index page

Hamdam Zakirov's Literature Archive (in russian)


FerLibr

главная   |   на сайте   


главная
на сайте

S. SHARQIEV, H. ISMAILOV:
U'zbek ongi chizgilari / Очерки узбекского сознания
(Til, adabiyot, falsafa / Язык, литература, философия)

Hamid Ismoil

Oh mening u'zbaki yuragim
va yo
Shu'ro she'riyati sharoitida milliy ong


1911 yilda otalari Mahmudxu'ja hajga ketganlarida tug'ilgan Hojiya-buvim, keyinchalik peshonashu'r zamonlarda novvoychilik qilar ekanlar, biz bolalar xamir qorayotgan payt, shol bu'layozgan oyoqlarini uqalab: Bu safar xamirturushi yaxshi, xamiri ham rosa pishib yetishadi, ana endi uzgan noning tandir og'ziga sig'maydi ! - deb qu'yardilar.
Bu kichik tadqiqot ham uzilgan non emas, xamirturushning bir nav'idan. Tekshirishning adabiy tarixiga kelsak, 1990 yilning kuzi Olmoniyaning Bamberg dorilfununida U'rta Osiyo xususidaggi Ovrupa tadqiqotchilarining tu'rtinchi anjumani bu'lib u'tgan edi. Ana shu yig'ilishga tayyorlanar ekanman, Olmoniya emasmi, xayolimda nuqul Henrih Haynening: Agar olam ikkiga bu'linsa - darzi shoirning yuragidan u'tajak! - degan su'zlari girgitton edi. Bu su'zlar bois - u'zbek shu'rli shu'ro she'riyatining u'n yillik peshqadamlari, sardor va yo yalovbardorlarining u'sha darz ketgan yuraklarini tekshira boshladim. Shunda she'riyatimizning u'ziga xos kardiogrammasi namoyon bu'la boshladi menga.
Maqolaga u'tishimdan avval yana bir qancha ogohlar. Xamirturush deganining achitqi, bu'zalatqi xosiyatlari bor, mening maqsadim mast qilish yoki humor yozish emas, ushoqchalik bu'lsa-da ma'naviy ozuqa tayyorlash.
Shoirlarimizning Kungul, Yurak, Qalblarini tekshirganimda qu'l ostimda Ovrupa ilmiy jihozlari. Zotan, men aytadigan narsalarni ta'bir joiz bu'lsa, tomir ushlab ham aytish mumkindir, lekin uzrim - boyagi anjuman...

Qisqasi asosiy tekshiruvchi jihoz sifatida Roman Yakobsonning muloqot chizgisini ishlatdim. Mana u:

ma'no-mazmun

su'zlovchi -------------- xabar --------------tinglovchi
|
aloqa
|
lafz

Ya'ni su'zlovchining xabari tinglovchiga yetib tushunarli bu'lishi uchun bu xabar qaysidir ma'nogo ega bu'lishi, bu bilan bir qatorda muayan aloqa vositalari orqali (ovoz, telefon, xat va hok.) yetkazilishi, hamda aniq bir kalit yo lafzga ega bu'lishi kerak (men, masalan, hind lafzida, siz esa soqovlar tilida gaplashar ekans, turgan gapki, biz bir-birimizni tushunmaymiz).
Bu unsurlarning har biri tilning tayin vazifasini u'taydi. Deylik, agar su'zlovchi xabarni u'z-u'zi xususida aytsa, bu tilning emotiv (hissiy) vazifasini anglatadi, agarchi xabarning ma'no vazifasi ustivor bu'lsa, bu - tilning kognitiv (bilim) vazifasiga mutanosibdir.
Xabar faqat aloqani yangilash uchun aytilsa (esonmisiz-omonmisiz, shukr, bola-chaqa, qozon-tovoq, echki-buzoq tuzukmi? qabilida), bu tilning fatik (urfiy) vazifasidir. Tinglovchiga taqalgan xabar - undov, lafzni bu'rttirgani esa - tilning belgilovchi unsuridir.
Nixoyat, xabar u'z-u'zini tuyib, u'z-u'ziga tu'ysa, bu - tilning she'riy ku'rinishi, deydi Roman Yakobson. Demak, tilning ku'rinishlari bunday suratni tashkil etishadi:

ilmiy
|
hissiy -------- she'riy --------- undov
|
urfiy
|
belgilovchi

Muloqot paytida su'zlovchi va tinnglovchi orasidagi bu unsurlarning unisi yo bunisi ustivor bu'lishi turgan gap. Lekin gapning pu'sti-kallasi - ana u'sha ustivor, bu'rtgan unsurdadir. Deylik, biz muloqotimizni u'sha: esonmisiz-omonmisiz bilanoq chegaralb qu'yishimiz mumkin, va yo men: bunday qilmaylik! - deb sizni muloqotni davom ettirishga undashim mumkin, su'ng esa butun bor hissiyotimni ishga solib, ilmiy asosda sizlarga quyidagi xabarlarni yetkazishga urinishim mumkin.

Umuman bularning bari - fan inkishof va e'tirof etgan qaydlar. Men ilova qilmoqchi bu'lgan narsa - Yakobsonning chizgisini yana bir pog'ona yuuoriga kutarib, uning umumlashtiruvchi kuchini bir necha karra oshiradigan qu'shimchadir.
Zotan, inson ongi - dialogik, yo muloqotlidir. Hatto Alloh, kitoblarga qaraganda, olamni va odamni Kun! degan su'z bilan hayotga uyg'otgan. Garchi Yakobsonning yuqoridagi chizgisiga tinglovchining u'rniga su'zlovchini u'zini qu'yadigan bu'lsak, demakki muloqotni insonning ichki dunyosiga ku'chirsak, shunda biz inson ongining chizgisiga ega bu'lamiz.

Misol tariqasida, boshqa bir joyda men Alisher Navoiyning Xamsasi nima uchun besh dostondan iborat degan muammoni tekshirib, unda inson ongining 5 ku'rinishi va yo 5 unsuri: Haqiqat, Ezgulik, Gu'zallik, Saodat va Adolat g'oyalari (odamzod tarixida ularga mutanosib fanlar: Falsafa, Etika, Estetika, Politekonomiya va Politologiyalar ham insoniyat taraqqiyotida birin-ketin namoyon bu'lgan), yoki boshqa ta'bir bilan aytganda Ezgulik va Adolatga yu'g'rilgan shariat, Gu'zallik vaslini va'dalovchi Tariqat, Saodatga boshlovchi Ma'rifat, va insoni komilda mujassam bu'luvchi hamda aks topuvchi oliymaqom Haqiqat mavjudligini ku'rsatgan edim. Xulosa qilib aytganda, inson ongining tarixiy taraqqiyoti tasavvuf yu'llari kabi Xamsaga mutanosib, uning tuzilishi esa yuqoridagi chizgilarga chog'dosh.
Mana endi bu asoslarga tayanib, bevosita tekshiruvni boshlasak ham bu'ladi.

20-nchi yillar. Chu'lpon. Ku'ngul

Ku'ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla du'stlashding?
na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og'ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmu?
Kishanlar parchalanmasmu?
Qilichlar endi sinmasmu?

Tiriksan, u'lmagansan,
Senda odam,senda insonsen,
kishan kiyma, bu'yin egma,
Ki sen ham hur tug'ulg'onsen!
Toshkent, 1922

Chu'lpon - Fitrat, Hamzalar bilan u'zbek she'riyatining tub uslubini u'zgartirgan shoirlardan ekan, bu she'rini klassik g'azal qolipi bilan solishtirish ku'p maroqli va samaralidir. She'rning jaydari mazmuni: Ku'ngul, nega sen qulsan? Bu hol abadiymi? Yu'q, sen tiriksan, hur tu?ulgansan, demak hur bu'l! - degan gap.
U'zbek klassik g'azali ikki ma'no qutbi: men - oshiq, va sen - ma'shuqa, Yor, hamda ular orasidagi munosabat - ishq, hajr, visoldan tashkil topsa, Chu'lponda sen u'rnini ku'ngul, ishq u'rnini esa erk, hurlik egallagan. Men va sen ayriligining boisi odatdagi ishq hajri emas, erk hajridir. Ku'ngul bunda mendan ayrilgan, hurlik esa - ku'nguldan. Bu - ma'no qatlami.

Xususan she'riy qatlam va yoki uning tarkibidagi vazn, turoq, qofiya, tovush u'yinlari - tajnis san'ati tekshirilsa, qiziq bir hodisa ayon bu'ladi. Bir qarashdan bu she'r g'azal yu'lida yozilgan. Uning vazni - aruziy, lekin misralar ikkiga bu'linib, ularning joylashuvi yangi she'riy yu'lga mos. Bu yu'lda hattoki su'z qismining satrdan satrga vazn nuqtai nazaridan notu'kis ku'chirilishi:

Tiriksan, u'lmag'onsan sen-
da odam, sen-da insonsan


va yo klassik g'azaldagidek kabi kini boshqa satrga ayri ku'chirish mumkin. 1azaldan farqli u'laroq bu she'rninig qofiyasi ham yakqofiya emas. Bunda qofiyalarning ma'lum tartibi ham yu'q:

a - b - v - b g - d - d - d (e) - ye - (a) - ye.

Chu'lponga xos alomat: u su'zlarni tu'laqon turkona, ya'ni yuklamalar yordamida qofiyalanadi: du'st-lash-di-ng - sust-lash-di-ng, ket-mas-mu - sin-mas-mu.
Tovush qatorini ku'zdan kechirar ekanmiz, she'rdagi ur'yondek uvvilovchi U uni bilan alamdek ochiq va faqat bu'lishsiz yuklamalarda adashgan A harfi u'rtasidagi munosabatlarni ku'rmasdan iloj yu'q. Nihoyat bemurosa egma! va u'kiruvchi hur su'zida bu'lsa-da erk u'z u'rnini topadi.
Chu'lponda she'rning hech bir unsuri bekorchi, behuda emas. Kichik bir misol: savollarning eng yopishqog'i: kishanlar parchalanmasmu? ning hijja bu'linishi 3+5, bu degani su'zlarning u'zi kishanlardek ajratib bu'lmas. Oxirgi satr: ki sen ham hur tug'ulg'onsen esa 1+1+1+1+3, ya'ni bunda su'zlar ham parchalanib ketadi!
Endi ikki og'iz bu she'rning leksik va yo su'z qatlami xususida. Diqqatga sazovori - otlarning martabaligi, ular mayda-chuyda emas, balki: ku'ngul, kishan, faryod, dod, haqorat, dil, qilich, odam, inson va hok. She'rdagi fe'llarning aksariyati yo su'roq, yo inkor shaklidadir, sifatlarga esa deyarli u'rin yu'q. Mavjud sifatlar esa u'z yu'lida yagona: tirik, hur.
Jumlalarda su'z tartibi avvaliga, birinchi va ikkinchi bandda borliq e'tirof etilar ekan, - benuqson, lekin uchinchi tu'rtlikda borliq tartibi u'zgarishi darkor ekan, - su'z tartibi ham g'ayriqoidaviydir.
Chu'lponga xos yana bir belgi: jumla va satr u'zbek she'riyati uchun odat bu'lib qolganidek ku'p holda bir-biriga teng emas va balki su'zning jumladan ustunligi quyma ibora va quyma jumlalarning deyarli yu'qolishiga olib keladi. Su'zlarning bir-biri bilan bog'lanishi an'ana va yo urfdan uzoqdir.
YUqoridagi chizgilarga tayanib bu she'rni muloqot sifatida ku'rib chiqsak, quyidagi chizma hosil bu'ladi:

erk
|
men ----------------- ayriliq --------------- ku'ngul
|
0
|
sen hur insonsan
ki menga tengsan

Mana endi hayotdan uzoqdek bu kuzatuvlarni jamlab, u'zbek milliy ongining u'sha davrdagi ba'zi bir ku'rinishlari va yo urinishlari haqida xulosa chiqara olamizmi? Ehtimol.
Bu ong an'anadan shaklan hali uzilmagan bu'lsa-da, lekin an'anaviy qoliplarni ancha u'zgartirgan, olamni, eski su'z tu'rlariga ishonmasdan, qaytadan idrok etayotgan ong. Uning shaxsiyatga moyilligi, urfiy ku'plikdan, taqlidchilikdan xoliligi aniq. Bu ong erkdan ayri ekan - hurriyat ishqining mubtalosidir. Uni aniq javoblar emas, tinmas savollar, gumonlar u'rtaydi, qiynaydi. Da'vat qilsa-da u birinchi navbatda u'ziga da'vat etadi, undaydi. U mavjud tartibni buzmoqchi, u'zgartirmoqchi, lekin ku'ngul uchun ku'krak qafasi ham himoya, ham zindon bu'lganidek, shakl bu ong uchun arosat kabidir.

30-nchi yillar. Usmon Nosir. Yurak

Yurak,sensan mening sozim,
Tilimni nayga ju'r etding
Ku'zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ku'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan,
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan

Sen, ey, sen u'ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
Tu'lib qayna, toshib u'yna,
Tirikman, kuyla boringni.

Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bu'lsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom u'lsam!..
Samarqand ,1933

SHubhasiz bu she'r Chu'lponga javobdir. Bu she'r ham yurakka bu'lgan murojat. Lekin Chu'lponning Ku'ngli - kishanlar birla du'stlashgan va hurlik qumsagan dil bu'lsa, Usmon Nosirning Yuragi - soz, sozning tinimsiz va u'zgaruvchan kuyidir. Mana bu yurakning ku'rininshlari: sozim - ishqibozim - sevinch bulog'i - u'ynoqi dilbar - chaqmoq, ya'ni ham ijro etuvchi, ham tinglovchi, ham oshiq, ham ma'shuq, ham suv, ham u't.
She'riy xabarning chizgisi quyidagi shaklga ega:

ma'no-mazmun
(u'zgaruvchan)
|
men ------------------- murojat ----------------- yurak
(u'zgaruvchan)                                                                     (u'zgaruvchan)
|
aloqa
(u'zgaruvchan)
|
lafz
(u'zgaruvchan)

Men va yurak u'rtasidagi munosabat obid va ma'bud qabilidagi munosabat ekan, chizmadagi barcha unsurlarning u'zgaruvchanligi men va yurakning - murojat yoki she'rning u'z-u'zligi foydasiga - yu'q bu'lishiga olib keladi. Holbuki, axborotning xudnamoligi, xudkifoyaligi - uning she'riy ku'rinishi demakdir, ya'ni bu xabarning unsurlari eng kuchli va eng asosiysi - she'riy unsurdir.
Ushbu she'rning mantiqini chiqaradigan bu'lsak, Chu'lponga qiyosan yurak bunda - soz (qu'pol qilib aytganda - asbobga aylangan) va uning qayta inson bilan birlashishi faqat u'tli u'lim orqali mumkindir. SHe'rning mantiqini yanada aniqroq anglash uchun Yurakning va Chu'lpon Ku'nglining oxirgi tu'rtliklarini solishtirishning u'zi yetarli: Chu'lpon - bu'yin egma! - degan joyda, Usmon - itoat et! - deydi, Chu'lpon - sen-da inson odam, sen-da insonsan deya uyaltirgan yerda Usmon - agar sendan Vatan rozi emas bu'lsa deb ogohlantiradi, Chu'lpon - sen ham hur tug'ulg'onsen desa, Usmon - mayli, tamom u'lsam deb tugatadi.
Ammo bu yerda juda ziyrak bu'lish kerak. Umuman, gapda su'zlarning tartibi qoidaviy bu'lgan Usmon Nosirning bu she'rida birdaniga g'aliz darajadagi jumla agar sendan Vatan rozi emas bu'lsa (agar Vatan sendan rozi bu'lmasa u'rniga) - itoatkorlikning ham teskariligiga ishora emasmi? Chunki Chu'lponning parchalangan kishanlari kabi bu she'rda ham itoatkor yurak parcha-parcha bu'lib, chaqinlardek yorilishga mahkum emasmi?! Hur tug'ilgan narsa hur u'lmog'i shart.
Yurak Chu'lponga javobligini tasdiqlovchi yana bir belgi - she'rning aruziy vazni - hazaj. Lekin bandlarga bu'linish Chu'lponning Ku'nglidagidek - yang yu'lda. She'rning tovush u'yinlari nihoyatda boy va yangi ma'nolar kasb etadi (masalan ti - to - ta - tu' - to - tu' va hok. u'ynoqi yurakning zarbidek bu'g'inlar tamom su'zida tugashidek!). Usmon Nosirning qofiyalari ham murakkablasha boshlaydi: qirg'oqdan - qilmoqdan, bu'lsa - u'lsam.
SHe'rning gap qatlamida ham gap ku'p. Su'zlar orasida eng ku'pi - otlar. Otlarning aksariyati esa: yurak, til, ku'z, ku'krak, sevinch, dilbar, va ikkinchi tarafdan: soz, nay, oy, qirg'oq, yer, Vatan, chaqmoq.
Fe'l turkumiga taaluqli su'zlar tarkibida, Chu'lponga xos su'roq va inkor fe'llari Usmon Nosirda deyarli yu'qoladi, undov esa ku'payadi. Fe'llarning zamon alomatlari ham tartiblanadi: u'tgan zamondan hozir va shartli kelajak sari, kelajak esa - u'lim.
She'r satri va jumla deyarli tenglashadi, quyma iboralar soni ku'payadi. Asosiy she'riy san'at Yurakda istioradir, ya'ni boshqacha qilib aytganda bir narsani ku'rsatib - boshqa bir narsaga ishora qilish san'ati.

Hamid Olimjon. Har yurakning bir bahori bor

Muhabbat-ul u'zi eski narsa,
Lekin har bir yurak
Oni yong'orta...
                 Hodi Toqtosh

Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga
ishq bu'lar mehmon.
Har yurakda gullar muhabbat,
Bu'ston etar uni begumon.

Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir shirin baxtini
Poymol etgan u qopqora tun.
1936

Agar avvalgi she'rda junbush yurakdan tashqariga intilgan bu'lsa, bu she'rda, aksincha, dunyo, ishq yurakka mehmon bu'lib keladi. She'rning umumlashtirilgan mantiqi: har yurakda muhabbat bor, lekin bizga uning zulmati yotdir degan fikrdir. Bu mantiq - she'riy mantiq, ya'ni jiddiy mantiq nuqtai nazaridan har yurakning gullab, muhabbat bu'stoniga aylanishi hamda Layli boshiga kelgan qora kunlarning yotligi sabab-natija munosabatlaridan xolidir.
Ikki avvalgi she'rga nisbatan yana bir u'zgarish - bu men va sen qutblarining umumlashganidir. Men u'rnida H.Olimjon she'ri bizni tasdiqlaydi, shaxsiy Yurak yo Ku'ngul u'rnida esa har yurak paydo bu'ladi. Undan tashqari Xodi Tu'qtosh obrusiga ishora ham ramziydir. Umuman, belgilovchi, ramziy nomlar ila qurollanish va ayniqsa u'zini ayollar bilan birlashtirish (Layli, Shirin) e'tiborga molikdir.
SHe'rning vazni xalqchil barmoqning sodda tu'qqizlik turkumidandir. Avvaliga rang-barang, ikkinchi bandda u bir tomondan u'ta muntazam: 2+2+2. Tovushlar musiqasi juda boy, bu boylik asosan natijada bizga aylanuvchi bat-, bir, bor, bu'l, beg- va boshqa nog'oratovush bu'g'inlar yordamida maydonga keladi. She'rining qofiyasi esa ancha an'anaviy.
Gap qatlamini kuzatsak, fe'l turkumiga qarashli su'zlar kamayishini va lekin sifatlar nisbatan orta boshlashini ku'ramiz. Jumlalarning aksariyati - darak gaplar. Gaplardagi su'z tartibining ku'zga tashlanadigan xususiyatlaridan biri: tu'g'ri tartibdagi gaplar bandning su'ngida teskariga aylanishi. Bunda allanechuk qazo qu'li bordek: avvaliga jumlaning pu'sti kallasi - bizga yotdir, keyin esa bu yot narsaning pochalari - Shirin baxtini poymol etgan u qop-qora tun. Holbuki, u'zbek tilining tabiiy qoidalari nuqtai nazaridan bu gapning su'z tartibi bunday bu'lishi lozim: shirin baxtini poymol etgan qora tun bizga yotdir.
Umuman, jumla qurilishini oladigan bu'lsak, jumlalar: kimning nimasi? kimga - nima? kimda - nima? kimga - nima? qabilida tuzilgan.
Bu she'riy muloqotning tizmasi quyidagidek:

ma'no-mazmun qatlami
an'anaga zid ishq
|
biz ----------|---------- biz
|
aloqa unsuri
har yurak
|
lafziy qatlam
sohta mantiq

Bu xabarning asosiy unsuri - lafziy qatlamda, ya'ni lafziy qatlam, ayni bir hodisani boshqa atama yordamida atash bu yerda va bu she'rda ustivordir.

Xu'sh, endi bu muxtasar tekshiruvlar asosida 30-nchi yillardagi u'zbek she'riyatida milliy ong u'zgarishini e'tirof eta olamizmi? Mana bizning talqin-ta'birimiz.
U'zbek she'riyati gu'yo ertaklardagi qahramonlar kabi ikki ayri yu'lga yu'lliqqandek: u'ngga yursang u'lasan, chapga yursang chiqasan!
Bir tomondan ong u'zgarishlariga qiziqib, olovda mayni ku'rgan nazardek mast bu'ladi, ikkinchi tomondan esa bora-bora uning qonun-qoidaga moyilligi kuchayadi. Gumonu-savollar u'rnini tasdiqu-daraklar egalla boshlaydi, shaxsiyatni bu ongdan asta-sekin jamiyat siqib chiqara boshlaydi, shaxsiy ma'suliyat esa obru'ga ishorayu, umumiy rasmiyatga aylanadi. Avvaliga rangli dunyo yovvosh-yovvosh oqu-qora, su'ng esa faqat oq, zulmatdan xoli nur olami bu'ladi-qoladi. Shu bilan birgalikda dunyoning sifatlari ku'paya boshlaydi, undagi harakat esa deyarli yu'qqa chiqadi. Shakl takomillashadi, ma'no soxtalashadi. Lekin hali an'anaga moyillik - munozara uchun bu'lsa-da - ancha kuchli. Dunyoning lafziy qatlamida atama u'zgarishi boshlanadi.

40-nchi yillar. G'afur G'ulom. Aql va qalam

Aql vujudingda hokimi mutlaq,
Qalam qalb orqali unga tarjimon.
Aql, qalam kamolga yetib olguncha
Saodat asrida yashab ol, ey jon!
Aql yu'l boshchilik qilmagan yerda,
Chu'loq chumolidek ojiz Gerakl.
Ey, meni u'zimga tanita olgan,
Lenin parvarishin topa olgan aql.
Hurriyat qalami ixtiyoringda,
Buni senga berdi Qonuni asos.
Bu qalam saodat tarjimonidir,
Bizning ulug' qonun odamzodga xos.
Xalqning manfaatini ku'zlay olmasang,
Vatan saodatin u'zlay olmasang,
Tarjimon tilingning lol u'lgani xush-
Hurriyat mazmunin anglay olmasang.
Qonuni asosning porloq nuridan
Men qalam egasi huquqli bashar.
To jahon boricha bizniki bu'lgan
Qonuni asosning mazmuni yashar.
Shu ulug' kunlarning grajdaniman,
Aql va balog'at jonga payvasta.
Qarib-churib u'lgach saodat bilan,
Qalamim qabrimning tug'iga dasta.
1946

Bu yillar davomida shoirlarimizning sarkardayu sardori shubhasiz G'afur G'ulomdir. Afsuski, 40-nchi yillardagi uning ijodiy me'rosidan Yurak, Ku'ngul, va yo Qalb degan bironta she'r topa bilmadim. Domlaning biz tuzgan qatorga eng loyiq she'ri Aql va qalam bu'lsa kerak. Albatta, bu risola bir yoqlama g'oyani ku'zlab yozilayotgan risola bu'lsa edi: G'afur G'ulomlarda yurak degan narsaning u'zi qolmagan, - deya gapni shu yerdayoq tugatib qu'yish mumkin bu'lardi. Modomiki, bu she'rning u'zida qalb qalam orqali qarib-churib qabrga aylanadiki, bu hol yuqoridagi fikrga yetarli asosdek. Lekin meni qiziqtirga narsa - oldi-qochdi gaplar emas, she'r tuzumi bilan ong tuzumining mutanosibligidir. Shu boisdan tekshirishni davom ettirish tu'g'riroq.

mazmun-ma'no qatlami
noaniq

|
su'zlovchi -------- xabar ------- tinglovchi
      (men, siz, biz)                    (jon, aql, sen, men)
|
aloqa
(qalam, qalb, qonun, qabr va hok.)

|
lafz
(shior)

Ushbu chizmani ku'rib bu'lgandan su'ng asardagi talay narsalar ravshanroq tuyula boshlaydi. Jumladan, qancha tirishmang, she'rning lu'nda mazmunini aniqlash imkon doirasidan mustasno. Biroq bu she'riy axborotning asosiy unsuri - aloqa va yoki urfiy qatlamga ku'chadi. Bu degani, lafzi shior darajasi qadar umumlashgan satrlarning aksari - bir paytlar radiobezorilarining urfiy dediyosi: Qabuldamisiz, du'stim, qabulda bu'lsangiz qabul, du'stim, qabul! ni eslatadi. G'afur G'ulomning bu yerdagi ixtirosi, kashfiyoti - ma'no nuqtai nazaridan hech narsa demasdan, axborotning aloqa unsuri yordamida she'r yasashdir.
Aloqa yu'li - bu axborotni eltuvchi vosita, jihoz, uskunadir. Bu borada aqlga qalb orqali tarjimon - qalamning (jihoz!!) she'rda asosiy qahramonga aylanishi ham tushunarli, ham ramziydir. Zero Chu'lpon ku'nglidan hurriyat, Usmon Nosirning yuragidan chaqmoq, hatto Hamid Olimjonning har yuragidan bu'ston ungan bu'lsa, G'afur G'ulomning qalb-qabridan tug'ga dasta bu'lib qalam u'sib chiqadi.
G'afur G'ulom she'rning yangi turini kashf etdi deganimda , yuqoridagi fikrlar bilan birgalikda she'r tushunchasini ancha shakliy va rasman qu'llayman. Bu boqimdan Aql va qalam aqlliy, uquvli qalam bilan yozilgan asardir. Bunga isbotu-dalillar: lafz qatlamida arabu-forsiy su'zlarning mu'lligi (bor su'zlarning deyarli yarmi), tovush qatlamida esa naqshmonand un u'yinlari - nafis san'ati tajnis: aql - mutlaq - qalam - qalb - orqali - aql - qalam - kamol - aql - qil - chu'loq - Gerakl va hok. Usta g'isht tergandek bejirim qatorlar.
Qofiyalarni aytmaysizmi! Tarjimon - ey jon, Gerakl - aql, bashar - yashar, payvasta - dasta! Deyarli har bir otga sevgi bilan topilgan sifatlarchi! Hokim bu'lsa u albatta mutlaq, asr esa saodat asri, eskilik sarqiti Gerakl - chu'loq chumolidek ojiz, qalam tabiiyki hurriyat qalami, qonun bu'lsa - u ulug' qonun! Asosiy badiiy san'at - mubolag'asiz qilib aytganda - albatta mubolag'adir.
Bu talqin ku'pam bachkana va yo, Xudo saqlasin, zaharxanda ku'rilmasligi uchun, alg'ov-dalg'ov she'rning ichida shaklan (mazmunning asli bunda shakl emasmi!) juz bir bandni keltirayki, u ruboyi yu'lida yozilgan bu'lib, asarning nimkosasidek u'qilishi mumkin:

Xalqning manfaatin ku'zlay olmasang,
Vatan saodatin u'zlay olmasang,
tarjimon tilingning lol u'lgani xush -
hurriyat mazmunin anglay olmasang.

Fitrat-domla ta'birini bu holga qu'llasak: Afsuski, bular u'z tillarinda yozmog'onda!

U'zbek milliy ongining fojeasi deyilmasa ham, har holda bu davrdagi holati G'afur G'ulomning bu she'rida namoyondir. Boya 30-nchi yillarda u'zbek she'riyatining oldida ikki ayri yu'l bor edi: biri - u'lim, ikkinchisi esa - hayot yu'li, degan edim. G'afur G'ulom u'zbek elining u'sha davrdagi g'oyaviy rahnamolaridan biri sifatida bir varakayiga xuddi ikkala yu'lni davom ettirgandek: u'lim degan yu'lda u qalbini qabrga joylaydi, hayot yu'lida esa qalamini tug' qilib olg'a bosadi. Dil u'ladi, til qoladi. Dil u'layotib tilga: lol u'l! - desa-da, til bu'ysinmaydi. Buyruq va da'vatni u'zgartira u'zlashtirib u u'z mashqlarini davom ettiraveradi!

50-nchi yillar. Maqsud shayxzoda. Yurak qasami

Istaysanmi, senga ochay-
Daftarimni-ku'nglimni,
Varaqlayin dilimni?
Balki senga paydar-pay
Dostonvori haqiqatlar
aytmaylikka
Tilim shay!
Haqiqatki, afsonaday sehrli,
Afsonaki, rost ishlardan
muhrli.
Biroq barcha hikoyatlar,
Manzumalar,
Qissalar-
Sarguzashtdan, qofiyadan
Koshonalar tuzsalar-
Bu koshona qubbasi
Ku'rgusi
Hur ku'zi-
Yuksak tog'lar tepasi
Ilhomlarnng chashmasi,
Hammasi-
Shu muborak tuproqdirki,
Vatan uning laqabi,
Partiyaga ota deya-
Unvon qu'yilgan kabi.
Mening shu pok ku'kragimda,
Beg'ubor yuragimda-
Kim izlasa yurt naqshini,
Vatanning xaritasin-
Topar unda mutassil:
Vafo degan soqchini,
Qu'rqmas degan qu'rg'onni,
Mehnat degan polvonni!
Kim izlasa yuragimda
Pokiza ku'kragimda-
SSSRning sarhadini:
Ulug' Lenin suratin.
Yurakdagi bu xazina,
Bu koinot,
Bu ziynat-
Mening naslim hayotiga
Rahnamo,
Vatan bizga yorug',quyosh,
Fan havosi - keng samo
Bu merosni asrlarga saqlamoq,
Ona sutin oqlamoq:
Bir shiorki, shu istak-la
Yursam, yengsam, yashasam!..
Vijdonimning qoni bilan
Yozilgandir shu qasam.

U'zbek she'riyatida yangidan yurak va shaxs paydo bu'lgandek. Lekin diqqatimizni jamlab boqsak, shaxs - bu nomu-nishonsiz bir yosh monolgchi, yurak esa - yurak emas, jihoz sifatida G'afur G'ulomdagi qalam ham tugul - daftardir, ya'ni kimningdir yozuvi uchun ochilagan varaqlar majmuasi. Qani, unda nimalar yozilmish ekan? Afsonadan sehrli haqiqat, Vatan laqabli(!) muborak tuproq, ota unvoni qu'yilgan Partiya, SSSR sarhadi, ulug' Lenin surati, shubhasiz u'z vaqtida she'rda mavjud bu'lgan Stalin va hok. Bu merosni asrlarga saqlamoq, ona sutin oqlamoq - qonga qulangan vijdon qoni bilan yozilgan qasam shioridir.
Yozuv uslubida ru'y bergan siljishlarni aniqroq anglash uchun bu she'rning ham axboriy chizmasini tuzib chiqaylik.

ma'no-mazmun
(Lenin, Partiya, Vatan va hok.)
|
su'zlovchi
---------- xabar --------- tinglovchi
bir yosh                                          noaniq
|
aloqa
(qalb-daftar)
|
lafz
(shior, qasam)

Asosiy u'zgarish - bu she'riy qahramonning noaniq tinglovchiga yu'llangan shior va qasam uchun bir aloqa vositasiga aylanishidir. She'rning formal unsurlarini tasnif etadigan bu'lsak, bu jumlaning tarkibidagi kabi, su'z qatlamiga xos holat - uning eklektizmi, qorishiqligidir. Ya'ni, 40 foizi arabiy-forsiy bu'lgan su'zlar bilan bir qatorda Lenin, Partiya, SSSR kabi uzuk ku'zidek qu'shmalar mavjud. Eklektizmning yana bir belgisi - uning shakliy ortiqchaligidir. Bu degani, deylik, bir satrli ma'nodan 50 satr lafzli she'rning yasalishidir. Bu borada shoir barcha turdagi qofiyalardan, turlicha band tizmalaridan, su'z san'atlaridan, vazn u'yinlaridan istifoda etadi.
Taasufki, she'rning ravshan qismlari yangilikdan xoli, tarkiban yangi tuzulishga ega bu'lgan jumlalar esa tushunib bu'lmaydigan darajada g'aliz. Masalan, asarning avjlaridan biri bu'lmish quyidagi satrlarni ravshan izohlab bering-chi!

...hammasi -
shu muborak tuproqdirki -
Vatan uning laqabi,
Partiyaga ota deya -
unvon qu'yilgan kabi.

Va yo ikkinchi avj:

Bu ziynat -
mening naslim hayotiga
rahnamo,
Vatan bizga yorug' quyosh,
fan havosi - keng samo.

Gap nima ustida ketyapti u'zi?! Dil bir parcha qog'ozga aylanib, til afsonalar aytishga shay bu'lgan she'riyatning va u aks ettirgan hamda uni tinglovchi milliy ongning holati shu bu'lsa kerak.
Bir jumlaga sig'dirib aytganda, shaxs bunda shaklan milliy, mazmunan socialistik qorishmasi tamg'a qilib bosilgan bir vosita - bir parcha qog'ozga aylanadi-qoladi.

60-nchi yillar. Erkin Vohidov. Qalb shunday ummonki

Qalb shunday ummonki, uning bag'rida
Dahshatli dolg'alar silsilasi bor.
Qalb shunday zaminki, otash qa'rida
Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor.

U bir sayyoradir. yerdek shafaqgun,
U bir olamdirki, bilmas nihoya.
Uni mehvaridan chiqarmoq uchun
Atom jangi emas, bir su'z kifoya.

ma'no-mazmun
(u'zgaruvchan qalb)
|
su'zlovchi
--------- xabar --------- tinglovchi
0                        
                         0
|
aloqa vositasi
(atom jangi emas, bir su'z)
|
belgilovchi qatlam
(su'z maydoniga qaytish)

Bu she'r chindan ham shunday ummonki, Erkin-akamiz: Mana sizlarga, bu'lmasa! - degandek, qalam-qog'ozlarga u'ralashib qolgan qalbni olamga otadiyu, uni bir ummon, bir zamin, bir sayyora, bir olam qilib boqadilar. G'aybona ma'noda uni hattoki yerning qu'g'irchog'i bu'lmish globusga (mehvar har holda globusga taaluqli emasmi!) ham aylantiradilar. Bu ketsiz zilzilalar natijasida - mushtdek qalb ummon kabi mavj uradi, quruqlikka teng zamindek torayadi, yerdek, sayyoradek zu'rayib, olam qadar, koinot qadar kengayadi - bu portlash natijasida eski olam - qu'g'irchoq olam mehvaridan chiqib ketadiki, bu atom jangining ishi emas, bu moddiy dunyoning oqibati emas, - su'zning, g'oyaning kuchidir.
Hattoki atom (bu she'rdagi yagona va shu bilan birga tabiatga zid neologizm) jangiga xos u'limdan ustun qilib - kim aytganligi noma'lum bu'lmish (she'rda hali u'zligini pesh qilgan su'zlovchining shaxsi yu'q) va bundan chiqdi an'anaviy su'zni qu'yar ekan, Erkin Vohidov bu intilishda u'zbek she'riyati peshvolari qatorini ochib bergan Chu'lponga ancha yaqindir. Misol uchun bu she'rning birinchi bandini Chu'lponning U'tli suv she'ri bilan solishtirib boqing:

Zu'r dengizning tu'lqinlari bag'rida
yuz yillarning qonlib qu'rqunch izi bor.

....................................

Ku'pirar ul, hovliqar ul, toshar ul,
Gu'ringizdan na'ra tortib oshar ul.

Va yo olamning mehvaridan chiqib ketishini Chu'lponning U'ktabr she'riga qiyoslang.

Ey bukun du'l kelib
Olamni yiqqan kun!
Ey bukun kurramiz
Mehvardan chiqqan kun!

Bu uyg'unlikning yuzakilikdan xoliligini isbotlovchi yana bir dalil - Chu'lponning Ku'nglidagidek, bu she'rda ham uvvilovchi u uni bilan aldovchi a harfining bemurosa kurashidir. Chu'lponda hurriyat ustun kelganidek, bunda ham atom jangi emas, su'z yutib chiqadi. Su'z yorgan va koinot kabi portlagan qalbdagi bu kuch, bu intilish ham Chu'lponu Usmon Nosirdagidek ichdan tashqariga qaratilgandir.
Su'z hajmi tor, fikr hajmi keng bu'lgan bu mu'jaz she'rning xuddi ana shu su'zlarini tekshira boshlasak, ma'lum bu'ladiki, ot turkumidagi su'zlar qatoridagi su'zlar: qalb - ummon - bag'ir - dolg'a - silsila - zamin - qa'r - vulqon - zilzila - sayyora - yer - olam - mehvar - jang - su'z, - bularning bari yuksak an'ana va yuksak uslubga xos kalimalardir. Umuman, otlarning fe'l, sifat va ravishlardan ustivorligi qalb qirralarining qayta belgilanishidan, qayta nomlanishidan dalolatdir.
She'r Erkin Vohidovda na su'zlovchi, na tinglovchining noaniqligiga qaramasdan, bir silkinib, yana su'z maydoniga qaytadi. Albatta, bu she'rning vazniyu qofiyasi, su'z tartibiyu san'atlari ustida anchagina muloxaza yuritish mumkin. Deylik, she'riy jumlaning she'riy satrga sig'masligi fikr uchun shakl tor bu'lib qolganligining alomati emasmi, va yo tubsiz bu mantiqni olib boqaylik: qalb - ummondir, bu ummonning (demakki inson bag'ridagi qalbning ham) bag'rida dahshatli dolg'alar silsilasi bor. Bag'irda joylashgan bag'irning yana bir u'girilishi - bu ummonning insonga tenglashuvidir, insonning yu'qlikdan paydo bu'lishi - bu she'rdagi mu''jizalardan biri emasmi?
Lekin ongda yuz bergan zilzilalarni seysmograf kabi yozib olish uchun Erkin Vohidov she'rini - qadamdoshi Abdulla Oripovning u'sha yillarda yozgan Inson qalbi she'ri bilan taqqoslashtirish kuzatuvchi uchun ham qarz, ham farz deya, e'tiborimizni yana bir she'rga tortsak.

Abdulla Oripov. Inson qalbi

Inson qalbi bilan hazillashmang siz,
Unda millat yashar, unda til yashar.
Unda ajdod fahri yashaydi su'zsiz,
Unda istiqomat qiladi bashar.

Inson qalbi bilan hazillashmang siz,
Unda ona yashar, yashaydi Vatan.
Uni ju'n narsa deb u'ylamag hargiz,
Hayhot! Qu'zg'almasin bu qalb da'fatan!


Erkin-akamiz haqida aytilgan su'zlarning ku'piga Abdulla-aka ham loyiq. Jumladan yuksak uslubga moyillik bu she'rning egalik qatorida ancha namoyon: inson - qalb - millat - til - ajdod - fahr - bashar - ona - Vatan - narsa - qalb. Birinchi qarashdayoq Erkin Vohidovning qatoriga nisbatan bu qatorning mafhumligi - abstraktligi ayon bu'ladi. Ya'ni, Erkin Vohidov su'z maydonini portlash orqali tozalab bergan bu'lsa, bu maydonda Abdulla Oripovning ikkinchi tabiat, yoki ruhiy tabiatga tegishli su'zlari una boshlaydi.
Yana bir farqiy xosiyat - Abdulla Oripovning she'rida fe'llarning nisbatan ku'pligidir, lekin bu ku'plik u'ziga xos ku'plik. Mana fe'llar majmuasi: hazillashmang - yashar - yashar - yashaydi - istiqomat qiladi - hazillashmang - yashar - yashaydi u'ylamang - qu'zg'almasin. Jam'i bu she'rda atigi tu'rttagina - hazillashmoq, yashamoq, u'ylamoq va qu'zg'almoq fe'llari mavjuddir.
E.Vohidovdan farqli u'laroq A.Oripovning she'rida tinglovchi siz paydo bu'lar ekan, fe'llardan ikkitasi: hazillashmang va u'ylamang ayni shu sizga taaluqlidir. Yashar - qalbda yashovchi turli tushunchalar bilan, qu'zg'olmasin esa - qalbning u'zi bilan bog'liqdir. Siz qutbi Abdulla Oripov she'rida albatta muholifona qutbdir, ikki inkor shaklidagi fe'l buni bu'rttirib, shoirning tutgan yu'liyu, shijoatini yaqqol belgilaydi.
Tasdiqlovchi, darak shaklidagi yagona yashar fe'liga tobe' su'zlarni ku'zdan kechiradigan bu'lsak, Abdulla Oripov xuddi Erkin Vohidovning boyagi kifoya bir su'zini ochib sharhlagan gu'yo: bu - millat, bu - til, bu - ajdodlarning fahri, bu - bashar, bu - ona, bu - Vatan, ya'ni yana bir su'z bilan aytganda - odamzotning milliy ruhiyati. Va yo ma'naviyati. Va yo qadriyati.
Biroq qalbga tegishli qu'zg'almasin fe'lining inkor orqali ogohlantiruvchi shakli ham u'sha davr milliy ong taraqqiyotining shubhasiz aksidir. Bu ongning umumiy qiyofasini chizish oldidan yana ba'zi bir uslubiy farqlarni izohlaylik.
Erkin Vohidov u'z she'rida qalbni tashqi dunyoga tenglashtirgan bu'lsa, Abdulla Oripov bu dunyoni qalbning ichiga joylaydi. Vohidov manzara bersa, Oripov tushunchalar harakatini ifodalaydi. Biri qalbni mehvaridan chiqaruvchi su'zni belgilasa, ikkinchisi - bu qu'zg'alishdan sizni ogohlantiradi.
Bir she'rni ikkinchi she'rga mutanosib qiluvchi alomatlardan yana biri - ikkinchi she'rning ham Chu'lponning Xalqiga uyg'unligidir.
Bichim nuqtai nazaridan ham, ya'ni ikkala she'rning ikki bandligiyu, ikkisidagi mavjud parallelizmlarni inobatga olsak, va yo hattoki ikkala she'rning su'z martabasi qatoriga yot, birida u'ta zamonaviy atom, ikkinchisida u'ta jaydari ju'n su'zi avjda ignadek yalt etishini solishtirsak, - ikkala she'rning mutanosibligiga yana bir bor iqror bu'lamiz.
SHunday ekan, bu ikki she'rga asoslanib, 60-nchi yillar she'r yozish uslubining, bundan chiqdi - olamni idrok etish yu'sinining, xulosan - milliy tafakkurning u'zgarishini belgilab boqaylik.
U'zgarishlardan biri - baxosi ikki chaqaga qimmat bu'lgan su'zning qadri-qimmatining qayta tiklanishidir. Su'z endi sonan isrof etilmaydi, lekin sifatan uning mubolag'aviy tabiati hali yengilmagan. Su'z va hodisa hargiz bir-biriga teng emas. Dunyo hali yuksak an'ana uslubida, ancha tantanavor ravishda va men qolipiga solinmagan yuksak hissiyot ila takallum aylanadi. Arabu-ajam su'zlarining nisbatan ku'pligi ham shundan bu'lsa kerak. Biroq dunyoni qalamu-daftardek aks ettirish u'rniga, endi uni asosiy tushunchalarda qayta belgilab, qalban, aqlan va ruhan his va idrok etish boshlanadi. Milliy tafakkur u'ta zamonaviylikni ham, u'ta qoloqlikni ham yot bilib, milliy an'ana zaminiga qaytadi. Bu davrga kelib ushbu tafakkur anglagan narsa - milliy hayot va ishq negizi bu'lmish qalbning dahshatli ulug'ligidir. Bu fikr ham g'ururlantiradi, ham chu'chitadi.
Yana bir u'zgarish - avvalgi sifat berishning yangi nom belgilashga almashuvidir. Bu degani, 60-nchi yillar uchun xos bu'lgan ishonch: garchi hayot va qalbga taaluqli nomlarni u'zgartirsak, hayotu-qalb ham sifatlarini u'zidan-u'zi u'zgartiradi qabilidagi fikrdir. Ammo u yillarda dolzarb bu'lgan tasnif u'zgarishi bilan tartib u'zgarishi orasida farq nihoyatda kattaligini keyingi qariyb 30 yil isbotladi.
Isbot der ekanman, ikkala she'rdagi isboti muqobiliyani ham u'sha davrga xos bir yu'l sifatida bilib, tafakkur miqyosida bir-biriga muqobil - mavjud va mumkin olamlar bir-biriga asos bu'la oladi degan e'tiqodga yu'yish vojibdir.

70-nchi yillar. Rauf Parfi. Birga tug'ildikku, yuragim

Birga tug'ildik-ku, yuragim,
Jahonni kezmakka piyoda
Odimlarimizdir birdir bizning,
SHu baxtli, shu badbaxt dunyoda
Odamlarimiz birdir bizning.

Birga tug'ildik-ku yuragim,
Nasib etganda ham mangulik
Sen yashayver, sen meni kutma,
Men-ku ismingman xolos,
va lek,
Yuragim, ismingni unutma.

Mantiqiy mashqlardan su'ng biroz tin olish uchun, mazkur she'rning xususan she'riy jihatlarini tekshirib boqaylik.
Ikki bandlik bu she'rning qofiya tartibi bunday:
a - b - v - b - v
a - g - d - (g) - d

Qofiyalar sifatini oladigan bu'lsak, ikki bandning birinchi satrlari bir-biriga tu'la ravishda teng: Birga tug'ildikku, yuragim. Birinchi banddagi v - v qofiyali satrlar esa faqat bir harfga farqli:
odimlarimiz birdir bizning
odamlarimiz birdir bizning
.
Ikkinchi banddagi g - (g) qofiyasini oladigan bu'lsak: mangulik - lekin, u mushkul bu'lsa-da, qofiyadir, modomiki, lekin su'zining barcha harflari mangulik su'zi tarkibida bordir.
Xulosa qilib aytganda, bu she'rda rang-barang turlardagi qofiyalar qu'llanilgan va deyarli hech bir juft satrning qofiyalash uslubi boshqasini takrorlamaydi.
Qofiyaning muntazam ravishda rang-barangligi singari bu she'r satrlarining vazni ham bir boqishdan oddiy 9-bu'g'inli, shu bilan birgalikda su'z bu'linish tartibi turfa xildir. Satrdagi su'zlarning bu'g'in soni: 2-4-3, 3-3-3, 5-2-2, 1-2-1-2-3 va boshqa tartiblarda mavjudki, bu hol ham tajalliy ku'rinishdan ju'n, lekin bu ju'nlikning jilvalanishi u'ta mushkul bir uslubdan dalolat beradi.
Bunga yana bir misol. She'rning jumla qatlamini tahlil etarkanmiz, birinchi banddagi gaplarning ulanishini ku'rib boqaylik. Bu jumlalar majmuasini quyidagi ulovda u'qish mumkin: Birga tug'ildikku, yuragim, jahonni kezmakka piyoda, yo: Jahonni kezmakka piyoda odimlarimiz birdir bizning, yo: odimlarimiz birdir bizning shu baxtli, shu badbaxt dunyoda, yoki: shu baxtli, shu badbaxt dunyoda odamlarimiz birdir bizning, va hokazo.
Shu alfoz she'rning qaysi qatlamini olmaylik, unda oddiy, an'anaviy unsurlardan tamoman yangi va mukammal yaxlitlik kasb etiladiki, qiyos joiz bu'lsa, Buxoroi sharifda Ismoil Somoniy maqbarasining mu''jizaviy surati oddiy va bir xil g'ishtdan yaratilganligini eslatish kifoya.
Ushbu she'rni xabarga yu'yganda, uning chizmasi bunday shaklga ega:

Mantiq tajalliyotini  ku'rsatishdan avval yana bir-ikki mayda-chuyda nimkosami, nimpiyoladan bahra olaylik. Birinchi bandda shaxsiy olmoshlardan faqat biz (bizning) uchraydi, u ham bu'lsa jumlaning eng ketida, fe'l u'rnida, jumlaning teskari tartibiga izohdek. Ikkinchi bandda bu olmosh avvaliga senga va su'ng menga bu'linadiki, ikkisi ham shaxsiy olmoshlarga xos jumlaning ibtidosidadirlar. U'zbek she'riyatida yu'qolgan, gum bu'lgan shaxs mana endi yurak urug'ini yorib chiqqandek!
Umuman, su'zlar sifatini tekshirsak, ularning aksari - ot, ega toifasidan: jahon - odim - dunyo - odam - mangulik - ism. Fe'llar ham rang-barang bu'lgan holda, hayotning eng asosiy fe'llaridandir: tug'ilmoq - kezmak - nasib etmak - yashamoq - unutmamoq. Sifatlar soni atigi ikkita, ular ham bu'lsa: baxtli va badbaxt. Oqu-qora. (Chindan ham bu she'rda birorta bu'lsa-da rang uchramaydi). Lekin qora qalamu oq qog'oz ila bu'yoqu matolarnikidan ta'sirliroq va boy surat chizish mumkinki, Rauf Parfi xuddi buni isbotlashga qu'l urgandek.
Endi boyagi mantiqiy tajalliyot  haqida ikki og'iz su'z. She'r boshida men va yurak hali bir-biridan ajratilmagan, ular birga tug'ilgan hamqadamlarki, ikkisining odimlariyu odamlari birdir. Biroq shartli mangulik nasib etar ekan, bu yu'lda men va yurak bir-biridan ajraladi, sen bu yu'lda meni kutma deydi shoir, chunki men sening ismingman, deydi u, va bunda kim abadiy ekanligini: ismmi, jismmi, anglatmaydi-da, ammo: yuragim, ismingni unutma deya xitob qiladi. Demak mangulik yu'lida ajralgan ism va jism xotirada - bu degani she'riyatning eng asl maydonida yana bir bor mangu birlashishadi.
Tug'ilishda mavjud birlik u'limdan keyin ham abadiy bu'lib qoladi, ya'ni u'limdan ham ustun chiqadiki, bunda Rauf Parfi yurak xotirasi ila u'zbek shu'ro she'riyatining ilk ku'ngul buloqlariga qondoshdir.

Bu she'rni yozuvchi ongda yuz bergan eng asosiy u'zgarish - ku'rinib turibdiki, 60-nchi yillarga xos: dunyo atamalarini u'zgartirib, dunyoning u'zini u'zgartiramiz degan istak emas, yurak bilan shaxsning, shaxs bilan ongning, vijdonning, e'tiqodning birligi, hamismligi, tengligi haqidagi umid va qayg'u. Dunyo atamalarini u'zgartirish emas, bu nisbiy dunyoda mu'tadil u'zlik olamini belgilab, undagi ismu-jismning mutanosibligi, yaxlitligi, hamqadamligi ustida qayg'urish - mana bu ongning u'ta shaxsiy muddaosi.

80-nchi yillar. Muhammad Solih. Yurak

Hech narsa qilmaslik qanday yaxshi. Hech narsa qilmayapman, deb u'ksimaslik qaday rohat. Vijdon qiynalmasa, vijdon qaergadir g'oyib bu'lsa, u'rniga boshqa bir narsa, unga u'xshamagan, ammo uning shaffof u'rtigini u'rab olgan, va shu shaffof parda aro tikilayotgan ming ku'zli mavjudot - hech kim oldida hisob bermaydigan u'jar mahluq, vijdon kabi tortinchoq emas, aql kabi ehtiyotkor emas - siyqasi chiqib ketgan yurak ismli jonzot tursa, qanday yaxshi.
Kim uni ayblar va nima uchun?
U hammaning ichida yolg'iz aqlii - su'zsiz kun ku'ra oladigan, vijdon qiynog'isiz, aql ku'zisiz yashay oladigan tanho.
U barcha mevalar ichida u'zining yetilishini sabr-toqat bilan kutishga qodir, bahorning yashil ku'rpasi ostida ham, saraon choyshabi tagida ham u'zini, yolg'iz u'zini kutadi.
Bu meva u'zini faqat u'zi uchun asraydi.
1982

Risolaning bu qismi balki eng muxtasar bu'lishining birinchi boisi - 80-nchi yillar she'riyati va jumladan unda Solih tutgan u'rni haqida men boshqa joyda batafsil yozganimdir. Ikkinchidan esa tekshirish yu'llarimiz muhtaram u'quvchining milliy ongiga shu qadar singib ketgan bu'lsa kerakki, tubanda Muhammad Solihning Yurak she'rining chizmasiga bir boqishda men ta'kidlamagan xulosalarni u'zingiz ham bemalol chiqaraversangiz ajab emas.

yurak
|
su'zlovchi ----------- she'r ---------- tinglovchi
|
yurak
|
yurak

Ku'rib turibsizki, bu xabar na u'ta hissiyot, na qizg'in undovga berilmay, yurakning yurakligi haqida belgisiz su'zlovchidan noaniq tinglovchiga yu'llangandir. Bu sarbast axborotning xosiyati shundaki, uni u'zbek shu'ro she'riyatining yurak qomusi  desa bu'ladi. Boqing, bunda Chu'lponning erksevar ku'nglidek u'jar mahluq, Usmon Nosirning tinimsiz u'zgaruvchi yuragidek ming ku'zli mavjudot, Hamid Olimjonning har bahorgi qalbidek u'sha bahorning yashil ku'rpasi ostida kutuvchi, G'afur G'ulomning, shayxzodaning va qolgan zamondoshlarimizning u'ziga xos, u'ziga mos yuraklari bordek. Solihdek lu'nda qilib aytganda, bu u'zbek shu'ro she'riyati yetishtirgan mevadir. Kim uni ayblar va nima uchun?
Muhammad Solih yurakka yurak  nomini qaytarar ekan, bu bilan u su'zni su'zga, amalni amalga ajratadi. Yurakka afsonalar aytib, uni afsonalar bilan tu'ldirishdan voz kechishning tu'lovi - an'anaviy she'riyat, va Muhammad Solih bu she'riyatdan voz kechadi.
Shu boisdan bu'lsa kerak, mantiqan u u'zbek shu'ro she'riyati bog'ida su'nggi shoirlardan va u'zbek sharqiy siyosati bobida avvalgi shokirlardandir. She'riyat su'zi u'z vazifasini tu'liq va tamoman bajarib bu'lib, abadiyotga ku'chdi, amaliyot su'zi esa adabiyot olamini tark etib, siyosat maydoniga javlon urdi.
Shunday qilib, shu'rolar davridagi u'zbek she'riyatining su'nggi varag'i yopildi desak bu'ladi. Albatta, bu e'tirof ham ancha nisbiy, chunki biz chizib chiqqan qator ham bir chizgi xolos. Zotan, u'zbek she'riyati faqat bu yu'ldan yurgan desak, shubhasiz, xato qilgan bu'lamiz. Lekin u'q ariq degan narsa bor, kattami-kichikmi shahobchalar bor. Masalan u'q ariqda suv tugagani bilan shahobchalar anchagacha bilqillab, ku'lmak shu'rini saqlab turishlari mumkin. Bugungi kunda kechagi: Lenin, Partiya, Kommunizm - sensan osmondagi quyoshim  degan su'zlarni millat, u'zbek yo turk - sensan osmondagi oyim  su'zlariga almashtirgan she'riyatning keng ommasi shundan dalolat emasmi?

<предыдущее

наверх



SpyLOG

FerLibr

главная   |   на сайте   

© HZ/ DZ, 2000-2001