index page

Hamdam Zakirov's Literature Archive (in russian)


FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   


ãëàâíàÿ
íà ñàéòå

S. SHARQIEV, H. ISMAILOV:
U'zbek ongi chizgilari / Î÷åðêè óçáåêñêîãî ñîçíàíèÿ
(Til, adabiyot, falsafa / ßçûê, ëèòåðàòóðà, ôèëîñîôèÿ)

Su'zboshi u'rnida

Bu kitob boshlanmasidan avval yozib bu'lingan. Ramziy ma'noda emas, tu'ppa-tu'g'ri ma'noda. Demoqchi bu'lganim, mening vazifam uni tu'plash va sozlash bu'ldi xolos. Kitobga turtki esa mendan emas, u'zbek faylasufi Su'qrot Sharqiev janoblaridan keldi. Bu ism su'nggi bir-ikki yil ichida ku'plarga tanish bu'lib qolgan. 60-nchi yillarning su'ngida u'z g'alati lekciyalari bilan tu'rtta-beshta insonni klublaru, Bilimlar uylarida fikr yuritishga rag'batlantirib yurgan bu darveshnamo zot u'sha paytlarning u'zidayoq chet elga ketib qolib, uzoq yillar davomida yu'q bu'lib ketgan deb hisoblanar edi. Lekin 1993 yilning boshlarida Parij arxivlarida ishlab yurgan chog'im faylasufning bir qancha bosilmay qolgan maqolalariga yu'liqdim-da, ularni biroz sharhlab Moskvaning yuksak martabali falsafa jurnallarida chop etishga shoshildim. Ayni payt faylasufning u'zini qanchalik qidirishga harakat qilmay, topa bilmadim. Umidimni ham uzib bu'lgan edimki, bir kuni Franciyaning Nojent shaharchasidan nomimga xat kelib qolib, uni ochib qarasam, faylasufning u'zlaridan qisqacha minnatdorchilik xati-da, bu sa'yi-harakatlarim uchun atayin va lutfona menga bag'ishlangan bir maqola: "Logika grammatiki", ya'ni "Grammatika yo nahv mantiqi".
Shunda bu kitobning paymonasi tu'ldi desam bu'ladi. Faylasufning menda bor maqolalaridan mavzuga moslarini oldim-da, u'zimning Ustozdan ilhomlanib u'z paytida yozgan-chizganlarimni qu'shib bu kitobga tartib berdim. Aslida bu kitob g'azalsimon bir kitobdir. Nuktadonlarga shu ishoraning u'zi kifoya. Darvoqe, uning uslubiy radifi ham bor. Gap shundaki, Ustoz bir paytlar Pragada yashagan buyuk rus olimi Roman Yakobson bilan yaqindan tanish bu'lgan, Yakobsonning muloqot haqidagi nazariyasini esa 20 asrning eng buyuk kashfiyotlari qatorida ku'rgan. Rost, domla bu kashfiyotni shu qadar ku'p qirrali ekanligini u'zi yana bir bor kashf etdiki, muloqot chizgisini yaratgan R.Yakobson u'zi ham bu qadar buyuk ish qilganidan bexabar u'tib ketgan bu'lsa kerak. Su'nggi maktubiga ilova qilib Su'qrot Sharqiev u'z asarlariga Roman Yakobsonning taqrizini ham qu'shib yuborgan. Ayni shu ma'noda ham men mazkur kitobning uslubiy yaxlitlikni saqlab qolishga urindim.
Kitobning nomi ancha muhtasham. Kamtarligimning kamligidan emas, Ustozga hurmatimning meyoridan. Albatta, u'zbek ongi deganda yuzlab boshqa sohalarni ham qamrab olishi kerak edi bu kitob. Jumladan, hattoki u'zimga u'zim belgilagan ehtimoliy chizgilar davrasida, turkiy u'tmishning bu ongga ta'siri tayinroq belgilanishi lozim. Bu – alohida bir mavzu. Su'ng bu u'tmishga yaqinroq bu'lgan xalq og'zaki ijodi, jumladan dostonlar u'z u'rnini egallashi darkor. Yana bir masala – she'riy san'atdan boshqa san'atlar ham u'z akslarini topishlari kerak. Diniy mavzu – yana bir mavzu. Bularning barining qorishmasi esa – mavzular mavzusi.
Lekin... Ammo... Biroq... bularning bariga inson umri kamdir, boshqa tomondan esa bu – yozilib bu'lgan kitob – chizgidir xolos. Mundarija u'rnida birma-bir maqolalarni ne mantiq ila paydar-pay qu'yganligimni bildiray. Maqolalar ikki tilda berilmoqda. Gap shundaki, Domlaning naslidan boshlab, to mening avlodimga qadar bizlar ikki tilda ulg'aydik. Ayniqsa ilmiy ma'noda. Nonku'r bu'lmaslik kerak, rus tiliyu, adabiyoti bois biz u'zimizning dunyodan boshqa dunyolar bilan tanishdik, boyidik, shuning uchun ham maqolalar qaysi tilda yozilgan bu'lsa – ularni u'shanisida qoldirdim. Shuning uchun ham bu mundarijasifat sharhchalar u'zbekchadan u'zga tilda zinhor u'qimaydiganlar uchun ruscha yozilgan maqolalarning qisqacha mazmunu-mantiqini anglashda foydadan xoli bu'lmasa kerak.

Kundalik til va lisonul-g'ayb – Su'qrot Sharqievning bu maqolasi bilan kitobni ochishimdan maqsad – birinchidan zamon nuqtai nazaridan eng avval – yetmishinchi yillarning u'rtalarida yozilgan maqoladan boshlash, ikkinchi tarafdan esa, ayni shu maqola tilning eng oddiy hodisalari haqida su'z yuritib – butun kitobga kirish sifatida ku'rilishi mumkin.

Filosofiya uzbekskogo yazy'ka – yo-da "U'zbek tili falsafasi"nomli maqolam Çâåçäà Âîñòîêà jurnalining 1996 yil 3-nchi sonida chop etilgan. Bu maqola aslida U'zbek tili darsligining bir qismidir va unda u'zbek tiliga – tizim sifatida qaralib bu tizimning mantiqi tekshiriladi. Har bir til – bu tilda gapiradiganlar ongining aksidir, ayni payt til mazkur ongning shakllanishida ham ancha muhim u'rin tutadi. Shu g'oyalardan kelib chiqib u'zbek tilining til sifatida u'zbek ongi bilan mumkin aloqalari taxminu-tasdiqlar yu'lida tekshiriladi. Ilgari tadqiqotchilar ahamiyat bermagan mayda-chuyda narsalar ham sinchkov nazar ostida bu ma'noda tekshiriladi.

Logika grammatiki yoki "Nahv yo grammatika mantiqi" – yuqoriroqda aytganimdek Su'qrot Sharqievning su'nggi maqolasidir. Avvalgi maqolaga ishora sifatida yozilgan bu asarda tildan tilga tarjima muammolari falsafiy nuqtai nazardan tekshiriladi. Turli tillarning tizimi turli ekan, bu degani turli tillarning mantiqi ham turlimi? – degan savolga javob berishga urinadi muallif. Ayniqsa u'zbek va rus tillarining tizim boqimidan turli ekanligini Ustoz Tavrot, Quron va boshqa asarlar tarjimasida ku'rsatadi va sharhlaydi.

"K poetike uzbekskoy klassicheskoy gazeli" ("U'zbek klassik g'azali poetikasiga doir"), "Oh mening u'zbaki yuragim", "Qoshi yosinmu deyin", "Yu'l va maqom" – bu tu'rtta maqolam gapni adabiyot maydoniga va u'zbek ongi uchun u'ta muhim bu'lgan g'azaliyot va uning tasavvuf bilan bu'lgan aloqalari maydoniga ku'chiradi. "Zvezda Vostoka" jurnalida qisman bosilib chiqqan birinchi maqola turk va jumladan chag'atoy g'azalining asoslarini u'rganadi, uning milliy ongda tugan u'rnini belgilaydi. U'zbekcha yozilgan, lekin faqat ingliz tilida chop etilgan ikkinchi maqola – shu'rolar davrining yetmish yillik chog'ida u'zbek she'riy va milliy ongining mutanosib u'zgarishini taxlil etadi, "Sharq Yulduzi"ning 1995 yil 1-nchi sonida nashrdan chiqqan uchinchi maqola – bu ongning Islom bilan munosabatlarini tekshiradi. Va nihoyat tu'rtinchi maqolada turk ongining ikki ku'rinishi – u'troq va ku'chmanchi estetikasi solishtiriladi.

"Pyaterichny'y kanon kak fenomen literaturnogo processa" maqolasini men rafiqam – musiqashunos Roziya Sultonova bilan birgalikda yozganman va u 1989 yili "Nauka" nashriyotida Moskvada nashr etilgan bir kitob tarkibida chiqqan. Bu maqola avvalroq yozilgan bu'lsa-da, yuqoridagi tu'rtta maqolaning bevosita mantiqiy davomidir. G'azallarda va tasavvufda inkishofu-idrok etilgan zotiy u'rnakni bu maqolada biz Xamsa va shashmaqom kabi davraviy asarlar misolida taxlil etib chiqdik. Insonni inson etuvchi besh soha: shuur, Ahloq, Nafosat, Adolat va Farovonlik, yoki bularni u'rganuvchi ilmlar: Falsafa, Etika, Estetika, Politika va Ekonomika (barini yunoncha nomda qoldirdim) tasavvufda ham, unga yu'g'rilgan Xamsayu-SHashmaqomlarda ham mujassam topishini, va bu holat universal adabiyotu-san'at qoidasi ekanligini ku'rsatishga urindik u'sha maqolada.

"Russko-yevreyskiy diptix Sokrata i problemy' marginalizma" – bu asar Su'qrot sharqievning ikkita maqolasi: "Skandal i russkaya literatura" va "K estetike yevreystva" lardan tashkil topgan bu'lib, ular atrofida men yozuvchi Oltoer Ma'diy bilan birgalikda marginalizm yoki ruhiy arosat haqida gap yuritganmiz. Maqola yozilgan payt Ustozdan hali xabar topmagan paytimiz bu'lganligi tufayli yozuvchi ikkalamiz adabiy u'yin qilib Su'qrot Sharqievning ehtimoliy fikrlarini keltirgan edik. Keyinchalik bu maqolani Ustozning u'zlariga ku'rsatganimda: bu ham bir ehtimol-da! – deb chizib qu'ygan edilar. Shuning uchun maqola qanday bu'lsa, uni shu bu'yicha qoldirdim. Bu asarda Ustoz ruslar va yahudiylarning milliy ongini tekshirsa-da, bularning barini u'zbek milliy ongiga ham tu'g'rima-tu'g'ri aloqasi bor, chunki boyagi ikki milliy ong u'zbek ongi tomonidan taxlil etilgan-da! Anavi ikki ongga ku'zguga qaragandek qaraydi muallif.

"Traktat o voprose" yo "Savol haqida risola" – bu kitobimizdagi su'nggi maqola bu'lib, chindan ham Su'qrot Sharqievning chin ma'nodagi toza falsafiy asarlaridandir. Maqola birinchi bor Moskvada "Akademicheskie tetradi" nomli jurnalning 2-nchi sonida 1996 yili bosilib chiqqan edi. Asl ma'noda falsafiy dedim bu maqolani. Lekin nafaqat buning uchun qu'ydim bu maqolani kitobimizning su'ngiga. Bu asar turli tillarda, shu qatori u'zbek tilidagi savollar falsafasini tekshiradi. Ilmimiz savollarga asoslangan, lekin savol degan narsaning u'zining asosi nimada? – deb tekshiradi faylasuf. Ong asoslarini savol ostiga qu'yadi mutafakkir. Bu ma'noda mazkur kitobda yozganlarimiz ham mutlaq bir narsalar emas, lekin insoniy onglarning oniy mahsullari. Yakunlovchi savol ostida ekan bularning bari – asar boshidagi darveshning suv parisiga aytgan: ilm yu'li hamisha ochiq, Lavhul-Maxfuz esa uzoq qabilidagi fikri kitobimizni ham ochiq holda qoldiradi.

Bu kitob – yozilayotgan kitobdir.

P.S. Xotima u'rnida men "She'riyat izg'irinlari yo tanqidiy kitobga tanqidiy taqriz" nomli maqolamni keltirishni ep ku'rdim. Nimaga desangiz – Ustoz va undan su'nggi nasl – mening naslimdan su'ngra eshik qoqmasdan kirib kelayotgan naslni sezdim bu taqrizda va unga ruhiy yaqinligimizni sezib, ramziy va an'anaviy ma'noda qu'l uzatgan bu'ldim.



Su'qrot SHARQIEV

KUNDALIK TIL VA LISONUT-G'AYB

Dilam xazonae asror bud, lek dasti qazo
darash bibastu kalidash ba dilsitonam dod.
Hofiz

Aytadigan narsamning ma'nosi bormi-yu'qmi – bilmayman...

1.

Odatda "eng she'riy" xotirangni keltir deyishsa, Edgar Po u'zining "The Raven""Quzg'un" she'rida birma-bir u'lim – sevgi – va quzg'unning "Endi hech qachon" demish bema'ni va u'ta ma'nodor takrorini birlashtirgani kabi, – qabristonda Garang-mullaning Quron qiroat qilishi desam kerak.
Qabriston chakalakzorida uchib yurgan adashqoq aridek g'uvvilovchi quyosh, hech ma'nosi qolmagan osmon, allaqayda lattaga u'xshab bir narsaga ilashib,osilib bitgan vaqt, va bularning barining ifodasi – tushinib bu'lmas – g'uvvilovchi, zuvvilovchi, ma'nodan tashqari qanot yozuvchi qiroat...
Bundan kuchli she'riy kechinma bu'larmikan?

2.

Qiziq, til imkoniyatida ma'nolimi-ma'nosiz narsalar ku'proq? Demoqchi bu'lganim, masalan lug'atdan, yoki su'z uchragan qanday bu'lmasin manba'dan besh-oltita alohida va tasodifiy su'z olsang, bulardan ku'proq ma'noli gap hosil bu'ladimi, yoki bema'nimi? Mana, masalan:

yozishmoq – harakatlarning – qamchi – hisob – karnaylar – ju'jalarni

va

Veronika – ku'rasan – yoz – Chaykovskiy – asta – mol gu'shti

Bu ikki qator su'zlarda ma'no bormi? – Yu'q. Lekin ma'no imkoniyatining borligi birinchi boqishimizdanoq miyamizda su'zlarni su'zlarga urishtira boshlaydi.
Xu'sh, ikkinchi savol: boshqa su'z qu'shmasdan yoki borlarini ayirmasdan bu su'zlardan bir ma'nodor jumla tuzish mumkinmi?

1) su'zlar shaklini u'zgartirmasdan:

a) Hisob – qamchi harakatlarning. Ju'jalarni karnaylar yozishmoq...
yoki:
Ju'jalarni yozishmoq – hisob. Qamchi karnaylar – harakatlarning... va hok.
b) Veronika, ku'rasan: yoz, asta Chaykovskiy, mol gu'shti...
yoki:
Asta ku'rasan: Veronika, yoz, Chaykovskiy, mol gu'shti...
yoki:
Mol gu'shti ku'rasan. Asta yoz, Veronika, Chaykovskiy... va hok.
Biroz kuchanib bu'lsa-da, bulardan allanechuk ma'no topish mumkin bu'lsa kerak. Lekin zu'r berish lozim.

2) su'zlar shaklini u'zgartirib:

a) Qamchi – ju'jalarning harakatlarini hisoblamoqda. Karnaylar yozilmoqda...
yoki:
Qamchidek karnaylar ju'jalarni yozmoqda. Harakat hisoblanmoqda...
yo:
Harakatli ju'jalar yozilmoqda. Qamchiyu karnaylar hisoblanmoqda... va hok.

b) Veronikani asta ku'rasan. Yozda – Chaykovskiy, mol gu'shti...
yoki:
Yozda asta Veronikani ku'rasan. Chaykovskiydek – mol gu'shti...
yoki:
Veronikadek mol gu'shti yozda asta Chaykovskiyni ku'radi... va hok.

3) su'zlar qu'shib yo ayrib – bu istaganga havola.


3.

Alohida olingan har bir su'z – ma'nodor. Tasodifan uchrashgan ikki su'zning orasida tu'liq ma'no chiqishidan ma'no chiqmasligi balki ustunroq, har holda, umuman, tasodifan uchrashgan su'zlar soni ortib borar ekan, ulardan yaxlit ma'no chiqarish imkoniyati pog'onama-pog'ona kamayaveradi. Ikki su'zga qaytsak, ularning orasidagi bu'shliqda allaqanday imkoniy munosabat borki, deyarli har ikki su'zni bu imkoniyat ochilar ekan – bir-biriga ma'nodor ulash mumkindir. Umuman, ikki su'zning bir-biriga ulanishi u'ta qiziq hodisadir. Bu borada xotiraga atomning atomga ulanishi, ya'ni kimyo asoslari keladi. Esingizda bu'lsa kerak – har bir atomning eng cheka qatlamidagi elektronlari boshqa atomning cheka elektronlari bilan valent (ya'ni, u'zlashtiruvchi), yo kovalent (hamkorlik) aloqasiga kirib, bir-biriga ulanadi. Ikki su'z ham shunday emasmi?
Aytish mumkinki, til ana shu bu'shliqdan boshlanadi. Buni oddiy chizgi ila quyidagidek ifodalash mumkin.

yangi ma'no


su'z                           su'z

ma'no                ma'no
ulanish imkoniyati

Masalan, ular gap bu'laklarining bir toifasidan bu'lishsa, deyarli hamisha ulanish yu'li sinonimikdir. Agarda su'zlar har toifadan ekan, eng mustahkam quyushmalar asosan ot ishtirokida hosil bu'ladi.
"Shovqin u'sdi. Baland shovqin. Birdan – shovqin. yela – shovqin. yengilgan shovqin. Men – shovqin. Tu'qqizinchi shovqin. Ho – shovqin. Oldida shovqin"... va hok.
Boshqa toifadagi su'zlarning ham bir-biri bilan quyushishi – mumkin hodisadir, masalan:
"Etti baland. Ha u'sdi. Birdan yengilgan"... va hok. Lekin bu yerda qiziq bir hodisa ru'y beradi. Ega va kesimdan iborat quyushmalar "tezroq tu'yib" qoladi va boshqa quyushmalarga nisbatan yangi ulamlarga muhtoj emas. Boshqa quyushmalarning ehtiyoji ham – tu'ygunicha, ya'ni muvozanatga yetgunicha. Masalan:
"Ha, birdan baland yetti yela...",- desak, hali ham su'zlar mu'lligiga qaramasdan, aniqlik imkoniyatiga u'rin bor.
Xu'sh, su'zning "tu'qligi" yo " tu'yishi" nimaga bog'liq degan savol tug'ilishi mumkin. Tilshunoslarning aytishicha jumla tushunarli va tu'liq bu'lishi uchun, unda kamida bir shaxs, va bir amal bu'lishi lozimdir, masalan: "u keldi" va hok. Bu fikrni yanada chuqurlashtirsak, va masalan boyagi "etti osmon", "ha, baland", "birgan yengilgan" kabi ibora, yoki odiiy nom: "ish", "shovqin"larni gu'yoki amalsiz, va lekin tu'liq va muvozanatli misollar sifatida ku'rsak, sinchkov nazar shuni payqaydiki, bularning har birida amal yo shaxs ochiq bu'lmasa-da, pinhoniy ravishda mavjuddir, va hattoki oddiy nomlash: "bu – kitob", "osmon ham" – kitobning, osmonning borligini, mavjudligini bildiradi emasmi? Ya'ni, "kitob" deganimizda, bu bilan biz "kitob bor" degan bu'lamiz. Aytish mumkinki, "yu'q kitobni" faraz qilish mumkin, yoki "kitob yu'q" deyish mumkin. Lekin bu holda ham bor kitobning yu'qligi e'tirof etiladi xolos.
Ya'ni, fikr qilinib aytilgan narsa kamida su'z sifatida mavjudlikka mahkumdir va ona tilida uning ketida ma'lum bir ma'no bordir.

4.

Yana alohida su'zga qaytsak. Misol uchun "shovqin". Bu su'z aytilishi bilan u qandaydir ma'no kasb etadi, ya'ni u'zbek uchun bu – "kuchli ovoz va tovushlar, baqiriq-chaqiriq, olag'ovur"dir. Aslida, "shovqin" – bu shovqindir, biz bergan izoh esa boshqa bir narsa, u – izoh, tafsir, sharh – "shovqin" su'ziga allaqanday noaniqlik, atroflik, qariyblik, chamaliq olib kiradi. Lekin til, odatda bu noaniqlikka mahkum, chunki aynan shu noaniqlik su'zni su'zga ulanishida, qu'shilishida astarga emas, avraga tikilgan va teshik topib qadaladigan tugmadekdir.
Modomiki, til aniq bir ma'noli su'zlardan tashkil topar ekan, unda turgan yeringdan siljiy olmaysan. Chunki, "shovqin" faqat izohsiz "shovqin" ekan, bu holda u ayni shu su'z borligini, mavjudligini anglatadi xolos. "Bir" "birga qu'shilib" 1+1 emas, 2 bu'lganligi uchungina hisob imkoni tug'iladi. Til ham shunday emasmi?
Lekin harakatsiz ayniyatni sindirish, siljitish, nomuvozanatga keltirish yu'llari bir qancha. Kamida: qu'shish, ayrish, ku'paytirish, bu'lish. Bundan chiqdi til va hisob, sarf va riyozat bir ekan degan xulosaga kelib bu'lmaydi albatta, chunki raqamni har bir raqam bilan qu'shish-ayrish-ku'paytirish-bu'lish mumkin, su'z esa funkcionaldir. Ya'ni, til algebra bu'lsa bordirki, biroq oddiy hisob emas.

5.

Bularning baridan chiqqan xulosa: bizga tekkan til muvozanatsiz, holatiy bir narsaki, uni agar rostmana boshqa bir hodisa yo fan bilan solishtirar ekansiz, bu balki yuqorida aytganimizdek, kimyodir. Har bir su'z, har bir ibora, har bir jumla u'z noaniqlik darajasiga egaki, bir tomondan ularning mavjud muvozanatini buzish mumkin, ikkinchi tomondan bu muvaqqat va nisbiy muvozanat u'rnida boshqa bir muvaqqat va nisbiy muvozanat yasash mumkin. Ba'zi muvozanatlar boshqalarga nisbatan mustahkamroq, bu ham isbotga muhtoj emas.

6.

Yana bir narsa aniqlikka intilgandek. Alohida su'zmi, iborami, jumlami ma'noga ega ekan, bu degani u mashhur uchburchak:

    belgi

belgilanuvchi                                  belgilovchi

aloqalaridan xoli emas. Ma'lumki, uchburchak ezilishga ham, uzilishga ham qarshilik ku'rsatuvchi mustahkam bir yasamadir. Ya'ni, ma'no – bu uchburchakdir. Lekin shuni ham nazarda tutish kerakki, bir narsaga emas, uch narsaga bog'liq ma'no uch karra noaniqroqdir.
Har holda, har holda qanday bu'lmasin, u – dunyo, tabiat, narsalarga bog'liqdir, hattoki mahkumdir.
Bu misol quruq uchburchak bu'lib qolmasligi uchun unga boyagi "shovqin"ni solib boqaylik. "Belgilanuvchi" – bu tabiatdami, havodami, xullasi borliqda yuz bergan va his etila bilingan fizik mavjlardir. "Belgilovchi" – boya aytganimizdek, "kuchli ovoz, baqiriqlar..." tushunchalaridir. Va nihoyat – "belgi" – bu "shovqin" su'zining u'zidir.
Biz olamga kelib bu su'zni u'zimiz ixtiro qilganimiz yu'q, u bizga avvalgi avlodlardan qolgan merosdir. Butun til ham shu yakka su'z kabi.
Bosh suqishga esa – boyagi su'z oraliqlaridagi bu'shliqlar, ularning noaniqlik darajasi bu'lmish ulanish imkoniyatlari qoladi emasmi? Lekin ular ham qoida yo odat ila zabt etilgan.
Til bir qamoqki, u'z-u'zini ozodlikka qochishdan u'z-u'zi qu'riqlaydi. Bu ham boyagidek uchburchak.

7.

Bir boqishdan har bir bobchada bir narsaga aniqlik kiritayotgandekmiz, aslida esa umumiy noaniqlik ortib boryapti. Til uchun tabiiy xodisa. Biz bunga hali qaytamiz, biroq bu yerda gapni biroz u'zgartirish uchun boshqa yoqdan kelib boqaylik. U'zbek va yo boshqa ajamu-atrok islomiy xalqlarning omi ongida arab tilinin mavqe'ini ku'rib boqaylik.
Har tomondan uning – arab tilining – tilligi aniqdek: su'zlari borki, ba'zilarini omi ong ham tushunishi mumkin ("ba'zan", "ya'ni", "masalan" va "hok"...), xati bor, og'izdan chiqadi – quloqqa kiradi (faqat tu'yu-marakalarda bu'lsa-da), lekin kundalik til bilan uning yagona farqi – umumiy tushunilmasligidir.
Bu yerda men bir necha bor qu'llagan chizgi – Roman Yakobsonning muomala-muloqot chizgisini keltirmoqchiman.

mazmun
|
su'zlovchi ---------- xabar ---------- tinglovchi
|
aloqa vositalari

aloqa kaliti

Aslida, bu ham boyagi "belgi uchburchaginig" bir ku'rinishidir, faqat unga ma'noning harakatdagi holi, ya'ni bir odamdan ikkinchisiga yetib borish jarayoni ku'rsatilgan. Mana bu chizgidan aniqki, mulla, misol uchun, mozor boshida "Surai Yasin"ni tushirayotgan ekan, bu holatda su'zlovchi va tinglovchi mavjud, gapning, "xabarning" og'izdan quloqqa yetish vositalari – havo bilan tovushlardir, mazmuni – umuman olganda belgili, ya'ni tushunsa bu'ladiki, bu hazil-mutoyiba yo qarg'ish emas.
Demak, tu'liq tushunish imkoniyati uchun faqat bir narsa yetishmaydiki, u ham bu'lsa – su'zlovchi va tinglovchi orasidagi gapning, "xabarning" umumiy kaliti. Arab tilini u'qimagan, u'rganmagan odam uchun mulla qiroat qilayotgan su'zlar qulflangan,
yopiqdir.

8.

E'tirozga bu'yalgan savol tug'ilishi mumkin. Misol uchun u'zbek qishlog'iga nemismi, lotishmi, chulchut tushib qolib, u'z tilida su'zlay boshlasa, bu ham mullasu'zi bu'lar ekan-da?! Bu tilning kaliti ham u'zbek qishloqisining bu'sh chu'ntakida emas-ku! Tu'g'ri, lekin birinchi holdan farqli u'laroq bu gapning, bu darakning mazmunu-mundarijasi ham mubhamdir. Mulla qiroat qilayotganda gap nima ustida ketayotganligini omi ong-da faraz qilishi mumkin. Musiqani ham har bir odam u'z qobiliyaticha ku'targani kabi.
Mana endi bu borada maqolamizga kalit qilib olingan Hofiz baytini chaqib boqaylik.

1)

mavhum
|
men ----------
--------- sir --------------------- dil
|
vosita
yopiq
|
kalit
u'ziga xos kalit

2)

sir
|
men-------------|------------
--- dil
|
vosita
buzuldi
 |
kalit
olinib dilsitonga berildi

3)

dilsiton ------------------- qiynoq ------------------- dilim

9.

Farqlarni yanada aniqroq ku'rsatish uchun: mulla, deylik, duo u'qishdan avval va'zxonlik qilyapti. U boshlaydi: "Marhum...(sukut, lekin kim haqidaligi tushunarli) ...u'z...(sukut, gap qayoqqa ketar ekan?) ...umrida... (xu'sh, qanday ekan, yo nima qilgan ekan?) ...talaygina...(sukut) ...va... (sukut) ..." – deylik, bu yerda u gapidan chalg'ib boshqa yoqqa urib ketsa, masalan: "...bir kuni... (sukut)..." – biz avvalgi gap bitmaganidan qoniqmasdan, lekin bari bir: xu'sh, bir kuni nima bu'ldi ekan? – deb quloq tutamiz. Gap su'ngiga yetib borsa, bizning kutishlarimiz qoniqadi, agar mulla yana yu'lda boshqa fikrga urilib, uch-tu'rt martta chalg'ib ketsa, undan hafsalamiz pir bu'ladi.
Ya'ni u'z tilimizda bus-butun, tu'liq ma'no kutish jumlaning oxiriga yetgunicha paydo bu'ladi. Aytish mumkinki, bu ma'no talabi hamisha biz bilan birgadir va u bizning ongimizga bolalikda singgan til bilan kirib keladi. Bundan xulosa qilsak: til – bu ma'no talabidir.


10.

Mulla Quronni tushirayotganda esa bu talab yu'qoladi. Ayniqsa biz boshi-ketini bilmagan Surani u'qisa u. Bu holda til jarayoni sodir bu'ladi, lekin uning ketiyu, ma'nosi bizga noma'lum.
Endi boyagi ma'no uchburchagidan xulosa qilib ma'noning uzluksiz moddiy dunyoga, nomlangan narsalarga bog'liqligini eslasak, biz zikr qilayotgan mulla su'zining moddiy narsalardan istisnoligini tushunamiz. Ravshanki, gap moddiy dunyoda, moddiy vositalar (havo, tovushlar) orqali sodir bu'lyapti, lekin gapni qulflab bog'lagan kalit bu qulfni ayni shu dunyoga emas – bizga noma'lum bu'lgan dunyoga bog'laydi. Bu kalit u'rniga biz mazmun-mundarijani qu'yib, bu dunyoni ochishga intilamiz, lekin aniq va qoniqtiruvchi, bizni tinglattiruvchi ma'lumot u'rniga qoniqmagan talab, hissiy tanglikka ega bu'lamizki, uni she'riy kechinma yoki diniy uyg'u deb yu'yamiz.

11.

Til buyuk yolg'onchidir, tu'g'rirog'i – ku'zbu'yamachi. U bizning ongimizda tayyor ma'nolar qolipi sifatida mavjud ekan, moddiy dunyoning ham unga mutanosibligi, ya'ni ma'nodorligiga, mantiqanligiga ishontirib qu'yadi. Bu degani, jarayon hali tugaganicha yu'q, lekin bizning ongimizda uning natijasi jumla kabi avvalroqdan tayyor. Bu jarayonni yanada kengaytirib, kelajakka til yordamida va til yu'lida u'tishimizni aytaymi yo? "Bizning tajribamiz" deymiz biz, kelajakni u'tmishning davomi sifatida aniqlar ekanmiz, biroq bizning tajribamiz ham til emasmi?
Gapning, jumlaning nechog' bu'lmasin su'nggi borligi uchun biz ham kelajakning su'ngini chamalaymiz. "Axir bir kunmas – bir kun bitadi-ku!" – deymiz biz. Aslida, bunday xulosaga hech qanday asosimiz yu'q. Yoki boyagi, mulla ustida Quron tushirayotgan marhummi? Su'z tugashi mumkin, lekin gap davom etaveradi...

12.

Jumlalarimning yig'indisi ma'lum bir muvozanatga keldimi, deb u'ylayman men. Qaydam? Ehtimol... Lekin muvozanat va ma'no – birmi? Yana u'sha-u'sha talab: mutlaq su'nggi, su'nggi mutlaq haqiqatga yetib kelish. Axir tushunsangchi – bu eshikni yopish mumkin, biroq afsus, eshikka qulf solish kerak, qulfga – kalit. Qulfning kaliti esa – birovda: kamida – bu su'zlarni u'ylab topganlarda yo Topganda. Shuning uchun ham Hofiz bilan rozi bu'lish keragu, yana boyagi quloqqa chalingan qiroat tu'lqinlariga – xuddi sof she'riyatga shu'ng'igandek, kalla tashlash kerak: til bor, dil bor, mazmun bor, su'nggi ma'no esa senga noma'lum. Turgan bitgani – jozibali va qiynovchi sir...

Dilam xazonae asror bud, lek dasti qazo
Darash bibastu kalidash ba dilsitonam dod...

ñëåäóþùåå>

íàâåðõ



SpyLOG

FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   

© HZ/ DZ, 2000-2001