Bismillohi
rahmoniyr rahiym!
1.
Kechqurunlari
o’zining yolg’iz sayrlaridan bo’mbo’sh uyiga qaytib u xassasini
burchakka tirardida, sayrdan yengillashmagan tuguntugun
oyoqlarini sudraganicha tepa xonaga chiqib ketardi. Suyaklarmi,
zinalar og’ir g’irchillar, miyada tegirmon toshlari yancha
bilmagan o’shao’sha bitta xayol: “Nima bo’lyapti o’zi?” va
bu xayolga javob emas, tasalli topish niyatida u bir oshxonaga
kirib boqar, ammo choy qaynatishga ham xushi bormay, yana
katta xonaga chiqar, u yerda na chiroq yoqishini bilmasdan,
na o’tirishga mayl topmay, tepada apiltapil yuvinar va kiyimini
yechmay yotog’iga go’yoki bir damga yotgandek o’zini to’shar
ediyu, shu yotganicha yarim mudroq, yarim bedor holatda soatlarni
jismi ila kuzatar edi.
2.
Yoshlikda
bir narsalarga chalg’iysan ekan kishi, televizor qo’yishing
mumkin, radio eshitishing, kitob o’qishing, jilla qursa o’zo’zingni
o’zo’zing har xil bo’lmag’ur xayollar bilan ovutishing mumkin.
Lekin endi bularni eslashga ham mador qolmagandek. Kechalari
soat ikkimiuchda yotog’idan turib u hojatxonaga kirar, hojatxonada
o’tirib jumrakdan oqayotgan tomchilarga tikilib qolar yo atrofdan
kelayotgan yakkkamdukkam shovqinlaru unlarni quloqqa olib
o’tirardi. Ichimi shu qadar bo’mbo’sh bo’lib qoldi. Suv chakchakchak
tomar, ziyrak quloq esa bo’shliqdan, unsizlikdan hamon bir
sado kelarmikan degan ilinjda tinch bermay mana shu chakkani
har ohangga solardi.
3.
“Keyin
tushdi mushkullar” – degani ham yosh yigitning fikri bo’lsa
kerak. Keyin jo’n bo’lib qolar ekan hayot. Badaning neni tuysa,
miyangda ham shu. Uzun xayollarga nafas yetmay qoladi. chalg’ishlarga,
yonverlarga alanglashga vaqt yo’q. “Uf” tortish jo’nligi.
4.
Bundan
ropparosa ikki oy muqaddam Maxsumni yerga qo’yishdi. Ikki
oy ham chol hayotida anchamuncha vaqt ekan. Bir umr vaqt.
Qarilikning baxtligi bo’lmaydi. Qanday qilib qarilik baxtli
bo’lsin?! Umringdan ijirg’anish bo’lmasa, ko’ngil to’lmasligi,
qanoatsizlanish bor. Qaysi umr paymonasiga yetibdi?! Maxsum
baxtli ketdimi? Oxirgi kuniga qadar qazoyuqadar haqida gapirib
kelgan Maxsum. Lekin ko’zlari baribir bejo ediku! Baribir
ko’zlari bu dunyoda bir narsani qiymagandek edi, baribir ularda
armon bor ediya!
5.
Maxsum
bilan birga so’nggi salkam besh yilni birga baham ko’rishgan
emasmidi bular. Ikkisining bolasi chet elga ko’chib ketgach,
bularni bir uyga keltirib qo’yishdi. Qudaandachilik
andishasi degan narsa bo’lgich edi, bunisiga ham qarashmadi.
Bitta uyni sotib pulini chollarning yebichishga berishdida,
bitta uyga ikkisini tiqib, o’zlari ishlarining ketidan quvishdi.
Avvaliga bularning ikkisi hech chiqisha olmadi. Bu chiqishmovchilik
ilgaridan – qudaandachilik bexos boshlanganidan beri bor
edi. Marlenning qizi Klara Maxsumning o’g’li Abdumannopni
bir to’ygashtakda tanlab, shunga turmushga chiqaman deb turib
olganidan beri oradan sovug’lik
ko’tarilmagan edi. “Teng tengi bilan qop tezagi bilan”
deganlaridek kommunistning qizi dindorning o’g’liga tegibdi
degan gapni ko’tara olarmidi o’shanda Marlen Saidvakkasovich?!
Qizini oq qilishga ham tayyor edi, lekin qizi o’shanda kuldi:
“Oq qilish degani, papochka, musulümanskiy sarqit obryad
emasmi?” – deya.
6.
Avvaliga sudlashmoqchi
bo’ldi u. Adolatni qayta o’rnatmoqchi bo’ldi. Lekin kim bilan
sudlashsin, o’z qizi bilan emasku. Quda tarafi issiqsovuq
qildi desa, yana kommunistik g’oyalarga bid’atlarni suqushtirish
degan ig’vo chiqadi. Xotinini “patriarxalniy” qilib so’kdi
o’shanda Marlen. Xotini ham partkom bilan qo’rqitmoqchi bo’ldiyu,
erining zaif fe’lini bilganligi tufayli, qulluq qilib turib
berdi. E, rahmatlik xotina! Undan keyingisi bilan uch oy
kam to’rt yil yashagan bo’lsada, baribir o’gayligicha qoldi.
O’gay xotin o’gay ekanda!
7.
Fikr
esa chuvalanibchuvalanib negadir Maxsumga qaytaveradi. Bir
kuni ikkisiga bolalardan meros bo’lib qolgan katalak ikki
qavatli kvartiraning nimshabida elboshining gazetadagi suratini
qog’ozga kataytirib ko’chirayotgan edi, Maxsum zang qoqmasdan
o’z kaliti bilan eshikni ochibdiyu, yumshoq mahsilarida farishta
kabi Marlenning tepasiga kelib tikilib turganmish… Marlen
Saidvaqqosovich seskanib ketiga qarasa Maxsum ham xijolatomuz:
“Masjidga chiqqan edim, biroz hasratlashib qoldik…” – deydi.
Javobgarlikka tortibmidi uni o’shanda Marlen: o’z ishi bilan
band ediku! Jerkib berdi o’shanda Maxsumni. U ham o’z xonasiga
chiqib ketdi o’shanda. Yarim kechada ohista pastga tushib
taxorat o’shatganini tuydi jahl bilan o’shanda uyqusi qochgan
Marlen…
8.
Mana
endi bir o’zi qolib ketdi. Jumrakdan suv ham oqib yotibdi
chamasi. Uni turib burab qo’yishga na hol, na mayl… Nabiralari
endi o’rischasini inglizchaga almashtirib qaerlarda yurishgan
ekan… Kattasi onasiga tortibdi. Bir kuni telefon qilishgan
edi: “Nima qilyapsan, sinok?” – deb so’rasa – “Papam bizga
kitob o’qiyapti…” – “Qanaqa kitob ekan, o’rischami o’zi?”
– desa nima deydi deng: “Bilmadim kakoy, lekin bahosi yetti
dollar ekan…”
9.
O’zi
ilgaridan bu zumrasha anoyi emasdi. Bundan besholti yil avval
Marlen Saidvaqqosovich hali nafaqaga chiqmagan, tagida davlat
berib qo’ygan oppoq GAZ31, bir kun ertalab qiziga sim qoqsa,
to’ng’ich nabirasi go’shakni oldi. “Ee, san nima qilyapsan
uyda bu payt, bog’changga chiqmadingmi?” – “Moshina kutyapman”.
– “Moshinani nima qilasan, bog’chang bir qadamku…” – “Sizning
ishingiz ham bir qadamku!” – “Lekin bilasanmi, men kimman
– partiyniy rukovoditel!” – “Nu i chto? A man partiyniy rukovoditelni
navarasi!” – Tilini tishlab qoldi g’udurlaganicha o’shanda
Marlen Saidvaqqosovich…
10.
Maxsum
esa she’ru fotihani sharrilatib o’qiydigan kichigini ko’proq
siylardi. Bolalari ko’chib ketgach ham allavaqtgacha masjiddan
nisholdalar ko’tarib keldi. Bu nisholda keyin muzlatg’ichda
po’panak bosguncha turaverardi. Birikki koyidi Maxsumni Marlen,
u esa ishshayib, nam ko’zlarining qarilik shapog’iga duchor
burchaklarini artib qo’yardi…
11.
Qiziq
fe’llari bor edi Maxsumning. Goh o’zining xo’jayu sayid otabuvalarini
sanab o’tirar, goh o’shalarning bittasi bo’lgan xolavachchasi
Solixonto’raning atvorlaridan gapirib qolardi. “Anovi kuni
to’ram: “Abdumannopo’g’lingiz yaqinorada kelib qolarmikan,
bir ishim bor edita”, – deb meni oldingizga yuborgan edi,
men ham ketgan bo’lib kuni bo’yi chorsudagi choyxonada o’tirib
chiqdimda, kechqurun oldilariga borib: halimberi kelmas
ekan deb qo’ya qoldim. To’g’ri aytibmanmi?” – deb so’rab qolardi.
Na soddaligiga kulishingni bilasan, na quvligini hayfsanlashingni…
12.
Ana
o’sha xolavachchasi Solixonto’ra bilan Maxsum Marlenni ham
tanishtirgan edi. Devsifat shopmo’ylov bu to’ra o’ngida egilgan
ham egilardi, egilmagan ham. “Vey, nimangga gerdayasan o’zing.
Hoyyam bilan bir ursam yiqiladigan bo’ying bor ekanu, yana
baqrayishinga o’laymi?!” – degan edi o’shanda bozorda tartib
o’rnatib yurgan bir melisaga u. Melisa ham yerga tashlangan
baliqdek og’zi bilan havoni hovuchlab qoldi.
13.
“Qo’ying,
– derdi u Maxsumga qo’l siltab, – gapirmang o’sha millalariyzdi.
Mendan kalit olib bo’sh kavatirimda qiz teshib yurishadi bu
piyonistalariyz”. Maxsum esa bu so’zlarningmi, qo’dasimi yo
endigina olqishlay boshlagan ahli ulamo xijolatida o’z nafasiga
tiqilib na gap qaytarolar, na istig’forini so’zlay olardi.
14.
To’la
qozon qo’y qaynatib undan siqib chiqargan bir kosa sho’rvasini
ichib yuruvchi Solixonto’ra ham bu dunyoni buti ostida ushlab
turolmadi. Tekis yerda qulab, tavba qildim, nene so’zlarni
og’zini to’ldirib aytgan tilidan qoldiqo’ydi. Ikki kundan
keyin uning janozasini ham o’qishdi. Bir paytlar ko’zko’z
qilib bir xonasidan ikkinchisiga kiyib chiqqan yetti zarbof
to’niyu otasi zamonidagi bir qo’rboshidan qolgan tulki qalpog’i
maydachuyda jiyanpiyanlariyu xirapashsha shotirlariga qolib
ketdi. Maxsum aytgich edi: o’sha tulki qalpog’ini kiyib Abdumannopga
– chet eldan kinochi toping, men po’stinmdi yopinib qo’rboshini
o’ynab beray, ovozini bo’lsa Nabijonga aytamiz, o’zi boplaydi,
– derdi rahmatli. Mana xalq artisti Nabijonni ham xudo ko’p
ko’rdi…
15.
Bu
so’zlarni aytgan Maxsumning o’zi qani… Na yolg’iz o’g’li kelaoldi
o’sha chet elidan janozasiga, na to’qmoqlik qarindoshlari.
Intilgani atigi qirqiga yetib kirdi. Yaxshiyam atrofdagi domlarda
uchto’rtta qariya bor ekan, nomiga bo’lsa ham mahalla qilib
tobutini yelkalashdi. Bularni mahalla qilgan ham Maxsumning
o’zi edi. Kallai sahardan Marlenni uyg’otib – Chakichmonda
osh bor ekan, – deb huzurini buzardi. Keyin ikkisi dommadom
yurib – o’risukarisning botin qarg’ishuso’kinchlari orasida
boyagi uchtato’rtta qariyani yig’ishardida uzoqdan uzoqqa
– boyagi qurg’ur Chakichmonga oqsut saharda yetib borishardi.
Endi bularni boshini qovushtiradigan serka ham qolmadi. Axir
Marlen bularga rahnamo bo’laolmaydiku!
16.
Maxsum
bilan o’tkazgan uzoq qish tunlarini eslardi Marlen. Uydagi
isitqich batareyalar o’chib, issiq suv kesilgach – oshxonada
gazning to’rttala gulxanchasini yoqib qo’yib moviy shabakadagi
aksiga boqib o’tirardi u. Nimalarni bahs etishmadi ular. Bir
tun gap nimadan chiqdiyu, Marlen o’z otini yoqlab otasi haqida
so’zlab ketdi. Otasi urushga ketgach Xarükov ostonasida
bedarak yo’qoladi. Ularga kelgan qoraxatda otasining qahramonona
kurashi tavsif etilarkan, o’zi urushdan oqsoq bo’lib qaytgan
possovet Ashurmat: “Otang hoynahoy tanklar jangida ommaviy
qurbon bo’lgan”, – degan gapni aytadi. Mana shu gap zavqida
Suvorov maktabiga topshirilgan Saidvaqqos o’g’li Saidasrorga
yangi ot – Marlen oti qo’yildi.
17.
O’shanda
Maxsum o’zining ham o’n yetti yoshida qishloq ko’ngillilari
orasiga kattaroq qilib qo’shiltirilganligiyu, shofyor bo’lib
Leningrad frontiga yuborilganini aytib qoldi. Marlen surishtirib
boqsa – “Hayotmamot yo’li” deb atalgan yo’lda shofyorlik
qilib yurgan ekan buni o’zi bilmagan Maxsum. Ikki oy tinimsiz
qatnovlarda tinkasi qurigan yigitcha bir tuni rul ustida uxlab
qoladida, Xudo asrab atigi bir g’ildiragi muz yoqasidagi
darzga tushib ketadi. Moshinaga o’n qavat qilib arqonlar bilan
bog’lanan yashiklardan birikkitasi ham suvga qulaydi. Rost,
moshinani bir amallab shatakka olib qutqarib qolishadi, lekin
Maxsumning o’zini xalq dushmaniga chiqarib Sibir qilaman deb
turishganda, komandiri aralashib oxiroqibat shtrafnoy batalüon
qilib yuborishadi...
U yog’ini Maxsum negadir gapirmasdi.
18.
Biroq
Marlen ham o’z sirini boy bermasdi. Urushdan birikki yil
keyin bedarak yo’qoldi degan hamqishloqlardan besholtitasi
Germaniyadan qaytib keldi, bularning ko’pini NKVD baribir
tek qo’ygani yo’q – yigirma besh yilga kesib tashladi. Ammo
bular orasida Qosimqori degan odam ham qaytib kelgan edi,
biror kimsa mushugini pisht demadi, aksincha – raybankda revizor
bo’lib boshqalarni qiyratib yurdi. Ana o’sha Qosimqori kunlardan
birida Marlenni o’z yoniga chaqirtirib, namozshomda xonasidan
tomorqasiga olib chiqdida, navnihollarni ko’rsatayotgan bo’lib,
yigitning otasi Saidvaqqos tirikligini va legion tarqagach
Turkiyaga qochganini shivirladi…
19.
Bu
sirning domi necha yillab o’rtadi rayon melisasida ishlay
boshlagan Marlenni. Avvaliga fitna deb bildi bu xabarni va
hatto o’z himoyasini choralab qo’ydi u, biroq Qosimqori orada
hech gap bo’lmagandek yuraverdi. Shunda Marlen pinhonan Qosimqorining payiga tushdi. Asta
surishtirib boqsa, oblast NKVDsida uning qarindoshi rahbar
bo’lib, Markazdan Qosimqori xususida so’rov kelganida uni
o’likka chiqarib javob yozib yuborgan ekan. Shuning ketida
yashab yurgan bo’lib chiqdi Turkiston Legionining imomi Qosimqori.
Ammo Marlen ham biror kor qila olmaydi – orada tirik otasining
siri bor. Shunday qilib raybank revizori ham nafaqaga chiqib,
umrga to’lib bundan biror yigirma yil avval olamdan ko’z yumdi,
unga yonmayon esa pog’onamapog’ona xizmat pilapoyalaridan
ko’tarilib urush qahramoning o’g’li Marlen ham tomorqadagi
sir yutgan nihollardek ulg’ayaverdi.
20.
Epkinsiz
kechada ko’z bir zumga ilinar, allambalo bosinqirash oralab
go’yo Maxsummi yo Qosimqori o’zining “Villis” moshinasida
paydo bo’lib: yuring, anavi yerda bir narsa ko’rdim, jin ekanmi,
shaytonmi – bilolmadim, – dermishda, – eqo’ying, otayzdan
qolgan sarqitlarni aytib yurasizmi, – degan Marlenni moshinalar
to’xtaydigan panagohga olib borarmishda, o’zi moshinadan
chiqib: hozir kelaman, – deb g’oyib bo’larmish. Moshinaga
tushib turgan chiroq ostida Marlen ham bir o’zi kabinada alanglab:
umrim bino bo’lib insujins ko’rmagan edim, bular ham og’iz
bor deb aytishaverarkanda, – deb uch atrofiga ko’z tikib o’tirarmish.
Ochiq havoda bir narsa ko’rinsa ekan. Normalüniy odamga
jin ko’rish oson ekanmi? – deb o’zicha Qosimqorilar bilan
g’aybona toritishib o’tirgan bir payt… o’ng yelkasining orqasidan
ohista oppoq bir qo’l suzib chiqarmishda – bu qo’l o’sib
chiqqan jismga o’grilib boqishga bu dahshat ichra koshki kuch
va yo majol yetsa! – oqqush bo’ynidan yasalgandek bu ilonvash
oppoq qo’l ustidagi qamoqnamo naqshga rom bo’lib qolgan Marlen
birdaniga qulog’i ostida: chiroqni o’chir… – degan shivirni
eshitib jon holatda: Lo iloho illoloh… lo havlu illoho… –
deb og’zi qaqrarmish. Qo’l esa uning tomog’i atrofida o’ralmoqchidek
o’z suzishiniyu shivirini davom etaverar, u ham ikki qo’li
bilan jonsarak bir holda unga yopishib – lo ilohodan ortiq
nimani o’qisam ekan?! – deya tipirchilar, esiga esa hatto:
Qul a’uzu birabbi nas… ham chalakamchatti kelibkelmas, boyagi
qo’lchi hech yengilmasu duo kuchi ila g’oyib bo’lmas emish…
Rosa moshina darchasi tomon tortdi o’sha hamirsimon po’kak
qo’lni u…
21.
Uyg’onib
ketgach ham bu dahshat og’ushidan chiqib keta olmadi, turib
betini yuvdi, tushingni suvga ayt degan naqlni eslab – bekor
oqib yotgan suv ustida hozirgina bo’lib o’tgan hodisani palapartish
eslab chiqdi, qovjiragan og’zini chayqadi, yurak esa nogohon
allaqachon yo’qolgan vahshat ila – qo’rquv ichida qizib ketgan qonini – tarqatib yubormoqchidek – uzoqroq haydar edi…
22.
Bir
kun Maxsum bozordanmi, masjiddan qaytib: “Bilasizmi, kelasi
yildan anavi kabelniy televizorga obuna arzonlasharmish, shunisiga
obuna bo’lib qo’ysakmikan deb edim…” – deydi. – “Ha, inson,
televizoringizning o’zi yo’qku, obunani nima qilasiz?” –
deb so’raganida Marlen, Maxsum yelkasini qisib qo’yib: “Arzonlashganiga
qiziqib edimda”, – deb qo’ya qolgan edi. Kulasanmi, o’lasan
kishi…
23.
Lekin
so’nggi yillar toza qiynalishdi ikkisi. Ondasonda u yoki
bu chet elga chiqib kelgan kishi orqali bolalari yuzikki
yuz dollar berib yuborgan kunlarni demasa – qotgan nonu choy
shamasiga qolib ketgan kunlari ham bo’ldi. Mayliku, bularga
shu kabi kunlar yalangoyoq bolalaginiyu ochnaxo’r yoshligini
eslatgandir, boshqalar qanday chidarkin? Bundan yigirma yillarcha
avval Marlen o’sha kunlar so’zi bilan aytganda xizmat otini
qamchilab hayot maydonida javlon urib yurgan bir payt kechqurunlari
ko’chaga axlat olib chiqib tashlayotgan damlarda qorong’idan
za’faron yuzli, unday desa – juda chiroyli bo’lib tuyuladi
– aslida yerto’lada kelasi kuzgacha qolib ketgan kartoshkadek
ko’karib bitgan bir kampir paydo bo’lardiyu: Bolam, bir ushoq
qotgan noning bormi? – deb uning qaytishini ham kutmasdan
hozirgina bo’shatilgan axlatda timirskilay boshlardi. “Alkash
proklyatiy!” – deb ijirg’anibu jirkanib o’z uyiga qaytar edi
Marlen va bu masalani navbatdagi byuroga chiqarishni chamalardi.
Ammo kampirning o’zbekligi yo o’zbeknamoligi uni turli zoe
o’ylarga tortar: nahotki buning bolachaqasi bo’lmasa, nima
qilib yuribdi tunda, qaerda yotar ekan, – deb ertasiga u ishlar
domida tungi hodisani unutar va yana uchto’rt oydan keyin
uning asabini sinamoqchidek bu kampir yana kutilmaganda bargu
butoqlar orasidan chiqib kelardi…
24.
Ana
o’sha kampirning timirskilovchi qo’li oyda boyagi qo’ldek
oppoq va Marlen tomon o’girilgan yuzida negadir qoshlari orasida
ilon izidek o’sma emas – lekin qozoqmi, sayramlik ayollar
igna bilan terisining ostiga siyoh tomizib umrbod uchta qiyshiq
nuqta qo’yganidek edi.
Birisi kuni esa Marlenning o’zi do’xtirdan
qaytib kelayotsa uyi orqasidagi axlat qutisining shundoq ostida
uchta norinj yotibdi. Uvol bo’ladiku, – deb engashganini
biladi, biroq engashgach boyagi qutidan shu qadar qo’lansa
hid anqidiki – bu yerda nima qilib yurganini bilmay talmovsirabmi,
yo sharmandagarchilikdan shu holatda uch yoniga boqdi u. Baribir
boyagi uch norinjni uyiga olib keldiku, lekin hanuz yeyishga
tomog’i ochilganicha yo’q, hanuz uch sariq nuqtadek yotibdi
shumshayib ular oyna tokchasida…
25.
“Xudoning
yo’lidan adashdik, – deb izohlardi Maxsum. – Ana shuning ko’rguligini
ko’rib yotibmiz”, – derdi u. Unga Marlenning xunibiyroni chiqib:
“Adashmaganigizda inqilobdan avval nima bo’lib yotuvdingiz,
yo ana adashmagan afg’onlar nima bo’lib yotishibdi”, – deb
tortishardi. Ko’pincha Maxsum: “Ha, shunchaki aytdimqo’ydimda”,
– deb ishkallikdan o’zini tortar, lekin bir safar u ham birdan:
“Siz o’rnak qilmoqchi bo’lgan G’arbingiz nima bo’lib yotibdi?!”
– deya isyonga bosh urganida, tutaqib ketgan Marlen: “Men
G’arbni aytayotganim yo’q, o’zimizning avvalgi hayotni aytyapman!”
– deyishgacha borgandi. Xuddi o’sha on ikkisining ko’zi bexosdan
tokchada turgan elboshi rasmiga tushib jimib qolishgandi...
26.
Marlenning
tutaqishganicha ham bor edi. Gap shundaki Maxsumning otasi
Kamolxo’ja o’ttizinchi yillarda rayon melisa boshlig’i bo’lgan
edi. Buni Maxsumning o’zi aytmagan esada, Marlen tegishli
manba’lardan surishtirib – ho’uv o’sha quda tushish maromida
aniqlab olgandi. Keyin ochilib qolar desa, bular ikkisi bir hujrada qolib ketishgach ham yorilmadi Maxsum.
Otasi Sho’ro hokimiyatini o’rnataman deb xalq dushmanlari
tarafidan zaharlanganiyu, buning ketida kashshofo’spirin
Maxsumboy Qoripochchasining uyida qolib ketib, urushga haydalgunga
dovur uchto’rt pora Kalomullohdan yod olganini zinhor bildirmas
edi.
27.
Unday
desa Turkistonni ozod qilaman deb fashist tomonida urishgan
otasini eslabdimi Marlenning o’zi. Lekin bunisi ham mayliya,
bunisini melisada ishlasang ham oshkor etishing qiyin, chunki
tanho manba’ning o’z Qosimqori allaqachon sir ko’targan mirzateraklar
ostidagi yerga qorishib yotibdi. Boshqa narsa egovlardi pinhonan
Marlen ko’nglini. Hozirgi it yotish – mirza turish hayotdan
qanoati. Qanoat ham gapmi – iftixori. Maxsumning oldiga qiroat
o’rganman deb kelgan yoshyalang – gugurt chaqilmasdan chirsillab
yonganida – u soatlab bu bo’qi tengi tirranchalar bilan tortishib
o’tirar va bugungi hayot afzalliklarini bularga bemisol uqtirmoqchi
bo’lardi.
28.
Bularning
kimi “munofiq”, kimi “zamonasoz”, kimi “bechora” deb dahlizda
birbiriga shivirlashib choriqlarini ilarilmas chiqib ketishar
ekan, Marlen Maxsumdan xafa bo’lar: “Bulardi siz uyga ikkinchi
qo’ymang! Chto vû? Bularingiz ekstremistku, radikal
fundamentalistku!” – deya chaqa bo’lib qolgan g’azabini qudasiga
sochar, qudasi ham xijolat tortib yo bulardan qolgan piyolalarni
yuvishga kirishar, yo dahlizni supira boshlardi. Marlen ham
qo’lini siltaganicha o’z xonasiga kirib ketar va kechgacha
rayon kutubxonasidan o’tgan hafta olib kelgan bir parcha kitobi:
“Eslam: pravda i vûmûslû”ni bularga qarshi
hijjalashga kirishardi.
29.
Idishtovoq
yuvishinimi, dahlizu zinalarni supirishini davom ettirgan
Maxsum ham rahmatli xolavachchasi Solixonto’radan bir paytlar
qo’qisdan eshitgan gapini eslardi. “Vey, qudayz o’zi dindor
oiladan bo’ladi, bolalagida otasi unga Yosindiyam o’rgatgan
ekan…” – degan edi bir safar Turkiyadan qaytib kelganida to’ra.
Rost, gap tezda uning Turkiyaga ko’tarib borgan o’n kilo toza
asaligayu, sakkiz dona xarbiy durbiniga borib taqaldi o’shanda.
“O’nashini puliga movi tillo uzukdi oldim,” – deb Solixonto’ra
birovlarning bilagidek barmog’ini ko’zko’z qilgan edi.
30.
Qudasidan
yuz xotir qilib bularning barini surishtirishga andisha qilgan
Maxsum qaydan bilsinki, shu lahza o’z xonasiga qamalib olgan
Marlen ham kimnikimni – Maxsumning onasi Rahimaopa ruhini
xotirlab o’tirardi. Buni ham u o’ziing tegishli manba’laridan
o’sha ilk davrlarda bilib olgandi. Ular quda tushishganida
Maxsumlarning uyida jinnigami, kasalga chiqarilgan bir kampirning
qorasi ko’rinib qolardi, lekin birovning ko’zi tushishi bilanoq
uni o’sha zahoti Maxsumning xotinimi, yo yana kim ichkari
xonalarga tortib ketishardi. Bu ayol o’ttizinchi yillarda
o’z melisa erini yerga ko’mib bolasini qishloqda qoldirgach,
o’zi shaharga kelib avvaliga tekstil kombinatga ishga kirgan,
kechalari FZUlarda o’qib davr ilg’orlariga aylangan. Urush
payti esa erkak tanqisligida partiya raxbari bo’lib: “Hamma
narsa front uchun, hamma narsa g’alaba uchun!” shiori ostiga
xotinxalajni quvib yurganligini Marlen hujjatlaru guvohlardan
bilib olgan edi…
31.
Dunyo
ishlari qing’ir ekan. O’zining qishloqda qolgan onasi vaqtibevaqt
otinoylik qilib yurganini eshitib qolgan Marlen o’sha qaltis
yillari hamono uni o’z domiga ko’chirtirib qizi Klara qaramog’iga
topshirgan edi. Studentka Klara kampir bilan faqat o’rischa
gaplashar, uni uyga olingan oqsochmi, cho’ri sifatida bilib,
o’rtog’u dugonalarini kampirni kalaka qilish uchun uyga boshlab
yurardi. “Babushka, posmotri – voda na plite sogrelasü?”
– deb sherklariga ko’zini qisib qo’yardida, sodda kampir
barmog’ini suvga botiriboq og’ziga solganida – sharaqlab kulib
yuborar, o’sal bo’lib qolgan kampir esa barmog’ini qo’lidagi
sochiqqa o’rab ko’ksiga bosganicha ko’zlarini miltillatib
turardi. “Òû õîòü ðóêè ìûëà?” – deb so’rardi kulgisi tugagach Klara. Bunga bechora kampir azbaroyi gunohkorona
holatda – tili qovushmas bir lahjada: “Mulyon ras mila, mulyon
ras…” – deb javob berardi. Ana yana qahqaha…
32.
Soat
necha bo’ldi ekan?…
33.
Yoshlikda
ham o’nta tundan bittasi uyqusiz bo’lib chiqadi. Yo’q, anavi
bedor sevgi yo ishrat tunlari emas, ko’rpaga burkanib uxlay
olmaydigan tunlaring. Fikr ilgarilari boribborib yana o’shanga
taqalardi. Suvorov maktabida bir naql bo’lgich edi: imtihon
oldidan Fomchenkov degan komandir: “Mujiki, pered ekzamenom
nado vûspatüsya, poetomu o piz… ni slova!” – derdi,
chunki agar demasinchi – vzvod g’uvvillab – nuqul domod arilardan
tashkil topgan uyadek allamahalga dovur tinchimas, boyagi
qurg’urni yuz ming maqomga solib, yigirma sakkiz miyaga chotu
butlarni tamg’alab holsizlantirmaguncha qo’ymas edida! O’sha
paytdan meros bo’lib qolganmi, yo erkak zotining turgani shu
ekanmi – haligi bedor tunlarning turganbitgani shu haqda
edida…
34.
Mana
endi bu sharmanda xayollarga ham quvvat qolmagandek. Lekin
vasvasadan qutilib poklikka yetishdik deb o’ylashning o’rniga
negadir ko’ngilni shu on ham armon bosadi. Bir zamon Marlen
Temirtog’ kurortiga ketganida qizi Klara sim qoqib qoldi.
Tinchlikmi? – deb so’rasa – Mana, babka senga bir narsa demoqchi,
– deb go’shakni Marlenning onasiga uzatdi. Onasi: “Bolam,
aytganingdek do’xtirga chiqqan edim, bir dori aytdi, oti ativi
ekan… SHuni yuborvorasanmi?” Temirtog’u Beshtog’ atrofidagi
barcha hamkasblarini ishga solgan edi o’shanda Marlen Saidvaqqosovich.
Axir “Ativit” degan chet eldan kelgan tanqis dorini topib
kelishdiyu, onasi uchun demaganmi – negadir yuzlari qiyshayib
berishdi uni. O’sha kunning o’zidayoq dori birinchi samolyot
styuardessalari orqali O’zbekistonga yetkazildi.
Marlen uyga yetib borganida
qizi: “Mamangga nima yubording o’zi?” – deb so’radi. – “Nima
edi?” – desa – “Homiladorlar uchun dori ichib yotibdi”, –
deydiyu piqirpiqir kuladi. Marlen ham do’xtirlardan surishtirib
boqsa ular kampirga ATF degan dorini buyurishgan ekan…
35.
Kampir
ham o’shanda talaffuzi hisobidan ancha quvvatga kirib oldi.
Lekin Maxsumning onasi Rahimaopani eslayotgan edi u hozirgina.
Jo’ngina va muhtasham qilib uni “Opa” deb chaqirishar ekan.
“Opa” deb kimlarni va nimalar uchun chaqirishmadi. Nimalar
uchuni ham ma’lumu, ammo bunisining ko’nglida yozilmas tuguni
bor ekanmi, bilganlarning aytishicha qarigani sari boyagi
nimalar ustiga yana ichishga mayli kuchayib borgan ekan. Ichib
olib na shovqin solar, na janjal ko’tarar, balki aksincha,
ishshayib – yoniga kelgan odamni so’laklarini oqizganicha
o’pishga kirishar ekan. Ba’zan bu so’laklarga yoshlari ham
bulanib bir narsalarni tuturiqsiz javrabjavrab yig’lab olar
ham emish…
36.
Maxsumning
ham o’sha paytlar onasiga qo’shilib ichib yurganini aytishadi.
Kim bilsin… Birining so’zlariga ko’ra u ichib olganida negadir
qarindoshlarining eshiklariga borib – ichkariga kirmasdan
– tashqaridan bularning barini otabuvasidan tortib to bolachaqasiga
qadar qavatqavat, bolaxonador qilib soatlarcha so’kib kelar
ekan. Marlen Maxsum haqidagi bu so’zlarga ko’pam ishonmasdi.
Yana kim bilsin…
37.
Fikrlar
chalg’ib ketyapti… Nega o’zi Maxsumga shunchalik bog’lanib
qoldi u? Umri bo’yi hech kimga ishonmasligu, hech kim bilan
do’st tutinmaslikni o’rganmaganmidi, umr bo’yi har bir ishni
o’z qo’li bilan qilishga ko’nikmaganmidi? Tap tortmasdan
Klaraning maktab choriqlarini o’zi yamayverardi, yo
xotinining qishki etiklariga poshna qoqib ustidan nag’alini
ham o’zi boplab mustahkamlardi. Kezi kelganida Klaraga yangi pianino olingach uni sozlash lozim bo’lib
qoldi – o’shanda u: “Birovlarni chaqirib yuramanmi, sen qizim
menga notasining to’g’ri yo noto’g’riligini aytib tur, murvatlarini
o’zim burayveraman”, – deb ovrupacha kuylari ham maqomlarga
mengzab chiqadigan bir pianino yaratib tashlagan emasmidi…
Hech kimga ishonmasligiyu hech kimni o’ziga yaqin tutmaganligi
esa lavozimdan nafaqaga chiqqan chog’iyoq – o’sha payt tirik
bo’lgan xotiniyu qizi mustasno – atrofining yapyalang bo’lib
qolishida aks etmaganmidi yo? Lekin u g’am yemas ediku: qaytamga
eski g’alvalarni qaytadan boshimga ko’tarib kelishmay tinch
qo’yishsa bo’ldi degan xayolda yashab yurmadimi? Nega endi
Maxsumni shunchalik qumsayapti u?..
38.
Bolaligida
bunaqalarni “yakka mohov” deyishardi.
Kal, kal, omoda kal,
Iski choponini yamodi kal,
Kal boradi poraga,
Ko’tini qo’yar zog’oraga…
Unday
desa bir paytlar Marlenning ham ikki do’sti bor ediku, biri
– armani Vazgen, ikkinchisi – juhud Mosya. Vazgeni – yuz oltmish
kiloli avtoslesarü, juhudi esa – ketmon sopidek qotma
bichuvchiyu tikuvchi edi. Ketmon sopidek deganda ham – ketmonni
sopiga qo’yib qo’yganidek – boshida hamisha dosh qozonning
qopqog’idek furajkasi bo’lardi. Marlenning eski “Moskvichi”
bo’lgich edi, tiq etdimi – Vazgen o’zi boplardi, kiyimkechak
uchun ma’sul esa Mosya – Marlen tugul xotinu Klarani ham yasatiribtusantirib
– “Krestüyanka”mi “Rabotniöa” jurnallarida neki
bularga yoqsa o’shanaqasidan tikib berardi.
Vazgenning
bochkalab ichishiniyu Mosyaning tirraqiligini demasa, ulardan
zo’r do’st yo’q edi.
39.
Tirraqi
bo’lsa bo’libdida! Mosya buni berkitmas edi. Aksincha – fahrlanardi.
Negaki urush paytida jabhada shu narsasi tutib qoladida –
urushni tashlab handaqdan o’ttiz metrlarcha chekaga chiqib
ichakburg’isini bir yoqlik qilib tursa – boyagi handaqqa to’p
o’qi tushadiyu – vzvodidan bironta odam tirik qolmaydi…
Mana shu narsa meni qutqarib qolgan, – deb yurardi
bechora Mosya.
40.
Vazgenning
ichishida ham o’ziga yarasha karomat bordek ekan. Bir zamon
bularning uchchovi baliq oviga chiqishganida Vazgen yorilib
qoldi. Uning avvalgi o’ris xotini oyog’iga suyuqroq ekanmi,
Vazgen allanima narsalarni payqay boshlabdi. Ularnikiga kim
ko’p qatnar ekan – Vazgenning bojasi. Goh xotini bilan qaynisinglini
ko’rish bahonasida, goh o’zi yana allambalo vajhlar bilan,
lekin oyog’i uzilmasmish. Bir kuni Vazgen bularni sinamoqchi
bo’libdi. Nima qilibdi – rosa ichiribdi. Orada o’zi ham qolishmabdi.
Keyin o’zini uxlaganga solib – tappa qulabdi. Anavilar biroz
vaqvaqlashib o’tirishibdi, keyin shivirshivirlar, cho’lpcho’lplar
chalina boshlabdi Vazgen qulog’iga. Lekin avjida turib ikkisini
gum qilaman, – deb zo’rakasiga yotaveribdi. Shu yotaverganidan
– ishonasizmi – chinakamiga uxlab qolibdi. Tursa – yarim kecha,
hovlida itlar vovvullab, eshik lang ochiq. Yotoqqa kirsa –
xotini dong qotib uxlab yotganmish. Nima qilibdi o’shanda
Vazgen – shappa qo’lini xotining andomiga solibdi – jiqqa
ho’lmish. “O’ldiraman! – deb oshxonaga pichoq olish uchun tashlangan ekan – mast emasmi –
ikki qulab bir dumalagunicha sassiqpopishak xotini ustidan
xatlabdiyu, shu bo’yicha hayotidan g’oyib bo’libdi…
“O’ldirsam
– hozir qamoqda chirib yotardim!” – der edi har ichganida
sho’rlik armani.
41.
Ikkisining
ham o’lib ketganiga o’n beshyigirma yillarcha bo’lib qoldiyo’v!
Maxsum istisno bulardan boshqa do’st ko’rgani yo’q Marlen.
Biroq Maxsum ham do’st emas edida! Quda ham do’st bo’ladimi?!
42.
Chet
elga ketishlaridan uchto’rt yil avval Klara qo’qqisdan Abdumannopdan
ajrashadigan bo’lib qoldi. “Bunaqa lallaygan erning keragi
yo’q menga!” – deb qoldi. “Nimaga qo’l urmasa – eplolmaydi
landavur! Bunisiyam maylikuya, xotinini tuzukkina qoniqtirolmaydigan
er ham ermi – xotinchalish hezalakning o’zginasiku!” – deb
dashnomlar yog’dirdi.
O’shanda
Marlen qizi yo kuyovi bilan pachakilashib o’tirmadi, xonasiga
qamalib rosa uch soat o’tirib qudasiga bir maktub yozdi. Avvaliga
durustroq chiqsin deya, ruschasiga oldi, ammo xat yarimlab
qolgach, qudasi o’rischaga no’noqroq ekanligini tushundida,
endigina qorallaganini – elliginchi yillarda xaridlanganu
chang ichichiga kirib yetgan “Russkouzbekskiy slovarü”ni
olib – o’ziga ko’pam tanish bo’lmagan yozma o’zbekchaga o’gira
boshladi.
“Hurmatli
quda! Xatimning birinchi qatorida ruxsat eting izhor etishga
o’z hurmatimni. Men hamisha hisoblardimki, bizning munosabat
yaxshi qurilgan edi, toki faysalga solingan problemalar barini
buzmadi. Menga qorang, men sizga aytib qo’yay, orada muchuchadek…
(keyin bu so’zni o’chirib ustidan “muchichadek” – deb yozdi)
ikki bola bor. Men qodirman ularni boqib olishga va tarbiya
berishga, lekin bu holatda, aytib qo’yay, siz men bilan gaplashasiz…”
Xat
o’shanda rosa besh bet chiqdi. Oxiriga borib Marlen uni punktmapunkt,
“Slovarü”da aytilishicha banddmaband qilib tashladi,
orachura og’zaki til namunalaridan ham ilashtirib ketdi,
so’ngida esa byuro qarorlariga o’xshash xulosalar bitishni
ham unutmadi. Ertasiga erinmasdan o’zi qudasining hovlisiga
borib bu xatni eshikdan qorasini ko’rsatgan Rahimaopaga topshirib
keldi. So’lagi oqqan bu telba kampirning: “Kiring, quda, otamlashaylik…”
– deyishiga ham qaramasdan burildiyu, uyiga qaytdi…
43.
Yoshlar
o’zicha yarashib ketishdi. “İru xotinning urishi – ho’l
dokaning qurishi” – deganlaridek. Chet elga ham ahil oila
bo’lib chiqib ketishdi. Biroq qudasi o’sha xatni hech qachon
eslagani yo’q. Hatto yoshlar chet elga chiqib ketishayotganida
tayyorada bir noshud styuardessa uxlab yotgan nabirasining
oyog’iga qaynoq demasa issiq suv to’kib yuborgach, bundan
xabardor bo’lgan Marlen “Havo yo’llarining” ustidan turli
yuqori muassasalarga betbet shikoyat yozganida ham avvalgi
maktubni Maxsum yuzga solgani yo’q. Qaytaga rasmiy maqomga
yo’rg’alabyo’rg’alab o’tayotgan o’zbek tiliga ondasonda
sayqal berib turgandek ham bo’ldi.
Va
aksincha, Marlenning o’zi – ayniqsa endi yolg’iz qolganida
– o’sha mash’um xatni tinimsiz eslab, negadir o’zidan o’zi
utanar edi…
44.
O’ylab ko’rsa – ko’p narsalar
xijolatlantirardi endi Marleni. O’shanda qizi erimdan ajrashaman
deb turib olganida – qudasiga maktub bitgani bir gapu, qizini
bir tanishi orqali o’t o’chiruvchilikka kirg’izib qo’ymoqchi
bo’lganini aytmaysizmi! “Bolalaringni o’zing boqib olasan,
qilganing Alyo, nolü bir, eshitaman! – deyish bo’ladi,
lekin ofiöerlik unvoni, oyligi ham tegishli, pensiyasini
aytmaysanmi…” – deb rosa maqtashga tushgan edi, biroq boshqasiga
miyig’ida zaharxanda qilib turgan Klara so’ngisidan chirsillab
ketdi: “Pensiya, govorishü?! Sam
tû na etu govyonnuyu pensiyu mnogo pokupaeshü?!
– Kilogramm myasa v mesyaö!!!” – dediyu, eshikni sharaqlata
yopib chiqib ketdi.
45.
Shu
yerda yuragi negadir sancha boshladi. Bunisi oshqozon og’riganida
ko’krakka tarqaladigan og’riqlardan emas, chinakamiga yurakning
og’rig’i edi. Chol qorniga yotib boqdi – o’tmadi. Chalqanchasiga
uzaldi, qo’lini ko’ksiga qo’yib uqalagandek bo’ldi – baribir
qarigan yurak qizishib, achishtirib og’rir edi. O’zi nafaqaga
chiqqan kunidanoq Marlen xotiniyu, bolachaqasining miyasini
qoqib: İndi bu yog’iga qarib qoldim, bugun bo’lmasa ertaga
o’laman qabilidagi nolishlari ila qo’llariga tutqizgan edi.
Keyinchalik Maxsum bilan ikkisi bir go’r bo’lib qolib ketishgach,
Marlen: “Qorang, tizzalarim shishib ketdiya… Buyag’iga tayyargarchiligiyzdi
ko’rib qo’yavering…” – deya, kun bo’lmasa kunora shikoyatlanganida,
qudasi kulib qo’yardida: “Siz hali mening azamda shamollab
yurmasangiz…” – deb hazillashardi. Mana, hazili ham chin chiqdi.
46.
Lekin
yurak tinimsiz og’rirdi. Negadir allaqanday ezgulik – xuddi
bu so’z ham ezilishni anglatgandek – xotiraga hijolatomuz
hodisalarni to’plar, yurak esa bularning barini kechirib ulgirishga
entikkandek achishardi. O’shanda qizi Klara o’t o’chiruvchilikka
ko’nmay eshikni sharaqlatib yopib ketganida, Marlen ertasiga
o’z kuyovini uyga taklif etgan edi. Miq demaydigan bu yigitni
o’ngiga o’tqazib: “Xotiningizga qarasangiz bo’lmaydimi, sal
qattiqqo’lroq bo’lish kerak, xotin zotini gah desa qo’lga
qo’nadigan qilish lozim, xotin degani qul degani”, – deb rosa
javrayotganida, kuyovi ko’zini ko’tarib: “Dada, bu fikrning
ham quli bo’lmagan tuzuk!” – desa bo’ladimi. Marlen rostini
aytganida o’zining jo’n aqli ila bu
so’zlarning ma’nosiga yetgani yo’qku, lekin miyasida
bir narsa “chiqq” etib, elektr jihozlar tok ortib ketganida
chiyillab yuborishganidek u ham stolga mushtumi bilan taqillatib:
“Kuyov bola, siz mening jahlimnichi chiqarmang…” – deganini
eslab, endi negadir ezilardi chol.
47.
Chol, chol deb o’ylaysanu kishi, chol deganida
ilgarilari soqollari oppoq nuroniy pirlarni aytishardi, endi
esa chol degani ham – na yoshining, na boshining tayini yo’q
– qirqida qanday bo’lsa oltmishuetmishida ham xuddi o’shanday
– qarimagan, balki eskirgan – inson tugul, shaxslar emasmi.
O’zingni chol deyishga ham uyalasan kishi…
48.
Tahorat
ushatmasang, namoz o’qimasang, masjidga chiqmasang… Qidirgan
haqiqating esa kechalari xonangga qamalib Bibisi va yo “Ozodlik”ni
radio to’lqinlarda tutish bo’lsa… Ularning chalachulpa –
o’zingnikiga o’xshagan o’zbekchasidan ham ko’ngling qolib
– birini otinchaga, boshqasini mulla mingan eshakka, uchinchisini
g’o’ddaygan karnayga o’xshatib – eshittirishning yarmida o’chirib
qo’ysangda, lekin ertasiga yana bir narsadan bexabar qolamanmi
deb, yana o’shao’sha radio qulog’ini burasang – shumi yetishgan
kamoloting?
Lekin
Maxsummi kamolotga yetishgani?
49.
U ham soqolini selkillatib
– o’shao’sha dushman ovozlarini o’z xonasida o’z radiosida
tinglab o’tirardi. “Quda, eshitdingizmi, Obidxonqorining
va’zlari hali ham bor ekanda, yo ilgari yozib olishganmikan?”
– “Hada, bularning yarmi yuz taroziga solinib, avvaldan tayyorlangan
narsalar. Odam shunchalik ham sodda bo’ladimi?! Obidqori,
Obidqori deysiz – u yigit o’g’lingiz tengi keladiyu, siz
uni salla qilib boshingizga ko’tarib yurasiz… Yoshingizga
qarasangiz bo’lmaydimi!” – deb koyirdi Marlen qudasini. Qudasi
esa: “Aql yoshda emas, boshda deb o’ylagan edimda” – deb
qo’yaqolardi.
50.
Shunda
Marlen qizishib ketardi: “Nu chto vû, chyort poberi!
Nima keragi bor bunaqa gaplarni… Yoshdaboshda… Armiyada bilasizmi
– ded yestü ded! Xayotda ham xuddi shundoq! A to yoshbosh
vsyakiy…” Bu gaplardan Maxsum ham sapchib ketardida: “Ha,
mana ikkovimiz ham yoshlarimizga qaram bo’lib bir go’r bo’lib
yuribmizu!” SHunda Marlen qo’lini siltardida, o’z xonasiga
kirib ketardi. Ikkiuch kungacha u arazlab Maxsum bilan gaplashmas,
keyin mahallada ubu maraka chiqib qolib – yo’l bo’lishishmi,
moshina topishmi – allaqaysi g’alvalar ustida boyagi oldiqochdi
gaplar unutilar va qudalar yana “Bibisi” va yo “Amerika
ovozi”da eshitganlaridan hangomalashib ketishardi.
51.
Rostdan
ham ilgari chollar boshqacha bo’larkanmi? Qarigach bolaligingni
eslashdan uyalsang kerak deb o’ylardi ilgarilari Marlen, lekin
hanuz ko’zini yumsayoq orada oltmisholtmish besh yil to’g’on
bo’lib yotmagandek. Endigina bozor oldidagi hovlilariga tog’lardan
tushib kelgan qirg’izlar otlarini bog’lashayotganiyu, u –
yosh bola – bularni bozorga olib chiqishi. Darvozadan chiqaverishda,
soy yoqasida Qosimtaqachi – kimga ketmon payvandlagan, kimning
eshagiga taqa qoqqan – ishi avjida, meshlardan o’tlar lovlov
etib purkar, bolg’a esa tinmasdan taqqillar… Lekin endi o’ylab
boqsa – qari degan Sotimtaqachi ham boyagi Obidqorilarning
yoshida ekanmi o’shanda.
Taqachidan
yuqoriroq – kolxoz qurgan elektr stansiyasi. O’zi soydan tarmoqlangan
qirra qirg’oqli kanalcha ham shunga qarab tortilgan. Stanöiyadan
chiqqan suv esa yana sharroslab soyga oqib tushaveradi. Soy
ko’prigidan o’tsangoq – go’ristondan kelayotgan ko’chaning
yonbag’rida – cho’loq Sotimsoatsozning kichkinagina kulbachasi.
Qishlog’u atroflarda neki soat bor bo’lsa – barini uning qadoqli
qo’llari ko’rib chiqqan.
Chollarni eslayotgan
edimi u…
52.
Uyqusizlikdan bosh
og’rigich edi, endi bunisi ham yo’qoldi, umuman, osmon ham
yorisha boshlagan o’xshaydi – alg’ovdalg’ovlik ham xush tetikligiga
almashib bo’lgandek. Ilgarilari o’ninchi lampa shishani tozalab
ichiga puflaganingda bir damga uni hovuringning bug’i
bosib keyin yorisha boshlagandek bir gap – ong shishalari
yana yorisha boshladi. Undan esa o’tkir bir og’riq bu safar
yurakni emas – butun ko’krakni teshib o’tgandek bo’ldi. Maxsum
mana shunaqa payt jon taslim etgan edi.
53.
Marlen
negadir shu on o’z xotinini esladi. Rahmatli Zakiyaning qiziq
bir fe’llari bo’lgich edi. Marlen uni buralab so’kardi, shapaloq
tortib yuborishdan ham toymasdi, biroq o’ylab boqsa – hech
qachon Zakiyaning izmuyo’rig’idan chiqmagan ekan. Tomchilardi
Zakiya: u yog’dan bir tomchi, boshqa yoqqa o’tib yana bir
tomchi, bularni unutdim deganingda tag’in bir tomchi – qarabsanki,
miyang allambalo ishlarga pishib yetgan – o’zim qildim deb
o’ylaysanu – endi tuzukroq fikr yuritsang – bularning bari
Zakiyaning kirdikorlari ekan. Marlenning butun dunyo bilan
munosabatlarini o’rgimchak to’ri qilib o’rab tashlagan ekan
rahmatli xotin. O’rgimchak to’ri ham gapmi – naqd pilla qilib
ajratib qo’ygan ekan dunyodan o’z erini. Shundanmikan Marlenning
Maxsumni qumsayotgani?
54.
Badaniga
o’ralib qolgan oppoq choyshabdan xalos bo’lishga urinib Marlen
boshini yotoq qirrasiga urib oldi. Terlab ketgan ekanmi, yo
qonadimi boshi, tonggi nimshabda kaftidagi yanchilgan tomchi
chizig’i uning ko’ziga ilinmadi. Butun umr – ertaga aqlliroq
bo’laman, ertaga bir narsaga yetishaman deb yashaysan kishi,
lekin hayot davom etaversada – badan qarir ekanu, uning ichidagi
emas – ketidagi ruh esa o’shao’sha – ko’z yummasdan uch yoshingda
qanday bo’lsa, yetmish uch yoshingda ham xuddi o’shanday qarab
turaverar ekan. Nimani kuzatar ekan bu ruh? Kuchanishu chiranishlaringnimi?
Yolg’onlaringu ro’yolaringnimi? Gunohlaringu zaifligingnimi?
Mana, qo’yningdaman, sen bilan birman, – deydiyu, laqqillatib,
aldab yuraveradi. Uch yoshingda
xarsang tosh ustida qanday elitgan bo’lsa, yetmish
uch yoshingda ham bedorman deb xushingni o’g’irlaydi…
55.
Jiddiylik
yo’qolib ketgandek bu hayotdan. Bari – yasama, erish, soxta
go’yo. Xumkalla chollarning yuzida tuki yo’q, Maxsumning oldiga
kelgan yoshlar esa ketmon soqol qo’yib – yuzini bir parcha
qilib yurishibdi. Maxsumning janozasini ham shular boshqarishdi:
mahallaga – unday qiling, bunday qiling deb yo’riq berib turishdi.
Chol deganlari esa – bir poda bo’lib bir avtobusga kirishdi,
bir mozor boshida g’oz qator bo’lib yurishdi, bir – oshga
kelib, navbatda turishdi. Dunyo o’qidan chiqib ketdimi?
56.
Anavi
kuni poliklinikadan chiqib yonginasidagi – yangi o’zbekchada
“Sochtarashxona” deb yozilgan sartaroshxonaga kirganida u
yerdagi yosh bola kursiga qo’li bilan taklif etib, keyin:
“Nu chto, starik, kak tebya strichü budem!” desa bo’ladimi.
“Bolam, o’zbeksmisan?” – deb so’rasa, – “Xe, nimaydi?!” –
deydi. Bu qadar odobsizligi uchun so’kay desa – zumrashaning
qo’lida ustara, indamay desa – yuragi g’azabdan halqumiga
tiqilgan.
Ustaraning
boshga birinchi tegishidanoq – qon tirqirab oqib ketgan edi.
Hozir ham yotoq qirrasi o’sha yarani pachoqlab yubordimikan?
57.
Hech kimi qolmadi dunyoda Marlenning. Maxsum
o’tgach so’qqabosh bo’lib qoldi yana. Tushiga esa bir kuni
otasi kiribdi. “Bolam Saidasror, Turkiyaga bir kelmaysanmi?
– dermish. – Bu yerning dengiz havosi shunday musaffoki –
yuz yil yashasang ham yosharib yuraverasan! Kelsang masjidlaridan
nisholda olib kelardim…” Marlen esa o’zining yetmish uch yoshligidanmi,
yo yetmish uch yosh bo’laturib yana bolalik holatiga qaytganidanmi,
yo bularning bari alg’ov ro’yoligini anglaganidanmi – yig’lamoqchi
bo’larmishu, ko’zidan hech yoshi oqmasmish…
58.
Uyg’onib
uzoq o’ylab yotdi bu tushini. Otasi tirik ekanmikan hanuz?
Uning manzilini bilgan Solixonto’ra ham o’tib ketdi. Qaerdan
topadi uni? Topganida ham qaysi bitiga boradi Turkiyaga? Pulini
to’g’irlaganida ham nima deb boradi otasining oldiga? Maxsumning
hajga borish armonidan bo’ldiku bunisi! Maxsum ham rosa intildi
– masjidini to’g’irlaganida – puli bo’lmadi, pulini yig’ibterib,
qarzparz qilib rostlaganida, masjid uni qora otliqqa chiqarib
qo’ydi. Yana qaytardi boyagi ustomon yoshlarga pullarni beiloj
Maxsum.
59.
Bolalari
chet elga chiqib ketishayotganida bularga qafasda ikkita mitti
qushchasini tashlab ketishgan edi. Biri – qizg’ish, biri –
sarig’. Bular tor qafasda biribirini quvlab qolar, tumshuqlarini
yirgancha birbirini qo’rqitar, ayniqsa qizg’ishi sarig’iga
kun bermas, qaysi qo’nalg’aga o’tirsa – ketidan pirr etib
xuddi o’sha cho’pga qo’nar va sherigini haydar edi. Boshqa
payt quvg’inlik joniga tekkan sarig’i patlarini xurpaytirib,
tumshug’ini cho’pga qayraganicha qizg’ishga qarshi hamla qilardi
va to qornini to’ydirib olmas ekan – qizg’ishini oxurchaga
qo’ymasdi.
Ondasonda
ikki chol xonada derazayu eshiklarni tambalab bu ikki qushchani
qafasdan chiqarib yuborar, uchishga uquvi yo’q bu ikki qushcha
qafasning tashqarisida birbiriga yopishib har sharpadan xayiqishar,
keyin ulkan tuvakdagi karamgullardan biriga qo’nib uning barglari
ostida o’zlarini panalashar edi. Ana o’sha yerda ham qizg’ishi
votikutilik qilib sarig’ining ketidan qolmas: “Uchmaysanmi!”
– deya bechorani xona pardalariga quvlar, o’zi esa yaproqlar
orasida pismiqqina o’tirib sherigining tipirchilagan parvozini
kuzatardi.
Keyin
bularning ikkisi til topishib deraza ortida uchib yurgan ulkan
qushlarga qarab o’tirishar va gohnogoh dumlarini likkilatib
allaqaysi osmonlarga intilgandek bo’lishardi. Bularga mahliyo
Marlenning esiga qaydan ham bolaligi tushib, bexosdan: “Tog’dagi
tashaqqa butini yirib o’tirishar ekanda!” – deb yuborganiyu,
bundan Maxsum: “Astag’furillo!” deya, hiqichoq tutib tinimsiz
bir soatcha kulganini aytmaysizmi.
İndi
o’ylasa – o’zlari ham o’sha ikki qushchadek ekan bu dunyoda…
60.
Sayroqi
qushlarning bari tishi bo’lar ekan, boyagilarning ikkisi ham
erkak edi. Nima bo’ldiyu – bulardan sarig’i bir kun cho’zilib
qoldi. O’ziga qaraganida qushcha boshqa ekanu, yotib qolsa
– boshqa. Jo’jadek – bo’yniyu oyoqchalari ochilib qoldi bu
bechoraning. Ko’zlariga ham parda tortilib zo’rbazo’r nafas
ola emas, bera boshladi u. Maxsum uni kaftiga qo’yib silay
boshladi, badanlarini uqaladi, suv berib ko’rdi, lekin bularning
birontasi yordam bergani yo’q, kechga borib qushchaning joni
uzildi.
Avvaliga
qizg’ishi qizishib – o’ziga qolgan qafasda hakalak otib qo’nalg’adan
qo’nalg’aga sakrab yurdi, biroq yuragi bir narsani sezdimi,
qafasning simlariga qo’nib boshini bir u yoqqa, bir bu yoqqa
qayrib har tomondan o’rtog’ini qidirgandek bo’ldi. Odatda
soat olti bo’lmasidan xurpayib uxlab qoladigan bu jonivor
yarim tungacha tingani yo’q.
İrtalab
bular uyg’onishganida u allaqachon qafasga biriktirilgan oxurchadan
donlarini sochib tashlagan, jajji paqirchadagi suvni esa ostidagi
qumga to’kib bo’lgan edi.
Odamlarku histuyg’ularini berkitisha olarkan, lekin
jimjiloqdek bu jonzotning tipirchilab qolishini kuzatish og’ir
ekan.
61.
Uzoq
yashagani yo’q yolg’izlikda qizg’ishvoy. Buku – tirik bir
jon ekan, Marlenning yoshligida qaynotasi o’z qiziyu kuyoviga
bir xil soat olib bergan edi – juft bo’lib taqib yuringlar
deya. Bir balo bo’ldiyu Zakiya o’z soatini yo’qotib qo’ydi.
Yo’qotgan kuniyoq Marlening qo’lidagi soati ham taqqa to’xtadi!
SHahar tugul qishloqdagi Sotimsoatgacha ko’rsatib chiqdi
– hech kim tuzata olgani yo’q. YUrishi kerak – deyishadiyu,
soat koshki bir qadam qo’ysa… Ana qizg’ishvoyni ham ikki chol
– qo’niqo’shnidan uyalib yarim kechada domning orqasidagi
yalanglikning chekasidagi teraklarning tagiga – sarig’ o’rtog’ining
yoniga ko’mib kelishdi…
62.
Maxsumni
berib qo’yganida Marlen ham o’zini shu qushcha yang’lig’ tuydi.
Odamlar o’ngida bildirgani yo’qku, ammo bir o’zi qolgach
– rosa yig’ladi, ho’ngrabho’ngrab yig’ladi, to’kilibto’kilib
yig’ladi. YUraklari ham xuddi boyagi yolg’iz qush kabi talpindi.
Hamisha soqchidek ketida kuzatib yurgan boyagi tebranmas ruh
esa: “Yo’q, sen Maxsumdan ayrilganingdan emas, o’zing yolg’iz
qolganingga yig’layapsan…” – deb turdi. Shuncha ham armon
sig’ar ekanmi qushchadek bir yurakka…
63.
………………………………………………………………………………………………………….
64.
Qo’shnilardan
birinikida radio qo’yildi. Tong ham otibdi. Yostig’idagi jigarrang
qon izlari chalindi Marlen ko’ziga. Maxsum so’nggi oylari
qarilik bekorchiligidan bir kitob yozishga kirishgan edi.
“Nima to’g’risida?” – deb so’raganida Marlen, – “Tariximiz”
– deb qo’ya qolgan edi u. “Da brosüte vû! Siz nima
– tarixchimi? Obrazovanieyz yo’qku!” – deb pachakilashgan
edi o’shanda Marlen. Endi bilsa – ezmalikdan emas, ehtiyojdan
kirishgan ekan o’sha ishga Maxsum. Endi bilsa hamma tarixchi
bo’larkanu, lekin atrofiyu o’tmishiga qarashdan cho’chirmi,
bosh tortar ekan.
Qaerda
yotgan ekan Maxsumning qing’irqiyshiq yozuvida qoralangan
oltmishmietmish sahifa? Nimalarni yozgan ekan u?
65.
Kaltakalta
o’ylarga ham nafas yetayotgani yo’q. Ko’kragi siqildi Marlenning.
Biram siqildiey! Yoshligida Suvorov maktabining tomiga chiqib
yolg’izlikda kun botishini kuzatgan edi… Bir kunmas bir kun
o’z moshinamda ochiq dalaga chiqamanu butun dunyoda bir o’zim
kun botishini kuzataman deb ko’ngliga tugib qo’ygan edi o’shanda…
Afsuski, ilojimi, fursati yetmadi…
66.
Yana
bir tuni o’tdi bu dunyoda… Nimalarni o’ylayotgan edi o’zi…
Alg’ovdalg’ov fikrlar, manzaralar, odamlar… Turay desa boradigan
yeriyu bironbir kimsasi yo’q. Yo madori qolmadimikan? Bir
o’ziga qolib ketmasin ekan odam… Suvorov maktabiga yuborilganida
bularning barini bir xonaga kirg’azishdiyu u yerda kim qaysi
sallachoponu, po’stinuchoriqda kelgan bo’lishidan qattiy
nazar – hammasini yechintirib yagona formaga tiqishdi. O’shanda
Saidasror birdaniga o’zini yo’qotib qo’ygan edi: kimman men
o’zi, qaysi biriman bulardan – deb tipirchilab qoluvdi. Lekin
mo’rumalahdek, qurtuqumursqadek aralashquralash bo’lib
yurishning zavqini, baxtini mana endi ilk bor astoydil sezmoqda
Marlen. Shundanmikan Maxsumning ham boyagi qalang’iqasang’i
soqollarga o’ralishib qolishi…
Qaerda ekan Maxsum undan hargiz so’rab olay desa…
67.
Bugun
yakshanba bo’lsa kerak. Kir yuviladigan kun. Uchto’rt haftadan
beri burchakda bir bo’g’cha bo’lib qalashib yotibdi. Tomorqadagi
gullari ham qaqrab qolgandir. Necha kun bo’ldi ekan – qaragani
yo’q. Bularning ustidan ham doimo Maxsum bilan tortishib yurishardi:
“Qo’lingiz bilan butalamang bularni, qaychi, jilla qursa pichoqda
kesish kerak. Ana, burchakdagi gulni o’tgan yili kallaklab
tashlagan ekansiz, haligacha ham o’ziga kelgani yo’q…” – “Gazetada
o’quvdimda…” – “Gazetada rost gap yozisharkanmi…” – “Ha
o’zingiz boshdan oyoq o’qib o’tirasizku…” – “Nu i chto? Malo
li nima qilaman… Chyortte chto!”
68.
O’zi
tortishadigan narsaning o’zi yo’q ekanku bu dunyoda… İsizgina
hayoti… İsizgina hayotlar… Bir kuni Maxsumning SHayx
Sa’diydan o’qigani esga tushdi: “Xo’tikcha yo’qolgan dumini
qidirib ikki qulog’idan ajrab kelibdi…” Bu so’zlarning ketida
ham rosa bahslashishgan edi ikkisi. Endi qarasa bu so’zlar
ana o’sha bahslarning o’zginasi haqida ekanku… Butun adash
umrlari haqida ekan…
69.
Yaxshiyamki
tirik jon qolgani yo’q uning atrofida. Yaxshiyamki bog’lanadigan
rishta tugul, uning – bir paytlar otasimi yo starshinasi etmish:
“to’ng’izga o’xshab yotgan” bu holatiga boqadigan nazarning
o’zi yo’q. Armonu niyat, qo’rqinchu uyatlarning barini charchoq
yengar ekan. Charchadi baridan u, zerikdi. Majolsizlanib xalos
bo’ldi… YUrakka qo’shilib bosh ham og’ridi, lekin buning ham
qizig’i qolgani yo’q. Ozgina sukut bo’lsa xolos…
70.
…
71.
Uyqusi
elitmoqchimi bemahal… Jadvallangan kunga nima bo’ladi endi…
72.
Ko’zi
bir zumga ilinganmishu nim uyqu, nim o’ngida ko’kragi shu
qadar siqilganidan chirs etib qovurg’alari sinibdiyu, ko’krak
qafasidan xalos bo’lgan qizg’ishgina yurak qushchasi potirlab
uchib chiqibdida, bu bo’shliqdan hayron qolgan Saidasror
ko’zi o’ngida tomorqadagi yalanglik chekasida qizg’ish kunbotishda
qad ko’targan terakka borib qo’nibdi… “Bihishtning eshigida
bir tup daraxt bor, o’zi zafardek, bargi za’farondek…”
Saidasrorning
esini esa bolaligidagi bir ajib hayrat chulg’abdi: Hey, terakda
o’tirgan tirik qushcha, sen qancha intilmagin, qancha talpinmagin,
baribir xayolimdagi oshyonga kirib borolmaysan, sen – ayri,
men – ayri…
73.
Qo’shnilarnikidagi
radiodan esa tobora kun qizig’i ila uyg’unlashib borayotgan
nag’ma:
Kel ey
Mashrab, agar oshiq erursan bo’lmagil g’ofil,
Bu
g’aflat uyqusidan ey yoronlar uyg’onib bo’lmas…
26.05.2002
Ruschadan
Abdulhamid Ismoil tarjimasi
|