda yomon qayradim. Yo’q, dedim, endi qayta qurish davri, bozorga o’tish davri, yuzimga charm qoplab shuncha berasan! - deb turib olaman. Bermasa - to’rt tomon ko’cha! O’zimni ich-ichdan qayrash bilan birgalikda yomon tayyorgarlik ham ko’rdim. O’zbekiston haqida men bilgan narsalarni boshqa hech kim bilmaydi degan darajaga yetib bordim. Ishladim. Bo’layotgan narsalarni o’zim uchun tartibga soldim, ancha-muncha narsalarni qayta tushundim. Nihoyat, bir kuni telefon jiringlab qoldi. “Men Farrahman, - dedi bir ovoz. ­ ¨zuvchilar Ittifoqiga kelasizmi, sizni bu yerda tavsiya qilishyapti”, ­ dedi o’ta shirali bu sas. Unga qarshi turolmasam kerag-o’v, botinmasam kerak, - deya yana o’zimni qayrab ketdim. Xotin-bolamni boqishim kerak, mayli, o’zim uchun bo’lmasa, shularni deb so’rab qo’ya qolay degan fikrga keldim. ¨zuvchilar Ittifoqiga ham shaxdam qadam bosib kirib bordim.

Ana endi suhbatni aytay! Fahrlanaman undan! Avvaliga o’zim kimligimni bildirdim Farrahxonga, shaxmatchilar uylarida ko’rib qo’ygan tayyorgarliklarini ishga solgani kabi, o’z mulohazalarimning uchini chiqarib qo’ydim. Mushukka dumba yog’i ko’rsatgandek, ko’rsatdim bilimlarimni. “Yaxshi, ­ dedi u. ­ Biz bilan ishlashing, bizga ko’mak bering”. Ana endi tunlar uxlamasdan o’ylab chiqqan fursat keldi. YUragim gup-gup: “Mayli, o’zimga qo’ysangiz tekinga ham ishlar edim-u, lekin bola-chaqamni boqishim kerak, sizlar bilan ishlash o’rniga, deylik, ayni shu haqda chet elga bir maqola yozib berishim mumkin”. ­ “Nega tekinga bo’lar ekan, - deb qoldi Farrah, ­ biz O’rta Osiyoning to’rttala respublikasida ham fil’m olyapmiz, har yerda maslahatchilar uchun muayan bir miqdorda pul ajratilgan. Sizga ham ana shu miqdorni beramiz”. ­ “Qancha ekan bu miqdor? ­ deb qizisha boshladim men. ­ “Besh yuz dollar”. Mana shu yeridan fahrlanaman suhbatning, ayni shu nuqtasidan. “Yo’q, ­ dedim men, ­ men uchun bu baho past”. U yelkasini qisib qo’ydi. Ketdi qo’ldan baliq, - deb ho’rsinib qo’ydim men, lekin yuz bermadim. Mayli-da, tokaygacha ular bizni mardikor sifat ishga solishaveradi?! Tortsin aravasini! “Kelganingiz uchun rahmat”, ­ dedi u. Sovuqqina xayrlashdik.
 Bilmadim, uch kundan keyin tunning yarmida turgan yerimda telefon jing’irlab quyidagi suhbat bo’lib o’tmaganida ham shunchalik fahrlanarmidim yuqoridagi suhbatdan? Albatta o’sha uch kun achinib yurdim: ozmidi bu pul, qanoat qani, shukur qani senda, deya. Boshqa tarafdan achchig’im kelib, e bor-e, puli mening boshu-ko’zimdan sadaqayu, uning esa boshida qolsin! - deb yurdim. Ana uchinchi kuni, aniqrog’i tuni boyagi jing’iroq  uyqumni bo’ldi. Toshkentdan Sovet-Britaniya uyushmasi xodimi Marat bir baloev deb tanishtirdi bu ovoz. “Men, ­ dedi u, ­ Farrah xonimning ma’muriman, sizning kelishingizni kutyapti”. ­ “Qanaqasiga kelishimni?” ­ “Samolyotda-da!” ­ “Yo’q, biz hech narsa haqida kelishmagan edik-ku!” ­ “Nimani nazarda tutyapsiz, pulnimi? Siz aytadigan bahoni qabul qildi. ­ Qancha edi?” - deb so’radi bu ma’mur Maratovich. Bozor kelgan ekan: ana senga deya, “Ming!” - dedim. Osilsang baland dorga osil-da! “Mayli, - deb qo’ya qoldi siniq ovoz bilan bu Marat Ma’murovich, - demak ertaning o’zida sizni Toshkent aeroportida kutib olaman”. ­ “Ha, qanaqasiga”, - desam, - “Nomingizga bilet olingan, ertaga bizning uyushmaga mana bu manzilga, mana shu joyga borasiz-da, ular sizni Domodedovoga eltib qo’yishadi”.

SHunday qilib ertasiga Toshkentga yetib bordim, boyagi Marat hech qanday Ma’mur emas, qip-qizil juhud ekan, kutib oldi-da: “Uyingda emas, biz bilan birga “O’zbekiston” mehmonxonasida turasan”, - deb, to’g’ri nonushtaga olib ketdi.
 Endi maydalab o’tirmay. Ishni boshlab yubordik. U paytlar Farg’ona vodiysiga chet elliklarni kiritmas, fil’mni esa ayni o’sha Farg’ona vodiysi haqida oladigan bo’ldik. Bilsam, Farrahxon o’ziga maslahatchi topgan ekan-u, bu yigitcha shunchalik shaddod chiqibdiki, bularni G’ofiru-Salim degan odamlar bilan qo’rqitib qo’yib,
g’ing desang - so’yilasan, yo bu yerdan duming tugiladi” qabiliga yetkazib qo’ygan ekan. Bechora Farrah: “pul ketsa ketsin, bosh ketmasin”, deya meni boyagi yigitchaga kundosh sifat chaqirishga majbur bo’lgan ekan. Endi bularning maslahatchi degan narsasi ham qiziq bo’lar ekan, barcha narsani o’ylaysiz, taklif qilasiz, uyushtirasiz, bular kelishadi-yu - shir-shir rasmga olishadi-da, yana polaponcha og’zini ochib olib: “yana! yana!” - deyishadi. Avvaliga qiyomat do’stim Matrasullarnikiga bordim: “SHu islom to’g’risida kino olishayotgan ekan, to’rt tangani sizlar ishlab qolinglar, ­ dedim. ­ Bir tomondan siz melisasiz, ikkinchi tomondan ukangiz islomning etagini qattiq ushlagan, melisa bilan islom deyarli bir so’z-u, bir biriga teskari yozilgan, ana sizlar ham o’ylaganingizni aytasiz-qo’yasiz! Yana bilgan-netgan odamlaringizni ayting, ularni ham suratga olaylik!” Qiyomatli do’stim Matrasul ham zap odam-da - vodiyning chiroyli-chiroyli joylaridan - SHohimardonu Vodillardan aytdi tanishlarini. Bahonada - uzoq davlat hisobidan u yerlarga ham nazorat safari bilan borib keldim.
 Ayniqsa islomning ketida qattiq yurishim aytilgan emasmi - Matrasulning ukasi avvaliga o’z piri - bir narsaxon-to’rani aytgan, shuni kinoga tushishga ko’ndirgani bordim. Qaytadan ichkariyu-tashqariga bo’lingan hovlidan avvaliga To’ramning o’tin yorib yurgan, sahn supurib yurgan muridlari chiqishdi.
SHunday-shunday”, - dedim. ­ “Kuting”, - deyishdi. Bir qancha vaqtdan so’ng To’ramning o’g’illari chiqdi. Oddiy, bosh yalang odam ekan: “Dadamlar biroz betob, hojatingizni men chiqaray”, - dedi. To’razoda atlas to’qish tsexini ochgan ekan, o’sha yerga olib bordi. “Atlas mana bunday to’qiladi”, ­ deb ko’rsatdi. Ha, mayli-da, islomga aloqasi bo’lmasa ham, har holda foydali bir narsalarni bilib oldim-ku deya, Namanganga yo’l oldim.
 U yerda o’sha payt “Adolat” degan tashkilot chiqqan emasmi - shularni tavsiya qilishdi menga. Ana islom bo’lsa - shularda - deyishdi bilganlar. Taksida ketyapmiz - Namanganning dovoniga chiqib borgan edik, har qadamda GAI to’xtata boshladi. YUmshoqqina qilib: “Yo’l bo’lsin, qaerdan kelyapsizlar-qaerga ketyapsizlar?” - deb so’ramagan inson qolmadi. “SHahar kezmoqchimiz”, ­ deganga ko’nishmaydi deng. “Qaeriga bormoqchisizlar, kimlarni ko’rmoqchisizlar?” Yo’l-yo’lakay nazarimda bir-birining qo’liga topshirishadi bizlarni - borgan sari surishtirganlar biz haqimizda ko’proq bilgandek, savollarni aniqroq qo’ygandek. Ana o’shanda tushundim Namanganning ayriligini. Ana o’shanda tushundim Namangandan Ahmadjon Odilovning chiqqanligini.
 Lekin shaharga ham axir kirib keldik, Avvaliga Jome’ masjidga bordik. “Vahhobiylarning masjidi shumi?” - deb dabdurustdan so’rasam bo’ladimi-ya! Imom bechora bir ag’darilib tushdi. Shu deng hiqqichoq tutib qolgan uni, “astag’firillo” deyishga ham nafasi yetmay qoldi. “Bu kalimai nomaqbulni demang endi”, - deya koyib meni, “Adolat” muqim yer topgan shahar qumitasiga yubordi on Hazrat. Bordim. U yerda ham boyagi namanganchilik: “Xo’sh, o’zlari qaerdan bo’ladilar, nima xizmat bila keldilar?” Mulozamatlarning oliy navi. “Boshlig’inglarni ko’rgani kelgan edim”. ­ “Amirul-mo’’minin hozir bandlar”. ­ “Xo’sh, noibi bilan uchrashsam bo’ladimi?”
­ “Ularga nima xizmat?” ­ “Bu yerda hech uchrashadigan odam bormi o’zi”, - deb fig’onim falakka chiqa boshladi. Javobiga iliq-sovuq mulozamat bilan: “Ular bilan o’zlari nimalarni gaplashmoqchilar?” Xullasi, taqqillatsang ham eshik ortidan hech kim chiqmaganidek.
Yo’q, bir payt namangoniy duxoba to’n kiygan bir qirrasoqol yigit paydo bo’ldi-da, yo’l-yo’lakay boshqalarga ko’rsatma berib ketar ekan, kimdir menga shivirladi: “Ana, o’zlari ham kelyaptilar”. Salom berdim. Soqol uchlarida javob berdilar. Shunday-shunday, dedim, sizlarni fil’mga olmoqchimiz, ikki haftadan keyin kelamiz, dedim. “Ikki haftadan keyin ramazon boshlanib qoladi”, - deb aytdi Amirul-mo’’minin. “Ha, mayliga, bir gap bo’lar”, - deb qo’shib qo’ydi-da, unga shikoyat qilib kelgan ayolga quloq tuta boshladi. Ha, aytgancha, yigirma olti-yigirma sakkizlar chamasidagi bu yigit - Toshkentda Bahodir Asomov degan bir yosh rassom bo’lgich edi, xuddi shunga o’xshar ekan. Men-ku mayli-ya, pishib ketganman, lekin boshqa har bir insonning bo’yni behol egiladi bu kabi munosabatni ko’rganda. Eridanmi, bozordagi melisadanmi shikoyat qilib kelgan boyagi xotin ham bukchayganicha bir narsalarni tinimsiz yig’lar, Amirul-mo’’minin esa unga ko’z qirini tashlar-tashlamas: “Ketavering, hal qilamiz”, - dedi-qo’ydi. Bu so’zlar menga ham buyruq-sifat tuyuldi-da, men ham bir lavhaga boyigan boyagi taksichim bilan Farg’onaga qaytdim. Unda Matrasul-akam bilan yana bir bor ko’rishib, mabodo Farrah oddiy yo qashshoqroq oiladan so’rab qolsa - SHohimardondagi ¨rmatqul-akalarnikini tayyorlab qo’yishni kelishdik-da, ertasigayoq Toshkentga qaytdim.

Ha, ¨rmatqul-aka haqida ham ikki og’iz so’z o’timsiz bo’lib qoldi o’xshaydi. O’sha kundan yarim yilcha avval oilamiz bilan Matrasul-akalarnikiga mehmonga borgan edik. Kuz endi boshlangan chog’i. Farg’onadagi baqa­teraklaru chinorlar zarbof to’nlar kiya boshlagan, atrofdagi qishloqlarda esa o’riklar - bir qizil, bir sariq ranglarga - xuddi rassomlarning alg’ov-dalg’ov rang-taxtalaridek bo’yalgan edi. Nima qilamiz - SHohimardonga boramiz - deb qoldik. Nimaga deysizmi? Unisidan ham bir yil avvalroq bir kuni Toshkentda Erkin Ag’zamov degan yozuvchinikida uning jo’rasi Hamid Ismoillar bilan o’tirganimizda Matrasul-akamiz kirib kelib: “Qani turinglar, sizlarni Farg’onaga olib ketaman!” - deb turib olgan. Rozi-norozi - olib ketgan ham. YUrgan yo’limizda uchrashgan odamlarimiz bilan ichamiz-xushchaqchaqlashamiz. Allaqanday bebosh vaqtlar edi-da! Kechasi esa Susambilga ketayotganlardek - yetti-sakkizta kishi bo’lib ¨rmatqul-akanikiga ham kirib boribmiz.
 Rosa ichdik o’sha kuni. Qop-qora parxona-palovlarni tushirdik. Ag’dar-to’ntar bo’lib qator yotdik. Burgalarga ham emas, burgalardan badtar fikrlarga yem bo’lganimdan yarim kechada o’rnimdan turdim-da - ko’chaga chiqdim. Darvoza berk ekan, tamg’alarini asta ochdim. Soy sharrillab oqib yotar, tun - qozon qorakuyasidek, o’choqning ikki guvalasi kabi qo’qqayib turgan tog’larni qoplar edi. Asta - tog’ tomon, Hamzaning maqbarasi tomon chiqa boshladim. YUrak duk-duk urar - xudo ko’rsatmasin - zilzila bo’lsa bormi - ikki tog’ shunday yopadi-qo’yadi biz gunohkorlarni, yo Olloh - ana uni qara - yulduz ikki tog’ning o’rtasida, xuddi tog’ bag’riga yopishtirilgan chiroqdek - qudratingdan-a - yulduzlarni tog’larga qadab tashlasang-a!
 SHu zayl astag’firillo-astag’firillolarni o’qib tog’ tepasiga chiqib bordim. Qo’rqqanimdanmi - Hamza ustiga kelib ikki rakaat Quron tushirdim. Rahmim keldi yolg’iz qolib ketgan bu kishiga. Saharga yaqin pastga tushib borsam - do’stlarimdan bir-ikkitasi uyg’onib - meni qidirishgan-da, topisha olmay - kimi o’z “Moskvichi”ga kirib, kimi yana qator dumalab uyqusiz yotgan ekan.

Ana shularni eslab oilam bilan SHohimardonga - ¨rmatqul-akalarnikiga bormoqchi bo’ldik-da! Bordik ham. Endi yozgi SHohimardon kuzgi SHohimardon bo’larmidi - hamma yoq bozor-do’kon, xo’rozqanddan tortib, to ishtonpochalargachayu, jo’yaklargacha yozib-yozib tashlangan. Odam - mindi-mindi! “Kechirasiz, siz mabodo Erkin Vohidovning qizimasmisiz?” - deb tegajoqlik qilib yurgan o’g’riyu-kissavurlarni aytmaysizmi! Sevadi-da shoirlarimizni xalqimiz!
 Tepaga - yana fosiq Hamzayu solih Hazrati Alilarning maqbaralari tomon ko’tarilib ketayotgan edik - bir tilamchi kampiru, uzoqroqda chol o’tirishgan ekan, ikkalasiga bir so’m-bir so’mdan berib chiqqan ham edik, kampir ketimizdan duo o’qib qoldi-da, chol esa bir so’mimni uloqtirib: “Nima, men senga devonamanmi?!” - dedi-da shunday o’qrayib boqdiki - yer yorilsayu, yerga kirib ketsak!
 O’sha kuni o’sha cholning ruhi urdi hammamizni. Isitmalarimiz chiqib, kechasi ¨rmatqul-aka do’htir chaqirishga majbur bo’ldi. Kayfi safo do’xtir ham yetib kelgani elas-elas esimda. Ichburg’i bo’libsiz dedi-yu, tuzlangan bodring hidini chiqarib kekirdi bu luqmon. Ertalabgacha tirik qoldim. Tirik qolganim evaziga Matrasul-akaga zor yalinib: “Farg’onaning avtovokzaliga olib borasiz - biz endi uyga ketaylik”, - deb turib oldim. Ertalabga kelib - keliningiz qusa boshladi. Endi balo bunga urdi-ku, deb bir amallab Farg’onaga yetib oldik-da, Matrasul-akani ishlariga jo’natib, o’zimiz shahar bog’ida o’lar holatda bir amallab ikki soat vaqtni o’tkazdik-da - avtobusga chiqib Toshkentga jo’nadik.
 Sekin-sekin o’zim tushib qolgan xotiralar o’rasidan chiqib kelyapman. Toshkentga qaytdim dedimmi? Bu safar ichakburg’i bilan emas, keyingisida, Farrah-xonim bila uchrashgani. Qisqasi Toshkentga qaytdim. 

SabR qilsang xom g’o’Radin xalvo bituR. Miltillab tuRgan quRtchaning badani, boshi, ko’zi, qo’l­oyog’i paydo bo’lib, bezlaRidan biR mehR, biR shinni, biR bol tomgach, qanotlaR kuchga to’laR ıkan, kezi kelib ich­ichingda biR yaRoq tuyaR ıkansan­ki, bu dam o’zingni jangga shay biR askaR sezib, ko’chaga otlanaR ıkansan. Bu yog’i aRining IskandaRnomasi!
Aql ham shunday ımasmi? Ongingda piligi ko’taRila boshlagan chiRoq atRofni avvalo nimaRsalaRga ajRata boshlaydi, zehn nuRi junbushga kelgach ısa, masala zulmatiga yo’liqib, avvaliga zamin hoziRlaydi, iviRsib yotgan tushunchalaRni saRanjomlaydi, taRtibga keltiRadi, so’ng aRi ınagaga aylaganidek fikRlaRni ulg’aytiRadi, undiRadi. Bu bosqich ham o’tilgach ­ ulaRga qoliplaR yasaydi, biRovlaR topgan bilim shaRbatini qabul ıtib o’Rinma­o’Rin joylashtiRadi va bundan­da buyib o’z kuchiga qanoat hosil qilgach, baxsu­munozaRaga, jangu­jadalga kiRishgudek tayyoR… Aqli boRlaR bulaRni osonlikcha ilg’aydi…
Fan uslubidagi bosqichlaRmi, deylik dialogizm madaniyatidan stRuktuRalizm, undan kompilyativizmga o’tish, va yo inson amaliyotlaRining mumkin tuslanishimi: sinkRetizmdan ıtik o’lchamga, undan gnoseologik, pRaktik, ıstetik, politik va din o’lchamlaRiga kechishmi, yo­da Mavlono AbduRahmon Jomiy qisqaRtiRmay yozgan “Xamsa” ımas, balki yetti dostonidan iboRat “Haft avRang” tuRkumning mohiyatimi: “Subhatul­ahRoR”dagi Haqiqat, “Tuhfatul­ahRoR”dagi Hikmat, “YUsuf va Zulayxo”dagi Amal, “Layli va Majnun”dagi Ishq, “XiRadnomai IskandaRiy”dagi Siyosat ­ bulaRning baRi biR o’zakdan chiqqan butoqlaR ımasmi? ZukkolaR bulaRning baRini anglab olishadi. BulaRning baRi zukkolaR uchun ishoRatdiR faqat…

…Sin ham beli ostidagi nashtaRi og’uga botganini sezib ındi IskandaRsimon ­ jangu­jadalga, shonu­shuhRat soRi otlandi. İnagasi biR paytlaRi aytgan so’z ­ “ARining ishi paRvoz. PaRvozda ısa to’xtagan zahotingoq qulaysan” ­ Sinning miyasida aylanaveRdi. ×indan ham shunday bo’lib chiqaveRdi. BiR qadamdan to’xtamsiz ikkinchisi, uchinchisi unib chiqaveRdi. Zina haqida aytmadimmi ­ chiqmasang, yo­da uchmasang ­ qulaysan. Shuning uchun ham biR maRotaba qanot qoqqan ikkinchisiga, uchinchisiga, to’Rtinchisiga mahkum bo’lib qolaRkan. Yo’lga tuRgan manzil tomon oshiqaR ıkan. PaRvoz qoidasi shu ıkan. TaRaqqiyot qoidasi shu ıkan. Hayot qoidasi. Shu yo’sin Sin ham o’n ikki taRafidan o’Ragan to’da oRalab tuRtilib­siqilib biR kun uya og’ziga ham yetib keldi.
Ilk boR uyadan uchib chiqish baRibiR boshqacha bo’laR ıkan. Abadiy tiqilinchga o’Rgangan badaning, qoRong’ulikka ko’nikkan besh ko’zing, to’daga odatlangan onging biRdaniga yashil bulutlaRu, qop­qoRa quyosh, sap­saRig’ o’tlog’u binafshaRang suvlaRni ko’Rsa, dimiqqan havoda namsiRagan o’pkalaRing achchiq va toza bodaga to’lsa, senga qaRamsizdek to’Rt qanoting xayolingdan­da tezRoq biR pastga, biR tepaga uloqtiRsa seni, bosh aylanib bu dunyoga ne uchun kelganingni ham unutib qo’yaR ıkansan, aRi.

Biz ham bulaRni boshdan kechiRganmiz, biRodaR. Biz ham loy qoRibu uy quRib yuRgan bolaligimizdan ajRab, yozning biR kuni sochimizni oldiRgancha paxsa hovlimizdan besh ming chaqiRim yeRdagi tosh uylaRga yetib boRganmiz. Bizga ham LA 8278 Raqamli AKM yaRog’i biRiktiRilgan. Uch yil u bilan yotib, u bilan uyg’onganmiz. BizlaRning ham masofalaRdanu o’RmonlaRdan, yoshlikdanu yuRakdagi kuchdan boshlaRimiz aylangan. BizlaRni ham dalayu o’tloqlaRda tunaganimizda aRi chaqqan. Lekin sabRu­uns yuzidan boshqalaRning so’zini bo’lmay tuRveRaylik­chi…

Sin o’sha kuni qoRovullik topshiRig’ini oldi. QoRovul degan so’zning ma’nosi ancha buzilib ketgan. Zanglagan miltiqni yonboshiga qo’yib tunlaRi aRoq sotib o’tiRadigan tutuRuqsiz, nobakoR chollaRni qoRovul tabaqasiga kiRitib qo’yganmiz. Lekin Sin topshiRig’i bulaRnikidan ımasdi. Uyaga kiRib kelayotgan neki jonzot bo’lsa aslu­nasabini tekshiRish, uyaga faqat biRodaRlaRni qo’yish, qolganlaRni jon beRish ıvaziga bo’lsa­da ichkaRiga yo’llatmaslik. ZukkolaRga yana biR ishoRatning hojati bo’lmasa keRak.
ARi ko’zi bilan boqqanda qovunsimon oq teshikda mittigina to’RtbuRchagu, bu to’RtbuRchak ichida yassi soyadek chumoli, va yo samovaRning qiyshiq ko’zgusida aks ıtgandek cho’zinchoq va ingichkaqo’l o’RgimchaklaRni qo’yaveRing ­ bulaR uchgan aRining soyasidanu vajohatidan cho’chib chekinishadi, biRoq shu kunlaRda “habashlashgan” biR aRi paydo bo’lgan, uning taRixini ham qishning uzun tunlaRi hujRa ichida qaRi ınaga aytib beRgan ıdi.
İmishki, semizlab bosqinchi jonzotlaR AfRika degan o’lkadan biR aRini olib kelishibdiyu, o’z qamoqxonalaRida uning ustidan tajRibalaR o’tkaza boshlashibdi. BiR ­ og’ziga tegishibdi, biR ­ ko’tiga, biR ­ mahalliy aRilaRdan oqsoch nozaninini olib kelib, bulaRning ikkalasini tek qoldiRishibdi. ShukRki, semizlablaR aRi tilini tushunmas ıkan. Boyagi oqsoch qiz Habashga mehR tuyib, uni qutqaRmoqchi bo’libdi. Gapni biR yeRga qo’yib bulaR ikkisi shisha quti ichida biR sahaR o’zlaRini o’likka solishibdi. BiRinchi bo’lib kiRib kelgan semizlab bulaRni o’lik ahvolda ko’Rib saRosimada dod­voy solibdi, boshqalaRni choRlashga shoshibdi. To’s­to’polon boshlanib ıshiklaR ochilibdi, boshliq ham kiRib kelibdi. Boyagi shisha qutini ochib maRdonavoR qo’lini uzatgan ıkan hamki, Habash neki kuchi boR ısa nashtaRini bu quRtsimon semiz baRmoqqa sanchibdiyu, oRqaga sug’uRibdi. Talotum boshlanibdi. Oqsoch qiz ısa fuRsatni boy beRmay Habashni gaRdaniga oRtganicha ochiq ıshiklaRga uchibdi va shu yo’l bulaRning ikkisi­da qamoqdan ozodlikka qochishibdi.
HuR o’RmonlaRda bulaR uvali­juvali bo’lishibdi. yeR bo’ylab uRug’i taRqalibdi. O’shandan buyon “habashlashgan” biR toifa paydo bo’libdiki, yo’g’on­yo’g’on pahlavonlaR hech kimga bo’ysunmasu, hech kimga ishonmas, qilgan ishi ısa ­ o’Rmon qaRoqchiligiyu, tog’u­tosh jangaRiligi bo’lib qolgan ıkan.

Mahmud Daudiydan debtuRlaRkim biR majlisda kime: “Abu Ali onqadaR buyuk zotki, mashoyihlaR aRo beniyozduR”, ­ debtuR. Telba Mahmud yuzunda tomiRlaR qo’pub: “U ham odammi?! Mana men ming Abu Alingga tengduRmen. Uning mushuk bilan ham jangu­jadal qilmag’on, men ısa AmiR Dod o’ngida ikki g’o’Ri it bila uRushtim”, ­ debtuR…

Mana shunday “habashlashgan” aRilaRdan xushyoR bo’lib uchib yuRaR ıdi uyasi atRofida navqiRon Sin. Lekin kelayotgan aRilaRning baRi Onayu PiR hidini taRataR, bundan Sin ham ulaRga ko’pam xiRa pashsha bo’lmasdan yo’l ochaRdi­qo’yaRdi…
Namozshom ham soat sakkizlaRda yetib keldi. So’nggi sayyohlaR dalalaRdanu bog’laRdan topgan­tutganlaRini bo’g’chalab, quyoshning so’nggi siyohRang nuRlaRida uyga qaytishaR, bulaRdan ba’zilaRi teRgan shiRasiga ımas, ko’pRoq kechki havoda aylanib kelganlaRiga mast bo’lganini ham tuysa­da Sin, dakkiyu­tanbeh beRishdan u yiRoq ıdi. Qani ındi uning o’zi ham biR yeRga qoqilgan qoziqdek qoRovulligini tashlasayu, cho’lu­biyobonlaRga ıRkin uchsa. Buning ham vaqti­soati yetaR.
Xuddi daRyo bo’yidagi postdagi yog’och minoRasidan atRofga qaRagan askaR yigit kun botish soatlaRi kelajagini oRzu ıtib talpingandek biR gap…
Mana shu qoRovulligini ham topshiRib uyaga uchmoqchi bo’lib tuRgan biR damda avvaliga notanish biR hid anqidiyu, dushman qiRuvchilaRi daf’atan osmonni yoRib yashinsimon chiqqanlaRidek ­ qovog’aRichalik keladigan biR mavjudot uyaning tuynugini poylab moviy ko’kdan sho’ng’idi. Sin o’zini ko’ndalang tashladi. Boyagi mavjudot uchib kelganicha boR kuchi bilan unga uRildi­da, ikkalasi havoda ikki tomon dumalashdi. Hazilakam zaRba yemadi ikkisi! Dubulg’ayu sovut demasa ­ qovuRg’alaR qaRsillab sinadigan zaRba! QanotlaRi qoqilib­suqulib yeR tomon tushaR ıkan Sin, miyasidan kechgan xayol: “PiR bilmasa bo’ldi faqat!” ­ degan xayol bo’ldiyu, jon talashi bu xayoldan­da tezRoq uni o’z jangovaR holatiga qaytaRdi va Sin yana uyasining tuynugi tomon qalqdi. Bu jinqaRchadan shu kabi shiddat kutmagan Habash ham qanotlaRini Rostlab, ındi ko’Rsatadiganini ko’Rsatib qo’yishga shay ıdi. Nayzasini olg’alay ola ot choptiRgan yag’modek u butun hiddati bilan Sin tomon oshiqdi. Sin ham uRush lazzatida boRlig’idan kechgan, oniy biR haRakatda yo o’lish, yo qolish taRaddudini qilaR ıdi. MushaklaR miyadan tezRoq ıkan, Habash ikki daf’a ulkanRoq jismi ila unga uRilay deganida, Sin so’nggi on o’zi bilmagan holda yov qanoti ostiga sho’ng’idiyu, hanjaRini boR kuchicha bu mal’un lahmga sanchdi. Rost, hanjaR dubulg’aga uRilib badanga botmadi, faqat tilib biR tomchi zahaRni oqizdi xolos. ZahaR qnga belandi, qon zahaRga, oRada oqqan shiRa ısa ikkisining qanotiniyu badanini biR­biRiga yopishtiRdi, bundan ikkisi­da ang’iz yeRga quladi. Ana o’shanda bu baRzangi o’z yaRog’ini o’tga sanchganini payqadi ıpchil Sin.
YaRog’ini yo’qotgan aRi hamono o’ladi ımasmi. Ana ındi o’lik bilan biR go’R bo’lish yomon ıkan. Ustiga qulagan bu dushman badaniga achchiq mehR tuydi Sin. BiR amallab uning ostidan o’zini yastantiRdi­da, ulkan Habashni zahaR to’la baRg ostida yeRga qo’yib, o’zi madoRsizlangan biR holatda kechki shabnamda g’usl qildi.
O’sha kecha Sin ko’chada, yolg’izlikda qolib ketdi. O’sha kecha Sin hayot bilan o’limni bo’lib tuRgan chegaRadan kechdi. Roviy aytmish: taqvoda ­ tavba, ishqda ­ ixtiyoR, hidoyatda ­ zuhd, ı’tiqodda ­ faqR, jihodda ­ sabR degan so’zlaRning mag’ziga yetgandek bo’ldi.

 Jamoliddin haqida gapirayotgan edim. Kechasi o’zi chidamadi shekilli, boyagi restoranchi ishqibozi bilan oldimizga kirib keldi. Ertaga nima qilamiz degan ma’noda. Qani endi, yaxshi joylashib oldingizmi-ga qadar tusha qolsa-ya, yulduzlar ham bir tur odam bo’lishar ekan-da! “Nima qilsak bo’ladi?” - deb pastdan keldi T’eri-Matrasul. “Baliq ushlagani borsanglar chiroyli chiqadi, boyagi kaptarlar kabi”, - deb qoldi ital’yan restoranchisi. Demak toza maslahatlashishgan. “Yo’q, - dedi Jamoliddin, - ertalabdan trenirovka bor, yuz-yuz ellik kilometr yurishim kerak”. ­ “Ayni muddao, - dedi T’eri, - ketingizdan yurib sizni rasmga olsak-da, ba’zi bir yerlarda dam olganingizda yurib ketayotib savollarimizga javob bersangiz”. Jamoliddin biroz o’ylandi-da, mayli deb ko’ndi. “Baliq ovini esa peshindan keyin o’tkazsak”. Jamoliddin bunga ham qonniqqandek bo’ldi.

 Ayni shu kabi suhbat Matrasul-akamiznikida ham ro’y bergan edi, lekin bu yerda Toshkentdan menu Marat Ma’murovich bilan birga yetib kelgan Farrah yulduzlik qilar edi: “Demak, avvaliga To’rani ukang bilan rasmga olamiz, keyin sening melisangni”. ­ “Hay-hay-hay, bunday emas, bu yerda ishlar bunday qilinmaydi”, - deb boshimni liqqillatamanu, lekin Farrah buni ko’rmaydi. U - sayragan bulbuldek garang. Ha, darvoqe, aytdimmi-yo’qmi, Farrah Marat Ma’murovich bilan birgalikda Moskvadan bir uzunsoch uzunoyoq Olya degan tarjimon qizni olib kelgan. Endi Olya ham Olyamisan - Olya! Bir fotomodel’ bo’lmoqchi ekan, bir seksmodel’. Bir gap ­ model’lardan. Endi, deng, islomlashib borayotgan vodiyda ham bu model model’ligicha qolgan-da! Tizzadan ikki qarich yuqori shunaqa ham yubkalarni kiyadiki - toshbo’ronga kim qolsa - birinchi o’zimiz bo’lamiz - nimaga Hamzalik qilib bularni bu yerga olib kelding degan ma’noda. Lekin shukrki, eski - bedin zamonning asoratlari ham hali o’chib bo’lmagan ekan - erkaklar boyagi To’ramensimaslikkayu melisapisandlikka jichcha ham ahamiyat berishmaydi-da, boshni quyi solgancha bosh liqqilatib o’tirishaveradi. Boyagi beso’naqay chordona ustidagi tirsillagan yubkaga qarab-da! Farrahxonim sayraydi, Olyaxonim esa o’z inglizchasini qayraydi! Orada uyalganu, istihola qilgan biz.

 Ha, Jamoliddinning baliq tutishi haqida. Jamoliddin Lako Di Garda degan azim ko’lning bo’yida yashar ekan. “SHu yerning o’zida rasmga olib qo’ya qolamiz-da”, - degan edi T’eri ismli Matrasul, lekin poygachi xumraydiyu: “Boshqa bir ko’l bor, ­ dedi. Bunisi - madaniy”, - deb qo’shib qo’ydi u. Xo’sh, poygachining qizil “Ferrari”siga ergashib boyagi nomadaniy, vahshiyroq ko’l tomon yo’l oldik. Poygachi - poygachi emasmi, yo’lga chiqishimiz bilanoq g’uv etib ko’zdan g’oyib bo’ldi. Yana shukrki - biz bilan birga boyagi restoranchi xushtor bor edi, jaydari “Fiat”ini yo’rg’alatganicha bir amallab boyagi ko’lga yetkizib obordi. Jamoliddin yarim soatlarcha chamasi baliq tutib yotar edi. Kelishimizga uchta-to’rtta laqqa baliq tayyorlamoqchi bo’lgan shekilli, lekin o’sha kuni baliq ham laqma tushmagan o’xshaydi, bo’m-bo’sh to’rcha suv ustida tarvaqaylab yotardi. “Endi keldim”, - deb qo’ydi Jamoliddin. Rasmga tushira boshladik. Kamera taratgan nurlardanmi, moshinamiz ko’tarib kelgan changlardanmi, xudo biladi nimadan, o’sha kuni bittayam baliq tutilmasa bo’ladimi. Jamoliddinning qovog’idan qor yog’adi. Bizga gapirishga toqati yo’q. Qani endi bu yerda boyagi Olyaxonim bo’lsa edi-ya, deyman.

 Olyaxonimni ayniqsa islom peshvolari oldida ko’rish zavq edi. 92 yashar pirmi, 26 yashar amirmi islom g’oyalariyu bu shaytoniy borliq orasida sarosimaga tushib qolishar edi. Ko’zlari bejo, g’amzalarcha ko’z qirlarini unga tashlab, u esa alvasti sochlarini yanoqlaridan kiftlariga irg’itib-irg’itib qo’yar edi. Pakana Farrah-xonim esa o’z islomiy ildizlarini topgandek, rashku-qanoat ila qoniqib-qoniqib yonda o’tirar edi. Amerikadagi yuz ikki yashar bir To’ramni eslayman.

 Esingizdami, BMT o’ngidagi namoyishni aytgan edim. O’shanda Birlashgan Millatlar Tashkiloti o’ngiga ham bemulohaza - gardkamiga chiqaverdik. U paytlar bu ham mardonalik edi. Amerikalik o’zbeklar ham buni tan olishdi. “Sizdan avval bu narsaga hech kim tutqich bermagan edi”, - deyishdi ular. Kemaga tushganning joni bir emasmi, bo’lgani bo’ldi, ana endi kun qizib boryapti, asta-sekin odamlarimiz ham to’planishib kelyapti. Endi faqat o’zbek bo’lsa ekan, yo mayliga turkistonlik qozoq-qirg’iz deylik, qozoq-qirg’izlar o’lib qolsayam o’zini turkistonlikka qo’shishmaydi - o’zlaricha, bu bechora o’zbeklaru sartlar o’zini turkistonlik deb tanishtirishadi xolos. Qayog’da deysiz, faqat turkistonlik sartlar bo’lsa ekan - erinmagan kela boshladi - bir qrim tatari, ikkita turk, uchta ukrain millatchisi. Lekin namoyishni kim boshladi deb so’rang-a - hecham topolmaysiz. Kim deysizmi - nemis! Bir paytlar sovet armiyasi tomonidan Kenigsbergdan haydalgan nemis ekan, uni ikkala Germaniya ham qabul qilmaganidan keyin Ezilgan millatlar tashkilotini tuzib o’nga rais bo’lib olgan ekan bu mitti fyurer. Ana endi minbarga chiqib olib yondi bu kishi, o’rtandi bu zot! Kinolarda ko’rmaganmizmi - fyurerlarining otashin nutqlarini - “Xayl!” deb baqirib yuborishimizga sal qoldi o’sha payt. Yarim soat o’z dardini aytib yig’ladi azamizda bu nemis!
 Undan keyin minbarga ukrainlar chiqdi, ularning dardlari ham to’planib qolgan ekan, yana deng turlicha dardlar ekan, biri bir narsa desa, ikkinchisi - “Mikola unday emas, bunday”, ­ deb, boyagi yerda tortishib ketishsa bo’ladimi! Yaxshiyam boyagi qrim tatari bor ekan, shu ajrata ketdi. Bu bois biroz ukrainlarga aralashib qolib o’z navbatini o’tkazib yubordi shekilli - shirinsuhan bir turk minbarni oqqan xamirga o’xshab egallab olib toza g’amimizni yedilar. “Orqadoshlarim, - dedi u tinmayin-qoqilmayin, ­ zavolli orqadoshlarim, Turkistonga ozodlik bo’lsin!” - biz ham shu pirni, shu shayxni kutib turgan ekanmiz chamasi - qodiriya tariqatidagi halqalarga o’xshab: “Turkistan - free! Russia go home!” - deya quduq kovlagan ho’kizlar kabi aylana bo’ylab yurib, baqira-baqira jazavaga kira boshladik. Kimningdur qo’lini tutganimcha aylanib yuribmanu: - “O’lding Oltoer! O’zbekistonga qaytishing bilan qamalding-a!” - degan fikr miyamda o’zim kabi gir-gir aylanadi! Bu ham yetmagan ekan chamasi, boyagi turk shayximiz minbardan tushgan edilar, turkistonliklarning jazavasi qo’ziganini ko’rib hech qaysi orqadosh xalq minbarni egallashga botinmadi chamasi, sartlardan biri chiqib - iltifotli xalq emasmi - jazavasi qo’zisa ham mulozamat degan narsani unutmaydi-da: “Aziz vatandoshlar, bu yerda vatandoshlar orasida eng vatandoshimiz ham ona vatanimizdan kelib turibdilar, qani, to’rga buyursinlar!” - deb qolsa bo’ladimi.
 Boyagi halqasimon: “Huvva-huvva!”-larimizga bu paytga kelib Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qancha yuksak derazalari ochilgan, uni ko’rib tumonot turistlaru, rasmkashlar, oddiy haybarakachilar to’planib olishgan. Bular ham o’z huquqlarini qizg’angan bachabozlarmi-besoqolbozlardir-da - deb anqayib turishibdi. “Bu ko’rgilikni berganam, olganam Xudo”, - deb minbarga chiqdim. “Birodarlar, - dedim. Miyamda esa Erkin Vohidovu Abdulla Oripovning va’zxonlik yo’llarini hech uyg’ota olmayman. ­ Aziz birodarlar, - dedim, - akalar, opalar-singillar!” ­ Taq to’xtadim. ×unki o’ylab boqsam - bu Stalinning urush oldidagi nutqiga tortib ketdi-da.
Bunday ketaversa, hozir yengilmas Qizil Armiya devorishim ham - turgan gap. Ana unisi esa - xuddi qaynab turgan qozonga tappi tashlab yuborgandek bir narsa. Bunisi esa didga zid.
 Maqomni sezamiz-da, yozuvchimiz. Faqat shundan bo’lsa kerak, bu yoshu-qari, ishlarini, do’konlarini ikki soatga tashlab bu yerda millat haqida qayg’urayotgan - mayli juda bo’lmaganida yiliga ikki soat ochiqdan-ochiq yetti yot ellarda millatini eslab qo’yadigan bu hamyurtlarimga shunday ham rahmim keldiki - ko’zlarimdan yosh potrab ketay dedi: “Azizlarim, - dedim, ­ sizlar, bizlar bu yerda bir siqimginamiz, ovozimiz ham bu derazalardan o’tmasa kerak, o’tsa-da, unga na quloq soladigan, na uni tushunadigan bor, lekin men kelgan yerda sizning yigirma millionli xalqingiz bor, ana uning ovozi sizlarga hamohang ko’tarilganida bu ovozni eshitgan ham eshitadi, eshitmagan ham...”
 Bir narsalar dedim-ey o’sha kuni - bizda ham ancha to’planib qolgan ekan - bilmay yurar ekanmiz. Ha, lekin boyagi To’ramga qaytay. Namoyish ham tugab bo’ldi, hovurlar pasaydi, xuddi hammomdan chiqqan qo’ni-qo’shnidek nafas rostlab turar edik, hozirgina millatchiligini yap-yalang’och namoyish etganlar endi mutavoze’ kiyimlarini kiyib olishgan, mulohazali bir Amerika fuqarosi suratiga qaytib, kimi yana do’koniga - Iso-payg’ambar milodi oldidan qolgan savdosini qilib olishga shoshiqar, kimi bir piyola choy ichib olsak bo’lardi, - deya boshqalarning jamoa tuyg’usiga xitob etar edi. Men ham cho’chog’i kesilgan boladek - to’yimdan keyin bir o’zim yakka boshimga qolganimni sezib BMTning sershamol maydonida ma’yus turar edim. Bu payt oldimga boyagi bir yuz ikki yashar To’ram keldi-da: “Siz Poshsha-xon-to’raning jiyani ekansiz-da?” - deya o’zlarini tanishtirdi.
 Allanarsalar haqida gaplashib turar ekanmiz, aslida bu payt ko’ngilga hech gap yuqmas edi. “Bolam, - dedi boyagi To’ram, ­ siz ancha jiddiy oldingiz chamasi, o’zbeklarga nima kerak - qorin to’q bo’lsa, bozor chaqqon bo’lsa, yana...yana... ana qarang anavi rasmkash qizni, chaqirib beraymi?
Pay-pay-pay, belini qarang, ko’targan jihozidan chirs etib sinib ketsa-ya! Mana men yuz ikki yoshdaman, hali ham yo’q demayman! Ovqatni yaxshi qilib turish kerak xolos! SHunda bel ham baquvvat bo’ladi!” ­ Ana shu so’zlar bilan To’ram piltillaganlaricha boyagi rasmkash qiz tomon yuzlandilar... 

U ham Olyalardan biri bo’lsa bordur-da! Xullasi, To’ramning to’riga o’sha kuni baliq tushsa tushdiki, Jamoliddinning qarmog’iga birortasi ilinmadi.
 Yana vodiyga qaytaylik.
 Namanganning Jumabozor mahallasida Hoji-ota Nizom o’g’li degan inson yashar edi. Bir paytlar Toshkentda nimalardir bahona bo’lib uchrashganimda: “Biz hanuz Namangonda zikrni to’xtatganimiz yo’q, hanuzgacha biz ishq ahlimiz, keling, halqaga qo’shilasiz”, - degan edilar, ana o’sha kishini qidirib bordik, kinoga olamiz deb. Mahallasidan topdik. Biroz beishtiyoq moshinamizga ham chiqdilar-da, qani, boraveraylik-chi, bir gap bo’lar, - degandek, Qapchimi yo Qapchig’ay degan qishloqqa moshinamizni soldirdilar. U yerga ham qosh qoraymaguncha kirib bordik. Masjidning mutavallisini topaylik, - degan fikr bila biroz qishloqni ham aylandik. Bo’kalarda paxta terib yuradigan qishloqlarimizdan ekan - o’zining soyi, o’zining tegirmoni bor qishloq. Bunday qishloqlarga Namangan-pamanganni ham keragi yo’q-da! Bu yerdan chiqishning ham hojati yo’q. Shu qishloqda tug’ilasan, shu yerda seni o’n ketmonlik yerga qo’yib kelishadi.
 Nihoyat mutavallini ham topdik. Yangidan Quron o’qiganlardan ekan chamasi, “yo’q” deb turib oldilar. Rasmlarga loshi deb yozib qo’yadiganlardan ekan: “Rasm chekish gunohdir”, - deb turib oldilar. Hoji-otaga imlaymiz, Hoji-ota ham zo’r berib: “Bular bu kinoni Angiliya degan joyga olib borib qo’yishar ekan-ta, u yerdi ham musulmonlari bor ekan-ta, ana o’nashilar bizlardi taklip etishar ekan-ta! - deb oldilar. - Savob bo’ladi bulardi g’aplattan uyg’otsak!”
 Aravaning g’ichirlagan g’ildiragi kabi mutavalli onglarini ham g’ichirlatib biroz burib berdilar Hoji-ota. “Bo’lmasam halqadan oldin meni olasizlar, men bunga fatvo berayin”, - dedilar nihoyat mutavalli taqsirlari. Ha, gap bu yoqda ekan-da, mayliga, o’zlaridan boshladik. “Ajma’inu va ba’d azdan” oldilar. Yarim soat va’z berdilar. Farah ham shaytonning bir turi emasmi, kamerani bu bechora pokko’ngilga, bu bechora soddaongga niqtab olganu, kinosini olmayapti, taqsir esa jonini jabborga berib bu xudosiz Angliyaning aholisiga da’vatu-o’gitlar qilib yotibdilar. Baribir adolat bor ekan bu dunyoda - o’zlari aytganicha - shayton yo’liga yurmadilar, rasmlari chekilmadi-da ba oqibat!
 ×ekilgan rasm - halqayu, halqadagi zikr bo’ldi. 

Yana qaytsak maqsudimizga. Yaqinda men yana bir bor ayni o’sha odamlarni ayni o’sha yerlarda aylanib chiqdim. Deylik, Namanganda amirul-mo’’minin mahallasiga tushib qolgan edik, o’zi badarg’a bo’lgani tufayli bir uyidan xabar olay, - deb mahallasining tor ko’chalari bo’ylab o’tishga o’tib bordigu, eshiklarini qoqqanimizda, onalari shunday ko’rinish berdilaru, birdaniga: “Yo’q meni bunday o’g’lim, o’lib ketsin bunday o’g’lim!” - deya, yig’lab ketdilar. Ha, hayot uch-to’rt yilda ancha o’zgarib ketdi. Namangonlik Mashrabni esladim o’sha on. “Namangondin ketar bo’lsam, mani so’rar kishim bormu...”


Vaqoei sanai als arba’ mia salas ashr

Jamoliddinning hayoti ham o’zgargan deb eshitaman. O’shanda uni ham balig’u kaptarlari, valasapidiyu sovrinlari bilan tinch qo’yib, oladigan kinomizni oldigu, Milan orqali yana Parijga qaytdik. Ana qaytdik maqsudimizga. Fontenblodagi mademuazel De Syuzdan Parijdagi Madam Xyugenikiga ko’chishimiz tarixini aytay. Bizning hayot ham o’zgarganidan so’zlay.
 Parijda Elen degan dugonamiz bor. Opera ashulachisi. U haqida bir romanimda ham yozganman. Ana shu dugonamiz bir uchrashganimizda aytib qoldi: “Mening bir shogirdim bor. So’qqabosh ayol. Shunikiga ko’chinglar, atigi olti-no’l-no’l frank to’laysizlar”. Ruschada biroz no’noqroq bo’lgani uchun raqamlarni bo’lib-bo’lib aytadi. “Olti-no’l-no’l” degani - oltiyuz frank-da! Albatta mademuazel de Syuzga to’lab turgan bir yarim ming, ya’ni Elen aytmish “bir-besh-no’l-no’l” frankdan ko’ra deyarli uch barobar afzalroqda. Martin degan ayolning onasi Frantsiyaning allaqaerida turar ekan, so’nggi payt xastalanib, Martin undan tez-tez xabar olib turishga majbur emish. Ana shu paytlari gullarga suv quyib turadigan odam bo’lmas emish. Bir kun Martinning o’zini ham ko’rdik. Tuzukkina ayol.
Qisqasi, Italiyadan qaytishim bilan Elen o’zining moshinasida eri Lionel bilan keladigan bo’ldi-da, bizni Fontenblodan Parijning Nanter degan qismiga ko’chiradigan bo’ldi. yetib keldi o’sha kun. Kampirga ham dabdurustdan aytildi yangilik. Lekin yangilikdan biz emas - kampir naf topib chiqdi. Esingizdami, unikiga ko’chishimiz paytida bir oylik ijara haqini kafillikka bergan edik, ana shu bir yarim ming frankni kampir ushlab qoladigan bo’ldi. “Hay, insof qiling, biz chet elliklar bo’lsak, siz qariya bo’lsangiz...” - “Yo’q, - deydi, bizning qonunlarimiz shunaqa. Men o’rningizga ijarachi topa olmayman-da, xonam bo’sh qoladi”. - “Ha, shundog’am o’ntaga yaqin xonalaringiz bo’sh-ku”, - desak, - “Bu xona maxsus xona, uning bozori chaqqon”, - deb turib oldi kampir. Asrlab burjua tarbiya topgan-da!
Biz yengarmidik uni?! Ichlarimiz bo’shashib tark etdik bu xonadonni. ×amadonlarimizni Elen va Lionelning mitti moshinasiga yukladigu, ketdik Nanterga.
O’sha kuni Martin chindan ham onasinikiga ketgan ekan. Vishi degan shaharga. Uyiga kirib bordik. O’ymisan-uy ekan.
Ikki qavatli mezonet. Ya’ni uycha. Endi kampirning o’n sakkizinchi asr katalagidan keyin bunisi koshona bo’lib tuyulardi bizlarga! Ikkinchi qavatni bizlar uchun tayyorlab qo’ygan ekan, chiqib bordik boyagi yerga. Narsalarni odamlardek joylashtirdik, uf tortdik. Pastda gullarni ko’rdik, televizoru, royalni. Keliningiz shu zahotiyoq buning kalitlariga ham bosib boqdi, Lionel Elen ovozida kuylagandek ham bo’ldi, toza kulishdik. Rost-da, bu kabi joyga ega bo’lish uchun bir yarim, Elen aytmish “bir-besh-no’l-no’l” frank ham qurbon berish arzigulik!
“Endi esa - restoranga, - dedi Elen. ­ Biz sizlarni taklif etamiz!” Elenning turgan-bitgan hayoti o’yin-kulgu. Zerikish degan narsa yo’q. Otasi - ruslarning dvoryanlaridan - shuning uchun ham Vasilev degan ismni Vassileff shaklida ko’tarib yuradi Elen. O’sha kuni xitoy restoraniga olib borgan bo’lsa, boshqa kunlari u yoki bu kontserti bahona - kontsertdan avval - qo’lda sharob - tikka uchrashuvlar-tirjayishlar, kontsertdan keyin esa yaponmi, hindmi, tailand restorani - yana bazm, yana o’yin-kulgu.

Ikki kundan keyin Martin kirib keldi. Ikki og’iz bu ayol haqida gapirsam. O’zbek degani noshukur bo’ladi, nimani eslaysan - bizni ezganini. Qirq beshlarga kirib qolgan bu ayol hech turmushga chiqmagan, shuning uchun ham butun vujudi bilan mana shu uyiga, mana shu ashyolariga berilgan. Endi ashyolari ham to’rt-besh nasldan naslga o’tib kelgan ashyolar, xontaxtalarmi-ey, likobchalaru guldonlar. Ana shularga bexosdan tegib ketsangiz, yoki ustiga piyola u yoqda tursin, bir varaq qog’oz qo’yib qo’ysangiz - ana ko’ring javrashni, ana ko’ring kuyunishni: “Voy, nima qilyapti bu kishi o’zi, buni ustiga qo’yib bo’ladimi, bilasizmi, bu menga katta xolamning ammasidan qolgan narsa-ya! Bilasizmi buning narxi qancha...”, ­ va shundayin, va hokazo. To’ydirvoradi hayotingizdan. Bu - boyagi o’zbekchilik deganim.
Endi esa Martin haqida haqiqatni aytadigan bo’lsam yetti yot oilani o’z uyiga qo’yib, bir boshli hayotini ularga ishonib ketibdi bu ayol - hech bir zamonda o’zbeklaringiz orasida topasizmi bunaqasini?! Har ikki kunda moshinasiga o’tirib olib - ketadi Vishiga. Haftalab yo’qolib ketadi. Qaytib kelib esa katolik bir jurnal uchun nemischadanmi yo inglizchadan maqolalar tarjima qilib o’tiradi. Mana shu bilan kun ko’rib yuradi. Oyiga olgan maoshi - boring mingmi, bir yarim ming frank - universitet studenti ham u-bu yerda ishlab bundan ko’p pul olsa kerak. Lekin har kuni u yoki bu o’rtog’imi, amakivachchasi va yo xolasining qizi bilan dejeunerda, ya’ni tushlikda.
Onda-sonda ularni o’z uyiga ham taklif qilib qo’yadi. Ana o’shanda palovmi-somsa pishirgan bizlar oshna-og’aynilariga sotilamiz: “Mana, O’zbekiston degan yerdan kelgan do’stlarim”. Boshqalarda bunaqalari yo’q-da, rosa havas qilishadi. Martinga shuning o’zi kifoya. Martin shu bilan boy. Shu bilan ovoza bo’ladi.
Allaqaysi dinlar orasidagi rishtalar degan to’garaklarga boshlab yuradi bizni. “Tekin ovqat bo’ladi u yerda, - deydi. ­ Pechka oldida o’ralishib yurasizlarmi, - deydi.
­ Tayyori turganda”, - deydi. Boramiz. Bir yahudiy bilan bir arab - yahudiysi - zerikkanidan, arabi - bizlarga o’xshab - tekin tomoq yuzasidan, boshidan kechganlarini aytib o’tirishadi. Yahudiy ayolning qizi qora yigit bilan yura boshlaganmish. Ota esa ruxsat bermasmish. Din yuzasidan. Ana shuni oshkora qiladi boyagi ayol. Barcha boshini chayqaydi. “Qani endi dinlarimizni birlashtirsak edi”, - degan takliflar yangraydi. Kimdir bahsga kirishib ketadi, lekin orada sharobu pishloqlar tarqatila boshlaydi, bahslardan ularga chalg’iydi aksariyat. Biroz sharoblashgandan keyin esa - qarabsizki farqlar unutilgan, hamma apoq-chapoq, ayniqsa Martin hammaga bizni tanishtirib - Mavlono Rumiyning uzum haqidagi rivoyatini so’ylatadi.
 
SHarob o’sha uzumdan emasmi. Aytamiz o’sha rivoyatni...

 Yaxshi odam har yerda ham yaxshi odam ekan. Yaxshilik esa millat tanlamasdan yaxshilik ekan. Martinnikida ertalab turaman-da, chiroyli bir plastinka - deylik “Ave Mariya”ni qo’yaman-u, ishga kirishaman. Roman yozaman. Biram dildan chiqadi-ey, oqib tushadi. O’zbek musiqasi bilan ham sinab boqdim - bo’lmadi. O’zimiznikimasmi - chalg’itadi, tortib ketadi, yozayotgan narsangni ham unutib yuborasan. Ayniqsa, Toshkentda qolgan qizingni eslab - har bir so’zni ming maqomga yo’yasan. Afg’on laparlarida: “Bolangni olay Majid”, va yo andijonlik otinoylarning ashulalarida: “Ayrildim do’stlar yolg’iz gulimdan...” - degan so’zlarni eshitib qoldingmi - bo’ldi - bunisi men haqimda ekan, - deya sarosimaga, talotumga tushasan, jon holatda Martinning telefonidan Toshkentga sim qoqasan va nihoyat qizing ovozini eshitib biroz tinchiysan... Uf...

Biroz chalg’ib ketdim. Italiyadan qaytgach Martinnikiga ko’chganimizning birinchi kunlari men shaharning roppa-rosa narigi chekkasida Jamoliddin haqidagi fil’mni montaj qilishga borib yurdim. Jamoliddin ham olti soatga yaqin so’zlab qo’ygan ekan, shundan olti minutlik narsa olishimiz kerak. Buning uchun esa olti soat gapirganini tarjima qilishim keragu T’eri-Matrasulovich bulardan keragini tanlashi kerak. Ana o’shanda o’sha tanlangan joylarni - saylanmani kino tasmada topib chiqishim kerak-da, uni tayyorlanayotgan kino bilan moslab chiqishimiz kerak. Ya’ni biroz emas, bu safar ancha-muncha chalg’idim. Ishga qatnash lazzati boshqacha bo’lar ekan. Vaqtida tushlikka chiqish gashti boshqacha bo’lar ekan. Umrimda davlat ishiyu mehnatini qadrlamagan ekanman, bu yerda yetdim qadriga.
SHunchalik bu televidenie bilan yaqinlashib ketdimki, bir kuni uyda tarjimamni davom ettirib o’tirsam, telefon jiringlab qoldi: televideniedan: “Zudlik bilan yetib kel, favqulodda bir hodisa!” - deb qolishdi. yetib bordim boyagi yerga. “Nima bo’ldi?” ­ desam - mashhur raqqos Rudol’f Nureev olamdan o’tgan ekan. Musulmonmasmi har holda, o’zimizning boshqirdlardanmi­tatarlardan: “Xudo rahmat qilsin!” ­ deb, yuzimga fotiha tortdim. Lekin bular fotihaga emas, raqqosning so’nggi aytgan so’zlarini tarjima qilishga chaqirishgan ekan. “Mana bu, - deyishdi televideniening kazo-kazolari, - biz raqqosni tasmaga tushirgan so’nggi kadrlarimiz. Bu yerda u ruscha so’zlashib ketyapti. Nimalar deyapti? ×unki bu uning so’nggi so’zlari, hozirning o’zida berishimiz o’ta muhim!” Quloq tutdim. Eshitsam - Olloh-Olloh! - turgan-bitgani so’kinchu uyat gaplar. Boyagi - bir do’stim aytmish - “qil-qil” gaplar. Endi, deng, bu lisoni sharmandai sharmisorni frantsuzchaga o’girishim kerak. “Egalik haqida gapiryapti, ayol ustidan egalik. Leningrad baletida ishlab yurganida rejissyorning nom-ba-nom raqqoslar ustidan egaligi haqida...”
Bir narsani sezdim men. ×et elliklar bir gapni tushunishmasa, qoshlarini chimirishmaydi, balki peshonasini tirishtirishadi. Bu kazolar ham peshonalarini - tushunmaganlikka olib - tirishtira boshlashdi. “Sikkani haqida, sikkani”, - degan edim, peshonalar birdaniga yozilib hamma paqqos kulib yubordi. yengil, yengiltak inson ekan, bu Nureev degani. Beso’z berishadigan bo’ldi bular uning so’nggi tasvirlarini. O’lasanmi-kulasanmi degani shu bo’lsa kerakdir-da! 

Oh, o’sha bahor boshlangan kunlar! Pullar qarzlarni to’lash ketida odosh bo’lgan, turish iznimizning tayini yo’q, har tomondan yetib kelayotgan allaqanday hayot bosimi va yurakni ezuvchi ayriliq hissi... U yoki bu yerdan ishlagan to’rt-besh tangang bilan “Leklerk” degan do’konga chiqib borar ekansan, yerlar quriy boshlagan, bolalar - sog’lom oilalarning sog’lom bolalari bu qurigan yerlarga chiqib futbol o’ynay boshlashmoqda, sening ishlaring esa, boyagidek - mujmal, iching ham muhmal. Yana yolg’iz uyga qaytasan, romaninggami yo she’ringga o’tirasan, yuragingni anordek siqib, qoniga bulantirasan, hech bu uyga, uy oldidagi bog’chaga sig’masang - ko’chaga chiqib ketasan. INALKO degan sharqshunoslik institutiga borasan, yo’l-yo’lakay ashulalarga ko’milib ketasan, ichingni kemirasan, bir amallab kuningni kutubxonada - unga yo bunga chalg’ib butkazasanu, yana uyga qaytasan, yana o’sha yolg’izlik, yana g’ariblik, yana sog’inch...
Martin ustimizga xotin olgan er kabi belorussiyalik yana bir musiqachini uyiga keltirib qo’ygan. Uni ham boyagi Elen tavsiya etgan. Bu hisobdan ham erkinligimizu erkaligimiz bitgan. Ertalabdan tura solib bu kishi o’z g’ijjagiga yopishadi, yana ich-ichlarimizni g’ing’shitadi.

Yaxshi narsalardan gapiray. Qiziq-qiziq gaplardan gapiray. Meni shpion qilib yollashmoqchi bo’lganlarini aytib beraymi? Italiyadan qaytib kelgach yurtga keltirgan foydam uchun boyagi televidenie oraga tushib yana o’n besh kunga Frantsiyada turish iznimni uzaytirib berdi. Lekin bu o’n besh kun ham boyagi fil’mni tayyorlash bilan g’iz etib o’tib ketdi. Orada ro’za ham boshlanib ketdi. Ana o’shanda yana bir bor g’amimizni Elen yeydigan bo’ldi. Boyagi belorussiyalik g’ijjakchi bilan qilmoqchi narsasini qilmoqchi bo’ldi bizga nisbatan. Ashulachimasmi, minglab muxlislari orasidan Transport vazirligida ishlaydigan bir ayolning nomini aytdi-da: “Bir dona kitobingizdan olib, oldiga o’ting, u ayol sizlarni o’ta muhim bir inson bilan tanishtiradi”, - dedi. Ana o’sha inson hamma ishingizni besh qilib beradi.
 Aytib qo’yay, undan avval ne kuylarga tushmaganmiz turish izni ketida. Prezidentga yozgan xatimga javoban Tashqi Ishlar Vazirligiga chaqirishgan, lekin orada saylovlar bo’lib, ishimiz bilan shug’ullangan xodim saylanmay qolgan-da, o’rniga yangisi kelgan, Frantsiya-O’zbekiston degan tashkilot ham oramizga tushgan, Milliy Majlis a’zolaridan biri bizni qo’llab maktub yozgan, politsiyaga borganmiz, lekin politsiya - avvaliga chet elga chiqib kelinglar, ana o’sha yerdan bu hujjatlar bilan siyosiy boshpana so’rashingiz oson bo’ladi, - degan. Hay, birodarlar, bizga boshpananing keragi yo’q, agarda biz bu yerdan chiqib ketadigan bo’lsak esa, boshqa qaytish yo’q, - desak ham bir nuqtaga taqalib qolishgan.
 
Mana shu holatda boyagi ayol bilan uchrashdik. Ayol esa janob Manerba degan yozuvchi-yu o’ta muhim inson bilan uchrashtirdi. Uchrashuvlar, frantsuzlarda bilasiz, tushlik ustida uyushtiriladi. Bahonada “La Defans” degan o’ta zamonaviy binoning oshxonasida antiqa-antiqa ovqatlarni ham yeb boqdik. Bu insonning aytishicha qonunlar bor ekan, ularni buzmasdan aylanib o’tish yo’llarini topish lozim. “Menga bir kun muhlat bering, sizga telefon qilaman”, - deb aytdi u, to’yimli ovqat ustidan turar ekanmiz. Keyin bilsam, uchrashtirgan odam ham, uning o’zi ham frantsiyalik polyaklar ekan.
Ana endi davomini eshiting. Ertasiga kechqurun Manerba janoblari o’zlari sim qoqib qoldilar-da: “Siz bilan o’zbek tili darsligini yozadigan ko’rinamiz, - dedi. ­ Ishingiz hal bo’lyapti, qoladiganga o’xshaysiz”. Avvaliga ishonmadim: Prezidentu Milliy Majlislar hal qilisha olmagan narsalar-a! “Ertaga mana shu telefon orqali janob Marsak degan insonga sim qoqasiz, shu inson sizning ishlaringizni to’g’rilaydi”, - dedi janob Manerba va ishlar yuzasidan o’zini boxabar tutishni iltimos qilib, xayr-ma’zurlarini aytdi.
Ertasiga Marsak janoblariga sim qoqdim. Marsak janoblari ham rasmiyat yuzasidan so’raydigan narsalarini so’radi-yu: “Ertaga bo’lmasa barcha hujjatlaringizni olib “Odeon” kinoteatrining ro’parasida shunday-shunday degan kafega keling, o’sha yerda gaplashamiz,” - dedi. Bir tomondan hayron bo’ldim. Hujjatlar bilan kafega keling dedimi? Lekin o’ylab, ha tushlik payti-ku, frantsuzlar esa, boya aytganimdek, ishlarini yaxshi tushlik bilan chog’ishtirishni xush ko’rishmaydimi. Mayli-da, ertangi kunimning tushligi ham, Martin aytmish, tasdiqlandi, deya, ertasiga boyagi kafega yetib bordim.

Bir payt 24-25 yoshlar chamaliq bir yigitcha kirib keldi-da, ruschasiga olib: “Janob Ma’di sizmisiz?” - deb qoldi. Tanishdik. U ikkalamizga yengil-elpi ovqat buyurdi-da, hujjatlarimni qo’liga oldi. Birma-bir ko’rib chiqdi. “Hal bo’ladigan ish ko’rinadi”, - dedi. Keyin yozuvchilik ishlarimdan so’radi. Ovqat ustida uyoqdan-buyoqdan gaplashib o’tirdik. Qahva ham keldi. Ana o’sha qahva ustida u hujjatlarga so’nggi bor cho’mgandek bo’ldi-da: “Agarda iznni to’g’irlasak bemalol O’zbekistonga ham borib yurishingiz mumkin bo’ladi”, - dedi. ­ “Inshaolloh”, - dedim men. Jazoiru boshqa arab mamlakatlari Frantsiyaning mustamlakalari bo’lmaganmi, “inshaolloh” degan so’zni hamma tushunadi. U kulib qo’ydi. Keyin, ko’zlarini qog’ozlardan uzmay: “Biz sizga yordam bersak, tabiiyki, siz ham bizlarga yordam berasiz, shunday emasmi?” - dedi. Tushunmadim. “Tushunmadim”, - deb aytdim. ­ “Bizga ham O’zbekiston haqida u-bu ma’lumot kerak, shuni nazarda tutyapman-da. Odamlar bilan uchrashasiz, do’stlaringiz bor...”
Ana o’shanda barining tagiga yetib bordim. Qon lop etib miyamga urdi. “Tushunmadim, siz meni yollayapsizmi?” - deb so’radim.
Yigit seskanib tushdi. “¨llayapsiz? Bu nima degani?” - “¨llayapsiz degani josuslikka olyapsizmi? - deb izohladim men. ­ Bilasizmi, men bugunning o’zidayoq buni hammaga aytaman. Prezidentingizdan boshlab...” ­ “Yo’g’-e, - sarosimaga tusha boshladi vajohatimdan u. ­ Yo’g’-e, shunchaki, yordam to’g’risida so’radim-qo’ydim-da... - dedi sal bo’shashibroq u. ­ Mayli, keling, avvaliga hujjatlaringizni hal qilishga harakat qilib boqaylik-chi... - bu so’zlar bilan u qahvasining so’nggi ho’plamini ho’pladi-da, - kechirasiz, men ishga borishim kerak”, - dedi-yu, xayr-ma’zursiz o’rnidan turdi.
Men ham biroz gangib “Odeon” atrofida aylandim-da, birdaniga nima qilishim kerakligini tushundim. Birinchi avtomatdanoq Manerba janoblariga sim qoqdim. Xayriyat, uyida ekan. “Janob Manerba, - dedim men, - hozirgina siz tavsiya etgan janob Marsak bilan uchrashdim, u meni yollashga harakat qildi...” ­ “Kechirasiz, tushunmadim”, - dedi ancha sovuqqonlik bilan Manerba janoblari. ­ “¨llashga urindi”, - dedim, sal shashtimdan tusha boshlab men. ­ “Xo’sh”, - dedi, tushunmagandek janobi Manerba. ­ “Josuslikka olishga harakat qildi. Men bunday bo’lishini bilganimda, umuman hech kimga murojaat qilmas edim. Men yozuvchi sifatida murojaat qilsam, bular esa...” - “To’xtang, - dedi, janob Malerba, - men unga sim qoqay-chi, balki tushunmovchilik bo’lib o’tgandir...”
Manerba janoblaridan keyin uyga yetib kelib birma-bir Elenga, Jan-P’erga, T’eriga ja’miki do’sti-birodarim bo’lsa bariga sim qoqib, bugun meni yollashmoqchi bo’lganlarini oshkor qildim. Rosa telefonda o’tiribman o’sha kuni, chunki kechqurun Manerba janoblari sim qoqib: “Kuni bo’yi siz bilan ulanmoqchi bo’ldim, nuqul band ko’rsataverdi, - deb qoldi. ­ Marsak janoblari bilan gaplashdim, u banihoyat havfsizlik yuzasidan sizni tekshirib boqibdi-da, hoynahoy o’zingiz O’zbekiston josusi emasligingizni-da...”
Ana o’shandan keyin go’yoki bir kunda hal bo’luvchi ishlarim - janob Marsak aytmish “stade de la regularisation - rasmiylashtirish jarayoniga cho’mdi-yu, oqibatda esa men bemalol Frantsiyada qolaverdim. Hozir bu ishlarni eslab, o’zimcha g’ururlanib ham qo’yaman, men ham birovga kerak bo’lib, meni ham umrimda josuslikka yollashmoqchi bo’lishgan-da!

To’rt-besh tanga topish haqida gapirdim. ¨llansam millioner bo’larmidim. Keyin esa O’zbekistonga kelib: “Oltoer, qaerda ishlab yuribsiz?” - deb so’rashsa, sekingina quloqqa shivirlab: “Farangistonga josuslik qilib yuribmiz”, - desam-da, do’stlarim: “Qancha to’lashar ekan?” - deganlarida, - “Million”, - deb javob berganimda: “Og’ayni, mana o’g’ilchamiz ham (yo jiyanchamiz) katta bo’lib qoldi, frantsuzchasi binoyidek, shuni ham kiritib qo’yishshi iloji bo’masmikan, bizdanam bir kun tegib qolar...” - deyishsa-ya. O’zbekchilik-da... Qayoqda deysiz. Kunimiz o’sha to’rt-besh tanga topishga qolib ketgan ekan, shulardan so’ylay.

Kino olganimizni aytdim. Bundan boshqa ishlagan pulim - bir-ikki joyda lektsiya o’qish, Parijning turk radiosida o’zbek ashulalarini targ’ib etish, bir do’stimiz ozarbayjonlarning lazer plastinkasini chiqarayotgan ekan, aytiladigan g’azallarning matnini qog’ozga tushirish va shunga o’xshagan narsalar. Qisqasi - uch-to’rt tanga tegadigan nimaiki ish bor ekan, hazar qilmasdan ishlanaveradi. Mana rassomu haykaltarosh do’stlarimizdan biri: “¨zloqimni ta’mirlayapman, shunga yordam berib yuborasanmi, boshqalar olib ketadigan uch-to’rt tangani o’zing olib qo’ya qolarding”, - deb qoldi. Albatta-da! Umrida uy qurmagan, yo uy ta’mirini ko’rmagan o’zbek o’zbekmi?! Biz ham bolalagimizdanoq loy qorishtirganmiz, g’isht quyganmiz, enagimizni tushirtirib, paqir-paqir loyni - girdi darvishlar kabi aylantira-aylantira tashib yurganmiz...

Bordim aytgan yozloqiga. ¨zloqiyam yozloq ekan-da! Qasr! Yana deng Marsel’ Prust “Svan Tomon” degan romanini yozgan qasrga qo’shni bo’lsa bormi! Ana boshladik ishni. Avvaliga ilgarigi suvoqni qumqog’oz bilan tozalab chiqadigan bo’ldik. O’lardek qiyin ish ekan. Ohagu alebastrning changiga ko’milib ketasan, ich-ichlaringa kirib ketadi bu oq oxorlar, bu oq g’uborlar. Najosatingga qadar oqarib ketasan. Vali bo’ldim deb o’ylay boshlaysan. Uch kun qildik bu ishni. Kuni bo’yi betinim shu ishni qilamiz-da, kechqurun, cho’milib olib, Borisning xotini - Madlen tayyorlagan mo’l-mo’l ovqatlarni paqqos tushirib olib, xayolkashlikka o’tamiz. Bir she’rdan gaplashamiz, bir yahudiychilikdan, bir dunyo falsafasidan: Aflotunu Ibn-Sinolardan. Suhbatlardan bo’shab Borisni oilasi og’ushida qoldiramanu, o’zim to’rt atrof-jonibni aylanishga ketaman.
Frantsuz o’rmonlariyu, dalalari... Kenglik... Bexosdan uchrovchi tashlandiq cherkovchalaru dala xirmonlari... Bo’m-bo’sh yo’llar... Ana o’sha yerda kuching yetganicha yana o’sha­o’sha ashulani aytib qichqirib yurasan:

Ko’yida yig’lar edim men zor har bemorg’a,
Endi yig’larlar bari bemorlar men zorg’a…

Ovozing ham birgina Xudoga yetib borgandek o’z-o’zingdan zerikib ketasan, o’z-o’zingdan siqilib ketasan, yorilib ketging keladi shu dalalar, shu kenglikka tengu monand.
Keyin esa ho’l suvoqni boshlab yubordik. U bitgach esa bo’yoqlashni. Bu yog’i osonroq kechdi. ×angu-gird qolmagan, shir-shir yumalama jihozda bo’yoqni shipga surkab-surkab yuborasan, devorlarni aytmasang ham bo’ladi - bo’yoqning o’zi oqib tushaveradi. Kamroq charchab ko’proq urg’uni yana o’sha mutafakkirlikka bag’ishlaymiz. yechmagan muammomiz qolmadi o’shanda! Dunyoning birinchi she’ri deya, Boris Ezra-nabining o’z o’g’illariga aytgan so’zlarini “Injil”dan keltirsa, men teparoq kelib, “Qissasul Anbiyo”dan Odam Atoning Nosiruddin Rabg’uziy iqtiboslagan she’rini keltiraman. Dunyoning so’nggi fikri deya, Boris allaqaysi Jak Derridadan olsa, men unga javoban o’zimizning Parijda o’zimizning Hamid Ismoil kashf etgan o’zimizning faylasuf So’qrot SHarqievning “Savol xususida risola”sidan olaman.

Boris, Boris deyapman, Boris bilan tanishganimini aytib beray. Avvalroq so’ylagan edim, xalqaro Frantsuz radiosida bir og’aynim bor edi: O’zbekiston 1990 yilda birinchi bor mustaqilligini e’lon etganida mendan interv’yu olgan og’aynimchi! Ana o’sha og’aynimning bir kuni tug’ilgan kuni kirib keldi-da, tejalgan pullardan qimmatbaxo bir shisha sharobu, o’zbekchilik mayda-chuydalaridan ko’tarib bordik. Ana o’sha yerda sobiq vatanimizdan o’n-o’n besh yil avval frantsuz shoirasiga uylanib chiqib ketgan vatandoshimiz bilan tanishdik. Uning o’zi haykaltarosh bo’lib, ismi Boris ekan.
Boshqa bir kuni esa boyagi og’aynimiz bizni Borislarnikiga olib boradigan bo’ldi. “Boris, - dedi u, - bir jurnal chiqarish niyatida yuripti. Agarda qiziqroq u-bu narsangiz bo’lsa kiritaylik”. Ana shu bahonada Boris bilan uning uyida uchrashadigan bo’ldik. ¨zloq uyi ham Parijdan bir yuz ellik kilometr yerda ekan, boyagi og’aynimning moshinasida ketyapmiz, endi radio xodimi emasmi, biram mahmadona-ey, bir yuz ellik kilometrning biron bir metrida og’zini yummadi. Borislarnikiga kirib borsak esa - qarabsizki o’zining jurnalga olib kelayotgan maqolasini uyida unutib yuborgan bo’lsa bo’ladimi! Ana miq etmagan bechora xotinini “pismiq” deya so’kdi. Bechora xotini moshinaga o’tirib yana bir yuz ellik kilometr Parijga va bir yuz ellik kilometr orqaga yurishni ravo ko’rdi.
O’sha o’tirishimizda Boris bir katta kecha rejasini o’rtaga tashladi. “Rus adabiyoti kechasi!” - dedi u. Qatnashuvchilarni tanlash jarayonida ro’yxatda Borisning xotini Madlen tarjima qilgan Nobel’ mukofoti sovrindori Ivan Bunin, og’aynim Vitaliyning xotini Mari tarjima qilgan Anna Axmatova va yonimda mo’ltirab o’tirgan xotinimning eri, hecham tarjima qilinmagan kaminai faqir, faqiri xaqir - o’zim qoladigan bo’ldik. “Bular qatoriga qo’shilsam qo’shilibman-da!” - dedim o’zimcha va qaddimni rostladim.
Rus adabiyoti kechasi-yu, meni demasa - nuqul tayyorgarlikka sobiq vatandoshlarim - yahudiylar yig’ilishgan. Bular bo’lmasa bechora ruslarni biron bir kimsa eslarmidi o’zi?! Artistlarmi-ey, ochuvchi va yopuvchilar, orqada ting’ir-ting’ir qiluvchilar, chiroqchilar, yordamchilar - hech kimni unutmadi ulushlikka bag’ri keng Boris. Shampan viloyatining poytahti Reymsdan quyiroqdagi mashhur Laon shahrida o’tadigan bu kechaga katta-katta pullar tashlanadigan bo’ldi-da! SHahar tarixida birinchi bor rus adabiyotining peshvolari kechasi. Tarixiy shaxslaru - tirik yozuvchi kechasi!

Adabiyot kechasi Italiyadan qaytib, lekin hali Manerba janoblari bilan uchrashmagan paytimga belgilangan edi. O’sha kuni keliningiz ikkalamiz nimaiki poson kiyimlarimiz bor bo’lsa ustimizga kiyib olib poezdda yo’lga chiqdik. Hazilmi - rus adabiyoti klassigi sifatida ketyapmiz-da uchrashuvga. Ikki soat deganda Laonning vokzaliga ham yetib bordik. Shampan viloyatining madaniyat vaziri kutib oldi bizni va darhol: “Maktabga boramiz, u yerda o’quvchilar to’plangan, siz bilan uchrashuv o’tkazish niyatidalar”, - deb qoldi u. Yo’l-yo’lakay: “O’zingiz haqingizda ularga aytib bersangiz ham mayli-yu, lekin ular asosan rus adabiyoti haqida tinglagani yig’ilishgan”, - deb qoldi Borisning o’rtog’iyu homiysi - bu madaniyat vaziri. ­ “Qancha vaqtga mo’ljallangan bu uchrashuv?” - deb so’rasam - “Bir soat”, ­ deydi u. Obbo, Xudo urdi-ku, hecham rus adabiyoti haqida bir soatli narsa tayyorlamaganman-ku! Frantsuz tilida uyoqda tursin, qo’yib bersangiz klassik bo’lib rus tilida bir soat gapira olarmikanman?!
Moshinada ketyapmiz, aqlim moshinadek aylanib yotibdi, nima qilsam ekan? - deb. Ana maktabga ham yetib keldik. Ana endi bu kutib olishlarni ko’rsangiz, umrimda bu kabi mulozamatlarni ko’rmaganman. Klassik bo’lish yaxshi ekan-da! Gullar, o’pichlar, imzolar... Endi tolorda yig’ilgan to’rt yoshdan to ellik to’rt yoshgacha maktab ahlini aytmaysizmi - bari - ehtiromu diqqatning o’zginasi! Bir tomondan har bir qadamimni kinoga olib yotishibdi. Klassik bo’lish qiyin ekan-da! Bularning nazarida Ivan Bunin mening o’rtog’imu, Anna Axmatova - dugonam. Ana ularga berilmagan tavoze’larni menga ko’rsatib yotishibdi-da!
Mayli, ehtiroslarda ham o’n minutcha vaqt o’tdi. Lekin o’ninchi daqiqaning so’ngida ismimni tantanavor aytishdi-yu, gulduros olqishlardan keyin suv quygandek jimjitlik oraga tushdi. Ana endi boshlashim kerak o’z nutqimni. Yana bir bor takror etaman, klassik bo’lish qiyin ekan! Ayniqsa uchta klassikning o’rnini bir o’zingiz bosgan paytingiz. Keliningiz ham yonimda pamildoridek qizarib o’tiribdi.
“Aziz birodarlar, - dedim men, - rus adabiyoti muxlislari, bu hurmatu ehtiromingizga erishganlar ham bor, erishmaganlar ham bor (“bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”ning bir soyasi-da!). Ana o’sha erishmagan ustozlarim Ivan Bunin va Anna Axmatovalar nomidan sizlarga o’z minnatdorchiligimni bildirsam-da, sizlarning olqishlaringizni ularga bag’ishlasam!” - Ana bo’ldi qarsakbozlik, ana bo’ldi olqishlar - ayni shu yerda esimni yig’ib olishga ham ulgurdim-da! ­ “Rus adabiyoti buyuk bir ummon, lekin men uzoq bir qirg’oqdan - o’zbek adabiyotidan boshlasam... (qo’ynimda bir yor, ko’nglimda bir yor...)” Bu yog’i esa ravon yo’l. Bu yog’ini g’ildiraklari g’ichirlamagan arava kabi olib ketdim. Hazrat Navoiydan oldim - o’shanda Hamid Ismoilning Parijda chiqargan kitobi qo’limda, har fikrimga bir dalil sifatida bir “Qaro ko’zim”din olaman, bir “Hammomdan nopok chiqmak”dan. Yaxshiyamki dunyoda o’zbek adabiyoti bor ekan, yaxshiyamki uning Hamid Ismoildek frantsuz tilida targ’ibotchilari bor ekan, o’sha yerda ham Buninu Axmatova emas, lekin Navoiyu Mashrab bilan Hamid Ismoillar qutqarishdi meni.
Qarasam bir soatcha gapirib qo’yibman. Lekin hamma mahliyo. “Yana maqsudimizga qaytsak, - dedim ularga. ­ Rus adabiyoti buyuk bir ummon. Lekin ummon ham qirg’oqlar ila o’lchanadi, qirg’oqlardan ko’riladi. Sohillar yo’q ekan, ummonning o’zi ham yo’q. Ummonga shakl beruvchi narsa ham sohildir, - dedim. ­ Mana “Hamsa” haqida gapirgan edim. Lekin qarangki, rus adabiyotida ham ayni shu narsa eng buyuk cho’qqilarida o’zbek adabiyotidan to’rt asr so’ngroq qaytarilgan. Pushkinni oling, Dostoevskiyning beshta ro’monini... Bular esa alohida mavzu”, - deya sekin xotimaga yo’l ochdim.
Xullasi, gapimni tugatganimda Bunin bilan Axmatovaning shogirdi men emas, tarixiy boqimda ular adabiyotimning shogirdlari bo’lib chiqdi. Shundanmi, so’zim tugashi bilan, olqishlaru sanolar bo’ldi-da, maktabning faxriy domlaliga qabul qilindim. Lekin bu ham beoqibat emas ekan-da, maktab qonunlari bo’yicha faxriy domla etib saylangan odam maktabning eng iste’dodli o’quvchilariga bitta dars berib ketishi kerak ekan. Bu ikki yuz yillik qoidaga viloyat madaniyat vaziri ham ep kela bilmadi. Qoldik darsga. Lekin ilhom degan narsa bor emasmi, keldimi - ko’zingni chirt yumib uxlab olmaguningcha qutula olmaysan, quvlay olmaysan! Jilovini qo’yib yubordim ilhomning.
“Bolalarim, - dedim, - ukalarim, iqtidorli odam uvaysiy bo’ladi, unga ko’pincha ustozning ham keragi yo’q, qani, sinab boqaylik-chi, men sizlarga ikki-ikki satr she’rlardan berib turaman, sizlar bu she’rlarga nazira yozasizlar, she’rdagi fikrni kengaytirasizlar, biringiz qadimiy uslubda, trubadurlar uslubida yozsangiz, boshqangiz - mana bu qator, zamonaviy sochma-sochar, saj’ yo’lida bitasizlar. Qani, bo’lmasa, boshladik ko’rikni!” Biriga: “O’tdim mano”ni berdim, ikkinchisiga: “Qon yutub yor istadim”ni, uchinchisiga: “Omilar isyonga g’arqu”, to’rtinchisiga: “Ko’rdim ajabo ul dilbari mahliqoni”...
Qisqasi, faxriy klassik bo’lish qanchalik qiyin bo’lsa-da, evini keltirdik... Endi madaniyat vazirining bizga hurmat-e’tibori oshib ketganini ko’rmaysizmi, ziyoda bo’lib ketdi, ziyoda!
Ancha charchagan ekanmiz, vazir ham sezdi chamasi, va yo viloyat oldidagi faxriyligimizni yanada pastga tushirishni xush ko’rmadimi, to’g’ri bir restoranga olib ketdiki, bu restoranning ta’rifi alohida. Restoranlar odatda taomlarning turliligi bilan mashhur, bunisi esa SHampan sharoblari yig’indisi uchun qurilgan ekan. Endi, deng, qo’limizga taomnomani topshirishdi, taomnoma ham taomnoma emas - naqd shampannoma ekan! Ishonasizmi, 354 turdagi shampan sharobi bor bo’lsa-ya! Biri 1864 yilda shishalarga quyilgani ekan, har bir finjoni besh ming frank! Deyarli bir kino uchun olgan pulim-a!
Yo’q, hurmatimizni pastga urmadi vazir, finjoni uchun to’rt yuz frankli shampandan buyurdi. Aytib qo’yay, ikki finjon shampanimizning o’zi - bu yerda ikki-kun sarson-sargardon bo’lib yurganimning to’lovidan ortib ketdi-ya! “Yaxshisi qurig’idan berib qo’ya qoling”, - devoray debman boyagi shampan sarxushligidan! Unday deymanu, shampanmisan shampan ekan-da, nafas olgandek yengil ichiladi, a’zoi-badaningiz ich-ichidan harirga o’ralgandek bo’ladi: alohida yuragingiz, alohida jigaringiz, alohida oshqozoningiz... Miya esa bularning mayinligidan - tepada turib olib - sarxush...

Kechasi vazir xosligimizni bildirib: “Mehmonxona ajratganmiz, lekin sizlar uyimizga borib turasizlar, shaxsiy mehmonimiz bo’lasizlar”, - deya o’z uyiga olib ketdi. Bunaqa uyni ham ko’rmagan ekanmiz. Ko’rinishidan ko’p qavatli qing’ir-qiyshiq, qalashgan-ayqashgan bino. Lekin liftga kirib bordigu, liftning o’zida bularning uyiga ko’tarildik. Ana keyin eshik ochadigan kalit bilan bu ochilmas sim-sim liftni ochdi vazir va biz to’rtinchimi-beshinchi qavatdagi xonadonga kirib bordik. Endi hovlilarini aytmaysizmi - naqd hovli: gullaru daraxtlar o’sib yotibdi, maysalar nish urgan, favvoralar osmonga niqtalgan...
Xonalar soni sanoqsiz. Biri bizga ajratildi - Martinning butun bir uyidek! Qiziq-da, to’rt tomonda bironta qo’shni yo’q - to’rt atrof  - osmon... yerdagi daraxtlarning uchi esa zo’r berib bu jannatmakondan jichcha bo’lsa-da bahra olib qolishga intilishgandek pastdan cho’zilishadi...
Vazirning xotini - vazira, bolalarini bizga qoldirib, o’zlari o’zlarini oshxonaga urdilar, bir soat deganda anvoi taomlar hozir bo’lib yana ziyofat boshlanib ketdi, yarim tungacha boyagi jannatda yalang’och yulduzlar ostida adabiyot haqida tinmas suhbatlar, she’rlar, hikoyalar...

Ertasiga esa boyagi uzoqdan beri kutilgan kechaning kuni keldi. Bu kun bilan birga Parijdan artistlaru tarjimonlar, chiroqchilaru haybarakachilar kelisha boshlashdi. Bizning yolg’izligimiz, tanhoyu-yagonaligimiz biroz so’na boshladi. Kunning yarmiga hammamizga mehmonxonadan joylar ajratildi, mehmonxona ham - gap yo’q, besh-olti yulduzlilaridan ekan, kunning so’nishiga esa Parijdan Vishiga boraverib g’ildiraklari kal bo’lib ketgan moshinasida Martin ham kirib keldi. U bo’ldi, bu bo’ldi, axir kecha ham kirib keldi. Endi odamlarning yog’ilganini aytmaysizmi: hali kirib kelishyapti, hali kirishyapti, hech keti yo’q. Oyda-yilda bir bo’ladigan narsa ekanmi, yo tersiga - hamishaligidan uquv hosil bo’lganmi, qanday bo’lmasin rus adabiyotiga bunchalik qiziqish bor deb hecham o’ylamaganman-de! Unday desam, Mandelshtamning: “Bir ko’l ko’rdim, sohillari chalqancha...” - degan ajib bir she’ri bor. O’sha kuni bilsam uni ayni shu Laonda - Laon ehromining derazalarini ko’rib aytgan ekan.
Mayli-da, kecha ham boshlanib ketdi. Boya aytmagan edimmi, kechada barimizning chiqishimiz ko’zda tutilgan edi, Bunindan boshlaganimiz tufayli - o’zlari olamdan o’tgan emaslarmi, o’rinlariga Vitaliy chiqib keldi. Yana boya aytmagan edimmi, Vitaliyning bir kasalligi bor, u ham bo’lsa - jag’i qarimaydi. Ana boshladilar Bunin bo’yicha saboqlarini. Rosa tergan ekan entsiklopediyama-entsiklopediya: qaysi oilada qaysi meva pishig’ida tug’ilganiyu, qaysi maktabda qaysi kambag’al qizining qaysi sochini tortganligi. Xullasi yarim soatcha vaqtda roppa-rosa buyuk Ivan hayotining qoq yarmiga keldi-da. Zolda biroz sabrsizlik alomatlari paydo bo’la boshladi: qarasak, Boris umuman vishshillay boshladi. Sabrsizlikni sezdimi-yo’qmi, bilmaymanu, Madlen oldini olishga ulgurgan vishshillash quyuldi qulog’iga chamasi - qolgan uch minutda bechora Buninni butun “ejodiy hayoti” ila eson-omon o’lim to’shagiga yotqizishgayu, rihlat darvozasini ochib berishga ulgurdi Vitaliy. “Y-e, otangga balli, qilsa bo’lar ekan-ku!” - deb yubordi qarsakni birinchi chalib yuborgan Boris.
Buninning she’rlari yangradi, frantsuz artisti ularni frantsuzchada - qiyomiga keltirib o’qib berdi: “Kel, itim, silay seni”, - degan so’zlarni biram o’xshatdi-ki, banihoyat har bir tinglovchi kamida o’zini it deb tuydiyu, artistning uzatilgan qo’llari tomon bir intiqdi.
Navbat Anna Axmatovaga keldi. Zavolli Ivan Buninning umri Borisning vishshillashi oqibatida chalakam-chatti qolib ketganini tuygan Axmatova tarjimoni bu bechoraga umuman umr ham bergani yo’q, quruq she’rlari haqida bir juft og’iz urib qo’ya qoldi. Yana she’rlar yangradi. Yana rok-ansambl qatnashchisi bo’lgan Borisning boyagi frantsuz o’rtog’i nihoyatda berilib tarjimalarni o’qidi, yana u shu qadar siymoga kirib ketdiki - erkakmi u - ayolmi yo - betayin bo’lib qoldi!
Ana keyin navbat bizga tegdi. Bu yog’ini aytmay qo’ya qolay. Tirik bo’lish baharhol tuzuk ekan-da! Yana boyagilarga tegishli shon-sharafu olqishlarni biz teradigan bo’ldik. Hattoki boyagi roker do’stimiz ham kechadan keyingi ziyofatda: “Birodar, rostini aytsam, sening matnlaring menga ko’proq yoqdi, har holda muzey emas, hayot-da!” - degan narsani aytdi.
Ziyofat haqida gapirib qoldim. Bizning bechora Martin ham shuhratimizning bir uchida ilib-isinib, to’g’ri kelganga: “Bular mening uyimda qo’noq bo’lib turishibdi”, - deb o’zini tanishtirib chiqdi. Vazir ham bundan boxabar bo’lgach, tabiiyki, Martin ham ziyofatga taklif etildi. Yo’q, bu degani, biz erib ketib, uni unutib yuborar edik degan narsa emas, albatta! Qanday bo’lmasin - haybarakachilarga qadar barcha ishtirokchilar bir taraf - ya’ni vazorat tomonidan xarajatlari ko’tariladigan taraf bo’lishdi, suhbatimizni olmoqchi bo’lgan havaskorlaru muxlislar - bular qatori Martin ham - ikkinchi taraf bo’lishdi.
Ziyofatda bulardan har biri o’zi uchun to’laydigan bo’ldi, shuning uchun Martin tejamkorlik bilan o’ziga bir burda nonu, bir likob kus-kus buyuradigan bo’ldi. Bizlarga esa xil-xil hil-hil ovqatlar kela boshladi. Afsuski, Martin bilan uzoq-uzoq o’tirishib qolgan ekanmiz, ulashib turish imkoni ham bo’lmadi. Uzoq-uzoqdan lablarini yalab-yalab qo’yganini ko’rib yuraklarimiz achishib o’tirdi.
Lekin iloj qancha!
 O’lganning ustiga tepgan deb, Martin bir pakanaga yuzma-yuz o’tirib qolsa bo’ladimi. Pakana ham umrida duppa-durust ayol bilan hamsuhbat bo’lishga birinchi bor erishgan shekilli, frantsuzligini unutib, o’zbekona maqtanib ketdi: “Bilasanmi, men bu yerda kimman?! Mana shu ovqatlarning xarajatini ko’taradigan xuddi o’zim bo’laman-da, men, men... vazoratning moliya ishlari bo’yicha mutassadisiman!” Martin asta-asta qiziqa boshladi. Bechora ayol u-bu tarjimasini bularga sotish niyatini ham berkitmadi. Elas-elas eshitib turdim, bu pakana tushmagur allaqanday shilqim shartlarni ham o’rtaga tashlagandek bo’ldi. Qip-qizil o’zbeg-a, bu kalta frantsuz!
Vaq-vaqlar bilan yarim kechada to’kin-sochin ziyofat ham tugadi. Vazir pakanani oldiga chaqirdi-da, moliyaviy tomonini hal etishni so’radi. Pakana ham bir zumga g’oyib bo’ldi-da, kela solib butun elga: “Restoran ma’muriyati bilan kelishdik, umumiy xarajatlarni har bir kishi boshiga teng ravishda bo’ladigan bo’ldik, mehmonlarimiz istisno”, - deb qolsa bo’ladimi. Hah, bechora Martin, tejab-tejab yegan Martin, muzqaymoq kelganda: “Yo’q, tishim og’riyapti”, - deya to’rt-besh tangasini saqlamoqchi bo’lgan Martin, yemagan somsasiga bir oylik maoshini to’lashga mahkum Martin!
Ko’rsangiz edi uni shu on! Buninu Axmatovaning qo’shaloq qalamlari ojiz edi bu adolatsizlikni ifoda etishga. Mana shu g’arib bir ohangda nuqta qo’yildi bizning millionerlik hayotimizga. Katta va o’timsiz bir nuqta.

* *

*

  “URush ko’Rmagan o’lim tanimas”. Bu maqol kitoblaRda yo’q. Bu maqol aRilaRning naqli va faqat ulaRning takyalaRida ma’lum. O’z xotiRotlaRi kuchi bilan ahvol nochoRligini yengib yotgan Sin o’sha kechaning sahaRi xushga qaytsa, o’Rgimchak allaqachon uning atRofida o’z to’Rini to’qib bo’libdi. ¨mondan qutulib badtaRiga tutilgan Sin talpinibdi, uRinibdi, lekin magas to’Ri mustahkam, o’zi ham biR buRchagida pisib, aRining madoRsizlanishini va so’ng unga yem bo’lishini poylab o’tiRgan ımish. To’Rga tushish holini faqat muRda bilsa keRak, chunki to’Rdan tiRik qaytganning o’zi yo’q, ammo Sin buni ham so’zlab beRishi mumkin. Negami?
 SHuning uchunki, o’shal on biR sabo yelibdiki, magasu uning to’Ri, to’Riyu uning ichidagi aRini osmonga ko’taRibdi va biR onda o’Rmon chetidagi biR daRaxtga uRibdiki ­ tumonot habash aRi biR zumda sapchib, shamoldan ola bilmagan alamini bechoRa o’Rgimchakdan olibdi. TiRik joyi qolmabdi bu jonivoRning ­ unga sanchilgan yuzlab nashtaRlaRdan mitti tipRatikonmi, yo jajji jayRaga aylanibdi bu jasad, ajabki biR o’limdan kechib boshqasidan qo’Rqmagan Singa biRontasi tegmabdi. ARi aRiga do’stu­biRodaRligidan ımas albatta. Boyagi maqtuldan yuqqan shiRaning kasofatimi, kaRomatimi bois, ishonqiRamasa­da, o’ziniki bilishibdi uni habashlaR. Jilla quRsa ota taRafdan qaRindoshga yo’yishibdi.
G’uRbatdagi hayot quRsin ­ yot bo’lib yolchimaysan, do’st bo’lib tinchimaysan, tuRgan­bitgani aRosat. Aqlingni xushyoRlikka qayRaysan, ziyRaklikka chaRhlaysan, boshqalaR yashagan yeRda sen istiqomat qilasan, baRi ­ omonat, baRi ­ g’animat. Hayot mag’ziga yaqinRoqdeksan bunda. KimdiR boyagi shiRa kayfidan seni oddiy jism ımas, ıR bilib, qiRol bo’lmasa­da, vaziR qilib ko’taRishga tayyoR bo’ladi. Lekin ıRon bo’lish ham haR kimga nasib ımas, bunisini ham o’z g’aRazu qizg’onchlaRidan bilganlaR ko’p. ARilaR oRasida qonun shuki ­ baRcha uRg’ochi qiRolicha bo’lish ıhtimoli ila tug’iladiyu, o’n mingtasidan atigi biRgina donasi poshsho ıtib paRvaRish ıtiladi. Ana ındi o’n mingta aRi ımas, aRmon oRasida hasadgo’ylaRi uchRasa ajabmi? HabashlaRning shundaylaRi Sinni ıRon vaziR tugul, oddiy hamtovoqqa chiqaRishga ham oR qilishdi ­ jahongashta nomlab, sazoyi ıtmoqchi bo’lishdi, ammo kimdiR Rahmdil uni o’z hujRasida alaRdin saqlab, kechasi qoRovullaRni shamg’alat ıtib, habash libosida ozodlikka kuzatdi…
Va ana o’shanda uchdi Sin qanoti boRicha! SHavqu­zavq ila tavakkaliga uchdi. Guldan shiRa ımas, fikRlaRdan o’ynoqi bol teRgandek bo’ldi o’sha paRvozda…

“¨, haqiqat qaRdoshlaRi, biR­biRingizdin seskaning, Rozi dilingiz hijobin yoRib, biR­biRingizdin kamolot izlang!
¨, haqiqat qaRdoshlaRi, ilon kibi po’stingizni tashlang, quRtdek yeR qazing, neshingizni chayon yang’lig’ shaylang ­ shayton vasvasasi oRqavaRotdan. ZahaR yiqqan yashaydi, o’lim suygan qalqadi!
In quRmang ­ in bu qushning domi. Qanot yo’q ıRsa o’g’Rincha qalqing, ilg’oRlaRning saRasi qalqqan!
Qizg’in tosh yutg’uchi tuyaqush bo’ling, suyak xazm ıtg’uchi ilon va yo o’tga beziyon cho’mgan samandaR. Quyosh nuRidan qochg’uchi ko’Rshapalak bo’ling, chunonchi qushlaR saRasi ­ ko’RshapalakduR!
¨, haqiqat qaRdoshlaRi, boylaRning boyi ­ ıRtani ko’Ra bilg’on, faqiRlaRning nochoRi ­ qismatig’a noloyiq!
¨, haqiqat qaRdoshlaRi, netongkim faRishta yovuzlikdin toysa, bahoyim ma’siyatga botsa, va ammo ajabki, inson o’z hiRsi domida insonliqdin ajRalg’ay! Ajabki, dili faRaxsh inson hiRs domig’a tushg’ay!
Valloh, odam malak yang’lig’duR, toki nafsi ammoRa giRdobidin qutulg’ay va ammo anga g’aRq bo’lg’uchi ­ bahoyim ismidin­da tuban!”

Guldan gulga qo’naR ıkan, u boshi bilan gul g’uboRiga sho’ng’iR, chukkillagan nafsini ımas, o’zining takya oldidagi buRchini qoniqtiRib, yana paRvozini davom ıttiRaR ıdi. Bo’g’zi, qo’yni, qo’l­oyoqlaRi gul g’uboRiyu gul shiRasiga to’lganida, yengil qanot badandagi vazndan ıgila boshlaganida, u mana shu chamanni yuRagiga tugib o’z takyasiga yo’l oldi. ARi paRvozi ayRicha biR naRsa. Gul hididan saRxush bo’lib, bu saRmastlikka ich­ichingdan to’yib yana o’z makoningga qaytaR ıkansan, yo’ldagi baRcha maqomlaRni ıslab boRasan, toki bulaR yana biR solik uchun yo’Riq bo’lsin. yetti qat osmonniyu, mulku malakut dunyosini, undagi yigiRma sakkiz vujud maqomini kechdi o’z yo’lida Sin va nihoyat o’z takyasining ıshigiga yetdi. Takya ıshigi atRofida yangi daRvozabonlaRu, yangi qo’RiqchilaR g’uvillaR, kechagi hodisami bunga bois ­ ulaRning soni ming, vajohati ısa tajovuzkoR ıdi. BulaRdan ikkisi Sinni qaRshilab, xujjat so’Ragandek, ashaddan hidlab boqdi. BiR naRsa ulaRga yoqmadi chamasi, ikkisi­da o’dag’aylab ketishdi: “Sen kimsan o’zi? Bu yeRda senga nima boR? SHahaR senga bedaRvozami?” ­ deya. Boyagi shavqu­zavqdan so’ng mana shunday mayda­chuyda ikiR­chikiR ayniqsa alam qilaR ıkan.

… Mening biR Rus og’aynim boR. Antiqa biR Rassom. Hamisha biR naRsalaRni o’zicha kashf ıtib yuRadi. Yaqinda u ­ aRchalaRning Yangi Yildan keyingi hayoti degan fil’m olmoqchi bo’libdi. Qiziq­da ­ Yangi Yil aRafasida uR­yiqit bilan qo’lga kiRitilgan, yasangan­tusangan xonalaRda zebu­ziynat bilan bezatilgan aRcha Yangi Yil bayRami o’tishi bilan axlatxonaga uloqtiRiladiyu, tamom­vassalom, u bilan hech kimning ishi yo’q. Lekin u ham tiRik jon­ku, u ham jonzot. Ana shulaRni o’ylab, axlatxonalaRning biRida shumshayib yotgan aRchaning Rasmini olayotgan ıkan o’Rtog’im. Shu payt ulkan yuk mashinasi kelibdiyu, ichidan ko’cha faRRoshlaRining boshlig’i chiqibdi­da: “Ha, nima qilyapsan, bachchag’aR?!” ­ deb o’shqiRibdi. “ARchalaRni Rasmga tushiRyapman”, ­ deb salimgina javob beRibdi jo’Ram. “Juhud bo’lsang keRago’v!” ­ deRmish boyagi galvaRs va buRalab so’kishga tushaRmish. “Yo’qotib qo’ydim o’zimni, nima deyishimni bilmay qoldim”, ­ deydi do’stim. KimdiR unga: “O’zing juhudsan, nomaRd!” ­ demabsan­da!” ­ deb aql o’Rgatgandek bo’ldi o’shanda…

AllaqaeRda qulog’iga chalingan bu mitti hodisa kechdi o’sha chog’ Sin xayolidan. “Bilasanmi men qaeRdan kelyapman o’zi?! Bilasanmi, men kimman o’zi?” ­ deya talashgisi keldi Sinning, biRoq bu laychalaRga bas kelib bo’ladimi o’zi? Oshufta, abgoR holatda qo’llaRini ko’ziga ishqab tuRgan ıdi Sin, oRtidan ­ adashtiRib bo’lmas biR hid ufuRdiyu, ne ko’z bilan ko’Rsinki, inqillab­sinqillab qaRib to’kilganu, ammo ishdan tinmagan ınagasi chiqib keldi uyadan. Boyagi miRshablaRning: “Yo’l to’smasdan chekaga o’t!” ­ deya o’shqiRsa­da, bulaRni tinch qo’yganiyu, boshqalaRni tekshiRish bilan ovoRa bo’lgani bulaRga qo’l keldi­da, ınaga ikki og’iz gap ila takyada bo’layotgan hodisalaR haqida so’zlab beRdi Singa.
Isyon ko’taRilgan ıkan PiRga qaRshi. Odam ta’mini totmagan boyagindek beadab yalanglaR toifasi taRqalibdiyu, fitna­fasod tomiR ota boshlabdi uyada. “PiRning kuchi qolmadi, kaRomat degan naRsaning asaRi ham yo’q, qaRib­chuRib bitdi, o’zimizdan yangi Poshsho ko’taRmasak bo’lmaydi!” ­ deya g’imiR­g’imiR g’alayonga payRaha qalay boshlashibdi bulaR. Shunda PiR yaqinlaRini atRofiga yig’ibdi­da, biR gap aytibdi:

“Roviy aytibtuRkim: “Maslahatim ıRsa ­ pashshayu chibin chaqqan tulki kabi o’lung”. Andin so’RmishlaR: “Ul Ro’boh ne qilibtuR?” AytibduR: “Vaqtike ul tulkini sayyodlaR o’z domig’a tutay debtuR, tulki o’zin nahRg’a tashlabtuR, toki biR sohildin ikkinchisig’a yetibtuR. Qovg’uchiyu tozlaR aning ketidin tashlanibtuRlaR, tulkig’a boshqa iloj qolmabtuRkim, andagi qiRg’oqda biR chohqa tushsa bo’lg’ay. Andin tulki ko’p lat yebtuR ham timdalanibtuR. Tulki o’Radin chiqmak kushoyish qilibtuR, ıblamabtuR va taslim bo’lmakni ixtiyoR ıtibtuR. O’shal fuRsat anga pashshayu chibin yopishibtuR, ani chaqibtuR. Ul chohda jayRa boR ıRkon, tulki ovchidin qochub pashshag’a tutulg’onin ko’RubtuR va so’RabtuR: “Ayo, Ro’boh, pashshangni quvay, seni o’Radin qutqaRaymu?!”
Tulki aytibtuR: “ZinhoR bazinhoR! Saning Rahming manga ziyon, muRuvvating yona behuda!” JayRa so’RabtuR: “Nechun bo’yla?” DebtuR: “Bilki, pashshayu chibin manga yopishibtuR, o’zgaga o’Rin beRmas. AlaR onqadR qonn ichibtuRkim, bu dam sokinduR. AlaRni quvsang ıvazig’a toz itdek ochlaRi yopishaR va qolg’on qonim sim­sim simiRuRlaR!”…

Buni tinglagan aRilaR yig’lashibdi, o’zlaRidan utanishibdi, PiR ısa xulosa qilibdikim: “HijRat dami yetibduR!”

ARilaRning hijRati nechog’ kechishini bilaRsiz. QaRoR bo’ldimi, chopaRlaR haR tomonga uchib, yangi oshyon izlashadi. TopganlaR qaytib, takyada o’z inkishoflaRini maqtashga kiRishadi. BiRi: “Mening ko’Rganim ımon daRaxtining kavagi. AtRof quRuq, chumoli­qumuRsqa yo’q!” ­ desa, ikkinchisi: “Menikisi ısa shundog’ bog’ yoqasida ıkan. ShiRa teRgani uzoqqa uchishning ham hojati yo’q”, ­ deb, haR kimi quRultoy aRo o’z bozoRini qiladi. Bu ılchilaR atRofida guRuhlaR paydo bo’la boshlaydi. BulaR boshqalaRning gapini tekshiRish uchun RaqiblaR maqtagan oshyonlaRga ham boRib kelishdan toymaydi. Gap Ro’yi­Rost chiqsa ­ Raqibga ham qo’shilib ketaveRadi.
AxiR ikki so’nggi manzil saylovda qolganida Poshshoning o’zi a’yonlaRidan biRontasini ana o’sha ikki so’nggi saRa manzilga ikki guRuh vakillaR ila yuboRadiyu, ulaR qaytib kelgach quRultoyga so’nggi hisobotiniyu, tavsiyalaRini yetkazishadi. Ana o’shanda ıski Poshsho boshliq hijRatni kasb ıtgan bu aRilaR to’dasi biR yoqadan bosh chiqaRib biR vaRakayiga yangidan tanlangan yagona oshyon saRi qo’zg’aladi.

SHunaqa damni ko’Rdi o’shanda Sin. Olomon muhojiRlaR yopiRilib chiqa boshladi uyadan. Qiyomat ko’taRildi uya o’ngida. KimdiR kimni bosgan, boshqasi bolasini yo’qotib chinqiRgan, yo’l ochaRlaR qamchilab PiRga yo’l ochgan, PiR ham uyadan chiqdiyu, uzoqdagi Sin bilan ko’z to’qnashtiRdi­da, shu zahoti oRaga yuz qatoR qoRovulu yasovul tuRdi, lekin mayin tabassumdek ısinti Sinning qanotlaRini ko’taRdi, u ham bu olomonning, bu to’daning, bu galaning biR zaRRasiga aylandi va bu ulkan, zuvvillovchi, g’uvvillovchi tiRik biR mavjudot qoRa bulutsimon ­ osmonga ko’taRildi…
UmRida sezmagan ıdi bunday shavqu­zavqni Sin. ¨lg’iz paRvozlaRning ham gashti bu umumiy paRvozning zaif ko’lankasidek ko’Rindi uning ısiga. Oqim tomchisidek faRaxbaxsh tuyg’u yo’q ıkan dunyoda. QaeRga oqyapsan o’zi, nima kutyapti seni oldinda, ketingda nelaRni qoldiRding ­ baRi befaRq, baRi ­ tavakkul, umumiy paRvozning o’zigina hisob…
Faqat sevgida shunday zavq bo’lsa keRak. Lekin sevgi ham oniy, foniy paRvoz ımasmi?



Vaqoei sanai als arba’ mia salas ashr

 Istambulga kelgan birinchi kunini eslaydi u. Uskudor yo’lidan inib tushgan arava, bexosdan adirlar ustida yoyilgan tumanmi, bulutu, birdaniga butun dunyoni qoplagan qor. Allanechuk vahima, vahima. Go’yoki, mana yetding deganigda ­ Allohning rizoligini so’ramagan kishidek, bir zumda entikkanlaringdan bebahra qolgudek. Pastda dengiz ham qop­qora xavotirdek o’zinimi, yuragingnimi mijig’laydi…
Sohilga qadalgan sollar ham sirpanib ­ ikki ofatdan bir yo’la qutilmoqchi bo’lgandek, suv bilan osmon orasida g’ichirlaydi ­ “bismillo” deya, biriga chiqib borar ekansan, oyoqlaring Sirot ko’prigi uza toygandek, har bir yog’ochdan sirpanib, orada tushalgan ho’kiz terisi ustidagi suvu qor aralash bo’tqada shilpillaydi. G’ayriddin yunon solchisi ham o’z kitoblaridagi Xorun misol ­ bularni ko’lkalar dunyosiga eltmoqchidek xomush.
Dengizni, bu mudhish bo’g’ozni uning eslagisi yo’q. Jahannam bundan marhamatliroq bo’lsa teyish. Xo’bki, ro’paradagi Qabatosh sohili shamol uloqtirib tashlagan pardasimon qor ketidan ko’rinib qolar, lekin yaqinlashar edimi yo yiroqlashar ­ buni ham yagona Xudoning o’zi bilar edi…

Bundan uch­to’rt soat so’ngra Galatasaroy do’ngligiyu, uning rang­rang hunarmandlariga to’la tor ko’chalarida yana bir bor dengiz limani tomon sirpanib­sirpanib tushib borar ekan, u yana bir bor boyagi kabi jahannamga bardosh bera olmasligini bilar edi. Lekin iloj qancha… Boz ustiga osmonning o’laksaroq badanida birdaniga ochilib ketgan kun botish yarasiyu, so’nggi og’riq shu’lalarda Istambulning butun shukuhiyu hashamati lov etib namoyon bo’lsa!
 U hayratda narigi sohilga boqar, ulkan jome’laru sarvqad minoralar dunyoni bosgan oppoq qor tagida qorayib, so’ppayib turar, adirlarga, tepalikka qarab o’ralashib, chirmashib chiqib ketayotgan bu shahar esa har vahmu, har qutqudan ham lazzatliroq ko’rinar edi shu onda.
Yo’q, Liman oson kechildi. U Eminonu rastalariga kirib borganida shomga azon aytilar, savdogaru xaridorlarga qo’shilib ikki qadamdagi bir jome’ga shoshildi u. Onado’lida ko’rmagan masjidlarning bir turini ko’rdi bu yerda. Ehromsimon edi bular. Bamisoli Rumo ehromlarini jome’larga aylantirishda keyinchalik qurilgan masjidlarning andozasi endi tamomila o’zgargandek edi.
U bozor aylandi. Allanechuk qardoshlikka qorishgan farqni sezdi u hamono. Marg’inonu Isfaxon bozorlaridek edi bu bozoru, bu savdogarlar, biroq ajibu­g’arib o’zgalik bor edi bunda. Musulmonona liboslarda tenglashgan qiyofalarda ham emas, lekin allanechuk chaqqonlikda, yengillikda, hafiflikda. Rastalaru timlarning so’ngi ko’rinmas edi. Qor hali ham yog’ib yotgan bo’lsa­da, bu tumonot odamning vajhida yerga tushmas, papoqlaru burkalarda, qabolaru sallalarda erib bitardi. Aylanib­aylanib u Boyozid jome’siyu, undan pastga qarab saroy tomon yura boshladi.
SHaharga qorong’u tushgan esa­da, do’konlar hanuz yopilmas, ularda sham’chiroq yoqqan baqqolu bazzozlar, bakovulu oshpazlar so’nggi mijoz ilinjida baqirib­chaqirib ko’cha­ko’yni ichkariga taklif etishar edi…

SHahar moychiroqlari hali yoqilmagan ­ rasmmi bu yo to’satdan yopirilib tushgan qorning asoratimi ­ bilib bo’lmas, shuning uchun ham yo’l boshlagan tomonga ketaverdi u. Ko’ngilga allaqanday so’nggi nuqtaga taqalmas beqaror g’ulg’ula tushgan ­ yo’l avvalroq tamom bo’ladimi yo bu tashvish? ­ bu muqobala ham ko’z o’ngidagi ikki yo’l ayrisi kabi ko’ngilni ikki pora aylar edi. Ikkisidan birini tanlab u tezda qop­qorong’u maydonga chiqdi. Qor bu yobonda tomu devorlarga yo’liqmay ayniqsa shiddat bilan yog’ar, yog’ar ham so’zmi ­ og’irmi­engilmi, lekin bir vahimali ro’yo kabi bosar edi. To’siqsiz shamol ham dengizdan yuqqan telbaliklarini to’rt jonibga yoyardi. Boshdan oyoq o’ralgan yopinchig’ining bir uchi bilan bu izg’irinda o’z yuzini yopib u behosdan tosh bir devor o’ngida chiqib qoldiyu, bu devor yoqalab o’ngga yurgan edi, ichkari boshlovchi arkcha ostida to’nggan bir devonaga qoqilib: “Bu nima?” ­ deya xitob etdi. Devona o’zini tanishtira boshladimi yo tilanchiligi tiliga jon berdimi, ikki bo’g’inda: “Hoja…” va biroz turaturib yana bir narsani shivirladi…
Bu so’zdan u seskanib ketgandek bo’ldi va yo’lu sollardan qolgan so’nggi qurushini to’p bo’lib yotgan bu tundga tashlab, ichkari qadam otdi. Hovli boshlanishi bilanoq tepaga ketgan marmar zinalarga qoqildi u. Qor ostida oppoqlarcha so’ppaygan bu zinalar yog’ayotgan bayozlikdan hech farq etmas, shundan ham bo’lsa kerak, uning zina bosishi bir nav’ osmonga chiqib borishi bilan monand edi. Zinalar uzilganiniyu, qor ichida yana bir ark tagida muallaq qolganini ham u sezmay qoldi. Go’yoki osmonni yerga qadab qo’ygan qorda u arsh arkining ostida turar edi. Ark tomon tashlagan qadamlari ham qor oqimidek hafif bo’lib chiqdi. U arkka kirdi.
Qanchalik tun qorong’u bo’lmasin, yoqqan qor shu’lalarida arkdan ikki tarafga ketgan ulkan tosh devorlarga tushdi uning ko’zi. Bamisoli abadul­abad chiqib bo’lmas tosh qamoqqa kirib kelayotgandek edi u. Tuyqusdan u qaerda ekanligini angladi. O’ngiga qarab seskanib tushdi u. Qavat­qavat osmon kabi mudhish gumbazlari bir­biriga ayqashgan, va yo do’zahning ag’darilgan bo’sh dosh qozonlari turqidagi bahaybatlik uning o’ngini yerdan osmonga qadar qoplar edi. Boyagi tosh devorlar uning atrofida aylanib, bu haybatga borib taqalar ekan, to’rt tomon ham qochish uchun yopilgandek, osmon ­ tunu, yer ­ tosh bo’lib qotgan edi!
Bularning bari ajal tezligi bilan kechdi uning xotiridan. U ikki qadam bosgach, qimir etishga jur’at eta olmasdan bu takapuka xayollar oyoqlarini bolta chopgan terakdek shol etdi ­ u shu qadar kichik ­ bu gulduros haybat esa shu qadar ulkan edi­ki, xuddi uning chumolicha har bir qadamiga javoban bu dahshat, bu vahshat bir aylanib tushar, uning miqyosi esa osmonning bir uzilib yerga tushishiga tengdek edi…
Kim bilsin, chindan ham bu xayollar kechdimi uning zirrillagan vujudi bo’ylab, yo­da bu ehromning allapaytlar masihiy bo’lganligidanmi, go’yo dunyoning bor shaytonlari bir tarafu, u ­ bir taraf, va yo jo’ngina narsa ­ Olloh oldidagi qo’rqinchning ko’rinishimidi bu, bu toshlar uyumi oldida u o’z­o’zini zarra bir changchalik his etib iztirobga tushgan ekan, Olloh oldida turib berish nechog’ kechar ekan?! Bir qadam tashlash iztirobi ham shu qadar og’ir bo’larmikan ­ bamisoli o’pirilib tushadigandek bu toshlaru, osmonsifat gumbazlar, atrof esa qop­qorong’u, qor esa asabsimon.

Dunyoda yalanglikdan qo’rqar ekan odam. O’zining beishonch ichidan. Boya dengiz vahshatini yenggan ­ yog’ochlarni bir­biriga mahkam bog’lagan arqon yanglig’ allakimning ovozi chalindi uning qulog’iga. “Hay, tirik inson bormi?!” ­ deya qichqirdi u shu zahot, javobga ilinmasa­da ko’zini osmondan oyoq ostiga tashlaganicha shaxdam qadam otdi tahorat turbasi tomon. Uni ham aylanib o’tdi, ehrom qanoti ostiga ham yaqinlashib ­ osmon ko’zdan g’oyib bo’lganini bo’shashgan asablaridek yakkam­dukkam chakkaning tomishidan bildi. U endi oddiy bir dunyoda edi. Hoja Sofiyaning ulkan eshiklaridan ichkariga kirib bordi. ¨lg’iz sham’ ostida yolg’iz bir ko’lka xufton namozini o’qir edi. Unga qarab negadir xayolida allaqaerdan qalqib chiqqan misra: “Soyam sut soyasini simirmoqda” ­ uyg’ondiyu so’ndi. Xayolini jamlab u ham o’z namozini o’qib oldiyu, bu safar kirgan eshigidan emas, yon eshikdan tashqariga chiqdi. Bu tarafda u dengizdan quturayotgan shamolga tutulib, qor uni qamchilar, lekin shu qiyomat boyagi tiklik, tekligu sokinlikdan tinchrog’u tanishroq edi. Endi u zulmat aro unga buyurilgandek To’pqopi saroyining o’ngidagi xos xonadonlarining biri tomon begumon qadam tashlab borar edi.

* *

*

O’sha kuni ertalabdan Istambulga shimol shamoli ­ Qora dengizning mayinu musaffo yeli esa boshlagan, bundan to’rt iqlimli bu shahar birdaniga bahor nash’asini surayotgan edi. Devon yo’lidagi Ajam Ahmad­afandi tabib allanechuk zavqu­iftixorda mehmonni o’zining Liman tomon boqqan ayvonchasiga takliflab, nonushtani bu yerga buyurgan, biroq hanuz dengiz iqlimidan biroz junjikkan mehmon azbaroyi mezbonning ko’nglini deb ochiq havoda suvdan­da tezroq oquvchi bulutlarga boqib o’tirar edi. Peshindan avval musofir o’z mezboni bilan Saroyi Humoyunga ­ Xon hazratlarining hakimboshisi Mehmed­afandining o’ngiga buyurilgan, ittifoqo, suhbat ham bu tezoqar bulutlar kabi biror mavzuda qaror topmas, xayollar allaqayoqqa bulutsimon qochmoqda, uchmoqda edi.
Ammo biror soat o’tar­o’tmas shaffof suv oqimiga loyqa irmoq ulangani kabi, bu oqpar bulutlardan pastroqda allanechuk qora, qora desa tim qora ham emas, ana o’sha qoraning loyqasidek bir dud qo’shildi­da, Onadolu cho’llaridanmi, Marmaraning churuk damidanmi urgan yel osmonu zamini bir ondayoq qorishtirib tashladi. Suv ­ mavjlarini qay tarafga tashlashini bilmay esankirar, boyagi ravon bulutlar jonsarak holatda qora tutunda bo’g’ilar, uzoqdan esa cho’l hovuri kabi hayqiriqlar tobora yaqinlashib: “¨ng’in! ¨ng’in!” ­ deya yopirilar edi.
Nonushtani o’rtasida bo’lib, bular ko’chaga otilishdi. Osmondagi bulutlar sarosimasiyu, dengizdagi suv g’avg’osidek insonlar har tomondan jon halak chopishar, vahima go’yoki bu kuyga solgan edi bularni, “yong’in”dan boshqa hech narsani tushunib bo’lmas, kimdir Jibalini so’ylasa, boshqasi Kichikbozorni aytar, undan keyingisi esa Qantarchilarni tilga olsa, yana biri Sulaymoniya deya hayqirar, demakki olov chindan ham butun shaharni qoplagan, ana Oqsaroyu, Oltimarmardan saroy tomon qochganlar ham ziyodlashmoqda edi. Hamma negadir saroy tomon, dengiz tomon najot ilinjida yugurar, bularni na to’xtatib, na hushga qaytarib bo’lardi.

Tayinki, o’sha kuni peshin chog’ida ular saroyga borganlari yo’q: bir qo’ldan saroy taraf o’tib bo’lmas, boshqa yondan esa Ahmad­afandi tabib emasmi, ikki yo’rg’aga minib yong’in taraf choptirishdi ikkisin. Olov shamol bilan bellashgandek, g’uvvillovchi yelga yopishar, ikkisining bo’yni uzilib­uzilib, ammo qulochlarini na bunisi, na unisi qo’yib yuborar, yana o’tni yel irg’itar, o’t esa yel ketidan g’uvvillaganicha bu o’lamon talashni yangi uyu, yangi sahnga ko’chirar edi. Qiy­chuvvos, qiyomat qoyim… Imillagan ­ o’tga yem bo’lar, otda chopganlargina yeluvchi o’tu shamolning o’lat qulochidan qocha bilar, shu yo’sin Ajam Ahmad­tabibu mehmon bir qancha oilalarni o’tdan olib chiqishdi, kipriklaru­qoshlardan tortib to otlarning dumlariga qadar olov tegmagan tukam qolgani yo’q, bir shaharda chiqqan yong’in shu qadar dahshat ekan, butun dunyo yongan do’zah qanday ekan degan xayolda bular bir ­ kuyganlarga muolaja berar, bir ­ yopirilib kelayotgan olovdan, na duolaru na qarg’ishlar to’xtatmas o’tdan yana kimlarnidir aravalarga mindirib uzoqroq qochishar, ammo yong’in ham mash’um quvlamachoq o’ynagandek bularni dengiz tomon siqishtiraverar edi.
Kimdir shunda o’tga qarshi o’t yoqaylik dedi, Buni ham qilib boqishdi, ammo noshukur o’t ­ unga ko’mak berilganidek, o’z shiddatini ikki barobar orttirdi. Tun ham kelganini o’t yorug’idanmi, bu tun qorong’uligidanmi hech kim sezgani yo’q.  Uy ketidan uy, ko’cha ketidan ko’cha, kasaba ketidan kasaba yonaverdi. Faqat ertasiga olov Zayraku Otbozorga yetganida osmonu­falakni to’ldirgan qora bulutlardanmi, bu bulutlarga ko’tarilgan fig’onu­yoshlardanmi biram quyib yomg’ir yog’diki, azbaroyi Boyozidu Jarroh­Posha tepaliklaridan qora sellar keldi va o’t ham ikki suv orasida qolib, bularga bas kela olmadi, berdi qayta shaharni…

Obi inoyati ilohiy ila muntafiy bo’ldi bu yong’in. Har ofatda bir karomat deganlaridek, sel gili bilan aralash bu kullardan lolalar gurkirab unib chiqdi. Ikki yuz sakson olti anvoyi lola. Istambul vayronalarini lolalar qopladi bir hafta ichida va bir davr boshlandi shunda…
Ammo afsuski, lolalar qaro yerdan unishsa unar ekan­da, insonlar yuragidan emas. To’pqopining xastaxonasiga  borish o’rniga o’sha kuni kallai saharda Ajam Ahmad­tabibning eshigiga qoqib kirgan tash og’alar mehmonni yoqalab, tabibning dod­voyiga qaramay hibsxonaga olib ketishdi. Yana nima ayb bilan emishki ­ mana shu yong’inda qo’li borligini tekshirmak uchunmish. Oqsaroy tomon ketgan yo’l ila g’ira­shirada aravaga suqib yettiko’la zindoniga  haydashar ekan, yo’l­yo’lakaymi bir turk ayolini dodga solib uning uyidan nim yalang’och armanini ham yoqalab, uning yoniga uloqtirishdi. Bu bechora yunglariga somon yopishgan bir nochorlikda chotiga ikki qo’lini tutib Olloh ismini vaqti­bevaqt qaytarar, yonidagi sherigini ko’rib esa undan ziyod sarosimada endi o’z tilida allanechuk duolarni valjirar edi. Buning ham bo’ynida bir yong’in idomi bordir, ­ deb o’yladi u, biroq bunisi ham so’ngisi emas ekan.
Ettiko’laga yetar­etmas, xudo bilsin qaydan  bu mahallaga kirib qolgan bir rumolik xonadonidan ko’kko’z yahudiy yigitni sudrab chiqishdi­da, bularning barini endi bir­biriga kishanlab, aravani to’g’ri yettiko’laga choptirishdi…

Vahm ustiga vahm kelaversa, inson sezgirligini ham yo’qotib qo’yar ekan chamasi. Ko’chalaru maydonlarda, tomlardayu derazalarda lolalar yashnab yotar, bular esa qamoqning zax xonasida toshlar ustiga tashlangan poxolga aralashib, o’z kunlarini xotirlashar edi. Qamoqda ­ kun o’tdimi, haftami, oymi ­ bir emasmi, vaqt qutulib bo’lmas ofatning bir turiga aylanar ekan, bir o’tmishingdan, bir kelajagingdan o’ylab, uni aldamoqchi, adashtirmoqchi bo’lasanmi, ammo changalidan qutula olmaysan, nima qolar ekan insonga ­ uning tushlari. Ana shu tushlar esa boyagi ikkiyuz sakson olti tur loladek gurkirab, bo’y urib ketar ekan. Ularni qamab bo’lmas ekan­da!
×o’zmayu yopishqoq kunduzlari bir sipoh  kelib, bularni allaqanday Eronu, uning allanechuk Tamasp ismli podshohi haqida so’roqlar, so’roqlar ham emas, allaqaysi rivoyatni so’zlab, bir afg’on isyonkori Mir Vaysni tilga olar, bir shoh Husaynniyu o’z qaynotasi Mir Vaysni Isfahonda  o’ldirgan Mir Mahmudga ko’char, bir bularning barini unutib, Tamasp bilan birlashganu Hamadonni qo’lga kiritgan  Ashraf haqida valjirar va go’yoki bu rivoyatga bularni ham taklif etgandek, ishtirok uchun isbot qidirar edi. Bu sipoh ham o’z hikoyalariga o’zi g’arq bo’lib, g’oyib bo’lib ketdi. Yana tushlarga qoldi bular.
Tushlarda bir karomat bor. Ularni aytgan zahoting ulardan haqiqat uchadi­o’chadi. Shuning uchun ham hamxonalarining uyqudan bu olamga yopilayotgan yuzlaridan o’qiy boshladi u tushlarni. Endi u ham g’oyib bo’lib ketgan sipohga teyish, ketsiz va oraliqsiz xayollarini javrab o’tirar, biroq eshik sirtidan fitnani fosh etishdami, zerikishda quloqlari ding og’alar bu aljirashni yo’yish deb topib, hayotlari ila uni isbotlay boshladilar.

Bir kuni yahudiy yigit moviy ko’zlaridan yoshlar oqizib uyg’onganida: “manba’i chashmi zilol”ni tilga olgan mehmon nedan bilsinki bundan biror soat so’ngra jarchilar farmoni humoyunni shaharga hayqira: “Saroyi jadidi amiram bobi humoyuni peshgohinda mujaddadan binosina mubosharat o’lan chashmasor uchun marmar toshin luzumi… bobinda farmoni oliyshoni…” deya, Sulton Ahmad chashmasini e’lon etishsa­ya! Suboshchilar buni asosboshiga yetkazishdi, asosboshi ketxudoga, ketxudodan karomat qoziga o’tayotgan kezi qamoqda armani hamxonaning yunglari aro o’rmalab to’r to’qiy boshlagan o’rgimchakni ko’rganmi­xayol etgan musofir: “dami fitnai reshdor”dan cho’chiganida, qaydan xabardor bo’lsinki, qozi ham endigina Devoni humoyundan  tushgan farmoni oliyshonlardan birini mutolaa qilib o’tirsa­ya! “Ahli zimmat nasorai mazohibi afronchiyag’a da’vat va nechalarin ayni qadimlardin do’ndirib… qasdi fosid va niyati qosid ila armani toifasidin…”
Xullasi bu farmonning barori hojati yuzasidan karomat bamisoli YUsufi Kan’on hikoyasidagidek naqd devonga, undan esa sadri a’zamning safarda ekanligidan foydalanib, “shavkatli, karomatli, muhabbatli, qudratli vali ne’mati beminnat afandi podishohi humoyunning” o’zlariga yetib bordi.

… Sulton Ahmadlardan uchinchisi bo’lmish sultonis­salotini jahon shu dam xotirining mushkul holatida edi. Mustafo­poshaning askari zoti oliylarini xabardor tutmasdan Tabrizni shoh Tamaspga taslim ettirib qochishi, o’ruslarning Darband ila Bokuni qo’lga olishi, saltanatda ashkiyolarning isyonlari… Ustiga­ustak Usmon o’g’illari mulkini bag’rikenglik ila o’z domodi ­ va’ziri a’zam Ibrohim­poshaning mas’uliyatiga topshirgan esa­da, quloqdan quloqqa tarqalgan ovoza ­ domodi a’zamning o’zlari Tabriz muhofizasini topshirishgayu, shaharni tark etishga chorlab maktub yozganlari ko’ngulni parishon aylardi. Zotan, Ibrohim­posha Uskudorga yangi cherikning o’rdasi joylashgan yerga azmi qaror qilgan, bundan davlat ishlari allanechuk yetimligu qarovsizlikka yuz tutgandek edi…
SHukuhli xonavodaning yigirma uchinchi sultoni bo’lish mushkul ekan. Zafarlar quchilgan, dunyoning yarmi ­ janubda Al Jazoirdan tortib ­ darvoqe’ ispanlarning so’nggi qal’asi Oranni uning o’zi fath etmadimi, ­ to shimoldagi telba Pyotrdan olingan Bessarabiyaga qadar yerlar dasti humoyun ostida bo’lsa, biri­biridan hashamatli imoratlar Istambulni dunyoning eng ko’rkam shahriga aylantirgan esa, yer qolib dengizlarda venediklardan tortib to Telba Pyotr Poltavadan Usmoniyaga haydab chiqargan shved qiroli Temirbosh Karlga dovur Usmon o’g’illari qudratini hamma tan olgan bo’lsa ­ yana nima qilsin dunyoda bir inson. Qo’ltig’iga qanot bog’lab osmonni zabt eta boshlasinmi axir?!

O’z kutubxonasida dovotu qalam tutib o’tirar ekan, shoirtabiat zotning ko’zlari endigina matbaadan keltirilgan Istambulning o’zida ilk chop etilmish “Lug’atul Vankulu”ga tushdi. Mana endi yozarga  ham hojat qolmadi. Bir narsani eslar edi bu kayfi parishonlikda hazrati humoyun. O’z bolaligini. Sulola boshidagilardan bo’lmish Sulton Fotih­rahmatullohi alayhidan qolmish odat ­ fitnalar ildiziga bolta urish payida to’ng’ich shahzoda istisno ­ barcha qolgan shahzodalarni yoshligidayoq o’ldirish rusumi faqat uning padari buzrukvori Sulton Mehmet davriga kelib qoldirildi, shul bois qondan qonga ko’chgan qo’rquv hanuz tarqalmagan, To’pqopining so’ngsiz qorong’u xonalarida jallodning boltasidan bo’lmasa­da o’gay onalarning zaharlaridan qochib quyosh nurini ko’rmayin umri hazon shahzodalar endilikda bir Adirnaga, bir Konyaga, bir Eskishahrga yo’llanib, u yerda davr peshvolaridan saboq olar, kim qilichbozlikni, kim xattotlikni, kimi esa ilmi nujumni bexavotir egallar edi. Kichik Ahmad to’ng’ich emaski, bu hayotni qarzu omonat deb bilmasa.
O’shanda u bir tushida qatl etilgan shahzodalarning qonlaridan lolalar unib chiqqaniniyu bu turfayu­anvoi lolalar roppa­rosa ikkiyuzu sakson oltita bo’lganini sanoqlagan edi. Ne esa­da, yangi qonunlar ­ shamol ostida ko’lmakka tutungan yupqa muz kabi edi­ki, bularga ishonch qursang. Bundanmi uning ko’ngli zavqtalab bo’lib yetishdi, nazokatnishin bo’lib to’lishdi.
Va hattoki o’z taxtini to’ng’ich sifatida qo’lga olgan Sulton Mustafo qardoshi ayni shunday kayfichog’lik  uchun unga qarshi yurgan mudhish yangi cheriklar tomonidan taxtdan indirilib, uning o’rniga Kichik Ahmadning o’zi sulton etib ko’tarilganida ham bu safohatli tabiat zo’raysa zo’raydiki, kamaymadi. Ana o’shanda Sulton Ahmad dunyoning ne yeriga elchi yubormasinki, lolalar keltirdi, butun Istambulni lolazorga aylantirdi. Qishin­yozin bitmas yashilligi uzra go’zallarning go’zali Istambul endi qizilu alvon, pushtiyu javhari sirob, gulrangi fayzu paykari charog’on, la’li niginu sham’i tajalli, nuri saodatu ohi oftoblarga ko’mildi, bular ham tabiat uzatgan chog’iru sog’arlardek shahvoi ehtiroslarni uyg’otar, nag’malarning moviy dengizdek mavjlanishi sharobu nasha’, isrofu safohatga cho’mdi ulardan davr. Shahid shahzodalar benasib qolgan lazzatli hayot endilikda qarzlarini uzayotgandek edi, uzatayotgandek edi.
Endigina bosmadan chiqqan tarixni esladi zoti oliyshon: “Ahli mansub o’lganlarning aksari laylu nahor zavqu safo va changu kamoncha ila majlisi orasta edi. Mamoliki Ali Usmon xarob o’lmak tugul, jonibi arba’sini dushman, na’uzu billoh, zabt aylamak maylida bo’lsa balki biz zavqimizda o’lolim derlardi…” Endi­chi, endi?! Allanechuk vahm qoplardi humoyun qalbini. Lola yanglig’ sharoblar xumorida ko’rgan ro’yosimi bunga bois: emishki shahid lolalarning bari qurib, yerga sanchilgan o’q boshoqlariga evrilganmishu, boshoqlarni kimsae yurub sham’lar kabi yoqmoqda emish…

“Dusturi akrom, mushiri afhom, nizomul olam, nozimi minozimul umam, vaziri a’zami subuda shiyam va domodi muhtaramim” ­ deya Ibrohim­poshani shivirlay boshladi o’sha erta u o’z yotog’idan, mana endi kutubxonasida bolishga vujudini tashlaganicha u na domodiga qaytish farmonini bermaydi, na vahmini qog’ozgayu, taxallusi bo’lmish “Najib”ga g’azalmi yo’qsa fard ila topshirishini bilmaydi…
O’shanda hazrati oliyshonning humoyun xotiridan birisi kungi YUsufta’b mahbusu musofirning sharpasi kechdiyu sultoni­s­salotin bu kimsani o’z poyiga hamono yetkazishni buyurdi. ×aqirish nafratidanmi sachragan so’lagi qurimasdan bu kimsa yetkazildi saroyga. Maroqli ekan bu kimsaning tarbiyasi ­ huzuri humoyunga kira solib topina boshladi u. Ittifoqo, bu topinishda hech qanday yaltoqlanishni sezgani yo’q ul zot, bil’aks ­ kamtarin xokisorligu o’zga yurtlarning udumin bildi xolos. So’ng bir og’iz arzi holdan keyin hazrati oliyshon o’z ra’yini bayon etdi. Ne ta’birni keltirdi o’sha on ul kimsa ­ botinligicha qoldi, chunki shovqinu­suronli dabdaba ila va’ziri a’zam, davru­davlat ustuni Domodi Ibrohim­posha o’z a’yonlari bilan saroyi andarunga Bob­us­Saada orqali kirib keldi.
Qopi­og’asi vaziri a’zamning kelganini e’lon etgach, arzxonadan kutubxonagacha: “SHavkatli, karomatli, muhabbatli, qudratli vali ne’mati beminnatim afandim podishohim”, ­ deya domodi muhtaram doxil o’ldi. Sadri a’zamning bu yo’sinda g’ayri rasmiy va tabdili qiyofat­la kirib kelishi o’zangi nomini olgan bo’lib, humoyunu domodi orasida odat tusiga kirib qolgan esa­da, va’ziri a’zam ilk bor andarunda nomahram kimsaeni ko’rub andak shoshildi. Bu kimsaning holini esa kim aytsin?! ×aqnagan burgut ko’zu, yoydek soqolga otilgan shop mo’ylov, kerik ko’kragu yerga bir chimdim yetmay hilpiragan hil’at ­ bularning bari azbaroyi vajohatdan so’zlar va ko’rgan insonning yuragiga g’ulg’ula solar edi. U qo’lini beliga qo’yib, bir zumga o’z og’ir nigohini ­ pallaga tosh tashlagandek ­ onkasga tashladiyu, bu nigohda sidiruvchm ishorani sezgan mehmon humoyuni davlatga ham ko’z ko’tara olmay, tisarilganicha arzxonaga chekindi.

Kutubxonaning to’rt zumrad ustuniyu moviy koshinlari daf’atan eshik ketida so’ndi­da, mehmon ­ ajabo, me’rojimi yo bosinqirashidan uyg’ongandek bir seskandi. Arzxonada ikki turguk eshik og’asi istisno yana ikki mulozim o’tirishar edi. Bulardan xushro’y yoshrog’i o’z yonidan joy ko’rsatib imo qildi. Ajabki, u qatlama fes ustidan salla o’ragan bo’lib, dastor o’rtasidan qo’qqaygan bu fes unga allaqanday o’ynoqilik baxsh etar, mo’ylovining salla tomon boqqan o’rma uchlari boyagi o’ynoqilikni istehzo qadar charxlar, o’tkir kulimsiroq ko’zlari biroz benishon qarashidan bu zotning shoirtabiat ekanligi ayon edi.
“Vorisu ulumil anbiyoi val mursalin shayxulislomil a’zam Abulloh Afandi”, ­ deb tanishtirdi u to’rda o’tirgan nuroniy zotni. Musofir ta’zimi komil ila u tomon egildi. “Ash’orimizning chehrai juvonisi, va’ziri a’zam nadimi ­ Nadim”, ­ deya tilga kirdi on zot. Bu so’zlarda ham allanechuk o’ynoqilik his etgandek bo’ldi mehmon, go’yoki orada yengiltabiat tabassum qanot yozar edi. Unga endi mahliyo bo’lib turgan mehmon nogahon o’zi chiqqan eshigi yana bir kez lang ochilib, u shoshilinch tashlagan nigohda yana bir bor to’rt ustunu koshinlar, biroq bu safar jo’ncha naqshdor bolishlar sabt etilishini nedan bilsin? Nedan bilsinki bu musofir ­ sadri a’zam arzxonaning endi bog’lana boshlagan choklarini so’kib o’tib ketar ekan, yo’l­yo’lakay eshik og’asiga: “Bunisini olinmish yeriga tashla!” ­ deyishini­yu, yarim soat ichida yana zax toshlar ustiga pichan tushalgan qamoqda boyagi bolishlarni qumsashini?!

* *

*

Beayb qamalish ­ bir g’am bo’lsa, besabab qayta qamalish qo’sh azob bo’lar ekan. Endi tushlarning ham qizig’i qolmagan ­ o’ng ro’yolardan ham badtar sarobga yo’yilgach, shuning uchun ham bir ayb bilan tutqunlangan uch mo’min ­ biri armani, biri yahudiy, biri musulmon ­ yakka xudoga uch yo’sin yolborib bir najot  tilashar edi. Xudo birdek, azob ham turfa inson uchun bir ekan, bu azobni kushod etguchi mujda ham bir. Jangu­jadaldagi besharafligini to’yu­tugun sharafi bilan oqlamoqchi bo’ldimi Sulton Ahmad, jarchilar mahallayu­ko’ylar bo’ylab yurib, farzandi arjumandi vorisi mulki Usmoni, nuru davlati vaddin shahzoda Abdulhamidning sunnatga kirishini e’lon etishdi. O’sha kecha bu yerda fishiq deyilmish mushaklar osmonga otildi, Onado’lidan yetkazilgan karnaylar g’ata­g’atini boshlashdi. Fishiqlarning soyasi zindonga ­ otilgan lolalar kabi tushar va tosh ustidagi poxolda g’oyib bo’lar edi…

Bu safar shahzodalar bilan birgalikda ilk bor sunnat to’shagiga bir necha yo’qsil oila farzandlari ham yotqizilgan edi. Xalq ko’nglini olish nafaqat to’y orqali, balki bayramlarning uchinchimi­to’rtinchi kuni farmoni humoyun ila qamoqdagilarni avf etish orqali ham ifodalandi. Musofirning qamoqdan chiqishi qiziq emish. Ko’chalarda masxarabozlaru qo’g’irchoqbozlar Qorako’zlarni o’ynatar, parrandabozlaru darrandabozlar qushu­hayvonlarni urishtirar, maydonlarda otlar chopgan, kimga bayram ­ shakarchiyu­qandolatchilarga, bularning bozori tinmas: to’yga turfa ayolotlardan da’vat etilganu betaklif kelganlar saqlab qo’ygan qurushlarini bola­jujuqlariga betakalluf sarflashar, musofir esa qo’lida bir mirisiz qaerga borishini bilmasdan bir osmonga, bir dengizga, bir bularning orasidagi Istambulga boqar edi. Bu alanglashni kimdir tilamchilikka yo’ydimi ­ musulmonona ­ na o’z qo’liga, na musofir qo’liga boqmasdan naqd bir kumush tangani ajru­sadaqa qilib ketdi…
Musofir birdaniga o’z­o’zidan uyalib ketdi: taroqlanmagan soqollarining tuk­tuk osilganigami, zax yerda yotaverishdan chaynalib ketgan choponigami, yo atiru­guloblardan xoli, ter hidi ila anqqan mashaqqatli badanigami?… Qaerga ham borsin u endi bu bevafo dunyoda? Ahmad­tabibni u qayta vahmga solishdan qo’rqar, shoh saroyi esa, shukrki, dabdabalarga qonib uni o’z xotiridan ko’targan ko’rinardi. Shunda u nimani o’yladi ­ hammomni. Bu sovuq va isqirt dunyoda. Istambul hammomini. Va u taraf yo’l oldi.
Beyo’g’lidagi eng ulkan hammomga yetib borganida qosh ham qorayib qolgan, butun shaharda bayram olomoni depsab, bulamiqqa aylantirib yuborgan qor bu yerda bokira yotar, hovlidan fonusini ko’tarib chiqqan qorovul chol ham bayramdan foydalanib ­ uxlamagan uyqularini uxlayotgan ekanmi: “Bugun bayram­ku!” ­ deya g’udursingan bo’ldi­da, biroq fonus nurida yalt etgan boyagi kumush tanga tamannosida alohida bir xonani qizitish uchun o’t qalashga kirishdi. Qor zulmatida ayniqsa arzanda bu ko’m­ko’k o’t chekasida qaynagan qumg’onlarga choylar damlanib ichildi. Uzoqlarda fishiqlar osmonga uchgan uchqunlardek tovlanar, bayram saslari ham shamol yelkasida bir unib, bir o’char edi…
Toshlar o’bdon qizib, suvlar sochilganida tun ham tushib bo’lgan, biroq musofir uchun bu tun eng iliq, eng sokin tunlardan bo’ldi. Sihatbaxsh bug’lar suyaklariga yetib iliklarini eritganidan so’ng u hammom dahlizida tushalgan ko’rpaga burkanib tilsiz uxlab qoldi. Namozlar qazo bo’lgan, tushi ham jurmu ma’siyatga to’la ­ shu hammomning o’zida bir nozanin qoshida kechdi…

Sahar esa u eshik taqqillaganidanu, qorovul cholning abadiy g’udursinishidan uyg’onib ketdi. Endigina sokinlashgan yuragiga qutqu sanchdi. “Nahotki yana?!” ­ deb hayiqdi u. Ustiga­ustak talabgor bu ovoz tanish edi. Jafo yetkazmagan kimni ham bilsin edi musofir bu shaharda?.. Bu vahima ichida u qochishdek jirkanch fikrni ham o’tkazdi xotiridan, biroq taqdirdan qochib bo’larmidi… Bu xayollar sarosimasida xonaga ­ ajabki, ne ko’z bilan ko’rsin ­ tunov kungi malikul­shuaro, mudhish sadri a’zamning nadimi ­ Nadim kirib keldi. Uning qovoqlari osilgan, ko’zi hech narsani ko’rmas: “SHoirni ham mahbus ketidan yuborishadimi?” ­ deya o’ylab ulgurmaguncha musofir, shoir kecha qizdirilgan hammom xonasiga kirib ketdi.
Vahima qo’yib yubordi musofirni o’z changalidan. Uning o’rnini xayol osudaligi va hatto allanechuk o’ynoqi shavq bosdi. Bu insonni ham ayni shu yerga boshlab kelgan kuch shavqi edi bu. Tahoratu namozlardan so’ng ko’ngli yozilgan qorovul chol bilan  non­choy qilib o’tirishar ekan, ko’ngil pokizaligida shoir ham chiqib keldi.

Subhidamki o’lub diyda xobda bedor,
Hurushqa boshladi nogoh sarda dardi xumor,

Hazor za’f ila hammomga to’g’ri azm ettim,
Kamar kushasta parokanda ko’shai dastor.
Borib u hol ila hammomga uftu­hiyz etibon,
Etguncha go’shai xilvatda joygohi qaror.
Ne ko’rdim oh omon, el omon bir ofati jon,
Kelib yonimda quyosh kabi o’ldi la’mai nisor.
Sochi fitodasining xobi kabi pajmurda,
Nigohi oshiqning xotiri kabi bemor…
Valek his o’linurkim u noz parvardin
Dirunu ichra bir andishavu bir otash bor.
Men esa dard ila qildim fig’onki, oh ajab,
Nadir etkan dilin ul nozparvarin ozor…

 U tinimsiz pok zavqda she’r o’qir, musofir ila chol esa bu ilhom og’ushiga botib, lol tinglashar edi. Musofir bu kecha tushida ko’rganlarini so’zlar edi so’zma­so’z shoir va vahmlarning eng buyugini uyg’otar edi musofir qalbida. Nahotki bu qalb shu qadar shaffof bo’lsaki, rozi dil deganlari har nazar tashlaganga ayon esa?! ¨ bu shoir o’zgachami? Har holda hammomga to’nkamaysan­ku! Biroq shoir nainki tushni she’rga solgan, balki bu holda, bu yerda qayta uchrashganlaridan ham hayrat tuymasdan, go’yoki hamisha yelkada o’tirgan farishtadek, tunovgi suhbatni uzilgan yeridan qayta boshladi. Musofir esa tunovgi g’ulg’ulada bu yerda ham tuyqusdan eshik ochilib sadri a’zam paydo bo’ladi­yu:”Manovini olgan yeringizga eltinglar!” ­ deyishini gumon etgandek, qorovul cholga zimdan qarar edi.
Hah! Endi tushundi u kimga o’xshashini bu qorovul cholning! O’t qalashdan kul bo’lib ketgan burqa’sini demasa ­ naqd va’ziri a’zamning o’zi edi bu g’udurnok chol. ¨ yana taqdir o’yinlaridan birimi bu, bular esa musofirni kalaka qilish niyatida butun borliqni o’z o’yicha qayta ixtiroyu ixtiyor etishdimi?!
Ammo qor yoqqan tunning ertasigayoq bezahar bir quyosh borki, boyagi she’rda aytilganidek xumor dardisarini yozuvchi bir nozanin kabi butun dunyoni mehru shafqatga belab, pokizayu ezgu xayollarga undaguvchi. Bu mayin quyosh ilig’ida qutqular ham taraldi, qor ham o’z­o’zidan erib, tagidan bog’langan boychechaklardek jajji lolachalar xomush boshlarini ko’tarishdi. “YUr, ketaylik Sadabodga!” ­ dedi shoir birdaniga va yana shavqi toshib:

Bir safo baxsh etaylik, kel shu dili noshoda,
Ketaylik sarvi ravonim yuru Sadaboda.
Mana uch juft qayiq iskalada omoda,
Ketaylik sarvi ravonim yuru Sadaboda.

Kulaylik, o’ynaylik, kom olaylik dunyodan,
Mayi tasnim ichaylik chashmai nav paydodan,
Ko’raylik obi hayot oqqanini ajdarhodan,
Ketaylik sarvi ravonim yuru Sadaboda…

deya she’r so’ylay ketdi.
Nahotki butun dunyo ­ shoirlarning taxayyuli bo’lib, bu lo’livash ko’chmanchi xayollar­la boshqarilsa! Negami? ×unki Sadabodga ketmaslikka irodayu ixtiyori qolmadi mehmonning, eshik tagida bir foytun kutib turar edi shoirni, shunga o’tirishdiyu bular, shoir qorovul cholga ko’z qisib qo’ydi­da, bu ro’yo davom etdi. Va lekin musofir endilikda unga tan berib, ajib salimlik ila istiqboliga boqar edi.

* *

*

Sadabod… Oti tillarda doston Sadabod… Ko’rfazdan tepaga Qog’ozxona daryosi bo’ylab ketgan dara. Ikki yam­yashil tog’ orasi. Va bu o’rmonlar orasida daf’atan ko’zga tashlanuvchi yap­yangi saroy. Sadabod… Hovuz yoqasidagi ko’shku, bu ko’shk ketidan adirlar tomon chirmashib chopgan daraxtlar. Bu boqqa go’yoki qish kirib boqmagan, bu boqqa hattoki kuz kirib boqmagan ­ bahor jovidon edi bu bog’da…SHoirni bu yerda nafaqat har kimsayu, har xodim, biroq har bir butayu, har bir gul qutlagandek yaproqlarini yozar, anvoi lola esa yo’lak chekalaridan boshlarini oyoq tagiga tashlagudek xam etar edi. Favvoralar ta’zim aylar, buloqlar olqishda bir­biridan oshib­toshar, ko’shkning o’zi ham eshiklarini g’aroyib bir turda shoir yaqinlashgach lang ocharu, u o’z mehmoni ila ostonadan hatlagach, sassiz, unsiz yana tambalar edi.

Bo’ldimi musofir o’sha kuni Sadabodda, yo bu bosinqirashning bir navimidi ­ u o’z ro’yosidan uyg’onib ketishga intilar, biroq boz­boz qaytgani ­ mana shu sarobiy, saroiy borliq bo’lar, bundan uning xunobi ortar, ammo bu lazzatli vasvasa shu qadar yopishqoq edi­ki, musofirning unga qarshi madori qolmadi, va nihoyat u qo’rquvlarini yengib, yana unga taslim bo’ldi.
Sulton to’yining xumorini yozganlarmi to’planibdi bu yerda, mehmon ustiga mehmon kirib kelar: belbog’iga qilich taqqan juhodorlaru, papoq kiygan o’g’lonlar, boshga popuk qo’ndirgan so’loqlaru, uzuntomoq ketxudolar, xullasi negadir nuqul askarlar ­ yangi cherik ­ nasroniy o’lkalardan yig’ilgan va islom dinida undirilgan odamzot chechaklari. Bularning mutoyibalari sard, hazillari ­ bachkana, kulishlari ­ qahqaha, atvorlari ­ betamiz bo’lar ekanmi, shoir ham o’ychan tabassumi ichida jimib qoldi, musofir esa miq etmay, dam ­ quturgan askarboshilarga, dam ­ xomush shoirga boqar edi.

O’shanda bazm ichra: “Patrona… Patrona”, ­ degan shivir tarqalganiniyu, eshiklar ochilib tolorga qotmadan kelgan bir shopmo’ylov zot kirib kelganini tuydi etining jimirlashi ila musofir. Xalil ismli bu afandi ­ sultoni humoyunning dengiz quvvatlari boshlig’i bo’lib, ikki muhitu o’n dengizga mutasaddi ekan. O’z shukuhli lavozimi uchun biroz maydaroq tuyulgan bu zot odimlarini lavozimiga moslagandek katta­katta tashlar, uning ovozi ham kutilgandan yo’g’onroq yangrar, go’yoki tashqi shaklu­shamoyili bu insonning ichida ulkanroq mazmun qamab­qamragandek edi. Dengizlardagi shishalarda devu­jinlar oqib yurishining bir turi­da! Har qalay majlis bo’ysundi­qoldi Patronaga. Uning kesatqilari endi yoqaga yopishtiruvchi javob topmas, pichinglari qahqaha uyg’otmas, luqmayu­istehzolari ­ o’rtada muallaq osilib turgan sham’­fonusdek yuzlarga allaqanday qo’rquv soyasini tashlardi.

Ana shu yerda majlisga kim kirib keldi ­ shayxulislom Abdulloh Afandi yetakligida boyagi hammom qorovuli…naxayr… Dusturi akram, mushiri afham, nizomul olam, monazimul ummam, domodi muhtaram Ibrohim­posha idomullohu taollo ijlalihu va zaafa… Ana shu yerda musofir kechimsiz vahimayu g’ulg’ulaning nafaqat o’zida, balki majlis ahlining barida borini anglab yetgandek bo’ldi. Hozirgina hech kimga gap bermayotgan Patrona Xalil susib­pisib qoldi. Sultoni humoyun tozilarining boshboqari Zog’archi Darvish Mehmetu, Silohxonadan Qutichi Hoji Husaynu boshqalar boyaginada Patronaning og’ziga qay sadoqat bilan boqqan bo’lsalar, endi Domodning og’zidan chiqqan so’zlarga paziru­muntazir yuzu­quloqlarini topshirib, allaqaysi dunyolarda musofiru­muhojir edilar.
YUrt dag’dag’asida yurgan Ibrohim­posha so’zlarini, tabiiyki, ta’nayu tanbehlardan boshladi. Saltanat Eron jabhasida ziyonga qadam qo’ygani, tadbiru­tadorik ko’rilmas ekan, Tabrizu Nixovandlarning boy berilishi, bu payt esa arkoni davlat safohatu isrofga botib, ayshu ishratda xotinlar ustidan tillalar sochishiyu, bolu holva bazmlarida mana bu yerdagidek o’tirishi saltanati usmoniyaning tagiga tez kunda suvdek yetishini tayin bir jazavada xitob etdi.

SHunda Patrona Xalilning jirtakisi tutib qoldimi, yo chindan ham u o’zini arkoni davlat qatoridan hisoblar edimi: “Daryo ochsangiz ekan, dengiz quvvatimizni Bahri Xazarga Tabriz tomon yetkazsak!” ­ deb qoldi… Tutaqib ketdi bu ters so’zlardan vaziri a’zam. Og’ziga so’z ham kelmadi darg’azablikda, “Tuf!” ­ deya tufurdi u azbaroyi vajohatidan va tufugi borib patronaning chog’iriga tushdi. “Baringni qamab, jazosiga ot dumiga bog’lash kerak!” ­ dediyu u nihoyat, shart turib, ko’shkdan tashqari chiqib ketdi.
Bazm buzulgan edi. Og’ir sukunatda Patrona Xalil tufuk chayqalib turgan mayini birdaniga o’rtadagi dastarxonga sepdiyu, chog’irini uloqtirganicha boshqa eshik tomon katta­katta odim ota g’oyib bo’ldi…

Kim qamaldi o’shanda ­ yana hammaga yot musofiru, bir qancha tag­tomirsiz yangi cherik. Xayol qanotlarida bu chirkin va fitnakor dunyoni tark etgan shoir ham himoya etolmadi o’z mehmonini. Endi otning dumiga bog’lanishni kutish qoldi bu bevafo jahonda…

Majlisni so’nggi tark etgan parishonxotir shoirni ham, daradan chiqqach, so’nggi qayiq oldiyu, tungi ­ negadir sokinlashgan ko’rfaz bo’ylab shahar tomon ko’tarib ketdi. Osmondagi hilol ham qayiqdek chayqalar ­ u suzar edimi havo mavjlarida siyrak bulutlar oralab, yo dengiz chayqalishidan hayajonlanar edimi osmon, shoirning yuragi ikki bahr orasidagi yagona orolchadek ikkisiga ham uyg’un: bir to’lqin ­ bir bo’shliq aro qalqar edi. Nimalar qilib yuribdi u adashib bu dunyoda?! ×ag’alay bo’lib tug’ilmaydimi beifoda hayqiriqlarida uchib yuradigan, baliq bo’lmaydimi loaqal gumligi uzra suzib yuradigan?! Yo’q, lola: oshubi jahon, jomii jam, oshubi chaman, oftobi osmon, oroishi jon, ishorati imon, oshuftai zamon, balotari jonon, alomati qon, badri so’zon, dahani nolon, labolabi fig’on, alangai ustixon ­ lolai xazon bo’lmaydimi eng ozida?! Qofiyalar chayqala boshlagan ongiga negadir yana bir qofiya: “hiloli ramazon” keldiyu, shoir har yili ramazoni sharifda qorilik qilishini ko’ngil xushligida esga oldi…
Ne kunlarni ko’rmadi shoir bu dunyoda, ahli martabaga yoshligidan yaqin bo’ldi, keyin hech kimga beluzum qoldi, baxtki, Ibrohim­posha domodi humoyunlikka erishdi, shoirni o’zining nadimi qilib oldi. Buning ketida shoir ne xil charog’on safarlardayu, shirinsuhan suhbatlarda qotildi, ustlaridan necha bor tillalar sochildi. Biroq baribir yurak tubida allaqanday bir tutib bo’lmas armon, go’yo mana dengizda chayqalayotgan hilol shu’lasidek ­ bosdim deb o’ylaysanu, u esa yana oldinda jilvalanib, seni masxara qilgandek... Tuydi dunyo nash’asini u: ne go’zallarning lola lablaridan ichmadi u dayr sharobini, ne o’ynoqi, joduvash hislardan mast bo’lmadi bu olamda, avliyolikdan boshqa barini ko’rdi, bildi, yashadi u beoxirat yanglig’ dahri dunda. Takyaga ketsamikan endi?!
Hammomu majlisdagi musofirni esladi u bexosdan. Avliyo Bahoutdin haqida so’zlaganmidi u foytunda. “Dil ba yor, dast ba kor”,­ deya. Hojatmikan unda? Bu dunyo ham yor ko’rinishlari emasmi o’zi? Mana bu ­ ko’rfaz sohillaridagi saroylaru yolilar, yelkanlaru ko’priklar, mana shu go’zallar go’zali Istambul ham uning boqiy tajalliyoti emasmi axir?! Uning masjidlariyu mayxonalari, Sadabodda hanchalak uchgan qizlariyu, Ayubdagi takyalarda girdi darveshlar, Galataning yuzmillat mahallalariyu, Uskudorga o’rda qurgan shavkatli turk qo’shini… Bularnning bari ­ suyukli Istambul…
Ammo tanib bo’lmas bir armon ­ misliki dengiz bo’ylab suzuvchi shamol bexosdan cho’llarning chang hidini anqitgandek… Tinimsiz boqishdan ko’r bo’lgan quyosh… Atrofda biron narsayu kimsa yo’q… Abadiy jimjitlik… Qaerda ekan boyagi musofir?..

O’shanda yettiko’laga yetkazilgan bechora musofir esa bu dunyoning pastu­balandliklaridan nolishini ham bilmasdan ­ telba shaharda arshi muallo ila asfalosofilin bir ekanligidan g’alati bir dahriy ro’yo ichra g’arq bo’lishga hozir edi. U ham elas­elas shoirni eslar va bu safar toshga tushalgan poxol ustiga tashlangan kanorda yonboshlagach, endi qaysi saroyda uyg’onishini chamalar edi. Biroq bir marotaba yuz bergan hodisa ikkinchi kez qaytarilgach ham, uchinchi va yo o’ninchi safar takror o’lsa­da ­ bunda hech qanday qonun yo’q ekan. Istaganingga O’zing sohib ekansan, Parvardigorim…
Bir soatdan keyinmi, yo ertasiga, va yo bir necha yil demasa ­ oy o’tdimi oradan, yettiko’laga ­ bir paytlar Sadabod saroyiga kirib kelganidek: “Patrona Xalil, Patrona Xalil!” ­ degan shovqin­suron kirib keldi­da, zindonning temir eshiklari lang ochildiyu, musofir o’g’riyu avliyo qatori ko’chaga haydaldi. “Isyon! Isyon!” ­ deb baqirib yurar edi bular orasida bir necha dajjol. Ko’chalar ajib holga kelgan edi. Bu ashkiyoyu yo’lto’sarlarni demasa, do’konlar yopiq, rastalar tambalangan, uy darvozalariga halqalar tashlangan... Ship­shiydam bo’lgan shahar.

Mahbuslar oqavasi Badastonga yetgach, tuyqusdan bularga qarshi zarbof choponlarda yangi cherik og’asi Hasan­og’a tepadan tusha: “Ummati Muhammad, do’konlarni oching, biror narsa yo’q! Oltita qaroqchiga quloq solasizmi? Bulardan to’rttasi qo’lga tushgan, ikki qolgan muttahamni ham ushlaymiz!” ­ deya baqirib­chaqirar ekan, boyagi ikki dajjol: “Bos uni!” ­ deya, olomonni bechora qumondon ustiga soldi. Orada kimnidir chopdimi Hasan­og’a, biroq oqavaga bas kelib bo’ladimi?!

Qaerga ketyapti bular orasida musofir?! Axir bu olomon ichida ham u ­ yotu begona emasmi? Va bu oqavaning sho’rlik ko’lmaklaridan yana yolg’iz uni suchlab, ot dumiga bog’lashmasmikan ertasi kuni?!.. Nedan bilsin u tunovgi Boyozid hammomida Patrona Xalilu Zog’orchi Darvesh Mehmet, Erzurumli Kichik Musliyu Yaroqxonadan Qutichi Hoji Husaynlarning yana bir­ikki qalang’i­qasang’i bilan to’planganiniyu, g’alayon tadorigini ko’rganini?! SHohu Domod Uskudorda o’rdasi bilan Eronga yurish tayyorlar, va’ziri a’zamning o’rinbosari ­ Sadorat Qoyim Maqomi ×ubuklidagi yozlog’ida lola tikish bilan band, qolgan ulug’u­buyuk ­ zavq olamlarida parishon bir paytda bu olti kishi Usmon xonavodasini razolat botqog’idan chiqarishu, uni Domod Ibrohim iskanjasidan qutqarish shiori ila yana o’n­o’n besh salaqni yo’ldan urdi, bular borib har baloga tayyor yangi cherikni uyg’otishdi. Ana undan keyin qamoqxonalar ochildi…
Qaydan bilsin musofir, har narsadan boxabar hammomchi cholning o’tini o’chirmasdan shoir uyiga Beshiktoshga yugurganiniyu, shoir uni hamono bir xodimi ila Uskudorga o’rda tomon yo’llaganini? Ammo oyoqma­oyoq uning ketidan g’alayonchilar ham o’rdaga yetib, o’rdaning aqlini ozdirishmadimi, shoirning xodimi esa Domodga yetgan hammomchiniyu, o’z maxdumini sotish ila jonini qutqarib qolmadimi?… Olomon Domodga nadimlik qilgan bu shoirning uyi tomon tashlanganida xizmatkor jondan ham aziz tuz haqini eslab o’z maxdumini olomondan besh daqiqa ilgariroq ogoh etmadimi?..

Boyagi to’da ichida musofir ham chayqalib borar ekan, tomlar osha sakrab ketayotgan bir qiyofani ko’rdiyu, olomon ham baralla: “Ana u! Ushla uni!” ­ deya hayqirdi. Bu ko’lka go’yoki tomdan tomga osha osmonga yaqinlashar, allaqaerdan kelayotgan achchiq tutun hidi esa yerdagilarning ko’zlaridan yosh sizdirib, boyagi qochoqni bulardan tobora uzoqlashtirar va nihoyat u so’nggi intilishida bir tomdan uzildiyu, ko’zdan g’oyib bo’ldi. Faqat ketidan bir gala chag’alay indiyu, osmonga otildi. Olomon ichra “Oh!” degan bir sas qalqdiyu, so’ndi… Uchdimi u banogoh Iso nafasi yanglig’?..

Kez o’tar­o’tmas olomon uchidan: “Tabib bormi? Tabib?!” ­ degan ovozlar tarqaldiyu, musofir dim atrofdagi mahbuslarni turta­turta to’da boshiga ildamladi. Uni bir uyga olib kirdilar. Supada ingrab bir kimsa yotardi. YUzlarida hali qotib ulgurmagan qon, biroq nedurki musofirga bu qiyofada tanish ko’rindi, alvon qonni nam paxta ila arta boshlagach ne ko’z bilan ko’rsinki u ­ qo’li ostida ko’zini mug’ombirona bir qisib qo’yib shoiri Nadim yotar edi. “Menga tabib emas, tomdan yiqilganni ko’rsating, ahvolimni undan so’ray…” ­ deb shivirlar edi u…
Ikki hafta o’tirdi bu badan tepasida musofir. Ikki hafta parvarish etdi bu majaqlangan tanani. Ammo ruh uchib ketgan emasmidi chag’alaylar galasi qanotlaridayu qichqiriqlarida. Tilga qaytmadi boshqa bu vujud…

G’alayonchilar esa jasadsifat shoirni tinch qo’yishmas edi, go’yoki Domodi humoyun unga bog’liqu, u o’zi bilan sadri a’zamni bejazo olib ketgusi. Bir daf’a Beshiktoshdagi bu xonadonga Patrona Xalilning o’zi Istambulning yangi qozisi Telba Ibrohim ila kirib kelishdi. Shoirning o’spirin qizi Luboba ularni uzoqdan ko’rib qolib, musofir yoniga ogoh bilan yugurdi, musofir shunda shoirni o’sha zahotiyoq darmon ila uxlatib qo’yishga ulgurdi. Patrona, baxtki, o’z sharmandasi shohidini tanimadi, yo’qsa musofir ham o’z mijoziga qo’shilib bir go’r bo’larmidi?! Xalil endilikda o’z tamannolarining cho’qqisida qo’qqayib, onchunin shukrki oyoq ostiga ortiq boqmas edi. U ham ketdi…

Rabbiul­avvalning o’n oltinchi juma kuni musofir mijoziga ko’knor berib, uni qizi Lubobaga topshirdiyu, o’zi jumanamoz o’qigani Jome’ masjidga yuzlandi. Jome’ga o’sha kuni na birgina minglab musulmonlar, balki­da masjid atrofidagi maydonga bozormi­rasta bahonasida Galataning yahudiyu armanisi, yunoniyu rumligi to’plangan edi. Namoz ham o’qilib amri ma’rufga Telba Ibrohim og’iz juftladi­da, imon arkonini qo’yib yuborgan, safolatu razolat botqog’iga botgan Navshaharli kazzob Ibrohim­poshaning boshiga malomatlar yog’dira ketdi. Undan so’ng mal’un navbat sadorat qoyim­maqomi Mustafo­posha, shayxulislom Abdulloh­afandi, ketxudo Mehmetlarga yetdi. “Bo’g’ilsin! Bo’g’ilsin!” ­ deya ayyuhannos soldi salimligini zumda yo’qotgan jamoa. Bu payt To’pqopi saroyi tarafidan aftidan benamoz qolgan Patrona Xalil boshchiligida bir guruh suvoriy ko’rindiyu, allakim ovozi boricha: “Ollohu Akbar!” ­ deya chinqira ketdi! Bular Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sallalohu alayhi vassalamning shamshiriyu xirqalarini ko’tarib kelishar edi.
Xalq jazavaga tushdi. Ur­to’polon boshlanib ketdi. Birov birovni yiqitgan, har kim suvoriylar tomon talpingan, shamshirni o’pib, ko’ziga surtmoqchi bo’lganlar qonlariga bulangan, qiyqiriq, suron… SHunda to’satdan og’ziga karnay tutgan Telba Ibrohim­qozi jon holatda: “Ollohu akbar! Ollohu akbar!” deya qichqirdiki, Istambul ustidan oqayotgan qora bulutlar orasidan birdaniga sharaqlab yashin potradi­da olomon tindi­qoldi.

SHu onda boshqa tarafdan boshqa otlarning dukur­dukuri eshitilib, tug’lar ko’targan Sulton elchilari paydo bo’lishdi. Ikki guruh chavandoz maydonda uchrashdiyu, bor gap olomon o’ngida yuz berdi. Yaqinroq turganlar ketlaridagiga, bulari esa orqadagilariga ­ qatorma­qator o’tar edi talab ketidan talab. Domod boshliq yana o’ttiz yetti kishi ­ musofirni shu yerda qora ter bosdi ­ o’sha mash’um kecha Sadabodda Patrona ila kelganlar istisno ­ roppa­rosa o’ttiz yetti kishini sanab chiqqan edi yot bekorchilikda u ­ isyonchilar qo’liga o’likmi­tirik topshirilishi lozim. Shundagina Uchinchi Ahmad o’z taxti humoyuniga qayta biladi. Elchilar ham qay yo’sinda kelgan bo’lishsa, shu yo’sinda ko’zdan g’oyib bo’lishdi. Qolgan olomon esa yana ich­ichidan qizishib, osmondan yashin keti quygan jalaga qaramay boyagi o’ttiz yetti mal’unga o’lim tilar va hatto Payg’ambarimiz ashyoi shariflari olib ketilganiga boqmay tarqalmas edi.

SHamol kuchaydi. Rost, olomon ichida uning yulqilari bilinmas, faqat tomlargayu, tomlarga tilinib uchayotgan bulutlarga qadalar, biroq birdaniga qosh qorayishi bilan yomg’ir palag’­palag’ qorga aylanganida shamol ham yuz tolalarga bo’linib, yuzu yoqalarga sanchildi. Rastalarda kimdir gulxanlar qalay boshladi. Musofir esa na turishini, na ketishini bilmay, o’z taqdiri taraddudida edi. Beshiktoshga, murda yoniga qaytsamikan? Endi uni tiriltira olsa­da, buning evaziga o’zi o’ladi. Ro’yxatlar e’lon etilganidan so’ng endi biron kirib borgan kimsa adashmasa kerak!
U asta jome’ hovlisidan chiqib bordi. Qor shiddat bilan yuz­quloq qilib urar, atrofdagi odamlarni demasa, Istambulga ilk bor kelganining egizi edi bu kun, bu soat. Yana beqarorlik, yana vahima, yana sarosima. Shamol. Shamol.
Yo’q, aziz jasaddan ko’ra tirik jon shirin ekan, na shoirnikiga, na ilk bor qamoqqa olib ketilgan yeri ­ Ajam Ahmad­tabibnikiga bordi musofir. Shaharni tark etishdan avval allaqanday kuch uni yana Hoja Sofiya tomon boshladi. Qor dengizdan yopirilib kelar, boyada gulxan yoqqanlar ham endi bu shiddat ostida uylariga chopishar, bir zumda ko’chalar huvvillab, maydonlar­da bo’shadi. Mana shu on tosh devorga ilk kunidagidek yaqinlashgan musofir xuddi o’sha safardagidek eshik ostida tund qotib o’tirgan bir tilamchimi­devonaga qoqildiyu, seskangan devona hurkkan betini ochsa ­ ne ko’z bilan ko’rsinki musofir ­ shoirning o’zi o’tiribdi! Tabdil qilib bunga chiqqanmi, yo aqldan ozib bunga qochganmi, va yo mahv bo’lishning tadbirimi bu?! So’ray desa ­ devona sapchib o’rnidan turdiyu, so’z demasdan, lo’kkillaganicha, o’zini qorong’ulikka urdi.
Avvaliga dong qotgan musofir bir pas­yarim pasdan so’ng uning ketidan intildi ­ bu ko’lka fonus ostidami, deraza yorug’idami bir paydo bo’lar, keyingi zahot esa yana qorburonu oralig’dagi zulmatda yo’qolar edi. Istambul ko’chalari qing’ir, Istambul so’qoqlari pastu­baland, ko’p quvladi musofir bu ko’lkani, ammo yetganicha yo’q…
Dengiz sohiliga chiqib qoldi u pirovardida. Bir­ikki solchi yunon endigina dengizga chiqqanlarning holiga voy aytib o’tirishgan yerga. Bir devonasifat odamni ko’rmadingizlarmi? ­ deb so’radi u solchilardan. Hozirda hammamiz devonamiz, ­ deya kulgu qilishdi uni solchilar. Avvalgi solga yetaylik! ­ deya u Luboba otasinning barmog’idan yechib bergan gavhar ko’zli uzukni uzatdi solchilarga. O’z o’limlari uchun talashgandek talashib ketishdi bu egizvashlar. Axir biri ustun kelib musofirni soliga o’tqazdi­da, to’fon turgan dengiz bo’ylab o’lim poygasini boshladi…

Hayotimi oyoqdan boshga qaytarilar edi musofirning, yo’qsa nedan u qo’rqinchu vahm o’rnida nechukdir shavqu­zavqda bu to’fonniyu, qop­qora vahshiylarcha dengizni, bu zanjiridan uzilgan itdek shamolniyu, zanjir parchalaridek qorni pinagiga ham ilmay, tom xayoli ila bom­boshqa narsaga berilgan edi?! SHundanmi ­ lop! ­ etib bulutlar orasidan ko’ringan to’lin oyning sarobiy shu’lasida solu, undagi tanish qiyofa bir zumga ko’zga qadalib, yana bir zumdan keyin ularning soli ham sharaqlab tosh sohilga uloqdiyu, parcha­parcha bo’lib sinsa­da, musofir qanday dong qotgan bo’lsa shunday holatda sohilning sokin qumloqida o’tirardi.
Bu orolda darveshlar takyasi bor, ­ deb aytdi tishi tishiga tegmagan yunon. Musofir orol bo’ylab so’qmoqlar qidira boshladi. Tun ham endi oxirlab qolgan, rost, oq ipni qora ipdan ajratib bo’lmaydigan bir palla. Orol ­ qoyalarini ustma­ust qalashtirgan ekan, balandroq ko’tarilganing sari avvaliga butalar, teparoqda esa siyrak daraxt, yana bir qoya oshgach esa haqiqiy beshalar boshlandi. Biroq yo’l faqat yuqoriga ketaverar edi. Musofir o’rmonni kechib bo’lgach, tong ham yorisha boshladi. Shamol tinmasdan endilikda bulutlarni osmondan sidirar, osmon ham avvaliga ola­bula, so’ng esa moviyga aylandi, bundan ­ pastdagi tinchigan dengiz ham o’z rangini o’zgartirdi. Takya bu orolning eng yuqori qismida gul o’langi boshlangan yassi maydonda joylashgan bo’lib, musofir qay shijoat bilan bu yerga qadar ko’tarilgan bo’lsa, og’ziga tiqilgan nafasi birdaniga qo’yib yuborgach ­ ayni shijoat bilan uning darvozasini ochdi.
Buloqlar qaynab turgan sahnda hech kim yo’q, tepa ­ osmon, to’rt taraf ­ dengiz, qolgani ­ o’pkaga sig’mas siyrak havo edi. U tosh va bo’sh sahnni kesib o’tar ekan, bir tur yengillik tortdi: vahmlarning bari ortda qolgan, endi bu musaffo osmon ostida u hech narsadan qo’rqmas va ayni shu hissiyotda musofir tosh binoning eshigini beixtiyor ochdi­da, ko’rganidan lol qoldi.
Bu kabi kichik binoga nechuk sig’gan buyuk bir dasturxon atrofida qirqlarcha ­ yo’q, roppa­rosa qirq: o’ttiz yetti ro’yxatdagiyu, Patronayu, Domodu, Sulton Ahmadlar bularga qo’shilib, roppa­rosa qirq kishi bo’lib o’tirishar edi. Musofir bularga yukunib salom berdi. Sulton Ahmad qiyofasidagi eng muhtaram mo’ysafid aligini olib ko’z uchida buning o’tirar joyiga imo qildi. Musofir borib majlisga qo’shildi. O’tirishi bilan yopilgan eshikdanmi, yo vaqtning bu yerda bejoligidanmi oraga g’ira­shiralik tushdiki, musofirning yuragi bu ko’lkasimon ruhmi, darveshmi, qiyofalar orasida biram achchiq, biram shirin ezildi­ey!
Bilasiz­ku, dunyodagi bu yolg’iz g’ira­shiralikni ­ tirik bo’lib tirikmas, o’lik bo’lib tunga aylanmagan kunni. Osmon yoqasi yorug’likni yutganidek, yurak ham shu yorug’likka entikadi, uni shimib, unga g’arq bo’lishga oshiqadi emasmi?! Birov senga dushman deganini ham seva boshlamaysanmi shu on?!
Dasturxon ham dasturxon emas ekanmi bu nimshabda, sajdagoh ekanmi, yo yer yuzini ko’rsatuvchi ko’zgumi: ana Patrona talab qilganlardan qanchasini Sultonning o’zi bo’g’dirib, Domodi Humoyun ­ Ibrohim­poshayu, shayxulislom Abdulloh afandini, sadorat qoyim­maqomi Mustafo­poshayu, ketxudo Mehmetlarning jasadlarini bir aravaga orta, To’pqopi o’ngidagi maydonga jo’natdi. Olomon bularning jasadlarini ocharoq ne ko’z bilan ko’rsinki ­ Navshaharli vaziri a’zamu qolganlar sunnat etilmagan esa­ya! Kimdir unda hammomchi armanini tanidi, kimdir shoir deyilganida ­ devonani, shayxulislom murdasida esa mayxonachini ochiqladi. Ana ko’tarildi ayuhannos! “¨lg’onchi Podshohing o’zi kelsin! Kerakmas bizga yolg’onchi Podshoh!” ­ deya qichqirishdi bir og’izdan cheriklaru mahbuslar, osiylaru g’alayonchilar.
Musofir atrofiga qaradi. G’ira­shirada qirq darvesh mukkasidan tushganicha xufyona zikrga berilib o’tirishar edi… Bari: Sulton Ahmad qiyofasidagi mo’ysafid ham, uning kuyovi Ibrohim­poshaga mengzar barzangi ham, Patrona Xalil yanglig’ novcha shogird ham… Musofir yana o’rtaga boqdi.

Olomon shu zahotiyoq bu jasadlarni otlarning dumiga bog’lagan va saroy o’ngidagi maydon bo’ylab, tosh yopilgan ko’chalar uzra uryon aylab choptirdi asov otlarni. Ana vorisul ulumil anbiyo va mursalin, arkonul­zamonu qutbul­imon shayxulislom Abdulloh­afandi toshlarda erib boryapti, ana matbaa noshiri Ibrohim Mutafriqa betlari yulingan kitobdek ravaq­ravaq bo’lmoqda, mana… ana… musofir seskanib tushdi… Biroq atrofdagi qirq darvesh qimir etmasdan Ollohning to’qson to’qqiz husndor ismini zikr etishmoqda edi. Musofir yana boqdi u maydonga. Ha, yanglishib bo’lmas qiyofa ­ uning o’zi oyoq­qo’lidan bog’langan… Nahotki dunyoning bedodligi bu qadar bo’lsa?! Nahotki olomonning telba ko’nglini faqat shu tomosha ovutsa?! Ahli ilmu san’at, ahli ma’rifatu ahli safo bor ekanki bu dunyoda, bularning bari ­ kimi xochga chormixlangan, kimining terisi shilinib unga somon tiqilgan, kimi ot dumiga bog’langan, kimi ostirilgan, kimi bo’g’dirilgan… Ey, olomon! ­ deya u insonlar podasiga bu­mi, u­mi ko’zlari bilan so’nggi bor boqqan edi, yo Parvardigor! ­ bular orasida vahmu­sarosimasiniyu zavqu­maroqini berkita olmagan uning o’zginasi turar edi…
SHunda uning bir ko’zi ot ketidan chopdi, ikkinchisi olomonga qadaldi, miyasi esa chars etdiyu, bu ketgan darz ichidan chiroyda misli bo’lmagan lola­qizg’aldoq unib chiqa boshladi. U butun olamni o’z chiroyigami, qonigami, yuragining qora dog’igami, tebranib turgan bir qatra shabnam­sharobigami, nozik navniholligigami, abadiyligigami yo bularning bariga to’ldirar va musofir uning otini atayman deya, so’nggi nafasda:
Ol­l­oh…”, ­ dediyu o’z nafasiga tiqildi…

Mana shu kuylarni boshimizga solgan Borisning uyida ishlab yotibman. “Martinang biroz tentakroqmi?” - deydi u o’z qotgan ensasini berkitmasdan. “Yo’q”, - deyman-da, Martinaning himoyasiga tushaman. Keyin esa bu g’iybatga cho’mishni istamasdan, yo ozarbayjon maqomchisi Olim Qosimovni va yo o’zbek xonandasi Munojotxonni magnitofonga qo’yib yuboraman, kel, biroz berilib ishlaylik, - deya. “Munojoting zo’r ekan”, - deydi Boris. ­ “Nimaga?” - deb so’rasam, - “Oliming - umuman O’rtaer dengizi atrofidagi san’at, - deydi u, - aziyatini ko’rsatki qilib yuborgan, - bu degani - ko’z-ko’z qilgan demoqchi. Aksincha sizlarda esa og’riqni ifoda etishda ham allaqanday oliyjanobligu andisha bor”, - deydi u. Darrov topishadi-da bular!
Ana shunday, suhbat aralash ishlab yurgan kunlarimizning birida Parijdan Borisning ­ kelib chiqishi kelgindiyu, uylanib-netib o’troqqa aylangan bir o’rtog’i kelib qoldi. Bu yerga kelib qolgan barcha Sovetlarga o’xshab yomon maqtanchoq ekan. “Kuni kecha, - deydi, - Pol Makkartni bilan gaplashgan edim: Moskvaga borsammikan-bormasammikan deb maslahat soldi”, - deydi. Pol Makkartnini ham gumonlarining o’rtasida unutib yuborib, qarabsizki, yana allakimga o’tib ketdi. Lekin qanday bo’lmasin - maqtanchoqligiga ham tasannolar - chunki oxirida - Borisga hech ta’sir ko’rsata olmay, menga qarab: “Darvoqe’, siz O’zbekistondansiz, a?” - deb so’rab qoldi. “Ha”, - desam, - “Parijga shu kunda Rustam Hamdamov kelgan”, - deb qoldi. Seskanib tushdim. “Rostmi?” - deb so’radim. ­ “Ha-da, chin, kuni kecha u bilan uch shisha aroqni bo’shatib bu yerga kelyapman”, - deb davom etdi o’z ohangida u. Qolganiga quloq ham solmadimu, lekin Rustam-akaning telefonini yozib oldim. Rustam Hamdamov haqida menga Hamid Ismoil so’zlab bergan edi. Darvoqe’ ayni shu inson bizning bir kitobimizda Rustam Hamdamovning Parijdagi hayoti haqida ham yozgan. Rost, u meni esga olmaganu, lekin aytib qo’yay, men ham o’sha yerda edim, men ham onda-sonda bularning yuksak saviya suhbatlaridan bahramand bo’lar edim...
Hamid Ismoil esga olmagan bir hodisani aytib beray.
Bir kuni, nima ham bo’ldi-yu, mening san’atimni Laonda tanib olgan yangi do’stlarimidan biri: “Mana, yoz ham boshlanib qoldi, sen esa Parijda bir o’zing qolib ketding (chindan ham keliningiz Bambergdagi do’stlarimizning sharofati oqibatida Bamberg univesitetidan stipendiya olib u yoqqa ketib yuborgan edi), yur, men seni bir joyga olib chiqay!” - dedi-da, Parijdan 150 kilometr shimolga qarab allaqanday aslzodalarning yoz sayliga olib bordi. Endi bu kabi xonadonlaru, bu kabi ziyofatlarni ko’rmaganman. O’zbek to’yi, o’zbek ziyofati deymizu, bu yerga boyagi millionermi, va yo aslzoda ayol bir necha yuz insonni chaqirgan, lekin bu insonlar - mahalla-kuy emas, - har biri - alohida shaxs, har biri - ayricha nom: bunisi mashhur kinochi, mana bunisi - mashhur kompozitor, bu yoqdagisi - artist, narigisi - masxaraboz - xullasi - san’at ahlining bari shu yerda to’plangan. Endi shu yer deganim ham - bir necha gektar o’rmonu dalalar, tegirmonu daryolar, xonadonu yozloqlar - bari mana shu san’at homiysi bo’lgan ayolga mansub.
Ana endi - har burchakda - bir san’at. Kimdir teatr qo’yib yotibdi, kimdir musiqasini birinchi bor inson qulog’iga sozlamoqda, kimdir - bizlarga o’xshab salaqlab yuribdi. O’sha kunlari Parijga Muhammad Solih kelgan edi. Hamid Ismoil bilan allaqanday SHcherbina degan shoirani qidirib ketishgan, qani endi bularning ikkalasi bu yerda bo’lsa! Men ham bu yerda o’zimga o’zimning SHcherbinamni topib oldim. Artist juvon, ayni payt yozuvchi ham ekan. Endi biram go’zal-ey, xuddi shu yerlar uchun mos bir ayol bo’lib tug’ilgandek. Boyagida kitob o’qigan shu edi-da! U bo’ldi, bu bo’ldi, borib stol tennisi o’ynaydigan bo’ldik, undan keyin esa qayiq suzib bir eshkakni yo’qotadigan bo’ldik. Eshkak - yog’och emasmi, yog’och esa odatda suvda cho’kmas edi, lekin agarda yuzlab qarab turgan insonlar orasida sharmanda qilaman desa, yog’och eshkak ham cho’kib ketar ekan. San’atlarning san’ati ana o’sha yagona eshkak bilan amerikalik hindular kanoesini boshqargani kabi sohil tomon suzishimiz bo’ldi.
Mayli, aslzodalarning ziyofatidan mana shu achchiq esdalik bilan mana shu shirin ayol qoldi. Lekin hikoyamning maqsadiga qaytay. Parijda bir kun bu juvon bilan ko’rishadigan bo’ldik. O’sha kuni Hamid Ismoil hali ham Muhammad Solih bilan SHcherbinani topa olmasdan - ketidan qidirib yurishgan ekanmi, Rustam Hamdamovnikida bir o’zim ularni kutib o’tirar edim. Ancha paytgacha kelishmadi, shunda men uzrimni aytmoqchi bo’ldim-da, turmoqchi bo’ldim. Aytdimki, bir ayol bilan uchrashishim kerak, ayolni mendan xushroq ko’rdi qabilida ko’ngillari qolmasin deya: “Bekor bo’lsangiz yuring, sizni ham olib boray”, - dedim. Aslida san’atkorning bekor bo’lgan payti bormi? Bekorchilik deganining o’zi ham san’at-ku! O’y o’ylaysan, rejalaringni tuzasan, qaytamga kino olish sahnasida va yo qog’oz ustida oson - nima qilishingni aniq bilasan - bunisi san’at emas, bunisi - kasbu-kor. San’at esa - boyagi aytganim - ko’rinishdan hech nima qilmayotganingda tug’iladigan narsa.
Lekin Rustam ham xo’p dedi-yu, besh minutdan keyin ikkalamiz ko’chaga chiqdik. Shaharning markazida, Cite des arts degan joyda turar edilar, ana u yerdan chiqib avvaliga Sena daryosini Lotin mavze’si tomon kesib o’tdik-da, allaqaysi admiral ko’chasiga o’tib, kelishilgan kafeda Katrinni kuta boshladik. Bir payt Katrin ham keldi. Rustam bilan tanishtirdim. Hali ham ancha nokomil ekanimizga amin bo’ldim. Qaysi ma’nodami? Siz o’ylagan ma’noda emas zinhor, ayni teskarisida. Umrim bino bo’lib ayollarga bunchalik beg’araz qaragan o’zbek erkagini ko’rmagan edim, qaytaga Katrin - Rustamning rejissyorligini bilib olib biroz nozu-karashma bilan yaltoqlangandek ham bo’ldi. Kafeda o’tirib kimimiz pivo, kimimiz qahva ichdik. Parij hayoti shu - kafedan kafegacha, boyagi aytganim kabi - turgan-bitgani - san’at.
Keyin Katrinning yana bir qisqacha uchrashuvi bor ekan, lekin bunisi boshqa kafeda ekan, menga qo’shilib bormaysizlarmi, - deb u ham ko’ngil uchun so’rab qoldi. “Mayli”, - deb ko’ndik biz. Boshqa kafega ham bordik. San’atimizni yana davom ettirdik. Katrinning bir romanida hindistonlik bir sozanda og’zi yopiq qolgan bir pistami, bodomni o’z cho’ntagida qaytimsiz sevgisining timsoli sifatida olib yuradi. Shulardek biz ham bir og’zimizni ochib, bir vafodorona yopib o’tirdik boyagi joyda, keyin boyagi yangi do’stimiz o’z uyiga taklif qilib qoldi, unga ham bordik - Parij hayoti shunday - qaerdan boshlanadi-yu, qaerda tugaydi - hech kim bilmaydi. Ne odamlarni uchratmadik o’sha kuni - ikki do’stimiz ham shoira SHcherbinani qidirmasdan biz bilan yursa bo’lmasmidi deyman. YUgurganniki emas, buyurganniki - degan narsa Parij uchun aytilgan shekilli.

Lekin bularning barini men boshqa narsa uchun aytyapman. Rustamning kuni bo’yi bizlarga qo’shilib o’zbekona lo’kkillab yurganini aytmoqchiman. Buyuk bir san’atkor, nuktadonu nafosat yaratuvchisi, hayotining har bir daqiqasi allaqaysi kelajaklarda soniyanomalarga kirgusi bu insonga qarab-qarab qo’yamanu - o’zim uyalib ketaman: yonimizda lo’kkillab kelyapti. Bu lo’kkillashda esa oddiy, xashaki, qorin qo’ygan o’zbekning tuyaga o’xshab manzil bilmay bekorchilikdan yurishi emas, lekin allaqanday tasavvufona tariqatga turganlik bor edi o’shanda. Shu haqda gapirmoqchi edim men Parijning markazida, kafelardan kafelarga, ulardan birovlarning uylariga-yu, teatrmi, kontsertlarga va yo navbatdagi kafega o’tar chog’i... Kundalik hayot zikri…

Borisning yozloq uyini ham ta’mir qilib bo’ldik. Menga to’rt yuzmi, besh yuzmi frank berdi u mardikor mehnatim uchun. Nomiga: “Yo’q, qo’y”, - desam ham, ko’nmadi. G’arbda shunday ekan. Yo’q, do’sting uchun ham kiraga mehnat qilishni aytayotganim yo’q, aqliy mehnat jismoniysidan qimmatroq demoqchiman. Esingizdami - yozuvchiligim uchun Laonda qancha to’lashgan edi. Mayli-da, besh-olti tanga bo’lib tursa - shunisiga shukur qilib yuribmiz. Poezdda Borisnikidan qaytyapman - hammayoq ko’kargan - bahorning avji. ×o’ntakda pul, yana o’n-o’n besh kun betashvish hayot. Bahor naqadar go’zal fasl-a dunyoda...


Parij, Parij, Parij... Ziyofatu istirohat shahri, zavqu nash’a maskani. Og’ir hayot ham unda allanechuk yengil. Xeminguey iborasi bilan aytganda - hamisha yoningda, qo’yningda yurgan bayram. Boshqa bunday shahar bo’lmasa kerak dunyoda. O’z xarajatini o’zi ko’tara biladigan shahar. Yayra, o’yna-kul, nasibang ham shunga yarasha hamisha tayyor. Bir allaqanday professorning uyida bo’lib qolasan - bu professor zimdan O’zbekistonni kuzatib kelayotgan bo’lib chiqadi. Kuzatish ham u yoqda tursin - ko’zatayotgan bo’lib chiqadi. Bu deganim, o’zbek ko’zalari obdastalarini yig’ib yurgan havaskor bo’lib chiqadi. Ana endi o’z uyiga taklif qilib o’sha ko’zalaru obdastalarni birma-bir senga ko’rsatish maromida bir sharob taklif qiladiyu, bir sovutmachoq. Keyin esa allaqanday kitoblardan o’zbek obdastalarining eng noyobi deb sanalgan rasmga qaratib, mana mendagisi bunisidan ham qadimiyroq ekan, Mallaxonning saroyidan saqlanib qolgan ekan, deb yashirin jovonidan boyagi antiqa oftobami, obdastasini olib chiqadi. Qoyil-e, deysan chin ko’ngildan. Bunaqa shaydolarning shaydosi ketsang arziydi-da! Biz bir tiyinga ilmagan narsani asrabdi-da, e’zozlabdi.
 Ichgan sharobingdan qonlaring to’lg’onib, bir narsalarni valjirab ketasan. Islomda ash’yo saqlash - butparastlikka tenglashtirilsa kerak, chunki Islom - bu So’z, Kalima dini, holbuki, nasroniylik - Amal, O’rnak dini, - deya allaqanday nazariyalarni inkishof eta boshlaysan. Shuning uchun ham G’arb uchun ashyoyu dalil shunchalik muhim. Sharqda esa avloddan avlodga qoladigan narsa - sanamu butlar emas - so’zning bir turi bo’lgan nasihat. Bu valjirashlaringni boyagi professor yozib oladi. “Mayli, - deysan, ­ yozing, ashyoviy dalil sifatida. Baribir bu so’z-ku!” Ikkalamizning ham bundan ko’nglimiz chog’! Ikkalamiz ham o’z dinlarimiz hadlarida qoldik-da!
 Boshqa kuni Hamid Ismoilning tarjimalari xususida taqriz yozgan bir adabiyotshunos - Hamid bilan egiz qadarligimizni bilib, o’z uyiga olib ketadi. U yerda ham suhbatlarning avjida - Hamidning o’zi yo’q ekan, Rustam shu yerda-ku, juda bo’lmaganda u ham ziyofatdan bebahra qolmasin, - deya unga sim qoqasan va yarim kecha deganda - zo’rlaganingga dosh berolmay u ham bular jo’natgan taksida yetib keladi. Ana bir chekadan o’zbek bolachalarining itlar bilan birgalikda tok soyasida qoq jazirama kunlari yotganini chizib o’tiradi. Uzumlar shov-shov tomadi rasmlardan, qog’ozda yo’q quyosh esa bu qog’ozni kuydirgudek yaraqlaydi. Nimsahargi soat uch-to’rtlarda o’zbeklarga bag’ishlangan ziyofat zo’rg’a-zo’rg’a tugaydi. Bularda yotib qolish yo’q, shaharning allaqaysi burchaklaridan Rustam ikkimiz piyoda tungi, aniqrog’i esa tonggi Parijni tomosha qilib ketamiz.

Bir kun esa ikkimiz Gurjistonning YUNESKOdagi kuniga mehmon bo’lib boradigan bo’ldik. Go’rjilar ham o’zlarimizdan emasmi, shuning uchun boshimga qaqqaytirib do’ppimni kiyib oldim-da, YUNESKOning kontsertlar saroyiga kirib bordim. Rustamni ham tanimagan kishi yo’q ekan chamasi - hali kelib yotishibdi, hali, to kontsert boshlanmaguncha do’ppim hammani magnit kabi Rustam tomon tortgandek. Kontsert ham boshlanib ketdi. Gurji erkaklarning uchta ayol oldida oyoq terib-terib, tepib-tepib o’ynashlari bor emasmi, qiziq, ilgari e’tibor bermagan ekanman - shu ekanmi erkaklar qiladigan ish, - deb biram ensam qotti-ey, lekin rost, tanaffusda gurjilar o’zining fuqaro urushiga botgan mamlakatidan “Axasheniyu” “Kinzmarauli”, “Rkttseliyu” “TSinandali” kabi sharoblarini keltirishgan ekan, ana ularni eski davrlar shirin xotirasi sifatida ichib, allaqaysi yillari xotin-bolachaqa bilan Gurjistonning ×erkas vodiysiga avtobusda chiqib borganimizniyu, avtobusimiz pildirab-pildirab qulab ketay deganda - bir sho’ng’ib - o’sha vodiyga yetganiniyu, jannatmakon bu vodiyda bir kun mehmondo’stlarning mehmondo’sti gurjilarning mehmoni bo’lganimizni eslab, yig’lagudek bo’lib o’tirdim. Ana o’shanda boyagi oyog’ uchida kaptarsimon pildirashlarini ham kechirdim bu xalqning.


Qizim kelgan kunni aytay.


Parij deganim - qizimga sog’inch deganini aytgan edim. Rafiqam Olmoniyaga ketgach, biz - bir oila - uch mamlakatda yashay boshladik. Ko’ngilning parokandaligini gapirmay qo’ya qolay. Mayda-chuyda gaplarga chalg’ishimning boisi ham aslida mana shu. Bir kuni esa keliningiz Olmoniyadan sim qoqib, bu yerga Otanazar-aka kelyapti ekan, shu orqali qizimizni chaqirtirib olishimiz mumkin, faqat unga taklifnoma jo’natish kerak, - deb qoldi. Aslida Frantsiyadan ham bu harakatlarni qilganmiz, buning ketida eng yaqin do’stlarimiz bilan ham ajrashib ketganmiz, chunki ular mana shu taklifnomaga kelganida - biroz tarang qilishgan-da! Endi esa boyagi mayda millat do’stlarim bor emasmi, bularning boshidan asrlar osha ne balolar kechmagan - har narsaga shay. Qushlar orasida chumchuq kabi. Ana o’shalarga bordim. “Gap yo’q”,- deyishdi. Shu zahotiyoq allaqanday yolg’on-yashiq bir taklifnomani yozishdi-yu, shu yerda o’ralishib qolgan farrosh ayolga imzo chektirishib O’zbekiston Tashqi Ishlariga jo’natishdi. Bu yog’i endi - kutish, bu yog’i - ilinj. Bu yog’i - har kuni Otanazar-akaga sim qoqish. Yo’q, iltijolarimiz yetdi, shekilli, qizimni Otanazar-akaning pasportiga uning jiyani sifatida yozib qo’yishadigan bo’lishdi. Rost, bilganlar aytishibdi, Olmoniyada olib qolayotganinglarda rosa qiynalasiz, lekin noumid shayton. Kelaversinchi. Har bir keyingi qadamga ishonmaymiz. Moskvaga dovur biletlar olishibdi. Yo’g’-e! G’izillab - Opera maydonidan Moskva-Berlin degan bilet olib Moskvaga jo’natdim. Moskvaga ham uchishadigan bo’lishdi. Rostmi? Aldamang! O’lib qolaman-a! Uchishdi ham. Moskvaga kelishdi ham. - Har bir qadamini men Parijdan, keliningiz Olmoniyadan kuzatib turibmiz. Yana har bir qadamni bir-birimizga aytib turamiz. Ishongimiz kelmaydi, qo’rqamiz.
 Moskvada allaqaysi jurnalist yigitning uyida turishadigan bo’lishdi - simini uzib yubordik. Va nihoyat, nihoyat samolyot Berlinga qarab uchdi, - dedi bu jurnalistning xotini! Qizimiz ham-a? Qaytib kelmadimi, axir?! Eringiz qaytdi, qizimiz uchdi? Rostmi?! Yo’g’-e! Uchdi! Uchdi! Uchdi!
O’sha kuni irlandiyalik bir dugonam bilan bir boqqa borib rosa shampan sharobidan ichdik. Rosa sevindi bu qiz o’z qizimning eson-omon Berlinga yetib kelganini bilib! Keliningizning bir maqolasini tarjima qilganida bu ilmiy maqolada ham farzand hasrati borligini anglagan edi bu dugonamiz. 
Keyin esa, keyin o’sha-o’sha Martinnikiga borib bog’chasida bir o’zim o’tirib olib rosa hayot to’g’risida o’yladim-qayg’urdimki, biram yuraklarim ezildiki, yozsam - qog’oz qizil rangga bo’yalsa kerak. Buni faqat she’r ko’taradi. 

Eh, o’sha bahor. Rostini aytsam butun shu romanim ana o’sha bahordan unib chiqqan. Qizim mendan uzoqdaligida hijratning qizil qumlarini bosa, bolalar uchun qurilgan sport maydonchasidan “Leklerk” degan sardo’konga o’tib borar ekanman, endigina kurtak ocha boshlagan novdalarga yuzim tegib ketib, ularning ketidagi quyosh ko’zimga tushar edi-da, seskanib: “Iy-e, bahor ham kelibdi-ku”, - deb ich-ichimdan junjikib ketar edim. Bolalar bu qizil qumlarda futbol tepishlarini qiy-chuv aralash davom etishar, men esa ellikmi-oltmish endigina topgan frankimga hafta bozorini qilgani o’tib borar edim-da, mendan beshmi-olti ming chaqirim uzoqdagi qizimni o’ylar edim…

ñëåäóþùåå  |  ïðåäûäóþùåå  |  íàâåðõ  



SpyLOG

FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   

© HZ/ DZ, 2000-2001