index page

Hamdam Zakirov's Literature Archive (in russian)


FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   


ãëàâíàÿ
íà ñàéòå

TOIR MA'DIY:
Haiy-ibn-Yakzon
(Frantsuzchadan Hamid Ismoil tarjimasi)
Vaqoei sanai als arba’ mia ixta ashr

Bu shahar so’zlardan ortiq, bu shaharga so’z yetmaydi. Insonning hech kimga aytmaydigan tushi bo’lsa, ana shundaydir bu shahar. Bu shahar haqida faqat she’rlar to’qish mumkin, lekin she’rlar ham bu shahar oldida bachkana tuyuladi. ¨zmas edim bu shahar haqida, faqat tuyar edim uni, faqat sayr etardim, faqat xo’rsinardim, biroq inson - nokomil: har narsaga yopishmoqchi bo’ladi, xuddi bu shahar ham meni shatakka olg’usi, xuddi uning so’ngsiz chiroyi mening ham shu yerda yozganlarimni noziklashtiradigandek, saharning inju tegimsizligidek, bu izhori dilni ham nafislashtiradigandek...
Uzrim shu.
Bundan besh yil avval ayni shu paytda, turklarni o’zgartirib aytganda - ilkkuzda, sentyabr bilan oktyabr o’rtasida bu shaharga birinchi bor oilam bilan kelgan edik. Bugun tushunib yetdim, nima uchun bu shaharning chiroyi endi munchalik hazin, munchalik mungli. ¨nimda oilam yo’q. Bu shaharni men bilan sevgan, men bilan tuygan, men bilan muzlagan suyaklaridan o’tkizgan oilam...
Bundan besh yil avval ayni shu paytda bu shaharning universiteti uyushtirgan katta bir ilmiy yig’inga kelgan edik oilam bilan. Oilam bilan chet elga birinchi bor chiqishim edi o’sha safar. Odatdagidek - pul yetib borishimizdan keyin va’dalangan, borishimizning o’ziga esa odatdagidek bir miri ham yo’q. Besh-olti tanga almashtirgandek bo’ldik, Maskovdan Frankfurtga uchadigan bo’ldik, odatdagidek - chipta bor bo’lsa, viza yo’q, viza tayyor bo’lganida - chiptalar sotilib ketgan. Axir bir gap qilib, samolyotga ham chiqdik, Frankfurtga ham yetib keldik.
Aytganimdek, cho’ntakda odatdan boshqa hech vaqo. Surishtirib boqsak, Bambergga yetib borish uchun almashtirgan pulimiz to’rt barobar bo’lganida ham yetmas ekan. Hah, telefon qilishga pul bor-ku, deya Frankfurtda yashaydigan bir turk orqadoshimizga telefon qoqdim. Aslida, eslasam, unga Moskvadan ham, ketish oldidan sim qoqqan ekanmanu, hecham ola bilmaganman. Orqadoshimni ismi Dog’yeli Yildirim. Men tanigan birinchi turklardan. Uni taniganimda turkchadan bexabarroq ekanmiz, "Hangi, hangi?" - deb so’rasa, bu pason kiyingan turk eshakning hangisidan oldiku, bunisi nimasi ekan, deb o’ylagan
im Yildirim-da. Hamma unga Dog’uli nom qo’yib olgan bir ishbilarmon. Eski kommunistlardan ekan-da!
Frankfurt qo’nimgohidan ana shu Dog’yeliga qo’ng’iroq qildim. Baxtni qarangki, uyida xuddi bizni kutib o’tirgandek ekan, "Sizga va’da qilgan choponni olib kelyapmiz"­dan boshladim. ¨ ×o’lponni dedimmi? U noshir edi-da, shuning uchun o’sha paytlar turklar bilan bizlarni ulovchi ×o’lponni turku, olmon tilida bosmoqchi edi bu. Rost, orasida unga mehmon emas, Bamberg universitetiga ketayotganimni ham qistirib qo’ydim. Xullasi, qay biri ta’sir etdiyu: “Dur orda, - dedi, ­ ban variim”.
Keldi orqadoshim. Ishxonasiga olib ketdi. ×oponlarni kiydi, ×o’lponlarni oldi, ana undan keyin bir ovqathonaga olib borib u yerda pitstsa degan qashshoqligimizda yeb yurgan non palovimizni yedirdi, keyin esa shu Bambergga men sizlarni olib borolmayman, lekin yo’lini topib beraman deya, Turk Islomiy birligiga telefon qildi, bu odam Solihning orqadoshi, dedi mening orqadoshim. Bir pasdan keyin moshina ham yetib keldi.
Ha, aytuvdim-ku Amerikadan olib kelgan jomadonim haqida, butun oila bo’lib keldik demadimmi bu safar, undan keyin bu yerdan Parijga ketishimiz mo’ljallangan, yo’l uzoq, ana o’sha jomadonga rosa narsalarimizni tiqishtirganmiz: eski etiklaru, paltolar, sviterlaru, kitoblar... Narsalarimiz bu uy kabi jomadonga sig’may, yana bir qancha to’rvalar olganmiz, nazarimizda Parijga mana shu yerdan ketamiz, shuning uchun ham juda bo’lmaganida to’rvalarni shu yerda qoldiradigan bo’ldik-da, jomadonimizni uch erkak bo’lib moshinaga yukladik.
Dog’uli ham bizlar bilan ostonada xayrlashib qo’ya qoldi, mana endi boyagi Islomiy Birlikka ketyapmiz - uning boshlig’i Bo’zqurtlarning boshlig’i - Sardor ×elabi ekan. Haligi - Rim papasini otgan Mehmet Yag’janing orqadoshi. Ancha shov-shuv bo’lgan odam. Yo’q, tuzukkina yigit ekan, boyagi uch kishi zo’rg’a ko’targan jomadonni o’zi olvolib, bir yoniga qiyshayganicha ko’tarib ketdi bo’zqurtlarning sardori. Hali-hali eslaymiz bu ko’kko’z barvasta yigitni, u bilan choy ichganimizni. O’sha payt munosabatlar endi o’rnatila boshlangan, turkchilik avjida, ozariylar kelib qoldi. Ana endi ular turk dunyosining bozorini qilishdi! Xullasi, oshna-oshna bo’lib, Islomiy birlikchilar bizni Bambergga moshinalarida eltib qo’yadigan bo’lishdi. Boyagi, jomadonni yuklashda zahmat chekkan yigit yana jomadonni Sardorining qo’lidan oldi. “Keling, yordam beray”, ­ desam, boshlig’: “Yigitlarimiz kuchli”, ­ degan edi, boyagi yigitcha piltillaganicha bu zildek tog’ni, bu eski etiklaru, paltolar, sviterlaru kitoblarni ko’tarib ketdi!
Yo’l ketyapmiz: “Bugun qaytganimdan keyin Hollandiyaga boraman”, ­ deydi bu yigit. Ish bilanmi, yo bizlardan uzoqroq bo’lish uchunmi, qaydam? Nima bo’ldi, baharhol Bambergdan qo’qon-do’ppi kiyib ketdi bu zahmatkash orqadosh.
Ana biz esa qoldik. Mana shu yerdan bayonim chinakamiga boshlanadi.

Bamberg...
Har kimning o’z sevikli shahri bo’lsa kerak. “Men o’lsam meni Parijda ko’ming”, - degan ekan Mayakovskiy. Men bu so’zlarni - Parijimni kamsitmay - Bamberg haqida aytgan bo’lar edim. To’rtta-beshta inson mozorimni qidirib kelsa, hech deganda bu chiroyga boyib qaytardi. Boshqa so’z yo’q.
Ana endi ko’ring, bu shaharning daryolari tolim-tolim bo’lib taralgan. Bizni joylashtirishgan joy esa - irmoqlarning o’rtasidagi tegirmon - Walkmulle bo’lib chiqdi. Umrim bino bo’lib bu kabi chiroyli yerda yashamagan edim. Tegirmonning ichini aytaymi, yo tashini. Sovetta yashab, sovetta ulg’aygan xalq emasmizmi, G’arb dunyosining hayotini ko’rmaganmiz, hayot bunday bo’lishidan gumon ham qilmaganmiz. Ana shu Walkmulleda buzuldim men. Karavotining bosh tomondagi taxtachasiga o’rnatilgan radioyu­soatlardan, shu xonaning ichidayoq joylashgan oshxonasidan, bu kabi sharoitda birinchi bor o’zim emas, butun oilam bilan yashayotganimizdan. Ha, eng muhimi - oxirgisi ekan. ×unki o’zim ne yerlarda bo’lmaganman - bir o’zingga yuqmaydi. Oilang bilan bo’lgan joying esa - miyaga zirapcha bo’lib qadalgandek. Istasak televizor ko’ramiz, istasak - eshikka chiqib, suv sharsharasini tomosha qilamiz, juda istab yuborsak - tegirmondan tepaga ketgan yo’lakda sayr etamiz: bir tarafi - azim, sokin, vazmin daryo, ikkinchi tarafi - o’ynoqi irmoq, shag’al bilan qum aralash yo’lakcha esa arksimon, qalinbarg daraxtlar ostida...
Erta saharda junjikib yugursang daryo ustidagi erinchoq tuman tebranib qo’yadi, oqshomda mayin va mahzun sayr etsang, o’rdaklar o’ylaringni buzmasdan, suv tebratmay suzib emas, sizib kelishadi...
Bamberg.
Bambergning bonglarinimi aytay? Bunga ham fursat yetadi.
¨ birinchi qayg’ularimiznimi? ×unki shov-shuvlar bilan boyagi yig’in ham o’tdi-bitdi, tekin hayot emasmi, yaponlar bilan bir Bayryot degan shaharga boramiz, bu shaharda esa Vagner tug’ilgan ekan, uning bog’larida - rostini aytsam haliga qadar bu kabi bog’ ko’rganim yo’q - kezamiz, keyin mahalliy teatrlaru, muzeylarni tomosha qilamiz, aytmoqchi bo’lganim - tekin va go’zal hayot. Ana shu hayot ham bitdi. Yaponlar tarqaldi, ruslar chuvalandi, biz - o’zbeklar esa qoldik. Bir oydan keyin Parijda bo’lishimiz kerak-da!
Mehmon har yerda ham aziz emasmi, birov bizga ket degani yo’q, lekin ajratilgan joylar ijarasi tugab qolgan, bizga berilgan pullar adog’ bo’lgan, yana-da do’stmisan do’stda do’stlarimiz. Bir kelmagan mug’ulning pullarini meni mug’ul qilib nomimga o’tkazishdi, boyagi tegirmon o’rnidagi xona bilan yana biror haftaga gaplashib berishdi, keyin esa umuman Inga-honim uyini bo’shatib, Amerikaga bir oygami, bir yilga ketadigan bo’ldi. Biznikida turasizlar deb, uyiga joylashtirdi-da, ketti Inga-honim.
Lekin baribir, nima bo’lmasin, qayg’umiz kuchli edi. Birovga qaram bo’lishga o’rganmaganmizda! O’zimizga xon, o’zimizga bek bo’lishga o’rganganmiz. Yo’qsa qayg’u.

Ana o’shanda Myunhenga, “Ozodlik” radiosiga borishga qaror qildim. Aslida bir-ikki kitobimni sotmoqchi bo’lgandek edimu, besh-olti marotaba radioga chiqqanmiz, shuning qalam haqqini berishar deya umid bilan yo’lga chiqdim. Xalqimizni bilasiz-ku, oila hisobidan boriladi-da Myunhenga, shuning uchun bu tashrifning ahamiyatini xotin oldida toza bo’rttirganmiz, go’yoki kelajagimiz mana shu safarga taqalib qolgan. Xotin ham aqlli, taqdir shu ekan-da deb, qarshiligini bildirmaydi, lekin esiga tugib qo’yadi. Kelasi safar olamshumullikning barini bir yig’ib aytish uchun­da!
Ana endi poezdda ketyapman, rostmanasiga g’arbiy poezdda rostmanasiga g’arbiy mamlakatda, rostmanasiga bir o’zim. YUraklarim duk-duk. Bavariya dalalariga boqaman: bir quyonlar chiqib qoladimi, bir tulkilar yugurib o’tadimi-ey, hullasi - biz bilmagan hayot.
Ana biz uchun mash’umlarcha mashhur Myunhenga ham kirib keldim. Boyagi rus kitoblari noshirining oldiga ham piyoda borib keldim. Odatdagidek gap - kitobimni chop etib beradi deb o’ylaysanu, so’ngida ular sening o’n-o’n besh miringga, ya’ni doychmarkangga oshiq bo’lib kutib ishtahasini qayrashgandek. Mana shu kitobni sotib olmaysizmi, sizga bu koni foyda-da deb turib olishadi. Kelganingizga ham ming pushmon bo’lasiz, undan badtari esa - hotiningiz uyda turib buni bilganiga koyinasiz, lekin iloj qancha - va’dalar berib kelgansiz, dunyoni oyog’ing ostiga olib kelaman degansiz, bir yerda bo’lmagach ikkinchi yerga urasiz o’zingizni.
“Ozodlik” radiosiga - Temur-xo’jakaga sim qoqdim, mana men Myunhendaman dedim. Mard odam emasmi, tap tortmasdan, qani, tushlikka bu yerga keling dedilar. Bordim. Allaqaysi bog’ning ichida ekan bu "arining uyasi", gardkam deb kirib boraverdim. Askarnamo bir qorovul sinchkovlab ko’zimdan butun tarjimai holimni ko’rgandek bo’ldi-da, ko’kragimga bir temir belgichani taqib qo’yib - kiraver dedi. Ana endi o’zbek xizmatiga kirib bordim. U mahalgacha toza shpionlar to’g’risida kitoblar o’qiganmiz-da, yo o’zimni josus bilaman, yo bu yerdagilarni, fikrlarimni avjida esa ikkala tarafni - shu yo’sin hamma yoqqa alaglayman. Kitob o’qiganmiz-da, kitob!
Bular ham bir odam­ku, bularning orasida ham o’zbekchilik bordir, birini g’iybatini ikkinchisi qilsa kerak, o’ziga kelganda esa rosa maqtanishar deb o’ylamaganmiz-da umuman. Allaqanday bir radiovozlar sifatida qabul qilganmiz­da bularni: "Assalomu alaykum muhtaram radiotinglovchilarimiz, Munxindan “Ozodlik” radiosidan gapiramiz" ­ dan ayirmaymiz-da bularni.
Yo’q, bu studiyada Toshkent bilan ko’z oldimda ulanganlaridan keyin, va yana bir-ikki ayni o’sha - radiojihatlarni ko’rsatishganlaridan keyin hammamiz emas, bir qanchamiz oshxonaga tushgan edik, boshlandi o’zbekchilik: “Bilasizmi, - dedi biri, ­ siz anavini so’zlariga ko’pam quloq solmang, u po’xxiyam bilmaydi. Men uni bu ishga olgan edim, bir narsa bo’lar bir kuni deb umid qilsam-da - bir balo chiqqani yo’q! Mana endi bizning tepamizga belgilangan - ana ko’rasizda gerdayishshi! Lekin siz menga quloq soling, hali gap ko’p...”
Bu payt ovqatini sotib olib bo’lgan hamkasaba keladi-da bular biri biri bilan quyuqlarcha maslahatlashganidan keyin birinchisi ovqat olgani ketadi-yu, qolgan ikkinchisi buning g’iybatini qiladi. Nimalarini aytay - o’zingiz o’zbeksiz, o’zingizdan qolar gap yo’q...
Lekin bari bir o’zbekchilik bor, yana bir boshqa o’zbekchilik bor. Deylik, o’sha kuni Temur-xo’jakanikiga ketdim, bir otalari haqida, bir Munavvar-qori haqida, bir Boymirza-ota to’g’risida gaplashib o’tirdik. She’rlar o’qidik, menga o’z kompyuterlarining qobiliyatlarini ko’rsatdilar, ayniqsa musiqasiga qoyil qoldim: musiqa notalari birin-ketin qator-qator bo’lib suzar ekan, ayni payt esa ayni shu musiqa karnaylarda yangrar ekan. Notalar harakatini hech qachon ko’rmagan edim, shu qadar hamjihat bo’lar ekan-ki - qani endi o’zbeklar ham shunday bo’lsa deb kuyukasan kishi...
Temir-xo’jaka qalam haqidan so’z yuritmasada, vokzalga olib borib, poezdga biletlarimni olib berdi. Bu ham bir miqdor pul emasmi, ikki orada Myunhenniko’rganim qolib, xotin bilan qizimning oldiga yo’l-yo’lakay bahonalar qidirib ketdim...
Bir narsani tushundim men hayotda. Sentyabr oylari qiyin kechar ekan oilamizu, men uchun. Kuzga kirish fasli og’ir ekan bu dunyoda. Har sentyabr oynalarga yelvizak kirgani kabi, yurak izg’iydi, uvushadi, junjukadi. Bambergning Regnits daryosidagi dildiragan barglardek, musaffo ko’ngilga za’faron dog’lar tushadi har sentyabr. Osmonmi teranligini yo’qotib bir qat bo’ladi, yo ruhlarimizmi - maydalab ikkisida ham purkalgan va bitmas namgarchilik tarqaladi, uviydi...
Ana besh yil avvalgi sentyabr ham huddi shunday edi. Inga-honimning uyiga ko’chib kelganmiz, uy issiq, kitoblar tig’iz, muzlatg’ichga muzlangan tovuqlarni taxt qilib tashlab ketgan boyaqish bekamiz, lekin baribir ko’ngil tinchimaydi-da, xuddi yurak tegidan bir kurakcha joyni qazib qo’ygandek, hamisha yurak muallaq, hamisha ostidan yahdek yelvizak kezadi...
Maskovning radiosini ushlay olmay - Berlindagi Sovet qo’shinlarining “Volga” degan stansiyasini har kuni eshitamiz. Nimalar bo’lyapti dunyoda? - har kuni bir yangilik - dunyo mehvaridan chiqqan payt emasmi... Turklarni o’qiyman, “SHikasta rubobni”yu Fuod Ko’prulu-zodani, oraliqda esa Murod Muhammad Do’stning “Lolazor”iga qaytaman...
Ana o’shanda chog’i uzilganimni birinchi bor sezdim yurtimdan. Hali qaytish bor edi, hali yashash bor edi, ishlash, lekin birinchi bor butun oila bilan o’z holimizga tashlanganimizcha yashar ekanmiz bu dunyoda, birinchi bor chinakamiga uzilgan sezdim o’zimni yurtdan.

Kuz kunlarining boshlarida havo bir buzilganidan keyin, yana quyosh chikadi, yana osmon moviylashadi, lekin bir aldangan ko’ngil boshqa ishonmaydi. ×o’lponlarcha aytmish, endi uni aldab bo’lmaydi, u biladi, oldinda ayovsiz kuz, oldinda qaqshatqich qish... Boyagi oldimizdagi vatanga qaytish ham kuz kuni quyoshning bir ko’rinishidan edi. Shundanmi yurakning shig’illashi boyagi yelvizakda xazonning shig’illashini eslatar edi?
Kunduzlari Semih-bey kelib yo Nyurnbergga olib ketar, yo o’z qishlog’iga, yo turklarning kino ko’rgazmasiga, yo juda bo’lmasa bir allaqanday eski tegirmon ichiga qurilgan restoranga. Bundan aftoda ko’ngillarimiz yanada parokanda bo’lar edi - bu qadar mulozamatu, bu qadar lutf abadiy emas-da, hayot bundan taxirroq emasmi, keyin nima bo’lar ekan, keyin degan savol qiynardi alohida-alohida meni-yu yashirincha xotinimni. Semih-bey bor joyda bir antiqa-antiqa ishlar paydo bo’lar edi. Olim odam emasmi, hamma narsa asosli, ikkala oyog’iga qo’yilgan, zinhor yengiltagu havoiy emas.
Urush yillari biz fashist degan nemislar asir askarlardan ertagu maqollar, dostonu hikoyalar yozib olgan ekanlar, bu ham bir kuni shu xalqni o’rganishda kerak bo’ladi deb. Ana shu narsalar Semih-beyning qo’liga tushib qolgan ekan, shuni tarjima qila boshladim. Bir qorachoyu bir chuvash, bir tataru bir qirg’iz, bir uyg’uru, bir boshqird. Bir ekan chindan ham bularning bari. Nafaqat bir xil sharoitda bir xil tutishganini aytyapman, lekin ongiyu tili birligini uqqanimni...
O’sha paytdan bir rasm qolgan. Vokzalda meni kuzatib qoluvchi olim Semih-bey. Kuz quyoshi uning mehribon o’zi bilan bir narsa haqida so’zlashayotgandek. “Oltoerjon, sen G’arbda qolmoqchimisan?” - deb so’ragan edi o’shanda Semih-bey. Bu savoldan men seskanib ketgan edim. Bilsam, kuz kuni daraxtda sarg’ayib turgan bargdek seskangan ekanman men o’shanda, qismatim allaqachon hal bo’lib bitgan ekan. Oldinda Toshkentu, unda yashash, ishlash, kitob yozish bor bo’lsa-da ham...
Oilam o’shanda Frayburgga bir dugonamiznikiga ketib bo’lgan edi.
U yerdan Fransiya yaqinroqda. Men esa vaqt tutqunlarini ozodlikka chiqaruvchi bir Oloviddindek Semih-beynikida bir-ikki kunga qolgan edim. Ha, quyosh ham bir-ikki kun kuzda kechikib qolib ketishi bor, ammo uzilib bo’lgan yurak bunga ishonmaydi...


Vaqoei sanai als arba’ mia xamsa ashr

 Endigi safar Bambergga ketar ekanman, Frankfurtdan meni yana turklar, bu safar Sardor ×elebiga muholif bo’lgan allanechuk Turkman-og’abeyning yigitlari poezdga chiqarib qo’yishadigan bo’lishdi: avvalgi umumturkiy mulozamatu sevgilar ancha bo’shashib qolgan ekanmi, yo endi bularning g’oyalariga hafsala bilan berilmadimmi, poezd oldida xayrlashdigu, poezd yura boshlashi bilan - ming afsuslar bo’lsin - Turkman-og’abeyning qarorgohida o’z shamsiyamni unutganimni eslasam bo’ladimi! O’nlab shamsiyalarni yo’qotaverganimdan keyin keliningiz menga o’qlovdek birini olib bergan edi - bunisini istasangiz ham unutmaysiz deya, ana shuni keliningizning oldiga ketaturib unutsam bo’ladimi?!
 
Aslida, chindan ham keliningizni rosa sog’inib ketayotuvdim. Har bir lahzai vaslni ming maqomga solib. Poezdda boshqa bir narsa miyamga sig’madi ham - o’qlovdek shamsiyayu oldindagi xotin visoli lazzati. Bambergga kela solib taksiga mindim: “Unterer Karlbeg 26”, - dedim. Aytmadimmi, bir yil ko’rmagan qizim u yerda edi. Eshikka kelib qo’ng’iroq qildim, qizim javob berdi, menman dedim, qizim yugurib chiqdi. Qiziq bo’lar ekan: dunyo yorilib ketadi deb o’ylaysan, aslidachi: "Nega yalangoyoq yugurib chiqding, oyog’ingga kiysang bo’lmaydimi"dan boshlaysiz yana. Jag’im qadar kelib qolibdi qizim. “Har kuni fotiha o’qir edim, ­ deydi, - sizlar omon bo’linglar deb...”
Yangangiz esa, aytib qo’yay, hech qachon ochiq quchoq bilan qarshilab olmaydi. Allaqanday gumonu-shubhalarini ichida bir-ikki kun yengib, ana undan keyin asta-sekin eriy boshlaydi. Bundan tushunmovchiligu, yengil janjallar ham chiqib turadi. Lekin Xudo bergan fe’l-da!
Biroq bir chekadan boshlay. Bu safar Bambergda butun oila bo’lib uyg’urshunos do’stimiz Mikaelning uyida yashay boshladik. To’g’risi bu uy Brambrink degan bir odamning ijaraga topshirilgan uyi bo’lib, kamida bir 18 asrlarda qurilgan bir uy ekan. Shundan ilgari oshxonasi, otxona bo’lgan qismi bizga tekkan - hozirgi kunda undan ikki xonacha yasalgan bo’lib, ularga katalakkina hojatxonayu vanna qo’shilgan. Bu safar ham Inga-honim barini o’z qo’liga olib zavolli Mikaelni avvaliga Uyg’uristonga keyin esa Tataristongayu Maskovga uzoq muddatli izlanishlarga jo’natib yuborgan. Natijada u ijaraga olgan bu qo’shxona bizga meros qolgan.
Parijda turgan uylarimizni tavsif etgan edim. Buni ham bir chekadan chizib beray. Pastqamgina eshikdan uyga kirasiz-da, o’ng qo’lda boyagi ilovalangan xojatxona bilan vannacha. ¨z so’nggida keldim emasmi, kuz bo’ldi, qish bo’ldi, bu xona hech isimadi, isimadi. Asab rishtalarimni muzlatib qo’ydim, sovuq oldirdim u yerda. Ro’pparada birinchi honaga kirish. Bu xona biz uchun ham oshxona, ham mehmonxona, ham ishxona. Kiraverishda o’choqboshi, qarshida katta bir deraza - Dom ehromi undan shunday ko’rinib turadi. Bu fazilatni demasa - bir tiyinga qimmat bu yotoq. Deraza oldida bir taxta eshak ustida maqolayu kitoblarimizni so’ngroq yozgan kompyuter, derazaning ikkinchi yonida, to’g’rirog’i biqinida - eskigina divancha - ana unda qizimiz yotib turadi.
Oshxona qismi bilan ishxona qismini - qo’shni xonaga olib kiruvchi eshik bo’lib turadi. Oshxona eniga bir metr, ishxona - bir metr - qolgani - ana o’sha eshik. Ikkinchi xonamiz ham roppa-rosa ana shu uzunlikda va ana shu shaklda - bitta derazali, bu deraza ham Dom ehromiga rom bo’lib olgan. Bunisi - yotoqxonamiz. yerga to’shalgan o’rin-ko’rpa, burchakda Mikaelning kitoblariyu ashyolari. Shipda esa o’n-o’n beshta o’rgimchak. Ular ham bu xonani o’z yotoqxonalari qilib olishgan.
Har kuni ertalab Dom ehromining jimjimador bonglari bizni uyg’otadi, o’n besh minutcha o’ynagan bu bongni eshitib yotamiz, bu bong shaharning boshqa cherkovu ehromlarining zanglariga qo’shilib ketadi, o’rgimchaklar bu ohanglarga uyg’unlashib to’rlarida chayqala-chayqala bizlarga o’rnak bergandek bo’lishadi.
Iyulda kelgan bo’lsam sentyabrga qadar hayotimiz beg’ubor edi. Ertalablari - erinmasam yugurib qo’yaman, erinsam - Brambrinkning hovlisiga chiqib qizim bilan stol tennisi o’ynab qo’yaman. Kunduzlari yangangiz universitetga ketsa, men uyda qolib ishlayman, yo’qsa - o’zim universitetga chiqib ko’rinish berib qo’yaman. Semih-bey meni kompyuterda ishlashga o’rgatadi. Biroz ish ham topib berib turadi. Kechalari esa mehmondorchiligu ziyofatlar. Bir tomondan mening kelganimga, ikkinchi tarafdan - o’qish yili ham bitib qolgan emasmi, har bir domla ta’tilga ketish oldidan bir ziyofat beradi. Vaq-vaqchilik.
Avgust oyida Semih-abiy Turkiyaga "ta’til yopgani" ketdi. Turkiyaga ketar ekan, ishxonasini menga qoldirdi-da, o’ziga kerakmi-kerakmasmi, allaqaysi Melioranskiyning til haqidagi asarini ruschadan o’zbekchaga tarjima qilishni buyurib ketdi. Aslida ruschayu o’zbekcha unga bir xilu, mana shuni qilsang men senga ming marka pul beray dedi. Buyam bir inonilmas himmat-da! O’ylab boqsangiz - menga pul berishning birdan-bir boshqa yo’li sadaqa edi, lekin bunga ko’ngli chidarmikan dedi chamasi, bu befoydayu bekor ishni xayriya o’rnida buyurib ketdi. Bunga ilovan kompyuterlarini ham menga topshirib ketdilar-da!
Ana endi nokasga taroq berib qo’y deyishgan ekan, boshladim sinovlarni. Har bir torko’chaga boshimni suqib ko’raman bu kompyuterning jin ko’chalarida. Ba’zi yerlardan omon-eson qaytaman, lekin ba’zi bir boshi berk ko’chalarga kirib qolamanki, meni qutqaraman deb qizim ham bir narsalarga urinib - kompyuter boyaqish bir payt shig’ir-shig’ir-shig’ir etib ketadi - o’lding Oltoer, Semih-abiyning butun umr qilgan ishlarini bir tepkida yo’q qilding deb yuragim shuv etib ketadi, sochimning tomirlariga esa qon emas, yaxna muz keladi. Sochlar shundan oqarar ekan-da, deb taqdirga tan berib - o’zimni osaymi, yo bu xonaniyu bu mamlakatni tark etib qochaymi deb turganimda, jonivor shig’irlashdan to’xtaydi-da, ekranda allaqanday bema’ni birmi, sakkizmi paydo bo’lib qo’yadi.
Og’zi kuygan qattiqqa puflar deb, o’sha birni yo sakkizni  ikki-uch kun o’chirmay, qizimning qo’lini tegdirmay o’tiraman. Keyin universitetda kompyuterlarning piri bo’lgan bir fors yigitchani tutaman-da, boyagini xotirjam o’chirtirib, yana bir balolarni sinab ko’raman.

Mana shunday qilib, urilib, surilib, qoqilib, kompyuterlarning havosinimi havasini oldik. Asta-sekin esa sentyabr ham kirib keldi. Kuz deganim, oilamiz uchun bu mezonning hamisha og’ir bo’lganini, bularning barini qo’yib turayu - vizamiz tugab qolganini aytay. Montenning "hayot - bu o’lishdir" degan hikmati bor. Aslida buni o’z hikmatlarida Xo’ja Ahmad Yassaviy ham aytganlar, bu ma’noda bizning umrimiz hamisha vizaning tugashi edi. Eslar ekanmanki, viza tugashiga kunlarni sanar edik. Haligi - oylikning ertasidan endigi oylik qachon edi deb o’ylagandek.
Ayni shu kunlarda Semih-abiy ham Turkiya quyoshidan qorayib keldilar, menga ming markani ham topshirdilar. Bu pulni olganimizdan keyin: "Qani, endi nima qilasizlar?" - degan savolga nima deb javob beraylik. Ha, aytish kerakki, u paytga kelib qizimizni ham universitet rahbarlari u-bu qilib bir-ikki haftaga bu yerning eng old gimnaziyasiga kiritib qo’yishgan edi. Bu ham endi qolishga bir bahona edi. Bilganim shu bo’ldiki, turkshunosu eronshunoslar - qalbida musulmon xalqi bo’lar ekan, hech qachon betga chopishmaydi, istihola qilishadi: "Endi ketmaysizlarmi?" - demaydi, - "Bu yog’iga nima qilsak ekan?" - deb ohista so’rashadi. Nima qilsak ekan, bir chora topinglar, - deymiz biz.
Bir tarafdan bu bechoralar: “Nima balo urib bularni bu yerga taklif qilgan ekanmiz?” - deb o’ylashsa keragu, boya aytganimdek - musulmonqalb emaslarmi, betga chopishmaydi, istihola qilishadi. Shahar ma’muriyatiga murojat qilishadi. Nimalarni bahona qilishmadi bu boyaqishlar bizni bu yerda yana olti oyga qoldiramiz deb. Aslida shahar ma’murlari avvalambor: "Puling qani?" - deb so’rashadi. Lekin universitet kazolari oraga tushgan ekan, buni ham inobatga olishdi, u bo’ldi, bu bo’ldi, yana olti oyga qoladigan bo’ldik. Ana endi chinakam kuz ham boshlanib ketdi.

Hah kuz, kuz-a! YUraklarni sarg’aytirib oyoq ostiga tashlovchi kuz. Suvlarni ruhlardek tiniqtiruvchiyu to’xtatmovchi kuz. Oqaversin bu ruh, oqaversin bu shaffof hayot, buning oqimiga ham bir-ikkita uzilgan va sarg’aygan yurakni qurbon qilib tashla! Na ucholmay, na g’arq bo’lolmay oqsin bu yuraklar. Har kuni qizim bilan daryoning hilvat bo’yiga chiqib soatlar tanholikda ashulalar aytib yuramiz. Biri - hazin bir yunon Demis Rusosning: “Do’stim shamol, sen dengizdan kelding, rozi dilimni senga aytaymi, do’stim shamol”, ­ degan ashulasi. “Ey sabo, yora ayt salomimni”ning bir turidan. Shamol esa qimir etmaydi. Hayotimiz kabi. Daryo bo’yidagi hayotimiz kabi.
Yana kunduzlarni Semih-abiyning ishxonasida o’tkazaman, bitmagan Melioranskiyni sayqallayman, undan charchasam - Nosiriddin Rabg’uziyning “Qissasul Anbiyo”sini mutolaa qilaman, o’qib-o’qib zavqlanib ketaman - qani, deb o’ylayman, buni barcha tillarga tarjima qilsang ekan, boshqalar ham bu kabi soddadilligu, soddatillikdan lazzatlanishsa! Turib-turib Hamid Ismoildan kelgan xatni o’qiyman-da, ishlash kerak, deya ro’monimni davom ettiraman, u yuborgan maqolalariga taqrizmi, sharhlar yozaman. Qarabsizki, kun ham yarimlab qoladi, yo maktabidan qaytib kelgan qizim kirib keladi, yo o’zim lo’kkillab Ratusha ostidanu, ko’priklar ustidan, jin ko’chalar bo’ylab-u, Unterer Karlberg yuqorilab uyimizga boraman.
Yangangizning qo’li dard ko’rmasin, kuniga muzlagan besh markali tovuqni bir unaqasiga, bir bunaqasiga pishiradi, qovuradi, tuzlaydi, dimlaydi, dudlaydi - har kuni yangi bir taom. Ora-chura qizim ham u-bu narsani o’rganish asnosida buzib tursa - bu ham yangilik. Boz ustiga har shanba kastrulkada men osh damlayman..
Ana peshindan keyin esa pul g’amini yeya boshlaymiz. Og’aynim Hamid Ismoil o’zining Maskovda chiqargan antiqa avangard kitoblaridan qo’limga besh-oltitasini berib qo’ygan: "Juda og’ir kelsa shularni sotarsan, u yerda buning xushtori ko’p" - deya, ana shu kitoblarni turli yerlarga jo’nataman. Deylik "Postfaustum" degan kitobini bu yerda Faustga bag’ishlangan kitob sotuvchi antiqa kitoblar egasiga taklif qilgan edim - o’lardek xursand bo’lib 120 markaga oldi. Bu degani - yarim oyli hayotimiz!
Bundan ilhomlanib - nuqul adres qidiraman.  Allaqaysi shaharchada Faust Muzeyi bor ekan - boshlig’i bir Professor, Do’xtir N ana o’shanga xat yozdim. Muzeyning yagonaligini inobatga olib 500 marka baho qo’ydim. Bir hafta o’tar-o’tmasdan javob xati keldi. “Muhtaram janob Ma’diy, zudlik bilan bu kitobni yuboring, men ko’rayin!” ­ ma’nosida. O’sha kunning o’zidayoq sirkalangan tovuqni yeyar-emas po’shta tomon yugurdim. Qo’ltig’imda boyagi kitob - yugurib ketyapman - po’shtada qog’ozga o’raymanmi? - abjag’i chiqib ketadiku bu nozik kitobni, - degan xayol kelsa bo’ladimi miyamga! SHappa qayirildim, cho’ntagimdagi bor besh markani sug’urib - bitta muzlagan tovuqning puliya! - Hertiega emas, Honerga kirdim-da - uni qaradim, buni qaradim, hech narsa topa olmay, axir hujjatlar tikib qo’yadigan popka oldim. Ana endi po’shtaga chopdim.
Vaqt ham ancha kechkilab qolgan ekanmi, yo bayram oldi kuni ekanmi, po’shta yopilay deb turgan ekan. Jon holatda kitobni haligi popkaga tiqdimu, - pulim deyarli qolmaganmi - apil-tapil yelim tasma bilan yelimlab po’shtachiga topshirdim.
Toshi biroz og’irroq tortdi. "Buning chetlarini qirqib tashlasam bo’ladimi?" - deb so’radim men pulimni chamalab. "Ikki minut vaqtingiz bor!" - dedi lutf ila bu nemis qiz. Bu degani ikki minutu bir sekundda ulgursangiz ham oldingizdagi derazacha sharaq etib yopilgan bo’ladi! "Qaychingiz bormi?" - deb yalindim men. Tushuntirgunimcha yana 30 sekund o’tdi chamasi - javobini ham kutmay boyagi popkaning temir yugurtirilgan chetlarini g’ajiy boshladim. Bo’riday g’ajirdim byurokratizmni - degan ekan bir shoir. Xullasi - bir aji-bo’ji bo’ldiki - bir minutu 59 sekundda yelim tasmaning bir uchi qo’limga, bir uchi - g’ajilgan popkaga yopishgan holda topshirdim bu asarni.
Qani endi Hamid Ismoil bilsa ekan bu taqdiri hodisotlarni, bu badoe’u vaqoe’larni! Uf tortib, ko’priklar osha uyimga qaytar edim. Daryo hech narsa ko’rmagandek, hech narsa bilmagandek oqishida davom etardi.
Yana ikki hafta deganda, yana Semih-abiyning ishxonasida - birovning inida o’tirgan qushdek o’tirganimda, qizim maktabidan kelib qoldi-da, dada, sizga allaqanday posilka keldi, deb qoldi. Ishimni turgan yerida tashladimu, uyga shoshildim. Mana endi qizim bilan Bambergning torko’chalari bo’ylab ketyapmiz, hamma yoq qorni to’q sayyoh - otni ko’rsa anqab, suvni ko’rsa chanqab yurganlar, qani endi bulardan birortasi bizning holimizga ham kirib boqsa ekan! Ularga jismonan ham, ruhan ham qoqilib-suqulib, halloslab-pishib uyga ham yetdik, beshakl bir qog’ozga solingan posilkani ham birgalikda ochdik. Qaysi ko’z bilan ko’rayki, qaysi qo’l bilan ushlayki - qog’oz ichida boyagi g’ajilgan popkam, ustiga esa shapaloqdek bir varaq yopishtirilganu, unda nemischasiga - “Qaytarib yuborilsin!” - degan semiz imzo!
Hah, bechora Hamid Ismoil, hah bechora menu, bechora Faust, endilikda kunlaring shularga qolibmidi-ya!
Rost, keliningiz o’shanda yig’lamadi, qaytaga kuldi. Xoxolab qotdi. Unga mening ensam qotdi. Qotma-qotaloqda boyagi kitobni otdim, uloqtirdim - qaytarib yuborilsin bo’lsa - mana senga! - dedim.

Yana ikki hafta o’tdi. Bu sharmandagarchilikni endi unutayozgan edim, ertalab universitetga mardikorchilik uchun chiqib ketayotsam - Veymar shahridagi Hyote muzeyidan bir xat. Faust muzeyi bularga ham - o’lganni ustiga tep! deb yozgan chamasi, - deya yana bir sharmandagarchilikni qarshilashga shay bo’lib maktubni ochsam - YUborgan antiqa kitobingiz uchun sanoqsiz tashakkurlar, lutf aylab mana bu uch yuz markali chekni iste’mol aylagaysiz, - qabilidagi nemischa yozuv! Qaerdan? Kim? Qachon?
Bilsam, keliningiz o’shanda menga hech nima demasdan, men uloqtirgan kitobni olgan ekan-da, o’sha kunning o’zidayoq to’rt qat shildiroq qog’ozga o’rab, po’shtadan tegishli qutichani sotib olib, uning ichiga bu kitobchani sovutga solgandek solib, ana o’sha Muzeyga jo’natgan ekan, hosili mana qo’limda. Ha, soddasan-da haliyam Oltoer, soddasan, Hamid Ismoilga yozdim o’sha kuni: “Haqsan, - dedim, - og’ayni, kitobing mazmunini qo’yib turayu, hamma gap shaklda ekan, shaklda!”

Bambergning do’konlarini aytib beray. Avvaliga oziq-ovqat haqida gapiradigan bo’lsak, chindan ham avval iqtisod, yoki bo’sh qop turmaydi deganlaridek, ana o’sha oziq-ovqatni biz asosan Norma degan do’kondan olib yurar edik. Bu do’kon frantsuzlarning yeD siga o’xshab, unda nuqul bizga o’xshagan turklaru zangilar, mag’riblik arablaru bizlar o’ralashib yurishadi demoqchi edimu, mayli ­ “yuramiz” bo’laversin.. Tanlov ancha chegaralangan, sifat ham tanlovdek, lekin baharhol o’sha payt biz tark etgan Sovetlardan ikkisi-da ancha boyroq. Kartishka-partishkayu tuxum-puxumlarni mana shu yerdan olamiz. Onda-sonda magizmi, makaron, guruchmi, qatiq olib qo’yamiz. Boyagi kundalik muzlagan tovuqni bu yerdan olmaymiz xolos. Uning olinadigan joyi alohida - Kupsch deb ataladi. Nonni ham o’z ko’chamizdagi Baker dan olamiz. Shaharning old aholisi uchun Hertie degan do’konlar bor - anqoning urug’igacha hamma narsa topiladi bu shohdo’konda, lekin biz u yerga endi kelganimizdayoq, bu yerda pulning qadriga yetmaganimizda kirib qo’yganmiz. Kuniga yonidan o’tib, deraza tokchasiga yoyib qo’yilgan ming markali gilamga qaraymanu - nahotki Melioranskiyni tarjima qilganim - shu gilamni to’qigan odamning mehnatiga teng bo’lsa-ya, deb yo Semih-abiyning sahiyligiga yo-da bu Hertie ning Eron oldidagi ziqnaligigami hayron bo’lishimni bilmayman.
Yana boyaginda aytganimdek, qo’lga bir-ikki marta pul tushgan kuni turk baqqoliga ham kirib qo’yganmiz - biroz bo’lsa-da o’zimiznikiga o’xshash shiralarni sezish uchun baqlajonmi, anjir olib boqqanmiz.
Kiyim do’konlari haqida ham gap boshlamoqchi edimu, pul yo’qligidan qay biriga kirishni ham bilmay qoldim. Ha, darvoqe’, bir payt to’rt-besh tanga paydo bo’lganida qizimizga kurtka olib beradigan bo’lib qoldik. Ana o’sha bahona - do’konlarning barini tomosha qildik. Lekin shukrki, yana Semih-bey yordamga kelib, shaharda kiyim qidirmanglar, qimmat bo’ladi, shahar chekasida Hafen degan yer bor, ana o’sha yerda univermaglar qator-qator, - deb qoldi. Nima qilsayam, boya aytganimdek, o’zimizdan-da - turklardan!
Ana o’sha Hafenga qizim bilan bir soat yo’l bosib piyoda bordik axir. Bu shaharning omborlari joylashgan bir yer ekan, umrimda bir bor ko’rganman shu kabi yerni - u ham bo’lsa - Dubayda. Ana o’sha sahrodagi Dubay - shishishda to’xtatilmagan bir Hafenning o’zginasi ekan o’zi! Na bir qadim, na bir shirali bino - bari betondan qurilgan ketsiz va cheksiz do’konlar - qator-qator. Oldik o’sha yerda qizimga kurtkani! - Bu hali arzon qutulganimiz bo’ldi o’sha savdo kurrasimi-do’zahidan!
Ha, nimasini aytay - ko’rgan joyimiz - kutubxonayu - universitet, uyu - ko’chalar bo’lganidan keyin. Onda-sonda - do’stlarimiz bahona - yo Nyurnbergga, yo Frankfurtga, yo yana allaqaysi Fyurt-Pyurtga chiqib qo’yamiz. Frankfurtning kitob ko’rgazmalari haqida eshitganmisiz? Ana shunaqasiga borib qoldik-da bir kuni. Esdan chiqqan yozuvchiligimiz eslarga kep-ketsa bo’ladimi! Semih-abiyning ming yozuvchi do’sti bor ekan - ana turk adabiyoti ravnaqida yurdik vaq-vaqlab. Bilgi Qorasuv degan turklarning yahudiy yozuvchisi bor ekan, yahudiylar bir narsaga yopishishsa - egasidan ham ortiqroq bilishmaydimi, shu Bilgi-og’ayam turgan-bitgani bilgi ekan: “Turk tilida, turk iborasida - deydi, - muvozanat nuqtasi borki, ana o’shani topgan odam - yozuvchidir”, - deydi. Esimga Erkin-akamizning Matmusasi tushib ketdi. Boyagi - shahardan dutor olib kelib, bitta pardani tuta solib ding’ir-ding’ir qilaverganichi! Xotini unga: “Dadamniyam do’tori bo’gichiydi, ularning qo’llari pardalarda yugurib turardi”, - desa, ­ “E, ahmoq xotin, dadang kerakli pardani topa olmasdan umri o’tib ketgan-da, men esa uni topib oldim!” - degani-chi! Aytib bergan edim, rosa kulishdik. Yaqinda eshitdim, bechora olamdan o’tibdi, xudo rahmat qilsin!
Ha, bu Bilgi-og’a istisno - turk yozuvchilari - o’zimiznikilardan ekan, o’lardek maqtanchoq, har birining burni biri-biridan baland - arshi a’loda. “Ha, O’rxon Pamuqmi? - Xuddi inglizchadan tarjima qilingandek - o’qib bo’lmaydi uni... Yashar Kamolam eskirib demasam ham, qarib-churidi... Aziz Nesinmi - masharaboz-ku!” Va hokazo... Yaxshiyam biz turk klassiklaridan emas ekanmiz... Endi mayli, birgalashib - turk adabiyoti ravnaqiga ichganimiz qoldi...
¨zuvchiligimdan ham pushaymon bo’lib turgan bir paytimda, ana o’sha Frankfurtda oshig’im yana olchi turdi-da, Turk tadqiqotlari markazi degan narsaning mudiri bilan uchrashib qolsak bo’ladimi. Semih-abiy bahona-da! “Mana, O’zbekistonlik olim”, - deb aytsa bo’ladimi. Umrimizda o’zimizdan boshqa ilm qilmaganmiz, bilganimiz - ichimizdagilar, ya’ni til bo’yicha mutaxassis bo’lsam - o’lganimning kunidan, deganimki - yozganimdan, tilimni qavartirganimdan. Boyagi mudir ham ushlagan joyidan kesadiganlardan ekan, chamasi: “Menga ayni shunday olim kerak edi, - deb qolsa bo’ladimi. Siz bu xo’jamga qancha maosh to’layapsizlar?” - deb so’ragan edi, Semih-abiy ham rostgo’y odam emasmi: “Mendan ming marka olgan edi”, - desa bormi. “Mayli, men xo’jamga oyiga bir yarim ming beraman!” - dedi va gapni cho’rt uzdi Faruq ismli mudir.
Frankfurt kitob ko’rgazmasidan qaytar ekanmiz: “Menga mingdan ko’proq bergan edingiz-ku”, - desam, hokisor Semih-abiy: “Mayda-chuydalari esimdan chiqib ketibdi-da”, - deydi. Qani endi ikki ming desaydi-ya, koshki maoshim ham ikki yarim mingga chiqarmidi?! Mayli-da, ko’raylik-chi, buyog’i nima bo’lar ekan...

SHunday deymanu, kambag’alning ko’rgan kuni qursin, nimayam bo’lardi?! Uch - qayoqda uch - noyabrdan kelasan degan odam fevralga qadar telefonga bir javob bermasdan, bir yordamchisi orqali - hali hal bo’lgani yo’q deb, hullasi san salar, man salar qilib yurdi. Avvaliga jiddiychasiga olib, Olmoniyada bunday bo’lmasa kerago’v, deb, xafa ham bo’lib yurdim, keyin biroz tutoqib, men ham aksiga oldim-da, kunora sim qoqa boshladim, axir bo’lmaganidan keyin, Semih-beyni qayradim: “¨ u yog’liq qilib bering, yo bu yog’liq”, - dedim. Semih-bey ham o’zini ancha qayrab yurdi-da, nihoyat orani ochiq qiladigan darajaga yetib borib, go’shakni qo’liga oldiyu, raqamlarni tera boshladi. Raqamlarni terib bo’lguncha yuz bor bo’lajak suhbatni ko’nglidan kechirdimi - yuz tomchi ter yuzini qopladi, o’shanda Faruk-beyning yordamchisi telefonni oldi-da: “Hozir, beklang, ulayman”, - dediyu, yer yutgandek, anchaga g’oyib bo’lib ketdi. Yana bir martaba sukut dengizidan sho’ng’ib chiqqanida, Semih-beyning o’zi tanglikdan ter daryosiga cho’kib bo’lgan edi. “Hozirgina chiqib ketibdi. Orqasidan yugurgan edim, moshinada ketib qolibdi”, - dedi soddachasiga olib kotiba.
Semih-beyni g’azabda ko’rish kerak.
G’azablangani sari u seriltifot bo’lib boradi. Bu safar u turk lutfnomalarida uchramaydigan, inonilmas darajada tavoze’ bo’lib ketdi. Shundayin lutfu-karamlarni qiyomiga burab-burab yetkazdiki: “Ko’zlaringday o’pay, go’zal kotiba, shirin tilginang endigina ulab beray deb bol tomizgan emasmidi-ya, qayga g’oyib bo’ldi bu takliflaring, yaxshi qizcha?! Qo’lga ilinmas sochlaring shamolimi to’zitdi bu va’dani, malakkinam?!” - qabilida olib ketdilar. O’zbek tili qo’pol, birodarlar! Ishonmaysizlar, chunki Semih-beyni g’azabda eshitmagansizlar-da!
Bu iltifoti komillardan so’ng zinhor boshqa Semih-beyni ishga solishga ko’nglim botinmadi. O’zimning no’noqligimni bu kiromi mutlaq yog’dusiga qo’yish ne hojat?! Sabr kosasini bo’m-bo’sh ushlab, uni oqartirmasdan-netmasdan, pisib-jimib hayotni yashashda davom etdik...


Ro’mondan bir parcha

 Quyosh Dalv burjig’a kirg’on shavvol oyining beshinchi kuni qadimiy shahar Bamburg osmoninda kuppa­kunduz kuni yop­yorug’ bir yulduz paydo bo’ldiyu, ehrom bonglarining qahqashonida shahar bo’ylab suza boshladi. Kelgindi qo’ynidan yada toshini chiqarib Bo’z Ho’kuzning nafasindan ufuradirg’on ro’zgorni Bamburg yastang’on yetti adirlarning biri ­ Mishelberg yonbag’ridag’i dalasida kutub o’tirar ekan, boyagi yulduz u tomon havoning biron­bir tebranishisiz oqa boshladi­da, yuqoridan qalqib o’tub, adir tepasidag’i ehrom cho’qqisig’a tegdiyu­so’ndi. Yo’q, so’nmadi, top­toza osmondan yashin urdi ehromga va tindi. Ajib bir sukunat turdi dunyoda. Go’yoki ko’klardag’i ufq bo’yi bulutlarda yashring’on yashin qushi o’z qanotlarini ohista taxlab­avaylab, yer yuzini endi sukunat uchun xoli qo’yg’ondek edi.

YUlduzlar osmonda quyosh kabi qimir etmay qoqilg’on, uzoq o’lkalardan toshni tillog’a evriltirish ilmini qidirib bu yerga yetg’on kelgindi sharqdan esajak bu ro’zgorni yurak qumsovi uchun emas, balki ko’klamu­yozin undirib­o’stirg’on g’allasini rohibgoh o’rmonlarindan chiqqon vuhushot payhon qilg’och, shamol kuchi qayta tiklarmikan deya kutaru istar edi. Mana ikkinchi yilki u soqov qiyofasig’a kirib birovda qiziqish uyg’otmas, o’zi esa bu yurtning tiliniyu, bejoziba odatlarini ich­ichig’a sig’dirib yurar edi. G’alla o’rulub yanchilg’och bir arava don Walkmuhle tegirmonig’a yetkazulub, tortilar, unnung bir qismi tegirmonchig’a, ikki qismi Mishelberg rohibgohig’a, qolg’on to’rt qismi kelgindining o’zuga qolub, Ko’k­bozorda nonvoylarg’a sotilar va shul tariqa gung g’arib Mishelberg yoqasindagi taxta bir kulbachada o’z hayotini kechirar edi.
Biroq bu yil qo’rg’oqchiliqdanmi o’rmondagi parrandayu­darranda birini biri quvub dalama­dala bir daryo taraf shataloq otar, bir to’rt atrofdagi yagona quduqni bulg’ab yana to’ng’uzlarcha ekinlarni payhon etar edi. Xayrki, bul mahluqotni g’arib nom­banom bilsa­da, so’nggi payt to’ng’uz desa to’ng’uz emas, ammo boshdan oyoq tukluk, maymun desa maymun emas, lekin aksar ikki oyoqlab chopqullag’on, taka desa taka emas, biroq shoxu­soqolluq qo’shtuyoq bir mahluqotlar paydo bo’ldiki, qosh qoraydimi ­ daryodan chiqib Mishelberg tomon chopqoni­chopqon.

YUlduz ehromg’a tushqon oqshom esa go’yoki bularning kuni tug’di ­ gala­gala bu mahluqotlar chiyillashqonicha birining dumuga birining soqoli bilan yopushub­chirmashub paykalni paykal demasdan, boshoqni boshoq bilmay qora yer bilan teng bo’lub chopishdi o’rmonu adir tomon ­ yuqoruda yuksalib turg’on ehrom sari… SHunda g’arib kelgindi bor kuchuni ikki yilki gap bilmas tiliga yig’ib Tangrig’a topundi, ko’kda bulutg’a yashring’on Yashin Qushi qanot qoqdi, ufuqdan Bo’z Ho’kuz ufurdi va birdaniga qalqqan shamol poyalarni ko’tardi va yana dunyoga sukut turdi.
Ehromdan o’rmon yoqalab daryo tomon tushqon so’qmoq bo’ylab ikki rohib entikib yaqinlashar, biroq ularning qora hil’atlarg’a chuvalg’on oyoqlari ham yerga tegar­tegmas to’rt atrofdagi sukunatni buzmas edi.

“Biz bilan yur”, ­ deb ko’rsatdi biri. “Qorong’u tushmaguncha yetishimiz lozim”, ­ deya bildirdi ikkinchisi. G’arib ham yada toshini qo’ynug’a solub bularg’a ilashdi. Modomiki, mana shu rohibgohning piri ­ Abbat Ioxann soqovning ikki yillik tadqiqig’a binoan pinhonan toshni tillog’a evriltira biladurg’on yagona kimsae erdi.
Ilon so’qmoq bo’ylab yelib­pishib adir tepasindag’i ehromg’a chiqib borishar ekan, tiluqmas g’aribni xavf bilmay bu ikki rohib tugul ­ josus ­ o’lum tushaginda yotqon abbatning siru­sinoatig’a gung yordaminda sherik bo’lush ilinjini muhokama etar, bu ikki isaviyning (Jesuiten) ketidan oshiqqan kelgindi esa dunyodan umidini uzg’on Abo Ioxann tun tush ko’rg’onini va pirovard izhori rozini soqov bir kimsag’a aytqonini tinglab, qo’ynudagi yada toshining tobora qizib borayotqonini tuyar edi.
Nihoyat ular ehromg’a ham yetishdi. Abo o’ngida so’nggi vasiyatlarni berklab turg’uchi rohiblarg’a Ioxann zaif qo’li ila ketish ishorasini qildiyu, bularning bari, keyingi ikki rohib mustasno, hujradan birin­ketin chiqishdi.
SHu payt qo’ng’iroqlar ura boshladi. Ular ting’onidan so’ng soat bongi eshitildi. Diqqat berdimi bular, yo’qmi ­ biroq kelgindi Abo Ioxannning yuzidan sezgan narsa ­ vaqtning hali erta bo’lishiga qaramay, soat negadur bong urushda davom etardi. “O’n bir!” ­ deya pichirladi Ioxann. Rohiblardan biri toqda turg’on qumsoatni to’ntarib qo’ydi. Qum zarralari shitirlab oqa boshladi. ¨­da bu tashqarida maydalab yog’a boshlag’on yomg’urning sasimidi? G’arib qumsoaatqa Abo ketidan boqar ekan, o’sha peshtoqdagi nozuk tarozug’a ko’zi tushdi. Shundami o’lchar ekan turluk toshlarning miqdorini ­ ularni tillog’a aylantiruvdan avval bul g’arboniy mug’? Yana bir tokchag’a qo’yilg’on sham
nuri birdaniga seskanib tushdi. Soyalar tipirchilab Abo Ioxann ikki rohibg’a qaradiyu: “Benvolio, Frederik!” ­ deya ularg’a ham chiqish ishorasini qildi. Bularning soyalari burchakka osulg’on Bibi Maryamu ma’sum Isoning suratlarini qoplab, hujradan sudralg’onicha g’oyib bo’ldi. Shunda Abo bu gung g’aribni o’z oldig’a chaqirdi. G’arib qo’ynudagi yada toshi tobora qizib borar, unung issig’iga deyarli chidab bo’lmas edi ­ nogahon tuynuksimon derazada yashin chaqnadi ­ qorong’u osmon darz ketdi, hujrada allaqanday ko’lkalar talpindi.
“Bilaman, sen mening bironta so’zumg’a tushunmaysan, ammo meni tinglaydurg’on qalb kerak”, ­ deya pichirlay boshladi chol. G’arib sir boy bermasdan unung yonig’a o’turdi. “Dunyoda mendek gunohqa botqon kimsae yo’qtur. Boshdan oyog’im gunohu jurm, ­ deya hapriqdi Ioxann. ­ Xokisorliqda  avliyo bo’laman deb takabburlukning eng ulkaniga yem bo’ldum, domanimni pok tutaman deb savm tunlari ichimdan uruqlarim beixtiyor sochildi, ilm topaman deyaroq shubhag’a ko’muldum, insonlardan qochaman degan fikrda ularg’a but bo’ldum, neki ezgulukka intilmay ­ samari yovuzluk chiqdi… ­ U bir zumg’a tin olub davom etdi. ­ Tangrimg’a topunaman deb ruhumni Iblisqa sottum. Ana, tayyor turubdi u, ­ deya chol eshik tomon qo’l irg’adi. ­ Sen hech qachon bu loyqa hayotnung tubi haqinda o’ylag’onmisan? Gunohqa botish lazzati haqinda? Endi ko’mulg’on onangni go’rdan kovlab olub zo’rlash va yo sen taraf “Otajon!” ­ deya quchoqini ocha intilg’on ma’sum go’dakni bo’g’ub o’ldurushu unung go’shtini yamlash… ¨­da bir o’zung ehromg’a kirib sajdagoh o’nguda Bokirai Abadulning betig’a qaratib uruq otish haqinda?! Nega inson bu tubanliqlarg’a cho’mushni,  g’arq bo’lushni tanlaydi?! Nedan bu isyonu vasvasalar changalida bachadon va yo beshikdan ham ortuqroq lazzat tuyadi u?! Va yo o’zuni emas, bu tubanliqlarg’a bardosh bera oladurg’on, ularni ham ko’tara oladurg’on ilohiy kuchni sinaydimi odam?! Ne qilsang Xudoning rahmati bundan ham ulug’ligini va bu dunyoda eng tubanlarning tubani ham bu rahmatqa sig’a olushini isbotlay olasan kishi?! Yo’qsa bu sovuq dunyoda yurushning ma’nosi nimada?!” Og’zi ko’purgan cholni bezgak tuta boshladi.
G’arib qo’ynudagi yada tosh esa  endil
ikda o’zi oqizg’on terg’a bulanib, vishshillag’onicha sovuy boshladi. ×ol iztirobda o’z so’zlarini davom ettirar edi. “Boq, qumsoatimning ichiga qurt kirib olgan, vaqt qurtlay boshladimi endi?! O’zicha vaqt oqimini to’xtatib qo’ygudek. Istasa zarralar ustiga talpinib chiqib oladi­da, qumsoat beliga kirib olib qum oqimini bo’g’ib qo’yodur. Istasa pastga tushub qumga ko’muladi, istasa tepadag’i bo’shliqqa sohib bo’lodur. Menimcha bu qurt qumning o’zudan chiqqon, menimcha u mana shu qumni yeydi. Bir kun esa u kapalakka aylanodur ­ bir qanoti qumsoatning bir bo’laginda, boshqasi ­ ikkinchisinda… Menga o’xshaydi bul qurt…” U qumsoatga ishora qilib, uni uzatishni talab qilayoturg’ondek edi. G’arib allanechuk parishonliqda oxirlab qolg’on qumsoatni cholg’a uzatdi. “Biz ham bu dunyoda balki shu qamalg’on qurtdan ortuq emasdurmiz, ming urunsak ham haddimiz mana shul ikki shishadek ikki jahondur…” ­ deya xo’rsindi Abo Ioxann.
SHu payt tun yarmining ilk bongi urdi. “Ana kelayotur u”, ­ deya negadur eshikka va yo derazaga emas ­ tokchaga imo qildi chol. U yoqqa xavotirnok ko’z qirini tashlagan g’arib nogahon tebrang’on bo’sh tarozudan boshqa hech narsani ko’rmadi. “Ana kelayotur, ­ dedi chol bo’g’ulub yana bir bor. ­ U ruhumni qurtdek yemoqchi!” ­ deya xitob etdiyu u, jon holatda qo’lidagi qumsoatni tarozu tomon uloqtirdi. Soat so’nggi bor bong urdimi, yo kapalaksimon qumshisha uchib borib tarozuning bir pallasig’a suqildimi, osmon bilan yer orasi yoruldimi yo ­ sharaqlab hamma yoqni o’t oldi bir zumda ­ chayqalg’on tarozuning pastga ketgan pallasidan potrab chiqqandek edi bu devsimon, iblissimon alanga, atrofda bu pallani tubanga tortqon ko’lkalar ­ boyagi ikki rohibmi, yo dalalarni tunov payhon  etqon shaytonchalar, jinchalar, jinqarchalar raqsg’a tushar, ularning raqsidan o’t sharaqlab avj olar, shunda yettiyuz kundan beri o’z ovozini eshitmag’on bu g’arib: “Astag’firillo!” ­ deya qo’ynida muzga aylanib ketqon  yada toshini tuta solib tarozuning ikkinchi pallasiga tashladiyu, ajib bir nur atrofqa sochilib, bu nurda boyagi vasvasalar g’arq bo’ldi­da, toshni tillog’a aylantirib yuraturg’on bu avliyoyu osiy chol jon berdi…



 19.. yilning fevral oyi, 10 kuni siqib-sidirib topgan 250 markani oiladan uzib oldim-da, yo’lga chiqdim. Undan avvalgi kechani aytib beray. Yo’lga otlanish kechasini. Xotin - kirlarimni yuvish bilan ovora, qizim ularni dazmollash bilan mashg’ul, men esa - o’zbekchilik emasmi - 19.. yili Pitsunda birga dam olgan turk yozuvchi do’stim uchun hadya tayyorlamoqdaman. Kambag’alchilik qursin ekan, - Toshkentdan olib kelgan bir parcha latta bor edi, yangi zamonlarni tushunib bo’lmaydi - sumakni chekish trubkasi sifatida sotganlaridek bolalarning beshigida ko’tlik ostiga qo’yiladigan bu bir parchani ham yo choynakka yopindiq, yo o’tirg’ichga bolishcha qilib sotishyapti endi, ana o’shanga hoshiya tikish bilan o’zimni ovutib o’tiribman. Xotin allaqanday tselofan to’rvachalarning ichidan to’rt-besh qiyiq (qiyiq deganim - dastro’molcha ham kelmaydigan qoldiqlar) - atlas bergan, ana o’shalarni birini oy, birini quyosh, birini yulduz qilib boyagi ko’tlikka tikib yotibman. Yaxshiyamki, bolalar bog’chasida o’g’ilu-qizligingizga qaramasdan kashtachilikni o’rgatishar edi, bir kun yarar ekan.
Xotin zaharxanda kuladi, qizim - kulgi bo’lmang deb kuyukadi, men esa turk yozuvchi do’stimga bo’sh qo’l bilan bormaslik uchun “Tikdim shohi so’zana” - deb o’tiribman.
Mayli-da, yo’lda uxlab olarman degan edim, mana endi qani uyqu kelsa. Miyalar g’ovlaydi - nima bo’lar ekan bu yog’i, yana bor pullarni yo’qotib ammamning buzog’idek “Ma-a-a” ­ deb qaytamanmi oilamga, yo chindan ham bir gap chiqarmikan bu hay baraka safarimdan?! Frankfurtga qadar bu o’ylarni o’ylab ketdim - yo’l tanish-da. Undan u yog’iga esa notanish yo’l tortib ketdi xayollarni. Undan u yog’iga - Frankfurtdan Kyolnga qadar chiroyli ekan bu yo’l!

 Ikki yashil tog’ orasiga kirar ekan-da, bu darachaning o’rtasida azim Reyn daryosi oqar ekan. YUz kilometrmi, undan ortiqmi - shu kabi go’zallik. O’zumzorlardan yashil tog’u-adirlarning qoq tepasiga esa qasrlar qurilgan. ×inakam, tarixiy qasrlar. O’rta asrlardan qolgan qasrlar. Bir taraf - tikka sohilu daryo, ikkinchi taraf - qoya, inson bolasi qanday chiqar ekan bu qasrga deb o’ylaysan kishi. ¨ ko’rkamlik uchun, faqat xayol bilan erishadigan tamosho uchun qurilganmikan bu qasrlar? Poezd ham tog’larni teshib-teshib - bir moshina yo’liga yaqinlashadi, bir daryoga. G’izzillagan moshinalardan o’zib boradi, daryo esa musobaqadan xoli - biz tomon oqadi - poezd tezligini oshirsa u ham qarshimizga yugura boshlaydi, tog’ bag’rida vagonlar qiyshaygan chog’i esa, bir yoqqa og’i-ib, asta-asta suvlarini g’ildiraklarimiz ostlariga siljitadi...
 Sehrli o’lka, Reyn sohillari. Bu vodiymi, daradan chiqishingiz bilanoq Koblents degan shahar keladiyu, undan keyin poytaxt - Bonn. Aslida poytaxtcha yo hech bo’lmaganda - Bonncha deyishim kerak. ×unki bu shahar - shinamgina, ixchamgina bir shaharchadir. Bolaligimizda yegan pirojnoelarimizdek.
Bonndan keyin esa - deyarli shahar shaharga qo’shilib ketaveradi: hash-pash deguncha azim Kyoln keladi, undan so’ng islovotxonasini temir yo’lga ochib Dyusseldorf, undan keyin Essen, Dortmund va... xullasi - Rur o’lkasi. Ba’zan bu o’lkani - dunyoda eng katta shahar ham deyishadi.
Lekin biroz o’tib ketdim chamasi. Essenda emas, Dyusseldorfda ham emas, bu safar Kyolnda tushib qoldim emasmi. ¨zuvchi do’stim vokzalda kutib oldi. Moshinasiga o’tkazib shahar chekasiga olib ketdi. Ana u yerda navbatdagi safar kambag’alchilik qursin deb hijolatga qoldim, beray desam - boyagi - tunda tikkan kashtam - “O’zbekistondan atay olib keldim”, - deyman. U ham bir parcha ko’tlikdan ortiq emas.
Ertasiga og’aynim Essenga o’z moshinasida olib borib qo’yadigan bo’ldi. Essenga ham biror soatda yetib bordik. Xah, Germaniya yo’llari. Necha minglab kilometringizni bosib o’tdim-a bu yillari! Siratul mustaqimdek to’g’ri va silliq, Sirot ko’prigidek tezkor - bir tushib qoldingmi - bu yo’ldan chiqish yo’q. Xato qila ko’rma - xatongni oltmish, yetmish kilometrdagi qo’shni shaharda tuzata bilasan xolos, ungacha esa yo’ldan chiqish degan narsa yo’q!
To’g’ri yo’lda adashmadig-u, Essenning o’zida toza salaqladik. Axir Turk tadqiqotlari markazini ham topdik. Kirib borsak - ur - maishat! Turklarning aytishicha - sargi, bizlarcha - ko’rgazma. Hurliqo qizlar sharob tarqatib yurishgan, markaz boshqoni jo’shqin nutq so’zlagan, bizlar qarsak chalgan. Qarasak - bizga ham na dam, na iltifot yo’q, - “Mana endi mehmonlarimizga so’z bersak, bular O’zbekistondan kelgan”, - desa bormi. Rassom haqida gapira boshlagan edim, yaxshiyam tilimizda shakli muannas yo’q ekan, chunki erkak deb bilganim - parisoch bir qiz bo’lib chiqdi, qulluqni ana o’shanga qaratdik: Erdek to’g’ri, sherdek jasur, - deb ta’rifladik bu nozikkina qizni. Lekin boya aytganimdek: bu yerda bir yo’lga kirib qoldingmi - undan qaytmaysan - uraverasan. Bu so’zlarga ham qarsaklar bo’lib ketdi-yu, ur-ur - qadahbozlik! Mana sizlarga bu Markazdagi birinchi ish kunim.

Bu maishatning o’rtasida O’zgan do’stim ham meni xudoga topshirdi-da, “Kyolnga qaytish yo’li uzoq, o’zing ko’rding-ku”, - deya juftakni urdi. Shu bo’yicha uni ko’rganim yo’q. Onda-sonda telefon qilib turaman, undan naryog’iga o’tmaydi. Maishat ham bitdi. Kechqurun o’z g’amimni o’zim yeydigan bo’ldim. Ratenburg degan joyga borishim kerak edi, surishtirsam - xodimlardan biri ham o’sha tarafda turar ekan, moshinasida eltib qo’yadigan bo’ldi. Eltib ham qo’ydi. Nega Ratenburggami? Bambergda yurgan chog’im Essen mashmashasi ayon bo’lib qolganidan keyin u-bu insondan qarindosh-urug’ va yo tanish-bilish deya, arzon-garov yotoq qidirish payidan tushganman. Semih-beyning Hasan degan bir shogirdi bo’lar edi - bitmas shogird. Nemis xotinidan bola ko’rib - bola boqqani mana uchmi-to’rt yillik ta’tilga chiqib ketgan. Ahyon-ahyon bolasini oldida aravachada dumalatib, Semih-beyning men o’tirgan xonasiga kirib keladi va yo kutilmagan bir muyulishdan yana o’sha aravasini dumalatib: “Assalomu alaykum”, - deb chiqib keladi. Bekor salomlardan ko’ra bir ish so’ray, - deb o’shandan Essen-pessen to’g’risida surishtirgan edim, qaynonayu-qaynotasi o’sha Essendan yigirma kilometrlarcha bo’lgan boyagi Ratenburgda yashashar ekan. Ana o’shalarnikiga kirib bordim.
Maishat maishatni chorlaydi, - deyishadi. Deyishmasa - deyishlari kerak. Bu qaynotayu-qaynonaning uyida ham kimningdir tug’ilgan kuni ekan. Endi ishdan qaytib bu hodisaga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan paytlari. Endi mening o’zbekona ahvolimni tasavvur qiling. Bular bilan telefonda kelishilgan - ular qo’shnilari bilan oyiga ikki yuz markadan bir xona gaplashib qo’yishgan - shu qo’shninikiga olib chiqib qo’yishlari kerak. Lekin avvaliga qo’shnisining shifoxonaga tushganidan, ikkinchidan esa mehmondorchilik yuzasidan - biz bilan shodiyonani baham ko’rsang, - deya tutishdi. O’tiribman - birorta hadya ko’tarib kelmagan inson. O’tiribman - bularning birortasiga qarindosh bo’lmagan o’zbek.
Yo’q, kechqurun shifoxonaga o’z erini yotqizgan ayol ham yetib keldi va men uning istehkomdek uyining bir xonasiga ko’chib o’tdim. Bir oyga yaqin o’sha yerda turib yurdim: katalak xona, bir yotoq, u menga ham ish xontaxtasi, ham dasturxon. Kechqurunlari ishdan qaytayotib - sutmi, pishloqmi, pechen’e olib kelaman, kitob o’qib bularni chaynab o’tiraman. Bo’ydoqlik qursin, bo’ydoqlik.
Lekin ish hayotimni birinchi ertasidan boshlay. Ishga soat to’qqizga borishim kerak emasmi, bu yerdan qancha vaqtda yetib boraman - bilmayman, chunki kecha moshinada kelganligim tufayli - na vokzal qaerdaligini bilaman, na uni qanday topishni. Shuning uchun ham kallai sahardan turvolib g’ira-shira qorong’uda yo’lga chiqdim. Hali ancha sovuq, fevral emasmi, qor ham bormidi, har holda - izg’irin.
Tashimda bo’lmasa-da - ichimda. Boshim oqqan tomonga ketyapman - uzoqda bir sharpa ko’ringandek bo’ldi, nemischamning eng nozik iboralarini qayray boshladim: nimqorong’uda mendan qo’rqmasin-da, dedim. Uzoqdan ta’zim qilib: “Kechirasiz, xonim, bir daqiqaga sizni bezovta qilsam bo’ladimi? Vokzal degan narsa bu mavze’ning qaerida?” - qabilida oldim. Boyagi xotin to’xtab, menga tikildi-da, birdaniga: “Turkmisin?” - dedi. Ag’darilib tushdim. “Siz ham turkmisiniz?” - deb so’radim. “Neden bani turk deya bildiniz?” - deb so’radim. “Almanchani bilmiyorsin”, - dedi umrida boyagi antiqa so’zlarni, lutfu-tavoze’larni eshitmagan sodda ayol.
Mayli-da, vokzalga ketayotgan ekan, suhbatlashib ketdik. "Qanday so’rashim kerak edi?" - deb ohista gap olgandek bo’ldim. "Xotin, vokzal qani?" - deyishing kerak edi, - deb odmi nemischada o’qitdi bu juvon. Shunisiga hayron qolaman. Biz yillab kitoblardan tillarni o’rganib yuramizu, turklarmi, arablar va yo xitoylar yerning istagan chekasiga borishadi-da - o’zlarini ifoda etishsa bo’ldi: "Maya tvaya ne ponimayt!" SHu!
Nonini yeb yuraverishadi. Donini cho’qib yuraverishadi. Ro’zg’orini tebratib yuraverishadi.

SHunday qilib Turkshunoslik Markazida ishim ham boshlanib ketdi. Faruq-bey - bir Turkiyadan, bir SHveytsariyadan, bir Xollandiyadan, bir yana allaqaerdan kelganlarida nuqul: "Qani, o’zbek orqadoshim, bir otamlashaylik", - deya, bir turk, bir ispan, bir xitoy restoraniga olib borar va ovqat tanlashda ustasi farangi ekanligini namoyish qila tura, bechora dasturxonchi qizlarni shoshirib qo’yardi: "Bilaman, sizlar barini aralash-quralash qilib ko’tarib kelasizlar, yo’q, xo’jamga bu narsalar yoqmaydi, baridan jichcha-jichcha olib keling. Bir undan tatib boqsin, bir bundan. Rang-barang bo’lsin, turk taomlarini ko’rsatib bering-da!..."
Ana undan keyin boshlanar edi bir turk taomlarini, bir meksika, bir hind ovqatlarini tatish-lazzatlanish.
Oraliqda esa - u menga ishxonada alohida xona ajratib bergan: "Bizga O’zbekiston ahvoli to’g’risida bitta katta konferentsiya tayyorlab berasan, ulug’-ulug’ odamlarni Bonnga taklif qilamiz", - deb tayinlagan. Ana shu konferentsiyani tayyorlash bilan mashg’ulman. Endi atrofimdagilar haqida ikki og’iz so’z.

……

AjRalib ­ qaytish ıkan bu dunyoning mohiyati. “La ilaha illalloh!” degandek. Butun boRliqqa teng yo’qlik maydoni yasalgach, uni yagona Alloh ıgallaganidek. Sin ham o’zining oddiydan­da oddiy hayotini biRma­biR ıslaR ıkan, bu oddiy hayot ­ faRRoshligu ınagalik, quRuvchiligu omboRchilik, qoRovulligu teRimchilik o’z­o’zicha ma’nomi, bema’nilik kasb ıtgan ısa­da, baRibiR Sinning bu dunyodagi hayoti ıkan. KimlaRdiR uchun paRvoz ham ­ kundalik mehnat. KimdiR mashaqqat bilan yetgan manzilda boshqasi tug’iladi. Poshshalik nasib ıtgan yakkam­dukkam aRilaRni qo’ya tuRaylik, ana ­ domod aRilaRga qaRang! Bu dunyoda qilgan ishi ­ bahoR so’nggida nuqul PoshsholaR bilan ıRkin havoda juftlashish. PiR mahRamidek biR gap. Xo’sh, nega bu xayol achitadi Sin yuRagini?!
U ham bo’sh muhojiRlaR oRasida biRinchi bo’lib yangi uyaga o’z yukini ­ teRgan shiRasiniyu, gulg’uboRini to’kkanida, PiR uning duosini qilmaganmidi? Boshi aylanib ketdi o’sha on Sinning. OyoqlaRi gandiRaklab, Raqsga tushib ketdi u bexosdan. Samoviy, samo’iy Raqs ıdi bu Raqs. Sinning o’z oddiy hayotidayu, bu hayot sezimsiz tayyoRlagan paRvozida ko’Rgan chamanlaRiyu, bu chamandagi gullaRi, uchib o’tgan maqomlaRiyu, ketida qoldiRgan manzillaRi mujassam ıdi bu Raqsda. ARilaRning Raqsi daRveshlaRnikidan.

ARining uyasini ko’Rganmisiz hech?

Glazgo shahRining Kal’vin nomidagi san’at Rastasida qadimiy RasmlaRu haykallaR oRasida biR shisha quti ichida aRilaRning tiRik uyasi namoyishga qo’yilgan. Bu uyadan shisha quvuRcha deRazagayu, binoning tashqaRisiga aRilaR uchun yo’lakchami­daRcha sifatida ochilgan. BulaR tabiatda qanday yashasa, bu shisha qutining ichida ham xuddi shunday hayot kechiRishadi. Insonni hayRatda qoldiRuvchi ilk tuyg’u ­ bu uyada bo’shliq degan naRsaning yo’qligi. Inson atRofida to’Rt qaRich havo bo’lmasa ­ o’lib qoladi u biqib. Lekin aRilaR ­ biRining ustidan biRi o’Rmalab, uRilib­tuRtilib, biR­biRini depsab, yakshanba kuni qo’y bozoRiga tushib qolgan odamdek tiqilishaR ıkan. Shunday ısa­da, haR biRi o’z yo’lidanu, qilayotgan ishidan adashmaydi hech.
Sin ham Raqsini mana shunday tiqilinchda ­ biRovning qo’liga tegib, biRovning mo’ylovini bosib, yana biRining beliga qoqilibu, boshqasining tumshug’iga suqulib ijRo ıtaR, biRoq bu tiqilinchda ham o’ziga yaRasha kaRomat boR ıdi: kimdiR Sin qo’ynidan gulg’uboRni qabul qilib hujRa quRishga kiRishgan, yana biRovi shiRani yelpib bolini quRitishga shay, uchinchisi Raqs belgilaRidan chaman joylashgan yeRni chamalagan va bo’sh aRilaRni ayni o’sha manzilga jo’natish payida allanaRsalaRni atRofga daRaklaRdi.
ViRd ısa davom ıtaR, Sin jazavaga kiRib, butun boRliqni unutgan, uning zildek og’iRmi, yo ­ aksincha ­ havodek  yengil ko’ksi: “Hu! Hu! Hu!” ­ deb, biR to’lib, biR bo’shagan, xotiRida ısa maydami­ulug’ hodisotlaR uni taRk ıtishdan avval biR zumga to’xtagan va bu to’xtamda baRi biR teng bo’lgan ­ hayotda bo’lmagan bu kabi damdan so’ng o’lib qo’yaqolgisi kelaR ıkan solikning.

Hali bu gapni yana biR qaytaRamanu, lekin Iso­masihning ko’z yoshidan taRqagan ıkan aRilaR. Shundan ham ilmga binoan aRilaRning baRi o’zining o’ttiz uchinchi paRvozidan qaytib kelmay, dalalaRda ­ o’z uyasidan uzoqda o’z o’limini topaR ıkan. Iso­payg’ambaR yoshi. Sinning hayotida ham o’ttiz uchinchi paRvoz fuRsati yetaR. Ammo u hoziRdanoq o’sha paRvoz damida nelaR bo’lishini yuRagiga tugib bo’lgan. PaRvoz oldidan u takya o’Rtasidagi obodRoq hujRaga kelib yana o’n ikki mahRam oRalab PiR o’ngida hoziR bo’ladi­da, PiR duo ila uning ismini ko’taRadi, shunda u Sin ismi yukidan ozod bo’lib, oddiy benomu benishon aRiga aylanadi. Ism yukidan qutiltiRgach, PiR uni dunyo yumushlaRidanu, ikiR­chikiRlaRidan ham xalos ıtadi, uni ındi bu dunyoga bog’lab tuRgan hech vazifasiyu, ma’suliyati qolmaydi, ıng so’nggida PiR bu aRini ushbu dunyoyu ushbu hayot xotiRalaRidanu tasavvuRidan ayiRadi ­ ındi bu umidsizu aRmonsiz xoli aRi o’zining o’ttiz uchinchi paRvoziga ham tayyoR.

Lekin biR naRsa hanuz bu aRining badanida tipiRchilab tinmaydiki, u ham bo’lsa ­ iliq jon… 


 Virdjiniyaning Lorton qamoqxonasida bugun hammom kuni edi. Barcha uchun emas albatta, ammo A.Visens endigina hammomdan qaytib, yo’l­yo’lakay so’nggi hafta gazetalariniyu bir­ikkita yangi deb tarqatilgan kitobni qo’lga kiritdiyu, o’z katagiga kirgachoq kaltagina ­ o’z­o’zini bo’g’ibmi­osib qo’ymasin deya ­ sochiqni bir burchakka uloqtirdi­da, o’zi tosh ustidan mixlangan dermantin yotoqqa yonboshlab gazetalarni varaqlay boshladi.
 Dunyoning yurakburg’isidek edi bu gazetalar. Iching o’tdiyu, ko’taningning sal achishgani qoldi. U achishganining boisini topish ham mushkul ish. Nima edi u o’zi?! ¨ ilgariroq hammomdan buzulmay kelgan kayfiyatmidi bu? Boyada, kunduz kungi mizg’ishning tush desa tush emas, bosinqirash desa ­ shirinu, lazzatli esdaligi…
 Qamoqda gazeta o’qishdan ayanchliroq narsa bo’lmasa kerak. Bularning bari havoiy ekanligini tuyasan, yanada chuqurroq boqsang ­ dunyo qamoqligini anglaysan: shakl qamog’i, qoida qamog’i, yengil­elpi ehtiyoj qamog’i, qolaversa hayot qamog’i… SHuning uchun ham qimirlamaganing durust. Bu gazetalarga tegmaganing ­ tut yeb ustidan suv ichishdan tiyilganingdek ­ tuzukroq edi… Endi esa ko’taning u yoqda tursin, ich­ichlaring ham achisha boshlaydi. Jig’ildoning qaynaydi. Tiling taxir tortadi. Nafasing qo’lansalaydi.
A.Visens burchakdagi mijig’langan bir hovuch sochiqqa boqdi. Uning markazida hindu mandalasi kabi yumshoq quyosh charaqlar, undan uchburchaklar shaklida tarqalgan nurlar zulmatning uchburchaklari bilan tishga kirgan tish kabi, chambarchaslanar edi. Bir fikr uyg’ondi uning miyasida: demak nurlar zulmatni yorsa, zulmat ham nurlarni yorib o’tar ekan­da. Biroq bizning ko’z ko’rgan, miyamiz anglagani esa ­ zulmatni yoruvchi nurlar. Bu fikr ham yondiyu, so’ndi.

 Boyagi tush nima haqida edi o’zi? Uning kayfiyati haligacha tirik, mazmuni esa hech xotirga kelmas edi. A.Visens gazetalarni pastga sidirib tashlab, qo’liga kitoblardan birini tutdi.

… Fardajon qasrining mo’risiga ­ botayotgan quyoshning so’nggi nurlari chirmashar edi. ×ordona qurib o’tirgan zotning o’ng yonida bir dasta kesilgan qog’oz, o’ngida davot, qo’lida qalam, chap tarafida esa qush parlaridek bir­biriga tegar­tegmas ustma­ust yoyilgan nimho’l yozuvlar… Bu kulba ­ ustidan tambalangan, kuniga ikki daf’a qo’riqchi kelib mahbusdan xabar olib turadi. Mana shu qo’riqchi uzuk evaziga qog’ozu­qalamlarni yetkazib, so’ng esa qurib bo’lgan varaqlarni saqlash ahdi ila o’z uyiga pinhonan olib ketadi.
Mahbus butun umrini manzildan manzilga yurib: bir yerdan qochib, boshqa yerga esa intilib, tinimsiz safarda kechirgan. Bu safarlarda ne yerlarniyu, ne insonlarni ko’rmadi, birovga hamtovoq bo’ldi, boshqasiga hamfikr, kimgadir madad berdi, kimdandir aziyat chekdi, o’rgandi­o’rgatdi, ishondi­aldandi, oldi­yo’qotdi… Endi esa qirq uchdan qirq to’rtga ketayotgan yoshida mana bu katakda aqlini bir yerga jamlasa ­ yurgan yo’llari shu qamoq uchun bo’lib chiqyapti ekanki, misli uchgan qushning so’nggi manzili to’r bo’lgandek go’yo… O’z aqliga yem bo’lyaptimi endi u yo?
Dunyoning yaralishiyu, tuzulishini ham Allohdan manzilma­manzil oqqan fayz va yo tajalli deb bilgan u, endi bu tuzumni ham o’z aqliga qamadimi?!

“Odameki ul viloyat uzra yo’l topa bilg’ay, ozod o’lub samovot ortig’a yetishg’ay. Anda aning nigohi berunig’a asliyat zuryodi tushg’ay va ul avlodning malikul sohibi o’lg’aykim, ammo u yagonadur va tanho anga itoat etilur. Manzili avvalin ul malikul kiromning bandai niyozmandlaridin murattab topibdur, anda alar qurbi visol maqsudi ila amallarda ihlosmanddurlar. Ul toifa salimlar toifasidandurki, olchoqligu xasislik, hirsu baxillik, tanballigu g’ofillikdin ko’ngli pokizadur.
Keyingi toifa koinotu jonzot sohibining qurbi inoyatiga yetishg’onlar toifasidurki, alar majolisun­nafois xizmatinda hoziru­nozirdurlar, panohi olamiyn alarni xosu beqiyos tutibdur. Majolisi oliymaqom huzurida alar malikul­jilvadehga ko’z tutub, orazi jalol jilosidin bahramanddurlar…”

Mahbus bu so’zlarni fir’avn choragiga kesilgan qog’ozga tushurar ekan, qo’li fikr ketidan yeta olmay toyib ketayotganini sezar, uni qoqilgan otdek yana “hi­chuh!”lab ilgari tashlar, ammo fikr allaqachon ko’zdan g’oyib bo’lib, qo’lda qolgani uchqur shamol emas, bu shamol uyg’otgan to’rt zarra qumu, bir tikan yantoq qolar edi…

A.Visens kitobni qorniga to’ntardiyu, xayolga toldi. Esiga tushdi boyagi tush. Allaqanday alg’ov­dalg’ov “party”dan tarqashayotganda ­ bir tarafi ­ hamkasb qizlari, boshqa tarafi ­ ularga ilashgan ikki­uch bir xil yoshdagi erkak ­ mast­alast, tutiriqsiz gaplar, qahqaha ­ quloq tutdimi yo’l chekasida ular bilan bir tarafga ketayotib u, qizlarni qizg’andimi, yo orada bahs ko’tarila boshlaganmidi, ammo qulog’iga bu bahs yetmaganmidi, yo birdaniga yurakda uyg’ongan yolg’izlikdanmi ­ u gapga aralashmadi, hatto ulardan biroz chetlashgandek bo’ldi. Mana shunday ketishaverar edi ular bir tomon: ular bir yon, u bir yon. Ana o’shanda  tunda chiqqan bular tun soyasidan yorug’likka chiqishdimi ­ kun so’ngida o’rmon ortiga botayotgan quyosh tarafidan yel esa boshladi, sarg’ish osmon, kulrang yo’l, va birdaniga boyagi uzoqdagi qo’ng’iru yashil daraxtlar ichidan bir gumbaz turdi. Piyozsimon bu gumbaz ham yashil edi. Ana o’shanda shovvulladi behovur shamol, ana o’shanda ezildi yurak… SHahar chekasi, kun yoqasi, umr kanori…

Bachkana, “paperback” kitobchalarning birida o’qigan rivoyat esiga tushdi. ¨shligida u o’z qardoshi bilan dunyo kezishu ilm qidirish maqsadida yo’lga chiqqan ekan. Dunyoning yo’li borki yerini yurishibdi, ko’zga tushganki turfa odamni ko’rishibdi. Bir shaharga kirib borishsa esa jarchi karnayini ko’tarib: “Ertaga g’or ochiladi, g’or ochiladi! Eshitmadim demanglar!” ­ deya hayqirib yurgan emish. Bular bozordagilardan surishtirib boqishsa ­ qadim zamonlarda shoh Dovud davrida bu shaharda mashhur faylasuf Fisog’urs yashagan ekan. Shoh Dovudning o’g’li Sulaymon­payg’ambar esa avvaliga Fisog’ursni yoqtirmabdi, biroq u fahmi bilan ko’rgan narsani Fisog’urs aqli bilan bilishiga fahmi yetib, Sulaymon ham unga mehr qo’yibdi va falsafa uchun neki lozim esa men senga yaratay, ­ debdi. Shunda Fisog’urs falsafa uchun kerak narsa ­ bir g’or, ­ deya tarki dunyo etib shahar yoqasidagi g’orga berkinib, sandiq­sandiq kitob yozibdi. Orada Sulaymon ham olamdan o’tib, qo’lidagi devlariyu jinlari ham qutilibdi­da, har tarafga tum­taraqay bo’lishibdi. Fisog’urs ham boyagi g’orda qolib ketaveribdi. Kim aytibdi: jinlar g’orga berkindi, ­ deb, kim: Fisog’urs ham ularning boshida g’oyib bo’ldi, ­ debdi, ammo oxir­oqibat bu g’or oldida qo’rquv tug’ilibdi­da unibdi, onda­sonda kirganlar ham boyagi kitoblarni g’orda ko’rishsa ko’rishar ekan­u, olib chiqish ruxsati yo’q ekan.  Mana endi har yil g’or bir bor ochiladi. Ilm qidirgan dovyuraklar bir kunga g’orga kirib chiqishadi, ­ deb aytibdi bularga bozordagi devsifat bir hammol.
SHunda ikki qardosh bir xulosaga kelishibdi: “Bir kunda muncha kitobni o’qib bo’lmaydi. Nima qilaylik ­ hiylaga boraylik­da g’orda roppa­rosa bir yil qolaylik. Lekin bunga tayyorgarlik ko’rish lozim. Ertaga ulgurmaymiz. Kel, g’orga kelasi yil shu kuni kiraylik, ungacha esa taraddudimizni qo’ldan boy bermaylik!” SHu ahdda ikki qardosh ishga kirishibdi. Ikki non ishlashsa, birini yeb, ikkinchisini sotishibdi, to’plagan pullariga esa 365 sham’ olishibdi. Qo’chqor yuragini bodom yog’ida qovurib uni qoqi solib quritishibdi. Xullasi, orada bir yil ham o’tib ketibdi. Yana bahor kelib, jarchi g’or ochilishi haqida jar solibdi. Bular ham badanlariga butun taraddudlarini bog’lab, boshqalar qatori g’orga kirishibdi. Qorong’uda g’orning bir panasiga berkinib, boshqalar chiqib ketishini poylashibdi­da, tun tushishi bilan birinchi sham’larini yoqib ishga tushishibdi. G’or o’rtasida buloq sharqirar, to’rt atrof esa sandiq­sandiq kitob ekan. G’arib o’shanda ham bir kitobni bir boqishda yodlab qolar, shuning uchun unga na qalam, na qog’oz lozim ekan.

SHu zaylda bir yil ham o’tibdi. So’nggi kitob o’qilib xotiraga tugulibdi, so’nggi sham’ erib, zulmatga qo’shilibdi. G’orning og’zi ham ochilibdi. Yana besh­olti sayoqu­daydi alanglab g’orga kiribdi. Kun tugashiga dovur sabr­bardoshini yo’qotib biri boshini toshga uribdi, biri devsimon hayqirib, jinsimon chinqiribdi. Kun ham bitibdi. Yana g’or og’zi ochilibdiyu, ikki qardosh bularga qo’shilib g’or og’zidan chiqib borishayotsa ­ bir yilda soch­soqollari o’lardek o’sib ketmaganmi ­ olomon: “Jin chiqdi! Jin chiqdi!” ­ deya ularni shu zahotiyoq kishanlab, podshoh oldiga olib boribdi. Podshoh ham hash­pash deguncha jallodni buyuribdi. Jallod bularni bog’lab maydonga olib chiqibdi va qilichini endi qinidan sug’urganida bularning ikkisi ham Fisog’ursning afsun kitoblaridan yodlagan duosini o’qishgan ekan, shu ondayoq ko’zdan g’oyib bo’lishibdi­qo’yishibdi!
SHahar tashqarisida kishanlarini zovurga uloqtirib: “Ilmlardan eng keraklisi ­ afsun ilmi ekan­da!” ­ deyishibdiyu, yana yo’llariga ravon bo’lishibdi…

Nega qamoqda tushlar bunchalik shirin? ­ deb o’ylardi mahbus. Ma’nosiz tasvirlar, betayin kayfiyat. Mana kecha ham allaerdan paydo bo’lgan shaxslar orasida u g’ormi ko’rdi? G’or ichida esa temir panjara ostida chuqur­chuqur quduqmi­qa’rda yer osti suvi miltillab turar edi. Bu suvga, unga jilo berib, uning mavjudligidan xabardor qiluvchi nurdek yetishish esa ­ xuddi chanqoqdan ham ortiqroq chanqoqni qondirishdek edi. Biroq bu temirlarning qulflarini ochish, pastga tushish uchun zinami, arqon topish bu yerda o’ralashib yurgan mayda­chuyda bolalarning qo’lida edi. U nihoyat shunday g’avvoslardan birini topdi ham… Uning ketidan ergashib avvaliga g’orning og’ziga chiqib bordi­da, tog’ bilan suvni bo’lib turuvchi qumloq ortidagi dengizga boqib: “Bu suv ­ dengiz sathidan ancha pastroq ekanmi?” ­ deb so’radi­da, savoliga javob tuymay, o’zicha tabiat qonunlarini bu holatga chamalay boshladi. Bunda ham bir sir­sinoat bordek edi. Vaqt o’tdi. Boyagi pakana bola bir narsalarni bilgandek qidirdi. Topdi. Ular yana g’or tomon yurishdi va boyagi qopqoq o’rnidagi temirlarga chiqib borishdi. Biroq nedan, balki boyagi oddiy tabiat qiyoslaridanmi, temir katak tagida churuk suv atigi bir quloch pastda qum ustida bilqillab yotar edi. Boyagi tashqaridagi dengiz ham bundan beqiyos tubanu teranroq edi… Nima bo’ldi o’zi?..
A.Visens yana kitobga boqdi… O’shamidi boyagi tush yo boshqasimi? Doimiy ­ qavatdan qavatga ketuvchi zinapoya­yu, qanotlarning birida ­ qaytishga imkon qolmagan bir payt bu zinalarning devorga taqalishiyu, tepada bir qavat yuqori ­ yana davom etishi. Qanday o’tasan bu qavatdan yuqoridagiga?! Yo’l uzilgan­ku! Necha marotaba ko’rgan edi u mana shu tushni. Lekin bunisida ilk bor devorga boqib u devorning ko’chishiniyu, undagi sirli eshikni ilg’adi­ku! Devor rangidagi bu eshikni chekaga sursanggoq yo’l ochiq ekan­ku! Nahotki shu paytga qadar butun topishmoq shu haqda bo’lgan esa?!

“Boshpanohni rad etib alar cho’lu­biyobonga ravon bo’lubdurlar va alardin eng uzog’i shohanshoh. Anga shajarat istamak sarobdir, hamdu­sano so’zlag’onning so’zlari behuda, ta’rifga urung’onning sa’i zoe’. Tashbehlar yo’lidin qochar, mutashabbihlar esa xayollarida ham muqoyasaga ojiz. Beuzvu bea’zo u o’z husnu jamolida ­ orazi jamil, lutfu sahovatida esa ­ dasti komil. Aning husnu jamoli jam’iki go’zallikdin buyuk, lutfi sahovati esa inoyatning baridin ulug’. Sajdagoh atrofinda kimsae anga boqmoq maylindadur, otqan nigohi yetmayin xokisor qaytar. Aning husnu jamoli misliki husnu jamolig’a hijob, zohir o’lub ul pinhon, oshkor aylagach o’zni ­ ul nihon. Quyosh yanglig’ ­ dudu bulut qoplag’ach ­ oyinai ravshan, nurin afshon aylagach esa ­ diyda rahzani raxshon. ×unonchi nuru ziyosi aning nuru ziyosiga hijob…”

Mahbus yana o’yga cho’mdi. Quyoshning so’nggi nurlari ham tuynukdan ko’ringan osmonda so’ndi­da, kun shomga yuzlandi. Aytib ulgurdimi u istaganlarini yo­da endigina yozgani singari yozganing sari aytilmay qolayotgan narsalar ko’payaveradimi? Axir qandaydir intiho bo’lishi kerak­ku! Nimada ekan bu intiho?! ¨­da u ham ­ qamoqda yo’l izlagandek, yo’lda manzil qumsagandek bir adash tuyg’umi? Ming yil yashasang bitadimi u, yo yashaganing sayin yashagan yoshlaring og’rig’i ortaveradimi ketingda?! Intihoda ibtidoiy buyuk sukutu sokinlik istadingmi, bu sukutu sokinlik ustidan toshgan yaradek qo’shilsa qo’shilaru, biroq hech ayrilmas hayot qaynab yotaversa… Va yo yurgan yo’ling eng to’g’ri ­ demakki eng kalta bo’lgan taqdirda ham mana shu sukutdan sukutga bo’lgan qamoqdan ortib qolaveradigan ayrilishmi?! Yo’lmi bu dunyo yo qamoqmi? ¨­da qamoqqa uzlat chekkandek, yo’lga ham zo’raki uloqtirilish mumkinmi? Qamoqda ozod bo’lgandek, yo’lda ham banda bo’lishmi shart?! Miloddanmi sanalishi kerak vaqt yo hijratdanmi?… Va yo o’sha boshlang’ich nuqtaga qaytish haqidami barcha intilishlar: quyoshning so’nayotgan kunga so’nggi boqishi yanglig’?…

A.Visens negadir so’nggi payt o’qigan barcha kitoblarini esiga tushira boshladi. Tushlarini eslagandek edi bu ish. Uning katagiga behosdan tushib qolgan asalari o’zini shipga urib g’o’ng’illar, ammo bundan allaqanday junbushga kelgan A.Visens ham bugungi hammomdan so’ng biron­bir is taratmas, bundan adashgan ari ham uni pinagiga ilmay tepada g’o’ng’illayverar edi. O’nmi­o’n besh daqiqalardan so’ng ari o’z yo’lida tebrana­tebrana jurnallardan biriga qo’ndi va yunli oyoqlarida sirpanib­sirpanib, qichqiroq rasmlar ustida keza boshladi. Kelib­kelib ari gul suratini topib oldiyu, shakl tanisa­da hid tanimay qog’ozni shubha ila hidlay boshladi. A.Visens asta yalang oyog’ini pastga tushirdi va jurnal tomon surdi. Ari ham ancha vaqt o’zining zoe’ ishi bilan band bo’ldi. Bu behudalikdan uchib ketmasin, ­ degan xavotirda A.Visens to’pig’ini karaxtlaganicha kuzatib yotaverdi. Nihoyat ari ham ilmga to’ydi chamasi, tirik ter hidini tarata boshlagan yalang oyoqqa yaqinlashdi­da, uni hidlab boqib ensasi qotganicha yuqori o’rmalay boshladi. Boshmaldoq orasiga yaqinlashgach A.Visensning qitig’i kela boshladi, lekin u chidadi. Ari ham bir narsaga quloq solib turib qoldi. Ikki jonzot bir­birini poylar edimi, axir A.Visens chidamadi­da, boshmaldog’ini qo’shni barmog’iga endi ishqalamoqchi bo’lgan ham edi­ki, nashtarning uchidek og’riq oyoqqa emas, oyoqqa aylangan butun vujudiga sanchildi­da, ko’zlaridan yosh otilib, dunyo kitobdek sochildiyu, jon ­ uchgan ari qanotida to’lg’anib­to’lg’anib uzildi… 


Vaqoei sanoi als arba’ mia saba’ ashr

Aytganim sari aytmagan nasalarim soni ko’payib ketmoqda. Bularning tagida qolib ketaman chamasi.
Bosib qoladi meni ular. Bir tomondan Marg’ilonning ¨zyovon tomon chiqaverishidagi yo’lida bir ko’rinish bergan Hakim­otaning vajohatini aytaymi: chordona qurib bir tikilgan edilarki ko’zimga, yo hozir o’zlari nafratdan osmon tomon ×ol­ibn­Hattob kabi uchib ketadilar, yo­da men bu betaqvo nafratga chidayolmay ko’zdan zarrachadek g’oyib bo’laman. Bumidi, yoki o’shanda Farrah bilan yura turib Ahmadjon Odilovni uchratganimnimi aytmoqchi edim? Bir qamoqdan kelib ikkinchisini hali xayol ham qilmagan paytida vodiyning dam olish uylaridan birida ishqoriy suvlar ichida belidagi kuchini yo’qotmagan kishi bilan kon’yak ichib uning bizlarga O’shdan Xitoyga ochmoqchi bo’lgan yo’lini ta’riflayotganinimi?
¨­da umuman bular emas, biroq Essendagi Turk Tadqiqotlari Markazida Guray­bey degan turk kommunistlarining sobiq rahbari bilan hamxona bo’lganimnimi?
Bu mitti kommunist ­ Turkiyada kommunistlar ­ bizlarda dissidentlardek bir narsa emasmi? ­ yillarcha Xruschyovning ismini “Kruchev”mi yo “Xruschiov” tarzida talaffuz etish kerakligi haqidagi bahslarda pishib yurganiyu, olmonlarning “Logo” restoranida ichib olib ulkan­ulkan ishchi malaylarini kapitalizmda ayblab ­ “Mersedes” moshinalarida uyiga ikkimizni tashlab qo’yishlarini buyurganinimi? Nimalarni aytmoqchi edim o’zi? Bu markazda “Hafti paykar”dagidek men turk qizlarining gulzoriga tushib qolganimnimi yo­da bu qizlar ­ orli qizlar orasida kim bilan yana ­ bir portugal Dora Mariya­yu bir norveg Undinalar bilan do’stlashib olganimnimi? ¨ boyagi anjumanni axir uyushtirganimniyu unga Hamid Ismoilu Erkin A’zamlarni taklif ettirganimnimi? Ular bilan vaq­vaqlashib yana qaerga ­ anunaqa joylarga borib yurganimiznimi? Aytaman desam gap ko’p, biroq ko’mirmi, umrmi oz. Shuning uchun boshqa narsa ­ Olmoniyaga so’nggi bor borganimni aytib beray. Bunisi ham bachkana tuyulgani bilan, unda ham fikrlovchilar uchun ozuqa bordek… 
O’sha kuni shunday bo’ldiki, men Toshkentdan Moskvaga uchib u yerda do’stlarimnikida tunab qoldim-da, ertasiga ularnikidan oltmish kiloli N’yu-Yorkda olgan chamadonimni Pushkinning kitoblariga to’ldirib SHeremet’evo aeroportiga yetib bordim. Pushkin nimaga deysizmi? Mening noshirim Londonda ko’rgazma o’tkazayotgan ekan, o’zbekchilik emasmi, so’rasayoq ko’nibman-qo’yibman. Rost, SHeremet’evoga qadar o’zlarining moshinasida olib chiqib qo’yishdi. U yog’i esa - turgan-bitgani daxmaza ekan.
Samolyotimiz Riga orqali Londonga uchishi kerak, u yerda kitoblarni noshirimga topshiramanu, o’zim Olmoniyaga - bolalarimning oldiga yetib boradiganman. Ana endi aeroportdagi bojxonadan boshlansa bo’ladimi boyagi daxmaza. “Bir joyga o’ttiz kilodan ortiq narsa o’tkazaolmaysan”, - deb turib olishsa bo’ladimi! “Hay, insonlar, bu chamadon bilan men yarim dunyoni aylanganman, hamisha mumkin edi, endi mumkin emas bo’lib qoldimi”, - desam, - “Bizning shirkat yangi tuzilgan, bizning qoidalarimiz o’zgacha, sizning xavfsizligingizni o’ylagan holda - bir o’ringa o’ttiz kilo yukdan ortiq olib o’tish mumkin emas”, - deyishadi bu noinsoflar. “Ha, ortig’iga to’laymanu”, - desam ham, - “Albatta, to’laysiz, lekin bu chamadoningizni o’ttiz kilo qiling-da, qolgan o’ttiz kiloni yana bir chamadonga soling”. - “Xo’sh, qaerdan olay ikkinchi chamadonni?” - “Buni o’zingiz bilasiz”, - deb jonimni chiqarishadi bu tiluqmaslar.
¨mon xunobim chiqdi. “×et elliklardan xurmat talab qilasizlar. O’zingiz o’z odamlaringizga, qolaversa Pushkiningizga bunday munosabatda bo’lsangiz, yana nimalarni kutyapsizlar bu dunyodan, - deb rosa so’kinishdim. Foyda bermadi. O’zimizning o’rislar emasmi! Rost, orasidan o’zimizningroq o’rislari chiqib qolishadi. Bu deganim - Angrendami, Ko’kchatovdami, yo Tursunzodada kindik qoni to’kilganlari. Bulari chinakamiga o’zimizniki. “Bularga qaramang, - deyishadi, bular moskvalik o’rislar”, - deyishadi. Mana shunday bir qiz chiqib qolib: “Bular sizni chamadon va yo sumka olgani ham qo’yib yuborishmaydi, chunki chiziqdan o’tib bo’ldingiz-da”, - dedi-yu, qo’limdan pulni olib - bir emas, beshta yelim xalta olib kelgani ketdi. Bir payt qaytib kelib, yonimda boyagi Pushkinni bu xaltalarga solishib ham turdi. Beshta xaltaga o’ttiz kilo qilib boyagi Pushkinni soldimu, bedazordan taqirga tushib qolgan moldek chamadonimni sharaq etib anavilarning tarozisiga tashladim. Pushkin esa endi qo’l yuki bo’ladigan bo’lib, bu beshta xaltani bitta sharfim bilan xurjun qilib bog’ladim-da, yelkamga tashladim.
Mana shunday qilib yangi ruslar orasidayu, yangi lotishlar orasida xurjun ko’tarib yurdim. Pushkin bilsaydi ekan, nimalarni tuydim uning ketidan, go’ridan turib Dantesga ota olmagan o’qini bularning bariga sarflarmidi!

Rigada ham o’sha-o’sha gap - qo’l yukinglarni samolyotda qoldirmanglar, sizlarning xavfsizliklaringizni o’ylagan holda bunday deyapmiz,- deya hammani yengil-elpi keyslar ila, meni esa o’ttiz kilo yukdan yirtila boshlagan yelimxalta xurjun bilan ko’chaga haydashdi.
Hamma mendan meshochnik deya hazar qilganidan gapiraymi, yo Pushkin Riga aeroportida bir xaltadan to’kilib ketib, uni yig’aman desam - qolgan xurjunim yelkamdan sirpanib ketganini aytaymi yo? Xullasi - o’sha kuni kuni bo’yi ishim xurjun bo’ldi! Ana Londonning Gatvik aeroportiga yetib kelganimda uf tortdim. Ozod dunyo emasmi, istaganingni qilasan. Soldim boyagi ikki biqini ichiga kirib ketgan oltmish kilolik chamadonimga to’zib-sochilib ketgan kitoblarni. Yana Pushkinning do’stiyu shaydosiga aylandim qaytadan.
Noshirimga uni topshirib, evaziga to’langan pullarimni qaytarib berganida so’yinganimni aytmaysizmi yo! Taksiga chiqdimu yengil qush kabi uchdim Xitrou aeroportiga! Bir narsani aytishni unutibman - o’sha kuni kuni bo’yi ustimda to’pig’imga tushadigan uzun palto - ancha katta pulga olingan - maxsusan chet ellar uchun! SHuning uchun ham kun bo’yi meni meshochnik deyman deganlar - bir paltomga qarashadi, bir boyagi yarashmas xurjunimga. So’nggida ikkisini jamlab meni noviy meshochnik deyishdi chamasi! Ana endi o’sha paltomni silab Berlinga uchadigan samolyotga chiqib boryapman.
Qani, tungi demayligu, kechki soat o’n birlarga Berlinga yetib borsam, menga kerak temir yo’l bekati chamamda o’sha aeroportning qoshida edi, poezdga chiqamanu, bir soatda YUteborgda bo’laman, u yerda taksi hamisha tayyor - yana yarim soat - qarabsizki Vipersdorfda o’z oilam bilan yana qovushaman! Demak, soat birlarga kirib borar ekanman-da, xudo xohlasa! O’g’ilcha uxlasa ham, keliningizga Berlindan sim qoqsam hoynahoy kutib tursa kerak...

Berlinga ham soat o’n birda yetib bordimu, lekin men o’ylagan vokzal umuman boshqa bir aeroportning qoshida ekan, unga yetib borish uchun esa - boring, bir soat vaqt ketar ekan.
Buni menga taksichi aytdi. Tilidan - tinglasam - chuchukroq: “Turkmisan?” - degan edim - turk bo’lib chiqdi. Ana chaqchaqlashib ketdik orqadosh bilan. Kiraniyam so’nggida uchdan birini oldi bu qardosh, men ham chorakkam yarim tunda Berlinning Lixtenfild vokzaliga kirib bordim.
Bundan buyog’i oddiy hayot haddidan syurrealizm maydonlariga ko’chdi. Rost-da, tasavvur qiling, vokzalga kirib borasizu, devor tengi bir ekranga yo’liqasiz. Bu ekranda RTL televideniesining Xollivudda olingan bir kinosi ketyapti. Devor tengi televizorda bir-birini sevib, bir-biri bilan xarxashadagi odamlardan bo’lak odam yo’q bu vokzalda. Yo’q, birdaniga ikkita politsiyachi paydo bo’lib, ikki arabning qo’lini qayirganicha olib ketishadi-da, yana jimjitlik. U-bu yoqqa alanglab axir ma’lumotxona bo’lmasa-da ma’lumot oynachasini ko’rdimu, u yerga borib jing’iroqni bosdim. Jing’iroq ham butun boshli bo’sh vokzalga - boyagi devordagi sharpalarni cho’chitganicha, jarangladi. Bir pas, yarim pasdan keyin uyquga ketib bo’lgan yuzlari burishgan bir odam chiqib keldi. “YUteborgga bugun poezd bormi?” - deb so’radim, og’zimni nemischaga juftlab. “12-yu 20-da so’nggi poezd bor, lekin u YUteborgga bir bekat yetmay to’xtaydi”, - dedi u. ­ “U bekat YUteborgdan necha kilometr”, - deb so’ragan edim, odam yelkasini qisib qo’ydi-da, yana boyagi xonasiga - esnaganicha kirib ketdi.

Bo’sh vokzalda bir o’zim avvaliga telefon topdim. Keliningizga sim qoqdim. “Mana men Berlindaman, - dedim. ­ Kelyapman” - deb aytdim. ­ “Bizning xonamiz 76-nchi, - deb aytdi u. ­ ×iroqni yoniq qoldiraman”, - dedi u. 12-yu 20-ga hali yigirma minut bor edi. Yana vokzalni keza boshladim. Har qadamimga devordagi sharpalar bir balolar deb baqirar, temir ustun orqasiga o’tganimda esa otishma ham boshlanib ketgan edi. Temir ustun orqasida ketish-kelish jadvali osig’liq ekan, boyagi poezdni qarab oldim-da, uni ertalab soat to’rtda YUteborgga ketadigan poezd bilan solishtirdim. Men to’xtaydigan bekatdan keyin poezd YUteborgga qadar yana o’n uch minut yurar ekan. Bor bo’lsa o’n besh kilometr ekan-da, deya tinchlandim. YUteborgda bor taksi nahot men ketayotgan shaharchada ham topilmasa?!
Ikkita mast nemis ashula aytib o’tishdi. Xayriyat, meni ko’rishmadi. Boyagi kinoning shovqini berkitdi meni. ¨riqqa chiqsammikan, yo tinchgina ustun panasida turaversammikan? ¨ yana ma’lumotxonaga borib jing’iroqni bossammikan, yana bir balolarni so’rasammikan?
U ham aksiga olib politsiya chaqira boshlasa-chi?
 Qisqasi - qisqasi deymanu, bu qisqasi soniyama-soniya o’tib bordi-da, nihoyat ko’chaga, perronga chiqib turishga jazm etdim.
Yana o’sha bo’m-bo’sh perron, yot bir shahar. Dildiratuvchi shamolni oldida haydab poezd ham keldi. Poezdning ichida ham biror jonzot kimsa yo’q. Tasavvur qilingki, mashinist o’rnida ham bo’m-bo’sh so’qir deraza. Bismillo deb chiqdim bu poezdga. Mayli, - deyman, birorta odam ko’rinsa ekan - o’zimizning elektrichkalardagidek - ha, bezori bor ekan, chorasini ko’rib qo’yay, - deb o’zingni shaylaysan, bu yerda esa - tilsimot. Bezori emas, shayton tushadigandek o’ngingga. Shu yo’sinda ketdim boyagi birkam YUteborgga.
Poezd taraq-turuqsiz tunda suzib boryapti - ikki tomonda esa birorta chiroq uchramaydi. Sobiq GDR. Sho’rolar tashlab ketgan, lekin G’arb hali kirib ulgurmagan bechora GDR. Uylar derazasiz, derazalar oynasiz, oynalar chiroqsiz, bir mening ko’zlarimu, dukur-dukur yuragim har tomonga o’z uchqunlarini sochgandek.
Roppa-rosa jadvalda ko’rsatilgan bir yarimda nemischa aniqlik bila to’xtadi poezd boyagi yakkam YUteborgda. Yana chamadonimi ko’targanimcha tushdim bo’m-bo’sh perronga, bo’m-bo’sh perrondan esa yer osti yo’l tomon qadam tashladim. Odatda bizning poezdlarni yo’q deganda bolg’acha bilan urib chiquvchi obxodchiklar bo’lishar edi, bu yerda ular ham yo’q! yer ostiga tushib bordim. ×iroqlar o’lik nurini o’lik makonga to’shab chalqanchasiga yotar edi.
Biroq, biroq yerto’ladan ketgan zinadan qadam ba qadam bosganim sari allaqanday shovqin xuddi men bilan ko’tarilib borayotgandek shiddatlanib boraverar edi. Nihoyat tepaga chiqib vokzal eshigiga qayirilganimda - bu shovqin vokzal binosini larzaga keltirayotganini tuydimu - orqaga qaytish kech edi. Vokzalning ichida qiyomat-qoyim, ro’zi maxshar edi. Uysiz sayoqlar o’lardek ichib olib kimdir boshqasini pichoqlayman deb quvib yurgan, kimidir boshqasi bilan o’pishgan, uchinchilar hali ham shishaga yopishib uni navbatma-navbat so’rib yotishar, aytganimdek, baloi oxirat bu yerga qadam qo’ygan edi. Jinlarning jimo’si, alvastilarning talvasasi hukm surayotgan edi bu yerda.
Aytib qo’yayki, Olmoniyaning uysiz devonalari odatda vokzallarda to’planishadi. Olmoniyaning uysizlari odatda o’ta irqchi bo’lishadi, SHarqiy Olmoniyaning uysizlari esa - ikkisining ikki hissasi! Ana endi shular orasiga kirib boryapman deng, bexato uslub tanlash kerak - u ham bo’lsa - xuddi meni chiqaverishda shahar hokimi kutib oladigandek - hech qaysi biriga ko’z qirini ham tashlamasdan - shahdam qadam tashlab o’tishdir! Qani endi birdaniga shovqin-suronu ayuhannoslar suv sepgandek tinsa bo’ladimi! Hammasi bir tomonga qiyshiq boshlarini qiyshaytirib - uzun paltodagi bu mahluqot oramizga qaerdan tushib qoldi - boshqa sayoralardan kelayotgan jonzot bo’lmasin, - degandek serrayib qolishgan. Men ham qadam sanab - sharaq-sharaq o’tib boryapman. Qani, qay biri pichoq topmasa - shishaning sinig’ini otar ekan deb, miyam elektron mashinasidan tezroq oldimga tushib ishlab ketyapti.
Nihoyat eshikka ham eson-omon chiqdim. Ketimdagi ko’zlarim bilan sezib turibmanki, bulardan ikkisi ketimdan ilashdi. Buni qarangki, hech qanday shahar hokimi meni kutib olgani yo’q, undan badtari - vokzal oldidagi maydon to’rt tarafga bo’m-bo’sh qorayib turardi. Bir yo’li - yo’limni davom ettiraverib - boshim oqqan tomonga bulardan qochish, lekin qochib ham qaerga borar edim: men shahar deb bilgan narsa - zavolli SHarqiy Olmoniyaning zavolli va qorong’u bir qishlog’i, ikkinchi yo’li esa - ikkinchi yo’lning o’zi yo’q-da!
SHuning uchun ham ikkala yo’ldan ham o’zga - uchinchi yo’lni tanladim. Yana o’sha-o’sha elektron miyam chekada turgan telefon qutisini ko’rdiyu temir oyoqlarim o’sha tomon yo’l oldi. Kimga telefon qilar edim men - shahar hokimigami -  shaharning o’zi bo’lmagan joyda-ya! Mayli-da, telefon qutisiga kirib bordim. Boyagi ikkita - endi ko’rsam - biri yigit, biri kampir - sal nariroqda to’xtab nima bo’lar ekan, - deb qarab turishibdi. Endi qutiga kirishga kirdimu - telefon tangalik emas - kartochkalik bo’lsa bo’ladimi! Bu xudo unutgan bir qishloqda-ya! Turibdi taksining telefoni, lekin qaysi kartochkamga uni chaqiraman? Navmid shayton! Qarasam - jiz etib tekinga sim qoqa oladigan raqamlar orasida politsiyaning raqami ham qizarib turibdi.
999-midiey? Xullasi terdim bu telefonni. Bor ovozimda - mana bularu ichkaridagilar eshitsin deya: “Politsiya, bu politsiyami?” - deb qichqirdim. Uyqisiragan ovoz: “Ha, politsiya, nimaga bunchalik qichqirasiz yarim tunda”, - deb qoldi. Ovozimni to’rt pog’ona tushirib: “Kechirasiz, men shahringiz mehmoniman, Vipersdorf degan joyga ketishim kerak edi, bu yerda taksining telefoni bor ekan, telefon kartochkalik ekan, shunga sizga sim qoqishga jazm etdim. Lutfan mana shu telefonga sim qoqib bitta taksi jo’natib yubora olmaysizmi, o’tinib so’rayman”, - deb sayrab ketdim boyagi joyda nemischasiga. So’z qaydan topilar ekan - ehtiyojdanmi? - Ehtiyoj yo’q ekan - so’z ham yo’q: “Yo’q, biz taksi xizmati emasmiz”, - desa bo’ladimi bu tartib saqlovchi kuch. - “Mabodo men bilan vokzalda bir balo bo’ladigan bo’lsa - xalqaro g’alvaga uchraysiz, aytib qo’yay!” - deb tepadan kela boshladim. U ham: “Mayli”, - dedi-yu, go’shakni tashladi. Mayli degani - taksi chaqirishga maylimi, yo g’alvaga tayyorligining maylimi?
 Qisqasi, qanday bo’lmasin, o’zim bila o’zim gapirgandek bo’ldim boyagi qutidan: Politsiyaga telefon qildim, hozir kelishadi... Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit... Boyagi ikkita ham ichkariga kirdi-da, bir narsalarni g’udrashgan edi, yana boyagi odatdagi qiy-chuv boshlanib ketdi. Bundan men - meni endi unutishdi, - deya biroz tinchlandim. Rost, boyagi ikkita yana chiqib kelsa bo’ladimi. Bular bilan do’stlashib olsammikan, - degan xayol kechdi miyamdan. Ehtiyot shart-da! “Xonim, moshina kutyapsizlarmi?” - deb so’radim kampirdan. “SHilqimlik qilma”, - degandek bo’ldi g’udurlagan javob, lekin men bunchalik nemischani tushunmayman-da! “Hozir, politsiyaning moshinasi kelsa - birga ketarmiz”, - dedim men o’zaro tinchlikka undab. Bu so’zlarni eshitgan yigit chamasi so’kib ketsa bo’ladimi meni: “Siktir politsiyangni o’zing bilan”, - degandek go’yo, kampir ikkalasi mendan uzoqlashishdi. Qiyin-da tilni mukammal bilmaganing. Kechalari shundoq asqotadi.
 Bir o’zim qop-qorong’u maydonda qolganimdan foydalanib atrof-jonibga qaradim.
Maydon uylar bilan tugar ekan, uylarning oldida esa bir-ikkita moshina. Aslida mana shu moshinalar tomon yurishim kerak ekan-da, xuddi bittasini haydab ketadigan kishidek, - deb o’yladim men kechikib. Bekorchilikdan: qani, qanday bo’lar ekan bu, - deya, moshinalar tomon ildamladim. Qarasam - yo xudo, tushimmi-o’ngimmi, bir moshinaning ichida bir ayol o’tiribdi. Moshinaga yaqinlashdim. ×inakamiga ayol, chinakamiga moshinaning ichida o’tiribdi. Uxlamasdan. Uyg’oq. Yaqinlashib oynasiga taqqillatdim. Zerikib bir qarab qo’ydi-da, yana erinchoqlik bilan oldinga tikildi. “Vipersdorfga oborib qo’ying, pulini to’lay”, - deb ko’rsata boshladim maylimni men. Ayol o’likdek bir nuqtaga tikilib o’tiraverar edi. Qattiqroq gapirib yuborganmanmi, boyagi juft ketimdan yana sudralib kelishsa bo’ladimi.
Men sekin chekaga o’tdim. Nemischa bir narsa deyishgan edi, ayol moshinaning yon derazasini tushirdi. Yana bir balolar deyishgan edi, ayol orqa eshiklarini ochdi. Soat tunning ikki yarmi-ya! Boyagilar moshinaga kira boshlashdi. Bir xayol - men ham bularga qo’shilib olsammi, - degan xayolu, ikkinchisi - mana endi hammasi tushunarli: bular meni moshinada shahar chekasiga olib chiqishadiyu, bilganini qilishadi, - degan qutqu! Ishonmaysiz, lekin ketishdi g’izzillatib bu moshinasini bu tilsim nemislar. Yana qoldim qop-qorong’u tungi bo’sh maydonda bir o’zim.

SHu zaylda yana yarim soatmi, bir soat o’tdi. Yangi, uzun, to’pig’im qadar paltomga qaramasdan dildiray boshladim tungi sovuqdan. Hayotu o’lim haqidagi allaqanday xayollarning o’rtasida chiroqlarini lop yondirib bu maydonga bir moshina kirib qolsa bo’ladimi. Jon holatda zoriqqan taksim keldi, - deya tashladim o’zimni uning istiqboliga. Moshina ham orziqqan yor kabi g’iyq etib taqqa to’xtadi.
To’xtadi-da, chiroqlarini o’chirdi. Qarasam - hech qanday taksi ham emas - tuppa-tuzuk politsiyaning o’zi! “Mana menman, - dedim, - o’sha sizlarga telefon qilgan, mana menman shahringizga mehmon”. Qarasam - tushunushmaydi. Gaplarimga emas, ularning ma’nosiga. Ya’ni, bu politsiya - narigi politsiya emas ekan. Yaxshiyamki bir politsiyachi ayol chiqib qoldi “Xotinimning oldiga ketyapman, bolamning oldiga ketyapman, ana endi ularning intizor holatlarini tasavvur qiling”, - deya nozik torlariga chertdim. Bir-biriga qarab qo’yishdi-da, ayol: “Qani, bo’lmasa, chiq moshinaga”, - deb qoldi. ×iqdim.
 “Vipersdorfda xotinim”, - dedim, lekin boqsam - Vipersdorf emas - qo’shni ko’chadagi bir hovliga olib borishdi-da, o’zlari moshinadan tushib, darvoza oldidagi jing’iroq tugmasini bosishdi. Bir mahalda uyqisiragan ovoz javob berdi. Bular: “Taksingizda Vipersdorfga olib borib qo’ying”, - deyishdi-da, uning roziligini olishib, meni moshinadan tushirishdi-da, o’zlari yana tungi ko’chalarni ovlashga ketishdi. Vokzalning shovqini bu yerga qadar kelar, bunchalik yaqinligini bilsam - ikki soat avval kelmaymanmi bu yerga, - deb men dildirashimni davom etar edim.
×orak soatlarda haydovchi ham chiqdi. Uyqisiragan ovozi - qip-qizil mast bo’lib chiqdi. Kayfi safo qilib yotgan ekan chog’imda. “Meni sizga politsiya tashlab ketdi, - deya boshladim men ehtiyotdan. Vipersdorfga olib borib qo’yar ekansiz”. Bekor aytdim chamasi, mana bo’lmasa, - degandek shu o’rnidan bosdi bu sarxush haydovchi, yuraklarim orqaga tortib ketdi. Olmoniyaning qishloq yo’llarini aytganim yo’q - ikkala sharqu g’arb qismida ham ikki tarafi asrlik daraxtlar bilan o’ralgan bir arava siqqulik yo’l. Yana bunisiga yarasha dalalari qaysi tomonga yastansa - o’sha tomonga qayiriladi bu yo’l ikki atrof daraxtlari bilan. Mana endi bir yuz yetmish beshga chiqarib uchirib ketyaptilar bu politsiyamdan ensasi qotgan haydovchi, men esa, jonim halak: vokzalda o’lmagan baloi qazom shu yo’llarga belgilangan ekan, - deya yuragimni hovuchlab ketyapman. O’zimni kamar bilan bog’lay desam - mastlikdan ikkala kamarni o’zlari taglariga olvolgan - uni bu tezlikda turg’azib bo’larmidi!

Bu satrlarni yozayotganimdan bilgan bo’lsangiz kerak - tirik qoldim o’shanda. Yarim soat deganda - boring uchlardami, uch yarimlarda yetib bordim Betina Fon Arneym xonimlarining qasriga. Qanday yurgan bo’lsa haydovchi shunday to’xtatdi-da, pulimni olar-olmas yana urdi yo’llarga moshinasini. Xudo saqlasin bu bechorani.
SHu xayol bilan qasrga boqdim. Kelishilgandek, atigi birgina derazada chiroq. ×amadonimni ko’targancha o’sha chiroq tomon qadam tashladim. Kiraverishda eshik tepasidagi raqamlarga qaragan edim - 77-miey, boya xotinim aytgan raqamlar turidan ekan, eshikni itarsam - bemalol ochildi. Dahlizga kirdim, chamadonimni qo’ydim, uf tortdim. O’grilib qarasam - ne ko’z bilan ko’rayki, chiroq ostida stol ustida bir shisha ichilgan sharob, ostida esa kuldonda chekindilaru kul... Butun entikkan hafsalam pir bo’lib uchdi, o’chdi. “Ha, mayli, dedim o’zimcha, buni ichishga ichibsan, darvoqe’ - qaerdan o’rganding ekan buni?! - berkitib qo’ysang o’lasanmi, bilasan-ku kelishimni...”
Uch taloq aytgudek bo’lib yotoqqa kirib bordim. Qiya qolgan eshik nurida bir katta va bir kichik yostiq ko’rdim. Xoynaxoy kichigida o’g’ilcham, kattasida bu bezbet yotgandur deya, aylanib, ichkaridagi katta bolish tomon o’tdim. “Men keldim”, - dedim qat’iy bir ovozda. Ovozim qulog’iga yetishi bilan: “A-a-a!” - deya bir sakrab tushdi u. ­ “Tentakcham, men sening eringman-ku!” - deb bir tortib yubormoqchi bo’lsam, bu alvasti birdaniga nemischa dodlab yuborsa bo’ladimi! Qarasam, taloq qo’ymoqchi bo’lganim - mening xotinimmas! Bir nemis! “Entshuldigung Sie bitte, Sie sind nicht meine Frau?!” - deya chekina boshlasam bo’ladimi. Shu qichqirganini bilaman, shu chamadonimga qoqilib, chamadonim bilan birga eshikka yiqilganim esimda. Qarasam, eshik tepasida avvaliga 78, keyin esa 77 deb yozib qo’yishibdi bu teskari nemislar. Boshqa tomonga yurib 76 raqamni ham topdim. Eshik tepasida chiroq yonib turar edi. Xonaga kirib bordim. Xotinim bilan bolam shiringina uxlab yotishar edi.

Ertasiga esa butun qasr bo’ylab bir shov-shuv tarqaldi. O’sha ertasiyoq ko’chib ketgan bir nemis rassom ayolning hammaga aytishicha kechasi uning qoshiga o’lim kabi qora ajina kelib allaqaysi notanish tilda bir narsalarni valjirab, keyin esa uzun-uzun kiyimlariyu qanotlariga burkalib uchib ketgan emish. “Lekin u jichcha ham tajavuzkor emas edi”, - debdi bu qasrdan o’sha zahotiyoq ko’chib, qochib ketgan bechora ayol... Bu qasrda boshqa bu paltomda ko’chaga qoramni ko’rsatganim yo’q...

¨rga yetishning qing’ir ko’ylariyu, qiyshiq yo’llari… Qushlar, arilar tilidek bir gap…


Ro’mon xotimasi

 Ro’monimga nuqta qo’yib, uni ilk taqRiz uchun mashhuR faylasufimiz So’qRot SHaRqiev janoblaRiga PaRij yonidagi Nojent shahaRchasiga yuboRganimda, ustozimizdan iliq so’zlaR baRobaRida Qozonning toshbosmasida hijRiy ming ikkiyuz saksoninchi yillaRda chop ıtilgan  “Abugalisiyna qiysasi” nusxasi yetib keldi. Bu qissaga ilovan, so’nggi yillaRda Toshkentda ayni shu xususda nashR ıtilgan biR­ikkita ilmiy­ommabop kitobchalaR haqidagi ma’lumot beRgan domla: “Bilmadim, o’qiganmisiz bulaRni, yo’qmi, bahaRhol ko’zdan biR kechiRib boqing, ajabtovuR biR hodisa…” deb yozibdi. O’sha zahotiyoq o’qib chiqdim va hodisaning ajabtovuRligidan o’zim ham seskanib ketdim. Ro’monimdagi sahnalaRning men avval o’qimagan bu qissaga uyg’unligi ­ qissani chop ıtgan Qayum NosiRiy aytmish ­ “optiRdi” meni. ShoshiRdi, laRzaga keltiRdi. Go’yoki bunda biR siRu­sinoat, yo­da qissaning so’zlaRi bilan aytganda kimyoyu simyo ilmlaRining quvvati boRdek ıdi. Shuning uchun ham ­ qissaning shu yillaRda Toshkentda chop ıtilganiga qaRamasdan qisqacha bayonini shu yeRda keltiRishni o’zimga ıp ko’Rdim. AniqRog’i ­ o’zimni buRchli bildim. Bu yog’ini o’zingiz baxolayveRing.  

 İsingizda bo’lsa keRak, aka­uka Abualiyu AbulhaRis g’oRga kiRib Fisog’uRs ilmidan bahRamand bo’lishgach ulaRni jallod ındi osay deganida, bulaR kimyoyu simyo ilmi quvvati bilan ko’zdan g’oyib bo’lishadi. Ana ındi qissada bulaRning saRguzashtlaRining davomi keltiRilgan ıkan. Ana o’shanda AbulhaRis  Bag’dodga, Abuali ısa MisRga tushgan ıkan.
 AbulhaRisning Bag’dod podshohi bilan qissasiga o’tishdan avval shuni aytish keRakki bu aka­uka biR otayu biR onadan ıgiz tug’ilgan ısa­da, bolaligidanoq Abuali zukkoRoq bo’ladi. BulaR madRasaga boRib yuRgan yillaRi domlalaR Abualining ziyRakligini tekshiRish uchun uning hujRaga kiRishidan oldin ko’Rpacha tagiga biR vaRaq qog’oz qo’yib qo’yishadiyu, Abuali hujRaga kiRa solib: “¨ yeR ko’taRilibdi, yo­da ship biRoz og’ibdi” ­ deya domlalaRni hayRatda qoldiRadi. Ana ındi g’oR ichida ham u kitoblaRning baRini biR qaRashdayoq o’zlashtiRib olaveRadi, AbulhaRis  ısa ­ qanchalik zehni o’tkiR bo’lmasin ­ biR yil ichida kitoblaRning qoq yaRmini o’qib tushiRadi.
 Mana ındi AbulhaRis Bag’dodga tushib biR necha kun ko’cha­ko’yda musofiRona sandiRaqlab yuRganidan so’ng: “Bu bema’ni yuRishdan foyda yo’q. Besh­olti tanga topganim duRustRoq ımasmi”, ­ deya atRofdagi o’RmonlaRga chiqib saRjinchilik qiladi va biR kuni o’Rmonning tik qiRq qaRag’ay o’sgan yeRiga kiRib qoladi­da, bu qaRag’aylaRni ko’zi qiymasdan biR afsun o’qiydiyu, qiRq tik qaRag’ay qiRq og’ayniga aylanadi. BulaRning qaddi­qomati kelishgan, bo’yi­bastlik, Rost ­ baRi soqov bo’lishadi. Ana shu yigitlaR yoRdamida u Bag’dodning bohavo biR yeRiga muhtasham hammom soldiRadi. Bu mo’Rchaning dong’i tezda butun Bag’dodga taRaladi. Boyu faqiR kelib cho’miladi, boyagi qiRq og’ayni ısa bulaRning xizmatida bo’lishadi.
 Tezda bu hammomning shuhRati podshohninig ham qulog’iga yetib boRadi va podshoh ham vaziRlaRi bilan biR kuni bu mo’Rchada cho’milib ketadi. Shundan so’ng u AbulhaRisni o’z saRoyiga chaqiRtiRadi va u saRoyga yigitlaRidan biRi bilan kiRib kelgach, podshoh boyagi mo’Rchayu undagi qiRq yigit siRini so’Raydi. “Mo’Rchani mana shu qiRq og’ayni quRdi, ulaRning ıgizligiyu soqovligi sababi ısa ­ baRi biR otayu biR onadan o’Rmon ichida tug’ilishgan”, ­ deb tushuntiRadi AbulhaRis . “BulaRning baRi qiRq hunaR ıgasi, hammom quRganlaRi mana shu qiRq hunaRdan bittasi xolos. YigitlaRim yeRda suvdan, havoda yeldan tez yuRishadi. Mag’Ribdami, MashRiqdami nimaiki xizmat bo’lsa ulaR hamisha tayyoR”, ­ deydi u.
 “Mag’Rib bilan MashRiq tuRa tuRsin, ammo Sabo degan yeRni podshohining biR qizi boR. Go’zallikda bunga tengi yo’q. Ana shunga men oshiq bo’lib qolganman. Necha maRotaba oRaga sovchilaR qo’ydim, otasi ko’nmayapti. Shuni biR ilojini qilib beR”, ­ deb yalinibdi o’shanda podshoh.  “Bosh ustiga”, ­ debti AbulhaRis  va yonidagi yigitga malikani keltiRishni buyuRibdi. Yigit ıshikdan chiqibdiyu biR zum o’taR­o’tmas malikani qo’lidan yetaklab xuddi shu ıshikning o’ziga kiRib kelibdi.
 Podshoh bu holni ko’Rib: “Bu ne xayol?  Tushimmi yo o’ngimmi?” ­ deb hayRatdan yoqasini tishlabdi. “İy hikmatlaR ıgasi, bu ishning aslini bayon va bu Ro’yoning faslini ayon qil!” ­ deb o’tinibdi. AbulhaRis hodisani tushuntiRibdi. Qiz ham boshidan kechganlaRini aytib beRibdi. Bag’dod podshohi qizga muhtasham xonalaR ajRatibdi, o’zi ısa AbulhaRisning maslahati ila qizning otasi tomon ılchiyu sovchilaR yuboRibdi.

 İndi ılchilaRu sovchilaR yo’l yuRishgan biR payt bulaR biR­biRlaRining vasllaRiga to’yib tuRishaveRsin, Sabo podshohidan ıshiting. U daf’atan qizining g’oyib bo’lishini ıshitgach yoqasini yiRtib, hushidan ketib, oxiRi ulamoyu fuzalosini yig’ib mashvaRat quRibdi. KimdiR o’shanda: “Bu ­ jin ishi” ­ desa, yana kimi: “Bu kimyoyu simyo quvvati ila bo’lgan ish”, ­ debti. “Hoynahoy bu ishni Bag’dod podshosi qilgan”, ­ degan fikRga kelishibdiyu, unga qaRshi ne choRa ko’Rmakni maslahat qilishibdi. “×eRik toRtaman!” ­ deb qizishibdi podshoh. “Bo’lmaydi, davlatli sultonim, ­ debti a’yonlaRdan biRi, ­ uning ikkiyuz minglik  askaRi boR. AvvallaRi ham unga zo’Rg’a qaRshi tuRaR ıdik, ındi qizingiz uning qo’liga tushgach, u biz bilan adi­badi aytishib ham o’tiRmaydi”… “Yaxshisi bu qudRatli podshohga qaynota bo’lganingiz duRust”, ­ degan maslahatda to’xtashibdi bulaR.
 Bu oRada Bag’dod podshohining ılchilaRi ham yetib kelishibdi. Bag’dod podshosining maktubini ham Sabo podshosining qo’liga tutqazishibdi. Unda Bag’dod ko’Rkiyu yangi tushgan afsonaviy hammomlaR ta’Riflangan ıkan. Sabo podshohi ısa bulaRning baRini ko’Rib ketishga da’vat ıtilgan ıkan. VaziRu­vuzaRo, olimu­ulamo, fozilu­fuzalosini olib podshoh Bag’dodga otlanibdi. Bag’dod podshosining ılchiyu sovchilaRi o’z shahaRlaRiga yetaR­etmas bulaR ham ul azim shahaRga kiRib boRishibdi. Ana bo’libdi to’ylaR ­ asRlaRga dovRug’i ketibdi bulaRning. AbulhaRis  ham ko’Rsatgan xizmatlaRi uchun vaziRlaRning ıng ulug’i ıtib tayinlangan ıkan.

 BulaR hayotlaRidan lazzatlanib yashayveRsin, biz ısa Abualisinodan ıshitsak. U ham afsun yoRdamida doR tagidan g’oyib bo’lgach Nil daRyosi yoqasida MisRda paydo bo’libdi. Soch­soqoliyu tiRnoqlaRini kestiRib, fiR’avnlaR dahmalaRini tomosha qila QohiRaga ham kiRib boRibdi. MusofiR qaeRga boRadi ­ bozoRga. Abualisino ham MisR bozoRiga kiRib asalfuRushlaR Rastasiga o’tibdi­da, u yeRda ko’zi biR yosh asalchiga tushib qolibdi. Husnu jamolda YUsufga teng bu yigit musofiRning uzoq nazaRidan uyalib, bu daRvish nima qilib tuRibdi ıkan, mening husnimga oshiq bo’lib qoldimi, ­ deya unga biR qoshiq bolidan ulashibdi. Abualisino asalni og’ziga olibdiyu tufuRib tashlabdi. “Mening bolimni yoqtiRmagan bu daRvish aftidan o’zi asalkashlaRning zo’Ri!” ­ deb o’ylabdi shunda asalchi yigit va musofiRni o’sha kecha o’z uyiga taklif ıtibdi. ZiyofatlaRning Rosa quyug’ini beRibdi u. Lekin vaqt ham yaRim kechaga yetib, qaRasa gapdan bo’lak hech naRsa bo’lmaydigan. İRtalab ısa bozoRga bol olib chiqishi keRak, bol ısa aRi uyalaRidan olinmagan. Shunda yigit mulozmatani biR chekaga qo’yib: “Ota, boya asalimni tufuRib tashlagan ıdingiz, bundan sizning asalchilaRning zo’Ri ıkanligingizni bildim, ıRtalab bolimni bozoRga olib chiqishim keRak, bu yog’i qoRong’i bo’lib qoldi, boqqa chiqib aRilaRimni bezovta ham qilolmayman, shunga nima qilsak ıkan? U­bu siRingiz bo’lsa menga ham o’qiting!” ­ debti.
 MusofiR ısa o’z so’zlaRida davom ıtaveRibdi. U Istambuldagi hammomu zindonlaR, uzoq G’aRnotadagi Hakim­otalaRu Yapon degan yuRtdagi siRli bog’laR haqida so’zlaR ıkan. Asalchi yigit biR qulog’ini osib bu qissalaRni ıshitsa­da, ich­ichidan toqatsizlana boshlabdi: “BekoR qildim men bu daRvishga ilashib, asalimni o’zim bilganimcha olaveRmaymanmi, mana ındi ıRtaga bozoRim kasod bo’ladigan bo’ldi”. U shunday deb o’ylab tuRsa, musofiR biR yeRda o’z mahzun hikoyalaRini uzibdi­da: “DaRding biR tovoq asal ıkan, mayli, keltiR kepagingni!” ­ debti. “Kepakdan ham asal bo’laRkanmi?” ­ deb o’ylabdi yigit, ammo musofiR so’zini qaytaRmasdan biR qop kepak olib kiRibdi.
 “Bizning tilagimiz seni bu mashaqqatlaRdan qutqaRib dunyo siRu­sinoatini o’Rgatish ıdi, lekin daRding biR tog’oRa bol ıkan, mayli­da, asal bo’lsa asal!” ­ debti musofiR va biR duo o’qib tog’oRaning qopqog’ini yopibdi. “İRtaga bozoRga chiqaRib sotaveRasan!” ­ shu so’zlaR bilan u o’z buRchagiga boRib o’z o’ylaRiga cho’mibdi. Yigit ham biRoz o’tiRibdi­da: “Bu g’aRib meni o’zining uzuq­yuluq hikoyalaRi bilan jinni qilgani yetmaganidek, ındi kepakni qopqoq bilan bosib “asal” deyishiga balo boRmi. Kepakni bol degani bilan og’iz chuchiR ıkanmi?!” ­ deya ınsasi qotib qo’liga buRchakdagi kosovni olibdi­da, musofiR ustiga o’dag’aylab: “Sen meni xonavayRon ıtgani keldingmi? Qani yo’qolchi ko’zimdan, devona!” ­ deb boRibdiyu, kosovini ındi o’qtalgan ıkan, Abualisino unga tik qaRabdi. Boyagi ko’z kuchidan yigit chalqanchasiga yiqilibdi va o’z ıshigidan dumalab chiqibdi.
 BiR payt yigit xushiga kelib ko’zini ochsa, sahRo o’Rtasida yotganmish. TuRa solib u yoqqa chopibdi, bu yoqqa, lekin na tiRik jonzot, na biR inshootga yo’liqibdi. Adashib qolgan aRilaRdan ham biRontasi uchRamabdi unga. AxiR uzoqda biR saksovulga ko’zi tushib, o’sha tomon ­ quyosh ham biR yeRga yetib boRganida ­ yetishibdi­da, uning siyRak soyasiga qulabdi. Qancha yotganini o’zi ham bilmabdi, biR payt ko’zini ochib qaRasa ­ uzoqdan kajavalaRini tuyalaRga yuklab askaRlaR kelayotganmish. Ayuhannos solibdi biyobon o’Rtasida bolfuRush bu yigit. AskaRlaRning qulog’iga quyosh o’RamlaRidagi bu tovush ham yetibdi, ulaR yigit tepasiga kelib, ha yo’q, hu yo’q, ikki qo’lini bog’lab kajavalaRning biRiga, poxol ustiga tashlashibdi.
 “Bu kabi holatni allaqaeRda ıshitgan ıdim”, ­ deb o’ylabdi yigit va nogahon devona musofiRni ıslabdi­da, dod deya pushaymonligidan yig’labdi. BiR necha kun deganda askaRlaR YUsufsimon bu yigitni biR shahRi azimga olib boRishibdi. “Bu yeRning oti nima?” ­ deb so’Rasa: “Bag’dod”, ­ deyishibdi ulaR. BulaR Falastinni tinchitib kelayotgan askaRlaR ıkan, shuning uchun qo’llaRiga neki o’lja tushsa ­ podshosiga yetkazishaR ıkan. Shu zayl bolfuRush yigit ham biR qancha chegaRalaRni kesib o’tgach, podshohning qo’liga tushibdi va so’ngsiz so’RoqlaRdan so’ng podshohning asalaRilaRiga qaRash uchun zanbuRdoRiga yuboRilibdi.

 Bu yeRda asalaRilaR ketida “Risolai nahl” degan asaR yozayotgan saRoyning malikul­shuaRosiyu, bolu­og’ulaRdan kimyoyu simyosi uchun modda olayotgan AbulhaRislaR bilan ham tanishibdi, ulaRga mahRam bo’libdi asalchi bu yigit. KunlaRning biRida ısa bulaR yigitni AbulhaRis  quRgan hashamatli hammomga ham taklif ıtishibdi. Ana u yeRda qiRq gung yigitning oRasida she’Rxonligu shaRobno’shidalik bo’libdi. Bug’ saRoblaRida qad ko’taRgan nozaninlaRu ulaRga hamohang nag’malaR oRasida bolfuRush yigitning ko’ngli yoRilibdi. “Bu ne ajab qissaki, ushmundoq mo’RchalaR bino bo’lsa. Ul yanglig’ki mening MisRdan biR kechada Bag’dodga yetishimdek!” ­ debdi. AtRofdagilaR so’Rashibdi: “Bu ne deganing: biR kechada MisRdan Bag’dodga yetish?” SHunda bolfuRush yigit boshidan o’tganlaRini biRma­biR so’zlab beRibdi. Malikul­shuaRoyu vaziRi a’zam uni yana podshohi humoyun huzuRiga boshlashibdi. Yigit biR naRsalaRni ılas­ılas ıslab yana tilining bo’shligidan afsuslanibdi.
 SaRoyda bolishlaRga suyanib o’tiRgan podshoh o’ngida AbulhaRis bu yigit voqeasini bayon ıtib: “İ podshohim, bu yigitga shunday mojaRoni ko’Rsatgan kishi yo sehRchi, yo simyo ilmi quvvati bilan ish ko’RguchidiR”, ­ debti. “SehR bilan simyo oRasida faRq ne?” ­ deb so’Ragan ıkan podshoh, AbulhaRis : “İ shohanshohim, sehR ­ yovuzlik, nochoRlik bilan, simyo ­ yaxshilik, poklik bilan hosil bo’ladi!” ­ debti. Podshoh soqolini siypaganicha o’yga tolibdi. AbulhaRis ısa so’zida davom ıtib: “İ shohim, agaR faRmoningiz bo’lsa bu yigitni MisRga qaytaRib yuboRmak g’oyat osondiR!” ­ debti.
 “O’z yuRtidan ayRilgan bu g’aRibni ushlab nima savob ko’RaR ıdik, qaytgisi kelsa qaytaRib yuboR!” ­ deb buyuRibdi podshoh. Yigit ham huddi buni bilgandek, jon Xudo deya Rozi bo’libdi. Shunda AbulhaRis  afsunlaRidan biRini o’qibdiyu, yigit ko’z ochib yumguncha o’zini MisRda, o’z ostonasi oldida yotgan holda ko’Ribdi.

 İndi Abualisinodan ıshitsak. BolfuRush yigitni taxayyul kuchi bilan Bag’dodga yuboRganidan so’ng, yigitning onasini daRdga solmaslik uchun musofiR bog’dagi aRilaRdan biRiga afsun o’qib uni yigitning suRatiga kiRitgan ıdi. O’sha kechaning o’zidayoq bolfuRush suRatli yigit o’z onasi yoniga kiRib kelgan ıkan. İRtasiga ısa odatdagidek bu yigit kechagi tog’oRani ko’taRganicha, bozoRga kepakdan yasalgan asal olib chiqib ketibdi. Bu asalning dovRug’i boshqa asalfuRushlaRning bozoRini kasod ıtibdi. Uch oy ichida boshqalaRning bolini hech kim olmasdan, bu bollaR shakaR ochib ketibdi. Ana ındi bolfuRushlaRning baRi to’planib maslahatni biR yeRdan chiqaRishadi­da, yigitni o’z zanbuRdoRiga taklif ıtgandek bo’lib, uni neki habashlashib ketgan aRilaRi bo’lsin, ulaRga chaqdiRishadi. Yigitning badani shishib ketadi, u biR necha kun ko’Rpa­tushakka o’Ranib yotgach, onasining qo’lida jon beRadi va uning jon beRgan og’zidan ham hattoki biR aRi uchib chiqadi.
 Onasi mullayu muazzinlaRning oldini chaqiRib janozalaRu xatmlaR o’qitadi, bulaR bolfuRush yigitni zo’R ıhtiRomlaR ila qabRga qo’yib kelishadi, bechoRa ona yigit topib­tutganlaRdan ılu­yuRtga sadaqalaR taRqatadi, qolgan kiyimlaRini ısa sandiqqa solib ustidan qulflaydi. İndi u bittayu­bitta o’g’liga motam tutib o’tiRaR ıkan, biR kecha uning ıshigi taqqilaydi.
 “Kim bu bemahal chog’da ıshik qoqyapti?” ­ deb so’Rasa kampiR, ıshik oRtidan tanish ovoz: “Och, ına, men o’g’ling bolfuRushman”, ­ deydi. 

 “İ ko’zimning nuRi, anglat menga bu tushimmi yo o’ngimmi? Seni yeRga qo’yib motam tutib o’tiRgan onagni sehRu­Ro’yolaR ila qiynama, o’lib bo’lgan Ruhimni tiRiltiRib yana o’ldiRma!” ­ debti o’shanda yigitning onasi, lekin ıshikni ochib qaRasa, tippa­tiRik o’g’li Ro’paRasida tuRgan ımish. “Subhonolloh, kuni kecha butun ıl seni mozoRga qo’yib kelgan bo’lsayu, bugun ındigina uyqudan tuRgandek o’ngimda tuRsang! Aqldan ozyapmanmi men qaRib­chuRib?” ­ desa onasi, bolfuRush o’g’li oRadagi gapni tushunib yetgandek: “Xo’sh, unda ustimdagi kiyimlaRimni qaeRga qo’yding, ona?” ­ deb so’Rabdi. Ona sandig’ini ochib boqsa , yigit kiyimlaRi tugul, to’Rt hovuch kepagu uch dona asalaRi quRti o’Rmalab yuRgan ımish u kepak ichida.
 “Ona, do’konimni nima qilding?” ­ deb so’Rabdi o’shanda biR naRsani tushungandek bolfuRush yigit. “Unda o’sha­o’sha daRvish tuRib yuRibdi”, ­ debdi onasi. Shunda yigit boshidan kechgan baRcha hangomalaRni onasiga aytib beRibdi. Onasi ham aqlli kampiR ıkan: “Bolam, bu musofiR anoyi ımas, u zo’R ilm ıgasiga o’xshaydi, shuning uchun sen uni hafa qilganing chakki bo’lgan ıkan, boRib kechiRim so’Ra, piR tut uni, ıtagidan mahkam ushla! QaRabsanki, senga ham siRu­sinoatlaRidan o’Rgatsa ajab ımas” ­ deb maslahat beRibdi.
 Yigit onasining aytganini qilibdi. İnagasiga quloq solgan aRi misol Abualisino oldiga kiRib boRibdi, quyuq salomlaRni beRibdi. MusofiR ham unga ko’z qiRini tashlab: “Ha, yigitcha, qaylaRda ıdingiz? Xayallab ketdingiz”, ­ deb kulib qo’yibdi. Yigit yig’lab Abualisino oyog’iga yiqilibdi, ıtagidan mahkam ushlabdi, kechiRim so’Rabdi. MusofiR ham unga ikki qo’lini uzatib o’Rnidan tuRg’izibdi, quchog’iga olibdi, peshonasidan o’pib: “Azizim, sizni odobsizligingiz uchun Bag’dod sahRosiga tashlagan ıdim, nimalaRni ko’Rdingiz u yeRda, qani biRma­biR so’ylang ındi”, ­ deya xitob ıtibdi. Yigit sahRoga tushganiniyu, askaRlaRga o’lja bo’lganini, Bag’dodga yetganiniyu, podshohning zanbuRdoRida aRi boqqanini, vaziRi a’zamu malikulshuaRo ila tanishganiniyu, podshohning buyRug’i bilan biR zumda MisRga qaytaRilganini so’ylabdi. ×et ıllaRda yuRish g’aRoyibotlaRiniyu, o’ziga yaRasha gashtlaRini biRma­biR hikoya qilibdi. Bundan Abualisino nafaqat yigitning ajnabiy yuRtagi kundalik hayotidan xabaR topibdi, balki o’z qaRdoshi AbulhaRisning Bag’dod podshohiga vaziR bo’lganiniyu, yigitni simyo quvvati bila MisRga qaytaRganini anglabti.
 BolfuRush ham o’z navbatida ayniqsa o’zining yangidan yaRatilganu kuni kecha qabRga qo’yilgan ıgizi haqida so’Rabdi. Abualisino Xudoning yetkazgan ilmlaRi uchun hamdu­sanolaR aytib: “Ko’Rganu­ıshitganlaRing dengizdan biR qatRadiR, quyoshdan biR zaRRadiR xolos”, ­ debti, va yigit onasini qiynamaslik uchun aRidan yigit yasaganiniyu, kuni kecha ko’lka jasad yeRga qo’yilganini va lekin aRi yana o’z shamoyiliga qaytganini aytibdi.

 Yigit ko’p hayRon bo’libdi. Shu alfoz u musofiRga shogiRdu muRid tushibdi, kepakdan shiRa olishu undan asal yasash uslublaRini o’Rganibdi, kimyoyu simyo ilmlaRidan ham biR qadaR boxabaR bo’libdi. MusofiR ısa yigitni o’z o’g’li o’Rnida ko’Rib, unga bozoR o’Rtasida do’kon ımas naqd ko’shk quRib beRibdi va bulaRning ikkisi­da ana o’sha ko’shkda yashay boshlabdilaR. BulaRning bozoRi ilgaRigisidan ham ziyodRoq gullaR, boshqa bolfuRushlaR yigitni o’ldiRib ham qutula olmasliklaRini anglagach kimi xolvafuRushlikka, kimi novvotfuRushlikka o’tgan, yigit bolining dong’i ısa yetti olamga ketgan ıkan. KimdiR uni asalning piRi desa, boshqasi ­ aRilaRning poshshosi deb atabdi.
 KunduzlaRi yigit bozoRda asal savdosi bilan shug’ullanaR, kechalaRi ısa musofiRning ajib hikoyalaRini tinglab, ulaRdagi hikmatlaRni chaqishga uRinaR ıkan. KunlaRning biRida asalchi yigit biR tog’oRa asalani ko’taRganicha shahaR bo’ylab yuRganida, uning yo’li shoh saRoyi tomon tushibdi­da, MisR shohining go’zallikda tengi yo’q qizi shu payt deRazasidan ko’chaga boqib tuRgan ıkan. Malikaning ko’zi YUsufsimon bu yigitga tushibdiyu, u hamono o’z doyasini chaqiRib: "Anavi yigit asal sotib yuRibdi, og’zimda so’laklaRim oqib ketdi. KeltiRing uni, ınajon!” ­ deb buyuRibdi. Yigitni tog’oRa­pog’oRasi bilan o’sha zahotiyoq saRoyga yetkazishibdi.
 Malika yigitni ko’Rishi bilanoq yuzidan paRdasiniyu o’ngidan yelpig’ichini olib, ko’zni qamashtiRuvchi husnini dunyoga quyosh yanglig’ oshkoR ıtib, bunday debdi: “Yaxshi yigit, siz shiRin asalingizni sotganimi, yo ko’Rsatgani ko’taRib yuRibsiz? Bolingizning ta’mi labda qoladimi, yo­da tilda? Tatib boqsa bo’ladimi, asal yigit?” Bu gaplaRdan yigit qizaRib­bo’zaRib, ko’zlaRini yeRdan uzolmay, tog’oRasini qo’lidan tushiRib yuboRay deb, biR qoshiq asalini qizga uzatibdi. Qiz ham qoshiqni qo’liga olmay, biRgina nozik baRmog’ini asalga botiRibdi­da, uni ohista yalabdi, shimibdi…
 O’shanda malika olgan asali uchun yigitga o’z yelpig’ichining biR patini tutqazgan ıkan, lekin yigit uzatgan asali ıvaziga ishq degan savdoni sotib olgan ıkan o’shanda.

 Yigit ko’shkiga qaytgach, ko’ngildagi boR hasRatini, aRi yiqqan bolini uyasiga keltiRganidek, piRi oldida to’kibdi. “UmRimning ma’nosi paydo bo’ldimi, yo yo’qoldimi ­ bilmay qolib gaRangman”, ­ debti u. MusofiR ham chuquR o’yga tolibdi. Keyin biR duo o’qigan ıkan, ıshik asta ochilibdiyu, xonaga malikai diloRom kiRib kelibdi. U ham yigitga oshiq bo’lib qolgan ıkan, yigit saRoydan chiqib ketishi bilanoq Rosa qidiRtiRgan ıkanu, topolmagan ıkan. Mana ındi yigitni ko’Rib, u oy o’ngiga chiqqan quyoshdek yoRishibdi. Shunda musofiR bulaRning ikkisini xonada qoldiRib, o’zi QohiRaning qoRongu, siRli ko’chalaRiga chiqib ketgan ıkan.

 İRtalab Abualisino qaytib kelibdi­da, biR afsun ila qizni yana saRoyga ıltib qo’yibdi. Malika saRoyda uyg’onib, tunda boshidan kechgan hodisalaRni biRma­biR ıslabdiyu, seskanib ketibdi. İl oldida ne Rasvolikka tushdi u, otasi buni bilib qolsa ne bo’ladi, ­ deb Rosa koyibdi o’zini va nihoyat podshohga bulaRning baRini o’zi aytib beRadigan bo’libdi. Lekin baRibiR yuzi betlamasdan, siRlaRini qog’ozga bayon ıtibdiyu, maktubni muhRlaganicha xizmatkoRini chaqiRib, otasiga ıltishni buyuRibdi.
 Podshoh xatni o’qigach a’yonlaRini yig’ibdi, ulaRga mashvaRat solibdi. Ulamoyu­fuzalo biR fikRga kelib, bu kecha saRoyni haR tomondan quRshab, pashsha uchsa ham xabaRsiz qolmaslikka ahd qilishibdi, va ayniqsa malika qaRoRlaRini ziyoda hushyoRlik bilan qo’Riqlash tayinlanibdi. Kech ham tushibdi, soqchilaR ham o’z  maqomlaRiga qo’yilibdi.
 Kunini ne mashaqqatlaR bilan o’tkazgan bolchi yigit ısa yana musofiRga aRzu­niyozlaR bilan bosh uRibdi, Abualisino ham o’yga cho’mib, biR duo o’qibdi. Shu payt qiz oRomlaRini qo’Rib tuRgan kanizaklaR malikaning o’Rnidan tuRib ıshik tomon qadam tashlaganini ko’Rishibdi­da: “Ushlang uni, ushlang!” ­ deganlaRicha qizga haR tomondan qo’l uzatishibdi. Lekin ne taajubki, qiz bulaRning qo’llaRi oRasidan ko’z o’ngida ­ havoda ıRigan tutundek ­ g’oyib bo’libdi­qo’yibdi. Butun saRoy to’s­to’polon bo’libdi. KiRmagan ıshigiyu, yiRmagan teshigi qolmabdi bulaRning, biRoq malikani hech qaeRdan topa olishmabdi. Tong otganida ısa malika o’z ko’Rpa­to’shagida yotgan ımish. Ko’zini ocha­solib: “Meni bu shumliqdan qutqaRingiz, yo’qsa o’zimni o’zim o’ldiRaman!” ­ deb qichqiRibdi qiz.
 MisR podshohi ham bu ishdan zo’R tashvishga tushibdi. Qizdan: “KiRib boRgan ıshigingni taniysanmi?” ­ deb so’Rasa, qiz saRxush holatga o’xshash biR holatda bo’lishini bildiRibdi, shuning uchun ham ıshikni taniyolmasligini aytibdi. Shunda shoh boshqa choRaga boRibdi. Kechasi malika ındi uyquga ketishi bilanoq uning baRmoqlaRiga za’faRon suRkalibdi: ıshikni ochganida za’faRon izlaRi qoladiyu ıRtaga mana shu alomat bo’yicha bu ıshikni ham topib olamiz, ­ deb o’ylashgan ıkan ulaR. Lekin Abualisino saRoyda bo’layotgan baRcha ishlaRdan xabaRdoR ıkan, ıRtasiga u afsun o’qigan ıkan, shahaRdagi baRcha ıshiklaR za’faRonga bo’yalibdi. Podshoh o’z miRshablaRining boshlig’ini shahaRga jo’natib, boyagi za’faRonga bo’yalgan yagona ıshikni topib, ıgasini tutqunlashni buyuRgan ıkan, u chiqib boRsa ­ baRcha ıshiklaR za’faRonga bo’yalganmish. Nima qilishini bilmasdan saRoyga qaytibdiyu podshohga bu shaRmandalikni so’zlabdi. QiRq kun shu holat yuz beRaveRibdi. Kecha kelishi bilan qiz saRoydan g’oyib bo’laR, sahaRda quyoshning zaRqanot qushi yulduz donlaRini cho’qib bo’lgach, yana o’z oRomlaRida paydo bo’laR ıkan. 

 AxiR kimdiR Bag’dod podshohining saRoyida biR puRhikmat vaziR boRligini aytibdi va bulaR Bag’dod podshohiyu, AbulhaRisga biR maktub yozib, ılchilaR yuboRishibdi. Maktubni o’qigach Bag’dod podshohi o’z boshiga tushgan g’avg’olaRni ıslab MisR podshohining holatiga achinibdi va AbulhaRisga yo’lga chiqishni buyuRibdi. Simyoyu xayol kuchi bilan bulaR biR kundayoq MisRga yetib kelishibdi. Kela solib AbulhaRis o’z Ramal taxtasini qo’liga olib hayRat daRyosiga cho’mibdi…
 Ammo Abualisino o’zining saRoydagi xizmatkoRlaRi oRqali MisRga qaRdoshi AbulhaRis yetib kelganligidan xabaRdoR ıkan, shuning uchun ham u o’z tadoRigini ham ko’Rib qo’yibdi. Afsun o’qib AbulhaRisning Ramal taxtasida o’zining MisRda ımas, balki ulkan ummonining biR oRolida ıkanligini ko’Rsatibdi. Ana ındi AbulhaRisning Ramal taxtasida malikaning haR kecha dengizlaR oshib ummon o’Rtasida haR tomoni olov bilan o’Ralgan biR oRoldagi nafis saRoyga yetib boRishi oshkoR bo’libdi. Lekin bu oRolning qay taRafda ıkanligini AbulhaRis qancha tiRishmasin, topa olmabdi. Abualisino va AbulhaRislaR biR otayu biR onadan tug’ilgan bo’lsa­da, Abualisinoning zehni ikki baRobaR o’tkiRRoq ıkan­da, shuning uchun ham u g’oR ichida Fisog’uRsning baRcha kitoblaRini o’qib chiqqan, AbulhaRis ısa yaRmida qolib ketgan ıkan­da. Shu bois ilmi simyoda ham AbulhaRis bilimlaRi Abualisino bilimlaRi oldida butun boshli biR dengizdan atigi biR qatRa qadaR ıkan.
 O’shanda AbulhaRis malikaning oldiga kiRib uning qo’liga biR qaRchig’ay tutqazibdi. “Bu qushni qo’lingdan chiqaRma. Kechasi boRaR joyingga yetib boRgach qo’yib yuboR. Bu qaRchig’ay seni jafolovchi kishining yuRak­boshini cho’qib tashlaydi. Shundan so’ng sen o’sha xonada neki ashyo bo’lsa biRontasini o’zing bilan olib qayt”, ­ deb buyuRibdi u. Bu hodisalaRdan o’zini boxabaR tutgan Abualisino yigitga sehRlangan biR yoyliq tutqazibdi­da: “Bugun malika qaRchig’ay ko’taRib keladi. U hujRangga kiRib kelishi bilanoq mana shu yoyliqni qaRchig’ay ustiga tashla, yo’qsa halok bo’lasan”, ­ deb ogoh ıtibdi.
 Qizning kiRib kelishi oldidan musofiR bu xonani Hindiston ummonining biR oRolidagidek yasatibdi­tusatibdi, maRjonu, qoqi bo’lgan tilla baliqlaRni haR yeRga osib qo’yibdi. DastuRxonni ısa fil balig’iyu, duRbaqalaR bilan to’ldiRibdi. Ana ındi kech tushganda Abualisino odatdagidek o’z duosini o’qigan ıdi, qiz ıshikdan kiRib kelibdi. Uni poylab tuRgan yigit qo’lidagi yoylig’ini qaRchig’ay ustiga tashlabdi va shu zahoti qaRchig’ay til toRtmay o’libdi.
 “İ go’zallaR sultoni, nechun bizni halok ıtmakka azmu­qaRoR qildingiz, bu savdoning boshida o’zingiz tuRmagan ıdingizmi?” ­ deb o’pkalabdi yigit. Qiz ısa Rejasi buzilganini ko’Rib, yigitni yupatishga kiRishibdi: “Hay asal yigit, shunday quvvatlaRning ıgasi bo’lib tuRib, hamon menga kimligingni bildiRmaysan. Xalq oRasida meni badnom qilding. AgaRda maqsading shu ıkan, unga hisob ıRishib bo’lding. Lekin chindan ham men bilan hayot kechiRmakni chamalagan ıkansan, ındi otamdan so’Ra, balki nikoh qilib senga uzataR…” ­ debdi qiz unga javoban.
 Ikkisi biR to’xtamga kelisha olmay dastuRxonga o’tiRishibdi. Qiz ham o’sha kecha anvoi ovqatga qo’l tekkizibdi xolos. BiRoq yaRim tunda saRoyiga qaytishidan avval dastaRxondagi fil baliqlaRdan va duRbaqadan biRini cho’ntagiga solib qo’yibdi.

 İRtalab bu balig’u duRbaqani ko’Rgan AbulhaRis Ramal taxtasiga boqibdi­da: “BulaR Hindiston ummonidagi falon oRolida tutiladigan jonzotlaR. Demakki qizingiz ham haR kecha ana o’sha oRolga olib ketilaR ıkan”, ­ deb podshohga aytibdi. Polshoh ham vaqtni g’animat bilib shu kuniyoq Hindiston podshohi tomon o’z ılchilaRini otlantiRibdi. AbulhaRis biR afsun o’qigan ıkan, bulaR shu onoq Hindiston podshohining huzuRiga kiRib boRishibdi. Hindiston podshohi MisR podshohining maktubini o’qib boqsa, unda: “QaRamingizdagi falonchi oRol yashovchilaRi qizimizga zo’R huRmatsizlik ko’Rsatishmoqda!” ­ deb yozilgan ımish.
 “İ, qanday ahmoqlaR bu xatni yozgan o’zi?! ­ deb qutiRibdi Hindiston podshohi. ­ U oRol olov bilan o’Ralgan bo’lsa, unga odam o’ta olaRkanmi o’zi?! Qani o’sha yozgan ahmoq hakimingni o’zi o’tib boqsinchi bu oRolga, men ko’Rib tuRay! YUboR uningni!” ­ degan qabilda javob maktubi ham yozib yuboRibdi. Rost, keRak bo’lsa yoRdam beRishdan ham bosh toRtmasligini ham qistiRib qo’ygan ıkan bu maktubga Hindiston podshohi.
 İlchilaR bu mashaRaomuz xatni ko’taRib ketishibdi. UlaR Hindistondan MisRga ketishaveRsin, biz ısa Abualisinodan ıshitaylik.

 Abualisino o’sha sahaR uyqusidan tuRibdi­da, boshi og’Riganidanmi, yo boshqa sababdanmi, hammomga yo’l olibdi. Hammomga boRib yuvinib­taRanib xumoRini taRqatgach qo’lini kissasiga solsa ­ pullaRi uyda qolib ketgan ımish. Uydan pul olib kelgunimcha mana buni saqlab tuR, ­ deya cho’ntakidan Ro’molchasini hammomchiga tutqazgan ıkan, allakimni ıslatgan bu hammomchi biRdaniga achchig’lanib musofiRni devonadan devonaga solib so’kib qolsa bo’ladimi! Ro’molchasini ham yiRtib­yiRtib uloqtiRib yuboRgan ımish bu xasis. MusofiR ham indamay tuRsa, hammomdan chiqqan biRi o’Rtaga tushibdi­da: “Hay, inson bolasi! Ikki tiyin aqcha uchun daRvishni shu qadaR xo’Rlaysanmi, noinsof! Ma o’sha ikki chaqangni!” ­ deb musofiRning qaRzini o’tabdi. ShoiRsifat bu hazRatga o’z RahmatlaRini aytgan Abualisino hammomchini ham adabini beRib qo’yay deb biR afsun o’qibdi­da hammomdan chiqib ketibdi.
 Afsun o’qilgan zumdayoq butun hammom muzlab qolibdi. ×o’milayotganlaRning sochu­soqollaRini qiRov bosibdi, ulaR tog’oRalaRini tashlaganicha jon holatda ıshik tomon chopa boshlashibdi. Buni ko’Rgan hammomchi talmovsiRab qolibdi. “SHoyad bunisi boyagi daRvishning ishi bo’lsa. Xudo uRdi­ku meni!” ­ deya musofiR ketidan yuguRibdi, lekin u allaqachon ko’zdan g’oyib bo’lgan ıkan.
 Bu ajib hodisaning xabaRi butun shahaRga taRalibdi, podshoh saRoyiga ham yetib boRibdi. Bu xabaRni ıshitgan AbulhaRis podshoh huzuRiga kiRib bunday debti: “Bu shahaRda simyo ilmining mohiR ustasi boR ıkanligi bundan ayondiR. ¨nib tuRgan hammomni muzlata olgan odam ­ hattoki muzlab yotgan qalblaRni ham ishq o’ti bilan yoqib yuboRishi hech gap ımas. Demakki, bu ish ham, malika mashmashasi ham ayni shu odamning qo’lidan kelgan ish. Va demakki, hammomchini ishga solib bu kishini topa olsak, malikani pechida ıtmish kalavaning uchini ham topgan bo’lamiz!”

 Xuddi shu payt Hindistonga yuboRilgan ılchilaR ham saRoyga kiRib kelibdilaR. İndigina AbulhaRisning mantiqiga tan beRa boshlagan podshoh Hindiston podshohi yuboRgan puRistehzo maktubni o’qib, choponini biRdaniga teskaRi kiyib olibdi: “Sen ahmoq hakim ıkansan, senda na ilm boR ıkan, na hikmat! SHu gaping boR ıkan, nega meni zo’R masRoflaRga tushiRib Hindistonga ılchilaR yuboRtiRding. Boshda shu gapingni aytsang bo’lmasmidi?!” AbulhaRis ham nima deyishini bilmay ısankiRab qolibdi. Lekin boshqa vaziRlaR biR kun ımas biR kun ulaRning ham boshiga bunday kulfat tushishini anglab, AbulhaRis yonini olishibdi. Podshoh ham bosh vaziRining qonu­jonidan kechib unga so’nggi imkon beRgandek bo’libdi.
 SHunda AbulhaRis yangi shijoat bilan mo’Rchachi cholni saRoyga chaqiRtiRibdi. “Boyagi daRvishni ko’Rsang taniysanmi?” ­ deb so’Rabdi u. ­ “Albatta!” ­ deb javob beRibdi hammomchi chol. Shunda uning yoniga o’z odamlaRini qo’shib, AbulhaRis cholni shahaRga chiqaRib yuboRibdi. ×ol ham boshini suqmagan choyxonasiyu, xonadoni qolmabdi. AxiR biR nozik majlisda musofiRga ko’zi tushibdi. “Ana o’sha daRvish!” ­ deb bildiRibdi u yonidagi shotiRlaRga. BulaR xabaRni daRhol saRoyga yetkazishibdi. MiRshablaRning boshlig’i hamono boyagi majlisga yetib kelibdi va musofiRning yoqasiga yopishib: “Seni saRoyda kutishyapti, sen ısa bu yeRda valaqlab o’tiRibsan!” ­ deya ko’chaga toRtibdi. MusofiRning: “Men biR faqiR odam bo’lsam, saRoyda menga nima boR?” ­ deyishiga qaRamasdan, miRshab hech qo’ymabdi. Shunda musofiR biR duo o’qigan ıkan, o’zi ham bosh miRshabning shakliga kiRib qolibdi. U ham bosh miRshabning yoqasiga yopishib: “QaeRlaRda qochib yuRibsan, ablah! Qani oldimga tushchi!” ­ deR ımish. AtRofdagi xalq Rosa hayRon bo’libdi: Rost­da ­ ikki ıgiz miRshab yoqalashib, biR­biRini saRoyga sudRab ketishayotganmish.
 Podshoh oldiga kiRib boRgach, chinakam bosh miRshab faRyod qilib: “Olampanohim, siz tutib kel degan odamingiz mana shu bo’ladi. Uni yoqalab saRoyga keltiRayotgan chog’im o’zini sehRlab mening qiyofamga kiRib oldi va men bosh miRshabman deb da’vo qila boshladi!” ­ deya aRzi­dodini aytibdi. Lekin musofiR ham bo’sh kelmay: “İhtiyot bo’ling podshohim, bu sehRgaRning so’ziga aldanmang. DaRvish ­ uning o’zi. SehR bilan mening suRatimga kiRib oldi bu mutahham!” ­ debti.
 DovdiRab qolgan podshoh nima qilishini bilmay tuRsa, shahaR qozisi kiRib qolibdi. Shunda podshoh unga qaRab: “BulaRni nima qilamiz?” ­ deb so’Rabdi. Qozi ham ko’p o’ylamasdan: “BulaRning dod­voyiga qaRashning hojati yo’q. Ikkisini­da doRga osaylik, ketsa biR miRshab ketibdi­da! İvaziga haqiqiy sehRgaRdan ham qutilamiz!” ­ deb maslahat beRibdi.
 SHunday qilishga faRmon beRilibdi va bulaRning ikkisini jallod qo’liga topshiRishibdi. ShahaR maRkazida ­ hammaga ibRat bo’lsin deya ­ doR tiklanibdi, kaRnaylaRu nog’oRalaR chalinibdi, xaloyiq to’planibdi. BulaR oRasida bechoRa asalchi yigit ham tuRgan ıkan, u musofiRga achinib: “İndi nima qilsam ıkan. Shunday alloma odam ham nobud bo’ladimi?!” ­ deb o’ylab tuRsa, Abualisino doR ostida biR afsun o’qibdi­da, o’zi jallod suRatiga, jallod ısa bosh miRshab qiyofasiga kiRibdi. Ana ındi chinakam jallod dod­voy ko’taRibdi, lekin olomon oldida bu dod­voyga quloq soladigan boRmi? “Os bulaRning ikkisini!” ­ degan buyRuq bo’libdi va ikki qonxo’R shu zahotiyoq xalq o’ngida ibRat uchun doRga osilibdi. Jallod ham faRmonni bajaRgach, o’z ishini bitiRib uyiga yo’l olgandek bo’libdi. Yo’lda Abualisino biR afsun o’qib jallod qiyofasidan ko’zga ko’Rinmas odam qiyofasiga kiRibdi va asalchi yigitning oldiga boRib, qulog’iga bo’layotgan hodisani so’zlabdi. BiRozdan keyin maydonda qolgan biR­ikki sayoq doR tagiga o’tib qaRashsa osilganlaRdan biRi bosh miRshab, ikkinchisi ısa jallodmish.
Bu xabaR tezda podshohga ham yetibdi. İndi uf toRtib, ziyofat ustida o’tiRgan podshoh AbulhaRisu qoziga qaRab baqiRibdi: “Siz ikki ahmoqni deb men o’zimning ikki sadoqatli ustunimdan ayRildim! Yo’qol ko’zimdan ikkingiz!” Osh ham tatimabdi o’sha kuni podshohga.

O’lganning ustiga tepgandek, kecha tushishi bilan qiz ham odatdagidek saRoydan g’oyib bo’libdi. Va bu hol anchagacha davom ıtaveRibdi. Lekin asalchi yigitning o’z ma’shuqasini ko’Rgani sayin ko’Rgisi kelaveRibdi va u ındi kech tushgunga qadaR chidayolmasdan, o’z piRiga yalina boshlabdi: “Meni ham ilmingizdan biRoz bo’lsa­da boxabaR qiling”. U ayniqsa ihfo ilmiga, ya’ni ko’zdan g’oyib bo’lish san’atiga havas qo’ygan ıkan.
“Bu ish senga yaRamaydi, sigiR buzoqi bilan, kampiR tovog’i bilan degan naql boR, o’zingning ishingdan qolma!” ­ desa ham bo’lmabdi. “Men sizning yo’lingizga tushdim, ındi undan boshlashingiz ham faRz, ham qaRz!” ­ deRmish toqatsiz yigit. Rahmi kelibdi musofiRning bu yigitga, Buyuk O’lat davRidagi allaqaysi ustozu shogiRd haqida Rumo hikoyalaRidan biRini aytib beRgach: “Mayliga, senga ıng osonini ­ ko’zga gulg’uboR suRib mitti aRiga aylanish ilmini o’qitay, lekin ollo­billo buni o’Rinsiz qo’llamayman deb va’da beR! ­ debdi­da, ­ UmRda qaRish boRu, yoshaRish yo’q. Shunga o’xshab simyo ilmida ham afsun boRu, uni qaytaRish yo’li yo’q, shuning uchun ham simyoda biR ishga qo’l uRishdan avval mumkin oqibatlaRini yuz taRozuga solib boq, ­ deb uqtiRibdi Abualisino. Shundan keyigina va’dadan ham oRtiqRoq qasamga quloq tutib, musofiR yigitga o’z ilmni o’Rgatibdi.

O’sha kunlaRdan biR kuni musofiRning IskandaRiya kutubxonasida ikki masihiyu biR yahudiy bilan chuquR munozaRada ıkanligidan foydalanib, asalchi yigit boyagi gulg’uboRdan ko’ziga suRibdiyu, o’Rgatilgan duoni o’qigan ıkan ­ ko’zguga qaRasa uning o’Rnida biR jajjigina pahmoq aRi uchib yuRgan ımish. Hech naRsa o’zgaRmabdi yigitning o’zida, faqat tashqi shakli aRiga aylanibdi­qo’yibdi. Shu zaylda saRoyga kiRib boRibdi yigit, to’g’RiRog’i uchib boRibdi aRi. SoqchilaRu kanizaklaRning oRasidan kechib malikaning oRomlaRiga yetibdi. BiR qadaR chetda tuRib qizning husniga mahliyo bo’libdi u. Shu payt kanizaklaR malikaga dastuRxon yozishibdi, anvoyi ne’matlaRni keltiRishibdi, malika ham dastuRxon yoniga boRib o’tiRibdi. So’laklaRi oqqan yigit ham dastuRxonning boshqa biR chekasiga cho’kkalabdi. O’Rgangan ko’ngil ımasmi, allaqaeRlaRdan fil baliqlaRu, chag’anoqlaR yetkazilgan ıkan, shulaRdan boshlabdi o’z tushligini yigit. Lekin u ko’Rinmasa ko’Rinmasinu, uning yegan ovqati shunday yaqqol ıkan­da. Kanizagu oqsochlaR qaRab tuRishsa ­ dastuRxonning naRigi chekasidagi taomlaR o’zlaRidan o’zlaRi ko’taRilib, biR mittigina aRiga yetgach g’oyib bo’laRmish. ARini hayday desa ­ shuncha naRsani paqqosiga tushiRayotgan bu mahluqdan qo’Rqishibdi bulaR: yeyishi shu bo’lsa ­ chaqishini bilib bo’ladimi! SHuning uchun shiviR­shiviRlashib, yangi taomlaR olib kelish bahonasida bulaRdan biRi xonadan chiqib ketibdi­da, to’g’Ri vaziR AbulhaRisning huzuRiga kiRib, boR gapni so’zlabdi. AbulhaRis bu sinoatning ildizini fahmlab, to’g’Ri podshohning oldiga kiRib boRibdi va o’z Rejasini podshohga aytibdi. Podshoh ham bu Rejaga ko’nibdi.

 UlaR asta­sekin biRin­ketin kanizaklaRu dastaRxonchilaRni xonadan chaqiRib olishibdi. Malika bilan yigit o’zlaRi qolishibdi. OvqatlaRdan tanavvul ıtgan yigit ıRkalangisi kelibdi, u malikaga yaqinlashib, qulog’iga bu yeRdaligini so’zlabdi. ×o’chib ketgan malika o’ziga kelib: “Aytmabmidim, sen jinsan deb! Mana, so’zlaRim ham tasdiqlanib chiqdi!” ­ desa, yigit boR siRni aytibdi­qo’yibdi. Shunda malika ham biR bahonada biR lahzaga xonadan chiqadigan bo’libdi­da, xonadan chiqishi bilanoq, ıshik ketida tuRgan AbulhaRis ıshikni tambalabdi va kalit teshigidan, kelishilgandek, xonaga tutun kiRita boshlabdi.
 Xona tutunga to’libdi. Ba’zilaR: mana ındi bu shum aRi o’ladi, ­ deb o’ylashibdi, biRoq AbulhaRisning xiylasi chuquRRoq ıkan. Yigitning avvaliga biR ko’zidan yosh oqa boshlabdi. ¨sh oqqan sayin ko’zga suRmasifat qo’yilgan gulg’uboR ham yuvilibdi, bundan g’aRoyib biR hol yuzaga kelibdi. İshik tiRqishidan qaRashsa ­ yaRmi mitti aRi, yaRmi yigitmisan­yigit xonada qip­yalang’och tuRganmish!
 AbulhaRis yana tutun qo’yibdi. Toki ko’z yoshlaRi oqqanidan yigitning ikkinchi ko’zidagi gulg’uboR suRmasi ham yuvilmagunicha tutun kiRaveRibdi. AxiR aRi butunlay g’oyib bo’lib, uning o’Rnida asalchi yigit qolibdi. Uni tabiiyki tutqulashibdi va ustiga choyshab tashlab, podshohning oldiga yetkazishibdi.

 “Nima qilamiz buni?” ­ deb so’Rabdi a’yonlaRidan podshoh. “Sazoyi qilish keRak!” ­ degan javob kelibdi. KaRnaylaR g’ata­g’at, nog’oRalaR baka­bak uRishibdi. Yigitni ıshakka teskaRi mindiRib, QohiRaning ko’chama­kuchalaRida olib yuRishibdi va nihoyat bozoR maydoniga keltiRib, osish taRaddudini ko’Rishibdi. Lekin allaqaeRdan to’fon yanglig’ minglab habash aRi yopiRilib, maydondagi jallodu jaRchi, sayog’u­bekoRchini chaqa boshlabdi. Hamma tumtaRaqay qochibdi. Yigit ısa bulaRning oRasida yana aRiga aylanib, aRilaR quyunida yo’qolibdi. 

 Toza koyibdi o’shanda yigitni Abualisino. Lekin yigit ham astoydil uzRlaR so’Rabdi va yana kechiRibdi uni piRi. “Sen ikki dunyoni biR qilib yuboRyapsan. BiR dunyo ­ u ikiR­chikiRlaRga to’la zohiRiy dunyong, ikkinchisi ısa ­ hech kimning ko’ziga ko’Rinmas g’aybonasi. BiRiga kiRdingmi ­ ikkinchisini unut! BiRoq ikkisida ham musofiR ıkanligingni unutma xolos” ­ deb, yana o’z RivoyatlaRidan biRini so’zlab beRibdi SHayx. Yigit ham uqqandek bo’libdi bu gaplaRni.
 Ammo o’zing PiR bo’lmaguningga qadaR aql boshqa ıkan, yuRak ­ boshqa. Yana sevgilisini ko’Rmakni tusabdi yigitning nokomil yuRagi. Yana yalinibdi u musofiRga. Yana yo’qolibdi o’shanda qiz o’zining saRoyidan. Yana chaqiRibdi podshoh o’zining vaziRi AbulhaRisni. İRtasiga bulaR qizni oldilaRiga solib, shahaRning ko’chalaRi bo’ylab kezdiRishibdi. Kechga tomon dahalaRning biRida qiz biR ıshikka yaqinlashibdi­da: “Menimcha mana shu!” ­ deb ko’Rsatibdi. Uni daRhol saRoyga, o’z koshonasiga yetkazishibdi, bulaRning o’zlaRi ısa besh­oltita miRshab bilan boyagi ıshikni poylab qolishibdi.
 QohiRaga kech tushishi bilan qiz yana saRoydan g’oyib bo’libdi va buning xabaRi hamono pistiRmadagilaRga yetkazilibdi. Ana o’shanda bulaRning baRi shovqin­suRon bilan boyagi ıshikka kiRib boRishibdi. KiRishsa ­ xonalaRning biRida asalfuRush yigit bilan malika va ulaRning yonida biR musofiR daRvish o’tiRgan ımish. BulaRning baRini ındigina tutqulaymiz deyishgan ıkan miRshablaR, daRvish biR afsun o’qibdiyu, kiRib kelganlaRning baRi to’satdan tinchlanib, qo’llaRidanu tillaRidan qolishibdi. BulaRning oRasida podshohu uning vaziRi AbulhaRis boRligini ham ko’Ribdi Abualisino, va lekin o’zining kimligini bildiRmabdi.
 “Assalomu alaykum, podshohim! Xush kelibsiz bizning hujRamizga! Qani dastaRxonga buyuRsinlaR!” ­ deb ta’zim qilibdi daRvish va biR piyola asal bilan biR buRda non uzatibdi. Podshoh beixtiyoR biR ushoq nonni asalga botiRib og’ziga olibdi­da, umRida his ıtmagan lazzat tuyibdi. “Bu ­ mening o’g’lim topadigan asal! ­ debti daRvish. ­ AgaRda yo’q  demasangiz mana shu ushatgan nonimiz yigit­qizning fotihasiga bo’lsin. Qizingizni o’g’limga beRing ındi!” ­ deb qistabdi musofiR. BiRoq podshoh asal yeRmishu, gapiRishga ojizmish.
 “SHuncha gapdan so’ng ham bunisi quloq solmas ıkan­da!” ­ deb o’ylabdi musofiR va xonada allaqaeRdan paydo bo’lgan yolg’iz aRiga biR boqibdi­da, miyig’ida kulib qo’yibdi. MehmonlaRning ko’zlaRi ham aRiga tushibdi, qaRashsa ­ aRi xuddi bulaRning ko’zlaRi tomon yaqinlashib kelayotgandek zo’Rayib boRayotganmish, aslida ­ aRi bulaRdan uzoqlashib ship tagiga yetibdi, tepadagi tuynukni yoRib yanada ulkanlashibdi. BiRozdan so’ng AbulhaRis bilan podshoh o’zlaRining ham mana shu aRi ketidan ko’taRilayotganliklaRini sezishibdi. Pastga sakRay desa ­ balandmish, tepaga qaRay desa ­ tepada bu ulkan aRidan boshqa hech naRsa ko’Rinmasmish. Mana vodiylaRu tog’laR pastda qolib ketibdi, yeR yuzi ham butunlay ko’Rinmas bo’libdi, faqat qoRong’iligu, unga qoqilgan ulkan yulduzlaR aRining uyasidek tovushsiz g’uvvillab tuRgan ımish.
 AxiR gulsimon biR ıshikdan bulaR biR boqqa kiRib boRishibdi. Dunyoning jannatidek ıkan o’sha bog’. Lekin bu kabi sokinligu osoyishtalikka o’Rganmagan yuRak huRkaR ıkan, yana o’zining beoRom kundalik hayotiga qaytish istagini uRilib­o’Rtanib bildiRaR ıkan. Shuning uchun ham podshoh toqatsizlanib, kiRgan ıshigini qidiRa boshlabdi. AxiR topib o’sha ıshikka o’zini uRishsa ­ QohiRadagi saRoyiga chiqib boRishibdi.

 Bu hangomadan podshoh hayRon bo’lsa­da, AbulhaRis hamma naRsani tushunib yetgan ıkan. “Bu mening ıgiz akam Abualisinoning ishlaRidiR. Dunyoda faqat u shu qadaR ilmga ıga. Fisog’uRsdan keyin na ARastu, na Aflotun uning daRajasiga yetmagan. Mening beg’aRaz maslahatim ­ taqdiRga tan beRib, akamning talablaRiga ko’nishdiR!” ­ debdi vaziR, biRoq podshoh tutaqib: “Meni ıgiz akang aRining oyog’iga ilintiRib mazah qildi! KechiRmayman uni! HoziRning o’zida tuttiRib kelaman!” ­ deb AbulhaRisga quloq ham solmasdan, ıng ishongan soqchilaRidan o’n ikkitasini bozoR oldidagi boyagi ko’shkka jo’natibdi. BulaR musofiRning ustiga o’dag’aylab bostiRib kiRishibdi. Ammo Abualisino biR afsun bilan bulaRning baRini o’n ikki muchal hayvonga aylantiRib qo’yibdi va bozoRma­bozoR aylantiRib, xalqni quvontiRibdi. PiRovaRdida ısa o’n ikkisini­da ozod ıtib: “BoRinglaR, podshohingizga aytinglaR, ındi noma’qulchiliklaRini yig’ishtiRsin, ikki yoshni biR­biRiga unashtiRsin!” ­ deb jo’natib yuboRibdi. BulaR podshohga bo’lgan hodisalaRni oqizmasdan­tomizmasdan yetkazishibdi.

 SHunda podshoh: “U hali menga dag’dag’a qiladimi! Ko’Rsatib qo’yaman unga!” ­ deb, ikkiyuz minglik cheRigini otlantiRibdi va musofiRga qaRata yuRgazibdi. Buni ıshitgan Abualisino asalchi yigitning bog’iga chiqib biR duo o’qigan ıkan, zanbuRdoRida neki aRi boR ıkan ­ baRi quRollanganu, yaRoqlangan askaRga aylanibdi va jangga shay tuRishibdi. Ana jang bo’libdi o’shanda! Moviy Nil suvlaRi qip­qizil qonga aylanibdi, dengizgacha yetib boRibdi bu qonlaR. Qizil dengizning nomi ham ana o’shandan qolgan ıkan. AyRilibdi ikkiyuz ming askaRidan podshoh! SHunda u noiloj AbulhaRisni Abualisino oldiga yuboRibdi va tinchlik so’Rabdi. Shunda uchRashibdi ikki ıgiz biR­biRi bilan! Quchoqlashib ko’Rishibdi, boshlaRidan kechganlaRini biR­biRlaRiga uzoq so’zlashibdi. AbulhaRis podshoh nomidan akasini saRoyga taklif ıtibdi. “Podshoh uchun ımas, sening so’zingni yeRda qoldiRmaslik uchun boRaman!” ­ deb musofiR qaRdoshi bilan saRoyga boRibdi. Podshoh ham uni zo’R tavoze’laR bilan kutib olibdi, davRimizning Fisog’uRsi, ­ deya xushomadlaR qilibdi. Keyin: “Mana siz boshimizga shuncha ko’RguliklaR tushiRdingiz, ilmingiz shu qadaR kuchli ıkan, hoziR ham ilmingizdan bizni bahRamand qila olasizmi?” ­ deb o’smoqlab boqibdi. MusofiR miyig’ida kulib qo’yibdi­da, biR tog’oRa suv keltiRishni so’Rabdi.

 Oddiy tog’oRada oddiy suv keltiRilgach, Abualisino bulaRga muRojaat ıtibdi: “Qani, kim mo’’jiza ko’Rmoqchi bo’lsa mana shu suvga qaRasin!” Podshohning a’yonlaRidan biRi: “Davlatli sultonim, menga ijozat beRsangiz, men qaRab boqay”, ­ debdi. Podshoh Ruxsat beRibdi. Boyagi kishi suvga qaRasa ­ biRdaniga o’zini ayol suRatida sahRoga tushib qolganini ko’Ribdi. To’Rt atRof qum, yalanglik. Tepada ısa osmonga qoqilgan quyosh. Nima qilishini bilmay o’tiRsa, allaqaeRdan devsimon biR zanji chiqib kelganmish­da, buning ayolligini ko’Rib ketidan quvlab qolganmish. Ana tipiRchilaRmish bu kishi, ana uRaRmish o’zini haR tomonga! Zanji ındi yetay deganida, bu ayolning o’ngidan Abualisino chiqib kelibdi. “QutqaRing meni!” ­ deb baqiRgan ıkan bu ayolsifat kishi, Abualisino ikkita shaRt qo’yibdi: “Bu yeRda ko’Rganingni zinhoR­bazinhoR hech kimga aytmaysan, ikkinchidan men o’g’limga podshoh qizini so’Rayman, sen ham podshohga gapingni o’tkazasan!” Ko’nibdi boyagi a’yon. Shunda Abualisino uni ıshikka boshlabdi.
 Bu kishi hushiga kelsa ­ biR tog’oRa suv ustida o’tiRganmish, atRofidagilaR: “NimalaR ko’Rding?” ­ deb so’Rashsa, indamasmish va chuquR o’yga tolaRmish. Yana biRi suvga qaRash istagini bildiRibdi. “Men nimaiki ko’Rsam albatta aytib beRaman!” ­ deb va’da beRibdi bunisi. Podshoh bunisiga ham Ruxsat beRibdi. Bunisi ham sahRoga tushibdi, Rost  ­ ıRkak suRatida qolibdi­da, lekin buni tutgani  va qullikka sotgani biR miRshab kelayotganmish. Qochibdi bu kishi, miRshab ısa ketidan qolmasmish. AxiR yetay deganida bu kishining o’ngidan Abualisino chiqibdi­da, boyagi suhbat qaytaRilibdi. ShaRtlaRga ko’nibdi bunisi ham va jamoat yoniga qaytib boRgach, bunisi ham va’dasiga qaRamasdan inndamay o’tiRaveRibdi.
 SHu Ravishda biR ımas, ikki ımas, biR necha kishi suvga qaRab, boshlaRidan ne­ne hodisalaR kechmabdi, to’da­to’da qo’shtuyoq shaytonlaRnimi ko’Rishibdi, pichoq bilan o’z qoRinlaRini tilgan qisiqko’zlaRnimiey, biRoq biRontasi ham bu haqda boshqalaRga so’zlamasmish. Shunda podshohning o’zi suvga qaRashga ahd qilibdi. QaRasa ­ suvdan boshqa hech naRsa ko’Rmabdi. “YaxshiRoq qaRang, shohim”, ­ debdi Abualisino. Tikilib qaRasa ­ o’zini biR quduq ichida ko’Ribdi podshoh. Usti yalang’och ımish. Oyog’ini yeRga tiRab tepaga qaRamoqchi bo’lsa ­ quduq tubiga oyog’i yetmasmish. Quduq devoRlaRiga tayanib pastga qaRay desa ­ devoRlaR siRpanchiqmish. BiR amallab yuqoRi qaRagan ıkan ­ balandda biR paRcha osmondan boshqa naRsani ko’Rmabdi podshoh. YURaklaRi ziRqiRab ketibdi shunda. BulaRning baRini xayolidan kechiRguncha ­ cho’ka boshlabdi podshoh. Jon holatda suza boshlabdi, toliqibdi, suzadigan joy ham yo’q ıkan­da bu quduq ichida. İndi jon taslim ıtay deb tuRsa, boshiga shaRaq ıtib biR paqiR uRilibdi. KimdiR quduqdan suv olish niyatida chelagini pastga tashlagan ıkan. ¨pishibdi podshoh bu chelakka.
 Tepadagi kishi paqiRini quduqdan toRtsa ­ og’iRmish. Inqillab­sinqillab chiqaRsa ­ biR yalang’och odam ilinganmish chelakka. Qo’Rqqanidan: “Lahaulasan!” ­ deya, shu zahotiyoq bu alvastini olgan joyiga tashlabdi bu kishi. Yana jon talash qilibdi podshoh. BiR payt yana biR chelak tushibdi­da, yana uni toRtib olishibdi. BulaRi askaRlaR ıkan, bulaRi alvasti topsa ham o’ynatadiganlaRdan ıkan. TillaRini tushunib bo’lmaydi. BulaR podshohni o’ynatib­o’ynatib, o’z boshliqlaRining oldiga olib kelishibdi. BoshliqlaRi podshohni boqibdi, avaylabdi va biR xonaga kiRitib yotqizibdi. Podshohning ko’zi ilingan ıkan, qaRasa biR sahRoda o’tiRgan ımish. To’Rt tomon qum, tepada osmon. U yoqqa uRibdi o’zini podshoh, bu yoqqa, hech naRsa hayotdan daRak beRmas ımish. Kech ham kiRa boshlaganida qaRasa uzoqda jinchiRoq miltillabdi. O’sha chiRoqqa qaRab yuRibdi podshoh. yetib boRsa biR xonada ikki odamxo’R o’tiRib biR kallani tozalayotganmish. Ko’Ra solib qochibdi podshoh. Lekin odamxo’RlaR ham sezishibdi odam hidini va uning ketidan chopishibdi. Ushlashibdi ham podshohni, biRoq ikkisi: “Bu meniki!” ­ deya talashib, biR biRining bo’g’ziga yopishganidan foydalangan podshoh yana qochibdi.
 BiR yeRga yetib boRsa ­ u yeRda ajdaRho o’z o’tlaRini sochib yotganmish. Bu bosinqiRashdan uyg’onay desa ­ o’ngida ham balolaR kutib tuRgan ımasmidi ­ nima qilishini bilmay gaRang bo’libdi u ­ shunda talmovsiRagan podshoh oldidan musofiR chiqib kelibdi. “QutqaR meni!” ­ deya iltijo qilibdi podshoh. MusofiR avvalgi shaRtlaRini qo’yibdi: “Bu yeRda ko’Rganingni hech kimga aytmaysan­da, o’z kundalik ishlaRing oRasida yashab yuRaveRasan. Ikkinchidan, qizingni asalchi yigitga beRasan!” ­ Ikkisiga­da ko’nibdi podshoh.

 Lekin g’aybona dunyoga va’dalaR biR, zohiR dunyo amallaRi bom­boshqa ımasmi? O’zini biR tog’oRa suvga tikilgan holda ko’Rgan podshoh biR seskanibdi­da: “İsim biRoz og’ibdimi?” ­ deb qo’ya qolibdi. Abualisino ısa chekadan tuRib: “Podshohim, ilmimdan biR paRchasini sizga ko’Rsatishdan niyat ­ lof uRish ımas, balki ikki yoshni qovushtiRish, toki fiRoq bulaR oRasida sahRolaR yozmasin…” ­ debdi. ­ “Mayli, o’ylashib ko’Raylik!” ­ deb g’udRanibdi podshoh va o’z oRomlaRiga kiRib ketibdi. Abualisino ham o’z bozoRiga qaytibdi.
 BiR o’zi qolgan podshohning otdan yiqilsa­da, ıgaRdan tushgisi kelmabdi, yana o’z oldiga AblhaRisini chaqiRib uni Rosa koyibdi: “Men seni shuncha xaRajatlaR bilan Bag’doddan keltiRdim. Sen boqdim, ı’zozladim. Sen ısa ıvaziga xalq oldida yuzimni shuvut qilding. Ilming ham yo’q ıkan, biliming ham! İ, sadqai ilm ket­a!” AbulhaRis ham nima deyishini bilmay Rosa xijolat toRtibdi. Podshoh huzuRidan haydalib Rosa o’ylanib qolibdi va axiR biR fitnaga qo’l uRishga qaRoR qilibdi.

 Zo’R taRaddudlaR bilan u QohiRada ham simyo ilmi yoRdamida ulkan biR hammom quRibdi. Bunisi Bag’doddagisidan ham oshib tushibdi. Va biR kuni unga o’z ıgiz qaRdoshini taklif ıtibdi. Ukasidan yovuzlik kutmagan Abualisino kiyimlaRini tugunga tugib, hammomga kiRib boRsa, AbulhaRis o’z afsunlaRidan ıng kuchlisini o’qibdi­da, cho’milib tuRgan Abualisino sahRoning qoq o’Rtasiga tushib qolibdi. Quyoshga qaRab yo’l tanlagan Abualisino biR payt allaqanday shahaRga yetib boRibdi. ShahaRga yalang’och kiRgisi kelmabdi­da, biR afsun o’qigan ıkan, usti­boshi jandaga o’Ralibdi. So’fiynamo bo’lib shahaRga kiRib boRibdi. U shahaRda Daqyonus degan kishi podshoh ıkan. Begona kishini ko’Rgachoq shahaR josuslaRiyu soqchilaRi uning xabaRini o’sha zahotiyoq Daqyonusga yetkazishibdi. Daqyonusning Jolud degan sehRgaRi boR ıkan, begona daRvishni saRoyga keltiRish ana o’shanga buyuRilibdi. Jolud ham daRvishni bozoRdan topibdi­da: “Qani, saRoyga yuR!” ­ debdi. DaRvish bosh toRtibdi. Shunda Jolud biR afsun o’qigan ıkan, bozoRga o’t tushibdi. Unga javoban daRvish ham duosini o’qibdi ­ bozoRga suv toshib o’tni o’chiRibdi. Yana biR duo o’qigan ıkan, Jolud uyqusiRagan biR qovoq aRiga aylanibdi. DaRvish uni nosqovog’iga solibdi­da, nosqovog’ini kissasiga tashlabdi.

 BulaRning ikkisini­da kutgan Daqyonus qaRasa ­ biRontasi kelmasmish. O’zi shahaRga chiqibdi. BozoR maydoniga yetib boRsa ­ bozoRni suv bosib yotganmish. Hamma g’aRq bo’lgan suv daRvishning tizzasiga ham yetmagan holda, Abualisino bozoRdan chiqib kelayotgan ımish. Shohni ko’Rishi bilan daRvish biR duo o’qibdiyu, suvda akslaR titRaganidek ­ biR ımas, qiRqta daRvish paydo bo’libdi. Podshoh ham navkaRlaRi bilan bulaRning qay biRini tutishni bilmasmish.
 “Ma’no ham shunday!” ­ debdi­da mavhumona daRvish, shu ondayoq ko’zdan g’oyib bo’libdi. Daqyonusdan qolgani ham shu bo’libdi… Daqyonusdan qolgani shu bo’lib tuRsin­da, biz AbulhaRisdan ıshitaylik.

 O’z qaRdoshini gum qilgan AbulhaRis podshoh oldiga yuguRibdi: “Xumoyuni davlatim, dushmaningizni yo’q qildim! İndi na sizga, na menga bas keladigan inson qolmadi!” ­ deb maqtanibdi. “İndi tinchgina ishlaR ­ toshlaRni tillaga aylantiRishu, qumdan billuR yasash ila mashg’ul bo’lamiz!” ­ deb va’dalaR beRibdi u. Podshoh ısa toshdan yasalgan tilla ımas, o’z qizining xalq oldida shaRmisoR bo’lganligini xalq xotiRasidan yuvish haqida qayg’uRib o’tiRgan ıkan. “Kel, bo’lmasa, ındi asalchi yigitni o’ldiRaylik!” ­ debti podshoh. ­ “Buning asali bilan qizimni mahliyo ıtibdi, ındi xalq ham aqldan ozmasin!” ­ “Podshohim, asalning tilsimoti ­ Abualisinoning ilmida ıdi. İndi Abualisino yo’q. Asaldan asaR ham qolmaydi!” ­ deb yupatibdi uni AbulhaRis. ­ “İndi xalq qizingiz bilan yigit sevgisi haqida ıRtak to’qish bilan ımas, balki o’sha­o’sha o’zining kundalik ikiR­chikiRlaRi bilan ovoRa bo’ladi!” ­ “Kel, mahmadona bo’lma, yigitni osish keRak, boshqalaRga o’Rnak bo’lsin!” ­ desa­da podshoh, AbulhaRis qaRshi chiqaveRibdi: “BolfuRushni o’ldiRsangiz hamma bolini ıslaydi! O’z­o’ziga qo’yib qo’ying ­ Abualisino ilmisiz nima ham qila olaR ıkan?!”

 BulaR shu bahslaR ustida o’tiRishgan payt o’z ilmi quvvati bilan Abualisino ham Daqyonus mulkidan MisRga qaytib kelibdi. BozoRdagi ko’shkiga kiRib boRsa ­ yigit yo’qmish. YURagi shig’ ıtibdi musofiRning. Podshohning yuguRdaklaRi podshoh aytmasidan avvalRoq yigitni qamoqqa olib podshohning buyRug’ini kutib o’tiRishgan ıkan. Ko’p siqilibdi musofiRning yuRagi. “SHuncha saboq ko’Rsatdim ­ podshohning RaftoRini o’zgaRtiRa olmadim. İndi jazolashdan boshqa iloj qolmadi”, ­ debdi­da, kissasidan nosqovog’ini olib undagi qovoq aRidan gullaR undiRibdi va gulchi libosida saRoyga kiRib boRibdi. Uni avvaliga podshoh ımas, vaziR AbulhaRis qaRshilab olibdi. GullaRning chiRoyiga maftun bo’lgan AbulhaRis: “Hay, nafis isli gullaR ıkan!” ­ deya biR dasta gulni olibdi­da, hidlagan ıkan, gul tomiRlaRiga uRgan zahaRdan til toRtmay o’sha zahotiyoq o’lib qolibdi.
Ko’p achinibdi Abualisino qaRdoshining o’limiga, lekin yovuzlik ıkkan yovuzlik o’Radi ımasmi. AyRilibdi o’zining ıgizidan u, yolg’iz qolibdi bu dunyoda. IlgaRi ­ musofiRlikda qaRdoshim ham boR­ku deya o’ylasa, ındi musofiRchilik g’uRbati ham faqat uning o’ziga buyuRibdi. Shuni o’ylab saRoydan chiqib ketayotgan u, biRdaniga ketidan navkaRlaR kelib uni yoqalashibdi va yana saRoyga qaytaRishibdi. Nima ıkan, malika o’z deRazasidan mahzun gulchini ko’Rib qolib gullaRiga mahliyo bo’libdi­da, uni daRhol keltiRishni buyuRibdi. Gulchidan avval navkaRlaR gullaRni malikaga yetkazibdi. “Men umRimda biR boR bu kabi lazzat tuygan ıdim ­ asalchi yigitning asalini ilk boR totganimda xolos, mana bu gullaR ısa ­ o’sha asalning saRchashmasi bo’lma keRak”, ­ deya gullaRga maftunona boqibdi u. ×indan ham bu gullaRning Rangida
na pushtilik zaifligiyu, na sarg’ish aralashgan za’faronlik, na bahmal qo’shilgan timligu, na binafshaga o’tib ketgan to’qlik bor ekan. Bular yosh bolaning qonidek top­toza ol
ıkan. Shakli ham Rangiga monand ımish. Atirgulning ochilgan loladek bachkana turi bo’ladi. Urug’i to’kilib turmaydi faqat. Va yo tersi ­ qo’ziqorindek yaxlit bir qubbacha ­ paxtaning g’o’r ko’sagiga o’xshaydi u. Qing’ir tishdakgisi bor, tannozning bo’yalgan og’zidek, tegirmon toshidan sachragan undek, biroq bulari boshqa bir dunyoga ketgan yo’ldek ekan. ¨ dunyoning tubiga, qa’rigami
SHu payt malika koshonasiga kiRib kelgan musofiR jon holatda uni to’xtatay desa ham, malika gullaRga mahliyo bo’lib hech kimni ıshitmas ımish. Afsun o’qiy desa ­ biR taRafdan duoga qo’llaRi bog’liq, boshqa yondan ısa simyo ilmining saRqoidasi: “o’qilgan afsun ­ otilgan o’q” ımasmi. Koshki ındi uni qaytaRib bo’lsa! “Asalimning gullaRi…” ­ deya shiviRlab, malika ham jon taslim ıtibdi. Gulchini ısa zindonga, asalchi yigit yoniga tashlashibdi.

Lekin bu zindonning ko’ngul degan naRsadan og’iRRoq joyi boR ıkanmi?! Rost, yigit piRini ko’Ra solib sevinibdi: “Ota, afsun o’qib qutqaRing ikkimizni, yoRimni sog’indim, tezRoq uyimizga yetib boRaylik!” ­ deRmish. Qaysi afsun kuchi bilan aldasin ındi bu bechoRa yigitni musofiR?! BoRmikan bu dunyoda bu kabi afsun?! SHunda so’nggi ıRtagini ımas, Rivoyatini ımas, taRixini ımas, afsunu falsafasini ımas, so’nggi haqiqatini so’zlab beRibdi Abualisino g’oR kabi zindonda bolchi yigitga…
Bog’imsiz ko’ngildan og’iRRoq yuk boRmikan bu dunyoda?! Aflotun bu dunyoni g’oRgayu, hayotimizni g’oR toshlaRidagi shaRpalaRga mengzatgan ıkan. Lekin shaRpada og’Riq yo’q­ku! Bu ikki shaRpaning ısa og’Rig’ini ko’taRa oladigan mezon boRmi o’zi?! SHundanmi Fisog’uRs dunyo ilmini g’oRga ko’mgan ıkan?! Sandiq­sandiq kitoblaR ustida o’Rgimchak to’Riniyu, una talpingan mitti aRichani ko’Rgan ıdi Abualisino ilk boR g’oR ichida. ARini apil­tapil qutqaRib, o’zi ilm ishtiyoqida sandiqlaRni ochishgayu, kitoblaRni o’qishga shoshilgan ıdi o’shanda. Ammo hikmatning ulug’i ana shunda ımasmidi?! Kim bunda magasu, kim zanbuR?!

Qay nuqtada bol tugab zahaR boshlanadi? Qay nuqtada zahaRning o’zi ham boldan shifobaxshRoq bo’ladi? Nimadan og’Riq va qayg’u bu qadaR totli? Nechun lazzatning cho’qqisidan ham allaqanday taxiRlik aRimaydi? Nedan savol kayfi gumon xumoRiga teng? Nima haqda ıkan bu kiboR ilmu, bu takabbuR bilim?! Mukammal mumkatak deb bilgan bu quRmalaR o’Rgimchak to’Ridek biR naRsa ımasmi o’zi?! Magas to’RlaRida talpingan aRini tuyibdi shu on musofiR, lekin kimni kimga solishtiRishini bilmasdan, shu ulkanu zaif tuyg’uda o’zining so’nggi mukammal afsunini o’qibdi…

Kim so’ylabdi: baqalaRni yog’diRibdi osmondan Abualisino, ­ deb, kimdiR aytibdi: dunyoda neki kitob boR bo’lsa kemiRib tashlaydigan sichqonlaRga to’ldiRibdi bu mulkni o’shanda u, lekin ıng qadim qissada aytilishicha osmonni o’sha on qoRa bulut qoplabdi­da, shaRaqlab yashinlaR chaqnay boshlabdi. HaR yashin chaqnagani sayin chaqmoq o’z to’RlaRi ila yeRga ulkan o’Rgimchaksimon yog’a boshlabdi. Butun mulkni o’RgimchaklaR qoplab, haR taRaf to’RlaR to’qib tashlashibdi. Kimki talpinsa ­ ana o’sha to’R toRtilib, boshqalaRni azoblaR ımish. Azobdan ısa baRcha ­ biRdek talpinadi ımasmi?! Bu azoblaRdan tiRik zot qolmabdi o’shanda o’sha yuRtda. Faqat ongning “lop!” ıtishidek biRgina tasodifiy, sayoq, soqov aRi uchib chiqqan ıkan o’shanda tashqaRiga.
Hali­hali ham QohiRaga boRsangiz mahalliy qulovuzlaR abadiy sahRo tagidagi taqiRlaRni ana o’sha qadimgi to’RlaR deya, besh­olti tangaga ko’RsatishaR ımish.
Lekin bizning hikoyamiz bu haqda ımas…
 

Va Rabbing ariga vahiy etmishkim: ”Uyalaringni adiru, daraxtlaru, inson qurmish hujralarda yasa.
So’ng barcha samarlardan totib Rabbing bergan qulay yo’llarni kech”. Ular jismidan turfa gullarning sharobi chiqar, unisi insonlar uchun shifodir. ×indan ham bunda fikrlovchilar uchun belgi bor.

Quron, 16 Sura, 68­69 oyat

Ari qamoqdan ozod havoga uchib ketar ekan, ko’zida parchalanib turgan manzara: temir panjara ­ katak ­ to’rt temir xoda ­ oradagi ulkan bo’shliq va ko’m­ko’k osmonga xotirasini qaytargandek yana bir urildiyu, bu parcha­parcha manzara chindan ham chil­parchil sinib, arining bir chimdim qonu­jonidagi so’ngsiz yo’llar aksini uyg’otdi..

…Xo’tanda kichik bozorning rastalarini kechib, temir panjara eshikdan chiqsangoq o’ng qo’lda bir shashlikchi qo’ri tepasiga kapa yopdirib yonidagi somsachi bilan tandir chekasiga qop­qora qumg’onni qo’yishganu, ikkisi kun tobidan bemajol ­ kapa soyasiga qulashgan…

…Moskvaning yobonlaridagi Ximki­Levoberejnaya. To’qqiz qavatli g’ishtin uy. Oyna o’rniga faner qoqilgan tim yashil eshik ustida osma ayvoncha. Bu eshikdan chapga yo’lakcha: uy orqasiga qayrilsang ­ tokchasida studentlar nimg’ajib tashlagan olmali telefon to’lachasi, o’ng tomonga esa bir elektr saroychada ikki g’ildirak izli yo’l. U ikki uy yonlab o’tadi. Biri ­ oddiy, ikkinchisining birinchi qavatida univermag. ×ap taraf ­ bitmas qurilish maydonchasi. Ana o’sha chap tarafga burilsang: beton devorlar ro’parasidagi ikkinchi uyda kitob do’koniyu, beton tugashi bilan ­ jinnixona. Uning temir panjara derazalaridan ovsaru telbalar kimi bo’tqaga belangan barmog’ini, kimi ­ tovog’ini uzatib o’tirishadi…

…Jarroh­Posha masjidiyu undan keyingi do’kon orasida pastga ketgan bir torko’chaning endi eriy boshlagan qori. Masjidning kulrang tosh devorlarini oqqanicha siyohga aylantirgan dog’lar. Yo’l ustining bug’lanib turishi. Pastga ketayotganda o’ng qo’ldagi pushti to’rt qavatli uyning chordog’idan bir zumga dengiz ko’rinadiyu, pastda, keyingi hovlida toza suv sotayotganlarga chalg’iydi xayol. Bu uyga qor bosib bir mehmon kirib kelayotibdimi. Biroq pastga tramplinsimon ketadi yo’l. Toshlar, devorlar, katta yo’lga chiqaverishda erigan qorlar ham sharillab oqa boshlaydi. O’ng muyulishda bir turk aravasidan mevayu sabzavot sotib o’tiribdi.

…Naumburgdagi ehromga eltgan yo’l, Vere
ùaginodagi ikki qator teraklar orasidan qabristonga ketgan so’qmoq, Balxning loyi, paxsayu o’riklari, Siguldaning salqin o’rmon aksini erchitolmas og’ir oqimi, SHeroz hovlilaridagi xurmolar, Filadel’fiyaning ­ qog’oz ko’rsang ko’ngul yoruvchi temiryo’li, qora yer ustidagi zilol suv, adir tepasidagi yagona daraxt, bulut guliga qo’ngan quyosh arisi…

Endigina yo’qotgan nishining bo’shlig’imi so’rar edi dunyo zahrini va yo bu achchiq sharobu taxir sharbatimi edi ­ qanoti qanotiga qoqilganini sezdi bu gal bol arisi. Bo’ksalari beliga o’tib badani bilan ulangan yerda allanechuk kavak tuydi u. Yo’llaru gullar endi bitgan, jismi esa ilk bor ulardan tergan qiyom emas, bir insonning jonini olib ketmoqda edi…

Kundalik ro’zg’or ­ tayin, odatu tashvishlar ­ ravshan, ko’nikma ­ aniq. Uyadan chiqasan, go’zallik ovlaysan: Ozarbayjonning bir adir ustidagi ovulini eslaysanmi ­ tosh kulbalar, bu yerga xudo bilsin qaerdan qo’qqayib qoqilgan simxodalaru, ichi bo’sh simlar. Kir osay desang ­ baland, dor o’ynay desang ­ uzun. Xo’tik mingan bolayu, u chala tishlab tashlagan anor donalari… Qip­qizil yer ustida zanglagan uylar.
¨ Rio­de­Janeyrodagi so’ngsiz qumloqni… Kattayu­kichik oldi boru keti yo’q okean bo’yida ertalabdan kechgacha to’p tepishganida bu yerga boshdan­oyoq oq kiyim kiygan bir chol keladi­da, go’daklar qurgan qumsaroylarni to’lqinlar suvashini poylab tunga qaytadi. U bolalarga qand­qurs uzatar, ovora bolalar esa bularni unutib­yo’qotib, okean suvidan biroz erib toshdek miltillagan bu qiyomqandlar achchiq bir hid taratganinimi…
Bularning barida fikrlovchiga yem bordek edi…

Endi esa ari bulardan butkul ajragan, bu samarlar sharobini eltadigan uyasiga yo’li kesilgan, chechak hidi uni qayta rom etmas, ko’kragidagi pahmoq ostidan chiqqan mayda ter esa uchish shovqini oralab xavotir bo’yini qoldirar edi. Inson joni og’irligini bildi shunda ari. Dunyoda go’shti eng shirin bu mahluqning joni bu qadar taxir ekanmi yo? SHaffof qanotlaridagi to’rsimon paylari sirqiradi­ku undan. Qaerga eltyapti bu jonni u?!

O’zining endi benishon umrini eslagandek bo’ldi ari. Uyasining mumkataklaridek sozu komil hayotini. Yo’llariyu amallari barkamol o’lchovga solingan turmushini. Poshshosi atrofida g’uvvillovchi, g’immillovchi, yo’riqu martaba bilmish jamoasini. Ma’lumki, domodu Poshsho istisno arilar sevgi bilmaydi. Pirlari bu ofatdan ularning xotirini xalos qilishadi. Lekin endi ne kuylarga qolib ketdi u, inson jonining ne kasofatlari urdi uni?! Zig’irdek badaniga mos tushmay, loyiq kelmay nima urilyapti uning pahmoq ko’kragiga?! Nimadan bu sanchiq, bu lo’q­lo’q og’riq? Qaysi xotirayu, qaysi favqulodda esdalik?! ×ormixlangan Isoning ko’z yoshlaridan tarqalgan emish arilar. Yanami qaytmoqda u o’sha ko’z yoshlarga?
Ari beqo’nim uchaverar, uchaverar, yig’ishtirilgan oyoqlarining bo’g’inlari bundan uvushib bo’ldi, namiqqan qanotlariga og’irlik quyilib toldi, lekin bosh sovumas, uyaga aylangandek g’ovlab yotardi. Boshga kirib bordimi insonning joni?!

Arining jovdiragan ko’zlari bir qarashda qirq to’qqiz manzaraga boqar, birida tush ko’rgan yigit tushi ketidan tosh ko’prik bo’ylab yugurar, boshqasida mulla chordona qurganicha yerdan uzilib borar, yana birida velosipedchi o’z velosipedini ko’targanicha shatak otib chopar, dengiz yoqasida yong’in ufurgan otlar, billiardxonada sochilgan soqqalar, devordan bir­biri tomon qulagan ikki rasm, toshlardan terilgan bog’, qora o’lat, bo’sh qamoq, yo’l, osmon, kunga boqib qolgan tun, yer tishlagan daraxt, mo’llikda suv daryo, to’lalikka xotira yillar, oyoqqa qoqilgan havo, shafaqning zahri qochgan bol… Suv mavjidek ­ bir nuqtadan qochuvchi, hijrat etuvchi, musofir akslar… Boshi aylanib ketayotganini tuydi ari tuyqusdan. ×ap tarafdagi asab ipidagi og’riqdan chap qanoti majolsizlandimi, va bundan aylana bo’ylab uchib yuribdimi u soatma­soat? ¨ bu manzaralar ko’zga tashqaridan emas, ichkaridan yopishdimi? Dunyoning qirq to’qqiz haqiqatiga boyagi begona jonning qirq to’qqiz haqiqati qorishdimi?!

Yalmog’izu shum kampirlar o’tga tashlanishidan avval asalarilarning poshshosini yeb olishar ekan. Na o’t olar ekan ularni, na taqvodor insonlarning tavqi­la’nati. Arining ichiga kirib olgan jon ham bilar ekanmi bu sirni?! Miyasidan nishiga qadar ketgan asab ipiyu, undagi tugunlar, qanot ostidagi havo qobiqlariyu, beliga qadar chiqib borgan bol qozonchasi, gul changini namlovchi tufuk bo’g’iziyu, zahar xaltasi ­ bularning bari bu jondanmi arining o’ziga yot bo’lib borar va bularning barini endi o’zgacha hislar o’rtar edi. To’qson sakkiz haqiqat yukini ko’targan bu jajji jonivor o’z hayotining avvalgi yagona haqiqatidan uzilgan, biroq birovdan tekkan so’nggi yagona haqiqat tomon yo’l bilmasdan bo’shliqda talpinar edi.

Neda ekan qasdi bu jonning? O’zini tabiat guliga mengzatdimi? Borliqning sharbatiyu boliga?! ¨ malaklaru farishtalar bilan chalkashtirdimi bu momiq jonzotni?! ¨­da mitti bo’lsin, jajji bo’lsin, so’nggi jismni, iliq vujudni tark etgisi kelmadimi oxirul­oqibat?! Jillaqursa qanot bor­ku unda ! ­ deyaroq. Va yo zahar ila bol orasida yashashga ko’nikkach, buni ham so’nggi ramz sifatida tanladimi o’ziga? Bu hayotda tergan haqiqatlarini allaqanday bequsuru yaxlit uyaga qaytarish orzusida ilashdimi unga?!


Nega tushlardan og’riq qolmaydi? ­ deb o’ylar edi u, ­ balki faqat hayotdan. ×apda salqin quyosh qumloq bo’ylab qumlarga belanib dumalar edi. Istirohatgohlar… O’sha tomon buruldi so’nggi intilishida ari. Shamol ham unga qo’shilib qanotlarini holsizlantirdi. Havoning oqimi bu jismniyu, undagi jonni ko’targanicha so’nggi manzil tomon zudlasha eltar edi endi. Nur guliga kirib borar ekan, so’nggi seskanishda o’zi jonni emas, jon uni ilashtirib ketayotganini angladi bu jonzot. G’arbning moddiyun kundaligidami, yo­da SHarqning qavalliy rivoyatlarida butun umr chechaklardan sharbat terib qay birining yasagani ham mumkataklarning mukammal guli emasmidi? Faqat ikkisidan qay biri o’zini bu yasama gulning, ha­da, gulning, gulning tirik urug’iga chog’ishtirgan ekan? Hayot urug’iga…

SHunda nogoh qarshidan otilgan nur girdobi
osmonu yeRni qoplagandek bo’ldi. Bu nuR xuddi g’oR ichidagi toqu, bu toqqa qo’yilgan chiRoqni ıslataR, moychiRoqning shishasidan uRgan yoRug’lik ısa yoz osmonida ilk chaRaqlagan yulduzdan ham yoRqinRoq ıdi. FavvoRadek otilgan bu nuR biR zumga zaytun daRaxtini ıslatdi, lekin bu kabi daRaxtni na SHaRqda, na G’aRbda ko’Rgan ıdi u, moychiRoqdagi olov ­ nuR daRaxtining qiyg’och va kumush baRglaRidek hilpiRaR va bu olovda ajib shaffoflik boR ıdi. NuR ichidan oqqan nuR… Mittigina, bekaRomatu benishon aRi ham ana shu nur ichiga kirib borar va bunda faqatgina nur sarchashmasiga ayon allaqanday alomatlar o’sha­o’sha o’tmish mumkataklarni eslatar, biroq ortib borayotgan tezlikdan bu ham hayolda ushlanmasdan, sizib g’oyib bo’ldi. Bir karra o’rgimchak to’riga tushayotganida tuygan edi ari bu vahimaniyu bu zavqni va bu so’nggi jon talashni. Ikki ko’zining tuvaksimon to’qson sakkiz katagiga so’nggi nur urilib ichidagi yagona jondan ham ­ yetilgan boldek ­ yorug’likmi, so’nggi og’riq otildi… ¨ jon chiqdimi bu aridan ham o’zining SHarqu­G’arb bilmas koinotlariga…

Siyohi hali qurimagan bu sahifamga esa uning endilikda yeru­osmon, hayotu­o’lim orasidagi safaru musofirligini qaytimsiz yo’qotgan g’ujanak, nim­yorqin, nim­qorong’u jismi men tushunib yetmagan, tushuna olmaydigan sirning urug’idek  qulab tushdi…

Bir yuz…

ïðåäûäóþùåå  |  íàâåðõ  



SpyLOG

FerLibr

ãëàâíàÿ   |   íà ñàéòå   

© HZ/ DZ, 2000-2001