index page

Hamdam Zakirov's Literature Archive (in russian)


FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   


ãëàâíàÿ
íà ñàéòå

TOIR MA'DIY:
Haiy-ibn-Yakzon
(Frantsuzchadan Hamid Ismoil tarjimasi)

Yer hududlari uchtadir. Biri - G’arbu Sharq bilan tutashgan hudud.
U mukammal tadqiq etilgan, undagi voqeotu­hodisot,
xoh aniqu, xoh ajib - ma’lumu mashhur. Ikki hudud esa noma’lum:
biri G’arb ortida, ikkinchisi Sharq ketida…
Ibn­Sino

Tarjimondan

Frantsiyaning Nojent shaharchasida yashab turuvchi ­ aslida “yashab turg’uchi” deb yozsam bo’lur erdi, xullasi ana o’sha Nojent shaharchasida istiqomat qilib turuvchi muhtaram faylasufimiz So’qrot Sharqiev bilan shu oylar va yillarda “Islomda So’z va yo Ibn­Sinoning “Sharqoniylar falsafasi”ga sharhlar”ni birgalikda yozar ekanmiz, faylasufdan bir maktub oldim. Unda yozilishicha, hozirgi kunda Frantsiyada o’zbeklar haqida bir emas ikkita roman chiqqan emish. Biri ­ mana hozir o’qishga kirishadiganingiz, ikkinchisi ­ bu romanda nomi tilga olingan Jan­P’er Balpning “La Toile”, ya’ni kibernetik to’r nomi ostidagi romani. Uning ham bosh qahramoni ­ Internet olamining dahosi ­ bir o’zbekdir. “Ikkala romanni menga yuboring”, ­ deb yozdim faylasufga va ularni ola solib, boyagi kitob ustidagi ishimni chekaga qo’yib, ularni o’qishga kirishdim.
 Tarjimon bir nav’ yangi uylangan yigitdek. Tarjima etmoqchi bo’lgan narsasining ko’zini yoradi. Endigina tarjima qilib bo’lgan romanimdan gapirsammi yo uni yozgan Toir Ma’diydanmi? Romanni­ku o’zingiz ham o’qirsiz, avvaliga yozuvchi ­ “yozg’uchi” haqida to’xtalsam. Aniqrog’i u bilan bo’lgan munosabatlarimiz haqida. Bizning munosabatlarimiz saksoninchi yillar so’ngida betakalluf boshlangan. Hech kimga tanish bo’lmagan bu yosh yozuvchi mening o’ttizga yaqin chop etilgan maqolalarimni mendan beso’roq olib, ular asosida “Majolisun­nafois” romanini Moskvaning “Sovetskiy Pisatel’” nashriyoti uchun yozgan. Unda u mening misolimda ­ qayta qurish yillari millatchilikning uyg’onishini ifoda etgan emish. Xo’bki, Sovet Ittifoqi yemirilib bu roman ham uning vayronalari ostida qolib ketdi ­ aytmoqchi bo’lganim, uni chet elda chiqarayotganida ­ romanga aralashib o’z sharhlarimni ham ilova qilib yuborishga ulgurdim.

 Buning evaziga Toir Ma’diy o’zining o’zbekcha yozgan “Temir Yo’l” romanini ruschaga tarjima qilib berishim shartini qo’ydi. Ko’nishga majbur bo’lib, bu romanni Moskvaning “Voskresen’e” nashriyoti uchun tarjima ham qilib berdim. Rost, allaqanday haqiqatmi, adolat bor ekan bu dunyoda, so’zlarim biroz mash’umroq tuyulsa­da, bu romandan faqat tarjima tirik qoldi. Menga yuborilgan qo’lyozmasi yagona ekan, uning ustiga ham mening mushugim siyib qo’yib, tarjimani bitirishim bilanoq uni axlatxonaga tashlab yuborgan edim.
 Mana endi faylasufimiz tavsiya etgan roman. Hayot qiziq narsa ekan. Men umrimning o’ttiz yilini tarjimalarga bag’ishlab yuribman. O’zim yozadigan, yozayotgan narsalarimni chekaga surib, mayli, shu narsa ham yaxshi ekan, uni ham o’gira qolay, bundan keyin to’xtataman, ­ deymanu, yana bir narsalar chiqib kelaveradi. Rost, o’zbekning ­ boring u Toir Ma’diy ham bo’lsin, frantsuzchada yozgan romani ­ antiqa bir hol emasmi, boshqa sifatlarini olmaganda ham faqat shu xosiyati uchunoq tarjima qilsa arzigudek. Bu romanda yozg’uchi o’zini allambalolarga “egiz” deb ataydi. Meni so’rasangiz, egiz emas, ko’lka bo’lib ketdim Toir Ma’diyga, mardikoriga aylandim chamasi. Biroz nolish sezayotgandakman o’z so’zlarimda. Unday desam,  yoqmasa ­ tarjima qilarmidim?!
 “Haiy­ibn­Yakzon” romani frantsuzchada nom o’laroq kengroq sharhlangan va unga “Bedorning Tirik o’g’li” deb tarjimasi ham berilgan. O’zbekchada bu narsani ortiqcha deb bildim, chunki nazarimda bu nom Abu Ali Ibn Sinoning mashhur falsafiy qissasi ekanligini va unda ilk bor tasavvuf falsafiy tarzda ko’rilganini bilmaydigan o’zbek kitobxoni bo’lmasa kerak. Shundan ham bu romanning frantsuz shaklidagi Ibn Sinoga taaluqli qo’shimcha ishorayu imolarni o’zbekchasidan olib tashladim. Tasavvuf ham deyarli davlat mafkurasiga aylangan bir paytda u haqdagi ortiqcha sharhlarni ham o’zbek tilidagi tarjimada ko’pam bachkanalashtirganim yo’q. Hammasi ham o’z­o’zidan ayon­ku. Shu yerda nuqta qo’yib, romanning o’zini o’qishda sizlarni tinch qo’ysam.

Hamid Ismoil

Romanni oqlash uchun debocha

 Bolaligimda bo’lgan bir voqea esimdan chiqmaydi. Biz o’shanda Buxoro oblastining Rometan rayonidagi Afshona posyolkasida yashar edik. Bir kuni maktabimiz bilan ipak qurt uchun tut bargi terganimi, yo mevali daraxt tanalarini chumolilarga qarshi ohak bilan oqlaganimi ­ xullasi qishloq xo’jaligining navbatda turgan ishi uchun dalaga chiqqan edik. Ishdagi tanaffus payti men o’z­o’zimga chalg’ib idora bog’iga tushib qoldim. Ilgari ko’rmagan ekanman bu bog’ni: buvim aytib bergan jannat shu bo’lsa kerak, ­ deb o’yladim o’shanda. Zilol ariqlar pastda sharaqlab oqar, mevalar ­ dunyoda talash mevalar bu yerda do’p­do’p yerga tushar, yerning yumshoqligidan esa ularni na zaxa urar, na qurt yer edi. Bog’ning bir tarafi gulzor, choshgoh oftobida rosa qizigan hidlar quyuq­quyuq halqalarga tugulib, har tomon anqib havoniyu, undagi mendek bir mitti odamni sarxushu sarmast etar edi. Jo’yaklardagi kesaklarga qoqilib­suqulib atir gullar ichiga kirib bordim, buvimdan  ko’rgan emasmanmi ­ avvaliga burnimni mishirib, rosa hidladim, keyin bir g’unchani uzib chakamga taqdim. Oftobdan qiziy boshlagan boshimni qayta bog’ salqiniga olib ketishdan avval shu o’rtaroqda shunday bir shohona gul ko’rdimki, shunisini buvimga eltay dedimu, timdalanib­simdalanib gulzorga suquldim. yetdimu­qotdim. Avvaliga ko’zim qiymadi bu gulni uzishga. Mahliyo bo’lib qoldim. Qizilning ham turfa rangi bo’ladi emasmi, bunisida na pushtilik zaifligiyu, na sarg’ish aralashgan za’faronlik, na bahmal qo’shilgan timligu, na binafshaga o’tib ketgan to’qlik bor edi. Bunisi yosh bolaning qonidek top­toza ol edi.
 Bu so’zlarni albatta endi topyapman. Unda bola emasmanmi ­ bularning barini ozoda ko’zimu pokiza yuragim bilan tuyganman xolos. Bunisi ­ rangi. Endi shaklini aytmaysizmi. Atirgulning ochilgan loladek bachkana turi bo’ladi. Urug’i to’kilib turmaydi faqat. Va yo tersi ­ qo’ziqorindek yaxlit bir qubbacha ­ paxtaning g’o’r ko’sagiga o’xshaydi u. Qing’ir tishdakgisi bor, tannozning bo’yalgan og’zidek, tegirmon toshidan sachragan undek, biroq bunisi boshqa bir dunyoga ketgan yo’ldek edi. ¨ dunyoning tubiga, qa’rigami…
 Ana o’shanda birinchi bor men gulni hidlagani emas, uning tilsimli ichiga mo’ralagani egildim… Oh, bu umrbod esimda qolgusi on!… Atom portlashini ko’rgan edim televizorda. Ana shunday portlash urdi ko’zimga! ×inqirish ham gapmi ­ ayyuhannos solib otildim bu gul, bu gulzor, bu ma’vo bog’ ichidan!
Hozir yoshim bir joyga yetib, o’sha onni qayta eslasam, hanuz etlarim jimirlashib ketadi. Oyog’im yerga tegmay, chinqirig’im qanotlarida uchib ketyapmanu, bolalik qiziqishi emasmi, ari sanchilgan ko’zimni ochaman desam ­ ko’zimga ­ ishonasizmi? ­ o’z ko’zim qarab turibdi. Bundan yurak­puragim chiqib ketib yana chopaman. Qovog’im shishib boryapti, boshim shu tomon og’a boshlagan, og’riqmi zo’r, undanmi qo’rquv, yo teskarisimi ­ kim bilsin? Hozir eslab boqsam ­ qaerga qochayotganim ham betayin ekan: bilganman shekilli ­ maktabga yugursam ­ dakki eshitaman, uyga esa ­ qarg’ish. Shu yaydoq cho’l tomon qochibman.

 Kim bilsin, o’shanda o’ngimdan bir Oppoq­Dada chiqib qolmasa, qaerlarga yetar edim men?
 ­ Hijrating nedin? ­ deb so’radi u o’shanda. Qo’limni ko’zimdan qo’yib yubordim. Sog’ ko’zim yig’laydi, yumug’i achishadi: qovog’imga nishini sanchgan arini ko’zimga bosib yugurgan ekanman, Oppoq­Dada uni ko’zimdan sug’urib oldi­da, qanotlarini rostlab puf degan edi, menga ortiq kin tuymasdan shamol ko’targanicha uchdi­ketdi bu asalari. Ko’zimni ham o’qib qo’ygan edilar, birozdan keyin uyga qaytarganlaridan so’ng ochildi ko’zim. Lekin o’shanda zaharday achchig’u, boldek shirin bir egizlik tuydim men o’sha uchib ketgan ariga. Boyagi gulni ko’rish egizligi edimi bu, yo ko’zni ko’zga urishtirishmi, va yo ochiq havoda erkin uchish egizligimi?…
 Bularni o’shanda ham aytaolmaganman, hozir ham qurbim yetmaydi aytishga. ¨zuvchiligim ham mana shu qusurdan bo’lsa kerak…

 Tarix to’rt yuz yigirma sekkizda Ramazoni Sharif oyining avval jumasi bu nav’ sohibi hikmati purma’no va bu yanglig’ sohibi hilqati dono Ruhi ozodalaRining muboRak oshyon muRg’i badan qafasidin vojibul­vujudning Ravzayi qudsiysi soRi paRvozi ma’ad tuzdi. AlaRning anda yoshi ıllik uch ıRdi.
“Sohibi mulki badanim ziyod mulkig’a bepisanddiR, aningchun choRai muolaja oRtiq naf’ beRmag’ay bo’lg’ay”. ×un bu so’zni aytibtuR, Xamadon shahRining ZanbuR mavze’i gumbazi gaRdunida ajib biR la’mai anvoR tajalli aylab, anga o’xshashki faRishta qanotlaRini yozibtuR va SHayh­uR­Rais favtinin motami ahli olamga yuzlanibtuR.

Ul HazRatning favtlaRi voqeasi mazkuR bo’libtuR, sohibi suluk Abu Ubayd al­Juzjoniy boshlaRida hoziR ıRmas ıRkon, boRi ushmundoq tajalliyot xotiRidin behol o’lub yiqilibtuR va tanho alaRning tabibi hamRozi gustohlik yuzidin SHayh­uR­Rais ilki shaRifi tomon ıngoshub zaif panjasidin ilmi tabobat siRRin ımas, biR paRcha qog’oz olibtuRkim, ul qog’oz vujudi badanu, toiRi Ruhning ma’adi fid­dunyo shaRhi ıRmish ıRkon.
Tabibe bechoRa motamsaRovu, malulu notavon ahvol ichRa yolg’uzliqda ul hazRat boshin shimol jonibig’a qilib, yuzlaRin qibla soRi buRibtuR va andin so’ngRa boz qog’ozg’a boqibtuR. ×oRai iloj, daRdi daRmon oshkoR ıtilmish peshtoqdin biR qancha shisha olub, alaRning ayog’laRi soRi o’tRu o’tiRmish va bul to’tiyovu malhamlaRni za’f yuzlangan shaRif jismlaRig’a suRkabtuR.
Filhol Ruh uyg’onibtuR, anga o’xshashki ashk to’kub tush ko’RayotuRg’on yigit kibi navhai giRyon bunyod ıtibtuR. Andin hushsiz ashobning boRi seskonibtuR va ammo hushlaRig’a qaytqoch ul holni ko’RubtuRkim, yona behol yiqilibtuR. YUzga qon, qaboqlaRg’a jon yuguRubtuR. Hamd ila istig’foR aRo kasRat anjumaniyu vahdat uzlati baynida chopatuRg’on tabib so’ng boR jismdin qog’ozg’a yuzlanmish va oxiR ushoq shishada nahl poshshosig’a atalg’on gulobu shaRbat soRi qo’l uzotqoch aning ilkig’a digaR zanbuRi xunhoR daf’atan nishtaRin sanchibtuRki, ul shishai muattaR qo’ldin ketib chil­paRchil sochilibtuR.
Anda ul bedod tabibg’a ne o’zun o’ltuRmakdin foidae, ne onhazRatni tiRiltiRmaktin natijae. Nimjon jism oshyonidin muRg’i Ruh talpinib qalqibtuR va balki doRul baqoninng yopuq ıshigig’a uRulub yona ushbu doRul fanog’a nozil bo’libtuR va but tana ilinjida ul g’aRib zanbuR jismini tanlabtuR…

* *

*

Aslida bundan boshlangani yo’q bu yo’l. Aslida bunga uslubning ham keragi yo’q, emishki Shayx-ur-Raisning ­ birdaniga ­ yaqinlardayoq qaysidir bir g’arbiy yurtda ­ tiriklayin ­ yurgani aniqlangan emish. Ha, necha asr bo’lib ketdiyu, deb o’ylayman-da, bu necha asr degani bizga yolg’on o’qitilgan ekan, deb yana yangilikka quloq solaman. Hatto hozir ham allaqaysi yerda, Provansdami, Viskonsinmi, Arizonada qamoqda bir Vosvorts, bir Guggins, bir Vicens, bir yana qaysidir nom ostida saqlanib turgan emish­da uning ustida turli tajribalar olib borilayotgan emish. Qanday qilib u shuncha yil, yil tugul asrlar yashab qo’yibdi degan ma’noda­da! Tush kechib, tushimning o’zidayoq mana shu siru­sinoat bu yoqdagi umrimningu, demakki xuddi shu kitobimning mazmuni bo’lishini tushundim. Mana shu.


Vaqoei sanai als arba’ mia saba’

 19.. milodiy yil edi. Bu tushni ko’rdimu, oromimni, huzur-halovatimni yo’qotdim. Mamlakatda qayta qurish shamollari qanot yozar edi, men esa tushda ko’rganimni o’ylaganim-o’ylagan, boshqa narsaga na fikru-xayolim, na maylu-majolim borar edi. Axiyri bo’lmadi. Bir bahona qilib o’sha Provansga borish payida bo’ldim. Ana shu ma’nodagina xolos qanot yoza boshlagan qayta qurish shamollari mening ham ko’kragimga tegdi desam bo’ladi.

 Bahona ham topildi. O’sha yili kuzda yozuv-chizuv ishlari bilan Moskvada yurar ekanman, bir kun ¨zuvchilar Ittifoqidan Bosit Damoliev demoqchi edimu, mayli, o’z ismi bilan aytaveray, chunki yozayotganim uchun adabiy o’yinlarning ahamiyati yo’q, demak, Sobit Madaliev qo’ng’iroq qilib qoldi-da, siz frantsuzcha gaplashasiz-a? - deb so’rab qoldi. Ha, biroz bor edi, - dedimu, so’nggi bora qo’limga frantsuz kitobini olganimga o’n yilcha bo’lganini eslab, biroz xijolat tortdim. Tinchlikmi? - so’radim men. Frantsiyadan mehmonlar kelishayotgan ekan, Toshkentga olib boradigan odam yo’q. Shunga sizni o’ylagan edim, - dedi ho’rsinib Sobit-aka.

 Xullasi ikki kundan keyin ikki frantsuz shoiri bilan Toshkentga yo’l oldik. Ular o’zbek she’riyatini o’z yurtlari uchun ochmoqchi bo’lib kelishayotgan ekan, shu bois Toshkentda bizni Muhammad Solih kutib oldi. Endi KGBlar mehmonlarni aeroportda chig’irig’dan o’tkazishiniyu, ketimizdan dum bo’lib yurishlarini aytmay qo’ya qolay, shusiz ham ayon. Solihlarning uyiga yetib kelishimizdan boshlay.
 Keldik, qo’l yuvib dasturxonga qo’ndik. ×alakam-chatti suhbatu astoydil mulozamatlar, yengil nonushtayu og’ir otishmalar boshlanib ketdi. Avvaliga mehmonlarning qadamlariga hasanot aytib ichdik. Mehmonlar ham navozishlarda bizlardan qolishmasdan mezbonlarning sharafiga jimjimador g’urg’urlarini aytishdi. Hah, o’sha kuni mening og’zimga tushgan nozik-nafis frantsuz tili-ya! Bug’lanib turgan kartoshka og’izning bir burchagidan ikkinchisiga turtilgandek - pash-pash bo’ldi bu til-a!
O’sha payt Evril Turonga aylanayotgan Mamadali Mahmudov kirib qoldi. Ana, o’zbek dissidenti, deb yana otdik. Soli-akaning qizlari sharpadek eshikni ochishar ediyu, yuz ko’rsatmasdan faqat tovoqlarni yangilab turishar edi. Farangilar o’ris arog’idan o’zlarini erkinroq sezishdi shekilli, qizchaning atlasga o’ralgan qo’li paydo bo’lishi bilan - o’zbek qizlari va ayollari uchun ichaylik deb qolishdi. Mamadali Mahmud qulluq qilib rahmat dedi. Unga Solih: “Siz nima, ja’mi o’zbek xotin-qizlarining erimisiz yo otasimisiz - qulluq qilasiz?” - deb tanbeh berdi. Hamma sharaqlab kuldi.
 Bir payt ancha-muncha olinib qo’yibdi o’xshaydi, Soli-aka meni sekingina oshxonaga chaqirdi-da: “Mehmonlaringiz qattiq olishar ekanmi?” - deb so’rab qoldi. “Olishadi - uzataman, beryapman, yana qult-qult! Rasm-rusumlari shundaymikin?” - “Qaydam, farangilar-da”, - deb qo’ya qoldim aybsiranib men. Shunda u soatga qarab qo’ydi-da, mayliga deya, tunning yarmidan roppa-rosa bir soat o’tganida hamxorazmi - Omon Matjonga sim qoqdi. Tunning yarmidan ikki yarim soat o’tganida, uyquga ketgan ko’zlarini ishqalab-ishqalab aroq topa olmagan, lekin evaziga ikki shisha konyak, bir shisha Sovet shampani va ikki shisha ×ashma bilan Omon­aka kirib keldilar. Ana qizidi bazm. Oramizda Parijga borgan bir Omon-aka bo’lib chiqdi. O’shandan uch-to’rtta so’z ham orttirib kelgan ekanlar, - javrayvergan jag’im ana o’sha uch-to’rt so’z hisobiga biroz tindi, farangilar ham alag’da-palag’da bir kam “G’ashlik” shaklida chizilgan “¨shlik” jurnali bilan ovunib o’tirishdi, undan ilhomlanib uzluksiz uzatilib turgan konyagu-shampanni ×ashma bilan aralashtirib, sim-sim simirishdi. She’rlar o’qildi, yoshlar to’kildi.
 Ertasiga peshin soat birlarga borib uyg’ongan Jan-P’er - darvoqe’ frantsuzlardan birining oti mana shunday edi, muloyimgina meni oldiga chaqirdi-da: “Bu yerning odatlari ajib ekanmi? ¨mon qattiq otishar ekanlar-a?” - desa bo’ladimi. “Mezbon uzataverdi, bizam qo’lini qaytarmaylik deb olaveribmiz. Har holda yot joy emasmi, rasm-rusumlarini bilib bo’lmaydi-da...”

 Ertasiga Samarqand ketdik. Zomin tog’lariyu bog’lari bo’ylab yurgan kunlarimiz-a! ¨zuvchilar Ittifoqining “Volga”sida: Bu O’zbekistonda ham Sayudis tuzsak bo’lardi-ya degan gaplaru - tashqarida har bir qishloqda tanishlari bilan achomlashib ko’rishayotgan Mamadali Mahmud. Kuzga kirayotgan tog’larni aytmaysizmi, tog’larni. Sap-sariq rangga botirilgan mo’yqalam kabi tik teraklaru, qizg’ish, za’faron, ko’kimtir, qo’ng’ir o’rik barglari... Har besh kilometrda moshinadan chiqamiz, yana kayfi safo. Farangilar unga Petit Kanappe degan ot qo’yib olishgan. Yana Petit Kanappemi, deb qo’yishadi-da, madaniyatlar tushunmovchiligida yana qult-qult otishadi. Misyo Propaganda ismli Mamadali Mahmud esa o’zbek sahovatining otasi sifatida baliq tutgandek, moshinaning bog’ochidan bilqillagan shishalarniyu, Surxondan yetkizilgan tandir kaboblarni chiqaraveradi...

 Buxoro ketdik, Afshona ketdik...
 Ishonqiramasam-da, farangilar bizlarni ham da’vat etadigan bo’lishdi. Ishonqiramasligimga qarshi esa da’vat qog’ozini ham yozishdi-da bizlarga tashlab ketishdi. Ana boshlandi harakat. Soli-aka “Birlik” tuzish bilan ovora bo’lganligi tufayli ishlarga o’ralishib qoldi, xullas biz Sobit Madali ikkimiz javob tashrifi bilan Parijga jo’naydigan bo’ldik. Solihsiz kelmanglar! - degan qat’iy frantsuzlar. Uni esa qancha urinsam-da, ko’ndira olmadim. Nima bo’lsa bo’ldi deb, Sovet ¨zuvchilari Ittifoqini Sobit-akam unatadigan bo’ldi-yu, unagan Ittifoq bizga ikki ming frank pul ajratdi. Hisoblab boqsak, Inga degan mutassadi qizning aytishicha uch yuz frank atrofidagi bir qancha yulduzlik otelga biror kunga joylashimiz mumkin ham bo’lib qoldi. Mayli, boraveraylik-chi, ko’nmas farangilar ham bir gap bo’lar, ­ deb, Inga aytgan arzon-garov otellarga telefon ocha boshladik. Biz ikki yosh sovet yozuvchisimiz, dedik, shuning uchun ikkalamizni bir xonaga qo’ysangiz, dedik. Oteldagilar bir narsalardan gumonsirashdi-yu, bizlarga ha, mayli-ya deb qo’ya qolishdi. Telefon bo’yicha Parijning “Lafayet” degan joyida uch yuz franklik bir otel bilan kelishib qo’ydik.
 Yuraklarimizni dukkulatavergan muddat ham axir yetib keldi-yu, Moskvaning izg’irin qishida - o’sha yilning dekabr oyi edi, taksiga mindim-u, Sheremet’evoga qarab yo’lga tushdim. Yo’lda, deng moshinamiz ikki aylanib, uch sirpanib, yo’lning chekkasiga borib, boshqa bir girdi-kapalak moshinaga urilsa bo’ladimi! Orqadan esa yana biri yaxmalakda girgitton bo’lib, biz tomonga surib yotibdi! Xullas, xudo bir saqladi, rost, samolyotga chiqsam, boshimda telpagim yo’q, mayli-da, bosh omon bo’lsa bir gap bo’lar deb, ketdik.

 Parijga ham, kayfimiz tarang, yetib qo’ndik. Avtobusga chiqdik-u, birinchi yetmish soqqaning zarbasi gangiratib qo’ydi bizni. Ana boshlandi kapitalizm! - deb o’yladik ikkimiz. Pullarning bari Sobit-akamda emasmi, kuyikkan ayniqsa u. Mayliga, avtobus shaharga olib boraversin, u yog’ini piyoda qilamiz dedigu, shahar markaziga, SHarl de Goll maydoniga yetib keldik. Xaritadan chamalasak, ikki barmoqning eni, odamlardan so’rab boqsak, boshlarini liqqilatib, taksi olishingiz kerak deyishadi. Ajal bormi bu taksiga, avtobusini o’zida ikki mingdan yetmishtasini yo’qotib tursak! Qisqasi, chamadonlarni ko’targancha Moskva paltolarida ketib yotibmiz. Axir besh yuz metrcha yo’l yurib ancha toliqdik-da, to’xtadik. Ko’chaning ikki tomoni turgan bitgani otellar, biriga qarasak - uch yulduzlig-u, boyagi, telefonda buyurib qo’ygan arzon Lafayetimizdanam arzonroq: ikki kishilik xona 250 frank. Bunisi Innaning yotoqxona degani bo’lsa kerago’v, deb qo’ydik-da, yana bir kirib ko’rib boqaylik, tashqi ko’rinishidan ancha durust-ku degan xayol bilan otelga kirdik. Joy bormi? - Ha bor. Tursak bo’ladimi? Albatta. Avvaliga ko’rib boqsak bo’ladimi? SHak-shubhasiz, janoblar. Qarasak, Moskvada qurultoyga kelganda yozuvchilar joylashadigan “Rossiya”dan hech kami yo’q. Televizor, telefon, muzlatg’ich, shinamgina xona. Ko’ndik, qo’ndik.
 Avvaliga xotinlarimiz yo’lga pishirib bergan tovuqlarniyu, patirlarni muzlatg’ichga soldik. Rost, qudratliyu qudratsiz ichimliklarga to’la bu muzlatg’ichdagi shishalarni bir chekaga surib qo’yishga to’g’ri keldi, lekin tovuqlar xuddi qo’nalg’aga o’tirgandek, oraga tiqilib olishdi. Shu bilan shaharga chiqdik. Endi bu yog’i piyoda yurish, - deb tayinladi Sobit-akam. Bir tomonga o’tdik - daryoga chiqdik, xaritaga yurgan yo’limizni chizib qo’ydik. Orada - yaxshiyam qaynatqich olib kelgan ekanmiz, qaynagan suvga to’rrta so’rg’ich kampit solib - sirasiga choy ham ichib oldik.
 Ikkinchi tomonga yurdik. Bu safar markaz tomon. Tyuil’ri bog’ini ko’rdik, Luvr binosini, atrof ko’cha-ko’yni. Bir joyda qarasak - 105 frankli otel. Bir yulduzli. Ana o’shanda otellarning yulduzi ham bizning konyaklardek bo’lishini tushunib yetdik. Otelga kirdik. Kechirasiz, mana biz ikki yosh sovet yozuvchisimiz, bizlarga bir xona ajratib bera olasizmi? - deb so’radik. Ha, albatta, - deyishdi ular. Qachon, hozirmi? Yo’q, ertaga ertalabdan bo’lsa qalay? - chamaladik biz. Har holda namozshom ham so’ppayib qolgan edi-da. Mayli, kelaveringlar. Faqat - deyishdi, bir karavot ikki o’rinli, birisi esa - bir. Ha mayli, bizga raskladushka qo’yib bersangiz ham yotaveramiz - degandek bo’ldik, lekin frantsuzi qurg’ur raskladushkani tushunarmidi?

 Kechasi toliqib otelga yetib kelsak - yana bir balo! Bu farangilar muzlatg’ichini o’chirib qo’ysa bo’ladimi! Ikkita qovurilgan tovug’imiz suv bo’lib oqib yotibdi. Hidi butun xonaga anqiydi. Sho’rolar tovug’i emasmi - qo’lansa! Hech butun qolgan bo’lagi bormi deb rosa titdik, lekin hid ursa - xudo urgandek bo’lar ekan - boshdan oyoq bir tekis. To’kilmagan ko’z yoshga o’rab, tashlashga to’g’ri keldi. Yana qaynoq suvga so’rg’ich qand tashlab, patir botira-botira ichishga to’g’ri keldi. Qarasak bo’lmaydigan. Bunday ketaversa ikki kunda ¨zuvchilar Ittifoqining pullarini Parij ko’kiga sovurib, bo’sh to’rvamiz bilan uyga qaytamiz. “Mayli, yotoqni-ku hal qildik, endi ovqat masalasini ham bir narsa qilaylik,” - dedim men. “Jan-P’erlarga sim qoqaylik. Kelib bo’ldik-ku, o’ldimi - Solih bir odam bo’lsa bizam ikki kishimiz-ku!” Qo’ng’iroq qildik - u hayron bo’lganini ham bildirmadi-da, erta-indin bandman-u, seshanba kuni SHonzelizeda uchrashsak, dedi. Mayli-da, seshanba kunigacha chidasak, ¨zuvchilar Ittifoqiga ham bir hisobot bilan qaytib borarmiz: uchrashdingizmi, uchrashdik, chunki taklif bulardan qolgan-da! Endi seshanbaga qadar nima qilamiz. Yaxshiyamki dunyoda yahudiylar bor ekan, Toshkentlik biri Parijlik birining nomiyu manzilini bergan edi, salom yetkazish bahonasida unga ham sim qoqdik. Xotini - millioner - deb aytilgan edi bizga Toshkentda, shuning uchun ham salomlarni ancha qiyomiga yetkizdik. Bu navozishlardan so’ng millioner xotin bir kekirib dastakni eriga uzatdi. Bu ham Sovetlardan chiqib qoldi, rost, sobiq Sovetlardan, baharhol O’zbekistonda bir paytlar choychaqa ishlab yurib Abdulla-akani tarjima qilgan ekan. “Tirikmi u, o’lardek ichardi-ya”, - deb so’rab qoldi Yasha. “Ha, tirik, ketish oldidan salomlarini ham aytib yubordi, bitta do’ppi ham berib yuborgan edilar, shuni sizga topshirish qarzini bo’ynimizga olganmiz”, - deb hiylaga urdik biz. Xudoning o’zi-yu Abdulla-aka kechirishsin - do’ppini eshitgan Yashka ertagayoq bu yerga yetib keladigan bo’ldi. O’n birda taqa-taq bo’linglar deb tayinladi u. Abdulla-aka sha’niga Appoliner yaxshi ko’rgan kafeda ovqatlanamiz. Abdulla-aka bor joyda g’ing demasdan ko’ndik.

 Sahar ko’chishga qaror qildik. Soat o’n birda Toshkent yahudiylari nomini berib yuborgan Parij yahudiysi bilan uchrashuv belgilagan emasmidik, otdan tushsak-da egardan tushmaslikka jazm etdik: chamadonlarni boyagi arzon-garov otelga eltib tashlaylik-da, muhtaram zotning oldiga Appoliner ruhi pokini eslagani, boring - uch yulduzli oteldan chiqib kelaylik. ×amadonlarni ko’tarib yugurganimiznimi aytay, yo yo’ldan adashganimiznimi. Qisqasi, yetti-sakkiz chaqirim yo’l bosib - qaro terga botib - o’n yarimlarda kechagi otelga yetib bordik. Ko’chayam - ko’chamisan: Parijning qoq markazi, odam - mindi-mindi. Do’kkillab aylana zinalardan ikkinchi qavatga halloslab chiqdik. “Mana keldik”, ­ dedik ma’murga ikkimiz. “Pasportingizni berasizmi?” - deb so’rab qoldi u. Ilgarigisida so’ramagan ediyu - deb bir-birimizga boqib qo’ydik Sobit-akam ikkovlon, ammo pasportlarni uzatdik. Ma’mur bir narsalarni ko’chirib o’tirar ekan, egilgan boshini chayqamasdan: “Kechqurun Natasha degan Rossiyalik qiz keladi, ikki yuz frank, yozib qo’yaymi?” - deb so’radi. Menmasmanmi frantsuzchadan tarjimon, Sobit-akamlarga oqizmasdan-tomizmasdan tarjima qildim. “Kechasi, - dedim, Natasha degan o’ris qiz kelar ekan, ikki yuz frank, shuni yozsinmi?” ­ “E, ikki yuz franksiz... demoqchi bo’lganim... Natashasiz mumkin emas ekanmi?” - tipirchilab qoldi rasmiy guruhimiz rahbari Sobit-akam. “Ikki yuz franksiz... Yo’q, narxlar tayin, pasaytirilmaydi,” ­ kesdi gapimni ma’mur. “Yo’q, demoqchi bo’lganim, Natashasiz mumkin emasmi?” - deb tarjimamni davom etdim men. Ma’mur hafa bo’lgandek lablarini cho’chchaytirdi-da, ikkimizga sinchkovlik bilan tikilganicha: “Janoblar Natashasiz istashsa - ixtiyorlari”, - deb qo’ya qoldi. Nihoyat u uch kunlik hisob-kitoblarni yozib bo’ldi-da, pasportlarimiz bilan birgalikda patta qog’ozimizni qo’limizga topshirdi-yu, bekachasini chaqirib, janoblarni joylashtir, - deb buyurdi. Bekacha bizni uchinchi qavatga chiqardi, bir xonani ochib berdi.
 Allaqanday tanishu-notanish hid urdi burnimizga. “Mana bu karavot ikki yotoqli, narigisi esa - bir”, - dedi bekacha va avvalgi yashovchilardan shikoyat qilib, oyna darchasini ochishga tushdi. “Janoblar o’zlarini endi bemalol his etishlari mumkin”, ­ deya u bizlarga tabassumini qoldirdi-yu, ikkimiz bu munosabatning boisi nima ekan deb bir-birimizga tikilib qoldik. “Mayli, vaqt ziq, Yashaga borish kerak”, ­ xitob etdi Sobit-akam va ma’mur bergan pattani buklashdan avval unga bir nazar tashladi-da tarashadek qotdi. “Nima, narxidan aldabdimi?” - vahm etdim men. “E, nima qib qo’ydik o’zi, mambuni qarang”, - deb terlay boshladi Sobit-aka. “Nima ekan o’zi?” ­ Pattani qo’limga olsam - narx aytilgandek - kuniga kishi boshiga bir yuz besh soqqadan, uch kunda qarabsizki oltiyuz soqqadan iqtisod - bola-chaqaga yaratarmiz. “Tepasiga qarang, tepasiga.” ­ “Ha, nima qibti? Iye!” Pattaning qoq burchagiga qip-qizil harflar bilan SEX-HOTEL deb yozib qo’yibdi-ku! Obbo dayus-ey, boyagi Natashasiyam bekordan emas ekan-da... Manavi hidlaram... Sobit-akamga qarasam - bosgan terdan yuzini ko’rib bo’lmaydi. Ha, tasavvur qilib ko’ring, ¨zuvchilar Ittifoqi rasmiy guruhining rahbari bo’lsa-yu, ¨zuvchilar Ittifoqiga hisobot uchun SEX-HOTEL degan pattani obkesa! Rahmim kebketti! “Sobit-aka, ­ dedim, ­ mayli, bir gap bo’lar, eski otelning pattasi hali tirik-ku, chamadonlar bo’tta turib tursin, Yasha bilan uchrashaveraylik-chi, o’shalardan yana patta yozdirarmiz”.
 U bo’ldi ­ bu bo’ldi, ma’murning sinchkov ko’ziga qaramasdan bu SEX-HOTELdan otilib chiqdik. “Endi yo’lni yo’qotmaylik, yarim soatcha vaqt qoldi”, - deb qo’ydi rahbarlarcha Sobit-akam. Men ko’ndim. Bu degani piyoda chopaylik degani-da! yetti chaqirim-a! ×amadonlarsiz ancha oson kechar ekan, yugurib ketyapmiz, bir ko’z ko’chalarning nomida, ikkinchisi - xaritada. Haligi ko’chalarning nomidagi ko’z qo’shni ko’chalarning birida yana o’sha-o’sha yuztali - frankli demoqchiman, otelga tushib qolsa bo’ladimi. “Sobit-aka, - dedim, chamadonlarsiz o’n daqiqada ham yeta olarkanmiz, mana shu otelni ham surishtirib boqaylikmi?” ­ “Ketdik!” - dedi javoban rahbar. Noto’g’ri tushunibman, chamasi, otelning odatdagidek aylana zinalaridan ikkinchi qavatga otildim. Qarasam, Sobit-akam ham ketimdan qolmayapti. Ma’murga yo’liqishim bilan, jon holatda: “Bu SEX-HOTEL emasmi?!” - deb so’rasam, bu yoshgina yigitcha ham boyagidek sinchkovlik bilan ikkimizga qarab: “Janoblarga SEX-HOTEL kerakmidi? Mayli, foydalana...” ­ “Yo’q, yo’q! - deya kesa boshladim gapini men. Bizga oddiy, odamlarcha otel kerak edi...” ­ “Ha mana bizniki-da!” ­ “Hozirning o’zida ko’chib o’tsak bo’ladimi?” ­ “Ha-da!”
 Sevingandan terlarimiz qotib, SEX-HOTELga chopdik. “Bilasizmi, bizni bir professor kutib olishi kerak edi, mana nihoyat u bizni topdi, moshinasi ham pastda turibdi”, - deya iltijo qila boshladik ikkimiz boyagi ma’murga. “Hali professorlaring ham bormidi?” - dedi u bir hazaromuz ohangda. “Yo’q, biz u ma’noda emas”, - yanada chuqurroq tuzoqqa tusha boshladik biz. “Janoblar, bu mamlakatda bunday qilinmaydi”, - deb sabrsizlana boshladi u. “Bugun xonani egallab unda nima qildinglar - bilmaymanu, pulini to’laysizlar”, - deb turib oldi u. Mayli, bir kunlik pul bo’lsa-ku bosh-ko’zimizdan sadaqa-ya, boyagi bekachani chaqirib: “Bor, janoblardan xonani tekshirib ol!” - desa bo’ladimi. Ana sharmandaning uchi! Ikkimizni tik turg’izib, lo’qqaygan ko’zimiz oldida choyshablarni tekshira boshlasa bo’ladimi bu bekacha. Tunov soatdagi tabassumlari qayda deysiz. ×oyshabdan topmagan dog’i ko’ngillarimizda qoldi xullas, va chamadonlarni ko’targancha bu mash’umlarcha mashhur Saint-Denis ko’chasining birinchi muyulishidayoq SEX-HOTEL deb yozilgan pattani mayda-mayda qilib yirtib tashladik.
 O’n birdan chorakta o’tganida Yashka bilan siposifat ikki yozuvchi uch yulduzli oteldan chiqib keldik. “Yigitlar, men hozir qayta qurishni qo’llash xalqaro qumitasini tuzyapman, sizlarni ham shunga kiritdim, hozir biz Appoliner sevgan bir kafega borib - darvoqe’ u Lotin mahallasida joylashgan - u yerda ovqatlanamiz. Keyin, uzr, men bir o’zim bo’lmayman, jazmanim keladi, ana u rasmkash, sizlarni rasmga olgach qumitamga a’zo bo’lasizlar”, ­ Yashka tinmay gapirar ekan, so’nggi so’zlardan Sobit-akamning sochlari yana tikkaya boshladi. “Mayli, ovqatni yeb olaveraylik, u yog’i bir gap bo’lar, mana SEX-HOTELni ham hal qildik-ku”, - qabilida qarab qo’ydim men mutassadi rahbarga. Shundan so’ng xavotirsiz va birinchi bor taksiga o’tirdik: ha, millioner xotinga uylanish shu bo’lsa kerak-da, - deb g’arazlanib ham oldik. Parij ko’chalari bo’ylab ketyapmiz. Qorin o’lardek och - qurullaydi, lekin zavqni aytmaysizmi, zavqni. Ana - to’siq yo’qligidan shamolni majolsizlantiradigan cheksiz Mars maydonlari-yu, Parij osmonini chodir kabi ushlab turuvchi o’rta o’q - Eyfel minorasi. “Men Parijni uncha yaxshi bilmayman, asosan N’yu-Yorkda turaman”, - deb maqtanadi Yashka. “Mayli, mana bu aravakashga besh-olti tanga to’laylik-da, u sizlarni yo’l bo’yi Parij bilan tanishtirib ketsin”. Mana shu-da millioner bo’lish! - deb uning soyasida yanada zavqlanamiz biz.
 “Janoblar, daryoning narigi betidagi saroy Grand yoki Katta Saroy deb ataladi. Unda odatda ko’rgazma-yu namoyishlar o’tkaziladi. Mana bu Milliy Majlis, Frantsiyaning Parlamenti, bunisi esa d`Orsay muzeyi”. ­ Frantsuz ketidan tarjima qilib ketar ekanman, yuzlab she’rlarda-yu qissalarda o’qigan nomlarim tilimni qitiqlay-qitiqlay Sobit-akamning qulog’iga tushadi. “Voy, Toir, Lotin kvartali shu ekanmi?” - deb hayron bo’ladi Sobit-akam. “SHu yerda ovqatlanar ekanmizmi?” ­ Ha-da! Tasavvur qilib boqing - Lotin kvartali-yu, bu ham kamlik qilgandek, yana ovqatlanish-a! Etlar lazzatdan jimir-jimir etadi! Xuddi kinolardagidek: millionerning eri endi o’zining xipcha bel, oppoq soch, ko’ylaklari tarang parijanka o’ynashi bilan ovqatlansa-ya! Biz esa bunga tirik guvoh!
 Kafega ham qo’ndik. “Bugun sizlar uchun mening o’zim banihoyat parijona taomlardan buyuraman”, - dedi Yashka. Yasha-ye, Yasha! Avvaliga sharoblar! Och qoringa qizilidan oldik. Bizning shakar, qiyom, murabbo, pashsha qo’nsa oyog’ini yulolmaydigan sharoblardan keyin frantsuzlarning sharobi biroz taxirroq bo’larkanmi, yo ochlikdan me’damiz buzula boshlaganmidi - yutishga yutdig-u - gazagiga nima bo’lar ekan deb tikildik. Aytsammi yo aytmasam? - asosiy taom sifatida xom durbaqalarni olib kelishsa bo’ladimi! “Mana bu, - deb maqtab yotibdi tinmas Yashka, - frantsuzlarning eng suyukli taomi, mana yeb boqinglar-a, mana bunday: jichcha qiyla-yu, shiliq etib yutasizlar!” Mishiq yutgandek shiliq-shiliq yutib yotibmiz. Och qoringa asl frantsuz taomini yutish ham qiyin bo’lar ekan, bilmasdan yurar ekanmiz - nodonlik-da, jaholat, buning ustiga ana jazmanim ham kelib qoldi, - degan edi Yashka, u qo’l siltagan tomonga qarasak - bir xomsemiz o’ris ayol! “Tanishinglar, o’zi Abakanlik, ismi Natasha!” - desa bo’ladimi Yasha. Sobit-akam shiliq etib yutgan narsasini ro’molchaga qaytarib o’rab qo’ya qoldi. Did o’tkir-da, shoirona tab’, nazokat bobida, ayniqsa ovqat ustida ko’p narsalarni-yu, u-bu xotiralarni  ko’taravermaydi.
 Kinolar bitdi chamasi, Sobit-akam bo’g’iq bir holatda: “Oddiy kartishka-partishkasi yo’q ekanmi?” - deb so’rab qoldilar. Men ham ro’molchamni ko’ksimga tutib tarjima qilaverdim. Jazmanam, shukrki, o’ris ekan, qo’llab ketdi. Yashka bir o’zi nima ham qilsin - iloj-noiloj kartishka buyurdi. Ana rosa to’ydik! Ana frantsuz sharobining qadriga ham yetdik: frantsuz sharobi ham durbaqadan keyin yeyilgan kartishkaning bir turidan bo’lar ekan, ya’ni birinchi ta’mi bu bir bo’lsa, keyingi ta’mlar birma-bir chiqib kelaverar ekan. Tillarni o’ynatib yuboradi, dillarni! E, qamoqda o’tirgan Appoliner jo’ra-e!

 Qadim kunlarda ko’k ostida Kioto shahri bo’lgan. Bu shahar o’n uch adirda joylashib, bulardan biri hamisha ko’zdan g’oyib ekan. O’n uch adirda o’n uch bog’u, o’n uch rohibgoh bo’lib, ulardan ham birini hech vaqt ko’z ilg’ay olmas ekan. Har kasabada bir uy geyshaxona, har geyshaxonada o’n uch geyshadan o’n ikkisi zohir, biri ­ botin emasu, pinhon ekan.
Kunlarning birida bu shaharga bir musofir kelibdi. Bir oqshom geyshaxonalarning birida boshqa musofirdan boyagi gaplarni eshitibdiyu, bularni barini men topaman deya ahd bog’labdi. Kunduzlari hammolligu farroshlik ketidan ishlagan pullarini oqshomlari geyshalarga sarflabdi. Har kecha uning o’ngiga yangi geysha chiqar, har kecha uzoq suhbatu so’lg’in nag’malardan  hamda qisqa ovunish zavqidan so’ng u o’z xonasiga qaytar va esida bunisini avvalgilariga solishtirar, biroq bedorlikka yo’liqsa­da, yupanch topilmabdi. Bir desa ­ boshqa­boshqa, ayricha desa ­ barchasi bir. Hisoblaridan adashib ketibdi musofir.

Bir kuni kechasi geyshaxonalarning biridan qaytib kelayotsa, bir toshbog’ning qorong’uda ko’rinmas daraxti ortidan nogahon nido kelibdi. Musofir bu hayqiriqqa qarab yuguribdi. Boqsa ­ kemtik oyning behol shu’lasida oppoq yuzli bir qiz ovozini to’xtatsa­da, o’pkasini to’xtatfolmay o’lik ustida yig’lab o’tiribdi. “Samuray”, ­ debdi u xolos. Musofir ­ o’z qornini xanjar bilan ikkiga tilib, o’z qoniga bulangan bu badmastni ortiq qutqarib bo’lmasligini tushunibdi. O’sha tun bular ikkalasi murdani tog’ yonbag’riga eltib, qumloqqa ko’mishibdi, qoni oqqan shag’alni esa ikki ag’darishibdi. Geysha qiz churq etmas, zotan, bu xalqni o’rgangan musofir undan biron­bir narsa kutmas, faqat qizning istaklarini anglab, ularni bajo keltiribdi.
SHakllana boshlagan namozsahardan junjikkanidanmi, yo ichida qo’rquv aralash qolib ketgan yig’idanmi, geysha seskanib­seskanib qo’yar, yuzidan yumalagan upalaru shoyi etaklariga ilashgan qumu­tikanlar bundan uqalanib­uvalanib yerga tushar ekan. Kulishingni ham bilmaysan, yig’lashingni ham… Boyagi bog’ oldida geysha musofirga o’z yelpig’ichidan bir payrahasini sug’urib beribdiyu, o’zi mayda­mayda yugurganicha toshu daraxtlar ketida g’oyib bo’libdi. Musofir ham hujrasiga qaytibdi.
Endi uning qo’lida nilufar naqshi bosilgan yelpig’iching payrahasi ­ o’n uch guldan birimi, bo’ynida esa savobmi­gunoh: bilib bo’lmas tunggi hodisa ko’nglini bir vahima, bir umid ila to’lg’ar ekan.

Ertasigayoq butun shaharni samuraylar bosib ketibdi. Ular kimlarnidir tutishar, kimlarnidir so’roqlashar ­ ko’cha­ko’y qiy­chuv bo’libdi. O’sha kuni musofir xonasidan chiqmabdi. Kechasi ham o’zi uchun emas, boyagi qiz uchun xavotirda yolg’iz nilufarga tikilganicha o’tiribdi. Oy ko’tarilib zaif soyalar oyna tomon qisqarganida, deraza asta taqillab, musofir hayajonda boqsa ­ boyagi qiz eksik yelpig’ichini yoyib turgan emish. U ohista derazani ochibdi, geysha unga bir parcha qog’ozni topshirganicha, o’zi bir tun ilgari qanday g’oyib bo’lgan esa, shunday ko’zdan o’chibdi. Musofir shamchirog’ini yoqib allanechuk holatda maktubga boqibdi. Notanish harflar orasida shahar ichra bir yo’l ko’rsatilgan, bu yo’lning ma’nosini musofir qancha urinmasin ­ chaqa olmabdi. YUz to’lqinli xayolga boribdi bu tilsimli harflargayu bu yo’lga boqib u.
“U meni kutib olarmikan?” ­ degan xayolda u yana bir bor atir hidli bu qog’ozga qarab olibdi­da ­ yo’lni ko’ngliga tuggach, shamchiroqni puflab, maktubu nilufar naqshini qo’yniga solganicha sokin ko’chaga chiqibdi.

Qaerlardadir bedor samuraylarning badjahl ovozlari toshga charxlangan qilichdek yangrar, biroq qiz ko’chalarni ataylab tanlaganmi ­ bu ovozlar ikki yondan suzib orqada g’oyib bo’lar edi. Nihoyat xavf­xatarlarni ikki chekada qoldirib u shahardan ham chiqibdi, tonggi soatda bug’lagan bir anhor ustidagi ko’prikni kesib, yana bir adirga yuzlanibdi­da, tez zumda rohibgohning eshigiga taqalibdi.
“Nahotki yanglishgan bo’lsam?” ­ degan gumonda endi u yoq­bu yoqqa alanglasa, ertalabki bu soatda bexosdan ukki ovozi sukunatni avaylab yoribdi. Tuman bug’chalaridagi bu sas ro’paradagi bog’chadan kelar va musofir bir narsa sezgandek u tomon yuribdi. Daraxtlarga yetar­etmas bir tosh ketidan qiz emas, rohib paydo bo’libdi­da, cho’chigan musofirni tirsagidan asrab tutganicha, rohibgoh tomon boshlabdi. U biron­bir so’z aytmas, lekin uning yumshoq, g’amxo’r harakatlaridan musofir ishonch tuyibdi.
Hovuz bo’yidagi bir hujraga eltgach u mana shu sukutda qamish bo’yra ustidagi xontaxtayu, xontaxta ustidagi choyga ishora qilibdi­da, o’zi tashqariga chiqib, suv bo’yidagi toshga o’tirganicha, turg’un nilufarlarga boqib o’z o’yiga tolibdi. Musofir katak derazadan uni kuzatar, kun ham oqara boshlabdi, biroq rohib qimir etmasdan o’sha holatida o’tiraveribdi.
Etmish ming o’yda, vahmda, xavotirda, tashvishda, qo’rqinchda, qutquda, sarosimada, tug’yonda, junbushda, talotumda bu kun ham o’tibdi. Ammo rohib qanday o’tirgan bo’lsa shunday o’tiraveribdi. Kech ham kiribdi. Quyoshning so’nggi nurlarini simirgan suv yana tun oldidan momiq bug’ga burkanibdi. Rohib siymosi tagidagi toshu, atrofdagi daraxtlardan ajralmay qolganida, nogahon ot kishnashi eshitildi­da, hujra eshigi ochildi. Boyagi rohib yana miq etmasdan bir xaltaga birinj noniyu o’rmon yong’oqlaridan solib musofir qo’liga uzatdiyu, uni ot tomon boshlab ot jilovini qo’liga tutqazdi. Musofir ot ustiga mindi. Rohib otning og’izlig’idan tutganicha, bog’u­toshlar oralab bir eshik oldiga yetaklab keldi­da, qo’li bilan dara tomon ketgan yo’lga ishora qildiyu, shu zumning o’zidayoq ko’zdan g’oyib bo’ldi.
Musofir bir daqiqaga turib qoldi. Tog’­adirlardan esgan shamol uning o’pkasini to’ldirdi. Ot sabrsizlikda dukundi. Musofir yo’lga chiqdi. Qayoqqa ketyapti u? Qaerdan? Nimadan? Nima uchun ketyapti u axir?! Orqada qolgan o’n uch adiru, o’n uch bog’, boyagi rohibu, anavi geysha, ha, ayniqsa ana o’sha qiz ­ achchiq va loyqa ehtiroslarning erib ­ zilol suv oqimiga o’rilib­o’rilgan irmoq payvandi… Nimani axtarib, nimani topdi musofir? Va yo bari mana shu taxir, betayin, o’tkinchi, tilsimli va muqarrar tush kabi dunyoni sukunat yanglig’ qoplagan yo’lmikan?..

Qadim kunlarda yer ustida…

* *

*

 Farangilar ham axir erishdi: Muhammad Solihni davlat ishlari uchun tinch qo’yishib, bizlarni uylariga taklif eta boshladilar. Frantsuz taomlariga ham ko’nika boshladik. Ha, boyagi qo’ngan mehmonxonamizning egasi Hasan otli Marokashli yigit chiqib qoldi, sen musulmon-men musulmon qilib do’ppi kiydirgan edik, mehribonchiligi yahudiy Yashkadan qolishmay ketdi! O’zi choy damlab beradi, o’zi xabar olib turadi. Kunlari rosa piyoda Parij kezamiz. Oyoqlarni toliqtirib, qorinlarni ochiramiz. Sobit-akam ikkala oilamizning savoblarini terib yotibdi, bir tiyin ham isrof etmaydi, men ham bu savobga bog’langan itdek lo’kkillab ketidan qolmayman. Kechalari - yo Jan-P’er o’zining shohona moshinasiga o’tkazib bizni Fontenblosiga olib ketganida, yo Anri, bukilmas kommunist Anri, tug’ilganida buvasi tarafidan ko’tlik o’rnida qizil bayroqqa o’ralgan Anri, bugungi kunning Lui Aragoni bo’lmish Anri - shaharning ishchi chekasidagi kutubxona-uyiga taklif etganida - ana gunohga botamiz, ana ichamiz, ana qoni-yu selobi oqib yotgan qo’zi sonini paqqos tushiramiz!
 Lekin afsuski, bunday kechalar kam-da! Aksar kunlar ochlikning kengliklarini-yu uzunliklarini qadam ba qadam o’lchab yuramiz. Parij ham och qoringa ancha hazin ko’rinar ekan: Luvr - inson ko’zlari besh-olti asrdan beri g’ajib yotgan quruq suyakdek, Pompidu markazi dunyo devonalarining majlislar uyi, Sakr Ko’r - ya’ni Qurbonlik YUrak Ehromi - so’qiru ko’rlarning qoqilmasligi uchun adirning qoq tepasiga joylashtirilgandek tuyuladi. Ana shunday kunlarning birida hah alamimizni oldig-a, hah alamimizni!
 Piyoda Lyuksemburg bog’iga bordik. Tekin xarita qo’limizda-da! Ertalabki junjikishda uchta-to’rtta uysiz biz kabi bu yerga yig’ilishib, xilvat bir burchakda shatranj surib o’tirishgan ekan. Sobit-akam - Erkin Vohidovning maktabidan o’tgan shatranjchi emasmi. Erkin-aka esa shahmat masteri O’.Elbekovning raqibi. Shahmat masteri O’.Elbekov esa shoir Elbekning o’g’illari. Ya’ni silsila anchaga borib taqaladi! “Bir tashlashaymi?” - deb qoldilar boyagi yerda. “Pulga o’ynashayotgan bo’lishsa shuncha zahmat bilan iqtisod qilgan pullaringizni yutqazib yurmang tag’in”, - deb o’zimni ehtiyotlab qo’ydim men. Lekin shatranj ko’rgan Sobit-akam biya ko’rgan otdek hech narsaga bo’ysunmas holatda edi. Navbatga turib, nihoyat o’yinga ham tushib ketdilar. Birinchi farangini qirq sakkiz yurishda bir amallab taslim etdilar. Qo’l hali titrar, yurak esa guppillar edi. Ikkinchisi osonroq kechdi. O’ttiz yetti surishda. Uchinchisini kambinasa qivordilar. To’rtinchisiga umuman detskiy mot qo’yvordi. Hamma Lyuksemburg bog’ining tarashalaridek qotib qoldi. “Sobit-aka, pulga tashashing”, - deb shivirlab turibman Qora­botir singlisidek  men. Endi ko’ndirganimda - boyagilar: “Yo’q, bu Kasparov-Karpovlarni ko’raverib ichidan pishib ketgan ekan, - so’zlari bilan, ­ yo’q, o’ynamaymiz”, - deb turvolishdi. Tentaklar, bilishmaydiki, silsila boshqa! Eski shahar tomondan. Huvaydo mahallasidan!
Rost, o’yinlardan bir miri foyda chiqmagan bo’lsa-da, och yurganlarimizning o’chini oldi Sobitxon-akam. Qolgan-qutgan yurishlarimizni o’sha payt yozilgan ikki dona she’r bilan aytib qo’ya qolay, ruhiyatimiz kayfiyatini shulardan chiqaraverasizlar.

Tyuilri bog’ining yo’laklarida
kelgindi zagilar tongda junjukib
yasama qushlarni uchirar ekan
men esa eslardim sening ismingni


ohak uqalanib poyiga tushgan
tosh ayol bir dasta oqargan gulni
uch asr shamoldan asrab turgan payt
men hamon eslardim sening ismingni


men balki eslardim sening ismingni
o qora daraxtu oq shaffof havo
lekin bu yetimlik qush kabi meni
chorladi tosh kabi qildi bedavo...


Isrof qilmagan pullarni esa biz nihoyat so’nggi kun Tati degan eng arzon do’kon atrofida harjlashga qaror qildik. Sobit-akam chet ellarda yuraverib chindan ham ich-ichidan pishib ketgan ekan, har kirgan do’konida bir narsani chamalab do’konchini chaqiradi-da: “Toir, tarjima qiling, mana shu magnitoponni yarim bahosiga beradi”. Menam sochim tik - tarjima qilaveraman. ¨ qudratingdan, bu zangi do’konchi na urmaydi, na so’kmaydi, halimgina qilib: “Vous yetes Sovietiques?” - “Sizlar Sovetlardanmisizlar?” ­ deb qo’l siltab qo’ya qoladi. Hah sharmanda vatanim manim! Lekin ikkala oilamizning savobiga botdi o’shanda Sobitxon-akam, egilmas, bukilmas, sobit yo’lidan qaytmas Sobitxon-akam!

* *

*

Och ıkanda to’q ıkan, boR ıkanda yo’q ıkan, qaRg’a qaqimchi ıkan, chumchuq chaqimchi ıkan, bo’Ri bakovul ıkan, tulki yasovul ıkan, o’Rdak kaRnaychi ıkan, ıchki suRnaychi ıkan, qadim­qadim zamonda Mug’ul degan tomonda QoRud degan podshoh boR ıkan. U ­ qanoti boR neki jonzot bo’lsa, o’shalaRning podshohi ıkan. KunlaRning biRida QoRud­podshoh dunyoda ıng shiRin go’sht kimniki bo’lsa o’shanisidan yemoqchi bo’libti, o’ngiga uchaRlaRdan qaRg’ayu qaldiRg’ochniyu asalaRini chaqiRibdi va shunday debti:

  QaldiRg’och dumi ayRi,
  QaldiRg’och ko’klam tayRi,
  QaldiRg’och biRga uchsa
  HaR kimning qutlug’ sayRi.

  QaRg’a ısa o’likxo’R,
  Go’sht tatishda qaRg’a zo’R,
  QaRg’a yoningda uchsa
  To’R tutgan ko’R bo’laR xo’R.

  Bol aRining zikRi ­ bol,
  
UchaveRaR bemalol.
 
SHaRbat lazzatin topgach
 
¨lg’on gapga tili lol.

Bu so’zlaRini aytgan QoRud­podshoh uch uchaRga buyuRibti: “Dunyoning uch o’lchami boR ­ biRi ko’k yuksakligi, ikkisi yeR kengligi, uchi dengiz chuquRligi, uchchalasiga ham uching va menga ıng lazzatli go’sht ta’mini toping!” Uch uchaR ta’zim bajo keltiRib xon huzuRidan uchishibti. BulaR uchib boRishaR ıkan, qaRi qaRg’a qaqqillab bunday gap qilibti: “QoRud­podshoh uch o’lchamni dedi. Men suv bo’yiga qo’nsam­da suv yuziga boqsam ­ ajabo, hech naRsa chiqaRmikan. Sen, qaldiRg’och, osmonga uch ­ xashoRat sening yemishing ımasmi! Senga ısa, aRivoy ­ yeR kengligi qoldi. Uch kundan keyin xuddi shu yeRda uchRashaylik­da, maslahatni biR yeRga qo’yaylik!”
Mana shunday gap bo’libti, gap bo’lganda ham zap bo’libti, mana shu gapda kelishib uch uchaR uch tomonga uchishibti. QaRg’a suv bo’yiga qo’nibti, o’lik baqadan oRtiq suv yuzida o’z bashaRasini ko’Ribti xolos. QaldiRg’och osmonga uchibti, pashshayu chivinlaRni quvibti, qiRg’iyu shunqoRdan quvilibti. BulaRni suv bo’yidayu ko’k osmonda qo’yib tuRaylik­da, yeR bo’ylab uchgan aRidan ıshitaylik.
Guldan gulga qo’nib gulshiRa yiqqandek, neki daRRandayu paRRanda bo’lsa aRi bulaRning baRini chaqib mazasini tatibti, ıchkiyu buqa qolmabti, filu aRslon, jayRayu ilon, lekin baRining ta’midan odam mazasi ayRicha chiqibti.
Uch kun o’taR­o’tmas bu xabaR kapalakdan zag’izg’onga, zag’izg’ondan tipRatikonga, tipRatikondan xo’Rozgayu xo’Rozvoydan butun olamga yoyilibti ­ osmondagi qaldiRg’ochu botqoq bo’yidagi qaRg’aning qulog’iga ham yetibti. UlaR ikkisi maslahatni biR joyga qo’yib, asalaRi kelishilgan yeRga qaytgach hech vaqo bilmagandek so’Rashibti: “ER yuzida kimning go’shti ıng shiRin ıkan?” “Odamning”,­ deb javob beRibti Rostgo’y aRi. QaRg’a ısa oh­voh qilib, o’zini ıshitmaganga solib: “QaRidim, ko’zim ko’Rmas bo’ldi, qulog’im ıshitmas. YaqinRoq kelchi, qulog’imga qattiqRoq so’zla!” ­ degan ıkan, aRi ham og’zini ochganicha qaRg’aning yoniga uchibti­da: “Odamning go’shti shiRin ıkan”, ­ deya hayqiRganida qaRg’a aRining tilini biR cho’qishda sug’iRibti­qo’yibti.
Mana ındi QoRud­podshohning oldiga bu uch uchaR qaytib kelgach, aRi biR naRsalaRni aytishga ıntikaRmishu,  og’zidan: “G’uv­g’uv…” degan g’uvvillashdan bo’lak sado chiqmasmish. “Nima deyapti bu o’zi?” ­ deb so’Rasa podshoh, qaRg’a tushmaguR: “BiR qoshiq qonimdan kechsangiz aytaman, podshohim”, ­ deRmish. “Ayt, kechtim!” ­ desa QoRud­podshoh ­ “Og’u deyapti” ­ deb yo’yibti qaRg’a. “Og’usining mazasi ıng shiRin ımish. Boli ham daRvoqe’ shundan ımasmi”, ­ degan ıkan u, “Qani bo’lmasa men ham tatib boqaychi og’usidan” ­ debtiyu xon, qaRg’a hoziRlagan og’udan ichibti­da til toRtmay o’libti.
SHu­shu siz bilan biz kabi odamlaR ham unga yem bo’lmabmiz, aksincha QoRud­podshohning o’zi o’likxo’Rak qaRg’aga taom bo’libti. Xon taom bo’libti, ıRtak ham tamom bo’libti.

* *

*

Vaqoei sanai als arba’ mia xamsa

 Yana qaytdik maqsudimizga. Do’stlari orasida “shayx” laqabli SHayxov ishlayotgan SHarqshunoslik instituti yaxshi kunlarning birida Parijning Sorbonna universiteti bilan hamkorlik bitimiga bosh suqqan ekan. Rost-da, qopqonga oyog’i yo tuyog’i bilan emas, naqd boshi bilan tushgan mahluqdek, ha desa parijlik burundor professorlarni qabul qilish, ularning ping’illashini boshni quyi solgancha tinglash bilan barobar sharobxo’rlik hislarini ovutish, qadim qo’lyozmalarni nusxalashu ularga o’n-o’n besh tanga uchun tarjima etish, keyin esa, kelasi safar, ular yaltiroq qog’ozda chiqazgan olamshumul kitoblarini ping’illagan og’zaki minnatdorchiliklari ila qabul qilib olish va qaytadan o’sha tegirmon toshining o’sha aylanasiyu, o’sha o’rasiga tushish...
 Parijga bo’lsa-ku, nomiga ham taklif qilishmaydi bu bachag’arlar. Bilishadi-da, institut direktoridan boshqa hech kim baribir bora olmaydi. Lekin nima bo’ldi-yu, o’sha qayta qurish shamollarida Parijdan navbatdagi gal kelgan professor Grammonmidi, Kilogrammonmi, do’stona Farangistondagi SHarq xususida kitoblar fixristini olib kelib qoldi. Uni ham o’qiyolmaganligi tufayli-da. Ha, g’aramlashga g’aramlabsan, o’sha g’aramingni ham biz o’qib beraylikmi?! Yaxshiyam shayx bu so’zlarni unga aytmagan ekan. ×unki, chunki Sorbonnada emas, lekin Sorbonna bilan mana shu SHarqshunoslik instituti kabi bitimda bo’lgan Parijdagi Benedektianlar rohibgohida shunday qo’lyozmalar bor ekan-ki! O’z paytida SHarqqa murid ovlab chiqqan benedektianlar o’z xotirotlariga dalolat qilib olib kelgan qo’lyozmalar-da! Bular esa hech qaysi Bloshening e’lon etilgan fixristlariga kirmagan ekan-da! Bularning dunyo yuzida qolganini ana o’sha tiluqmas benediktian rohiblaridan boshqa hech kim bilmas ham ekan-da!
 “Direktoringni bunga tishi o’tmaydi, tekshirib boqqanman, - dedi bu yarim kilogrammon. Biz uni Parij emas, Nitstsaga yuborvoraylik-da, seni shu rohibgohga sovchilay. Bir oy turib kelasan! Birga kitob qilib chiqaramiz!” - deb shivirlab qoldi o’shanda bu ustasi farangi.
 Xullasi, to’rt oy o’tmasdanoq shayx Parijga ham kirib keldi. Qachon bo’lgan edi u bu yerlarda?! Parij, Parij! Abadiy Parij! Esingdami, Lyudovikning yozgi bog’ida kaptarlarni osmonga uchirganing?! Ular tumshuqlarida olib ketgan maktublar mavsumlar osha kimlarga yetar edi? ¨ Notr-Dam zimziyosida Allohingga o’qilgan duo - vitrajlarda sulsdek chayqalib osmonlarga qadalgan so’zlar! Parij, Parij, mo’ysafed Parij...
 Lotin kvartalida yurarkan, shayx tanishdek uylarga qarar, Sorbonnaning kutubxonasi - shift ostida eruvchi saslar - tirilgandek asriy fikrlar...
 Uch kun tinmay shayx shahar aylandi, toshlar ko’zida suyuldi, binolar orasidagi havo esa olmosdek qotdi. Sena bo’yidagi kitobfurushlarning qadim gravyuralaridek bo’ldi uning ko’zida Parij va shunda uni boyagi Grammon benedektianlarning shahar markazidagi rohibgohiga eltib bordi.
 Darvoza ketidan eshik, eshik ketidan yana biri, undan keyin esa yana bir darchasimon qapacha va nihoyat ular pokiza yuzli va ozoda hulqli bir rohibning oldiga kirib bordilar. “Pater Guillom - Pater Giyom”, ­ deb tanishtirdi surudsimon ovoz-la o’zini bu rohib. Ba’zi bir rasmiyatchilikdan so’ngra Grammon ham bolasini internatmi, yetimlar uyiga topshirgandek, xayr-xo’sh demasdan orqaga jildi. Pater Giyom, ya’ni Otaxon Giyom esa shayxga qarab: “Farzandim, peshin ovqati mana bu tolorda, lekin peshindan avval albatta SHapelga, - bu degani ularning cherkovi - kelishingiz vojib. Kutubxona mana bu yerda, bu - sizga kalidlar, aqlu-xush bilan Olampanoh nomiga bulardan fayz istang...”, ­ dedi.
 So’ng shayxning tengquri bo’lgan bu otaxon uyqu uchun ajratilgan hujraniyu, ko’chaga chiqish yo’llarini, qadamlarini ohista-ohista uzun liboslari ostida sepib-sepib, ko’rsatib chiqdi-da: “Farzandim, bizda sukunat hukm surishi farz”, - deya, devorlarga osilgan lavhachalarga ishora etdi. Silence! Silence! Sukut! Sukut! deb xitob etilgan ekan bu lavhachalarda. “Faqat ikki yerda og’iz ochishga ruxsat, - dedi istexzo aralash Pater Giyom, - xujrangiz bilan izhori-roz xonasida. Bu degani iqrorxonada”. So’nggi so’zlarni shayx elas-elas tushungandek bo’ldi. Sukut saqlash unga bir nav’ qulayroq ham edi. “Hozirga qadar shu, - dedi so’ngida u. Kelasi hafta mana bu tolorda, bu bobxonada Qoidaning o’qilishi bor, shunda boshqa narsalar bilan ham tanishib olasiz”.
 SHu bilan tushlik vaqti ham kelib qolgan ekan, Pater Giyom shayxni oshxona tomon boshladi. Lekin oshxonaga kirishdan oldin ibodatxonada rohib-birodarlar yig’ilib bo’lishgan ekan, Pater Giyom ham o’z muridini tark etishdan avval sekingina uning qulog’iga: “Farzandim, siz endi profanlar, ya’ni omilar qatoriga qo’shilasiz, ular nima qilishsa, siz ham ayni shu narsalarni qaytaring, qolganlarini keyin tushuntirarman”, - deya, o’z martabasiga yarasha qator tomon qadam sepganicha ravon bo’ldi.
 Ibodat boshlanib qoldi. Oq kiygan L’abbey va yo sarrohib ibodatni boshqarar, undan so’ng uning uchburchak kapyushon va yo yoqaga ulanib ketgan qopqalpoqli noiblari, keyinroq esa ayni o’sha qopqalpoq kiygan xos birodarlar va eng so’ngida yashil kiyingan omilar tursa, shayx ham turar, o’tirishsa - o’tirar edi. “Bismillo dedim, Olloh o’zi kechiraversin”, ­ deya, ­ “Lakum diyinikum va liya diyn”dan aql nariga bormas edi. Muhtasham ibodatdan so’ng shukuhli marosim boshlanib ketdi. Ibtidodan sarrohib va yo birodaran-birodar, ya’ni og’alarning og’asi o’z qorsimon xullai hil’atlarida marosimni boshqarib oshxona tomon peshqadam bo’lgan, ketidan esa martabai oliysiga qarab anvoi liboslarda asllaru, xoslar, va so’ngida faqir profanlar yo’rg’alar edilar. Shayx ham astagina faqirlarning haqiri bo’lib eng so’ngiga qo’shilib oldi. Marosim oshxonaga kirib bordi. Bari uchburchak qopqalpoqlarini yelkalariga tashladilar. Birodarlardan biri tinimsiz duo o’qir, qolgan birodarlar esa yana o’sha martabalariga yarasha joylarni egallashdi. Xoslar minbarsimon o’rindiqlaga, omilar esa oddiy emon stollar atrofiga qo’qqayishdi. Va ikki birodar g’izoi taom tarqata boshlashdi.
 Avvaliga yegulik ­ ostonada yotgan shaytonsimon itga berilib tekshirildi. So’ng navbat profanlarga yetdi. Itu profanlar omonligini ko’rib tanavvulni xosul-xavvos ham boshlashdi. G’izo farangilar g’izosi emasmi, ser va zich ravishda sharob bilan aralashtirilib turildi. Sharoblar - arig’ bo’lib oqdi, soy bo’lib oqdi, nahr bo’lib oqdi. Iso qoni emasmi sharob, uning achchig’ini suv bilan qorishtirish kerak ekan, xoslarga olib kelingan sharobu suv ham xosroq ekanmi, ular aralashtirsa ham - yuzlari sharobsimon qizaraverdi. Shayx ham nomiga bir-ikki tomchi suv tomizib qo’yib bu oliymaqom sharobning ta’mini koyitgisi kelmadi. U ham Isoning damidek yengil qonini ichdi - juhud bo’lib ketdi-e bu ichishda!
 Albatta, palovxonlikda ham o’ziga yarasha ibodat bor. Shayx ishlagan institutda bir olim ziyofatni tasavvuf yo’lida yo’yib, yigirma yildan buyon kommunistik partiyani bu mavzuga qistira olmay yurganidan uch oyda qutildi-da, dissertatsiyasini apil-tapil yoqlab olgan edi. Lekin bular haqiqatda ham g’izoni g’azo, salatni salot, shariatlarini esa sharobiyat qilib yuborishgan tariqat ekanlar. Tarovihdan turganingdan so’ng ter ora allaqanday yengillik his etasanki, ayni shu yengillikni ter aro u kursisidan xosul-xavos ketidan oyoqqa qalqar ekan, sezdi va bunga iqror bo’ldi. Yana shukronalar o’qildi, yana tolorni shukuhli karvon kabi birma-bir, marotabama-marotaba aylanib chiqishdi-da, akobirlar dam olish tariqida zikr aylagani, avom esa azbakori baholi qudrat xudoni rozi etmak uchun tarqalishdi.
 Shayxning bu rohibgohdagi hayoti ishni maroq, maroqni ish deya kechar, uning piri homiysi Pater Giyom kutubxonadan kalitlarni qo’liga tutqazgan-da: “Mana bu lavhachaga olgan kitobingizni, farzandi nokomilim, yozib qo’ysangiz bas”, - deya kitoblarni hujraga olish uchun o’z rizolig’ini atagan, shayx ham yemakdan o’zga payt istagan vaqt kitob o’qir, istagan vaqt shaharga chiqib - Isoning dami kabi yengil va sarxush qonidan oyoqlarini yozar edi. Bu tole’ faqat unga atalgan, qolgan birodarlar tunning uchinchi qismida ertalabki ibodatga turishar, ertalablari esa boyagi bobxonada rutubatma-rutubat o’tirib kun kengashidan boshlashar, kunni o’qish, besh mahal umumiy ibodatu xo’jalik ishlari bilan o’tkazishar, kun botishidan so’ng esa cherkovdan Abbening duosini olib zulmatu sukunat tomon tarqashar va hujralarda sukut saqlash asnosida ibodatlarini tanholikda davom etishar edi.
 Lekin dunyoi dun emasmi, kasratlar bunda ham yuzaga chiqib - elzaslik bir Paul - Pol ismlik otaxon - profanlardan chiqib hali abbelarga yetishmaslik o’ksuklikidami, shayxning yog’iysiga aylandi qoldi. Kelib-kelib uning dorul besalomi shayx hujrasining ro’pparasiga tushadimi. Rohibgoh pollariyu zinalari sarxush oyoqlar ostida beomon g’ichirlar, bir dasta zildek qo’lyozmalarni ko’tarib peshindan keyin kirib kelasanmi, yo Parij xotirotlariyu taasurotlari ostida mayus tungi qadamlarni tashlaysanmi - elzaslik ota Polning qulog’i ding. G’iyqillatib eshigini ochadi-da, ko’zlari bilan biram parmalaydiki bu xunasai beso’z, bilmagan tilingda ham buralab so’kking keladi bu mulla arosatiyni! Ertasiga esa - arzi dod. “Bu bedinlar rohibgoh osoyshtaligini payhon etdilar, tokay biz musulmonon - kechirasiz, biz benedektiyon bularning oyoqlari ostiga o’z quloqlarimizni osishga majburu mazlum bo’lg’aymiz?!”
 Ana undan so’ng iqrorxonaga chaqirib olib, katak temir eshik ortida, ostiga sham’ qo’yilgan Bibi Maryamning tosh siymosi ostida Pater Giyom Qobusnomaning bir turini o’qiydi shayxga. Turg’un Alimatning tanburlari chalinadi quloqqa. Shayx bunda tiz cho’kib, qo’llarini ko’ksiga qo’yishi vojib. Pater Giyomning kalxatsimon soyasi shayxning quyi solingan yuziga tushar ekan, sham’ning lippilashidan asriy tosh g’ishtlar ham larzaga kelgandek. “Farzandi arzandam, - deydi u, - bizlarda osoyishtalik - ruhiyot pokizaligining alomatidir, pokiza bo’lsangiz Iso-masihimiz yanglig’, pollarni qo’yaveringu, suv ustida ham beiz ketaverasiz. Birodarimiz Pol ham banihoyat sizni sevganidan kamolot sari yetaklaydi sizni. O’jarlik qilmang - salimlik ila bu hamqadamlikka ko’ning...” ­ va shunga o’xshagan bachkana gaplar. Shayxning qila olgani - tushunar-tushunmas qorong’ulikda bosh liqqillatishu, o’z o’ylarini o’ylash.
 Qiziq, hozir u o’qiyotgan bir safarnomadagi sayyoh Pater Pol Elzasiy emas, u payt Assiziy ham bunisi kabi bo’lganmikin?! Mashhur rohib Rubruk bosgan yo’ldan borar ekan, u ham tak’yayu hilvatgohlarga va yo bangixonayu xarobotlarga tushib qolganda chalakam-chatti tushuna boshlagan tilida pandu-nasihatlar qurboni bo’lganmikan? O’sha paytlardan qolganmikin uning kiniyu-g’arazi? O’gitlardan so’ng shayx hujrasiga qaytar va yana boyagi safarnoma kitobiga yopishar edi. Gotik harflarning o’zi bir sir, ularni bir amallab urishtirib-qo’shib o’qiganingda chiqqan so’z undan ortiq sir, buning lug’atdan topgan o’nlab ma’nolari esa - yana bir joziba. Quyosh Parij tomlari oralab uzoq dumalar ekan, nurlar aravalarning o’qlari kabi olis-olis o’tmishlarga boshlar edi. Assizlik bu Pol, safarnomasida qayd etishicha, inkvizitsiyadan qochib avvaliga Frankfortga, undan Nyurnberg osha Austr yurtiga, keyingi yoz esa Bizantum poytahti Qanstantinopulus, ya’ni Rumoning Istambul shahri azimiga yetib keladi. Ana o’sha shahardan uning birinchi maktubi o’z rohibgohiga, birodari Jan-Jakka yetib keladi.
 SHayx qoqila-suqila bu maktubni o’qir ekan, allanechuk Assizlik Polning rohibgohdan qochish sabablarini ham anglab yetgandek bo’ldi. Allaqanday, chandiqlanganu, bitib ketmagan shahvoniylik sezilar edi har bir iboradayu, har bir mavzuda. “Istambul bezgagidan yuzimdan terni artgan chog’im, telba alaxsirash aro barmoqlaring totini tuyar edim”, - deb yozar edi Pol. Yana bir joyda esa: “Ko’rguliklar tinmay quvlar ekan meni, oramizdagi masofa ortgani sari bu masofani o’lchagan rishtalar ham uzulgudek tarang, ko’nglim torlari ekanmi bular, siymong chertuvchi...” - deydi u. Gumonlarini Pater Giyomga aytay desa yana kamolot suhbatlaridan bezar, aytmay desa - quyosh botib bo’lgach qo’lyozmadan toliqqan ko’zlarini uzar ekan, eshik ostida bir sharpaning xarsillab nafas olishiyu, tun eshik ostidan xanjar kabi ingichka va uzun nurning hujraga sanchilib turishi, sahar, profanlik rutubatidan bezib u shaharga, to’g’ri kelgan qahvaxonada o’tirib yozilish uchun chiqib ketayotganida esa, ketidan niqtalgan ikki o’q ko’zning yegudek kuzatishi butun kunga uning ta’bini xira qilar edi.
 Rost, bir hodisa shayxning kundalik umrini biroz ziynatlagandek bo’ldi. Ko’ngildagi kajravlik ketidan bir kun rohibgohga kech qolib - katta darvozalar yopilib bo’lganidan - Lotin kvartalida bir mavze’ga cho’zilgan rohibgohning tund devorlarini atroflab, yarim soat deganda shayx ort tomondagi eshikchaga yetib bordi-da, endi bu darchani ochaman degan edi, nimqorong’uda eshikning o’zi ochilib shayxga ro’baro’ bir ayol chiqib kelsa bo’ladimi. Ikkalasi shoshib, seskanib tushishdi. Yana shayx o’zini yo’qotmay, boshini quyi soldi-da, yuziga salimlik siyratini sozlab, ayolga emas, ko’zlarini musulmonona chekaroqqa olib qochdi. Qarasa, ayol savatchada ikkita mushukchani ko’tarib ketyapti. Qaerdan keldi bu gapu, o’shanda: “Pti sha!” - deb yuborsa bo’ladimi shayx. Ya’ni: “Mushukcha!” - dediyu, shu zahoti bu so’zni Assizlik Pol o’z birodari-hamdardi Jan-Jakka bir maktubida lutfona qo’llaganini esladi. Ayol-chi, to’g’ri tushundimi, va yo o’ziga oldimi bu so’zlarni chamasi, oqshom uzra qizarib biram biddillab ketdi-ey, og’zi-burni ohanglarga to’lib ketdi.
 Bir payt ketidan boshlab ham ketdi shayxni. Xudo urdi, - degan edi u, yo’q, rost, ko’cha tomon emas, rohibgoh ichiga boshladi uni bu ayol. Qarasa, oshxonaga olib kelyapti. Ojizai nomahram emasmi u, shuning uchun ham uning uchun alohida yo’llar ko’zlangan ekan bu rohibgohda, ana o’sha ovloqlardan o’tib oshxonaga kirib borishdi bu ikkisi. Profanlardan ham past bo’lgan, umuman rutubat degan narsaga ilinmagan tabaqa ekanmi bular, oshpazlarga tanishtirdi shayxni bu xotin, neki akobiru avomga tortilar ekan ibodat ostidagi tolorga har kun, shuning oldini olib kelishdi o’sha kecha bular. Sharoblarga bularda suv qo’shilmas ekan, go’shtlar suyaklardan kemirilar, yoqmagan luqma yana qozonga tashlanar va ertangi ibodatni kutar, boshga qopqalpoq kiyish uyoqda tursin, maykachan bo’lib olib, ishtonlarini ham tizzasidan yuqori ko’tarib olishar ekan bu qizilbetlar!
 Ertasiga esa kallai sahardan Pater Giyom shayxning hujrasiga kirib keldi-da, shayx uyqu aralash: “Ana endi haydaldim!” - deb sarosimalaganida, iliqqina shivirlab: “Farzandim, bugun Qoidalar o’qiladigan kun, tabrik etaman sizni”, - deya, Bobxonaga, ya’ni Chambre de Chapitre ga kirib borishni so’radi. Shayx xavotir ila maroq aralash bir holatda Bobxona qarshisiga yetib borganida qopqalpoqlar ostidan faqat o’ngidagi birodaridan boshqa narsani ko’ra olmaydigan marosim qator bo’lib, martabama-martaba tizilgan edi. U qatorning eng ketiga - yashil qopqabolarga burkangan profanlar so’ngiga turishi bilan marosim tushlikka kirish maromida Bobxonaga yo’l oldi. Birinchi bo’lib L’Abbey to’rga qarab borar, ketidan a’yonlari devor yoqalab birma-bir - o’zlariga qo’r bo’lib ketgan o’rindiqlari tomon bosishar edi. Uchlikni, ya’ni Mo’’tabar Solisni anglatuvchi uch sham’simon deraza tagiga L’Abbey boshlig’ yana o’n kishi beshtama-beshta bo’lib ikki taraf o’tirishdi. Qolganlar esa martabasiga qarab yon devorlarga taqalgan kursilarni emas, lekin uzun tashlangan silliq taxtani egallashdi. Bobxonaning markazida - to’rt oqtosh ustun orasida alohida bir kursiyu, uning ro’parasiga sham’donda sham’ qo’yilgan bo’lib, u yerga qiroati eng sara bo’lgan bir birodar o’tdi-da, sham’don ostidagi tokchadan bir kitobni olib, uni ochdi. Birodarlar yeng ichidagi qo’llarini tizzalariga qo’yganicha, boshlarini quyi solishdiyu, kunning nuri ila sham’ nuri qorishig’ida va’zxonning so’zlariga quloq osishdi. Sham’ning ohista nurlari ustunlarni devor bilan bog’lovchi yoysimon arklarda arang-arang o’ynar, voiz-birodarning ovozi ham arklar orasida bo’g’otlarga taqalgandek urilib-urilib - gumbur-gumbur - silliq yerga qaytar edi.
 Avvaliga u chamasi Nursalik Avliyo Benediktning hayotidan parchalar o’qib uning nomiga duolar tushirdi. So’ng esa rohibgohlarning asoschisi yozib qoldirgan Qoidalarning o’ziga o’tdi. Lotin tilidagi va’zning gashti bir boshqacha. Quron qiroatida so’z ham, musiqa ham - bir, lotinchada esa ular ayri-ayri. Tantanavor so’z yangrar ekan, hozir ana u burchakdan organ ham o’ynab yuboradi, - deb kutib o’tirdi shayx, lekin organ emas, allaqanday qilib bu tolorga kirib olgan kaptarning g’ulg’ulashidan boshqa un bu tantanavorlikni qo’ltiqlamas edi. Shayx shirin-shirin xayollarga cho’mdi.
 Uchlikni ramz etuvchi derazalarga ko’z qirini tashlasang - ularda yigirmanchi asrning osmoniyu, samolyotlardan tutovchi bulutlar. Bobxona ichida esa - oltinchi asrdan beri o’zgarmagan vaqt. Go’yoki yalang’och badaniga so’f kiyib jismini qiynagan Avliyo Benediktning o’zi kirib keladiyu, tanholik tanholikda emas ekan, tanholik birodarlar orasida ekan, - deya, Neapol chekasida Monte Kassino degan rohibgohni emas, lekin Parijning qoq o’rtasida mana shu manzilni qoidaga solib beradi. ×indan ham shayx o’zini majlis aro hilvatda tuyar, bu kabi u so’nggi payt hecham tanho bo’lmaganligini sezar edi.
 Qonstantinopulusga yetib kelsa-da, uning ketidan xuddi atayin quvlagandek - salibdorlarning navbatdagi yurishi, navbatdagi urushi, ana o’shanda u Papaning qopqalpog’idan Sultonning sallasi tuzukroq, - degan so’zlarni aytgan va Qonstantinopulusdan yozgan so’nggi maktubida: “Sahro tovushqonidek bizlar Lotinlarning tishiga yem bo’ldik. ×erkovlaru qasrlar, rohibgohlaru kutubxonalar, imoratlaru kulbalar - bularning bari bosh o’rnida dubulg’a kiygan askarlarning oyoqlari ostida xor bo’ldi. Bizantiya bokiralari zo’rlandilar, Ayya Sofiyaning mehrobida esa bir qanjiq mast olomon oldida qo’shiq kuylab, tumonot jahannam raqsiga tushmakda. Sanamlaru suratlar endi ularning temirga burkangan oyoqlari ostida raqs nog’oralariga aylandi. Oh, shahar, oh shahar, shaharlarnig ko’rar ko’zi bo’lmish voh shahar, dunyo ertagiga aylanmish, jahon uzra kuylanmish, cherkovlarning qiblagohi, e’tiqodning qarorgohi, ma’rifatning nuri ayni, mag’firatning qutbul-bayni! Egamning g’azab paymonasini to’ldirib ichdingmi sen, samovotning yashin to’rvasini bichdingmi sen?!” - deya xitob qilgan edi.
 Ana o’shanda o’zining qonxo’r dindoshlaridan qochib, musulmonlarning qo’lidagi Ang’o’rayu, undan so’ng Qo’nyayu, ba’d Arzirumga yetib borgan Assizlik Pol ham xuddi maktub yozmayotgandek, lekin ayni mana shu voizning so’zlaridan gavdalanayotgandek edi endilikda. Shukrkim, salibdorlar yana bir bor Quddus tomon burib ketishadi, Arzirumu Qo’nyalar ularni qiziqtirmaydi ham. Qo’ltig’ida bir dona Injil bilan notanish yo’lga yuzlangan Benedektiyon Pol bir necha yilga musulmonu suriy mudarrislar orasida Arastuni tildan tilga ag’darish baxonasida Onadoluning ichkarilarida qolib ketadi.
 Ana o’shanda saljuqlar poytaxti Qo’nyada u bir Balxlik Mavlono asos solgan takyaga yo’liqqanini tilga oladi-da, lekin ayni shu betlar safarnomadan olingan bo’ladi. Hayajonga tushgan shayx qo’lyozmani ko’targanicha mulozamatlarni yig’ishtirib kutubxonadan Pater Giyomni topishga shoshiladi, kutubxonananing xos xonasida otaning mudrab o’tirganini ko’rib yanada tutaqadi, xunobi ortib, ovoz ham chiqarib yuboradi. Silence! - yolg’iz lablari bilan imo qiladi Abo Giyom, - Silence! Keyin gap nimadaligini eshitgach, qoshini bir chimirib qo’yadi-da: Farzandim, hayajonlanmang, gunoh sizda emas, ko’ryapsizmi, tepada betlar soni uzulmay ketyapti, bu raqamlar esa o’n oltinchi asrda birodarimiz Frantsisk tomonidan qo’yilgan... - deydi. O’zini ayblashni miyasiga ham keltirmagan shayx birdaniga sarosimaga tushib qoladi-da, lekin Aboning sokinligi unga ham yuqib: “Bu degani g’oyib varaqlar bu yerdan o’n oltinchi asrda olinganmi?” - deb so’raydi. “Ha”, - deydi o’shanda Pater Giyom va bexosdan ketidagi temir eshik tomon boshini ohista liqqillatib qo’yadi.

 Bu rohibgohning kutubxonalari ham martabama-martaba bo’lishi haqidagi gumonni birinchi kuniyoq boyagi bedin olim Grammon aytgan edi. Mana endi Bobxonada sukutli martabalar namoyishini ko’rib o’tirar ekan, shayx qayta tutab ketgan olov kuchi bilan boyagi xoslar kutubxonasi ishtiyoqida yona boshlagan edi. ×unki sal qiziqroq narsaga yetganida Pater Pol zo’raki sukutga majburu mahkum etilar, buning ketidan esa uning Damashq kutubxonalaridagi mutazziliylaru mutakallimlar va bir qancha yahudiy roviylar bilan bo’lgan bahslari, Qumga yetib shia ulamolariyu ismoiliylarning yashirin namoyandalari bilan bo’lgan uchrashuvlari va nihoyat Xurosonu Movarounnahrda gurkirab borayotgan tariqatlar haqidagi gaplari yarim so’zda uzilib qolar, lekin bozor taasurotlariyu, bachabozlik va yo tayoq urish haqidagi hisobotlari sonsiz betlarga uzalar edi. Nimaga yaradi ekan bu yo’qolgan betlar? Qanday qo’lga kiritsa bo’lar ekan bularni? Qo’lga kiritgach, nelar ochilar ekan ulardan? Rohibgoh qoidalari tantanavor yangrar chog’i mana shu savollar bilan qiynar edi o’z-o’zini begona shayx.

* *

*

ARilaRning o’ziga yaRasha ismi bo’ladi. Sin ismli bu aRi Ramazon oyining ikkinchi kuni (choRshanba ıdimi chamasi), tong otaR­otmas butun yeR bo’ylab ketgan tebRanishdan biR silkindiyu, bug’doy donidek pillasini yoRib, mumkatagi ichiga chiqdi. Bu uning tug’ilishi ıdi.
Qovunsimon doyalaRning olti taRafdan g’uvvillashi, chaqaloq og’ziga bosilgan bol, o’nlab uzatilgan qo’llaRu mo’ylaR uni biRoz gangitib qo’ydi, Sin bu to’s­to’polon ichida uvushgan oyoqchalaRini imkon qadaR Rostlab, qovushgan qanotlaRini yozib biR keRishdi­da, oldingi qo’llaRi bilan yuzlaRini, o’Rta qo’llaRi ila badanini tozalay boshladi.
BahoR kelib oila ındigina yangi hayotga kiRishgan, Sinning onasi Poshsha ­ ıski uyasidan hijRat qilib yangi hujRa quRishga ulguRganu, lekin hijRat chog’i chalingan kasalligimi, yo­da yosh yuki ostida olamdan ko’z yumgan, oila buning ketida tezda yangi poshshoni PiR ko’taRgan ­ bulaRning baRini takyadagi duv­duv aRilaR Singa aytdilaR. Og’zi bol, ichi zahaR Sin bu gaplaRni hazm qilishga tiRishaR, bundan allanechuk olti taRafini tozalashga kiRishganini ham sezmay qoldi. Hamma g’imiR­g’imiR ishlab tuRgan to’dada bekoR tuRmaysan­ku! BoshqalaRga uRilib­tuRtilib, iviRsib yotgan katak hujRasidan pilla po’stlog’iniyu, bol oqqan iplaRni yig’ishtiRdi, mumu non ushoqlaRini teRdi, hujRa devoRlaRidagi gulshiRa izlaRini aRtdi. Ish bilan biRoz chalg’igandek bo’ldi. ¨shlaRning qalbini bilasizu…
Ammo shu payt Sinning yuRagini jizzilatib yuboRgan biR hid anqidiyu, oRasiga qil sig’mas to’da oRalab uning pilladan avvalgi go’dakligida kuniga ming maRotaba atRofida paRvona bo’lib og’izdan og’ziga bol tomizgan ınagasi paydo bo’ldi. “Onanay, onanay, tuRibsiz­ta, onanay, asal bolam, bol bolam”, ­ deya biRovlaRni tuRtib­suRib tinmasdan aylanganu o’Rgilgan ınaga ındigina dalalaRdan xushbo’y va ıRkin gullaRningu aRiq bo’yidagi yalpizlaRning hidini olib kelgan, qo’ltig’ida­chi biR savat issiq non. Uning shavqu­zavqqa to’lgan Raqsi ısa chechaklaRning gulbaRgidanu quyosh tandiRidan toza ısdalik ıdi.
“Salomat, salomat, yaxshimisiz, omonmisiz? IshlaRiyz duRustmi?” ­ so’zlaR ham Raqsga jo’R bo’lib o’z RaqslaRida davom ıtishaRdi. ¨shlik uyatchanligidan biRoz qo’polRoq demayu beso’naqayRoq ımasmi, Sin ham g’udRanib: “Bundan duRustRoq ham bo’lsa bo’laRdi” ­ degandek gap qildi. İnaga ham kulimsiRab qo’ydi­da, boshqalaRga ıshittiRmay: “TillaRiyzdan onanay, onanay, biRoq bunisidan battaRRoq bo’lmaganiga ham shukuR­ta!” ­ dedimi va bu sofdilligu undagi puRma’no hikmat Sin ko’nglida uzoq vaqtlaRga dovuR muhRlanib qoldi.
Pokiza qalb ­ toza ko’zgu kabi. İnaga aytib beRdimi, yo Sinning o’zi bu akslaRni ko’Rdimi ­ kunlaRning biRida aRilaRdan biRi gul ımas, muattaR inson jismidan jon shiRasini uyaga keltiRganini, saRmast bo’lgan aRilaR uni uyaga qo’yganiniyu, Sinning onasi bu ofatni uyasidan yo’qotish maylida hijRat qilishga jazm ıtganiniyu, bu uRinishda holdan toyib o’lganiniyu, ana o’sha zahaRdek achchig’u boldek shiRin shiRadan Singa ham yuqqanini tuydi Sin o’z mahRami dil ınagasidan.
SHundanmi kundalik g’imiR­g’imiR ish ichida, minglab yoRu­biRodaRning g’o’ng’illovchi bozoRida Sin ongini to’satdan nogahoniy tasviRlaR ıgallaR, avvaliga bulaRni u ınaganing til bilmas chaqaloqqa pichiRlagan RivoyatlaRiga yo’yaR va biR damga tik qotaRu uyg’onayotgan ongining tetapoya qadamlaRini bulaRga qiyoslaR ıdi.

…VaziRi akRam Abulxusayn ibni Muhammad As­Suhayliy sohibi mulki XoRazm xotiRi oliyalaRini malul ıtmakdin andesha aylab, sultonus­salotin Mahmud Yaminud­Davla Balxdin qovg’inchi qilib yiboRg’an Xo’ja Husayn ibni Ali ibni Mikoilni azbaRoi navozishlaR ila qaRshilay andin maktubni olg’ach ulamoyu fuzaloni mashvaRat uchun o’z huzuRig’a buyuRdi. Ilmi Riyoziyotda davR Fisog’uRsi Abu NasR ARRaq, ilmi nujumda Butlimusi soniy Abu Rayhon BeRuniy, ilmi tabobat peshvosi AbulxayR XammoRu, ilmi falsafada beqiyosu beniyoz Abu Sahl Masihiy hamda boRcha ilmda komili mutlaq, isbotul Haqq SHayx­uR­Rais gaRdani puRviqoRlaRi taylason po’shida, saRi puRxiRadlaRi taxtulxonak pechida, va’ziRi a’zam qaRoRiga o’shal zahot dohil o’ldilaR.
Zehnu zako ajumanida ul maktub o’qildikim, anda sultonis­salotin bunda qaRoR topqon ahli fuzaloni dag’dag’a yuzidin o’z saRoyig’a yiboRish buyRug’ini sabt ıtmish, va anga As­Suhayliy: “Sulton Mahmud Yaminud­Davla XuRosonu Hindistonda dushman daf’in qilib alaRg’a xiRoj tayin qilibtuR. Biz anga bo’yun sunmasak mulki XoRazmg’a ham cheRik toRtub masof tuzg’ay. Andin choRa ne?” ­ deya ahli xiRadmand soRi savol ayladi. AlaRdin yoshi kichiki Abu Ali ıRdi: “Yo’q, qadam Ranjida ıtmaymiz!” ­ dedi. Anga Abu Sahl qo’shuldi. BoshqalaR ıl jafosini izxoRi taxayyul qilib dedilaRkim: “Biz Balx soRi ketoluk!”
As­Suhayliy alaRg’a ko’p istimolat ila dedikim: “Voqeat shaRhiyu bul ikki fikRni men XoRazmshoh Ali ibni Ma’mun olampanohlaRig’a yetkuzay, alaRning iRodai buzRukvoRi ne buyuRg’ay ul bo’lg’ay!” ­ va alaRni baxsu­munoqasha ichRa qolduRib, XoRazmshoh huzuRi oliylaRig’a Ravon bo’ldi…

İnaga ayttganmidi bulaRni ham? “Hali ko’p naRsalaRni ko’Rasiz, asalim, lekin bu ko’pning ıvazidagi kamiga ko’nmang. Uchishning qoidasi shu ­ to’xtagan qulaydi”. Ko’z ko’Rmagan ona mehRiyu, yuRak tusagan allanechuk yaqinlik, ınaganing qitiqlovchi pahmoq shiviRlaRiyu, achchiq ısdalik, ­ bolalik, huR dala, moychiRoqlaR osilgan qoRong’u va issiq hujRa ­ quRbi yetaRmikan atak­chechak Sinning hali yozilmagan qanotlaRida ko’taRishga bulaRning baRini? Bu tug’yonda u o’z hujRasidan chiqib qo’shni hujRani tozalashga kiRishdi. AtRofingni ozodalash ich­ichingni tozalashdek, bo’shatishdek, pokizalashdek biR gap ımasmi…
Aslida­chi ­ beg’uboR bolalik. Tavbaga ıhtiyoji yo’q palla…

Vaqoei sanai als arba’ mia tis’a

¨zuvchi Andrey Platonovning chet tilga tarjimoni Platonovning qizidan o’z otasi xotiralarini yozib olgan edi:
“Otam eslardi:

“20­nchi bilan 30­nchi yillar tutashgan oraliqda Moskvaning ibtidoiy aholisi ­ rusu­tatarlar turlilana boshladi. Bularga Sovetlar Ittifoqining to’rt tarafidan kommunizm ilmi xoro toshini kemirish uchun tepadan chukchalaru­nenetslar, o’ngdan mordvayu­chuvoshlar, pastdan o’zbegu­turkmanlar, qolgan tarafdan moldavanu­lotishlar jamlana boshladi. Ajib va talotumli davr!
Men o’sha tarix Nazar ismli bir yigit bilan tanishchilik qurib kunlarimni ovutib yurar edim. U menga Hevayu Ustyurt, Sariqamishu Qoraqumlar ustidan so’ylar, men esa zerikarliyu beyupun dunyoda yuragimning achishgan go’shtini nimaga ishqab qutulishimni bilmas edim. YUrak to’lganidan unga jon sig’adigan joy qolmasa o’zgacha talpinar ekansan odam bolasi.
Bu Nazar bir hovuch do’stlarga erishgan, biroq o’zining yuzi ­ yaydoq yolg’izlikni bunyod etgan, bundan uning sarasiz do’stlari ham o’sha yolg’izlikning bir chekasidek uvalanib yurishardi. Tanho va yalang’och kechalarning birida u yotoqxonada o’zbeklarning palovini damlab, do’stlari o’rtasida meni ham taklif etdi. O’sha tun oyning bo’yi to’lib, iliq havo shamoldan esib turar edi. Tun toborasida qisqarayotgan soyalar esa bir­biriga chirmashib, oradagi nurni saqlab qolishga qo’l cho’zishardi.
Jamoaga jam’ bo’lganlar orasida bir hazinyuz shoir va boshqasi ­ ichki kasalliklar kafedrasining ordinatori SHayxov yonimdagi joylarga tanishish va ketidagi do’stona suhbatu munosabatlar uchun o’tqazildi. Osh yeyilishi davomida SHayxov Nazarga qarata sharaf so’zlarini aytdi: “Sen tarixning bir bo’lagisan”, ­ dedi u. Shoir men uchun tarjima etdi: “Inqilob va sinflar kurashi pallasida men tarix qoldiqlaridan yangi kunga yaratish uchun bir kitobni o’qib chiqdim. Unda ko’z nazari dunyo yo’liga chiqib, hayot ma’nosiyu yo’qsil maslagini qidirishda tirishadi. Sen, Nazar, yo’l so’ngida tug’ilding, sen bu ma’no ichida yashayapsan. Sen shaxsiy kuching isrofgarchiligisiz o’zingni odam qilding”. ­ Nazar javoban ichidagi zulmati og’irligidan xo’rsinib qo’ydi. ­ SHayxov fikr va kayfiyat uchun chalg’imay davom etardi: “Baxt tarixan muqarrar, inson umri esa hech qaerga yetmaydi. Qarilik yoshidan emas, ijtimoiy mas’uliyat ketidan sen ham, Nazar, millating bilan men o’qigan kitobdagilarga erish!..”
Nazar esa bu so’zlarni quloqqa tinglov sifatida olar ekan, yeriyu onasini badanining noayon g’ami orqali eslar va bu g’am boyagi so’zlardek teng yaxshi tuyular edi. Men shoirdan so’radim: “Esga solingan kitob keng mashhurmi?” ­ “Bu singari kitoblar ko’p keng va mashhur va ma’lumdir”, ­ dedi shoir va shu zamon ichida o’zi ham bir ro’mon berayotganini aytdi. Shayx Sinoning “Uyg’oqning tirik o’g’li” degan kitobini so’zladi. Men Ibn­Tufaylning nomdosh kitobini xotirlagan edim, ­ “Sinodan so’ng Ibni­Tufayl ham, Attor ham, Jomiyu Navoiy, Bedilu Nishotiylar (bu nomlarni men qog’oz ro’molcha chekasiga xatlab oldim) shu mundarijada o’z qalamlarini charxlab chiqishgan “, ­ dedi u.
Ajib shoir ekan, uning so’lg’in yuzidan go’yoki u o’z aziyatini o’timsiz kasallik kabi chekishi arir, ­ betaraddud Nazar haqida mo’ljalga solgan qissamni o’rinma­o’rin aytdi­qo’ydi. Men esa shipu­devor burchagida pashshalarning yayov yurishini kuzatib, bu dunyoda aytimsiz narsalarning qip­yalang’och tanqisligiga kuyukardim.
SHayxov yana so’zini tutib oldi. “Men, ­ dedi, ­ Nazar, dunyoni keng va mo’l aylandim. Har kim dunyo jug’rofiyasi va iqlimi ichida o’z o’rnini topgan, faqat o’zbegu o’ris, ­ dedi u negadir nafasimni hidlab, ­ arosat aholisidir. ×o’l ko’chib ­ do’zah emas, bog’u o’rmonga chodir qurib jannatga mos tugul. Qurama xalq dunyoning saylanmasidir, ­ dedi u va gapiga davom qo’shdi: Sen ko’nglimni ochib boq, ­ ketida qancha kitob topasan, biroq aytganim ­ kitoblarda yo’q narsa. Shundanmi yuragiming bir parchasi nuqul achishadi. Bu so’zlar o’sha burchakdan”, ­ deb u tashqaridan ichkarisiga bir stakan arog’ni chamasiz ag’dardi.

Bir hodisa xotirimda turdi. O’sha qarovsiz sahar qizimni musiqa maktabiga eltayotgan paytim burchakdagi aroq do’koniga navbat galida hamma oyoq­oyoq turar, qatordagilar soatning saharligiga chalg’imay o’zaro talashar, ro’paradagi g’ira­shiradan esa uch kishi chiqib keldiyu, yonimizga yuzlanishganida mast onayu, sarxush qiz, bularni ikki qo’ltig’idan orada yetaklab turgan bir qoratan habashni ko’rdim. Habash ham badmast edi. Tun bo’yi mastlik ichib isitmasini bir­biriga sovurib, endi sahar beyupanchligida navbat hovurini izlashib chiqishganmi, ruslarning ma’nosizlikda bo’sh ko’zlarini bilasizu, ammo bu habashning mol ko’zlari bu ma’nosizlikda, bu koinotiy yetimlikda, sho’rlikda, chorasizlikda ulardan qolishmas edi. Bu tun o’z qaynonasiga er bo’laturib o’z­o’ziga qaynotayu­kuyovga aylangan bu habash rus hayotining loyqa tublarida shu qadar adashib, bu kecha Pushkinga evrilganmidi…

SHayxovga qiyoslab bu hikoyamni shoirga dedim. Shoir kulgiga yuzini rostlab xo’rsindiyu, qo’qqis fikrga yo’liqib uni menga aytdi: “Men Pushkinni tarjima etdim”, ­ va yuragidan sug’urgandek, ichki cho’ntagidan bir qog’ozni ozod etdi. U nafas uchida qulog’imga qitiq solib, noma’lum o’zbek tili she’rini so’zlay boshladi. Men ham har qanday ishtiyoqqa taraddud ko’rsatib, tuzukroq tinglash uchun og’zimni anqaytirdim. Bilasizmi, bir gal men xitoy tarjimoni ijrosida ham Pushkinni tinglaganman: Ting’­ping’­kyang’­chung’, chung’­ting’­pyang’­jung’”, ­ bunisini tenglab bo’lmaydiyu ­ bunisi men bilgan Pushkindan ortiq ohangdoru tantanavor, go’yoki Pushkin o’z nomiga loyiq zambarak emas, balki osmonga mushak uzuvchi olovli asbobga aylangandek edi. Nihoyat shoir vaqtning nihoyasiga ­ xuddi qattiq ashyoga yuzma­yuz taqalgandek to’xtadi­da, yuziga ommaviylik tusini qaytardi. Men ham takroriy ish zahmatida boyagi o’ylaganimni yangidan aytdim.
Ichki kasalliklar ordinatori SHayxov esa buni umummillat va ijtimoiy iftixor nomidan qabul qilib:
­ Sarhadsiz gapiraver, vaqt hali uzun, ­ dedi. Nazar derazani tun makoniga ochib qo’ydi. YUrakda esgan shamol tashqariga ulg’aydi. Nazar bir zum rom tuzumini ushlab turardi. Ko’p pastroq ketgan osmondagi oy qarzga olgan nurini beiqtisod xarjlar, inson chiroqlari esa yulduzlarga entikib ruhni ham qorong’uga boshlar edi.

­ Men ertaga Ustyurtga qaytyapman, ketaylik men bilan, ­ dedi u umumiy jimlikka. ­ U yerda quyosh o’z yo’lida botqoqlikka yo’liqib yerga botadi. Sahro kengligining makoni raqamga bo’ysunmaydi, bu yerga tasodif yuzasidan tushib qolgan insonlardan nari hech kimsaga o’zlashmaydi u, ­ dedi u xayolining uzoq zulmatidan. ­ Qorong’ulik cho’l sathidan turmaydi, kelgindilar quyosh botayotganda bir qancha shu’layu uchqunni tutadi xolos. Qum tagida sho’r yer, bu yerga yashash uchun kelganlar uni o’zlashtirgachoq, zamin ularni qo’porib tashlaydi, mirishkorning hosili vayronaga aylanib, neki qurmasin ­ xok bo’lib nuraydi…
­ Sinodan yod etdi, ­ deya izoh berdi menga shoir. Uning gapi fikrimda bitgach, orada turgan barcha xotirasizlikni to’plab, Nazar mening yozilmagan qissamdan parcha aytganini xitob etdi. O’tayotgan hayot ma’nosini xushyorlik bilan poylagan SHayxov betayinlik mayda­chuydasini chetga surdi­da:
­ Yangi hayot ishi bo’yicha u yerga jo’na! ­ dedi. ­ Hayotni rejaga solib yashay boshlaymiz! Jon berib jon qidirgan xalqingga turmush ma’nosiniyu yo’nalish maqsadini ta’minlab yetkaz!
Hamma jo’r bo’ldi. Nazar hayot hovurini oyoq izlarida qoldirib xonadan dahlizga chiqdi… SHu lahza Kreml’ minorasida soatlar tunga paydarpay qadam tashlagan o’n ikki bongini urib turdi…

* *

*

...Qo’limda ¨zuvchilar Ittifoqi saxiylarcha bergan 30 dollari bilan samolyotga qisilib-siqilib kirib bordim. Olmaxon terisidan po’stin kiyganlar orasidan shumshayib kechdim-da, pisibgina samolyotning ketiga yaqin bir o’rindiqqa o’tirdim. Zab meni kutib olarmikan-yo’qmi? Telegrammani bo’lsa uch kun avval jo’natdim, lekin hech javob bo’lmadi, shunga hayronman... Xayollarga cho’mib uchganimizni ham sezmay qolibman, yonimga kelib ingan qo’shnimni ham. Bir payt yugurdak qizlar sharob tarqata boshlashdi, ko’ngilni yozish uchun limmo-lim oldim. Hazinligim qaytaga ortdi, shikoyat qiladigan na Sobitxon-akam bor, na boshqa mahram.

 O’ylarimga tolib o’tirsam, yonimdagi qo’shnim suhbat taklif qilib: “Bugungi sharobi zo’r ekanmi”, - deb qoldi. Odamovi bo’lmaslik uchun miyig’imda kulib qo’ydim. “Ha, ­ dedim, ­ chindan ham chakki emas”. “Amerikaga ketyapsizmi?” - deb so’radi u. “Yo’q, yarim yo’lda tushib qolaman”, - deb gapni zarda bilan uzmoqchi edim-u, lekin suhbatni qizitish uchun o’zini hattoki ahmoqlikka solayotgan bu - chamasi-yu asli yahudiy - kishi yoqa boshladi menga. “Ha, Amerikaga ketyapman. Siz-chi?” - deb go’llikka soldim o’zimni men ham. “Men ham”, - dedi u. Mana shu tentaklarcha so’zlarda ikkimiz bir-birimizga mahramona dili rozimizni aytgandek topishdik. “Men, ­ dedi u, ­ professor, fan doktori Rozenblyum bo’laman. Ol’ftamologiya, ya’ni ko’z davolash institutining boshlig’iman. Siz-chi?” ­ “Men bir adabiyotchiman”. ­ “E-ha, shundaymi, qalam ahliman deng, yaxshi, yaxshi, ko’p yaxshi. Tanishganimdan behad xursandman”. ­ “Men ham”. ­ “Ijodiy ishlar chorladimi yo’lga?” ­ “Ha, bir nav’”. ­ “Men esa ilmiy simpoziumga ketyapman...”
U yog’dan gapirdik, bu yog’dan, adres almashdik, u ko’zi og’rigan butun-qarindosh urug’imni benavbat davolab beradigan bo’ldi, men... men evaziga nima ham qila olar edim, mana endi bu odam haqida yozib o’tiribman, xullasi axiri - yahudiy emasmi, - pul masalasiga taqaldik. “SHu ¨zuvchilar Ittifoqi bu kabi ijodiy safarlar uchun sizlarga hech pul ajratadimi?” Men biroz xijolat tortib, aytsammi yo aytmasam, deb turgan edim, professor xijolatimni sezdimi, yo sukunatga chiday olmadimi, davom etdi: “Aybga buyurmaysiz-u, bizning Akademiya umuman pul ajratmaydi. Mana bir tiyinsiz, ya’ni bir tsentsiz yo’lga chiqdim...”

 “Yo’q, bizga o’ttiz dollardan ajratishadi”, - deb qaddimni rostlab oldim men. “E, shundaymi? Zo’r-ku! O’ttiz dollar-a! Kechirasiz, do’stlashib qoldik, bir narsani sizdan so’rasam bo’ladimi?” ­ “Ha, buyursinlar”, - deb ko’krakni keng nafas uchun kerdim. “SHu, deng, agar meni aeroportda kutib olishmasa, biror­bir dollar qarz berib tura olmaysizmi, juda bo’lmaganda ularga telefon qilish uchun”. ­ “Mayli”, - deya hotamtoylik qildim men.
 Aha, gap bu yog’da ekan-da! Ha mayli, pul ketsa ketsin, obro’ ketmasin. Parvozning so’ngiga qadar boyvachcha bo’lib ketdim. Nimalarni va’da bermadi bu fan doktori, professor.

 Ha, Djon Kennedi aeroportiga qo’nishimizdan avval bir narsani aytish esimda chiqmasin. Okean - bahri muhitni to’rt-besh soatda kesib o’tib, yerning narigi tomoni - N’yu-Faundlend orollari samolyot qanotlari ostida - bir yer, bir suv bo’lib ko’rindi. Suvmi orol, yo yermi orol - bilib bo’lmas, pastqam quyosh esa yerning boshqa tomonidan - xuddi bizning yarmimizda qolib ketgandek - qo’l siltar edi. Yangi topilgan yerlar - N’yu-Faundlendda na bir inson, na bir jonzot - botqoq chimlaridek tim-yashil o’tlar va ufqdagi kunbotarning yerga tegmas nurlarini haydagan shamol... Umrimda bu kabi ulug’vor va mahzun manzarani ko’rgan emasman. Odam oyog’i bosmagan g’ussalar o’lkasi - N’yu-Faundlend...
 Mayli, Djon Fitsdjerald Kennedi aeroportiga ham qo’nsak bo’laveradi. Qo’ndik - Rozenblyumni kutib olishdi, meni - yo’q! Unga atab qo’ygan bir dollarni maydalab - Zabning uyiga sim qoqsam - avtojavobchi avvaliga turkmancha nag’malarni o’ynab, keyin nuqul Maxtumqulining satrlarini o’qiydi:

  Ta’lim bergan ustozingdan ayrilma,
  Maxtumquli xalq yodidan ayrilma,
  Boy bo’lay deb izzatingdan ayrilma…

 ¨mon xunob bo’ldim. Taksilarni surishtirmadim ham - turgan gap - bor pulim bilan yarim yo’lda qolib ketaman, shundan bo’lsa kerak, iloj qancha - boyagi bevafo Rozenblyum atrofida - mushuk birovning oyog’iga surkalgandek - miltillay boshladim - juda bo’lmasa shahargacha eltib qo’yishsa: bir u yoqqa o’taman, bir bu yoqqa - u esa o’lib qolsa ham ko’rmaydi, boyagi va’dalar qayoqda-yu, endigi gerdayib ingliz bo’lib ketishlar qayda! SHu ekan-da dahri dun, deb turaman-u, qayta-qayta Zabning uyiga qo’ng’iroq qilaman. U yerdan esa mazah qilgandek Maxtumquli:

  Boy bo’lay deb izzatingdan ayrilma,
  Maxtumquli xalq yodidan ayrilma, -

deydi.
 Axir bo’lmadi - taksichilar to’plangan joyga o’tdim. Bundoq razm solib boqsam - tojikiy gap zadan qilib yotibdilar. To’xta-to’xta, e, bular o’zimizning buxoriylar-u! Koru-boreton nag’zmedan oldim, mana ona yurtdan firistodand qabilida, Nyu-York sovuq bo’lsa batinkamga patak qilarman deya samolyotdan olgan “Pravda” gazetasini ularga sovg’ai nodir qildim, ana so’yinishdi bu Buxoroi SHarif ahli tarki: “Birot, ­ deyishdi, ­ qaerga bo’lsa bizga ayting, hojatingizni chiqoroyluk”. Endi ko’kragimga havo tegib turgan edi, qarasam boyagi xoin Rozenblyum - ko’zlari halak - Halakani itidek chopib yuribdi. Ko’pam ko’rmaganga olib turib edim, kelib-kelib o’zimni qidirib esankiragan ekan. “Jon birodar, ­ deydi, ­ baxtsizlik, ­ deydi, ­ bu mezbonlarga olib kelgan hadyalarim bir teri to’rvada edi, ­ deydi, ­ bu to’rvani kimdir shilib ketibdi, ­ deydi. ­ Mezbonlardan so’rashga uyaldim, ­ deydi, ­ bir dollar qarz berib tura olmaysizmi, politsiyaga zudlik bilan qo’ng’iroq qilsam”, ­ deydi. “Mana!” - deb, buning buxorolik qondoshlari oldida sharaqlatib bir emas - ikki dollarni chiqazdim. “Oling!” - dedim. Hayajondan poshnalarim oshgan xamirdek shishib ketdi. “Mang!” - dedim. “Yaxshilikka buyursin!” - dedim. Shu-shu bu ko’z tabibini ko’zim ko’rmadi.
 Buxoriylar yigirmatta qo’qonni shilib 42 ko’chaga qadar olib borib tashlashdi. U yog’iga chamadonimni ko’targancha, metroga tushdim, u qildim-bu qildim, Zabning uyini topib bordim. Topishga topdimu - uyida hech kim yo’q ekan.

 Ko’p kvartirali uy, bosh eshikdan qo’ni-qo’shniga chalakam-partish tushuntirib ichkariga kirib olsang - keyin chiqolmaysan - chunki eshik sirli raqamlar bilan qulflanadi-da - yana u-bu daydi qo’shnining chiqib qolishini poylab o’tirasan. Hammaga tushuntiraveribam tillarim qavarib ketdi. Axir bo’lmadi, chamadonni bosh eshik ortida tashladim-u, ko’chaga chiqib, so’nggi besh dollarning ikki yarmiga bir burda pitstsa olib yedim, qolgan pulimni bahonada maydalab olib - odatdagidek - Toshkentdan endigina ko’chib ketgan yahudiylar oilasiga telefon ochdim. Yo’q, bular oqibatliroq ekanmi, na turkman nag’masiyu, na sahro izg’irinida qolib ketgan Maxtumquli ovozi - qizchalari javob berdi. “Dadang yo opang qani?” - desam: “Ishda”, - dedi. “Qachon kelishadi?” - “Kechqurun”. ­ “Ha kechqurun bo’lib bo’ldiyu”, - desam, ­ “Yana kechqurunroq bo’lganda”, - deydi. Qisqasi, “Mana Toir-akang bu yerga keldi, shunday-shunday ko’chada bosh eshikning ortida o’tiribdi, dadang kelsa xabar olsin, Toshkentdan u-bu narsa olib kelganman (o’sha-o’sha do’ppi-da!)”, - deb qattiq tayinladim-u, ko’nglim baribir behalovat bo’lib, yana boyagi shisha eshikning oldiga borib eshik og’asidek sang’igan qo’ni-qo’shnini kuta boshladim.
 Dunyoda bir dona oqibatli xalq bo’lsa - mana shular-da! Soat o’nlarmidi, N’yu-York chiroqlaridan kechami-kunduzmi - bilib bo’lmaydi, eshik ro’pparasiga g’iyq etib bir oppoq choyshabdek moshina kelib to’xtadi. Qarasam, ichidan Toshkentda qo’ni-qo’shnining televizoru muzlatgichlarini tekinga tuzatib yurgan elektronika injeneri Edik chiqib kelyapti. “E, janobi Edik, o’ziyzmisiz, qani-qani, ko’rishadigan kunlar ham bor ekan-u”, ­ deb qo’ynimdan chust do’ppidan birini chiqarib tursam, orqasidan ko’zlarini rashkka to’ldirib, Zab kirib kelyapti. Ikki yahudiy orasida bir o’zbek - o’zimni toza yo’qotdim, jon holatda bir-biriga ikkisini tanishtirdim, yo qudratingdan - bir-birini tanishmas ekan, hatto til biriktirib birga kelishmagan ekan bular, bu tasodifni qarang-a!
 Zab deydi: “San na tiligrom berding, na tilipo’n qilding, man Amriqoning narigi chekasidan kelyaturman”. Zab o’zi asr boshi o’zbek adabiyotini o’qigan emasmi, tili nuqul Tavallo-yu Kalvak Maxzumga chalg’iydi. “Bul bandai ahli kitob kiming bo’lodur?” - deb ba o’zbaki Edikka barmog’ini niqtaydi. Edik bo’sa ×orsuchasiga olib: “Bu okamgila taqab qo’ydi-yu mani! Xit qivordi-yu!” - deydi. Haligi shisha eshik orqasida toza kulishdik. Men esa ikkisiga Maxtumqulidan oldim, Maxtumqulidan:

   Boy bo’lay deb izzatingdan ayrilma,
   Ta’lim bergan ustozingdan ayrilma,
   Maxtumquli xalq yodidan ayrilma…

 Nimalarni aytib beray: Zabning uyida ovqat yeyishga uyalib faqat choy ichaverganimni, yo Nyu-York kezganimni? Ikkisida ham mezbonim o’zimni o’zimga tashlab qo’ydi: istasang muzlatg’ichdan bir narsa topib yesang yeysan, tortinsang - och qolaverasan, yo-da borgan joyingga bor - senga qo’shilishda yo yoningga tushishda Zab tortinadi. O’zbek emas-da! Lekin bir narsada tan berdim unga - qalamkash emasmizmi: biror narsa yozmoqchi bo’laman, juda bo’lmaganda hozir aytayotganlarimni, lekin qaysi tilda qog’ozga tushirmay - barida Zab o’qiy oladi - arabchadan o’rischaga qadar lisonul balog’atda Zab polniy! YUz xotir qilar ekansan kishi, shundan bo’lsa kerak, mana endi ko’p narsalarni unutib yuboribman. Mayli, bir chekadan.

 Bir-ikkita dars o’qiymanmi degan ilinjda kelganmiz, besh-olti chaqa topish mana shunga bog’liq, boyagi o’ttiz dollar tag-tomiri bilan qurib ketgan emasmi, Zab esa: “San tiligromni kech berubdirsan, ahli tullob ta’tildadur, darsni kimga berodursan?” - deydi. Yana: “Mayli, bir hojatini qilodurmiz”, - deya kechalari Amriqoning narigi chekasiga sim qoqadi-da, ­ “San Texas orqali uchub Sietlga borursan, anda bahri muhit sohilida bir millio’narning bo’sh uyida qolursan toki ta’til bitmasun. Va ba’dazon bir oy so’nginda dars yopursan”, ­ deydi. “Bola-chaqam-chi? - deyman men, ­ atigi ikki haftaga yo’lga chiqqanman-ku, vizam ham roppa-rosa ikki haftaga mo’ljallagan. Buning ham besh kuni o’tib bo’ldi”, - deb noliyman. Nihoyat - mo’ljaldagi ikki haftaning so’ngiga ikki yuz so’lkavoylik ja’mi to’rt yuz qo’qonlik ikkita dars gaplashib berdi. Ungacha esa o’zi har kun domlalikka yuradi, men esa shahar kezaman.

 Avvaliga o’zimizning qadrdonu­qardosh buxoriylardan boshladim. Toshkent konservatoriyasidan qaynisinglim bitta, yozuvchilar shifoxonasidan tish do’xtirimiz bitta, Oloy bozorning boshidagi etikdo’z bitta, sartaroshimiz Ilyos-tog’a bitta - xullasi, ahli juhud qaerda qaror topgan bo’lsa shularning baridan nomai qavmu do’st berib yuborishgan, shularni tarqataman. Ba’zilari atayin ingliz bo’la boshlagan bola-chaqasini yuboradi, “How are you?”­dan narigi yog’iga o’tmaydi. Lekin dyadya Ilya yo Ilyos-tog’aga qoyil qoldim. O’zi, rostini aytsam, bu kishiga Toshkentdayam besh ketib yurar edim. Nimaga deysizmi? Ilyos-tog’a yetmishinchi yillarda boshqalarga qo’shilib o’g’li bilan Amerikaga ko’chgan-u, qarasa - bo’lmaydigan. O’g’li sartaroshxona ochib bersa-da, mijozlar to’nkasifat, kelishadi, lo’p etib kursiga o’tirishadi, lo’p etib turishadi, na salom bor, na xayr, choy qo’yaman desangiz o’t o’chiruvchi yugurib kelib jarima solar emish, radioda esa na soat birdagi chorvadorlor uchun kansert, na soat ikkidagi qishloq xo’jalik xodimlari uchun eshittirish. Xullasi, Ilyos-tog’a oyog’ini tirab olib o’g’liga qaytish chiptasini olib berasan, Toshkentimga ketamanga turib olibdi. “Ha, ota, uyimizni sotib ketganmiz-ku, qaerda turasiz, undan keyin odamlar nima deyishadi?” - desa, ­ “Biyo, qarzga bo’lsa-da, shu sartaroshxonani sotaylik, qarzimni san uzmasang, Toshkandan man uzay”, - degan o’xshaydi.
 SHunday qilib Ilyos-tog’a Toshkentga qaytib keladi, qolgan-qutgan qarindosh-urug’ qilib boyagi pulga Beshog’ochdan dang’illama uy sotib oladi, mahallada qutichaga o’xshagan sartoroshxonasini qaytadan ochadi. Ana o’shanda biz ham kokili mushkinlarimizni qisqartirish asnosida bu kishi bilan tanishib qolganmiz.

 Bir hodisani aytib beray. O’sha paytlar etikdo’z yahudiylar, sartarosh yahudiylar, rasmkash yahudiylar, tish do’xtir yaxudiylar ketidan yozuvchi yahudiylar ham ko’cha boshlagan kunlar, pionerlar haqidagi kitoblari bilan mashhurlashib kun ko’rib yurgan bir yozuvchi uyini sotib qoldi. ¨zuvchi do’stlarimdan biri esa Saudistondagi amakisi uchun yo-da uning hisobidan uy qidira boshlagan edi. Bu ikkala harakatning ikki uchi bir miyamda jiz etdi-yu, do’stimni Ilyos-tog’aga yo’liqtirib qo’ydim. O’sha payt qarz qaytarishmi, yoki fursatdan foydalanib pul topish asnosidami, lekin Ilyos-tog’a shoshib-pishib ketayotgan yahudiylarning uylarini sotishda dallollik qilib orada besh-olti tanga ishlab yurgan payti edi.
 “Toirjon, - dedi Ilyos-tog’a, chakamdagi sochlarimni qirtishlar ekan, - do’stingiz ko’plarga yoqmaydigan, o’rniga sizni olay, siz bilan gaplashay. Bu so’zlarni o’sha kuniyoq yumshatib, tahrirlab do’stimga aytgan edim, mayliga, sen boraver, biroq bor pulim ming dollaru besh yuz markadan oshmaydi, mana shuni ichida bozorlashasan” - deb tayinladi.
 Kechqurun Ilyos-tog’a bilan boyagi tarbiyanavis yozuvchinikiga bordik. “Bularni bir boplaylik”, - deb qoldi eshiklariga zang ura turib Ilyos-tog’a. Hayron bo’lsam-da sir boy bermadim. Kirdik, yahudiylarimiz ham biz qator bo’lib ketmaganmi, choyga o’tirdik, somsa yedik, osh damlanyapti, - deb qoldi rafiqasi, yo’q, oshni uyda damlatib qo’yganmiz - deb javob berdi Ilyos-tog’a, yaxshisi ishga o’taylik. Uch erkak bo’lib qo’shni ovloq xonaga o’tdik. “Uy yoqdimi”, - deb so’roqqa tutdi meni Ilyos-tog’a. Bilmadim, yosh avlodni nimalarga tarbiyalardi bu yozuvchi-yu, uy tutishga tarbiyalasa - bolalarimiz - Xudo haqqi - yomon bo’lmas edi. Bu shinam uyni aytmaysizmi, bu tax-tax kitoblarni, bu tozalikni-yu botartiblikni. “¨qdi”, - dedim chin ko’nglimdan men. Qani bu pul o’zimniki bo’lsa-yu, uyni o’zimga olsam - anavi yerga bitta xontaxta qo’yib olib ana ro’monlarni g’isht qilib quyib tashlardim, ana qissalarni guvala-guvala! “Demak, endi pulini gaplashaylik. Mana Yasha, - u o’zbaki davom eta turib, ahloqchorlarga ishora qildi, ­ bizdan ikki ming do’llar so’rayapti. Men buni o’n olti yuzga tushiray, qolganini bo’lib olamiz”, - dedi-da, ko’z qisib qo’ydi tog’a. “Aytibmidim sizga-yo’qmi, qo’limizdagi pul ming do’llaru besh yuz morka, shunga hayronman”, - desam, Ilyos-tog’a: “Unda biz hisob-kitobni so’m hisobida qilaylik”, - dedi-da, o’z qondoshiga yuzlandi. “Yasha, yo Pasha - dedi u. Mi tebe eti denga dadim pol-dollir, pol-ruble. Devitsot dollir, sto dvasit tisûch rubli”. Shu deng men hisobga sal no’noqroqman, hech hisoblay olmayman-da - do’stim yutyaptimi-yutqizyaptimi. Shu deyman, ming do’llarni do’llar hisobida berib, qolganini so’mga o’tqizmasdanoq, morka bilan berib qo’ya qolsak bo’lmaydimi? Ilyos-tog’a esa yuzini ovrupolik qavmdoshidan o’girib olib menga ko’zini qisgani-qisgan: “Siz ho’b deyavering, u yog’i yaxshi bo’ladi. Yo’masa bunday qilamiz, sakkiz yuzni do’llar, ikki yuzni morka, so’m hisobini esa har bir do’llarga - 38, yo’q 42 so’mdan, morkaga esa 56, yo’q 60tadan qilamiz!” Kallalarim gangib ketdi! Nima bo’lyapti o’zi bu yerda, koshki aqlim yetsa! Gardkam - devoray deymanu, pul birovniki-da. Qisqasi, Ilyos-tog’a bir meni emas, o’z qavmdoshlarini ham gangitib yubordi chamasi, qo’shni xonaga chiqib ketgan odobnavis bu xonaga boshqa kirgani yo’q, o’rniga kirib kelgan ayol esa ho’ng-ho’ng yig’laydi...
 Biz ham ahli qalamdan emasmizmi - ko’nglimiz bo’shroq yerda joylashgan, haligi ko’z yoshlarga chiday olmadim. “Keling, - dedim, pul egasi o’zi savdo qilsin, meni yana bir balo urib orada ikki o’tga tutilmay!” ­ “Bozorni buzdingiz-da, bozor xo’b kelayotgan edi-da”, - deb yurardi so’ngra har ko’rganda meni Ilyos-tog’a.

 Ha, gapim biroz cho’zilib qoldi. Ilyos-tog’adan Amerikada ham qoyil qoldim degan edim. Nimaga deysizmi? O’g’liga yozgan xatida: “Pesarim, mana shu xat yetkazgan yigitga o’zingdek bino qo’y”, ­ deb yozgan chamasi, o’g’li xatni oldimdayoq o’qiy solib: “Qane, mehmon, yuring qaerga sizni oborayluk”, - dan boshladi. “Bugun shart emas, boshqa bir kuni bo’lar”, - degan takalluflarimga qaramay, “Bilosizmi, bugun man bir mahramim ila uchroshodurman, ana u yerga sizni ham olib boray”, - deb turib oldi. Ol-a, yana boyagi abakanlik Natashaxonimlar boshlanyapti-yu - deb o’ylaganimdan sal keyinroq o’zim ham pushmon bo’ldim. ×unki bilasizmi kim bilan uchrashtirdi meni Ilyos-tog’aning mard o’g’li? Fidel Kastroni eshitgansiz-a? Ha, so’nmas, bukilmas inqilobchi Fidelning o’zi-da! Ana shuning tug’ishgan singlisi bilan. E qoyil qoldim-e bu juhud xalqiga. Yana, deng, boyagi Fidelning singlisi o’zbekchaga yo’qligidan foydalanib, nima deydi deng? “Biz yahudiylarga qonun qattiqdir. Xotun hayzdan makruh bo’lganidan so’ng o’n besh kun unga yaqinlashish yo’q. Shunga kofirlaringizga biz muhtoj!” - deydi-yu ko’zini qisib qo’yib kuladi bu zap otaning zap o’g’li! Boqqan narsalarini aytmaysizmi, boyagi ovrupalik Yashkaga o’xshab ipiriski ovqatlar emas - o’zimizning juhud-da, ta’bimizdan yuqqan - olov qo’yilgan bananu ananaslar, qovurilgan - tandirsifat o’rdaklar,  bir so’z - nozu-ne’mat!

* *

*

Sin faRRoshlik qilib takya hayotini kuzatib yuRgan damlaRning biRida uni PiR huzuRiga ıltib boRishdi. PiR takyaning maRkazidagi hujRalaRning biRida yashaR ıdi. Rost, bu hujRaning olti devoRi mustahkamRoq yasalgan va ichkaRidagi xilvat muhtasham ıdi. Ozoda Sin boRib o’n ikki halifami, soqchimi, xizmatkoR oRasidan sizib PiRning ıtagidan tutdi. PiR uning boshiga o’z yuzini qo’yib o’zi tomon toRtdi­da, biR qo’lini Sin qo’laRiga uzatdi. Ayni payt PiR yuzini undan o’giRmay haR a’zosini yalab­tozalagan boyagi o’n ikkiga ishoRat qildiyu, ulaR mustahkam doiRa quRib, boshqalaRni PiRlaRidan xoli qilib tuRishdi. PiRdan ufuRgan taRovat Sin yuRagini ıRitib yuboRdi, undagi ona qizg’onchi va PiRga nisbatan beixtiyoR tuyilib yuRgan kin qon ko’pigidek yuzaga qalqdi, bu mitti yuRakda ulkan tavba tuyg’usi uyg’onib, Sin lo’qqillagan ko’zlaRini ko’taRolmay qoldi. Allaqanday sadoqat ahdi uning bo’g’zini talhu lazzat ila to’ldiRdi.
PiR bulaRning baRini ilg’aRdi. Unig pahmoq soqoli ostidan yetgan talqin qabul qilingan ahd haqidayu, takyaga vafo to’g’Risida, solik yo’lida pokiza manzillaRu solih amallaR xususida, abadiy biRodaRligu yolg’iz dilisafolik boRasida ıdi.
PiR ikki mo’yi ostidan o’z duosini shiviRlaR, Sin ısa bu duoning muattaR isida yuRagidagi baRcha gunohlaRidan voqif bo’lib, PiRdan taRalgan iliq oqimga g’aRq bo’ldi. BiR damga yuzma­yuz qolgan bulaRning ikkisi qo’llaRini ko’kslaRiga qo’yishdi, nigohlaRini islaRiga buRishdi, PiR zikR ıtgan xayol uch boR Sin xayolida kechdi, va nihoyat PiR ikki qo’lini ko’taRganicha o’z duosiga yakun yasadi­da, Sinning yuzini tutib og’zini og’ziga yaqinlashtiRdi. Shunda obi hayotdek shohona lazzat Sin tilini kuydiRdi va boshdan oyoq uzalib ­ yuRagiga tugun bo’lib tushgan abadiy ipdek bu Robita uni PiRga bog’ladi­qo’ydi. Sin hayajonda PiRning bugRi tizzalaRiga ıngashdi, ulaRni quchdi, o’pdi. “Men yuRak ishqida tuygan hislaRni sen aql ko’zi bilan kuRib tuRibsan. Aqlingda ne ıRsa ­ u mening yuRagimda”, ­ degandek bo’ldi PiR pinhonan va so’ng Sin qulog’iga o’z ijozatini aytdi. Sin odob yuzasidan chekinganicha, boyagi o’n ikki halifa davRasidanu muhtasham hujRadan tisaRilib chiqdi… İndi u solik yo’lida ıdi…

O’z mulkin adlu dod ila tuzg’on XoRazmshoh Ali ibi Ma’mun ıliga masof zulmu sitamin Ravo ko’Rmayin zakiy vaziRining so’zig’a qanoat qildi. İRtasi kuni Xo’ja Xusayn ibni Ali ibni Mikoilni istiqbol aylashidin avval fozilu donishlaRni buyuRub, Abu Sahl Masihiy va Abu AlilaR tole’ini o’z ilklaRig’a topshuRub, alaRg’a yo’l tadoRigini faRmon ıtdi. Ammo Xo’ja Xusayng’a aytildikim: “Bu ikki alim Balx yo’lig’a chiqibtuRlaR, qolg’onlaR ham tez kunda ketin yiboRilg’ay”.
DaRhaqiqat, ba’d az to’Rt donishmand Balx qasRig’a yetibtuRkim, sultonis­salotin Yaminud­Davla alaRdin Abu Alig’a Ra’u­mayli boRmish va ani oRada topmag’och Abu NasR ARRaqqa aning tasviRini chizish faRmoyishini beRibtuR. Rasm chizilg’och andin qiRq nusxa chekilibtuR va to’Rt jonibg’a buyRug’i buzRukvoR ila yiboRilibtuRkim: kim andin xabaR topsa yo mukofoti bobaRakot, yo o’limi benajot qozong’ay…

…Bu dunyoda kimki nimaRsani o’RganaR ıkan, ichiga tugmasdan boshqalaRga yetkazgisi keladi. ARilaRda ham shunday. Poshshaning muattaR to’tiyosidan totgan haR biR koRgaR aRi o’z bo’g’zida biR bez hosil qiladiki, bu bezda tugulgan moddai puRlazzatni ­ ınaga mehRini chaqaloqqa oqizgandek ­ boshi yo’q, neshi yo’q, faqat og’izu tanadan iboRat polapon aRichalaRga oqizishga kiRishadi. Sin ham o’z oilasiga shu qadaR mehR tuydiki, kuniga minglab chaqaloq atRofida giRdi aRi bo’lib, ulaRni boqdi, beladi, aRtdi, aRdoqladi.
Buni boshqacha yo’lda tushuntiRsa ham bo’ladi albatta. AtRofingizni saRanjomlang­chi, yoRishgan yuRagingiz nimalaRni tusaR ıkan. MehR pokizalikdan kelib chiqmaydimi. Musaffo osmondagi bequsuR quyoshni ısga olish kifoya. Lekin mayli, bez bo’lsa bez­da!
RisolalaRda aytilishicha aRining jig’ildonida yana biR bez yetishadiki, bu bez faqatgina shohona shinni ishlab chiqaRadi. Bu ozuqa ısa favqulodda holatlaRda ­ yangi Poshsha ko’taRilganidagina keRak bo’ladi. Sinning bu beziga ham odam isi qoRishmaganmi ­ ınagalik vazifasidan toliqib kechalaRi o’z hujRasida qo’l­oyog’ini sezmasdan atigi biR daqiqaga dong qotib qolgan chog’laRi ana shu bez og’Rig’idanmi tushlaRiga allaqanday moviy ko’z chaqaloq qizlaR kiRib chiqaR ­ ota o’z qizini biR yil ko’Rmaganidan qizaloq ham yotsiRab, uzatilgan qo’lga boRmaganidek, lekin axiR ota­bola RishtalaRi chaqaloq ko’nglini yumshatib ­ aRaz aRalash lablaRini cho’chchaytiRganicha, qizaloq qo’lga kelgandegu, bu yumshoq, yengil, mayin jismchani ko’taRib ko’ksingga quchsanggu, qanot yozib uchgudek bo’lsang…
Ammo boyagi RisolalaRda aytilishcha koRgaR aRilaR bola ko’Rmaydi. Shundanmi ulaRning mehRi bu qadaR bokiRa…

 SHayh “Ma’ad” kitobining so’ngida yozibtuR: “Qulog’img’a latifa yetibtuR: SomoniylaR saRoyinda podshoh bila biR tabib xonai andaRunda suhbatnishin ıRkonlaR. Ul fuRsatkim podshoh kanizaklaRig’a taom buyuRdi, alaRdin biRi taboqni boshig’a qo’yub huzuRi xilvathaRamda paydo bo’ldi­da taboqni boshidin olg’ach ani yeRga qo’ymak uchun ıngoshti. Voyki, ıgildi ammo qaddini tik Rostlashqa holu­qudRati o’lmadi.
“TuRg’uz ani!” ­ debtuR o’shal dam tabibqa podshoh. Tabib xotiRidin andesha kechibtuRkim: doRu­daRmon yo’qlug’inda bul botni ne bila ıRitg’ay bo’lg’ay. Qon haRoRati bila o’lmasa andin o’zgasi o’lmag’ay.
Ul fuRsat tabib debtuRkim: “¨yliqini yechsun va sochini to’zsun!”, ­ koshki shaRmandayu Rasvoliqdin qon bila yuguRub haRoRat beRsa bo’lg’ay… QilibtuRlaR, naf’ topmabtuR.
“Lozimini yechsun va andomini ochsun!” ­ faRmoyish ıtibtuR tabib. Bu so’zlaRni ıshitqoch kanizakning qoni ayoqlaRig’a uRibtuR va andin bodi taRqabtuR va zaifai nokomil o’z kuchi biRla xonai andaRundan qochib chiqibtuR…”

Ana ındi nesi bezu­bod, nesi Ruhi jonzot? İnagalik damlaRida nelaRni ko’Rmadi Sin. ×aqaloqlaRni ulg’aytiRdi, domod aRilaR xizmatida bo’ldi, HazRati PiRni uRintiRmaslik va chalg’itmaslik  maylida yana besh­olti xizmatkoR bilan biRgalikda biR kiRiga, biR ovqatiga boqib tuRdi.
DomodlaR qiziq bo’laR ıkan. İshonlaR siRasidan. BiRon ishga qo’l uRishmaydi, ishlaganlaRga yuqoRidan ­ cho’Riyu qaRolga boqqandek ­ boqishadi. Bo’yi­basti, vajohatini ko’Rgan chog’ingoq o’zing ham “Labbayka!” deya, peshlaRida kamaRbast bukilging keladi. Istashsa ­ oldi­beRiga qaRamay davRada og’zini to’ldiRib gapiRishadi, istashsa og’ziga talqon tuygandek lom­mim demay atRoflaRiga viqoR to’kkanicha yolg’iz o’tiRishaveRadi. BulaRga na ibodat, na maRosim, na odat yuqadi. O’ziga xon, o’ziga bek.
Kun isisa, muRid ovlash baxonasida ko’klamlab keladigan shayhlaRdek dalalaRga uchib ketishadi, lekin keyinchalik o’z davRalaRida bulaRdan shopmo’ylov biRi og’zidan gullab qoladi: “Vey, men bosmag’an biRonta poshsham qolmadi­ta! BaRini qizlig’ini o’zim oldim! AnavilaRing qilichu­nashtaR ko’taRganiga o’laymi, soxta vajohatni qaRang’! Bizdi asbob bashqa! Sanchilg’ondayam ich­ichig’a kiRitvoRamiz­ta!” DomodlaRning baRi g’uv­g’uv kulib­kulib to’kilishadi.
Xizmatdagi Sin beixtiyoR ıshitganidan xijolat toRtadi, biRdaniga o’zining Poshsha­onasi ısiga tushib ketadi. BiRoq yana o’zini u­bu yumushlaRga chalg’itib, biR supuRgiyu xokandoz, biR teshayu taRasha, biR supRayu o’qloq ko’taRgan oyimchadek, bu nomahRam so’zlaRni o’z xotiRidan ko’taRishga tiRishadi. Ish ko’p, umR oz…

Zabnikida o’ltiraverib zerikdim, dedim. O’zimizning yurtdoshlarni qidira boshladim, dedim. Avvaliga Zabning o’zidan oldim bir adresni. Manxetenning markaziy ko’chalarining birida bir o’zbek do’konchi bor ekan. Noorata Ladies Fashion degan, ya’ni Nurotaning ayollar mo’dasi. Ana shu Nurota tog’larini eslatuvchi mo’da do’koniga bordim avvaliga. Bu Ubaydullo Nurota degan okamiz biz kabi mehmonlarga ancha o’rganib qolgan chamasi, bir piyola choy, jichcha pitstsa va shu kabi navbatchi narsalarni telefon orqali buyurdilar-da, ko’pam ishlaridan uzilmasdan, yarim og’iz-yarim quloq surishtira - unday desam, surishtira ham emas, nomiga qiziqa boshladilar. Biz o’zbeklarni bilasiz-ku - biz esa rosa do’st bo’lib ko’rinishga tirishamiz, kerak bo’lsa - insonning bo’sh yelkasiga xoda tashlab - bir chekasidan yelka berishga urinamiz. Ana endi urinib yotibman - og’irini yengil qilishmaklikka - Ubaydulla Nurota Fashion esa ishidan qolayotganiga achinadi xolos shekilli: “Ha, balki, ehtimol”, - deb qo’yadi.
 Bu kapitalist amerikaliklar rosa soliq solib shilishsa kerak sizni? - deb ko’ngul so’ragandek bo’laman. Holbuki, bu savdogarning o’zi shu kapitalizm ketidan kun ko’rib yuribdi. “Ha”, - deb qo’yadi vatandoshlik hurmati yuzasidan bandigar odam. O’tirib-o’tirib - ichgan choyimni oqlagan bo’laman: “SHu hozirgi kunda Toshkentda u-bu do’kon ochsangiz bormi, rosa olishadi-da!” ­ “Balki”, - deb qo’yadi, ortiqcha chalg’ishga berilmay bu ayol mo’dasining sultoni. “Mayli, turay bo’lmasa, ishlarim ham ancha ko’p edi, Kolumbiya universitetida o’qiydigan lektsiyamga tayorlanishim kerak, - deyman o’zimga narx oshirib men”. - “Yaxshi”, - deb qo’yadi bu Kolumbiya universitetining tirik tillar tashuvchisi Professor Do’ktir Nurota. So’ngida buning ham o’zbekchiligi yengadiyu: “Mayli, kelib turing”, - deya qo’l siltaydi u.

 Yana allaqaysi juhud bilan uchrashganimdan keyin uning do’koniga qaytaman. Sanangki, butun N’yu-York faqat juhudlaru - mana shu o’zbek Nurotadan tashkil topgan! - Yo’q, yana bir juhud yuzli bir o’zbek chiqib qolsa bo’ladimi! O’zlari, ma’lum bo’lishicha, kattaqo’rg’onlik, ismlari SHarof Alibek, paltolariga burkanib mana shu Nurota Fashionning do’konxonasida o’tiribdilar. Menga o’xshab yelka qo’yish yo’q - o’zlarining o’ylariga o’zi cho’mib. Ana do’kon sohibini o’z ishlarida mustaqim qilib tinch qo’ydik-da, ikkimiz bekorchi emasmi, gapga kirishib ketdik. Nurota kabilar bu yerdami, Afg’anistonda, sal baxtlirog’i Turkiyada tug’ilishgan nasldan, O’zbekiston ularga yot bir rivoyat bo’lib qolgan, SHarof-aka esa 41 yil Toshkentdan urushga chaqirilgan bo’lib chiqdi, O’zbekiston to’g’risida men bilmagan narsalarni bilar ekanki, uning aytgani menga qiziq, mening so’ylaganim unga maroqli - u ham men bilgan narsalardan avvalroq tark etgan-da ikkimizning ona yurtimizni.
 Ana suhbatimiz qizib ketdi. Ular menga 40 yili Taxtapuldagi choyxonada Mulla To’ychi Hofizdan eshitgan ashullalarini ro’lga kirib aytadilar, men esa Nasiba Abdullaevayu, Munojot Yo’lchievalarning xonishlaridan olaman. Suxbatimiz bu ichi tor xonaga sig’madi chamasi: “Qani, turing, olib ketay sizni”, - deb qoldi SHarof-bek aka. “Ketdik”, - dedim men ham. Juhudlarga bevafolik qilsak qilibmiz-da, o’zimizning o’zbeklar bilan-ku axir! “Muyulishga aravamni qo’yganman”, - deydi SHarofbek-aka, nazdimda chindan ham N’yu-Yorkning Lensington Avenyusiga qo’qon aravalarini qo’yganlarda, bir zumga bir piyola choy ichib chiqay, - deb boyagi do’konga kirganlar. Qayog’da! - Aravalari ham naqd Fordlarning Fordi ekan. “Umrimda arava sotish bilan ham ovora bo’lib ko’rdim”, - deb yozadi sarosimamni bu ko’kkuz yurtdoshim.
 “E-e, bu nimasi ekan?” - qarasalar bu yerda arava qo’yish mumkin emas ekan, nazoratchilar jarima solib ketishibdi. “Hozir hal etamiz”, - deydilar-da bu juhudqiyofa o’zbek, ko’zini qisib qo’yib, jarima qog’oziga bir nazar tashlaydiyu: “Yo’l-yo’lakay ekan”, - deb aravalarining jilovini tortadilar.
 Ana ketdik. Qaerga, xudo biladi. Avvaliga jarima masalasini hal etgani ekan. “Mahkamachi juhud ekan, - deb chiqdi biroz xayallaganidan so’ng SHarofbek-akamiz. “SHolom-aleyxum, - deb kirib bordim”. ­ “E, domla, bu tildan ham benasib bo’lmagan ekansiz-da...” Domla kulib qo’yadi-da, - “Biz bilmagan tilning o’zi yo’q”, - deydi.
 Bir kun bu kishi bilan yuramiz, chindan ham bu inson bilmagan tili yo’q ekan. “Temir Yo’l” romanimdagi Mulla-O’lmas-ko’kko’zning o’zginasi-ya! Hali karam olmoqchi bo’lgan karislarimiz bilan: “Ya, onara”, - dan olib ketadi, guruch olmoqchi xitoylarimga esa: “Ting’-ping’”, - deydi, forslar-ku - o’zimizning odam, ular bilan baytlar o’qishib ketadi, uyimga telefon qilishim kerak edi, - desamoq, ko’chadagi avtomatdan allaqaysi raqamlarni terib allaqaysi gvianalik ayollar bilan chaq-chaqlashadi-da, boyagilar qonunu-tartiblarni bir chekaga surib qo’yib xotinimni ulab berishadi. Qoyil-e, o’zbagim-a!

 O’sha sovuq dekabr kunlarini eslayman. Xayolimda bu kabi kunlarga chulg’angan bu kishining butun hayoti. Uyi bor, xotini bilan ketib qolgan ikkita yosh - o’n olti, o’n uch yosh qizi bor, tagida moshinasi, sakson tomon qadam qo’ygan bo’lsa-da - allaqanday polyakmi, chexmi qizo’rtog’i bor, lekin baribir yuragi nazarimda shu dekabr kunlari kabi huvvillagan. Boshini ming baloga suqib boqadi, kechalari meni yetaklab qandaydir kafelarga borib billiard o’ynaydimi, yo qizlarini xotinining oldidan chaqirib olib - men bahona - po’kak qulupnoylarni qaymoqqa solib boqadimi, bu yerdagi o’zbeklar g’iybatini qiladimi - bari - bari bir - yurak boshqa joyda qolib ketgan. O’rnida esa - mana o’zim ham Amerikadek bo’lsa-da musofirlikda sezib yuribman - bir bo’shliq.
 Kechasi yotar ekanmiz, o’zlaricha amirkonlik qilib qo’yadilar-da meni dushga yuborib qo’limga poyjoma tutqizadi: bu yerda albatta mehmonlarga pijama beriladi, - deb qo’yadi. YUvinib chiqib yotmoqchi bo’lganimda esa bir xo’rsinib qo’yadilar-da: “SHu menga kattaqo’rg’onlikmi, vatandosh bo’lsa bo’ldi, bir qiz olib bermaysizmi”, - deydi. Bunda esa na bir tutam xirsu, na bir asar hayvonliq bor. Turgan-bitgani - vatan qumsovi...
 Ertaklarini aytmaysizmi. “SHu, deng, okiyanga chiqdim, Bahri Muhit deyiladi, shu ketyappiz, kit degan baliq bo’lar ekan, mamunnoq-mamunnoq qilib suv otarkan. Pantan deyiladi. Ana o’shanaqalarni ko’rdik. Apstraliya degan yerga borgan edik u yerda pakana odamlar bo’lar ekan, shu deng, yerdan to’rt qarich - xarom tukimga arang yetar ekan. Bularni bushmen derkan. Anovini qarang-a - qudratingdan!... Hajga o’n besh marta borganman. Bir sapar borsam - tog’da, Aropat tog’ida oldimdan ilon chiqib kelsa bo’ladimi. Ko’bra derkanlar uni. Baqrayib qarab turibdi. Nauzubillahi minash shaytanu rajiym - degan edimoq, piltillab qochib qoldi boyagi joyda...”

 Mana shu odam meni Turkiston kunidan oldin BMTning ro’pparasiga namoyishga olib chiqadigan bo’ldi. Bu namoyish to’g’risida boshqa bir joyda aytib berarmanu, namoyish ketida tanishib olgan insonlarimni so’zlab beray.
 Amerikadagi turkistonliklar bir uyushma tuzishgan bo’lib, uyushmaga boshliq Ne’matilla Begich degan bir oliyjanob zot ekan. Ilgarilari uchuvchi bo’lgan bu odam - yo xato qilyapmanmi - tayyoragohda ishlaganmikinlar? - xullasi - osmonga aloqasi bor bir odam o’sha kunning o’zidayoq, qani endi bizga mehmon bo’lasiz, - deya o’zlarinikiga - Long-Aylend yarim oroliga olib ketdilar. O’zbeklarning bir qanchasi o’sha yerda turishar ekanlar, jumladan o’sha kechaning o’zidayoq Ne’matilla-akanikiga keliboq SHermuhammad-Normuhammad qo’rboshilar o’g’illari bo’lmish Anvarbek, Davronbek akalarnikida uyushtirilgan ziyofatga ko’cha qoldik. Ana ziyofatmisan-ziyofat bo’lib turgan chog’i telefon jiring’-jiring’ qilib qolib, telefonga kelib-kelib meni chaqirishsa bo’ladimi. “Kim ekan?” - deb so’rasam - “Singlingiz”, - deyishadi. O’ldim, Toshkentda bir narsa bo’lib qolibdimi, - deb, jonim halak, go’shakni olsam, notanish bir ovoz: “Oltoer-aka sizmisiz?” - deydi. - “Ha, menman”.- “Men amakingizning qizi, singlingiz Mukarram bo’laman”. - “E-e, sizmisiz? Men sizlarni rosa qidirgan edim”. - “Siz bizni qidirgan bo’lsangiz u yerlarda nima qilib yuribsiz, hozirning o’zidayoq taksi oling-da, bu yerga keling!” - deydi boyagi qiz. - “Qanaqa bo’larkin?” - deb yuz xotir qilgandek bo’laman men. - “Siz kimning akasisiz? Menimi yo ularning?” - “Sizning akangizman”. - “Unday bo’lsa men o’zim taksi yuboraman-da, taksi sizni olib keladi”.
 Rostini aytsam, biroz shoshib qoldim. Albatta, otamning xolavachchasi bo’lmish uzoq amakimning bu yerda yashashini bilar edim. Aytganimdek, biroz qidirib ham boqdim. Lekin yangi dunyodagi insonlarni o’zingiz bilasiz-ku - yana bitta och qardosh non qidirib kelibdi degan qabilda kutib olishlari hech gap emas, shu andishada qidirishlarimni ham ortiqcha chuqurlashtirmagan edim. Lekin uzoq bo’lsa-da qondosh singlimning bu so’zlaridan keyin shu qadar uyaldimki o’zimdan, o’z istiholalarimdan, yer yorilmadiyu - cho’kmadim!
 Bechora Anvarbek-aka zo’rg’a tinchlantirdi singlimni. “Qizim, kech bo’lib qoldi, ertaga eng birinchi avtobusga o’zim solib yuboraman, saharda sizlarnikiga yetib boradi. Otang tinchlarmi? E, Turkiyadalarmi. Bilmay qolibmizu”.

 SHunday qilib, o’sha kechasi Anvarbek-akalarnikidagi ziyofatda qoldim. Turklashgan ayollar o’zlaricha qiy-chuv qilib o’tirishar, erkaklar boshqa bir burchakda siyosatdan olishishar edik. “Birligu” “Erk”larning g’iybatini qildik, kimdir Mirsaidov kelganida Maqsudiyga unashib ketdi, - dedi, kimdir Salimu G’ofurlardan gap yuritdi, yana kimdir Dadaxondan eshitaylik, - deb, musiqa qo’yib yubordi. Bir nav’ tansa - albatta buni raqs deb bo’lmasa kerak, tansa boshlanib ketdi. Xullasi, dunyoning qay burchagida bo’lmasin - mastona bir ziyofat-da!
 O’sha kecha Ne’matilla-akalarnikida qoidaviy poyjomalaru vanna sochiqlar qo’limga tutkazilgan holda vanna olib yotib qoldim. Ertasiga sahar bergan va’dalariga vafo qilib Anvarbek-aka ham kirib keldilar, ko’chaga olib chiqib yakshanba kunining eng birinchi avtobusiga o’tkazib qo’ydilar. Soat o’n ikki deganlarida yetib bordim boyagi Bruklin degan joyga. Metrodan chiqib borib - qo’limda uchta gul, to’rt atrof-jonibga alanglay boshlasam, qo’ltig’ida g’ijjak g’ilofini ushlagan muloyimgina bir qiz yonimga kelib: “Vû chto iùete?” - deb qolsa bo’ladimi! ¨ mening Sovetligimning asorati, yo uning Sovetligining mehribonligi tutib ketdimi - xullasi, gaplashib ketdik. Singlimning uyini topib berdi. Ana kirib bordik qarindosh-urug’nikiga. Sezgan bo’lsangiz kerak - nuqul o’zbekchiligim tutib qoladi - mehmonga borganda yo sovg’amning yo’qligidan, yo uning nomunosibligidan hamisha xijolat tortaman. Bu safar ham shu navi bo’ldi. Dunyoning boshqa bir chekasidan umr bo’yi ko’rmagan amakisining uyiga o’zbek degani uchta gul bilan kirib keladimi hech zamonda?! Oxir zamon, burodarlar, oxir zamon!

 Yo’q, vaq-vaqlashishdan ortiq qiladigan ish ham yo’q ekan, bu yerga kallai sahardan shoshiladigan - kuni bo’yi qarindosh-urug’ vaq-vaqlashib o’tirdik. Kechqurun esa o’sha kuni Turkiston madaniy markazida Turkiston kuniga bag’ishlangan an’anaviy kecha bor edi, o’shanga otlandik. Singilcham taksi buyurib sim qoqqan edi, telefonda ham rus o’lmas zabonini eshitib qoldim. Go’shakni o’zim oldim. Qarasam - bari o’zimizning odessaliklar. Mayda millat. Biri keladigan bo’ldi. Keldi. Biz ham chiqib bordik. Bunisi hech qanaqa odessalik emas - Toshkentimizning ×ilonzoridan Andrey degan bir yigit chiqib qoldi. Katta millat bo’lib mayda millatga uylagan ekan, mana bu bois - Amerikada umr-guzaronlik qilib yuribdi. Ishlari besh. Xotin turli-anvoi nafaqa olar, u esa ikki kunda bir mashina haydab qo’yar, qolgan vaqt - ayshu-ishrat - yasha Amerika! - emish.
 Gap bilan bo’lib, tushayotganda singlim fotoapparatini moshinada unutib qoldiribdi. Buni biz temir harbiy omborlarga o’xshash Turkiston madaniy markazida bilib qoldik. Endi deng yig’laydi singlim: “Buni babam olvermishdi!” - deya, biram­biram yig’laydi-ey! Markaz raxbarlarining telefonlaridan mehmonligimizdan foydalanib boyagi Yashayu Yashamagurlarga sim qoqdik. Lisoni balog’ati rusiyda alarg’a Andreyi nomukammalni ta’qib etib, soniyai avvalda bu yerga firistod etishni buyurdik. Keldi boyagi bechora Andrey. Ko’tarib keldi apparatimizni. Olibam kemasinchi - ×ilonzor-pilonzorini chiqarvoramiz! Biladi-te, okasi!
 Endi kechaning o’zini ta’riflasam. ×ilonzor dedim. Mana kecha ham - ×ilonzordan chiqmagandeksiz-da! - Bir toshkentona ziyofat. Avvaliga o’rtaga ocharchilar tushib olishgan: Kamolxo’ja Toshkandiy deganlarmi, yana allakimlar, mikrofonni tavoze’ bilan: endi esa davraga hurmatli onaxonimiz O’g’iloy Dadaboy qizini taklif etsak - qabilida bir-biriga uzatishlar, tinimsiz so’z, oraliqda esa boyagi temir omborning butun kengligiga to’rtta-to’rtta kishi uchun qo’yilgan stollar atrofida ovqat chaynash. Qiy-chuv, hamma o’zini o’zi maqtagan, men falon qildim, men fiston qildim, men o’tgan yili ona yurtimizga, vatanga borgan chog’im SHeralining kassetasini olib keldim, mana ko’paytirib ham oldim, qiziqqanlar bo’lsa - 7 do’llardan to’lab olaversin! Boshqasi esa atlas olib kelibdimi-ey, qizlaringizni ona yurt, vatan kiyimlariga kiyitmoqchi bo’lsangiz - marhamat qilavering - bir yirtimi 60 do’llardan...
 Singlimning ko’ngli biroz tinchib - unga ham biroz avlodimizdagi jindan va yo aniqrog’i teskarilikdan yuqib qolgan ekan chamasi - o’zbeklarimizdan ensasi qotib o’tirdi. “Bularingizning bari savdogar - onasini ham, otasini ham sotishga tayyor”, - deydi. “Yilda bir martta shu yerda ko’raman, shu bilan sumalak yegandek - bir yilga bularingizga to’yaman”, - deydi qizi tushmagur. 

 Begona bo’lish qiyinligi… Odatdan o’rgangan xatti­harakatning puchligi: bilganlaring birovning esiga ­ g’ildirak o’qqa tushmaganidek ­ tushmasa, yana yakkalanasan. Ishchilarning jamiyatida bir burchak yurt egalariga rasm­rusum uchun topshirilgandek ­ istashsa sportzalga aylantirishadi, istashsa ­ muzeydan chiqib dam olmoqchi bo’lsang ­ nafasingni rostlab oladigan yeringga. Sportzallar barcha yerda bir, ishchilar klublari ham. O’tirishga kursi emas, oshiq­moshiqlarga ilingan osma taxtachalar oshiq­moshiqdan unut bilmas g’ichirlash sug’urib ­ uch tarafi to’silgan bir murabba’ ichiga kirib borar ekansan ­ juda bo’lmasa shu yerda tin olarman, bu beorom besaranjomlikda ­ kiyimlar bo’g’cha­bo’g’cha taxlanib o’z egalari badanlarini kutayotgan bu bo’zrang, kulrang, berang g’ira­shiralikda bir zumga yo’qolarman degan umid endi yuragingni avaylay boshlaganida ­ bu mahalliy malay ayollarining namozlari uchun ajratilgan yerligini tuyasan. Ayollar orasiga tushib qolish qo’rqinchidan ham buning o’ng’aysizligi ­ axir o’zing ham musulmonsan­ku, axir sen ham o’zingni mazlum sharq bandasi deb bilasan­ku…
Nojo’ya u yerdan orqaga tisarilasan, boshpanoh bir ustun ketiga o’zingni joylaysan, endi zimdan ­ o’zdan oldin yurgan odatga ishonmasdan ­ atrofni o’rganasan. Ana, sen tisarilgan tomon ­ erkaklarning bo’limi ekan, biroq bu ham yupanch bermaydi ­ erkaklar allaqachon davra qurib bo’lishgan. Malay takyasi bir aylana ustida nim yotib­nim o’tirib, har zarbga bir so’z aytib ­ umummusulmon arabchami, yo yana yotlashtiruvchi o’z tillaridami ­ bir engashadi, bir chappak chalishadi, bir kaftini peshonasiga tekkizib boqadi. Qolganlari tanishu­notanish. Doxilu­yot. Tegirmon toshidek bu aylana boyagi sportzalning bir burchagida ­ boshqa burchakdagi qarovsiz, sag’ir televizorning zo’r berib qizdirayotgan yangiliklariga qaramasdan ­ tobora tezroq aylanadi. Bularning jo’ru hamsoz harakatlari qisqarib zudlashadi. So’zlari ­ xuddi separatordan otilayotgan so’nggi tomchilardek yakkalanadi­dukkalanadi. Ular zikrda samo’ga yetishyapti ­ chekadan aylanaga bosh trenermi, rohiblarning kattasimi kirib keladi­da, o’lik holatda chalqanchasiga yotgan bularning yuzlariga suv purkagandek ­ kuf­sufning bir turini sochadi…
Bularga qo’shilganingni­da, qayta ketishingni va yo bu ishchilar klubidagi burchakni kesib o’tib, chiqib ketishingni bilmaysan kishi…

* *

*

Qissamni mana shu yerga yetkazib, yozib o’tirgan bir paytim, qo’limga o’sha kunlarning yon daftarchasi tushib qolsa bo’ladimi! Bir tomondan - yozganimni yozib bo’ldim, endi bularni o’chirishga hech maylim yo’q, ikkinchi tarafdan o’sha paytning o’zginasida yozilgan qaydlar - issiqqina. Shunda men bir qarorga keldim: qani, yon daftarchamdan ko’chirmalarni to’laligicha beraveray-da, ba’zi bir narsalar qaytarilgan bo’lsa - ular mening yuqorida yozganlarim bilan qanchalik farq qiladi, va umuman, farq qiladimi, ya’ni asarimda jichcha bo’lsa-da to’qima bormi-yo’qmi, garchi bor bo’lsa-da - unda xotirotning qoidalariyu yo’llari nechog’lik ekan degan ma’noda ko’chirmalarni qoldiradigan bo’ldim. Ana bo’lmasa!

 Hech bir ihlos yo’qkim hayotni yana bir bor qaytarsam. Shuning uchun bu yog’i adabiyot. Kelishimning tarixi:
Kuni bo’yi davom etgan kun - kundan ham ortib qolgan kun. Shennonning yuniyu, bizning olazarak ko’zlar. Uchoqdagi yahudiy og’aynim: ko’z tabibi ekan, bitgan she’ri - agarda men ko’z tabobati bilan mashg’ul bo’lganimdek N
yu-Faundlend demish, kurraning o’zga, ort tomonidagi kun botish va g’amgin yerlari. Yangi topilgan yerlar... Olloh-olloh, qaysi tushimda bularni ko’rsatishingni tuygan ekanman?..
 Kennedi aeroportiga yetish - boyagi - kundan ortiq kunning qismi - hech bitmas qirg’oq. Mana endi yetdim deganda Muhitga cho’ksakmi...
Axir qo’ndik, axir hech bir kimsa kutib olgani yo’q, axir osmondan yerga tushdim. Shu-shu hisu-ehtiros, hayratu-abror (xa-xa-xa!) yo’qoldi. Tug’ilmasidan avval o’ldi.
Endi qolgani adabiyotdan yana hayotga ko’chdi.
Yahudiylarning xiyla turi. Mana rusi, mana juhudi: Az kujo hastid? Az Buxoroi sharif. Injo hayot nag’zme? Ne, qiyin ast...
Quruvchi. Yana bir qarindoshini kutib olyapti. ×ama shundayki, butun Nyu-York o’zimizning qo’limizda.
Mana, tekinga Bruklinga oborib qo’yadigan yigit topildi, mana liftga kirib ketayotgan yahudiy ko’z tabibining ko’zini shamg’alat qilib, kimdir sumkasini o’g’irladiyu, u ila o’zi ham yo’qoldi va hok.hok. Oramizdan boyagina paydo bo’laboshlagan do’stlik ruhi uchdi (boya men qarz berib turmoqchi bo’lgan edim, endi esa uni kutib olishdi - tarozisi bosdi). Xullas, Zabning Mahtumquli to’rtligi yozilgan ovozi to’rt marta to’rtta satrni qulog’imga tomizdiyu, bu zahar xanda meni yo’lga boshladi.


Avval osmondan yerga tushgan bo’lsam, bundan so’ng yerdan yer tagiga - sabveyga kirdim. Uyiga yetdim. ×amadoningga ehtiyot bo’l, oshna, bu yer Nyu-York! - degan gaplarni eshitib, o’z yurtimdagidek xushyor tortdim. Eshik tagida kutdim, kutdim, kutdim.
Odam har joyda ham odam ekan - Edikga telefon qilgan edim, yetib kelishi bilanoq Zab ham Prinstondan kirib keldi. Odam har joyda ham odam ekan, - deganim: bu yerga kelganlar shariatdan haqiqatga o’tgan hisoblashadimi o’zini, bechoralar amerikaliklardan ham amerikaliroq bo’lib ketishadi, o’xshaydi. Hay! Qulog’ingni berkitsangchi - qara, talaffuzu kiyiming ostidan eshak quloq otquloqning bargidek shapaloqlab turibdi-ya!
Haligi, Ortiq opaning: Ha, Nobil degan narsani ogan boyagi Hojiya-opani pista sotib yurgan navarasimi? - dan bo’lib chiqdi.


Kutilmagan mehmon tatardan badtar, - deb, yo’q, tatardan ham yaxshiroq bo’ldim. Sekin-sekin bitimni o’rniga qo’ydik. Ishlaydigan bo’ldik. Rost-da! Ro’zg’orim bor bo’lsa, bola-chaqam intizor bo’lib turishsa, men bu yerga salaqlagani kelibmanmi?! yer - ikki qadam: u yoqmi, bu yoq - bizda ishga ishtiyoq.
 Xullasi kalom, ertasiga Zab qirqta dollarni qirqib ish hayotini boshladik.


Nurota do’koniga borganimni bilsangiz kerak, mulla Oltoer, sizga aytyapman, quloq soling-da!
Dorulamon!


5 avenyu, markaziy bog’, qaroqchi zangilar, zang bosgan barglar. 

 Bularning hammasi qaytarilmoqda. Xudo, deyman, bu binolar kimniki ekan, bu binolar odamlarniki, bu odamlar kimniki ekan, bu odamlar boshqa odamlarniki. Ular-chi?
Ular... seniki emas-da! Tinch qo’ysang-chi!
Temur bo’lib portlatsang-chi ham bu dunyo o’zgarmaydi. Ko’tingni qisib bir do’konchani egallagan Nurotadak o’tirsang bo’lmaydimi?
Ora-chura Kolumbiyada dars ber, odamlarni keltirgan had’yasi ila o’lcha, adresini yozib qol-da, o’zim juda uzoqda yashayman, - deb qo’y...

Ha, nima, kelganga mashina yo... Shu binoni olib beraymi? ¨ shahar berdim, besh ketdim, - deb, do’konga kirib kelgan SHarif Alibekka yopishaymi?


U ham odam. Nemislarga o’tgan, legionda xizmat qilib, o’zbeklarni qozoqlardan xalos etibdi, yuz ming mamlakatda bo’libdi, ikki yuz ming tilni o’rganibdi. U ham boyagi ko’ztabibidek she’rlar bitarmish. Men uni nashr etayajagim.

 Hah, jahongashta o’zbek! Pol’kalarni pol’shachasiga qoqib yuradigan o’zbek. Hah, tinim va to’xtov bilmagan maqtanchoq o’zbek:
"Aqqa-baqqa qaramang, tarozini pallasiga xushyor bo’ling, ul-bul qo’lingizdan ketmasin! SHaklan - milliy, mazmunan - bir mundarijasiga qarang!"

 So’ngroq... da!

Kim biladi bu gaplarga, a, hamshahar?


Qirqta dollarlik shtrafga qolib ancha hovuri tushdi, achchiq qilib uyiga ham olib ketdi. Boqdi, ichirdi. Men haqimda yozing, - dedi.
Kechirasiz, siz sovet josusi emasmisiz?
Pivoni - pivo desangiz, vinoni - vino... "Oboznachenie" degan so’zlarni bilsangiz.
Nimalarni o’zingiz orqali "oboznachat’" etyapsiz, ey hamshaharim, cho’loq va lekin tinim bilmagan SHarif-aka??!!
Qarigan va o’qimagan menimi? Jahon kezgan va qoziq topmagan o’zimnimi?


Billiard o’ynadik. Bizning sotsialistik teshiklar ikki baravar torroq, soqqalarimiz esa ikki baravar katta bo’ladi. Bularda esa har bir odam o’zining xususiy soqqalarini urar ekan. Bir qizni "soqqadan osh" qilib yubordim. Ikkinchini ham o’zbek milliy maqtanchoqligi ostida qoldirib yubormoqchi edim: bir urishda eng so’ngda uriladigan soqqani teshikka kiritib yuboribman. Nuqtani bu so’zdan keyin. qo’ygandek(?)
Brayton-Bich degan Sovet Ittifoqiga bordik. Bular kommunizmga yillar osha emas, 8 ming kilometr osha kelganligidan o’lasanmi.
Gap bu yoqda ekan-ku! O’zimga o’zim yoqa boshladim. Demak, taqqa to’xtatishim kerak o’zimni...


Ko’rgan tushimda yana hayotimga achindim. Vahiy bo’lmaganidan koyidim.

 Bir narsa meni to’lg’antiryapti-ku, nimaligini eslay olmayapman. Mana shunisi shirin-da. Mana shunisi vahiyma.
 O’z-o’zimga (tojiklar aymish) yoqdim.
Bo’ldi, kuydim. Nuqta.


Navoiyning "Xamsa"sini inglizchaga o’giradigan bo’ldik...

    2/12

SHe’riyat haqida cheksiz bahslar... Yo’tal...
Tekshirma g’oyalar Noiliydan boshlanib sabki hindiyda tugadi.

 Mushkullik unsurlari...
Sintaksisning o’zgarishini tahlil qiluvchi usul. Turkiy tillar uchun sintaksisning har bir o’zgarishi - favqulodda holat - ya’ni semantik o’zgarishni yuksak darajada kasb etadi.


Bundan: she’riyat (devon) va nasr (Boburnoma, Munshaot) tillarining sintaksisi.


Forsiylikning omili nima? Atrofi - afkori umumiyami, yo uslubmi?
 Aniqlash uchun "Holoti..."dagi adabiy "usul"likka intilmagan, "usul" bo’lish vazifalaridan xoli dialoglar va "Munshaot"ning eng yuqori daraja va miqdorda "adabiylik"ka intilgan sintaksisini chog’lashtirish...

 Usmonli va urdu she’riyatida bu narsalarning chog’doshligi.

Parokanda she’riyatning boshu-oyog’ini yo’qotishga intilishi. Balki eng yaxshi she’r (g’azal) hech bir baytning ikkinchi bayt bilan aloqasi bo’lmaganidir? Unda buning chegarasi nima va qaerda? Sintaksisni buzsak, so’zni buzsak, balki eng o’zbek she’r - rus tilida yozilgan she’rdir?

×egaraga devor - o’zim aytganimdek: boshlanish va tugashning (tug’ilish va o’lish, ibtido va intiholarning) mavjudligidir.
Urdu g’azalnavislarning g’azalni o’rtadan boshlashlari ushbu chegarani yengishga intilishi va illyuziyasi emasmi?


Lekin bu ham she’rga turtki. Deylik, ruslarning eng yomon xususiyatlari - yomon xususiyatlarini bilmaganligi degan gapdek bir narsa...
SHe’r va yo’tal...
Pul yo’qligining borlig’i...
Dardmiz-ki davo-shiftai sihatimizdur
Ishqmiz-ki nihon xonai savdoda nihonmiz  (Noiliy)


Yo’tal...

    7/12

Demak, na kutubxonaga borganimni, na ensam qotganini hali yozmagan ekanman. Bekor buni esladim, chunki yumshagan ensam yana qotib ketdi.
Miyamga bir g’oya kelgan edikim, u ham bo’lsa - bu yerda yashab turishimni rasmiylashtirish. Bir odamning 20 dollarlik mehmoni emas, davlat muassasining bir narsaga arzigulik guest-i bo’lsam deb.
Bu yoq qovunni qo’ldan tushirdi. Aytib turgan joyimda ishni teskari qilib o’z foydasiga burdi. Ya’ni, men bu yerning mehmoni emas - mahbusi kabi. 20 dollarlik mahbusi.
Ikkinchi kelganim bo’lsin. Hah, bechora yumshagan ensam-a! Endi yuragim ham tosh bo’lib ketyapti-ya! Men ham aksiga olib o’z mavqeimni 100 foiz almashtirmasammikan?!


Kutubxonaga bordim. Bu yerdagi kitoblar orasida manim kitoblarim yo’q ekan, iltimos qilishdi, jo’nating, - deyishdi. Xat berishdi. Men esa oyoq ostida 20 tangaga o’ralashib yotibman.
Ha, qani davlat miqyosi?! Ha, qani men kerak bo’lgan markazlar?!

SHashtimdan qaytsammikan? Puf! - desammikan? ¨: suf! - desammi?!

 Haqiqatdan ham ensam qotibdi. O’ylashga madoru imkon qolmabdi. Bu oyoq ostidan groggiga tushgan bokschidek ko’tara olmayapman o’zimni!

Ertasiga darsmi-parsmi, bir narsalarda g’imirlab yuribman. Bu-midi mening narxim?
Amerika bilan po’m chiqdim, xayr Amerikayu, Amerika ovozi! Uyimga ketay, bolalarimga qo’shilay. Bo’ldi, bo’lari bo’ldi!!!
Oqibat shu, qadru-qiymat shu!


Alohida soxta sevinchlarni yoza bilish kerakmi, deyman: Hay! - deyman, axir
men Amerikaga keldim-ku! - deyman. Amerika kar.
Bir o’zbek telefon qilib ham ediki, uning ham Amerika ovozi o’chdi-qoldi. Qorong’ulikda bir lip etgan sham’ yanglig’! Alvido, Amerika!
 Yana o’sha amerikalik o’zbeklar, yana o’sha SHarif emas, SHarob ham emas, SHaraf ekan bobolar.
O’zbekchilikni quritmagan Amerika, maqtanchoqligu havoilikni quritmagan Amerika, xudbinligu xudparastlikni quritmagan Amerika.
Qizlaridan ta’sirlandim. Qanday bir kuch bordurkim, o’n yil turkistonlik raqslarni o’rganib turk tilida (usmonli) gapirishsa ham o’z elatini unitishmasaya!

 SHumikan haqiqat, shumikan men ochgan Amerika?

    8/12

Kechagi kun - qizu ayollar kuni.
Bir kelgani - zirak ko’targan Lena - men bu yerda amerikaliklardan ham ta’magirroq bo’lib qolibman. Har kuni pulimni sanayman. Nimasini o’zi?! O’zi yo’q bo’lsa! O’n undan, o’n bundan, rasmiy mehmon bo’lib kelmaganimdan ham pushaymon bo’lib ketdim. Qaytishimning keragi bor ekanmi o’zi? Bu yerga, deganim... Yana vatanimga deb o’ylamanglar. Uyimni, bolalarimni sog’indim. Ozmi, ko’pmi, "u Amerikani ko’rgan"ga aylandim, yetadi-da! Endi mayda-chuyda tish kovlagichlardan butun O’zbekistonga yetarli qilib olib ketsam - shuni o’zi kifoya. Misvokiston.
Ha, kechagi kun qizlar-ayollar kuni bo’lgan ekan: xotinim bilan gaplashganimdan keyin tushimda ham, o’ngimda ham nuqul ayollar: biri - Debora - nozik nihol oromijon, ikkinchisi - Lora - semizgina, lo’ppi yuzli, ammo ko’kragiga qisqichbaqa - saraton - yopishgan ayol. Ikkisi ham Zabning jazmani. Biri Rumiydan ashulalar aytsa, ikkinchisi Haft Paykarni yoddan bilguchi ertakchi. Biri - Amerikaning markazida, dashtlarda yashovchi boy, ikkinchisi - bir uyda yetti qasrni jam’ qilgan raqiba.
Bugun ikkisi og’aynimizni ikki yondan olib namoyish o’tkazishadi. Shundan men millatlararo dorulfunundagi mashg’ulotlarimni bitirib SHarofu Iralarnikiga qadam ranjida etayoturman. Bunda ham mahbusligimni davom ettirib ketimdan Nazar - har narsayu, harfu tilni biluvchi Nazar yetib kelayotgandek.

Ha, aytgancha, darsni yozmabmanu. Egar ustimga ortildi. Xi-cho’! - boshlandiyu, yo’rg’aladim. Usmonning "Qog’ozlarga yozdim"ini o’qidim, osmonlarga chiqardim. Bir eroniy SHohbonuga oshiqi beqaror bo’lib qoldim. Turklarga o’z she’rlaridan Usmonning ovoziga to’g’irlab o’qidim - gij-badabang! Keyin: "O’ziyzdanam bo’sin!" - deb qolishuvdi, shu deng, "Sahifa sahrosida"ni chizib bergan joyimda biri: "Bu nima haqida?" - deb qolsa bo’ladimi! Qovunim qo’ltig’imdan tushayozdi:"Bu - siz bilan men oramizdagi tushunmovchilik" - deb qo’ya qoldim.

 SHohbonuning tug’ilgan kuni ekan, SHohbonuga oshiq bo’lib qoldim. Lekin u bildirmadi. O’zini bilmaganlikka oldi.
Namuncha ovozim xunuk-chi!
U yedik, bu yedik, darsni ham sohiliga yetkazib, kimgadir pul, kimgadir tekin shuhrat, shu bilan uy tomon emas, besoqol Djoshua bilan uchrashuvga bordik. Avvaliga bilmagan ekanman, do’stim bizni sovchilamoqchi ekanmi: o’zbeklardek, qizni ko’rsatmasdan kuyovni go’shanga orqasiga boshlamoqchi bo’ldimi-ey! Bilganimdan keyin shunday bir jirkanch paydo bo’lsa bo’ladimi-ey, olloh-olloh!

 Ha, u ham bir odamku, deya tasalli beradi do’stim. Unga men: SHohbonular bor joyda ko’tsikishga balo bormi?! - deyman.
Yo’q, xudo bunaqalarning "sevgisidan" asradi. Xudoga shukr. Ikkinchi bitta stolda o’tirishim bo’lsin! - dedimu, yozuvimni davom etdim.


Iralarnikiga yetdim. Biram ochilib ketibdi-ey, ertasiga telefonda:"Siz bilan ajralish menga shunday g’am baxsh etadiki, agar bilsangiz edi... Va bu narsa shaxsan sizda mujassamlangan... Buni men telefonda gapirayotganim uchun aytyapman..." - desa bo’ladimi! Ag’darilib tushdim. YUragim haligacha dupur-dupur. Men bu yerga "qiz kelib, qiz ketayotgan" bir paytda shunday ag’dar-to’ntar gaplarni aytsa bo’ladimi! ¨ Razzoq!


O’zimning SHarobjon-akamnikiga eson-omon yetib oldim. Biroz uyiga qo’ymadi. Telefon qilgan edim, uyg’onib, eshikni ochdi. Yarim tunning yarmigacha ovozini tovushyozarga yozdi, unikida tunab qoldim.
Qanday cho’milish, nimalarga kiyinib yotish va hok. narsalarni obdan o’qitdi.


Ertasiga turib bu darslar evaziga po’stin taqdim etdilar, okean ("bahri muhit") sohiliga olib bordilar. O’zimizning Odessa-mama va Rostov-papa orasida pista chaqib, kunni kuzatdik desam, butun bir boshli haftani kuzatgan ekanmiz. Butun bir daftarchani! Bu yog’i - yangi hayot.

   12/12

Uchoqda uchib orqaga qarayotganim.
Yashil ruchka (qo’lchaning) ham siyohi tugashi kerak edi, yo’q, Kolumbiyadagi darsdan boshlamoqchi o’xshaydi. Bir-ikki kun rosa qiynaldim. Tashvish qilgan ishimdan ko’proq, ayniqsa (bilxossa) ishtonimni yechgandek qator-qator domlaga tarjima uchun o’qib berishlarim ezdi. Yo’q, axir odamlar yig’ilib (nuqul o’zimizdan ekan: biri eroniy ozar ayol, ikkinchisi - Munavvarxon qiz - o’zbek, uchinchisi - bir necha turklar, to’rtinchisi - juhud boshlab kelgan sho’ro ozariysi), orasida qopqoqdek Olvort domla ham kelib ishni "yopdilar".
 Voy mening shoshilganimey!
 Tovushyozarda ovozimni tanimayman. ×iyilab, bijirlab, oxirini tog’oraning o’rtasida uzilgan xamirdek qilib, baribir olqishlarga sazovor bo’ldik. Ha, mayli-da! Ketdik. Ko’tarinki ruh, milliy qahramonchilik. Xitoy restoranida katta ko’z bilan tik qarab ovqatni - lag’monning lag’-mon-tszû bo’lsa kerak - aslini urib oldik. So’g’in men Aeroflotning do’koniga borib belatimni (pattamni) oldim, Yaqubov demish buxoroiyni kutdim. U ham qoshlarini qoqib-qoqib keldi. O’ziga o’xshamish bir ayolning aravasiga o’tqazdiyu, bizning hayotimizni maqtab ketdi.
 Go’yo Stalin uning etikdo’z buvasiyu, Kallelin esa - sartarosh otasi. Bu yerga otasini kelishidan qo’rqib - meni hayiqtiradi. Xullasi, yana Xitoy restoraniga borib, yana xitoycha qovurilgan man-da-rin-larni yedik.
 Edik, yedik, deyapmanu, asosi u emas, asosi shulkim boyagi burni egri ayol Fidel Kastroning singli bo’lib chiqdi. Ha, Fidel Kastro hozirgi paytning eng g’aroyib siyosiy arbobi deyishga to’g’ri keldi-qo’ydi.

 Uyga 14-nchi ko’chani aylanib, 50-talik po’stinni ko’zlab qaytdim.
 Yana tinglash, yana tayyorgarlik. Ertasiga esa Filadelfiya.
 Soat N.Y. vaqti bo’yicha 17.12.10

 Sahar turib Filadelfiyaga ketdik.
 Amerikadan shunda ozdim. Xuddi Zab pul soladigan teshikka o’zining hujjatini tiqqanidek (tipir-tipir - zangi qidirish) men ham N.Y.ni yomon desam, u bilan F. orasidagi yo’l undan ham badtar.

 Filadelfiyaga yo’lim uzoq bo’ldimi?

    Bugun 27 dekabr 19.. yil

 Lekin qarsaku-olqishlar kutar ekan - albatta yetib borajakman. Yo’l-yo’lakay qahvalar ichib, yo’l-yo’lakay yonimizda o’tirgan ayolga (u allaqaysi kelgindi o’rislarga sof rus tilida:"¨rdam beraymi?" - desa bo’ladimi) yopishdim-qoldim.
 Menga yordam bersa bo’lmasmikan? - deb o’ylaymanu, suqatoy nazarlarimni tashlayman. Axir asrlarning suzar havosi to’la qo’nimgohga ham keldik, axir uning ketimdan chiqishini kutib, gap ham otib boqdim:
 - Gde vû tak prekrasno nauchilis’ govorit’ po-russki? Vû slavyanka ili slavistka?
 - Net, ya shotlandka. Ya rusistka. Rabotayu zdes’.
 - Gde, v Pensil’vanskom?
 - Net, v ...

 Potom Zıv skajet:
 - Malo togo, chto krasavitsa, yeùyo i millionerka.
 - S chego eto...
 - A posmotri na yeyo shubu - mex... ne xalam-balam...

 So’ng. Shahar kezdik. Pochtadan muzeyga bordik. Atsteku mayyalarning san’atini ko’rdik. Eskimoslar bilan tanishdik. Hayron bo’lib, gangib qoldim: o’qiydigan ma’ruzam o’zi ne edi: O’zbek adabiyotida mayya va atstek san’atining in’ikosimi? yo o’zbek ko’chmanchiligining eskimosligimi? Eskidan mos bo’lib yurgan yoqutlar ila xayrlashib darsga bordik (ma’ruzamning matni Zabning tovushyozaridan qaralsin), olqishu-qiyqiriqlarga sazovor bo’ldim: boisi mashhur moda tovusni oxiriga qistirib qo’ygan edim...
 Xullasi, bularning bari yozib olingan.
 So’ng.
 U yoqqa, bu yoqqa tortishlar boshlandi.
 Bu yerga ham Zab meni erkka munosib ko’rmay, qo’yib yuborgani yo’q - o’z jazmanlaridan birining oldiga olib borib, ikki soat tirjaytirdi. Yo’q, sirasini aytamanda, yo’q, o’zi yomon emas ekan, jazman sifatida esa umuman yo’q deyish gunoh, ammo, ammo...
 
Vatan qayg’usi meni N.Y. ga tortar edi. Bu qayg’u oshqozon tagida joylashgan ekanmi, ovqatlandik, yigirmattani men to’ladimu - yo’qoldi-qoldi.
 Voznesenskiyga sim qoqdik, shaharni aylandik, Parijni eslayman. U yerda Sobit-akamizga qanchalik tobe’ bo’lgan esak, bunda gah deyuvchimiz - Zab-og’a.
 Yo’q, bo’ldi-e!
 
Kechki Filadelfiya naqadar bahavo. Markaz - hayotning jigaridek lovullab, chekalar yurakdek bo’sh.
 O’sha-o’sha ertalabki ayoldanu, o’tgan kundan hali qo’nimgoh, o’sha-o’sha vaqti-soatni kuzatib o’tirguchi o’tirg’ichlar, o’sha-o’sha fikrlardan ozod gaplar.

 16 yanvarning tunida AQSH Iroqqa hujum qilgan payt ro’pparamda Iso-alayhissalom o’tirar edi. Uning na erkak, na ayolligini bilib bo’lmas, yuzi nozik va muloyim bir tabassum ila nur taratib turardi. Nurning bir jilvasi - andak qisilgan ko’zlaridan, ikkinchi oqimi - mayin lablaridan intilib, so’zlariga chambarchas bo’lib ketardi.
 "Men, ha, bu menman. Men sizga yordam bergani keldim. Men sizga yordam bermoqchiman. Men sizga yordam beraman."
 Uning so’zlari nur kabi oddiy va ravon, kunduz kabi aniq va bejirim edi-ki, ishonch degan narsaning o’ziga ishonch zarurligi yo’qdek tuyulardi. Va hok...

ñëåäóþùåå  |  íàâåðõ  



SpyLOG

FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   

© HZ/ DZ, 2000-2001